["Yahudiy va shirk keltirganlarning iymon keltirganlarga nisbatan odamlarning ashaddiy adovatlisi ekanini topasan. Ulardan iymon keltirganlarga do`stlikka yaqinrog`i, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan. Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar bo`lganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir.[1]###[1] (Bu uch toifa musulmonlarga munosabatda ikkiga bo`linadi. Birinchisi — musulmonlarga nisbatan ashaddiy adovatli toifa bo`lib, ular yahudiy va mushriklardan iboratdir. Ikkinchi toifa — musulmonlarga nisbatan, boshqa kofirlarga qaraganda, do`stlikka yaqinroq toifa bo`lib, ular nasorolardan iboratdir.)","Ularni Payg`ambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, ko`zlari yosh to`kkanini ko`rasan. Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», – derlar.","«Nima uchun Allohga va bizga kelgan haqqa iymon keltirmas ekanmiz va Robbimiz bizni ham solih qavmlar qatoriga kiritishini tama' qilmas ekanmiz?!» – derlar.[1]###[1] (Ya'ni, mazkur nasorolar, Allohga va Undan kelgan haq din bo`lmish Islomga iymon keltirmaslikni, tushunib bo`lmaydigan hol deb hisoblaydilar.)","Aytganlariga yarasha Alloh ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarda boqiy qolishni mukofot qilib berdi. Yaxshilik qiluvchilarning mukofoti shuldir.","Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar — ana o`shalar jahannam egalaridir.","Ey, iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas.","Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. O`zingiz ishongan Allohga taqvo qiling.[1]###[1] (Hukm chiqarish, jumladan, nima halolu nima haromligining hukmini chiqarish ham Alloh taoloning o`zigagina xosdir. Alloh halol degan narsani kim harom desa yoki Alloh harom qilgan narsani kim halol desa, kofir bo`ladi. Unday odam Allohning ilohlik sifatiga — shariat hukmlarini chiqarish sifatiga sherik bo`lishga uringan bo`ladi. Shuningdek, bir kishi o`zi uchun ham bunday hukmni chiqarib, qandaydir dindorlik sifatini ziyoda qilishga urinish, deb o`ylashi ham noto`g`ridir. Bunday ish dindagi g`uluv — haddan oshish hisoblanadi.)","Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforoti o`z ahlingizni o`rtacha taomlantirish miqdorida o`nta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun ro`za tutsin. Ana o`sha, agar qasam ichgan bo`lsangiz, qasamingizning kafforotidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib O`z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]###[1] (Shuni alohida ta'kidlash lozimki, islomiy ta'limotlarda umuman qasam ichishga targ`ib qilinmaydi. Avvalo, qasamni faqat Allohning nomi bilan ichiladi. Boshqasi mumkin emas. Bu jumlada qasamning mahkamligi hissiy ta'bir ila bayon qilinmoqda. Buning uchun «qasd ila» iborasining ma'nosiga «tukkan» iborasi ham bog`lanmoqda. Xuddiki, qasam bir hissiy narsayu uni mahkamlash uchun tugish mumkin bo`lganidek. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, tutish — ayb sanash uchun qasam qasd va mustahkam niyat ila ichilgan bo`lishi shart ekan. Ana shunday holatda qasam ichuvchi agar qasamxo`r bo`lsa, ya'ni qasamini o`rinlata olmasa, shariat bo`yicha unga nisbatan jazo chorasi ko`riladi.)","Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho`plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo`ling. Shoyadki, najot topsangiz.","Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko`rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to`sishni xohlaydir. Endi to`xtarsizlar?![1]###[1] (Alloh taolo bu ikki narsani — xamr va qimorni «ifloslik va shaytonning ishi», deb atamoqda. Alloh O`z bandalariga mehribon bo`lgani uchun ularni ifloslik va shaytonning ishidan qaytaradi. Nopok taomlarni zararli bo`lgani uchun harom qilganidek, iflos ishlarni ham bandalariga zararli bo`lgani uchun harom qiladi. Ushbu oyati karimada zikr qilingan aroq bilan qimorning zararlaridan ikkinchisi — ular odamlarni Allohning zikridan va namozdan to`sishi. Bu ma'lum va tushunarli hol. Aroqxo`rning aroq ichishining o`zi Allohni eslamasligiga dalil. Ichib mast bo`lib olgandan keyin esa, umuman esga olmaydi. Namoz ham, boshqa ishlar qatori, aroqxo`rning esidan chiqadi. Shuningdek, qimorga berilib ketgan qimorboz Allohning zikrini ham, namozni ham unutadi. Bu narsa aroq va qimor keltiradigan zararlarning eng kattasidir. Boshqa jinoyatlar shu unutishdan kelib chiqadi.)","Allohga itoat qiling va Payg`ambarga itoat qiling va hazir bo`ling! Agar yuz o`giradigan bo`lsangiz, bilingki, Payg`ambarimiz vazifasi aniq yetkazish, xolos.","Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo`lsalar, so`ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo`qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir.","Ey, iymon keltirganlar! Alloh Undan kim g`oyibona qo`rqishini bilish uchun sizlarni qo`llaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab ko`radir. Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor.","Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni o`ldirmang. Sizdan kim uni qasdan o`ldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Ka'baga yetkazishdir. Yoxud uning kafforoti miskinlarga taom berish yoki shu barobarida, o`z qilmishining yomon oqibatini tatib ko`rsin uchun, ro`za tutishdir. O`tganlarini Alloh afv qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh Aziyz, intiqom egasidir.[1]###[1] (Demak, «ovda sinab ko`rish» deganda, musulmon kishiga ehromdalik holida ov qilish harom ekanligi tushuniladi. Zotan, haj va umra ibodati musulmon kishi uchun ko`p tomonlama sinov sanaladi. Jumladan, molu mulk sarflashga tayyormi-yo`qmi ekani, jismoniy qiyinchiliklarga dosh bera oladimi, o`zini shahvatdan, turli fahsh gap-so`zlardan tiyishga qurbi yetadimi-yo`qmi — bular sinaladi.)","Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida to`planadiganingiz Allohga taqvo qiling.","Alloh Ka'bani — Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qo`ydi. Bu esa, Alloh albatta osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va albatta Alloh har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir.","Bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir va, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.","Payg`ambar zimmasida faqat yetkazish bor, xolos. Alloh oshkor qilganingizni ham, yashirganingizni ham biladir.","Sen: «Agar nopokning ko`pligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng bo`la olmas. Ey, aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz», deb ayt.","Ey, iymon keltirganlar! Har xil narsalarni so`rayvermanglar. Agar zohir bo`lsa, sizga yomon bo`ladir. Agar Qur'on nozil qilinib turgan chog`da so`rasangiz, sizga zohir bo`ladir. Holbuki, Alloh ularni afv qilgan edi. Alloh mag`firatli va Haliym Zotdir.[1]###[1] (Hamma narsaning me'yori va chegarasi bo`lganidek, savolning ham chegarasi va uslubi bor. Islom voqelik dini bo`lganidan, ma'rifat uchun beriladgan savollar ham voqelikdan kelib kelib chiqishi, kishilarga manfaat jalb etishi lozim. Insonning ilmini oshirmaydigan, ma'rifatiga xizmat qilmaydigan, voqelikda bo`lmaydigan ikir-chikirlarni so`rayverishdan nima va kimga foyda bor? Ayniqsa, Qur'on nozil etilib turgan paytda. Chunki shariatning yangidan-yangi hukmlari joriy etilib turgan paytda har xil savollar berilaversa, qo`shimcha hukmlar tushib, ko`pchilikka jabr bo`lib qolish ehtimoli bordir.)","Sizdan oldin ham bir qavm ularni so`ragan, so`ngra esa, ularga kofir bo`lgan edi.","Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yo`q. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolg`on to`qirlar. Ularning ko`plari aqlsizdirlar.[1]###[1] (Beshinchi bo`taloq urg`ochi tug`ilsa, ona tuyaning qulog`ini tilib, belgili qilib qo`yib yuborilar va u «bahiyra» deb aytilar edi. Johiliy arablarning buzuq e'tiqodlariga ko`ra, bunday tuyaning go`shtini yeyish, sutini ichish, o`zini minish yoki ustiga yuk yuklash harom hisoblanardi. «Bahiyra» deb qo`yib yuborilgan tuya erkin holda yuraverar, unga birov tegmas edi. «Soiba» lug`atda «qo`yib yuborilgan» ma'noni anglatib, bir kishi safardan kelgani, kasaldan tuzalgani uchun nazr qilgan tuyaga aytilardi. «Vasiyla» lug`atda «ulovchi» ma'nosini anglatib, birin-ketin ulab urg`ochi bola tuqqan qo`yga aytilardi. Uni ham so`ymas edilar. «Homm» esa, lug`atda «himoya qiluvchi» ma'nosini anglatib, urg`ochi hayvonlarga qochirish uchun qo`yiladigan erkak hayvonga aytiladi. Johiliy arablar bir erkak hayvon o`nta urg`ochini qochirsa, uni «homm» deb atar edilar va unga ham alohida munosabat ko`rsatilar, minilmas, yuk yuklatilmas edi.)","Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga, Payg`ambarga kelinglar», deyilsa, «Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo`lsak, o`sha yetarli», derlar. Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan bo`lsalar ham-a?!","Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni biling. Agar hidoyatda bo`lsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida. O`shanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir.[1]###[1] (Allohning shariatida yurmay kofir bo`layotganlarga va'z-nasihat, amri ma'ruf va nahyi munkar qilib, ularni to`g`ri yo`lga solish uchun qo`lingizdan kelgan harakatni qildingiz. Ammo ular ko`nmadilar, aytganingizni qabul qilmadilar. Endi «o`zingizni biling», ishlaringizni joyiga qo`ying. Allohning amrini bajo qilishda davom eting. Kofirlarning qilmishlari sizni turli xayollarga olib bormasin, ular o`z qilmishlari uchun o`zlari javob beradilar.)","Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga o`lim kelganda — vasiyat qilar chog`ida o`zingizdan bo`lgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chog`ingizda o`lim musiybati yetsa, o`zgalardan ikki kishi o`rtangizda guvoh bo`lsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar.","Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, o`rinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari o`turlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan to`g`riroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan bo`lsak, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», deyishadi.","Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan so`ng raddiya qasam bo`lishidan qo`rqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.[1]###[1] (Ya'ni, yuqoridagi ikki oyat ko`rsatmalariga amal qilmoqlik, avvalo, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yaqinroqdir. Namozdan keyin ko`pchilik ichida Alloh nomi bilan qasam ichtirilib, so`ngra: «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmaymiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmaymiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deyishlari haqiqatan ham haqqoniy guvohlik berishlariga kuchli omil bo`ladi. Boz ustiga, ular yana bir narsadan qo`rqib turishadi. Agar yuqorida aytilgan ishlardan keyin ham xiyonat qiladigan bo`lsalar, merosxo`rlardan ikki kishi raddiya qasami ila ularni fosh qilishlari, sharmanda bo`lishlari ehtimoli bor. Shundan qo`rqib ham o`zlariga ishonilgan vazifani vijdonan ado etadilar. Bular hammasi ehtiyot choralari. Ammo guvohlikni haqqoniy ado etishning asosiy tayanchi taqvodir.)","Alloh Payg`ambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb so`raydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening O`zinggina g`ayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar.","Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan ne'matimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qo`llaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni o`rgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush bo`lganini, Mening iznim ila tug`ma ko`rni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila o`liklarni chiqarganingni esla. Bani Isroilga aniq mo`'jizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan o`zga hech narsa emas», deganida, seni ulardan qutqarganimini esla», deganini yod et![1]###[1] (Ushbu oyatda Alloh taolo bu haqiqatni barcha payg`ambarlar huzurida, masalaning bosh qahramoni Iyso ibn Maryam alayhissalomning o`zlariga eslatish bilan tasdiqlamoqda. Avvalo, nasorolar «xudo» deb e'tiqod qilayotgan Iysoning volidasi bor ekan. Xudoning esa, onasi bo`lishi mumkin emas. Dunyoga kelishda onaga muhtoj bo`lgan shaxs Xudo bo`la olmaydi. Ikkinchidan, Iyso ibn Maryamga ham, uning volidasi Maryam binti Imronga ham Alloh ne'mat bergan ekan. Boshqaning ne'matiga muhtoj shaxslar Xudo bo`lishi mumkin emas. «Muqaddas ruh» Jabroil farishta alayhissalomdir. «Gapirish» deganda esa, Allohga da'vat, payg`ambarlik gaplari nazarda tutilyapti. Odamlarning oddiy gaplaridek gap bo`lganida, buncha guvohlar huzurida hujjat sifatida keltirilmas edi. Agar beshikda gapirganing yoki doimo payg`ambarlarga xos gapirganing uchun seni «xudo» deb e'tiqod qilishayotgan bo`lsa, bu narsa seni Men Jabroil bilan qo`llaganim va u orqali o`z so`zlarimni yuborib turganimdan ekanligini bilsinlar.)","Havoriylarga: «Menga va Mening Payg`ambarimga iymon keltiring», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik va shohid bo`l, biz albatta, musulmonlarmiz», deganini esla![1]###[1] (Havoriylar, Iyso alayhissalomga ixloslari zo`r, din ishi uchun butunlay ajralib chiqqan insonlar edi. Iyso alayhissalomga haqiqiy ko`makchi bo`lgan kishilar ham o`shalar. Bu oyatdagi «vahiy yuborganimda» degan so`zlardan payg`ambarlarga yuboriladigan vahiyni tushunmaslik kerak. Arab tilida, Qur'on istilohida «vahiy» so`zi «ilhom» ma'nosida ham ishlatiladi.)","Havoriylar: «Ey, Iyso ibn Maryam, sening Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?» – deganlarida, u: «Agar mo`min bo`lsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», deganini esla.","Ular: «Undan yemoqni, qalblarimiz taskin topmog`ini, bizga rost gapirganingni bilmoqni va bunga guvoh bo`lmoqni istarmiz», dedilar.","Iyso ibn Maryam: «Allohim! Robbimiz! Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram bo`lib qolsin. Sendan mo`'jiza bo`lib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan O`zing eng yaxshi rizq berguvchisan», dedi.","Alloh: «Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman. Bas, bundan keyin sizlardan kim kufr keltirsa, uni olamlarda hech kimni azoblamagan azob ila azoblagayman», dedi.[1]###[1] (Alloh taolo dasturxon tushirish haqidagi so`rovni ijobat qilish bilan birga, O`zining doimiy odatini ham esga solmoqda. U odat mo`'jiza talab qilgan qavm, mo`'jiza kelgandan keyin ham kufr keltirsa, uni qattiq azobga duchor qilishdir. Bu azob ham bu dunyoda, ham u dunyoda bo`ladi.)","Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qo`yib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?» – deganini, u esa: «O`zing poksan! (Allohim), men haqqim yo`q narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo`lganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen O`zing g`ayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla.","Men ularga O`zing menga amr qilgan narsa: «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yo`q. Va, modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh bo`ldim. Meni O`zingga olganingdan so`ng, Sening O`zing ularga kuzatuvchi bo`lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan.[1]###[1] (Ya'ni, qilgan ishlari, aytgan gaplari va boshqa narsalariga guvoh bo`ldim. Jumladan, Sening amringni qanaqa qabul qilishlariga guvoh bo`ldim. Mening ular ichida bo`lgan vaqtimdagi gaplar shulardan iborat. Men xudolik da'vosini qilganim yo`q. Mendan keyin nima bo`lganini O`zing bilasan.)","Agar ularni azoblaydigan bo`lsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag`firat qiladigan bo`lsang, bas, albatta, Sening O`zing Aziyz — g`olib va hikmatli Zotsan.","Alloh: «Bu kun, rostgo`ylarga rostgo`yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy bo`lurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi. Ular Allohdan rozi bo`ldi. Bu esa, ulug` yutuqdir», – dedi.[1]###[1] (Oyatdagi «rostgo`ylar»dan murod iymoni sodiqlardir.)","Osmonlaru yer va ulardagi narsalar Allohning mulkidir. Va U har bir narsaga qodirdir.","Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd bo`lsin. So`ngra, kufr keltirganlar o`z Robbilariga (o`zgalarni) tenglashtirurlar.","U sizlarni loydan yaratgan, so`ngra ajalni belgilab qo`ygan Zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirursiz.","U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.","Mudom ularga o`z Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz o`giruvchi bo`ldilar.","Ularga haq kelganda uni ham yolg`onga chiqardilar. Tezda ularga o`zlari istehzo qilgan narsaning xabari kelur.[1]###[1] (Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, ya'ni haq din, haq kitob, haq payg`ambar va haq shariat kelganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolg`onga chiqardilar.)","Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? O`shalarga yer yuzida sizlarga bermagan imkonlarni bergan edik. Osmondan ustlariga baraka yomg`iri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qo`ygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va o`rinlariga boshqa asrlarni paydo qildik.[1]###[1] («Asr» so`zi yuz yillik muddatni anglatishini bilamiz. Bu yerda o`sha muddat orasida yashagan odamlar ko`zda tutilmoqda. Inson o`zi bilan o`zi ovora bo`lib qolib, o`tmishga ibrat ila nazar solishni unutib qo`yadi.)","Agar senga qog`oz — kitob tushirsak, uni qo`llari bilan ushlab ko`rishsa ham, kufr keltirganlar: «Bu aniq sehrdan o`zga hech narsa emas», derlar.[1]###[1] (Agar ular haqiqatga yetish istagida bo`lsalar, Qur'oni Karimning og`zaki shaklda nozil bo`lib turganining o`zi ham yetar edi. Haqiqatni istaganlaridanmi? Yo`q, ularda bunday maqsad yo`q.)","Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. So`ngra ularga qarab turilmas.","Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan bo`lar edik va o`zlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik.[1]###[1] (Kofir-mushriklar odam-payg`ambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini da'vo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar — ayol, ular Allohning qizlaridir, degan aqida bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham ularning payg`ambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddiolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham og`irlashgan bo`lar edi. Ya'ni, ular e'tiqod qilganlaridek, osmondan payg`ambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida bo`lmas edi. Buni ko`rgan mushriklar farishta bo`lsa, ayol bo`lishi kerak edi, bu ham boshqa bir narsa shekilli, deb turli xom xayollar bilan chalg`ir edilar.)","Sendan oldingi Payg`ambarlar ham istehzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istehzolari o`z domiga tortgan.","«Er yuzida sayr qilingiz, so`ngra yolg`onchi qiluvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solingiz», deb ayt.","«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U O`ziga O`zi rahmatni yozib qo`ygan. Sizlarni bo`lishida shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O`ziga o`zi ziyon keltiruvchilargina, o`shalargina iymon keltirmaslar.","Kechada va kunduzda sokin bo`lganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.","Sen: «Allohdan o`zgani valiy — do`st qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. «Men avvalgi taslim bo`luvchi bo`lmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan bo`lmagin, deb aytildi», deb ayt.","Sen: «Albatta, men agar Robbimga osiy bo`lsam, ulug` kun azobidan qo`rqaman», deb ayt.","Kim o`sha kuni undan chetlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahim qilibdi. Ana o`sha aniq yutuqdir.","Agar Alloh seni zarariga oladigan bo`lsa, Uning O`zidan boshqa kushoyish beradigan yo`q. Agar U seni yaxshilikka oladigan bo`lsa, bas, U har bir narsaga qodirdir.[1]###[1] (Bu dunyoda xohlasa zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning O`zidir. Agar U zot biror bandaga zarar yetkazadigan bo`lsa, butun dunyo bir bo`lib harakat qilganda ham, o`sha bandadan zararni ketkazishga qodir bo`la olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish beruvchi ham faqat Allohning O`zidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi bo`lsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, o`sha bandadan yaxshilikni to`sa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh O`z irodasini amalga oshiradi.)","U bandalari ustidan g`olibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir.","Sen: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», deb ayt. «Alloh», deb ayt. Sen: «U men bilan sizlarning o`rtangizda guvohdir. Menga ushbu Qur'onni, Uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», deb guvohlik berasizlarmi? «Men guvohlik bermayman», deb ayt. Sen: «Albatta, U bitta ilohdir va men siz keltirayotgan shirkdan pokdirman», deb ayt.[1]###[1] (Allohni qo`yib o`zlariga o`zga valiy tutganlarga boshqa narsalar ham guvohlik bera olmaydi. Shuning uchun Alloh Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga guvoh haqida savol berishni amr qildi. Demak, bahsli masalaga Alloh taoloning O`zi hakam bo`ldi. Uning O`zi guvoh bo`ladigan bo`ldi. Uning shahodati Qur'oni Karimdir. Mazkur bahsli masala ham unda bor. Demak, kimga ushbu Qur'on yetib borgan bo`lsa, unga guvoh muqarrar kelgan hisoblanadi. Ushbu guvohga — Qur'onga amal qilmasa, uning ogohlantirishidan hushyor tortmasa, azobga duchor bo`ladi.)","Biz kitob berganlar uni o`z farzandlarini tanigandek tanirlar. Ular o`zlariga ziyon qilganlardir, ana o`shalar iymon keltirmaslar.","Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqarganlardan ham ko`ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.","Hammalarini jamlaydigan, so`ngra shirk keltirganlarga: «Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» – deb aytadiganimiz kunni esla.","So`ngra, «Robbimiz Allohga qasamki, mushrik bo`lmagan edik», deyishdan boshqa fitnalari bo`lmas.[1]###[1] (Boqiy dunyoda ko`pchilik nazdida so`roqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan so`ng ham mushriklar qasam ichib, o`zlarini hech qanday gunoh qilmagan, shirk keltirmagandek tutishadi.)","Nazar sol! Ular o`zlarini qanday aldadilar va to`qib yurgan narsalari ulardan qanday yo`qoldi.","Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga to`siq qilib qo`ydik. Barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, o`tganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar.","Va ular (odamlarni) undan qaytarurlar va undan uzoqlashurlar. Ular sezmagan hollarida o`zlarini halok qilurlar, xolos.","Do`zax ustida to`xtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolg`onga chiqarmas edik va mo`minlardan bo`lar edik», deyishlarini ko`rsang edi.","Yo`q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o`zlariga oshkor bo`ldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, o`zlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolg`onchilardir.","Ular: «Hayot — bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltirilmasmiz», dedilar.","Allohning huzurida to`xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini ko`rsang edi.","Allohga ro`baro` bo`lishni yolg`on deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, to`satdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo`lsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!","Bu dunyo hayoti o`yin-kulgudan o`zga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi?[1]###[1] (Dunyo va oxirat ilohiy mezon bilan o`lchanyapti. Allohning e'tiborida bu dunyo hech narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hech narsaga aylanib qoladi.)","Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolg`onchiga chiqarayotganlari yo`q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.","Sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolg`onchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so`zlarini o`zgartiruvchi yo`q. Batahqiq, senga Payg`ambarlarning xabari kelgan.","Agar senga ularning yuz o`girishlari og`ir botayotgan bo`lsa, qodir bo`lsang, yer ostidan yo`l qilib yoki osmonga narvon qo`yib, ularga oyat-mo`'jiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan bo`lma.[1]###[1] (Oyati karimada Payg`ambarimizga, agar qodir bo`lsalar, mushriklarni ishontirish, iymonga keltirishga yaraydigan oyat-mo`'jizani yerni kavlab kirib bo`lsa ham, osmonga shoti qo`yib chiqib bo`lsa ham, keltirish taklif etilyapti. Ammo kofirlar oyat-mo`'jizalar yo`qligidan iymondan yuz o`girayotgani yo`q. Ular nafslarining buzuqligi, hasad va sarkashliklari oqibatida kufr yo`lini ixtiyor qilyaptilar. Alloh taolo odamlarni har xil tabiatli va ayri iste'dod sohibi qilib yaratgandir. Ba'zisi o`z-o`zidan hidoyat yo`liga kirib qoladi. Ba'zilari da'vatga, tushuntirishga muhtoj bo`ladilar. Boshqalari esa, bir oz qo`rqitishga, yana birlari targ`ibot ishlariga ehtiyoj sezadi. Ammo yana bir toifa borki, ularga hech narsa ta'sir qilmaydi. Ular har qancha da'vat qilinmasinlar, shu qadar bahona topaveradilar.)","Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. O`liklarni esa, Alloh tiriltirur va so`ngra Uning O`ziga qaytarilurlar.","Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo`'jiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-mo`'jiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin ko`plari bilmaslar.","Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo`ymay yozganmiz. So`ngra Robbilariga jamlanurlar.[1]###[1] (Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani ta'kidlanmoqda. Ya'ni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tug`ish, ko`payish singari insonlarga xos ishlarda o`xshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar misol qilib ko`pincha asalari va chumolini keltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bermay iloji yo`q.)","Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirur va kimni xohlasa, to`g`ri yo`lda barqaror qilib qo`yadir.","Sen: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?» – degin.","Yo`q! Faqat Ungagina duo qilursiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur. Siz esa, shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz.","Batahqiq, Biz sendan oldingi ummatlarga ham Payg`ambarlar yuborganmiz. So`ngra, shoyad, tazarru' qilsalar deb, ularni balo va ziyonlarga tutganmiz.[1]###[1] (Alloh taolo Islom ummatidan avvalgilarga ham payg`ambarlar yuborgan. Ulardan payg`ambarlarning da'vatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan. Bundan, shoyadki boshiga og`ir kun tushganda o`ziga kelib, hushini yig`ib, xatosini tushunsa va iymon yo`liga yursa, degan maqsad ko`zda tutilgan.)","Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru' qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq bo`ldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab ko`rsatdi.","Eslatilgan narsalarni unutgan chog`larida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo`ydik. O`zlariga berilgan narsalardan xursand bo`lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo`ldilar.[1]###[1] (Ya'ni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu ne'matlarga ko`mib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarru'siz kelgan nozu ne'mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo`yilsa, orqasida boshqa gapi bo`ladi. Bunday bo`lishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarru' qilishga imkon qolmadi.)","Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo`lsin.","Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va ko`zlaringizni olib qo`ysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan o`zga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, so`ngra ularning qanday yuz o`girib ketishiga nazar sol.","Ularga: «Ayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kelsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» – deb ayt.","Biz Payg`ambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborurmiz. Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yo`q va ular ranjimaslar.","Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni, fosiqlik qilganlari uchun, azob tutadir.","Sen: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, demasman. o`aybni bilaman, demasman. Va yana sizlarga, men farishtaman, deb ham aytmasman. Men faqat o`zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», deb ayt. «Ko`r bilan ko`zi o`tkir teng bo`la olurmi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?» – deb ayt.[1]###[1] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj seziladi. Payg`ambar alayhissalotu vassalom merosxo`rlari bo`lmish ulamolar dinga da'vat qilsalar, da'vatga qo`shib, molu dunyo berishlarini ham so`raydilar. Shuningdek, g`ayb xabarlaridan «fol ochish»ni, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki da'vatchi shaxsida farishtaning xuddi o`zini ko`rishni xohlaydilar. Bu ham odam-ku, deb o`ylab ko`rmaydilar.)","U bilan Robbilariga to`planishdan qo`rqadiganlarni ogohlantir. Ularga undan o`zga valiy ham, shafoatchi ham yo`q. Shoyadki, taqvodor bo`lsalar.","Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yo`q. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yo`q. Ularni haydab, zolimlardan bo`lib qolma.[1]###[1] («Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday bo`lishidan qat'iy nazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambag`al odam bo`lsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham Payg`ambar alayhissalotu vassalom boylarning gapiga kirib, ularni o`z huzurlaridan haydashga haqlari yo`q. Ularning kambag`alliklari Payg`ambar alayhissalotu vassalomning zimmalariga qo`shimcha vazifa yuklamaydi. Kambag`alliklari — o`zlariga. Ularning rizqini Alloh beradi. Shuningdek, ular Payg`ambar alayhissalotu vassalomning rizqlaridan mas'ul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh beradi. Yoki Payg`ambar alayhissalotu vassalom ular bilan o`tirsalar, kambag`al, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy bo`lib qolmaydilar.)","«Oramizdan Alloh ne'mat bergan shularmi?» – deyishlari uchun shunday qilib, ba'zilarni ba'zilari ila sinadik. Allohning O`zi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi?[1]###[1] (Demak, boylarning boy, kambag`allarning kambag`al bo`lishi sinov ekan. Sinov bo`lganda ham, birlarini boshqalari bilan sinash ekan. Boy shukr qiladimi, yo`qmi — sinaladi. Kambag`al ham sabr qiladimi, yo`qmi — sinaladi. Ayniqsa, boylar ko`proq sinaladi.)","Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom bo`lsin, Robbingiz O`z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so`ngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag`firatli va rahimli Zotdir», – deb ayt.","Shunday qilib, jinoyatchilarning yo`li oshkor bo`lishi uchun, oyatlarni mufassal bayon qilurmiz.","Sen: «Men Allohni qo`yib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», – deb ayt. «Men sizning havoyi nafslaringizga ergashmasman. Zero, adashgan bo`laman va hidoyat topganlardan bo`lmay qolaman», – deb ayt.","Sen: «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolg`onga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yo`q. Hukm faqat Allohning O`ziga xosdir. U haqni aniqlar. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», – deb ayt.[1]###[1] (Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom da'vatlarini, e'tiqodlarini, amallarini «ochiq hujjatlar» asosida olib bormoqdalar. Bu ochiq hujjatlar yerdan chiqqani yo`q, balki osmondan tushgan. Mushrik-kofirlarning esa, hech qanday hujjatlari yo`q. Bo`lishi ham mumkin emas. Chunki ular Robbilarini yolg`onga chiqarib qo`yganlar. Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa — talab qilingan mo`'jiza kelgandan so`ng azobni tushirish. Bu ish Payg`ambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yo`q, vazifasiga ham kirmaydi.)","Sen: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda bo`lsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan bo`lar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», – deb ayt.","G`aybning kalitlari Uning huzurida bo`lib, ularni Uning O`zidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho`lu quruq bormi, barchasi Ochiq kitobda bordir.[1]###[1] («Ochiq kitob»dan murod — Lavhul Mahfuzdir. Yer ostida yashirin turgan bir dona don bo`lsa ham, ho`lu quruqni bo`lsa ham biladi, degani, Uning bilmaydigan narsasi yo`qdir, deganidir. Bu ta'rif faqat Allohning O`zigagina xosdir. Cheksiz va shomil ilmga ega bo`lgan Alloh taolo, cheksiz va shomil qudratga ham egadir.)","U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. So`ngra, belgilagan ajal tugal bo`lishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. So`ngra, qaytib borishingiz Uning O`zigadir. So`ngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir.","U bandalari ustidan g`olibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga o`lim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yo`l qo`ymagan holda uni vafot ettiradir.","So`ngra haqiqiy Xojalari — Allohga qaytarilurlar. Ogoh bo`lingizkim, hukm qilish Uning O`zigagina xosdir. Va U eng tezkor hisob-kitob qiluvchidir.","Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarru' qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan bo`lar edik, deydiganingiz kim?» – deb ayt.","«Sizni ulardan va barcha g`amlardan Alloh qutqarur. So`ngra esa, siz shirk keltirasiz», – deb ayt.","Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyog`ingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, ba'zilaringizga ba'zilaringizning azobini tottirishga qodirdir», – deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki, anglab yetsalar.[1]###[1] (Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol keltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va to`fon balosi misol qilib keltiriladi. Odamlar firqalarga bo`lingandan keyin, har firqa a'zolari o`z firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm o`tkazishga, azob berishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar ko`plab bo`lgan va hozir ham davom etib kelmoqda.)","Qavming uni yolg`onga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sen: «Men sizlarga vakil emasman.","Har bir xabarning o`z vaqti bor. Tezda buni bilasizlar», deb ayt.[1]###[1] (Kofirlar Qur'onni yolg`onga chiqarmoqdalar. Ammo bu bilan u yolg`onga aylanib qolmaydi. Chunki haqiqiy baho beruvchi Zot «Holbuki, u haqdir», demoqda.)","Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho`ng`iyotganlarni ko`rgan chog`ingda, to undan boshqa gapga sho`ng`igunlarigacha ulardan yuz o`gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo`lsa, eslaganingdan so`ng, zolim qavmlar bilan o`tirma![1]###[1] (Iymon masalasida zid bo`lgan qavm bilan birga o`tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o`sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo`lsalar. Ularning bu istehzolarini tinglab o`tirish hech to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O`z Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalomga «zolim qavmlar» — mushriklarning o`shanday majlislarida o`tirishlarini man qilmoqda.)","Taqvo qiladiganlar zimmasida u (mushrik)larning hisobidan hech narsa yo`q. Lekin eslatma bor. Shoyadki, taqvo qilsalar.","O`z dinlarini o`yin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib ketganlarni tark et. U (Qur'on) ila eslatginki, hech bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor bo`lib, Allohdan o`zga biror do`st va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana o`shalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor bo`lganlardir. Kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.[1]###[1] (O`z dinlarini o`yin qilib olganlar, dinga ehtirom bilan qaramaydigan, dinni o`z xohishlaricha to`g`rilashga harakat qiladiganlardir. Ular mushriklardan, ahli kitoblardan yoki musulmonman deb yurganlardan ham bo`lishi mumkin. Ular, men falon dindanman, deydilar-u, ammo o`sha dinga amal qilmaydilar, ehtiromini joyiga qo`ymaydilar. Vaqti kelganda, o`zini dindor qilib ko`rsatishga urinadilar-u, ammo nariroqqa borib, bilganlaridan qolmaydilar. Ular, agar o`xshatish joiz bo`lsa, xo`jayinni aldab, o`yin-kulgu qilib yurgan xizmatchiga o`xshaydilar. Balki ulardan ham battardirlar.)","Sen: «Allohni qo`yib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi og`aynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan bo`lsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron bo`lib qolganga o`xshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» – deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr qilinganmiz», – deb ayt.[1]###[1] (Bular e'tiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga sherik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir.)","Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga to`planadigan Zotdir.","U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Bo`l» degan kuni bo`ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g`aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir.[1]###[1] (Alloh taolo butun borliqni, jumladan osmonlaru Yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala — haq. Boshqa gap-so`z yoki taxminlar hammasi bekor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoim qilib, hamma odamlarni o`z huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo berishi juda ham osondir. Ya'ni, qiyomat kuni. Dud surnayga o`xshab chalinadigan asbob bo`lib, o`sha asbobni Isrofil alayhissalom chalganlaridan so`ng qiyomat qoim bo`ladi. Shuning uchun ham qiyomat kuni dud chalinadigan kun deb ham nomlanadi.)","Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Men seni va sening qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda ko`rmoqdaman», – deganini esla.[1]###[1] (Ibrohim alayhissalom sof qalbi va ongi ila bu ish noto`g`ri ekanligini, jonsiz tosh yoki jonsiz yog`och odamlar tomonidan bir oz ishlov berilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdi. Ibrohim alayhissalom otasini va uning qavmini ochiq-oydin adashuvda ekanini ham anglab yetdi. Bu tushunchani ularning yuziga ochiqchasiga aytdi.)","Xuddi shunday qilib, Ibrohimga, aniq ishonuvchilardan bo`lishi uchun, osmonlaru yerning mulklarini ko`rsaturmiz.[1]###[1] (Ya'ni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila ko`rsatganimizdek, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru Yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham ko`rsatamiz.)","Uni tun o`rab olganida yulduzni ko`rib: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», – dedi.","Chiqayotgan oyni ko`rganda: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U ham botganida: «Agar Robbim meni to`g`ri yo`lga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan bo`laman», – dedi.","Chiqayotgan quyoshni ko`rganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», – dedi. U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», – dedi.","Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to`g`ri yo`lga moyil bo`lgan holimda, yuzlantirdim va men mushriklardan emasman.[1]###[1] (Bu iqror Ibrohim alayhissalomning mushrik qavmdan ajralib, yolg`iz Alloh taologa, osmonlaru Yerni yaratgan Zotga, mushriklar unga shirk keltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning O`zigagina yuzlanganini e'lon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari, — ushbu yo`llari, millatlari haniflik deb nomlanadi. Bu degani — faqat to`g`rilikka moyil bo`lish, yuzlanish, yo`l tutish deganidir.)","Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qo`rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo`lishi mumkin. Robbim barcha narsani O`z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo`lmasmi?» – dedi.","«Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qo`rqay. Holbuki, siz o`zingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qo`rqmaysiz-u?» Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam bo`lishga haqliroq?![1]###[1] (Oddiy mantiq aytib turibdi. Sizlar xudodan qo`rqmay, hech qanday hujjat-dalilsiz, o`zingizdan-o`zingiz ba'zi narsalarni unga sherik qilib oldingiz va yana qo`rqmay yuribsiz. Siz shunday qilganingizdan keyin, haqiqiy Allohga iymon keltirib turib, nima uchun men sizlarning soxta xudolaringizdan qo`rqay?!)","Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o`shalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.","Ana o`shalar, Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini ko`taramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.[1]###[1] (Alloh taolodan kelgan hujjatlarni qo`llagan Ibrohim alayhissalom tortishuvda mushriklardan ustun keldilar. G`olib bo`ldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulug` qildi.)","Va Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni ham (hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlarmiz.","Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir.","Va Ismoil, al-Yasa', Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik.[1]###[1] (Ushbu uch oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ishorat bilan, boshqa o`n sakkiz payg`ambarni ismlari bilan zikr qilmoqda. Ikkinchi guruhda zikr qilingan payg`ambarlar: «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyos» alayhimussalomlar tarki dunyo, zuhdu taqvo bilan mashhur bo`lganlar. Shuning uchun ham ular oyati karimada: «Hammalari ahli solihlardandir», iborasi ila vasf qilinayotir. Zotan, hamma payg`ambarlar ahli solihlardandir. Ushbu to`rt payg`ambar ahli solihlikda alohida martabaga erishganlar.)","Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.","Ana o`sha, Allohning hidoyati bo`lib, O`z bandalaridan kimni xohlasa, o`shani unga yo`llar. Agar ular shirk keltirsalar, qilgan ishlari, albatta, behuda ketar.","Ana o`shalar Biz ularga kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni bergan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr keltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qo`yganmiz.","Ana o`shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. Sen: «Men sizlardan buning uchun haq so`ramasman. U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», – deb ayt.[1]###[1] (Zikr qilingan payg`ambarlar alayhimussalom Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kelgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur bo`lgan narsadir. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar da'vat qilinadigan hidoyat ham shu.)","Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yo`q, deganlarida, Allohni to`g`ri taqdirlamadilar. «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qog`ozga tushirib olib, ba'zisini zohir, ko`pini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga o`rgatgan kitobni kim tushirdi?!» – deb ayt. «Alloh» – deb ayt. So`ngra, ularni tek qo`y, sho`ng`igan narsalarida o`ynayversinlar.[1]###[1] (Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qur'onga kelganda, Alloh basharga hech narsa nozil qilgan yo`q, deydilar?! Yoki Tavrot ham nozil bo`lmaganmi?! Yo`q, unday emas, «Tavrot»ni Allohdan nozil bo`lgan ilohiy kitob, deb biladilar. Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan o`zlariga muvofiq o`rinlarni odamlarga ko`rsatishar, muvofiq kelmagan o`rinlarini esa, maxfiy tutishar edi.)","Bu, Biz tushirgan kitob, muborakdir, o`zidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro (shaharlar onasi) va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon keltirganlar unga iymon keltirurlar. Va ular namozlarini muhofaza qilurlar.[1]###[1] (Ummul Qurodan, Makkai Mukarrama nazarda tutilyapti. Bu muqaddas shahar arablar orasida qadimdan shu nom bilan ham mashhur bo`lgan. Chunki bu muborak shaharda Allohga ibodat etish uchun qurilgan dunyo va basharning birinchi uyi «Baytulloh» bor.)","Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga o`xshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o`lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo`l cho`zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini ko`rsang edi.[1]###[1] (Kofir mushriklar Payg`ambar alayhissalomni inkor qilib, u zotga qo`yayotgan ayblar g`oyat katta ayblardir. Bunday ishlar Allohning mahbub Payg`ambaridan sodir bo`lishi aslo mumkin emas. Agar farazan kimdir bunday zulmni qiladigan bo`lsa, albatta, jazosini tortadi va tezda fosh bo`ladi. Tarix buning ko`piga guvoh. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al-Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday da'vo bilan chiqdilar. Ammo tezda sharmanda bo`ldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar. Ularning kimligini oyati karimadagi ta'rifdan ham bilib olish mumkin.)","Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o`zingizcha sherik deb o`ylagan shafoatchilaringizni ko`rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da'vo qilgan narsa g`oyib bo`ldi.","Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir. U, o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!","U, subhni yoritguvchi Zotdir. U, tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qo`ydi. Bu esa, g`olib va yaxshi bilguvchi Zotning o`lchovidir.[1]###[1] (Tunni inson, hayvonot, nabotot va jamodot olami uchun orom olguvchi sukunat qilib qo`ygan kim?! Nima uchun sukunat faqat tungagina xosdir? Xo`sh, buni kim qildi? O`z-o`zidan bo`lishi mumkin emas-ku. Inson har kuni tunga kiradi, uning sukunatidan taskin topadi, orom oladi. Ammo, buni kim qildi, deb so`rab ko`rmaydi.)","U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yo`l topishingiz uchun yulduzlarni qilib qo`ygan Zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz.","U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, u (jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qo`yiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz.[1]###[1] (Erkak bo`lsin, ayol bo`lsin, dastavval hammasi ota sulbida saqlanib turadi. So`ngra ona rahmiga — bachadonga o`tadi, u yerdan joy topadi va shundan keyin dunyoga keladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson o`zidan-o`zi dunyoga kela olmaydi. Ushbu haqiqatni o`ylab ko`rgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoyil qolmay iloji yo`q. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kerak, ong kerak, xolos.)","U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g`ujum-g`ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog`lari chiqaramiz. Bir-biriga o`xshagan va o`xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat — belgilar bordir.","Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga o`g`illar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.[1]###[1] (Jinlarda insonlardan boshqacha — g`ayri tabiiy ba'zi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar bo`lsa kerak, deb gumon qildilar va Allohga shirk keltirdilar. Islom aqidasidan o`zga aqidalarda ushbu narsa bor, desak mubolag`a bo`lmaydi.)","U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini bo`lmay turib, bolasi qanday bo`lsin?! U hamma narsani O`zi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.","Ana o`sha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo`q. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir!","Ko`zlar Uni idrok eta olmas, U ko`zlarni idrok etar. U latiyf va xabardor Zotdir.[1]###[1] (Alloh ko`zlarni bu dunyo ashyolarini ko`rish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Ko`zlar ma'lum masofadagi narsalarni ko`radi. Undan uzoqdagisini ko`ra olmaydi. Bu esa, o`sha ma'lum masofadan naridagi ko`zga ko`rinmagan narsa yo`qdir degani emas. Balki ko`z uni ko`ra olmaganidandir.)","Batahqiq, sizga Robbingizdan «ko`z ochuvchi»lar keldi. Kimki ko`rsa, o`ziga yaxshi. Kim ko`r bo`lib olsa, o`ziga zarar. Men sizlarga qo`riqchi emasman.[1]###[1] (Biz «ko`z ochuvchi»lar deb tarjima qilgan so`z Qur'oni Karim istilohida «basoiru», deb kelgan. U «basiyra» so`zining jam'i bo`lib, bir narsani ko`rib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi. Alloh O`zining biru borligiga, Payg`ambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «ko`z ochuvchi» narsalarni yuborib qo`yganini aytmoqda.)","Shunday qilib: «Dars olgansan», – deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz.","Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo`q. Mushriklardan yuz o`gir.","Agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edilar. Biz seni ularga qo`riqchi qilganimiz yo`q. Va sen ularga vakil ham emassan.","Ularning Allohdan o`zga ibodat qiladiganlarini so`kmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni so`kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo`ydik. So`ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur.[1]###[1] (Mushriklar Allohni qo`yib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning o`sha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda. Ya'ni, musulmon kishi mushrikning sanamini so`ksa, bundan g`azablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab bo`ladi.)","Ular agar biron oyat — mo`'jiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar.","Xuddi avval iymon keltirmaganlaridek, qalblari va ko`zlarini burib qo`yarmiz va tug`yonlarida dovdiragan hollarida tek qo`yarmiz."]