["Sizlardan kim Alloh va Uning Rasuliga mudom itoatda bo`lsa va yaxshi amal qilsa, uning ajrini ikki marta beramiz va uning uchun go`zal rizqni tayyorlaganmiz.","Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin so`z qilmang, yana, qalbida kasali bor bo`lgan tama' qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar.[1]###[1] (Ya'ni, sizlarning boshqa hamma ayollardan farqlaringiz bor. Sizlar Payg`ambarning xotinlarisiz, mo`minlarning onalarisiz. Hamma mo`minalar uchun o`rnaksizlar. Ha, sizlar ayollardan birortasi kabi emassizlar. Bu maqomga erishishlaringiz uchun Payg`ambarga jufti halol bo`lganingizning o`zi yetmaydi, taqvo ham qilishlaringiz kerak. Ovozingizni mayin, nazokatli qilib, erkak kishiga ta'sir etadigan holatda gapirmang. Munofiq va iymoni zaiflar sizning mayin ovozingizni eshitib, fisqu fujurni boshlab qolmasinlar.)","Viqor bilan uyingizda o`tiring. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni to`kis ado eting, zakot bering, Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xohlaydi, ey, ahli bayt![1]###[1] (Johiliyat — Islomdan oldingi tuzum. U vaqtda ayollar ochilib-sochilib, yasan-tusan qilib, erkaklarning e'tiborini o`ziga tortishga intilar edilar. O`zlarini bozorga solib, tanalari va zebu ziynatlarini ko`z-ko`z qilar edilar. Bunday ochilib-sochilib yurish «tabarruj» deyiladi. Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning pokiza ayollarini johiliyat tuzumining xotinlari kabi ochiq-sochiq yurmaslikka amr etmoqda. Bu amr har bir muslima ayolga tegishli, lekin har bir muslimaga o`rnak bo`ladigan onalarimizga yanada qattiqroq tegishli ekan.)","Va uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatni eslang. Albatta, Alloh o`ta latiyf va o`ta xabardor bo`lgan Zotdir.[1]###[1] (Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning ayollariga ular yashab turgan uylar oddiy uy emas, Allohning oyatlari nozil bo`lib, tilovat qilinib turgan manzil ekanini eslatmoqda. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning sunnatlari joriy etilib, hadislari so`zlanib turgan uylar ekanini eslatmoqda. Qur'on oyatlarini va Payg`ambar alayhissalotu vassalomning hikmatli hadislarini unutmaslikka, ularni eslab, anglab, o`rganib, so`ng amal qilishga buyurilmoqdalar.)","Albatta, muslimlar va muslimalar, mo`minlar va mo`minalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushu'li erkaklar va xushu'li ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, ro`za tutguvchi erkaklar va ro`za tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni ko`p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko`p) zikr qilguvchi ayollar — o`shalarga Alloh mag`firatni va ulug` ajrni tayyorlab qo`ygandir.","Hech bir mo`min erkak va hech bir mo`mina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, o`z ishlarini o`zlaricha ixtiyor qilmoq yo`q. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy bo`lsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi.","Esla, Alloh ne'mat bergan va sen ham ne'mat bergan shaxsga: «Juftingni o`zing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi bo`lgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qo`rqarding, holbuki, Allohdan qo`rqmog`ing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan o`z hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, mo`minlarga o`z asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik bo`lmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim bo`lgandir.[1]###[1] (Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning ko`ngillariga Zayd Zaynabni taloq qilganidan keyin unga uylanish niyatini solgan edi. Aniq amr bo`lmagan edi-yu, ammo ko`ngillariga tushgan edi. Shuning uchun Zayd roziyallohu anhuga «Juftingni o`zing ila tutib tur», deb aytayotganlarida, xayollarida bu fikr bo`lib, Allohdan amr kelishini kutardilar. U zot odamlar, o`zining asrandi o`g`li taloq qilgan xotinga uylanibdi, deb aytishlaridan qo`rqar edilar. Rasuli Akram ushbu mulohazalar bilan Alloh ko`ngillariga solgan ishni — Zayd taloq qilganidan keyin Zaynabga uylanish niyatini maxfiy tutar edilar. Ta'kidlab aytish kerakki, bu faqat ko`ngilga tushgan fikr edi. Agar Allohning ochiq-oydin amri bo`lsa, hech qachon maxfiy tutmas edilar. Shunday bo`lishi kerak edi. Alloh taoloning irodasi shu edi. Alloh subhonahu va taolo Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga o`zi nikohlab qo`ydi. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham yo`q. Hammasining o`rniga Allohning amri bor.)","Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik bo`lmas. Bu — oldin o`tganlar haqida ham Alloh tutgan yo`ldir. Allohning amri belgilangan qadar bo`ldi.","Ular Allohning elchiligini yetkazadigan, Undangina qo`rqadigan, Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmaydigan zotlardir. Allohning O`zi hisob qilguvchilikka kifoyadir.","Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bo`lgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Payg`ambarlarning so`nggisidir. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.","Ey, iymon keltirganlar! Allohni ko`p zikr qilinglar.","Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar.[1]###[1] (Ertalab ham, kechqurun ham dunyoda katta o`zgarishlar ro`y beradi. Shuning uchun ham bu ikki vaqtda Allohni poklab yod etish alohida ta'kidlanmoqda.)","U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`zi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U mo`minlarga o`ta mehribon bo`lgan Zotdir.","U zotga yo`liqadigan kundagi so`rashishlari salomdir. Va ularga go`zal ajrni tayyorlab qo`ygandir.","Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik berguvchi, xushxabarchi va ogohlantirguvchi...","Va O`z izni ila Allohga da'vat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik.[1]###[1] (Ushbu oyatda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning to`rtta vazifalari va bitta sifatlari zikr qilinmoqda. Ha, Muhammad alayhissalotu vassalom johiliyat zulmatlaridagi nurli chiroqdirlar. Turli zulmatlar ichida yo`lini topa olmay, urinib-surinib yurgan kishilarni Islomning yorug` yo`liga boshlovchi nurli chiroqdirlar.)","Mo`minlarga ularga albatta Allohdan ulug` fazlu marhamat bo`lishi haqida xushxabar ber.","Kofir va munofiqlarga itoat etma. Ularning ozorlariga parvo qilma. Allohga tavakkal qil. Vakil bo`lishga Allohning O`zi kifoyadir.","Ey, iymon keltirganlar! Qachonki mo`minalarni nikohlab olsangiz, so`ngra ularni qo`l tekkizmay turib, taloq qilsangiz, ular zimmasida siz uchun idda o`tirish bo`lmas. Bas, siz ularni bahramand qiling va go`zal bo`shatish ila bo`shatib yuboring.[1]###[1] (Bu oyati karimada aqdi nikohidan keyin eru xotinlik qilmay turib, bo`ladigan taloq haqida so`z ketmoqda. Bu holat oz bo`lsa-da, hayotda uchrab turadi. Nikohdan so`ng, qo`l tekizmay turib, ya'ni eru xotin sifatida xilvatda yolg`iz qolmay turib taloq qilsa, kelin idda o`tirmaydi.)","Ey Nabiy, Biz senga mahrlarini bergan juftlaringni, Alloh senga o`lja qilib bergan qo`l ostingdagi(cho`ri)larni, amakingning qizlari, ammalaringning qizlari, tog`angning qizlari, xolalaringning qizlaridan sen bilan hijrat qilganlarini halol qildik. Va agar bir mo`mina ayol o`z nafsini Nabiyga hadya etsa, Nabiy uni nikohlab olishni iroda qilsa, sen uchun maxsus halol qildik. Mo`minlarga emas. Ularga juftlari va qo`llari ostidagi mulk(cho`ri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz. Buni senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.[1]###[1] (Ushbu oyati karimada va bundan keyin keladigan ikki oyatda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga qanday ayollarning nikohi durust ekani haqida, u zot alayhissalotu vassalom bilan turmush qurgan va quradigan ayollarga tegishli masalalar ustida so`z yuritiladi. Ushbu oyatda zikr qilingan uylanish bobidagi — nikohda to`rttadan ortiq ayolni ushlab turishni, mazkur toifa ayollarga uylanishni, cho`ri tutishni, o`z nafsini hadya qilgan xotinga mahrsiz, guvohsiz uylanishni, ey Nabiy, senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik.)","Ulardan xohlaganingni nari qo`yib, xohlaganingni o`zingga olursan. O`zing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh bo`lmas. Shunday bo`lishi ularning ko`zlari quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi bo`lishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh o`ta bilguvchi va o`ta haliym Zotdir.[1]###[1] (Rasululloh alayhissalotu vassalom ayollari bilan navbatma-navbat yotar edilar. Mabodo navbatni buzishga ehtiyoj chiqib qolsa, navbati kelgan onamizdan, falonchining oldida tunashimga izn berasanmi, deb so`rar edilar. Bu oyatda esa, so`ramasdan ham, o`zlari nimani istasalar, qilaverishga haqlari bor ekanligi bayon qilinmoqda. Bu ham, faraz ma'nosida olsak, o`z nafsini hadya qilgan ayolni oldin rad etib, keyin yana xohlab olganing senga gunoh bo`lmas, ma'nosi chiqadi. Yoki zavjalaringdan birortasiga navbatida kirmay qo`ygan bo`lsang, istagan paytingda kiraverasan, ma'nosi chiqadi. Chunki bu ishlarni Allohning amri bilan qilayotganingni bilganlaridan keyin, ayollaringning ko`zlari quvonchga to`ladi, xafa bo`lmaydilar va rozi bo`ladilar.)","Senga bundan boshqa ayollar halol bo`lmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham bo`lmas. Agar o`shalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qo`lingda mulk bo`lgan (cho`ri) bo`lsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir.","Ey, iymon keltirganlar! Nabiyning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir bo`lmaydigan bo`lib (kiring). Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb bo`lishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang. Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur. U esa, sizlardan hayo qilardi. Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir. Qachonki ulardan biror narsa so`rasangiz, parda ortidan so`rang. Shunday qilmog`ingiz o`z qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir. Siz uchun Rasulullohga ozor berish va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas. Albatta, bunday qilmog`ingiz Allohning nazdida katta(gunoh)dir.[1]###[1] (Ya'ni, taom uchun sizga izn berilganida, kirishingiz bilan taomni yeb qaytib chiqib keting. Payg`ambar alayhissalotu vassalomning ayollaridan biror narsani so`rasangiz, oldilariga kirib emas, parda ortida turib so`rang. Payg`ambar alayhissalotu vassalomga ozor bermog`ingiz, u zotning xotinlariga u kishidan keyin uylanmog`ingiz katta gunohdir.)","Gar bir narsani oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, albatta, Alloh barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir.[1]###[1] (Jumladan, kim Payg`ambar alayhissalotu vassalomdan keyin u zotning ayollariga uylanaman deb o`ylab yuribdi, kim bu haqda gapirib yuribdi, hammasini yaxshi biladi.)","Ularga o`z otalari, o`g`illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o`g`illari, opa-singillarning o`g`illari, o`z ayollari va qo`llari ostida mulk bo`lgan(qul)lari haqida gunoh yo`qdir. (Ey, Payg`ambar ayollari,) Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid Zotdir.[1]###[1] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxslar onalarimiz bilan parda-hijobsiz muomala qilaverishlari mumkin.)","Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring.[1]###[1] (Arab tilida «salovot» so`zi «salot»ning jami bo`lib, duo ma'nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma'nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo`lganida «duo» ma'nosini yo`qotadi. Alloh taoloning Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga salovot aytishining ma'nosi u zot alayhissalotu vassalomga o`z rahmatini yuborishi, ulug`lashi, maqomlarini ko`rsatishi va farishtalar huzurida sha'nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)","Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda la'natladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qo`ydi.[1]###[1] (Allohga ozor berish — Allohga shirk keltirish, unga osiy bo`lish, Uni O`ziga mos bo`lmagan sifatlar bilan sifatlash, dinga, payg`ambarlariga, kitoblariga til tekkizish. Payg`ambar alayhissalotu vassalomga ozor berish, o`sha vaqtda u zotga qarshi chiqish, jismoniy va ma'naviy zarba berish, shaxslariga, oilalari va ummatlariga nisbatan yomonlik qilish, ig`vo, bo`hton qilishdan iboratdir. Hozirda ham xuddi shunday: kim u kishining shaxslariga, dinlariga, shariatlariga, oilalariga, kitoblariga, sunnatlariga, ummatlariga til tekkizsa, u zot alayhissalotu vassalomga ozor bergan bo`ladi.)","Mo`min va mo`minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham, ozor beradiganlar, batahqiq, o`z ustlariga ochiq bo`hton va gunohni olibdilar.","Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo`minlarning ayollariga ayt: jilboblarini o`zlariga yaqin qilsinlar. Ana o`sha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir.","Qasamki, agar munofiqlar, qalblarida marazi borlar va Madinada mish-mish tarqatuvchilar to`xtamasalar, seni ularga qarshi qo`zg`aturmiz. So`ngra ular u(Madina)da senga ozginadan boshqa qo`shni bo`la olmaslar.","La'natlangan hollarida, qayerda topilsalar, tutilurlar va o`ldirib tashlanurlar.","Ilgari o`tganlar haqida Alloh tutgan yo`l ham shudir. Allohning yo`liga hech badal topa olmassan.[1]###[1] (Alloh taolo mo`minlarga ozor beruvchi munofiq, qalbida marazi bor va mish-mish tarqatuvchilarga qattiq chora ko`rgan. Ularga o`xshaganlarga nisbatan Allohning qadimdan tutib kelgan yo`li shudir. Bu yo`lning o`rniga boshqa bir yo`lni topa olmassan.)","Odamlar sendan soat (qiyomat) haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir», deb ayt. Nedan bilursan, ehtimol, o`sha soat yaqindir.","Albatta, Alloh kofirlarni la'natladi va ularga do`zaxni tayyorlab qo`ydi.","Ular unda abadiy bardavom qolurlar. Na bir do`st va na bir yordamchi topa olmaslar.","Yuzlari olov ichida aylantirilayotgan kunda ular: «Eh, koshki, Allohga itoat qilsak edi, Rasuliga itoat qilsak edi», derlar.","Va: «Ey Robbimiz, albatta, biz boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik. Bas, ular bizni yo`ldan ozdirdilar.","Ey Robbimiz, sen ularga azobdan ikki hissa bergin va ularni katta la'natlash ila la'natlagin!» dedilar.","Ey, iymon keltirganlar! Musoga ozor berganlar kabi bo`lmanglar. Bas, Alloh uni ular aytgan narsadan pokladi. Va u Allohning nazdida obro`li edi.[1]###[1] (Bani isroilliklar Muso alayhissalomga turli ozorlar berganlar. Jumladan, jinsiy masalada ham u zotga ozor bergan edilar. Qorun, bir ayolga pul berib, Muso alayhissalomni borib zino qilishda ayblashga urinishni topshirgan. Sizlar ham Muhammad alayhissalotu vassalomga turli ozorlar bermanglar, xususan, oilaviy tarafdan turli mish-mishlar tarqatish bilan u zot alayhissalotu vassalomni ranjitmanglar. Boshlaringizga Bani Isroilning kuni tushib qolmasin.)","Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va to`g`ri so`z so`zlanglar.","U zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni mag`firat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir.","Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog`larga taklif qildik. Bas, ular uni ko`tarishdan bosh tortdilar va undan qo`rqdilar. Uni inson ko`tardi. Darhaqiqat, u o`ta zolim va o`ta johildir.[1]###[1] (Bu omonat nima edi, degan savolga ulamolarimiz ushbu oyatdan va boshqa manbalardan kelib chiqib: «Shariat takliflari va Allohning farzlari», deb javob beradilar. Darhaqiqat, inson jinsi (hamma emas, albatta) o`ta zolimdir. O`ziga yuklatilgan va o`zi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan o`ziga o`zi zulm qiladi. Inson jinsi o`ta johildir, shuning uchun o`zi rozi bo`lib, qabul qilib olgan omonatning ulkanligini bilmasdan, unga xiyonat qiladi.)","Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda mo`min va mo`minalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.[1]###[1] (Ya'ni, mazkur omonatning insonga taklif qilinishidan maqsad insonlar orasidan munofiq va mushriklarni ajratib olib azoblash va mo`minlarni ajratib olib, ularning tavbasini qabul qilib mukofotlashdir.)","Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohga hamd bo`lsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U o`ta hikmatli, o`ta xabardor Zotdir.","U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U o`ta rahimli va o`ta mag`firatli Zotdir.","Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yo`q! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham g`oyib bo`lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.","Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun. Ana o`shalarga, mag`firat va go`zal rizq bordir.[1]###[1] (Qiyomat qoim bo`lishi zaruratdir. Bu dunyoda iymon keltirib, o`sha e'tiqod taqozosi ila jonining rohatidan kechib, kuch-quvvat, zehn-zakovat va pul-mol sarflab yaxshi amallarni qilganlar bor. Ular bu dunyoning o`zida yaxshi ishlari uchun mukofotlarini to`la olmasliklari mumkin. Shuning uchun ham: «Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun» qiyomat qoim bo`lishi zaruratdir.)","Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi bo`lish uchun harakat qilganlarga esa, ana o`shalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.","Ilm berilganlar senga Robbingdan nozil qilingan narsani ayni haq deb va aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qiladir, deb bilurlar.[1]###[1] (Barcha haqiqiy ilm sohiblari senga, ey Payg`ambar, Robbingdan nozil qilingan Qur'on hammaning ustidan g`olib va hamma tomondan maqtalgan Zot — Alloh taoloning yo`liga hidoyat qiladi, deb biladilar.)","Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chog`ingizda albatta, yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini ko`rsataylikmi?!","U, Allohga nisbatan yolg`on to`qidimi yoki jinni bo`lib qoldimi?» – dedilar. Yo`q! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.","Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.[1]###[1] (Oxiratdagi qayta tirilishni inkor etayotgan kofirlar, osmonu Yerdagi, oldilariyu ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi? Ularning to`rt tarafida Alloh taolo o`lganlarni qayta tiriltirishga qodir ekaniga, hujjatlar to`lib yotibdi-ku! Agar aqllari ishlamayotgan bo`lsa, ko`zlarini ochib, hushlarini joyiga keltirib qo`yishimiz mumkin.)","Batahqiq, Biz Dovudga O`zimizdan fazl berdik. «Ey tog`lar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.[1]###[1] (Alloh taolo Dovud alayhissalomga temirni xamirdek yumshoq qilib bergan edi. U kishi temirni olovga solib toblamasdan ham, bolg`a bilan urmasdan ham, nimani xohlasalar, qo`llari bilan shuni yasay olar edilar.)","Va (unga): «Sovutlar qilgin va bichimini o`lchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchiman, dedik.","Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yo`l edi. Unga mis bulog`ini oqizib qo`ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.[1]###[1] (Sulaymon alayhissalomga berilgan o`sha shamol bir kunduzda ikki oylik yo`lni yurib qo`yar edi. U kishi misdan qiyinchiliksiz xohlagan narsalarini yasaydigan bo`ldilar.)","U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.","Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o`limni hukm etganimizda, ularga uning o`limi haqida asosini yeyayotgan yog`och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g`aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo`lishlari ayon bo`ldi.[1]###[1] (Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning jonlarini u kishi jinlarni ishlatib qo`yib, asolariga suyanib turganlarida olgan. Jinlar esa, Sulaymon kuzatib turibdi, deb ishlarida davom etaverganlar. Alloh taoloning irodasi bilan bir yog`och qurti Sulaymon alayhissalom suyanib turgan asoni ma'lum miqdorda yeganidan keyin aso joyidan surilgan va Sulaymon alayhissalomning jussalari yerga yiqilgan. Jinlar shundagina, o`z da'volariga qarshi o`laroq, g`ayb ilmini bilmasliklarini tushunib yetganlar.)","Batahqiq, saba'liklar uchun o`z maskanlarida oyat (belgi) — o`ng va chapdan ikki bog` bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne go`zal yurt va o`ta mag`firatli Robbingiz bor», (dedik).[1]###[1] (Saba'liklar Yaman janubida yashab o`tgan qavmdir. Bobolari Saba' ibn Yaxshab ibn Qaxoton ismi bilan «Saba' qavmi», «saba'liklar», deb nomlanganlar. Ular juda ham hosildor yerga ega bo`lganlar. Sulaymon alayhissalom bilan qissasi o`tgan malika ham shu yurtdan bo`lgan. Oyatda o`sha qavm haqida xabar berilmoqda.)","Ular yuz o`girdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bog`larini achchiq mevali, yulg`unzor va bir ozgina sidrli ikki «bog`»ga aylantirdik.[1]###[1] («Arim» so`zi, katta toshlarni oqizib keladigan kuchli sel, degan ma'noni bildiradi. «Sidr» butasimon daraxt bo`lib, Arabistonda o`sadi. Biroz mevasi ham bo`ladi.)","Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat o`ta noshukrlargagina jazo berurmiz.","Biz ular bilan O`zimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni o`lchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).[1]###[1] (Alloh taolo saba'liklar bilan o`zi barakotli qilgan Makka, Madina, Quddus kabi shahar-qishloqlar orasidagi yo`llarda qishloqlar bino qilib qo`ygan edi. Saba'dan yo`lga chiqqanlar qiynalmasdan qishloqlar orqali manzillariga bemalol yetib olar edilar.)","Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va o`zlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.","Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini ro`yobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh mo`minlardan boshqalari unga ergashdilar.","Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi bo`lmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun bo`ldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.[1]###[1] (Iblisda odamlarni o`z yo`liga majbur qilib yuritish uchun imkon ham, hukumronlik ham yo`q. Uning ig`vosi va vasvasasi ham o`z-o`zidan ta'sir qilavermaydi. Alloh taolo faqat oxiratga iymoni borlarni iymoni yo`qlardan ayirish hamda oxiratga shak-shubha bilan qaraydiganlarni alohida ko`rsatish uchun shu yo`lni ishga soldi, xolos. Bo`lmasa, Alloh taolo kimning qandayligini azaldan yaxshi bilar edi.)","Sen: «Allohdan o`zga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yo`q. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt.","U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.[1]###[1] (Qiyomat kuni hamma o`zi bilan ovora bo`ladi. Hatto, ulug` payg`ambarlar ham, farishtalar ham biror narsa deyishga tortinib qoladilar. Birovga shafoatchilik borasida og`iz ocha olmaydilar. Shafoat qilishga Alloh taoloning O`zi izn berib, sharoit yaratib bermaguncha qo`rqinch ichida churq etmay turadilar.)","Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.","Sen: «Sizlar biz qilgan jinoyatdan so`ralmassiz, biz esa siz qilgan amaldan so`ralmasmiz», deb ayt.","Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, so`ngra haq ila oramizni ochiq qilur. U o`ta ochguvchi va o`ta bilguvchidir», deb ayt.","Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga ko`rsating. Yo`q! Faqat Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohgina bordir», deb ayt.","Biz seni barcha odamlarga faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.","Ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.[1]###[1] (Kofirlar, ey payg`ambar, ey mo`minlar, agar sizlar bizni qo`rqitib, albatta qiyomat bo`ladi, deb berayotgan va'dangizda rostgo`y bo`lsangiz, ayting-chi, bu va'da qachon ro`yobga chiqadi, deydilar.)","Sen: «Sizga bir kunning va'dasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt.[1]###[1] (Sizga va'da qilingan kun qiyomat kunidir. Uning va'dasi bor. U va'da albatta amalga oshadi. Undan siz qochib qutula olmaysiz. Bir onki, uni ortga ham, oldga ham sura bilmaysiz. U ayni berilgan vaqtida bo`ladi.)","Kufr keltirganlar: «Ushbu Qur'onga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen o`sha zolimlarning Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. O`shanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz bo`lmaganingizda, albatta, biz mo`min bo`lar edik», derlar.[1]###[1] (Qur'onga ham, undan oldingi kitoblarga ham hech qachon iymon keltirmaymiz, degan o`sha zolimlarni qiyomat kuni mahshargohda Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida har biri o`zini oqlash uchun bir-biriga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. Ajoyib bir holatni, ya'ni bu dunyodagi mutakabbirlik, manmanlik va tug`yondan asar ham qolmaganini ko`rar eding. Ular ikkiga bo`linib olib, bir-birlariga ayb ag`darishlarini ko`rar eding. Ayb sizlarda, sizlarning gapingizga kirib, biz ham kofir bo`ldik, mana, oqibat nima bo`ldi?! deydilar.)","Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan to`sdikmi?! Yo`q! O`zingiz jinoyatchi bo`ldingiz», derlar.","Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yo`q! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (to`sdi). O`shanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qo`shishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni ko`rgan chog`larida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.","Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar.[1]###[1] (Oyati karimada biz «maishatbozlar» deb tarjima qilgan toifa maishatga berilib, barcha nozu-ne'matlarga ega bo`lib olib hukmini o`tkazgan, kishilarni yomonlikka boshlagan, xalqning yelkasiga minib olgan shaxslardir. Muhammad alayhissalotu vassalom payg`ambar bo`lib kelganlarida ham xuddi shunday holat sodir bo`ldi. Ahli Makkaning maishatboz kattalari u zot alayhissalotu vassalomga yuborilgan dinga kufr keltirganlarini e'lon qildilar. Oddiy xalqni ham u zot alayhissalotu vassalomga ergashishdan qaytardilar. Bu ish barcha zamon va makonda bo`lib kelgan takrorlansa, ajablanishi kerak emas.)","Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz ko`proq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.","Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.","Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.[1]###[1] (Ha, insonning ikki dunyodagi qadr-qiymati faqatgina iymoni va yaxshi amaliga qarab belgilanadi. Molu dunyo va bola-chaqa ham iymonli va solih amalli kishilargagina foyda berishi mumkin. Chunki iymonli odam molu dunyoni Alloh rozi bo`ladigan ishlarga sarflaydi.)","Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana o`shalar azob ichiga hozir qilinganlardir.[1]###[1] (Kimki, Alloh taoloning dini ta'sirini to`sishga uringan bo`lsa, garchi molu dunyosi va bola-chaqasi ko`p bo`lsa ham, azobga duchor qilinadilar.)","Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir».[1]###[1] (Alloh taolo xohlagan bandasining rizqini keng va xohlagan bandasining rizqini tor qilib qo`yadi. Alloh taolo ato etgan rizqdan banda Alloh yo`lida infoq qilsa, shundan foyda ko`radi.)","Ularning barchalarini jamlaydigan, so`ngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda...","Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yo`q! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ko`plari o`shalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.[1]###[1] (Arablar ichida jinlarga ibodat qiladiganlar ko`p edi. Shuning uchun ham suraning avvalida Sulaymon alayhissalomning jinlarga munosabati keltirildi.)","Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «O`zingiz yolg`onga chiqarib yurgan olovning azobini tatib ko`ring», dermiz.","Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu, sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan to`smoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu, to`qilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar o`zlariga haq kelgan chog`da: «Bu, ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.","Holbuki, Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.","Ulardan ilgari o`tganlar ham (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning o`ndan biriga ham yetganlari yo`q. Bas, Payg`ambarlarimni yolg`onchi qildilar, ammo inkorim qandoq bo`ldi?!","Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va to`p-to`p turib bir fikr yuritib ko`ringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yo`q. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.[1]###[1] (Xohlasangiz, birov xalaqit bermasligi uchun yakka-yakka turib fikr yuriting. Xohlasangiz, jamlanib, bir-biringizni to`g`rilab, ko`plashib fikr yuriting. Fikrlang, o`ylab ko`ring-a! Sohibingiz, birodaringiz va o`zingiz yaxshi tanigan shaxs bo`lmish Muhammad alayhissalotu vassalomda jinga oid hech narsa yo`q. U jinni ham emas, jinlar bilan aloqador ham emas. Uni yaxshi tanir edingiz. U esli-hushli, aqlli, tafakkurli, vazmin va obro`yli bir odamligini yaxshi bilasiz. U aytayotgan gaplar ham jinlarning so`zi emas, ochiq-oydin, baquvvat va hikmatli. U sizlar aytayotgandek, jinni ham, shoir ham, sehrgar ham emas.)","Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq so`ramadim. Bas, u sizga bo`lsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga O`zi shohiddir», deb ayt.","Sen: «Albatta, Robbim haqni otur. U zot g`ayblarni o`ta bilguvchidir», deb ayt.[1]###[1] (Qur'on Robbim otgan eng kuchli haqdir. Haqqa qarshi chiqib nima qilasizlar?)","Sen: «Haq keldi! Botil boshlay olmas va qaytara ham olmas», deb ayt.","Sen: «Agar men zalolatga ketgan bo`lsam, o`z zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.","Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yo`q va yaqin makondan tutilishlarini bir ko`rsang edi?[1]###[1] (Qochib qayoqqa ham borar edilar. Mahsharda, Robbul Olamiyn huzurida xoru zor bo`lib turibdilar. Kuchli, shiddatli, qo`pol va ularga nisbatan shafqatsiz farishtalar sergaklik bilan ularni kuzatib turishibdi. Kim qimir etsa, holi xarob bo`ladi.)","Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qo`llari qandoq yetsin?!","Holbuki, unga oldin kufr keltirgan edilar. Foyibga uzoq joydan tosh otar edilar.","Va ular bilan o`zlari ishtaha qilgan narsaning orasi to`sildi. Xuddi oldin o`tgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.[1]###[1] (Ular iymonga kelib, jannatga kirishni istab qoldilar. Ammo bunga imkon berilmadi. Ulardan oldin o`tgan kofir va mushriklarga ham ayni shu muomalada bo`lingan edi.)","Hamdu sano osmonlaru yerni yo`qdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, to`rt qanotli elchilar qilgan Allohga bo`lsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.[1]###[1] (Farishtalar Alloh yaratgan o`ziga xos zotlardir. Bu oyatda ular ikki, uch, to`rt qanotli bo`lishlari haqida gap ketmoqda.)","Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo`lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo`yib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.[1]###[1] (Alloh bergan ne'matini birov man qila olmaydi. Shuning uchun xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, ko`rsatgan yo`ldan yurish lozim.)","Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon ketmoqdasiz?!","Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.","Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.[1]###[1] (Shayton odamlarni o`ta g`ururga ketkazadi va aldaydi. Ya'ni, hech narsaga parvo qilma, Allohning O`zi kechirguvchi, deb odamlarni gunoh ishlarga chorlaydi. Alloh taoloning avf etishi va mag`firat qilishini suiste'mol etib, Alloh O`zi kechirar, deb har xil gunohlarga qo`l uraverish naqadar yomon shaytoniy ish ekanini esdan chiqarmaslik zarur.)","Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o`z guruhini faqat o`ta qizigan do`zaxga ega bo`lishlariga chaqirur.[1]###[1] (Shaytonning insonga dushmanlik qilishiga ajablanmasa ham bo`ladi. Lekin ajablanarlisi shuki, inson shaytonni o`ziga do`st tutib yuradi. Shayton o`zining eng katta dushmani ekanini ko`ra bila turib, uning aytganini qiladi. Uning ig`vosiga uchadi, yolg`oniga aldanadi.)","Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga mag`firat va ulkan ajr bordir.","Axir, qilgan yomon amali o`ziga ziynatlab ko`rsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.[1]###[1] (Shaytonning malayiga aylangan odamga o`zining har bir yomon ishi ziynatli ko`rinadi. U o`zidan o`zi ajablanib, qilgan ishi o`ziga zo`r ko`ringan sari haddan oshib boraveradi.)","Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qo`zg`atadi. Biz uni o`lik yurt tomon haydab, u bilan yerni o`lib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga o`xshashdir.","Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal ko`tarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana o`shalarning makri botil bo`lur.[1]###[1] (Xush kalom — kalimai shahodat, «alhamdulilloh», «subhanallohi», «Allohu Akbar» va zikr, duo, tilovat hamda barcha yaxshi gap-so`zlardir. Ana o`sha xush kalomgina Alloh taoloning huzuriga ko`tariladi.)","Alloh sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo`ydi. Qaysi bir urg`ochi nimaga homilador bo`lsa, nimani tug`sa, faqat Uning ilmi bilan bo`lur. Har bir umr ko`rguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir.[1]###[1] (Jon, hayot deb nomlangan bu narsaning asli qanday, mohiyati nima, bilib bo`lmaydi. Buni faqat Alloh taoloning O`zi biladi. Ushbu haqiqatni insof bilan taammul qilgan har bir inson Allohga iymon keltirishi kerak.)","Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo`la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho`r, taxirdir. Siz har biridan toza go`sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko`rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]###[1] (Allohning qudratini suv olamida ham yaqqol ko`rsa bo`ladi. Daryo-dengizlarda Allohning qudratiga dalolat qiluvchi ko`plab oyat-belgilar bo`lishi turgan gap. Albatta, dengiz va daryolar, ulardagi toza go`sht, taqinchoq va boshqa ne'matlar, ular uzra kema bilan suzib tijorat va boshqa maqsadlar yo`lida foydalanish inson uchun Allohning ulug` ne'mati bo`lib, ularga shukr qilish lozim. Iymonsiz esa, noshukr bo`ladi.)","U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar.[1]###[1] (Arablarda hech narsaga arzimas va qadrsiz narsani xurmo danagi ustidagi o`ta yupqa po`stloqqa o`xshatish odati bor. Qur'oni Karim ham oyatlarni ilk qabul qilib olayotgan shu xalqning zehniga oson o`rnashtirish uchun mazkur o`xshatishdan foydalanib, mushriklar o`zlaricha ibodat etib yurgan soxta xudolari o`sha haqir po`stloqcha narsaga ham molik emasliklarini ta'kidlamoqda. Ular hech narsaga ega emaslar, ularning hukmi hech joyda o`tmaydi, deyilmoqda.)","Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O`ta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.","Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.","Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.","Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.","O`zi yukli jon o`zga jonning yukini ko`tara olmas. Yuki og`ir jon o`z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko`tarilmas. Garchi qarindosh bo`lsa ham. Sen faqat g`aybdagi Robbilaridan qo`rqadigan va namozni to`kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o`zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.[1]###[1] (Qiyomat kunida gunohi ko`p jon uni yengillatish maqsadida eng yaqin qarindoshini yordamga chaqirsa ham, uning gunohidan biror narsa ko`tarilmaydi. Chunki yaqin qarindoshning o`zi yukini ko`tara olmay xunob bo`layotgan bo`ladi. Kofir ham, mo`min ham faqat Allohga qaytadi. Boshqaga emas. Ana o`shanda Alloh taolo o`zi bilib hisob-kitob qiladi. Kofir va osiy jazosini, mo`min-musulmon mukofotini oladi.)","Ko`r bilan ko`zi ochiq teng bo`lmas.","Zulumotlar bilan nur ham.","Soya bilan jazirama ham.","Tiriklar bilan o`liklar teng bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan.[1]###[1] (Iymon hayotdir. Kufr o`limdir. Mo`minlar tiriklardir, kofirlar o`liklardir. Tiriklar bilan o`liklar teng bo`lmaganidek, mo`minlar bilan kofirlar ham teng bo`lmaydilar.)","Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.","Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bo`lsa, unda ogohlantirguvchi bo`lgan.[1]###[1] (Ey Payg`ambar, albatta, Biz seni haq din va haq kitob ila mo`minlarga xushxabarchi, kofirlarga ogohlantiruvchi — qo`rqituvchi qilib yubordik. Sening payg`ambar bo`lishing ajablanarli ish emas, yangilik ham emas.)","Agar seni yolg`onchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin o`tganlar ham yolg`onchi qilganlar. Holbuki, Payg`ambarlari ularga ravshan mo`'jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.[1]###[1] (Seni ham, o`tgan payg`ambarlarni ham inkor etishga kofirlarning haqlari yo`q edi. O`sha payg`ambarlar o`zlarining haq payg`ambar ekanliklari tasdig`i sifatida Alloh tomonidan ravshan, ochiq-oydin mo`'jizalar ko`rsatgan edilar. Ba'zilari ilohiy kitob darajasiga yetmagan sahifalar, ba'zilari nurli kitob keltirgan edi.)","So`ngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!","Allohning osmondan suv tushirganini ko`rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog`lardan ham yo`l-yo`l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.","Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo`rqarlar. Albatta, Alloh aziyz va o`ta mag`firatli Zotdir.[1]###[1] (Alloh taoloning qudratini his etib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qo`rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma'lumotlarini to`liq o`rganib, ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo`rqmagan odam o`ta johil hisoblanadi.)","Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni to`kis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo`lurlar.","Chunki, U zot ularga ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir.","Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, o`zidan oldingi narsani tasdiqlovchi bo`lgandir. Albatta, Alloh O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`rguvchidir.","So`ngra bu kitobni O`z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o`ziga o`zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o`rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o`zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir.[1]###[1] (Alloh taolo O`zining boqiy mo`'jizasi bo`lmish haq kitobi — Qur'oni Karimni Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatiga meros qilib berdi. Bu inoyatda shon-sharaf ham, juda ulkan mas'uliyat ham bor. Ular o`sha shon-sharafga nomunosib va zimmasidagi mas'uliyatni anglab yetmagan osiylardir. Bu toifadagi odamlarning yomonliklari yaxshiliklaridan ko`p bo`lgan, ular o`zlariga ishonib topshirilgan haq kitobga munosib bo`la olmay o`zlariga o`zlari zulm qilganlardir. Ulamolarimiz «o`rtachalar» — farz va vojib amallarni ado etadigan, haromlardan uzoq bo`lgan, ba'zi mustahablarni tark etib, ba'zi makruhlarni qilgan kishilardir, deydilar. Ular barcha farz, vojib va sunnat amallarni to`liq ado etadilar. Barcha harom, shubhali va makruh amallardan uzoqda bo`ladilar. Buning ustiga nomiga yaxshilik bo`lsa, hammadan o`zib yetib boradilar.)","Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.","Ular: «Bizdan g`am-qayg`uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo`lsin. Albatta, Robbimiz o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir», – derlar.","U zot bizlarni O`z fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horg`inlik ham yetmas.","Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, o`lsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.","Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur).[1]###[1] (Jahannamda shiddatli azoblarga duchor bo`lgan kofirlar chiday olmay Robbul Olamiynga yolborishga o`tadilar.)","Albatta, Alloh osmonlaru yerning g`aybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham o`ta bilguvchidir.[1]###[1] (Shuning uchun ham kofirlarni yuqorida aytilganidek jazolashni lozim ko`rgandir.)","U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo`ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o`ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.[1]###[1] (Dunyo paydo bo`lganidan buyon hozirga qadar hech kimga kufr foyda bermagan, aksincha, doimo zarar keltirgan va keltirmoqda.)","Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga ko`rsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bo`lganlarmi?! Yo`q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar.","Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan bo`lsalar, Undan o`zga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U o`ta haliym va o`ta mag`firatli bo`lgan Zotdir.","Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.[1]###[1] (Arab mushriklari o`z yurtlarida, xususan, Madinada yahudiylar bilan yonma-yon yashar edilar. Ularning tarixlari va qissalarini eshitgan edilar. Shuningdek, nasorolar ahvolidan ham bir oz bo`lsa-da, xabardor edilar. Bu ikki qavmning o`zlariga ogohlantiruvchi-payg`ambarlar kelganidan keyin ham yo`ldan ozib ketganlari arablarni ajablantirar edi. Ular o`zlaricha, agar bizga ogohlantiruvchi-payg`ambar kelsa, anavilarga o`xshab yurmaymiz, o`sha payg`ambar keltirgan ta'limotlarga amal etib, eng hidoyatli ummat bo`lamiz, deb qasam ichar edilar. Oyatda arab mushriklarining o`sha qasamlari eslatilib, so`ngra nimalar bo`lgani fosh etilmoqda.)","Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan.[1]###[1] (O`zlaridan avval o`tganlarga qanday muomala qilish odatga aylangan bo`lsa, bularga ham shu qonun joriy qilindi. Ular xuddi ana shu narsani kutmoqdalar, xolos. O`shalarga o`xshab Allohning g`azabiga uchrab halokatga yo`liqishni kutmoqdalar, xolos. Chunki ilgari o`tganlardan qolgan sunnat — qonun shudir.)","Axir, ular yer yuzida yurib o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot o`ta ilmli va o`ta qodirdir.","Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo`lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo`yib qo`yur. O`sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko`rib turguvchi Zotdir.","Yaasiyn.","Qur'oni Hakim ila qasam.","Albatta, sen Payg`ambarlardandirsan.","Sirotul mustaqiymdasan.","Bu Aziyzu Rohiymning nozil qilganidir.","Ota-bobolari ogohlantirilmagan, o`zlari ham g`ofil bo`lgan qavmlarni ogohlantirishing uchun.","Batahqiq, ularning ko`plariga (azob) so`zi haq bo`ldi. Bas, ular iymon keltirmaslar.","Biz ularning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular ko`zlari yumuq, osmonga qarab g`o`dayib qoldilar.[1]###[1] (G`ofilliklari sababli azob so`zi haq bo`lgan kofirlarning holi ham xuddi shunday, ularning iymonga kelishiga umid yo`q.)","Va Biz ularning oldidan ham to`siq qildik, orqalaridan ham to`siq qildik, ko`zlariga parda tortdik. Bas, ular ko`rmaslar.[1]###[1] (Bo`yniga qo`lini qo`shib, kishanlangan, ko`zi yumuq holda osmonga qaratib, g`o`daytirib qo`yilgan odamning biror narsani ko`rmasligi uchun oldidan ham, ortidan ham to`siq qo`yilgan. Kamiga, yana ko`ziga ham parda qo`yilgan. Shunday holatdagi odamning biror narsani ko`ra olishiga umid bo`lmaganidek, haligi kofirlarning ham iymonga kelishidan umid yo`q.)","Va ularga bari birdir — qo`rqitsang ham va yoki qo`rqitmasang ham — iymonga kelmaslar.","Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan g`oyibona qo`rqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga mag`firat va go`zal ajrning xushxabarini ber.","Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz.[1]###[1] (Alloh taolo o`lganlar, tirilishlari va qilgan amallari uchun javob berishlarini, xabar bermoqda.)","Sen ularga Payg`ambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir.[1]###[1] (Bu shahar qaysi shahar ekani, qaysi payg`ambarlar kelgani haqida Qur'oni Karimda va sahih hadislarda ochiq-oydin ma'lumotlar yo`q. Demak, bu oyatni shu holicha qabul qilgan ma'qul.)","O`shanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolg`onchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qo`lladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.","Ular: «Siz bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yo`q. Sizlar faqat yolg`on so`zlamoqdasiz, xolos», dedilar.","Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.","Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q.","Ular: «Biz sizlardan badgumon bo`ldik. Agar to`xtamasangiz, sizni albatta toshbo`ron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.","Ular: «Badgumonligingiz o`zingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yo`q! Siz o`zingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.","Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Payg`ambarlarga ergashing!","Sizdan ajr-haq so`ramaydigan, o`zlari hidoyatda bo`lgan shaxslarga ergashing![1]###[1] (Bu payg`ambarlar da'vatlari uchun sizdan ajr-haq so`ramaydilar. Shuning o`zi ham ularning haqligiga dalildir. Agar da'vat tufayli biror narsaga erishmoq niyatlari bo`lganida, sizdan, albatta, ajr-haq so`rar edilar.)","Menga nima bo`libdiki, o`zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.","Men Uni qo`yib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.","Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda bo`lurman.","Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi.[1]###[1] (Eshitib, bilib qo`ying, men sizning va o`zimning Robbim bo`lmish Allohga iymon keltirdim!)","«Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi.","Robbim meni mag`firat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi.[1]###[1] (Iymoni va ixlosi tufayli Alloh taolo o`z fazli va karami ila u bandani jannatga hukm qildi. U banda jannatga kirib, nozu ne'matlarni va izzat-ikromni ko`rishi bilan qavmini esladi. «Koshki qavmim bilsalar edi. Robbim meni mag`firat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi».)"]