["Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar.[1]###[1] (Oyatda zulm qilmagan ahli kitoblar bilan yaxshi, go`zal uslubda mujodala qilishga amr etilmoqda. Avvalo, zulm qilgan ahli kitoblar kim ekanini ajratib olaylik. Ahli kitoblarning zulm qilganlari xoh yahudiy, xoh nasroniy bo`lsin, o`zlariga kelgan ilohiy ta'limotlarni buzib, Allohga shirk keltirgan, sof aqidani o`zgartirganlardir. Demak, ular bilan yaxshi uslubda mujodala qilishga o`rin yo`q, chunki ular zolimlardir.)","Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.[1]###[1] (Qur'on oyatlarini kim inkor etsa, kim ularga iymon keltirmasa, o`sha kofirdir. Xoh u ahli kitobdan bo`lsin, xoh mushriklardan bo`lsin, xoh boshqa toifadan bo`lsin. Ba'zi bir ustamon ahli kitoblar hozirda sodda musulmonlarning boshini avvalgi oyat ma'nosi bilan aylantirmoqdalar. Mana, Qur'onda sizlar bilan bizni teng deyilgan, Ilohimiz bir, farqi yo`q, kelinglar, Injil o`qinglar, cherkovga kiringlar, deb yo`ldan urmoqdalar. Keyingi oyat esa, aytilmay qolib ketmoqda. Musulmonlar Qur'ondan uzoqlashganda ana shunday musibatlar kelib chiqadi. Islom keldi, boshqa barcha dinlar botil bo`ldi. Qur'on keldi, boshqa barcha kitoblar nasx bo`ldi. Ushbu haqiqatni hamma yaxshi bilmog`i darkor.)","Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo`ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo`lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo`lur edilar.[1]###[1] (Bu o`qish-yozishni biladi, biror kitobdan o`qigandir, biror ustozdan yozib olgandir, deb Qur'onning ilohiy kitob ekanligi haqida shubhaga tushgan bo`lar edilar.)","Yo`q! U(Qur'on) ilm berilganlar ko`ksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.","Va ular: «Unga Robbidan mo`'jizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Mo`'jizalar yolg`iz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.","Ularga Bizning senga o`zlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.","Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir», deb ayt.","Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal bo`lmaganida, ularga, albatta, azob kelgan bo`lur edi. Albatta, ularga u to`satdan, ular sezmagan holda kelur.","Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni o`rab turguvchidir.","U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan o`rab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur.","Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar.[1]###[1] (Siz Mening bandamsiz, yer Mening yerim. Kofirlar biror joyda iymoningiz uchun, dinu diyonatingiz uchun sizga tinchlik bermayotgan bo`lsa, qiynoq-qistovga olayotgan bo`lsa, Mening yerim keng, boshqa tomonida yashab, istiqomat qilishingiz mumkin.)","Har bir jon o`limni totajakdir. So`ngra Bizgagina qaytarilursiz.","Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!","Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.","O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.[1]###[1] (Darhaqiqat, o`ylab ko`radigan bo`lsak, ko`pgina jonzotlar rizqga muhtoj bo`lganida, uni tanovvul qilishdan boshqa narsani bilmaydi. Rizq topish uchun harakat ham qilmaydi. Rizqni o`zi bilan ko`tarib ham yurmaydi. O`ziga rizq jamg`armaydi ham. Faqat rizq kerak bo`lganida, uni tanovvul qiladi, xolos. Ammo rizq topilmasdan, birortasi ochqab o`lib ham qolmaydi. Rizqini terib yeb yuraveradi. Faqat insongina rizq to`plashni odat qilgan. Ilohiy ta'limotlardan uzoq bo`lgan ba'zi bir odamlar hayotni rizq-ro`z uchun kurashishdan iborat, deb o`ylaydilar. Ular o`zlaricha, rizqni o`zimiz topmoqdamiz, deb gumon qiladilar.)","Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni o`z izmiga qaratgan kim?» deb so`rasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!","Alloh O`z bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qo`yadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.","Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so`rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin!» deb ayt. Yo`q! Ularning ko`plari aql yuritmaslar.[1]###[1] (Mushriklarga tillari bilan o`zlariga qarshi dalil aytdirgan Allohga hamdlar bo`lsin.)","Bu dunyo hayoti faqat o`yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o`sha haqiqiy hayotdir.","Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.","Ular Biz bergan narsaga kufr keltiraversinlar va huzur qilaversinlar! Bas, tezda bilurlar.","Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo`yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?![1]###[1] (Makka ahli Harami Sharifning hurmati sababidan omonlikda yashar edilar. Hech kim ularga tegmas, hatto yomon qaramas, balki Harami Sharifning yuzidan ularni ham ulug`lar, ehtirom qilar edilar. Haramning chegarasidan tashqaridagilarni esa, xohlaganlar o`ldirar, xohlaganlar olib ketib, qul qilar yoki molu dunyosini tortib olar edi.)","Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki o`ziga kelgan haqni yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarga jahannamda turar joy yo`qmidi?!","Bizning (yo`limizda) jiddu jahd qilganlarni O`z yo`llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.","Alif. Laam. Miym.","Rum mag`lub bo`ldi.","Yaqin yerda. Va ular mag`lubiyatlaridan keyin tezda g`olib bo`lajaklar.","Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. O`sha kunda mo`minlar shodlanurlar.","Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U aziyzu rohiymdir.[1]###[1] (Fors va Rum davlatlari orasidagi qirg`inbarot urush natijalaridan keyin bunday gaplarni Alloh taolo aytmasa, odam bolasi jur'at qilib ayta olmas edi. Har qanday odamga, shunchalar qaqshatqich zarbaga uchragan, tilka-pora bo`lib ketgan Rum davlati qanday qilib bir necha yil ichida qudratli Fors davlatini yenga oladi, degan fikr kelishi turgan gap edi. Mushriklar qur'oniy xabarni masxara qilib, manzarani o`z qarichlari bilan o`lchashar, ammo Alloh taoloning o`lchovi boshqa ekani xayollariga kelmasdi.)","(Bu) Allohning va'dasidir. Alloh O`z va'dasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar.[1]###[1] (Alloh O`zi xohlagan kishisiga nusrat berishi haqidagi gap Allohning va'dasidir. U zot O`z irodasi bilan va'da qiladi va O`z irodasi bilan va'dasini amalga oshiradi. Bunga hech kim va hech narsa to`siq bo`la olmaydi. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar. O`zlaricha nimanidir bilgandek bo`ladilar, ammo asl mohiyatni anglab yetmaydilar.)","Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar.[1]###[1] (Odamlarning ko`plari bu besh kunlik dunyoning zohiriy, sirtqi tarafini, yuzaki biladilar. Ko`zlariga ko`ringan, qo`llari bilan ushlaydigan yoki boshqa his etish a'zolari va asboblari bilan sezadigan narsalarnigina, ularni ham bir qisminigina biladilar. Ular asosan bu dunyoga qiziqadilar.)","Axir, ular, o`zlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib ko`rmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan ko`plari Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir.[1]###[1] (Insonning aql ishlatiladigan narsalar haqida o`ylashi «tafakkur» deyiladi. Oyatda odamlarning tafakkur yuritmasliklaridan ajablanish bor.)","Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari ko`proq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan ko`ra ko`proq obod qilgan edilar. Va ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar.[1]###[1] (Avvalgi kofirlar obodonchilik masalasida ham hozirgi kofirlardan ustun edilar. Ular yerga ko`proq ishlov berganlar. Dehqonchilikni juda ham rivojlantirganlar. Shuningdek, yerdan turli ma'danlarni chiqarish va boshqa imroniy-obodonchilik ishlarini taraqqiy ettirganlar. Ushbu oyatlar nozil bo`layotgan davr kofirlaridan ko`ra ko`proq obod qilganlar.)","So`ngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolg`onga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon bo`ldi.","Alloh maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, so`ngra Unga qaytarilursiz.","Qiyomat qoim bo`lgan kunda jinoyatchilar noumid bo`lurlar.","Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar bo`lmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi bo`ldilar.","Qiyomat qoim bo`lgan kuni, o`sha kuni (guruhlarga) bo`linurlar.[1]###[1] (Odamlar qiyomat kuni ikki guruhga ajraladilar.)","Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar.","Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar azobga hozir qilinurlar.","Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting.[1]###[1] (Bundan murod, shom va xufton namozlarini o`qib, Allohni poklab yod etinglar, tongga kirishda tasbih aytishdan murod bomdod namozini o`qishdir.)","Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting).[1]###[1] (Dunyoda barcha hamdu sano, maqtov Allohning O`ziga xosdir. Sizlar Unga oqshom va peshin paytlarida ham tasbih aytingiz. Ya'ni, peshin va asr namozlarini qoim qilinglar.)","U o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarur va yerni o`limidan keyin tiriltirur. Shunga o`xshash, siz ham chiqarilursiz.[1]###[1] (Har bir soniyada qandaydir o`simlik quriydi, boshqasi urug`dan chiqadi. Kimdir o`ladi, kimdir tug`iladi. Bu narsa yerda ham, ko`kda ham, suvda ham bo`lib turadi. Son-sanog`iga yetib bo`lmaydigan ushbu jarayonlarning har birini Alloh taolo amalga oshiradi.)","Sizni tuproqdan yaratgani va so`ngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.","Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.","Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo`lishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.[1]###[1] (Inson bolasi o`ziga o`xshagan odamlar bilan ko`rishadi, gaplashadi, lekin ilohiy qudrat tufayli ularning tillari va ranglari turlicha yaratilganiga e'tibor bermaydi. Aslini olganda, bular ham ulkan mo`'jizalardir.)","Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.[1]###[1] (Uyqu o`z holicha olib qaralganda, katta bir mo`'jizadir. Uyqu Alloh taolo tomonidan bandaga berilgan ulug` ne'mat. Odam bolasining uyquga ehtiyoji juda kattadir. Buni bilish, anglab yetish uchun biror kun uyqusiz yurishning o`zi yetadi.)","Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.[1]###[1] (Olimlar kashf qilishlaricha, chaqmoq chaqqanda havoni kuydirib o`simliklar uchun o`ta foydali o`g`it — azot paydo bo`lar ekan. Ana o`sha modda yomg`ir ila yerga tushib o`simliklarning o`sishiga, hosil berishiga omil bo`lar ekan. Demak, xavf va umid chaqmoqqa bog`liq ekan.)","Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.","Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar.","U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir.","U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.[1]###[1] (Biz rizq qilib bergan ne'matga qulingiz ham sizga sherik bo`lishini xohlaysizmi? Yo`q. U qulni mazkur molu mulkingizning bir qismi hisoblaysiz. Uning mol-mulkingizdan chiqib ketishini ham xohlamaysiz. Alloh bergan rizqqa o`z qulingiz sherik bo`lishini xohlamas ekansiz, qanday qilib Allohga Uning O`zi yaratgan maxluqotlarini sheriklikka ravo ko`rasiz? Sherik bo`lish oson bo`libdimi? Siz o`z haqqingiz zoye bo`lishidan qo`rqqaningiz kabi, uning haqqi zoye ketishidan ham qo`rqishingiz mumkinmi? Hech mumkin emas. Shunday ekan, nima uchun Alloh taologa Uning O`zi yaratgan maxluqotlarni sherik qilasiz? Ushbu tafsilotlarni to`g`ri tushungan odamlar Allohga shirk keltirishning asosiy sababini anglab oladilar.)","Yo`q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bo`lmas.","Bas, sen haqqa moyil bo`lib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini o`zgartirib bo`lmas. Ushbu to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.[1]###[1] (Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, o`zlarinikini ma'qullayveradi, ularning barini e'tiborsiz qoldirib, haq dinga yuzlan. Alloh odamlarning asl tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa, insonning asl tabiatiga zid bo`lib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo bo`ladi.)","(Har bir narsada) Unga qaytguvchi bo`laroq, Unga taqvo qiling, namozni to`kis ado eting va mushriklardan bo`lmang.","Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo`lib olib, har bir firqa o`z oldidagi narsadan shod bo`lganlardan (bo`lmang).[1]###[1] (Mushriklikning bir ma'nosi Allohga sherik keltirish bo`lsa-da, dunyoda mushriklikdan ko`p narsa bo`lmasa kerak. Chunki mushriklar dinlarida firqalanib ketgan. Alloh taolo musulmonlarni shular kabi tafriqaga tushmaslikka amr qilmoqda.)","Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining O`zigagina qaytib, duo qilurlar. So`ngra U ularga O`zidan rahmat tottirganda, ko`ribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.","Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!","Yoki Biz ularga hujjat tushirganmiz-u, u(hujjat) Unga shirk keltirgan narsalari (joizligi) haqida so`zlarmi?!","Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod bo`lurlar. Agar ularga o`z qo`llari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.","Ular Alloh O`zi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaslarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.","Bas, qarindoshga, miskinga va yo`lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o`shalar najot topguvchilardir.[1]###[1] (Rizq berish Alloh taoloning qo`lida bo`lgach, rizqning kamayib qolishidan qo`rqmay, qarindosh-urug`larga, miskinlar va safari tufayli muhtojlikka tushib, yo`lda qolganlarga haqlarini ber. Xayr-sadaqa qil. Sening qo`lingdagi rizqi ro`zda ularning ham haqlari borligini unutma.)","Odamlar mollari ichida ziyoda bo`lsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo`lmas. Allohning yuzini ko`zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o`shalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.[1]###[1] («Ribo» o`zbek tilida «sudxo`rlik» deb yuritiladi. Ribo bir odam ikkinchisiga ma'lum muddatga ma'lum miqdor pulni ustiga foiz qo`yib qaytarish sharti ila berishidir. Alloh taolo riboni harom qilgan, harom narsa qancha ko`p bo`lsa ham, ziyoda bo`lmaydi. Shuningdek, riboda savob ham yo`q. Balki gunoh bor. «Zakot» so`zi o`zbek tilida «pokiza» va «ziyoda» ma'nolarini anglatadi. Darhaqiqat, zakoti berilgan mol pokizalanadi va Alloh bergan baraka ila ziyoda ham bo`ladi.)","Sizlarni xalq qilgan, so`ngra rizqlantirgan, keyin o`ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.","Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qo`llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo`ldi. Shoyadki, ular qaytsalar.[1]###[1] (Odamlardagi buzuq e'tiqod va tasavvurlardan fisqu fasod kelib chiqadi. Bu esa, o`z navbatida, quruqlikdayu dengizda buzg`unchilik ustun kelishiga sabab bo`ladi. Odamlar qilgan gunohlar va fisqu fasod o`zlarining boshlariga balo-ofat keltiradi. Bu musibatlar ularga tanbeh bo`lishi, zalolatdan hidoyatga, noto`g`ri yo`ldan qaytishlariga sabab bo`lishi kerak.)","Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar. Ularning ko`plari mushrik bo`lgan edilar», deb ayt.","Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval to`g`ri dinga yuz tut. O`sha kunda (odamlar) bo`lak-bo`lak bo`lurlar.","Kim kufr keltirsa, uning kufri o`ziga zarar. Kimlar yaxshi amallar qilgan bo`lsa, o`zlari uchun (zamin) tayyorlar.","U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni O`z fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas.[1]###[1] (Banda har qancha yaxshi amal qilgan chog`ida ham, Allohning shukrini joyiga keltira olmaydi va jannatga haqdor bo`la bilmaydi. Unga bu maqomni Alloh taolo O`z fazli-marhamati ila ato qiladi. Chunki u mo`min bo`lib yaxshi amallar etgan bandalarni sevadi.)","Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]###[1] (Yomg`ir yog`ishini intiqib kutayotgan kishilar g`ir etgan shamoldan xursand bo`lishadi. Chunki tajribada yomg`irdan oldin uning shamoli kelishi aniqlangan. Odatda, yomg`irdan oldin esadigan shamol yomg`irga intizor bo`lib turganlar uchun xushxabarchi bo`ladi. Darhaqiqat, o`sha shamol bandalar Allohning rahmatidan totishlari uchun zarur bo`lgan yomg`irli bulutlarni olib kelayotgan bo`ladi. Yomg`ir yog`adi, hamma foydalanadi. Rizqi ro`z serob bo`ladi. Bandalar Allohning rahmatidan bahramand bo`ladilar. Shuningdek, avvallari tijorat va kasb-kor uchun safarni ixtiyor etgan kishilar dengiz safariga hozirlanib, yelkanli kemalarini tayyorlab, shamolni kutishgan. Ular uchun ham shamol xushxabarchi bo`lgan. Allohning amri ila yurgan kemada safar qilib, hojatlarini chiqarishgan, Allohning fazlidan rizqi ro`z talab qilishgan.)","Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. So`ng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mo`minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo`lgan.","Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo`zg`atar va u(bulut)ni osmonda O`zi xohlaganicha yoyar va bo`lak-bo`lak qilar, bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rasan. Qachon u(yomg`ir)ni O`z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo`lurlar.","Holbuki, ustlariga (yomg`ir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.","Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o`lib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot o`liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.","Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sarg`aygan holda ko`rsalar, undan keyin, albatta, kufroni ne'mat qilishga o`tarlar.[1]###[1] (Alloh issiq shamol esdirib, ekinlarini sarg`aytirib qo`ysa, Allohga va Uning qazoi qadariga ishonmaydiganlar noumid bo`lib, kufroni ne'mat qiladilar.)","Albatta, sen o`likka eshittira olmassan va da'vatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan.","Sen ko`rlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana o`shalar musulmonlardir.","Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so`ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U o`ta ilmli va o`ta qudratlidir.[1]###[1] (Asli urug`laringiz nutfa deb atalmish bir tomchi jirkanch suvdir. U juda ham zaif narsa. Alloh O`z inoyati ila o`sha zaif suvdan homila paydo qiladi. Homila ham juda zaif bo`ladi. Tug`ilgan chog`ida ham inson bolasi eng zaif bola bo`ladi. Uzoq yillar o`zi mustaqil ravishda biror ish qila olmaydi. Shunday zaif odamni Alloh «so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan»dir. Allohdan o`zga hech kim unga bu quvvatni bermaydi. Vaqti-soati yetib inson qarib kuch-quvvatdan ketadi. Dunyo ana shunday. Undagi hamma narsa o`zgarib turadi. Bu o`zgarishlarning hammasini Alloh taolo bajaradi.)","Qiyomat qoim bo`ladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday o`girilar edilar.[1]###[1] (Ular yorug` dunyoda bir soatdan ortiq turmaganlari haqida qasam ichadilar. Agar ko`proq turganlarida, iymon keltirishlari mumkinligini pesh qilmoqchi bo`ladilar.)","Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.","Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar.[1]###[1] (Ortga qaytsak, Alloh rozi bo`ladigan ishlarni qilar edik, deb yolborsalar ham, qaytarilmaydilar.)","Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo`'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan o`zga emassiz», derlar.","Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar.","Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar.[1]###[1] (Iymonsiz va iymoni zaiflar qachongacha sabr qilamiz, sabrning oxiri bormi, deya bezovtalanib, ig`volari bilan seni yengiltaklikka boshlamasinlar.)","Alif. Laam. Miym.","Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.","U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.","Ular namozni to`kis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga ishonch-la iymon keltiradiganlardir.","Ana o`shalar Robbilaridan bo`lgan hidoyatdadirlar. Ana o`shalar o`zlari najot topguvchilardir.","Odamlar orasida(o`zlari) ilmsiz ravishda Allohning yo`lidan adashtirish uchun va u(yo`l)ni istehzo qilish uchun behuda so`zni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana o`shalarga, o`zlariga xorlovchi azob bor.[1]###[1] (Ular hikmat to`la Qur'oni Karimni, Allohning purhikmat so`zlarini qabul qilmasdan, ularga badalsiz taqdim etilayotgan ikki dunyo saodatiga eltuvchi ilohiy dasturga bo`yinsunmasdan, qandaydir behuda so`zlarni ko`tarib yuradilar. Ha, o`sha behuda so`zlar egasi bo`lish uchun molu mulkni, hayotni, zehn-zakovatni, butun imkoniyatlarni sarflaydilar.)","Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, xuddi ularni eshitmagandek, xuddi qulog`ida og`irlik bordek, mutakabbirlik bilan ortga qarab ketar. Bas, unga alamli azobning bashoratini ber.","Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, o`shalarga ne'mat jannatlari bordir.","Ular unda abadiy qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Va U Aziyz va Hakiymdir.","U, siz ko`rib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga og`ir tog`larni tashlagan va u(er)da har turli jonivorlarni taratib qo`ygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(er yuzi)da turli go`zal va karamli juftlarni o`stirib qo`ydik.[1]###[1] (Oyatda «o`simliklarni o`stirib qo`ydik», deyilmasdan, «karamli (go`zal va foydali) juftlarni o`stirib qo`ydik», deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, o`simliklardagi go`zallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft bo`lishi ham bildirib qo`yilyapti. Allohning kitobida o`n besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir o`simlikda erkak va urg`ochi ho`jayralar bo`lib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil bo`lishi endi tushunib yetildi. O`simliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.)","Bu, Allohning yaratganidir. Qani Menga ko`rsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yo`q! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.","Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik.[1]###[1] («Hikmat», aslida, har bir narsani yaxshilab o`z joyiga qo`yish, degan ma'noni beradi. Shu boisdan ham har bir gapni to`g`ri so`zlash va har bir ishni to`g`ri bajarishga «hikmat» deyiladi. Alloh taolo hazrati Luqmonga ana shunday ne'matni ato qilganini ushbu oyatda bildirmoqda. U kishining ismlariga «hakim» laqabi qo`shilib zikr qilishi sababi ham shundan. Ba'zi kishilar bu hikmat sohibi bo`lgan zotni payg`ambar deb ham aytishgan. Ammo aksar ulamolarimiz, jumladan, ko`pgina tafsirchilarimiz, hazrati Luqmon payg`ambar emas, hakim bo`lgan, deydilar. Chunki payg`ambarlarning zikri kelgan Qur'on oyatlarida bu kishining ismlari kelmagan. Shuningdek, u kishining payg`ambar bo`lganlari haqida Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalom ham hech bir xabar bermaganlar.)","Luqmon o`g`liga va'z-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey o`g`ilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir».","Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko`tardi.","Agar ikkovlari seni o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo`rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yo`nalganlarning yo`liga ergash. So`ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.","«Ey o`g`ilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urug`icha bo`lsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda bo`lsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh o`ta lutfli va o`ta xabardor Zotdir.»","«Ey o`g`ilcham, namozni to`kis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va o`zingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»","«Odamlardan takabbur-la yuz o`girma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.»","«Yurishingda mo`'tadil bo`l va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir.»[1]###[1] (Ya'ni, yurishing o`rtacha va maqsadli bo`lsin. Bekorchi soxta harakatlar bilan kuch-quvvatni isrof qilib, kibru havo bilan ham yurma, juda lapashang bo`lib, sudralma ham eshak bekordan-bekorga bor ovozi bilan hangrab turadi. Hech bir sababsiz baland ko`tarilgan ovozning eshaknikiga o`xshatilishining o`zi yetarli. Oyatda bu ovoz eng yomon ekanligi ham ta'kidlanmoqda.)","Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bo`la turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.[1]###[1] (Ba'zi odamlar o`zlarida haqiqatni isbot qiluvchi ilm bo`lmasa ham, Alloh haqida tortishaveradilar. To`g`ri yo`lga boshlovchi hidoyatchilari bo`lmasa ham, Alloh xususida bahslashaveradilar. Turli bo`lmag`ur fikrlarni aytadilar. Unga kufr keltiradilar. Unga shirk keltiradilar.)","Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yo`q! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, o`shanga ergashurmiz», derlar. Agar shayton ularni do`zax azobiga chaqirayotgan bo`lsa ham-a?!","Kim go`zal amallarni qilguvchi bo`lgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.[1]###[1] (Biz «ishonchli arqon» deb tarjima qilgan ma'no oyatda «al-urvatul vusqo» deb kelgan. «Vusqo» ishonchli degani, «al-urvatu» deb esa, toqqa osilib chiqiladigan arqonga aytiladi. Demak, bu dunyoda oliy maqsadga erishish baland tog` cho`qqisiga chiqish deb olinsa, Islom dinini tutish o`sha cho`qqiga chiqish uchun uzilmaydigan, ishonchli arqonni mahkam tutishga o`xshar ekan. Cho`qqiga chiqmoqchi bo`lgan odam, endi arqondan ko`ngli to`q bo`laversin. Bu yog`i o`ziga bog`liq, harakat qilsa, cho`qqiga albatta chiqadi. Shuning uchun avval-boshdan unga iymon keltirib, u nozil qilgan Qur'onga ergashaverish kerak.)","Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni o`ta bilguvchidir.","Ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra qattiq azobga majbur qilurmiz.","Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb so`rasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin», deb ayt. Yo`q! Ko`plari bilmaslar.","Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.","Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar bo`lib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) bo`lsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.","Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchidir.","Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini ko`rmadingmi?!","Bu, albatta, Allohning O`zi haq, albatta, Undan o`zga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning O`zi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.","Kemalar Allohning ne'mati ila sizga Uning oyat-belgilarini ko`rsatish uchun dengizda yurganini ko`rmadingmi?! Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir.","Qachon ularni tog` kabi to`lqin o`rab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, ba'zilari tejamkor bo`lur. Bizning oyatlarimizni faqat o`ta xoin va o`ta kofirlargina inkor eturlar.[1]###[1] (O`lim ko`ziga ko`ringan chog`da, mingan kemasi qattiq dovulga uchrab, dengizda xasdek u yon-bu yon otilayotgan bir paytda hamma narsani unutib, yolg`iz Allohning O`ziga yolborib iltijo qilishga tushadi. Allohdan boshqa narsa yodiga kelmaydi. Allohga, Uning diniga ixlos qilib qoladi. Eson-omon qutulib olsa, doimo Allohga shukr etib, ibodat qilib yurishga va'dalar beradi. Ular to`lqinga uchragan paytlarida, bundan buyon Allohga iymon-e'tiqodda bo`lib, ibodat qilib yuraman, deb va'dalar bergan edilar, o`sha va'dalariga xiyonat qiladilar. Allohning ne'mati ila o`limdan topgan najotlariga noshukrlik qiladilar. Kemaga mingan va dovulda qolgan paytda ko`rgan oyat-belgilarini inkor etadilar.)","Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi bo`lmaydigan Kundan qo`rqing. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.[1]###[1] (Bu kun qiyomat kunidir. U kunda insonlar orasidagi bog`lanishlar, aloqalar kesiladi. Har kim o`zi uchun javob beradi. Birovning birovga foydasi tegmaydi. Hatto, ota bolaga, bola otaga foyda bera olmay qoladi. U kunda birdan-bir foyda beradigan narsa iymon va yaxshi amal bo`ladi. Ana o`shanday kundan qo`rqish barcha odamlarning odamiylik burchidir. Qiyomat kunidan qo`rqqan odamgina barcha yomonliklardan qaytadi. Aksincha, qiyomat kunidan qo`rqmaydigan odam hech qanday yomonlikdan qaytmaydi.)","Albatta, qiyomat soati ilmi yolg`iz Allohning huzuridadir. Yomg`irni U yog`dirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda o`lishini ham bilmas. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va o`ta xabardordir.[1]###[1] (Oyatda Alloh taoloning ilmi shomilu komil hamda mutlaq ekani, uning ilmi qarshisida boshqa ilmlar hech narsaga arzimasligi bayon qilinmoqda.)","Alif. Laam. Miym.","Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yo`q, olamlarning Robbi tomonidandir.","Yoki, uning o`zi to`qib olgan, derlarmi?! Yo`q! U sendan oldin o`zlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.","Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan o`zga do`st ham, shafoatchi ham yo`qdir. Axir, eslamaysizlarmi?![1]###[1] (Osmonlaru Yerning olti kunda yaratilishining hikmati va sirlari yolg`iz Allohning O`zigagina ma'lum. Ulamolarimiz bu to`g`rida turli fikrlarni aytgan bo`lsalar ham, ko`plari Allohga havola etishni ma'qul biladilar.)","U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. So`ngra o`sha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo`lgan kunda Unga chiqar.[1]###[1] (Ya'ni, Alloh taolo dunyodagi hamma ishlarning tadbirini qilib qo`ygan. Ammo bu ishlar qolib ketavermaydi. Unutilib ham, natijasiz ham qolmaydi. Balki qiyomat kuni yana Allohning huzuriga chiqadi. Qiyomat kuni o`zining dahshati ila, bu dunyoda odamlar sanab yurgan ming yilga teng bo`ladi. Ana o`sha kunni o`ylab ish ko`rish kerak.)","Ana shu Zot g`oyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.","U O`zi yaratgan har bir narsani go`zal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir.","So`ngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.","So`ngra uni rostladi va uning ichiga O`z ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko`zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.","Ular: «Biz yer ostida yo`q bo`lib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yo`q! Ular Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir.","Sen: «Sizlarga vakil qilingan o`lim farishtasi joningizni oladir. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.[1]###[1] (Bu dunyoda odam bolasi hech qachon o`lishni xohlamaydi. Ammo ajali yetsa, u qanchalik yashashni xohlasa-da, vakil qilingan o`lim farishtasi kelib jonini oladi.)","Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, ko`rdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini ko`rsang edi.","Agar xohlaganimizda, har bir jonga o`z hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab to`ldirurman», degan so`z haq bo`ldi.[1]###[1] (Ha, bu ish Alloh taolo uchun oson edi. Alloh insonni ayricha tabiat bilan yaratdi. Unga aql berdi. Iroda berdi. Istak berdi. Shahvat berdi. Payg`ambar yuborib, kitob nozil qildi. Hidoyat va zalolat yo`lini ko`rsatdi. Bu dunyodagi vazifasini tushuntirdi. Odamlar va jinlar ichidan kofirlikni, osiylikni tanlaganlarini qo`shib jahannamga tashlab, ular bilan uni albatta to`ldiraman, degan so`zim bor edi, shu haq bo`ldi.)","«Bas, totib ko`ringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib o`tgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.","Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.[1]###[1] (Ya'ni, Allohning oyatlari tilovat qilingan chog`da ta'sirlanib, qalblari erib, ixloslari ortib, Allohni ulug`lab sajdaga yiqiladigan odamlargina oyatlarga iymon keltirar ekanlar.)","Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bo`lur. Ular Robbilariga qo`rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o`zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.","Bas, hech bir jon o`zlari uchun qilib o`tgan amallari mukofotiga berkitib qo`yilgan ko`z quvonchlarini bilmas.[1]###[1] (Ya'ni, hech bir odam yaxshi amallari evaziga jannatda berkitib qo`yilgan, ko`zni quvontiradigan mukofotlar borligini idrok qila bilmas. Ular riyo bo`lmasin deb amallarni kechasida, maxfiy ravishda qilgani uchun Alloh taolo ham ularga beradigan mukofotini maxfiy qilib, berkitib qo`ygan.)","Axir, mo`min bo`lgan odam fosiq bo`lgan odamdek bo`lurmi?! Teng bo`lmaslar.","Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib o`tgan amallari uchun jannatul ma'vo manzildir.","Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do`zaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «O`zingiz yolg`onga chiqargan do`zaxning azobini toting», deyilur.[1]###[1] (Fosiqlar do`zax azobidan qiynalib, undan qochib chiqishga harakat qiladilar. Ammo ular do`zaxdan endi chiqay deb qolganlarida, yana unga qaytariladilar. Shunday qilib, u yerda doimiy va abadiy azoblanadilar.)","Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar.[1]###[1] (Ya'ni, o`sha fosiqlarga oxiratning buyuk azobidan oldin bu dunyodagi yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki ular bundan saboq olib, kufr va fisqu fujurdan, yomonliklardan qaytsalar.)","Robbining oyatlari ila eslatilgan, so`ngra ulardan yuz o`girgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.","Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning ro`baro` bo`lishidan shubhada bo`lma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.[1]###[1] (Ushbu jumla ma'nosi haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar. Birlari, bu jumlada Muhammad alayhissalotu vassalomning Isro va Me'roj kechasida Muso alayhissalomga ro`baro` bo`lishlari aytilgan, deb tushunadilar. Ikkinchilari, Muso alayhissalomning Tavrotga ro`baro` bo`lishlaridir, deb aytadilar. Uchinchilari esa, Musoga kitob berganimizdek, seni ham bir ilohiy kitobga ro`baro` qilamiz, degan ma'noda tafsir etadilar.)","Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.","Albatta, Robbing O`zi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari to`g`risida ajrim qilur.","O`zlaridan oldin o`tgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!","Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va o`zlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, ko`rmaydilarmi?!","Ular: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, bu fath qachon bo`lur?!» derlar.","Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.","Bas, ulardan yuz o`gir va muntazir bo`l. Albatta, ular ham muntazirdirlar.[1]###[1] (Ko`rib o`tganimizdek, Sajda surasida har bir inson doimo esda tutishi va hayotda tez-tez eslab turishi lozim bo`lgan ma'nolar o`ziga xos uslub bilan keltirilgandir. Shuning uchun ham Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom bu surai karimani namozda va har kuni yotishlaridan oldin o`qir edilar. Imomi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh alayhissalotu vassalom juma kuni bomdod namozida Sajda surasi bilan «Hal ata alal-insani» surasini o`qir edilar», deganlar.)","Ey Nabiy! Allohga taqvo qil va kofiru munofiqlarga itoat etma! Albatta, Alloh o`ta olim va o`ta hikmatli Zotdir.","Va o`zingga Robbingdan vahiy qilinayotgan narsaga ergash. Albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardordir.","Va faqat Allohga tavakkal qil. Vakillikka Alloh kofiydir.","Alloh biron kishining ichida ikkita qalb qilgan emasdir. O`zlaringiz zihor qilayotgan xotinlaringizni siz uchun ona ham qilgan emas va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas. Bularingiz og`zingiz bilan aytgan gaplaringizdir. Alloh esa, haqni aytur va U to`g`ri yo`lga hidoyat qilur.[1]###[1] (Bu oyatda johiliyat tuzumining uchta hukmi haqida so`z ketmoqda. Bular: aqlli va ziyrak kishilarning qalbi ikkita bo`ladi, degan tasavvur; kim xotinidan zihor qilsa, xotini onasi bo`lib qoladi, degan aqida; kim biror bolani asrab olsa, o`z sulbidan bo`lgan bolaning o`rnida o`tadi, degan hukm. Bu uch hukmga kofir va munofiqlar to`la ishonishar va amal qilishar edi. Shu bilan birga, mo`min-musulmonlarning ham bu hukmlariga itoat etishlarini talab qilishardi. Mana shu oyat musulmonlar oldiga Allohga taqvo qilish, u yuborayotgan vahiyga ergashish, faqat Yaratganning o`ziga suyanish va kofiru munofiqlarga ergashmaslik vazifasini amaliy ravishda qo`ydi.)","Ularni o`z otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida to`g`ridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va do`stlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yo`q. Ammo dildan qasd qilgan bo`lsangiz, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.","Nabiy mo`minlar uchun o`zlaridan ko`ra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa mo`minlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, do`stlaringizga yaxshilik qilmog`ingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish.[1]###[1] (Payg`ambarning mo`minlar uchun tutgan o`rni shunchalik ulug`ki, u asrab olgan otadan ham, sulbiy otadan ham, hatto har bir mo`minning o`z nafsidan ham yuqori darajadadir. Uning bu darajasi doimiy va boqiydir. Payg`ambar alayhissalotu vassalom har bir narsada mo`minlar uchun hatto o`zlaridan ham ustun maqomdadir.)","Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik.","(Buni Alloh) sodiqlardan sadoqatlari haqida so`rash uchun qildi. Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qo`ydi.[1]###[1] (Ushbu oyati karimadagi «sodiqlar» kimlar ekanligi haqida tafsirchi ulamolarimiz ikki xil fikr aytganlar. Bir guruhi, sodiqlar payg`ambarlardir, degan. Ikkinchi bir guruhi esa, sodiqlar payg`ambarlarga sodiq bo`lgan mo`minlardir, deb aytgan. Aslida, bu ikki ma'no bir-birini to`ldirib keladi.)","Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. O`shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko`rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchi edi.[1]###[1] (O`sha paytda ustingizga ahzob — Quraysh o`zining odamlari va malaylari bilan hamda G`atafonning turli qabilalari birlashib, bostirib kelishgan edi. Ular sizlarni butunlay yo`q qilib yuborish maqsadida edilar.)","O`shanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. O`shanda ko`zlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz.","Ana shunda mo`minlar sinovga duchor bo`ldilar va shiddatli larzaga tushdilar.[1]###[1] (Darhaqiqat, musulmonlar qurshov ichida qoldilar. Ular shahar atrofida xandaq qazib, himoyalanishdi. Buning ustiga, yahudiy qabilasi Bani Qurayza xiyonat qilib, ahdni buzdi, dushmanga qo`shilib ketdi.)","O`shanda munofiqlar va qalblarida kasallik borlar: «Alloh va Uning Rasuli bizga yolg`ondan boshqani va'da qilmagan ekan», derdilar.[1]###[1] (Ular, Rasululloh alayhissalotu vassalomdan izn so`ramay, safarbarlikdan ketib qolganlari ham yetmaganidek, mo`minlar ichiga g`ulg`ula soldilar.)","O`shanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yo`q. Bas, qaytinglar», dedi. Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn so`rab: «Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan», derlar. Holbuki, ular ochiq-sochiq emas. Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar.","Agar ularning ustiga u(Madina)ning har tarafidan bostirib kirilsa, so`ngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, uni qiladilar. Hech kechikmaslar. Magar ozginagina.[1]###[1] (Ya'ni, o`sha munofiq va iymoni zaiflarning ustiga dushman Madinaning har tomonidan bostirib kirib, fitnani — dindan qaytish va musulmonlarga qarshi urushishni talab etsa, darhol o`sha ishni qilar edilar.)","Holbuki, ular bundan oldin ortga qarab qochmaslikka Allohga ahd bergan edilar. Allohga ahd esa, mas'uliyat bo`lgandir.[1]###[1] (Ketish uchun yolg`on to`qigan Avs ibn Qayziyning qabilasi Bani Horisadir. Uhud urushida ham ortga qochmoqchi bo`lgan edilar.)","Sen: «Qochish sizga hech qanday foyda bermas. Demak, agar o`limdan yoki qatl bo`lishdan qochsangiz ham, juda oz huzurlanasiz, xolos», deb ayt.","Sen: «Agar sizga Alloh yomonlikni iroda qilsa yoki sizga rahmatni iroda qilsa, sizlarni Undan to`sadigan kim bor?!» deb ayt. Ular o`zlariga Allohdan o`zga do`st va yordam berguvchi topa olmaslar.","Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) to`siqlik qilguvchilarni ham va o`z birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar.","Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chog`da ularning senga o`lim talvasasidagi kishiga o`xshab, ko`zlari aylanib nazar solishlarini ko`rursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochko`zlik qilib, sizlarga o`tkir tillar ila ozor berurlar. Ana o`shalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi.[1]###[1] («Ana o`shalar» mo`min-musulmonlarga qo`shilib, safarbarlikka chiqadiganlarning jihodga bo`lgan shashtini pasaytiradigan, urushga ozginasigina keladigan, xavf kelganda musulmonlar rahbariga xuddi, o`limimga sen sababsan, degandek nazar soladigan, xavf ketganda, o`lja talashib urishadigan, iymon keltirmagan odamlardir.)","Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular a'robiylar ichida, cho`lda bo`lib, sizning xabaringizni so`rab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda bo`lganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan bo`lur edilar.[1]###[1] (Kofir guruhlarning musulmonlarga hech bir zarar yetkaza olmay, qaytib ketganlari munofiqlarning tasavvuriga sig`maydi.)","Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo`lganlar uchun va Allohni ko`p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go`zal o`rnak bor edi.[1]###[1] (Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom ahzob urushida ham, odatdagidek, eng go`zal namunalarni ko`rsatdilar. Xavf-xatar tasvirlab bo`lmaydigan darajada katta ekaniga qaramay, zarracha qo`rqmasdan, Madinani himoya qilishga chiqdilar. Salmoni Forsiy roziyallohu anhuning fikrlarini qabul etib, xandaq qazishni boshladilar. U zot alayhissalotu vassalom shunday xatarli va nozik bir paytda mo`min-musulmonlar uchun ishonch, orzu-umid, xotirjamlik timsoliga aylandilar.)","Mo`minlar ahzoblarni ko`rganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli va'da qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost so`zlarlar», dedilar. Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi.[1]###[1] (Ya'ni, kofirlarning ahzob bo`lib, sonsiz-sanoqsiz adadda ustlariga bostirib kelishlari mo`minlarga iymondan va Alloh taologa butunlay o`zlarini topshirishdan boshqani ziyoda qilmadi. Ularning iymon-e'tiqodlari va musulmonchiliklari yana ham kuchaydi. Ha, iymon keltirgan, musulmon bo`lgan odamlar ana shunday odamlardir.)","Mo`minlardan Allohga bergan va'dalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan ba'zilari ajalini topdi. Ba'zilari esa, intizor bo`lib turibdir. Ular biror narsani almashtirmadilar.","Alloh sodiqlarni sadoqatlari sababidan mukofotlashi uchun va munofiqlarni agar xohlasa, azoblashi yoki tavbasini qabul qilishi uchundir. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimlidir.","Va Alloh kufr keltirganlarni g`azablari ila ortlariga qaytardi. Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar. Mo`minlar uchun urushda Allohning O`zi kifoya qildi. Va Alloh kuchli va aziyz Zotdir.","Va U zot ularga yordam bergan ahli kitoblardan bo`lganlarni qo`rg`onlaridan tushirdi va qalblariga qo`rqinch soldi. Bir guruhini o`ldirursizlar va bir guruhini asir olursizlar.[1]###[1] (Kofirlar ahzobiga yordam bergan ahli kitoblar yahudiylardir. Yana ham aniqrog`i, yahudiylarning Bani Qurayza qabilasidir. Ahzob urushini qo`zg`aganlar Hayy ibn Axtob boshliq Bani Nazir yahudiylari edi. Shuningdek, ular Bani Qurayza qabilasining xiyonatlariga sabab ham bo`ldilar.)","Va sizlarga ularning yerini, hovli-joylarini, molu mulklarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.","Ey Nabiy, jufti halollaringga: «Agar bu dunyo hayotini va uning ziynatini iroda qilsangiz, kelinglar, sizlarni bahramand qilay va chiroyli bo`shatish ila bo`shatib qo`yay.","Agar Allohni va Uning Rasulini va oxirat diyorini iroda qiladigan bo`lsangiz, bas, albatta, Alloh sizlardan go`zal amal qilguvchilarga ulug` ajrni tayyorlab qo`ygan», deb ayt.[1]###[1] (Ushbu ikki oyati karimaning nozil qilinishiga Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bilan u kishining tohira ayollari orasida o`tgan hodisa sabab bo`lgan. Ushbu ikki oyatdagi buyruqqa binoan Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom har bir ayollariga yoki bu dunyo hayoti va uning ziynatini, yoki Alloh, Uning Rasuli va oxiratni ixtiyor qilishini so`rab chiqishlari kerak edi. U zoti bobarakot bu ishni Oyisha onamizdan boshladilar. Rasululloh alayhissalotu vassalom Oyisha onamizga: «Men senga bir ishni aytaman. Shoshilmasdan, ota-onang bilan maslahat qilib javob bergin», dedilar. Oyisha onamiz: «U qanday narsa?» dedilar. Payg`ambar alayhissalotu vassalom: «Ey Payg`ambar, jufti halollaringga...» oyatini o`qib berdilar. Oyisha onamiz: «Siz haqingizda ota-onam bilan maslahat qilamanmi?! Yo`q! Men Allohni va Uning Rasulini ixtiyor qilaman, dedilar. Keyin Rasululloh alayhissalotu vassalom barcha jufti halollariga ikki ixtiyordan birini tanlashga izn berdilar, hammalari Oyisha onamiz tanlagan tarafni tanladilar.)","Ey, Nabiyning ayollari! Sizdan kim ochiq gunoh qilsa, unga beriladigan azob ikki marta ko`paytirilur. Bu esa, Alloh uchun oson bo`lgan ishdir."]