["Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g`aflatda, yuz o`giruvchi bo`lgan hollarida.","Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat o`ynayotgan hollarida tinglarlar.","Qalblari g`ofil bo`lib. Zulm qilganlar o`zaro: «Bu o`zimizga o`xshagan bashardan o`zga emas-ku. O`zingiz ko`rib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.","U: «Robbim osmonu yerdagi so`zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.","Ular: «Balki, alg`ov-dalg`ov tushlardir, balki, o`zi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo`'jiza keltirsin», dedilar.","Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?![1]###[1] (Ulardan oldin lol qoldiruvchi mo`'jiza keltirishni talab qilganlardan birortasi ham iymonga kelmadi. Shuning uchun hammasini halok qildik. Endi ular iymonga kelarmidilar?!)","Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Payg`ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan so`rang.[1]###[1] (Bashar payg`ambar bo`lmaydi, deb da'vo qilayotgan, ey kofir-mushriklar, agar payg`ambarlar bashar ekanini bilmasangiz zikr-ilm egalaridan, ahli kitoblardan so`rang.)","Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yo`q. Ular abadiy qolguvchi ham bo`lgan emaslar.","So`ngra, ularga (bergan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda O`zimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik.[1]###[1] (Keyin payg`ambarlarga bergan va'damiz ustidan chiqdik, ularga ergashgan mo`minlarga najot va fathu nusrat berdik. Isrofchilarni, kofir bo`lganlarni halok etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.)","Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?![1]###[1] (Zikringiz-sharafingiz bor. Odamlar aqlnini ishlatishlari lozim. Yana Qur'onga qaytib, unga amal qilmoqlari shart.)","Biz zolim bo`lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.","Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.","Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, so`ralursizlar.","Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo`lgan ekanmiz», dedilar.","Ularning o`sha dod-voylari biz ularni o`rilgan o`tday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom bo`ldi.","Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`yin uchun yaratganimiz yo`q.[1]###[1] (Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, o`yin uchun yaratilmaydi. Behudaga shunchalik urinishning keragi yo`q. Maqsad o`yin bo`lsa, shunga mosroq narsa yaratilar edi.)","Agar Biz ko`ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo`lganimizda ham, O`z tomonimizdan tutar edik.","Yo`q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko`ribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.","Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.","Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.","Yoki ular yerdan xudolar tutdilar-u, o`shalar tiriltiradilarmi?","Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan o`zga xudolar bo`lganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.[1]###[1] (Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga bo`ysunadi. Shu bois ham hadsiz-hisobsiz bo`lishiga qaramay, borliqda qoyil qolarlik darajada nizom va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan, uni idora qilib turgan zot bittadan ko`p bo`lsa, o`sha zotlarning irodasi bir-biri bilan, albatta, to`qnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kelib chiqar, jipslik yo`qolar va nizom buzilar edi. Modomiki borliq bir nizomda turibdimi, mutanosibmi, demak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta.)","U qilgan narsasidan so`ralmas. Holbuki, ular so`ralurlar.","Yoki Undan o`zga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yo`q, ularning ko`plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o`girguvchilardir.[1]###[1] (Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib ko`rganda, Alloh taoloning sherigi bo`lishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?)","Sendan ilgari yuborgan har bir Payg`ambarga: «Albatta, Mendan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.","Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yo`q! Ikrom etilgan bandalardirlar.[1]###[1] (Ya'ni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dedilar. Alloh bu nuqsondan pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridir.)","Ular Undan oldin so`z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.","U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi bo`lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qo`rqinchidan titragan holda tururlar.","Ulardan kim: «Men Undan o`zga ilohman», desa, bas, o`shani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.","Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo`lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?[1]###[1] (Oyati karima ma'nosi xususida tafsirchilar bir necha xil ma'nolar aytganlar. Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan bo`lib, osmon yopiq edi, Biz uni ochdik va yomg`ir-qor yog`dirdik, oqibatda o`sha suv ila hamma tirik narsalar paydo bo`ldi, degan ma'no chiqadi. Ikkinchisi, unga ko`ra osmonlaru Yer yo`q edi, ularni Biz yaratdik, so`ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, ma'nosi bo`ladi. Uchinchisi, Hasan, Qatoda roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan bo`lib, osmonlaru Yer bir-biriga bitishgan bir narsa edi, ularning orasini Biz ochdik, so`ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, ma'nosi bor. To`rtinchisi hozirgi zamon ba'zi tafsirchilarning fikrlari bo`lib: osmonu Yer, yulduzlaru quyosh hamma-hammasi bir butun edi, Allohning irodasi ila ko`p aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib, alohida-alohida bo`lib ketdi: quyosh alohida, yer alohida, oy alohida, yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham; suvdan esa, barcha tirik narsalar, inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi. Bular, oyati karimaning ma'nosini tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy ma'nosini Allohning O`zi biladi.)","Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun tog`lar qildik va shoyadki, to`g`ri yo`l topsalar, deb unda daralar, yo`llar qildik.","Va osmonni saqlangan shift qilib qo`ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o`girguvchi bo`lmoqdalar.","U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.","Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo`q. Agar sen o`lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?","Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.","Kufr keltirganlar seni ko`rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga o`zlari kofirdirlar.","Inson shoshqaloq o`laroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga O`z oyat-alomatlarimni ko`rsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.","Ular: «Agar sodiq bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur», derlar.","Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to`sa olmaydigan va o`zlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.","Yo`q! U ularga to`satdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo`lmaslar va ularga muhlat ham berilmas.","Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o`zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.","Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo`riydi?» – degin. Yo`q! Ular Robbilari zikridan yuz o`girguvchilardir!","Yoki ularning Bizdan o`zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular o`zlariga ham yordam berishga qodir bo`la olmaslar va Bizdan do`stlik topmaslar.[1]###[1] (Do`stlik topganlarida himoyamizga o`tishlari mumkin edi. Lekin zinhor bizdan do`stlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar. Kofirlar esa, buni o`ylab ham ko`rmaydilar. Qachon va qayerda soxta xudolari ularga homiy bo`libdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?)","Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun ko`rindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko`rmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi?[1]###[1] (Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla ma'nosi haqida bir necha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, Yerning atrofidan qisqartirilishi — kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kengayib borishi, deganlar. Mujohid va Ikrima roziyallohu anhum, yerning atrofidan qisqarishi — xarob bo`lishi, deyishgan. Al-Afviy Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa, barakasining qisqarishi, deyilgan. Ash-Sha'biy, agar Yer qisqaradigan bo`lsa, unga sig`may qolar eding, lekin jonlar va meva-cheva, hosillar qisqaradi, degan. Ikrima roziyallohu anhu ham, agar Yer qisqarganida, o`tirgani joy topa olmay qolar eding, qisqarish o`limdir, deb aytgan. Keyingi davr tafsirchilari esa, rohat-farog`atda yashagan, Yerning turli atroflarida g`olib bo`lib, o`zining so`zini o`tkazib turgan davlatlar va xalqlar bahramandlikdan hovliqib ketib, hadlaridan oshganlarida, nuqsonga duchor qilinishlari — qisqartirilishlaridir, deydilar. Ushbu ma'nolar bir-birini to`ldirib keladi. Har bir tafsirchi olim o`z zamonasidagi voqelikdan, o`z tushunchasidan kelib chiqib ma'no aytgan bo`ladi.)","Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», degin.","Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar bo`lgan ekanmiz», derlar.","Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo`yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og`irligicha bo`lsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda O`zimiz kifoya qilurmiz.","Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.[1]###[1] (Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horun alayhissalomlarga berganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand bo`lish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor bo`lish kerak. Betavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand bo`la olmaydilar.)","Ular Robbilaridan g`oyibona qo`rqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.","Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi bo`lasizlarmi?!","Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik.[1]###[1] (Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat berilgan zotlar ichida avvalgilaridan biri edi. Biz unga rushdni bexosdan berganimiz yo`q. Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, payg`ambar bo`lishga loyiq zotligini yaxshi bilar edik.)","O`shanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» – degan edi.","Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.","U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.","Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki o`yin qilguvchilardanmisan?» – dedilar.","U: «Yo`q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.","Allohga qasamki, sizlar ortga o`girilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi.[1]###[1] (Ya'ni, Ibrohim alayhissalom o`zlari bilan tortishayotgan qavmlariga, ularning sanamlariga bir yomonlik yetkazishlari aniqligini qasam ila ta'kidlab aytdilar. Ammo nima qilishlarini ochiq-oydin aytmadilar. Arab tilida «sanam» deb bosh qismi inson shakliga o`xshatib ishlangan butlarga aytiladi.)","Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki, unga qaytsalar, deb qoldirdi.[1]###[1] (Mushrik qavm yillik bayramlarida shahardan tashqariga chiqar edi. Ular navbatdagi yillik bayramni nishonlash uchun ketganlarida Ibrohim alayhissalom hamma butlarni parcha-parcha qilib tashladilar va eng katta butga tegmasdan qoldirib qo`ydilar.)","Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» – dedilar.","Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.","Ular: «Uni odamlar ko`zi oldiga olib kelinglar. Shoyadki, guvoh bo`lsalar», dedilar.","Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» – dedilar.","U: «Yo`q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo`lsalar, ulardan so`rab ko`ringlar», dedi.","Bas, ular o`zlariga keldilar va: «Albatta, sizlar o`zingiz zolimdirsizlar», dedilar.[1]###[1] (Ibrohim alayhissalomning mantiqli savollaridan keyin mushriklar o`zlariga keldilar.)","So`ngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.","U: «Siz, Allohni qo`yib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!","Sizga ham, Allohni qo`yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib ko`rmaysizlarmi?!» – dedi.","Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo`lsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar.[1]###[1] (Ya'ni, Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam bo`ladi, dedilar. Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohim alayhissalomni o`sha gulxanga otdilar.)","Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik bo`l!» – dedik.","Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qo`ydik.","Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik.[1]###[1] (Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga va u kishining jiyanlari Lut alayhissalomga najot berdi. Qavmlariga yetgan balodan ularni sog`-salomat olib qolib, «olamlar uchun barakali qilgan yer»ga — Shomga yubordi. Darhaqiqat, Shom yeri eng barakali yerlardan hisoblanadi. Barcha payg`ambarlar o`sha joydan chiqqan. U yer muqaddas joy. U yurtda Baytul Maqdis joylashgan.)","Unga Is'hoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.","Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar bo`ldilar.","Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzg`unchi qavm edilar.","Va Biz uni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.","Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik.","Unga oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g`arq qildik.[1]###[1] (Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.)","Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O`shanda u(ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo`lgan edik.[1]###[1] (O`z davrining payg`ambari va podshohi bo`lmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni so`rab kelishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qo`ylar egasi ekan. «O`shanda u (ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi». Kechasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib bo`lib, qo`ylarni ekinzor egasiga berilishiga hukm chiqardilar. Payhon bo`lib yo`qolgan ekinzor o`rniga uni payhon qilgan qo`ylarni olib berish ayni adolat edi. Bu hukmdan keyin qaytib ketayotgan qo`y egasi Sulaymon alayhissalomni ko`rib qolib, bo`lgan hodisani u kishiga aytib berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kirdilar va «Ey Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdek bo`lmasligi kerak edi», dedilar. Dovud alayhissalom: «Qanday bo`lishi kerak edi», dedilar. Sulaymon alayhissalom: «Qo`yni ekinzor egasiga bering, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qo`y egasiga bering, uni tuzatib asl holiga keltirsin. So`ngra har kim o`z narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kelgandan so`ngra qaytarib oladi. Qo`y egasi ham qo`ylarini qaytarib oladi», dedilar. Shunda Dovud alayhissalom: «Hukm sen chiqargan hukmdir», dedilar.)","Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, tog`larni va qushlarni bo`yinsundirib qo`ydik. Shularni qilguvchi bo`lgan Bizmiz.","Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini o`rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!","Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo`ydik. Barcha narsani bilguvchi bo`ldik.","Va shaytonlardan unga g`avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni bo`ysundirib qo`ydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo`ldik.","Va Ayyubning O`z Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening O`zing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla.[1]###[1] (Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani ma'lum. Lekin o`sha zararning aynan nomini Qur'oni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyub alayhissalomning Allohga yolborib nido qilayotganlari kelyapti, xolos.)","Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O`z rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma bo`lsin», deb qildik.","Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.","Va ularni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.","Zunnunni esla. O`shanda u g`azablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni o`ziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan o`zga iloh yo`q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo`ldim», deb nido qildi.[1]###[1] (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunus alayhissalomni dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirg`oqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun — baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida keladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan g`azablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa payg`ambarlarga o`xshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. So`ngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana o`shanda, «zulmatlarda turib», ya'ni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib: «Sendan o`zga Iloh yo`q, Sen poksan, men zolimlardan bo`ldim, deb nido qildi».)","Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga g`amdan najot berdik. Mo`minlarga shunday najot berurmiz.","Va Zakariyoni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolg`iz tashlab qo`yma, Sen O`zing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.","Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o`nglab qo`ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag`bat ila va qo`rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar.","Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O`z ruhimizdan pufladik. Uni va uning o`g`lini olamlarga oyat-belgi qildik.[1]###[1] («Farjini pok saqlagan» ayol deganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan.)","Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.","Ular esa, ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar.[1]###[1] (Aslida, hamma bir ummat bo`lib, bir dinga ishonib, yagona Allohga ibodat qilishi kerak edi. Ammo odamlar bu yo`ldan yurmay, o`zlaricha yo`llarini, dinlari va ishlarini bo`lak-bo`lak qilib oldilar. Ularning hammasi baribir oxir-oqibat bizga qaytadilar. O`shanda biz o`zimiz bilib hisob-kitob qilamiz.)","Kim mo`min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qo`yguvchidirmiz.","Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir.[1]###[1] (Bu dunyodagi gunohlari uchun yo`qotib yuborilgan shahar-qishloqlarning aholisi qiyomat kuni jazolarini olish uchun qaytariladilar. Ularning qaytmasliklari mumkin emas.)","Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.","Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko`rsang, kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g`aflatda edik. Yo`q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.[1]###[1] (Kahf surasida aytib o`tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri — Zulqarnayn qurgan sadd-to`g`on ochilib, Ya'juj va Ma'jujlar chiqib ketishidir, ular juda ko`p bo`lib, ko`pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar. Qiyomat qoyim bo`lgandagi holni ko`rsang, unda «... kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib», ya'ni qotib qoladi. Shunday, g`aflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik ko`rmagan edik. Ishonmay, zulm qilgan edik, deydilar.)","Albatta, sizlar va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilg`isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.","Agar anavilar xudolar bo`lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar.[1]###[1] (Sizlar Allohdan o`zga sig`ingan narsalar haqiqatda xudolar bo`lganida, jahannamga kirmas edilar. Ammo ular hech qachon xudo bo`lgan emas, ularni sizlar xudo deb olgansiz, shuning uchun jahannamga tushmoqdalar.)","U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.","Albatta, Bizdan o`zlari uchun yaxshilik qilinganlar, ana o`shalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar.[1]###[1] (Ya'ni, Allohning mo`min bandalari, Alloh ularga yaxshilikni ravo ko`rgan bandalar jahannamdan uzoqda bo`ladilar. Uning yaqiniga ham kelmaydilar.)","Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar. Ular o`z nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.","Ularni buyuk dahshat g`ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga va'da qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.","O`sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.[1]###[1] (Xuddi hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib daftarini yopganidek, qiyomat kunida osmon shunday yopiladi. Demak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga yetgan bo`ladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.)","Batahqiq, Biz Zikrdan so`ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxo`r bo`lurlar», deb yozgan edik.[1]###[1] (Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «er» so`zlaridan ko`zlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, «zikr»dan murod — Tavrotdir, shunga ko`ra, oyatning ma'nosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan so`ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxo`r bo`lurlar», deb yozgan edik» bo`ladi, deydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod — Lavhul Mahfuz, binobarin, avval o`sha ma'noni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, ma'nosi chiqadi, deganlar. «Er» haqida esa, ba'zi ulamolarimiz oddiy yer ko`zda tutilgan desalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan, deydilar. Ushbu ikki xil ma'noni qo`shib, har ikkisi ko`zda tutilgan, desa ham bo`ladi.)","Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o`git bordir.","Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.","Sen: «Menga faqat, sizning ilohingiz albatta bitta ilohdir, deb vahiy etilur. Bas, sizlar musulmon bo`lasizlarmi?!» – deb ayt.","Agar ular yuz o`girib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik bo`lishi uchun e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman.[1]###[1] (Ya'ni, iymon masalasida hamma barobar bo`lishi uchun, menga tushgan vahiyni e'lon qildim. Keyin bexabar edik, degan da'vo bo`lmasligi uchun eshittirdim.)","Albatta, U so`zning oshkorasini ham biladir va nimani berkitayotgan bo`lsangiz ham biladir.","Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt.[1]###[1] (Azobning kelmay turishi ehtimol sinovdir, ehtimol bu dunyoning huzur-halovatidan foydalanib olishingiz uchun muhlatdir.)","U: «Ey Robbim, O`zing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad so`raladigan Zotdir», dedi.[1]###[1] (Ya'ni, Payg`ambar alayhissalom, ey Robbim, men omonatingni ado etdim. Kishilarga ta'limotlaringni yetkazdim. Endi o`zing haq ila hukm qilaver, dedilar.)","Ey odamlar! Robbingizdan qo`rqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.","Uni ko`radigan kuningizda, har bir emizuvchi o`zi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.","Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor.[1]###[1] (Alloh taolo haqida, «bilmasdan» tortishish johillikdir. Bunday tortishuvga jur'at qilgan shaytonga ergashgan bo`ladi.)","Unga bitilganki, albatta, unga kim do`st bo`lsa, shubhasiz, uni adashtirur va do`zax azobiga «hidoyat» qilur.","Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo`lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra alaqadan, so`ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go`shtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. So`ngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda ko`rarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko`pchiydir. Hamda har xil go`zal juftlarni o`stiradir.[1]###[1] (Sizning otangiz Odamni tuproqdan yaratganmiz. Inson yo`q edi. U otasining nutfa-spermasidan dunyoga keldi. Oddiy ko`zga ko`rinmas ushbu maniy hayvonchalar bilan barkamol inson orasida qancha farq bor?! Ana shu zarradan odam yaratgan Xoliq Alloh o`lgan odamni qayta tiriltira olmasmi?! Qur'oni Karimda «alaqa» deb nomlangan bosqichdagi homila zulukdek bachadonga yopishib turishi ma'lum bo`ldi. Alaqaning suvrati haqiqiy zuluk bilan solishtirilsa, ularni farqlab bo`lmaydi. Xo`sh, o`sha zulukka o`xshash qotgan laxta qon bilan inson orasida qancha farq bor? Homila rivojlanib, alaqa-laxta qon shaklidan bir parcha chaynalgan go`sht holiga o`tadi. Ana o`shanda unga shakl kiradi. Shakl kirsa, bitgan bo`ladi. Shakl kirmasa, bitmagan bo`ladi, bachadondan tushib ketadi. Hech kim uni eslamaydi ham. Endi, o`sha bir parcha chaynalgan go`shtga o`xshash narsa bilan inson orasida qancha farq borligini bir o`ylab ko`raylik? O`sha go`shtdan inson yaratgan Alloh o`lgan odamni qayta tiriltira olmasmi?!)","Bu(holat)lar ko`rsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U o`liklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.","Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yo`q. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.","Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega bo`lmasdan turib tortishadiganlari bor.","Allohning yo`lidan adashtirish uchun, bo`ynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.","Bunday bo`lishi o`z qo`llaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.","Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir.[1]###[1] (Islom tijorat emaski, unga o`tkinchi foydani ko`zlab kirilsa. Islom — iymon, e'tiqod, Allohga bandalik qilish, Uning yo`lida jonni ham, molni ham fido etish, har xil balo-ofatlarga bardosh berish demakdir. Ana o`sha sinovlardan o`tganlar ikki dunyo baxtiga sazovor bo`ladilar. Ammo Islomga muayyan foydani ko`zlab kirgan, o`sha foydaga erishsa, xursand bo`lib, erishmasa, dinni tark etib, yuz o`girib ketadigan munofiqlar ikki dunyoda ziyon ko`rishlari muqarrar. Aslini olganda munofiq, Islomdan, Allohdan yuz o`girib, qayoqqa ham borardi, kimga ham topinardi?)","U, Allohni qo`yib, o`ziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning o`zi qattiq adashishdir.","U, manfaatidan ko`ra zarari yaqinroq bo`lganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon do`stdir!","Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh O`zi iroda etgan narsani qiladir.","Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, so`ngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi g`am-g`ussani ketkizarmikan?![1]###[1] (Allohga iymoni yo`q kishining holi shunday bo`ladi. Uning balo-ofatdan, g`am-g`ussadan qutulishga chorasi yo`q. Allohga iymoni bo`lmagani uchun undan nusrat kelishiga ham umid qilmaydi. Shuning uchun yo osmonga chiqib, yordam topsin, yo, unday qila olmasa, o`zini ossin. Boshqa iloji yo`q.)","Mana shunday qilib, Biz u(Qur'on)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.","Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida O`zi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.","Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, tog`lar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan ko`plari, albatta, Allohga sajda qilishini ko`rmaysanmi? Ko`plariga esa, azob haq bo`ldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.[1]###[1] (Demak, dunyodagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi. Ularning qanday sajda qilishini Allohning O`zi biladi. «Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar Allohga sajda qiladi», deb qo`yilsa, kifoya edi, butun borliqning sajda qilishi tushunaverilar edi. Lekin ba'zi maxluqlar alohida qayd etildi, chunki ba'zi odamlar o`sha maxluqlarga — quyosh, oy va yulduzlarga sajda qiladilar. Oyatda o`sha narsalarning Allohga sajda qilishini ta'kidlashdan maqsad ular xudo bo`la olmasligini yana bir bor ta'kidlashdir. Butun borliq hech bir istisnosiz Allohga sajda qilayotgani aytilgan bo`lsa ham, odamlarga kelganda, «ko`plari» sajda qilmasliklariga ishora etilmoqda. Ha, faqat odam bolasigina Allohga isyon qiladi. Allohga sajda qilmagani uchun, kofir bo`lgani uchun ularga azob haq bo`ldi. Allohning azobiga duchor bo`lganlar ikki dunyoda xordir.)","Mana bu ikki g`anim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan o`ta qaynoq suv quyilar.","U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritilur.","Ular uchun temir gurzilar bor.","Ular har qachon undagi g`amdan chiqmoqchi bo`lsalar, unga qaytarilurlar va «Yonish azobini toting!» deyilur.","Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.[1]###[1] (Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada vasf qilishlik Qur'oni Karimga xos xususiyatlardan biridir. Jahannamda olovning azobiga qo`shimcha qilib, o`ta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bog`lar ostidan muzdek zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turibdi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur. Do`zaxilarga olovdan kiyim kiydirilsa, jannatilarga ipakdan ko`ylak kiydiriladi. Do`zaxilar boshiga temir gurzi bilan urilsa, jannatilarga oltin va injulardan bezak taqilgan.)","Ular shirin so`zga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qilinurlar.[1]###[1] (Jahannam ahliga «Yonish azobini toting!» deb gurzi bilan urilsa, jannat ahliga shirin so`zlar aytilib, Alloh taoloning yo`liga hidoyat qilib qo`yiladi.)","Kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qo`yganimiz Masjidul Haromdan to`sganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yo`lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.","Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda ruku', sujud qilguvchilar uchun poklagin.","Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo`llardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.","Va o`zlariga bo`ladigan manfaatlarga shohid bo`lsinlar. Ma'lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so`yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.","So`ngra o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla.[1]###[1] (Baytullohning egasi Alloh taolo tomonidan, uning quruvchisi Ibrohim alayhissalomga aytilayotgan bu sifatlar Quraysh kofirlarida emas, musulmonlarda mavjud. Demak, Baytullohga, Masjidul Haromga Quraysh kofirlari emas, musulmonlar haqlidirlar. Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir. Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib bo`lsa ham, kelsinlar. Yo`l uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham, kelsinlar. Hajga keluvchilar, avvalo, Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda bo`ladi, o`zaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Haj mavsumning avji, iyd kunlari bo`lib, unda zikr qurbonlik so`yish jarayonida yana avjlanadi. Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan o`zi yesa ham bo`ladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham bo`ladi. Qurbonlik qilib bo`lganidan keyin, hojiga ehromdan chiqishga ruxsat bo`ladi, ehrom vaqtida mumkin bo`lmagan soch oldirish yoki qisqartirishga, qo`ltiq ostidagi va boshqa joylardagi tuklarni, tirnoqlarni olishga izn beriladi. Hoji bu ishlarni bajarib, yuvinib-taranadi. Oyatda «... o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar...» deyishdan maqsad shu. «Qadimgi uy»dan murod Ka'batulloh. Bu tavofni farz tavof, ifoza tavofi, deyiladi. Bu tavofsiz haj haj bo`lmaydi. Shuni ado etishlik bilan haj ibodati ham tugaydi.)","Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o`zi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo`ling va yolg`on so`zdan yiroq bo`ling.","Allohga bo`lgan iymondan og`mang, unga shirk keltirguvchi bo`lmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go`yoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir.[1]###[1] (Inson iymonga erishganda, yuqori martabalarga erishgan bo`ladi, kimki o`sha yuksak martabani xohlamay, Allohga shirk keltirsa, xuddi osmondan qulab tushgan kabi bo`ladi.)","Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulug`lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir.[1]###[1] (Ushbu oyat ma'nosida «nishonlar» deb tarjima qilgan ibora Qur'oni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «sha'iyra» so`zining jami — ko`pligi, nishon, belgi, alomat ma'nolarini bildiradi. Bu so`z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh — Allohning nishonlari», deyilganda esa, Allohning dini, Islomning ko`zga ko`ringan, shon-shavkati alomati bo`lgan ibodatlar ko`zda tutiladi. Ushbu oyati karimada esa, qurbonlikka so`yiladigan katta hayvonlar ko`zda tutilmoqda.)","Sizga u(nishon)larda ma'lum vaqtgacha manfaatlar bordir. So`ngra ularni (so`yish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.","Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon bo`ling. Itoatli, mutavoze'larga bashorat ber.","Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va o`zlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni to`kis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.","Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog`liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambag`allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.","Ularning go`shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber.[1]###[1] (Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Banda Allohni qancha ulug`lasa, shuncha oz. Birgina hidoyatga boshlab qo`ygani uchun qancha takbir aytsa, oz. Qurbonlik qilish ham, Allohning yo`lida har qanday qurbonlik berishga tayyor ekanini ko`rsatish ham o`sha hidoyat uchun Alloh taoloni ulug`lashdir.)","Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush ko`rmas.","O`zlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.[1]###[1] (Demak, kofirlar avval musulmonlarga qarshi urush ochgan. Musulmonlar hujumga va zulmga uchraganlar. Endi ular o`zlarini himoya qilmasalar, bo`lmaydi. Kofirlar ularni yo`q qilib yuborishlari mumkin. Musulmonlar urushga kirsalar, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.)","Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun o`z diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf' qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi ko`plab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bo`lur edi. Albatta, Alloh O`ziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va g`olibdir.","Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir.[1]###[1] (Oyati karimadagi «Ularga Yer yuzida imkon bersak» jumlasidan «makon bersak» ma'nosi ham tushuniladi. Bunga qo`shimcha «Er yuzida nusrat, g`alaba bersak» ma'nolari ham chiqadi. Diyorlaridan «Robbimiz Alloh» deganlari uchun chiqarilgan musulmonlarga Yer yuzida makon, nusrat, g`alaba — imkon bersak: Xovliqib ketmaydilar, balki Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladilar, u bilan bog`lanishni kuchaytiradilar. Alloh xohlagan oqibatini keltirib chiqaradi. Xohlasa, mag`lubiyatni ham g`alabaga aylantirib yuboradi.)","Agar seni yolg`onchi qilayotgan bo`lsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolg`onchi qilgan edilar.","Ibrohim qavmi, Lut qavmi.","Madyan egalari ham. Va Muso ham yolg`onchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, so`ngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?![1]###[1] (Albatta, o`ta shiddatli bo`ldi. O`ta qo`rqinchli bo`ldi. O`sha kofir, jinoyatchi, payg`ambarlarini yolg`onchiga chiqargan qavmlarning ba'zilarini to`fon azobi tutdi. Ba'zilarini yer yutdi, zilzila va boshqa azoblarga duchor bo`ldilar.)","Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi bo`lgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).","Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, ko`zlar ko`r bo`lmas, siynalardagi qalblar ko`r bo`lur.[1]###[1] (O`sha kofirlar Yer yuzida aylanib yurganlarida, o`tgan kofirlardan qolgan asarlarni ko`rar edilar. Ularni ko`rib, tafakkur qilganlarida qalblari ta'sirlanib, aqllari kirar edi. Odamlardan o`tgan zolim kofir qavmlar nima uchun va qanday qilib halokatga uchraganlari haqidagi rivoyatlarni eshitar, ulardan ibrat olar edilar.)","Ular sendan azobning tezroq kelishini so`rarlar. Holbuki, Alloh va'dasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.[1]###[1] (Modomiki kofirlarga azob yuborishni va'da qildimi, ularga Allohning azobi, albatta, keladi. Shoshilmay tursinlar. Azobni qachon yuborishni Allohning O`zi biladi. Alloh taolo hech shoshilmaydi. «Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir». Shuning uchun ham U zot shoshilmaydi.)","Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi bo`lgan holida ham muhlat berdim. So`ngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.","Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.","Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga mag`firat va ikromli rizq bordir.","Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi bo`lib, sa'yi-harakat qilganlar, ana o`shalar jahiym egalaridir.","Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan bo`lsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. So`ngra, Alloh O`z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh o`ta bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]###[1] (Lug`at jihatidan qaraydigan bo`lsak «Tamanniy» so`zi arab tilida «oliy orzu» (ajnabiy tildagi «ideal») ma'nosini anglatadi. Shuning uchun ham oyati karima ma'nosini tarjima qilishda bu so`zni shu holda qoldirishni ravo ko`rdik. Ushbu oyati karimada, bu oliy orzu boshqa Rasul va Nabiylarda ham bo`lganligi, bu ko`proq shayton tomonidan noto`g`ri fikr yoki holatlarga olib borishi mumkinligi, ammo Alloh doimo O`zi payg`ambarlarni bundan saqlab kelganligi aytilmoqda. Ushbu holat Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hayotlarida bir necha marta ko`rilgan.)","Shayton tashlaydigan narsa qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna bo`lishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.","Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bog`lanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qilguvchidir.","Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) to`satdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qur'on)dan shubhada bo`lishda davom etadilar.[1]###[1] (Kofirlar qiyomatgacha Qur'oni Karim Allohdan kelgan haq ekaniga shubhada bo`ladilar. Shuning uchun iymon keltirmaydilar. Lekin bu bilan faqat o`zlariga ziyon qiladilar, xolos.)","O`sha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu ne'mat jannatlaridadirlar.","Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar esa, bas, ana o`shalarga xorlovchi azob bordir.","Alloh yo`lida hijrat qilganlar, so`ngra o`ldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh go`zal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir.[1]###[1] (Hijrat Alloh yo`lida vatandan, qarindosh-urug`dan, molu dunyodan, turli qulayliklardan uzoqda bo`lishdir. Hijrat barcha payg`ambarlar, ulug` zotlar boshidan o`tkazgan holatdir. Islomda esa, Islom Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalom va u kishining safdoshlari — sahobalarning bir qismi hayotidagi katta sinovdir. Alloh taolo ularning Makkadan Madinaga qilgan hijratlaridan so`ng Islomga fathu futuh, shonu shavkat berdi.)","Albatta, U zot ularni o`zlari rozi bo`ladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va haliym Zotdir.","Ish bundoq. Kim o`ziga iqob qilinganiga o`xshash iqob qilsa-yu, so`ngra unga yana zo`ravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir.[1]###[1] (Birov zulmga uchrab, boshqa bir kishi tomonidan iqobga uchrasa, qasos olish tariqasida o`sha zolimdan o`ziga qilingan iqob darajasida o`ch olsayu, so`ngra unga yana tajovuz qilinsa, o`sha odamga Alloh yordam beradi. Chunki u zulm qilmayapti, haddidan oshmayapti, faqat o`z haqqini talab qilyapti. Boshqa tomon esa, avval nohaqdan tajovuzkorlik qilgan edi. Tajovuziga yarasha javob kelganida, tushunib o`zini tiyishi kerak edi. Ammo u yana tajovuzkorlik qildi.)","Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir.[1]###[1] (Doimiy suvratda kecha kunduzga, kunduz kechaga kirib turadi. Buni Allohga kufr keltirib, gerdayib yurgan odamlar ham, boshqalari ham qila olmaydi. Buni faqat Alloh taologina qiladi. Allohning bu ishini birov to`xtata olmaganidek, U zotning mazlumlarga nusrat berishini ham to`xtata olmaydi.)","Chunki, Allohning O`zigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.","Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil bo`lishini ko`rmadingmi?! Albatta, Alloh o`ta lutfli va xabardor Zotdir.","Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning O`zigina behojat va maqtalgan Zotdir.[1]###[1] (Alloh taolo osmonlaru Yerdagi narsalarga ega bo`lganidan, U zotning hech bir narsaga hojati yo`q. Shunday ham maqtalgan, hamdu sano egasi bo`lgan Zotdir. O`zidan boshqa yordamchiga Uning hojati bo`lmaganidek, birovning maqtoviga ham hojati yo`qdir.)","Alloh yerdagi narsalarni, dengizda O`z izni ila yuradigan kemani sizlarga bo`ysundirib qo`yganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko`rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.[1]###[1] (Insof bilan fikr ishlatib qaralsa, Alloh taolo Yer yuzidagi hamma narsalarni inson foydasi uchun, unga bo`ysunadigan, unga beminnat xizmat qiladigan qilib qo`ygan. Havodan tortib, toshu toqqacha, nabototu jamodot, katta-kichik jonzotlar, hamma-hammasi inson uchun xizmatkor. Ularning evaziga insondan haq talab qilinmaydi.)","Sizlarni tiriltirgan, keyin o`ldiradigan, so`ngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning O`zidir. Albatta, inson o`ta noshukrdir.[1]###[1] (Insonga hayot berib, uni yo`qdan bor qilgan kim?! Albatta, Alloh! Ana shu Zotga shukr qilib, Unga iymon keltirib, Uning ibodatini qilsa, bo`lmasmidi?! Bu dunyoda yashab yurgan insonni o`ldiradigan kim?! Albatta, Alloh! O`lganlarni qiyomat kuni qayta tiriltiradigan, ularni so`roq-savolga tutadigan, qilganiga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson o`sha kunga tayyorgarlik ko`rsa bo`lmasmidi?! «Albatta, inson o`ta noshukrdir». Shuning uchun ham Allohga kufr keltiradi. Unga isyon qiladi. Uning ko`rsatgan yo`lidan yurmaydi.)","Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o`shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da'vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.","Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.","Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa bo`yicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.","Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana o`sha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?![1]###[1] (Ushbu oyatdagi savol iqror qildirish ma'nosidadir. Ya'ni, bilar eding-ku, deyilmoqda. Oyati karimadagi «kitob»dan murod «Lavhul mahfuz»dir. Demak, hukm qilish Alloh taolo uchun hech narsa emas.)","Ular Allohni qo`yib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, o`zlarida u haqda ilm bo`lmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yo`qdir.","Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni ko`rursan. Ular o`zlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U do`zaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga va'da qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.","Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qo`yib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan o`shani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi.[1]###[1] (Boshqa katta jonzotlarni qo`ysinlar-u, eng kichik, eng haqir, eng ahamiyatsiz ko`ringan pashshani yaratishga urinib ko`rsinlar. Yarata olmaslar. Xo`sh, endi bir dona pashshani yarata olmagan butga qanday qilib topinish, sig`inish, aytganini (agar aytolsa,) qilish mumkin? Aslo mumkin emas. Umuman aqlga, mantiqqa to`g`ri kelmaydi. Pashsha juda zaif, haqir jon. Ammo, u sabab bo`lib ba'zi bir kasalliklarni tashib keltirsa, hammasi to`planib, harakat qilsa ham, o`sha kasallikdan zarar ko`rayotganni yoki o`layotganni qutqarib qololmaydilar. Buni hamma hayotda ko`rgan. «Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi». Ya'ni, Allohdan o`zganing ibodatini talab qiluvchi ham, ibodati talab qilingan narsalar ham ojizdirlar. Biron narsa qo`llaridan kelmas.)","Ular Allohning qadrini joyiga qo`ymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.[1]###[1] (Ya'ni, ular yolg`iz Allohning O`ziga e'tiqod qilishlari, faqat Ungagina ibodat qilishlari lozim edi. Ammo ular Allohning qadrini bilmadilar, unga shirk keltirdilar, Undan o`zgalarga topindilar.)","Alloh farishtalardan va odamlardan Payg`ambarlar tanlar. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va ko`rguvchidir.","U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolg`iz Allohgagina qaytarilur.","Ey, iymon keltirganlar, ruku', sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.","Va Alloh (yo`lida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu, otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu (Qur'on)da Payg`ambar sizlarga guvoh bo`lishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar bo`lishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi. Bas, namozni to`kis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bog`laninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchidir.[1]###[1] (Suraning oxiridagi ushbu ikki oyatda Alloh taolo Islom ummatiga nido qilmoqda. Bu nido musulmonlarga eng mahbub murojaat bilan «Ey iymon keltirganlar», deb boshlamoqda. Bu nido o`zidan keyin keladigan amrlarni alohida ko`tarinki ruhda ado etishga undaydi. Undan keyin kelayotgan amrlar esa, ruku', sajda qilmoqlikdir.)"]