["Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar: «Ey Shu'ayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o`z qishlog`imizdan chiqaramiz yoki o`z millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon ko`ruvchi bo`lsak ham-a?!","Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan so`ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg`on to`qigan bo`lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o`z ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi.[1]###[1] (Ya'ni, biz uchun shirk va kufr millatiga, ya'ni ortga qaytish mutlaqo mumkin emas. Biz iymon keltirdik va uning lazzatini tatib ko`rdik. Endi yolg`iz, bir holatdagina — Alloh bizni adashtirishni iroda qilsagina, ortga qaytishimiz mumkin. Zero, Uning irodasiga hech qachon bas kelib bo`lmaydi. Kelajakda qilajak jamiki amallarimizni ham uning O`ziga topshirdik. Biz faqat Allohga suyanamiz. Sizning tahdid va zo`rligingiz, soxta xudolaringizdan zarracha hayiqmaymiz, ularga e'tibor bermaymiz ham. Shu yo`l bilan ishni o`zining haqiqiy egasi hukmiga havola qilib, iymon va kufr o`rtasida hukm chiqaruvchi hokimi mutlaqqa murojaat etdilar.)","Uning qavmidan bo`lgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shu'aybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko`ruvchidirsiz», – dedilar.","Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.","Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo`ldilar. Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, o`shalar ziyon ko`ruvchilar bo`ldilar.[1]###[1] (Ya'ni, mazkur shiddatli zilziladan keyin Shuayb alayhissalomga muxolif bo`lgan kofirlar halok bo`lib, batamom gumdon bo`lib ketdilar.)","Keyin ulardan yuz o`girdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qayg`uray», – dedi.","Qaysi bir qishloqqa Payg`ambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarru' qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.","So`ngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, ko`payishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni o`zlariga sezdirmay, to`satdan tutganmiz.[1]###[1] (Vaqt-soati kelib Alloh taolo mazkur yomon holatlarni yaxshilik holatlarga almashtirib qo`yadi. Odamlar bu yaxshi hollarda yanada ko`payishadi. Ammo bu ziyodalik ham ular uchun sinov ekanligini anglab yetmaydilar. Alloh ularni shukr qilarmikin, deb yaxshi holatlarga solganini bilmaydilar.)","Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. Lekin ular yolg`onga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik.[1]###[1] (Ushbu oyati karimada bayon qilinayotgan oddiy va sodda haqiqatni insoniyat tushuna olmayotgani g`oyatda ajablanarli hol. Inson uchun osmon va zamindan barakot eshiklari ochilishi uchun birgina shart kifoya, ya'ni u iymonli va taqvoli bo`lishi lozim ekan. Ana o`shanda insonga osmonu zamindan barakotlar eshigi lang ochib qo`yiladi. Chunki iymon insonni barakotli hayot yo`liga boshlaydi. Chunki taqvo insonni farovon hayot yo`liga soladi. Iymon bilan taqvo bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lganidek, barakot ham ularga bog`liqdir. Bu haqiqatga kattayu kichik har bir sohada guvoh bo`lishi mumkin.)","Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!","Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz choshtgohda, o`ynayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!","Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon ko`ruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar.[1]###[1] (G`aflatga solib, gunoh qilsa ham, daxlsiz tek qo`yib, keyin tuyqusdan sezdirmay olish Allohning ishidir, ya'ni makridir.)","Yerga uning ahlidan keyin merosxo`r bo`lganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qo`yishimiz ayon bo`lmadimi?!","Biz senga ana o`sha qishloqlarning xabarlarini qisqa qilib aytib bermoqdamiz. Batahqiq, ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ammo, ular oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Alloh shunday qilib kofirlar qalbiga muhr bosdi.","Ularning ko`plarida ahdga vafo ko`rmadik. Agar ularning ko`plarini topsak ham, fosiqlikda topdik.[1]###[1] (Ya'ni, ular subutsiz kimsalar bo`lib, ahdga hech vafo qilmasdilar. Bu qavmning aksar qismi faqat fosiqlik bilan mashg`ul edi. Fosiqlikning ma'nosi Alloh chizib ko`rsatgan chegaradan chiqishdir. Ya'ni, ular Alloh ko`rsatgan yo`ldan ozgan kimsalar sirasidan edilar.)","So`ngra, ularning ortidan Musoni O`z oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol.","Muso: «Ey Fir'avn, albatta, men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.","Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qo`yib yubor», – dedi.[1]###[1] (Fir'avn Bani Isroilni qul-banda qilib olgan va ularga Robb ekaniga shubhalanmas edi. Muso alayhissalom unga haqiqiy Robb Alloh ekanini tushuntirib, Bani Isroilni ozod qilish o`sha yagona Allohning — haqiqiy Robbning amrini izhor etdilar.)","U: «Agar mo`'jiza keltirgan bo`lsang, rostgo`ylardan bo`lsang, keltir uni», – dedi.","Asosini tashlagan edi... banogoh u aniq ajdar bo`ldi.","Va qo`lini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq bo`lib ko`rindi.[1]###[1] (Aslida, Muso alayhissalom bug`doyrang tusda edilar. Fir'avn mo`'jiza ko`rsatishni talab qilganda qo`llarini qo`ltiqlaridan chiqargan zahoti oppoq tusda namoyon bo`ldi.)","Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, bu bilimdon sehrgardir!","Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.","Ular: «Uni va akasini qo`yib turgin-da, shaharlarga to`plovchilarni yubor.","Hamma bilimdon sehrgarlarni senga olib kelsinlar», – dedilar.[1]###[1] (Muso va akasi Horunni qo`yib turgin-da, barcha shaharlarga odam yubor, ular bor bilimdon sehrgarlarni to`plab kelsinlar.)","Sehrgarlar Fir'avnga kelib: «Agar biz g`olib bo`lsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.","U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan bo`lursizlar».","Ular: «Ey Muso, yoki sen tashla, yoki biz tashlovchi bo`laylik», – dedilar.","U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning ko`zini sehrladilar, qo`rqitdilar va zo`r sehr ko`rsatdilar.[1]###[1] (Ular qo`llaridagi arqon va asolarini tashladilar. Boyagi arqon va asolar odamlarning nazariga ilon bo`lib ko`rindi.)","Biz Musoga: «Asoingni tashlagin», deb vahiy yubordik. Birdan, u ular uydirayotgan narsani yuta boshladi.[1]###[1] (Usta sehrgarlarning ko`zbo`yamachiligi to`planganlarni dahshatga solib qo`ygan edi. Muso alayhissalom ham ko`pchilik bilan birga sodir bo`layotgan voqeani kuzatib turar edilar. Alloh u zotga «Asongni tashla», deb vahiy yubordi. Muso alayhissalom yerga asoni tashladilar. Aso ajdarga aylandi va birdan sehrgarlar namoyish etayotgan uydirma — ko`zbo`yamachiliklarni yuta boshladi.)","Bas, haq qaror topdi va ularning qilayotganlari botil bo`ldi.","O`sha yerda yengildilar va beobro` bo`ldilar.","Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:","«Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.","Muso va Horunning Robbiga», – dedilar.[1]###[1] (Ne boisdan sehrgarlar birinchi bo`lib iymon keltirdilar? Chunki ular Muso alayhissalom keltirgan narsa sehr emas, haqiqiy ilohiy mo`'jiza ekanini hammadan burun anglab yetdilar. Sehrgarlarga haqiqat birinchi bo`lib yetib bordi. Vijdonlari uyg`ondi va qalblarini iymon nuri yoritdi. Ular Allohga sajda qilish uchun o`zlarini yerga tashladilar.)","Fir'avn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.","Albatta, oyoq-qo`llaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi.[1]###[1] (Bu ham barcha fir'avnlarga xos xususiyat. Ular o`zlariga qul bo`lgan fuqarolarning hatto Allohga iymon keltirishni ham undan so`rab, iltijolanib, ado etishlarini xohlaydilar. Barcha davr fir'avnlarining mo`minlarga qarshi qo`llaydigan uslubi shu: qadimda qo`l-oyoqlarini kesib, osishgan; hozirda qamaydilar, azoblaydilar, otadilar. Ammo ularning bu usullari iymon nuri bilan charog`on bo`lgan qalblarga zarracha qo`rqinch sola olmaydi.)","Ular: «Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.","Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina o`ch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr to`kkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar.","Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzg`unchilik qilishlariga yo`l qo`yib berasanmi?» – dedilar. U: «O`g`illarini o`ldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr o`tkazuvchimiz», – dedi.","Muso o`z qavmiga: «Allohdan yordam so`ranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi.","Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi.[1]###[1] (Qavm payg`ambariga ta'na qildi. Sen kelmasingdan burun ham ozor tortar edik, o`shanda ham o`g`illarimizni o`ldirib, ayollarimizni tirik qoldirar edilar, sen kelganingdan keyin ham bari bir ozor topmoqdamiz. Ularning fikricha, payg`ambar kelishi hamono hamma narsa ularning foydasiga hal bo`lib qolishi kerak ekan. Ular payg`ambar shaxsiga ta'na qilmoqdalar. Ammo nega o`zlariga nazar solmaydilar? O`zlari nimalar qildilar? Iymon keltirdilarmi? Iymon taqozo etgan biror-bir ishni qildilarmi?)","Biz Fir'avn ahlini, shoyad eslasalar deb, (qahatchilik) yillar va mevalar tanqisligi ila tutdik.","Ular o`zlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bo`lganlardan shumlandilar. Ogoh bo`lsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin ko`plari bilmaslar.","Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi bo`lsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.","Bas, ularning ustidan to`fon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar.[1]###[1] (Alloh taolo Fir'avn va uning ahli va'z-nasihatga quloq tutsin, insofu iymonga kelsin, qilayotgan jinoyatlaridan qaytsin, deb ularga mufassal qilib, alohida-alohida tarzda oyat-belgilarni yubordi. Ba'zi ulamolarning fikricha, Isro surasidagi «Musoga to`qqizta ochiq-oydin, oyat-belgi berdik», deyilishiga qaraganda, to`qqiz yilda to`qqizta oyat yuborgan, chunonchi: aso, qo`l, qahatchilik, meva va jonlarni nuqsonga uchratish, to`fon, chigirtka, mita, baqa va qon. Alloh taolo har gal balo yuborganida, Fir'avn ahli dod-voy solishib, tavba qilishar, jinoyatlarini tark etishga va Bani Isroilni qo`yib yuborishga Muso alayhissalomga va'da berishar edi.)","Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni ko`tarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qo`yib yuborurmiz», – der edilar.","Qachonki ustilaridagi azobni o`zlari yetib boradigan muddatga ko`tarsak, qarabsanki, qasamlarini buzib turibdilar.","Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlari va ulardan g`ofil bo`lganlari uchun ularni dengizga g`arq qildik.[1]###[1] (Alloh taolo vaqti-soati yetganida, qoyil maqom qilib intiqom oldi. Allohning oyatlarini rad etib, kofirlardan ibrat olmay, g`ofil bo`lganlari uchun suv qa'riga g`arq bo`lib, hammalari birdaniga halok bo`ldilar. Oyati karimada, dengizga g`arq qildik, deyiladi.)","Va xo`rlanib yurgan qavmni esa, o`zimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu mag`ribiga merosxo`r qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning go`zal so`zlari Bani Isroilga batamom bo`ldi. Fir'avn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik.[1]###[1] (Oyatdagi «xo`rlanib yurgan qavm»dan murod Bani Isroildir. Fir'avn va uning ahli Bani Isroil o`g`lonlarini o`ldirib, qizlarini cho`ri, o`zlarini xizmatkor qilib, mudom xo`rlashar edilar. Alloh taolo Fir'avn va uning qavmini ulkan jinoyatlari boisidan g`arq etib, halok qilganidan so`ng, «xo`rlanib yurgan qavm»ni O`zi barakali qilib qo`ygan yerning mashriq va mag`ribiga merosxo`r qilganini eslatmoqda. Endi ular xorlikdan qutulib, ozod va farovon turmush kechirish imkoniga ega bo`ldilar.)","Va Bani Isroilni dengizdan olib o`tdik. Bas, ular o`z sanamlariga berilib sig`inayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga o`xshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz.","Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi.[1]###[1] (Aslida, ularni Fir'avn va uning ahlining uzoq muddatli ezishidan, xo`rlashidan xalos etgan Allohga shukr aylab, yolg`iz Ungagina ibodat qilishlari kerak edi. Aslida, ularni dahshatli azob-uqubatlardan Allohning amri va yordami ila fidokorlik qilib qutqazib olib chiqqan payg`ambarlari Muso alayhissalomning maslahatisiz hech bir ish qilmasliklari lozim edi. Lekin ular bir zolim butparast qavmni yo`l-yo`lakay ko`rib qolib, ularga havas qilyaptilar.)","«Sizlarga Allohdan o`zgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi.[1]###[1] (Alloh taolo ularga payg`ambar yuborib, ilohiy kitob nozil qilsa, shariat berib, o`z zamonasidagi odamlardan afzal etib qo`ysa-yu, ular o`z payg`ambarlariga, bizga ham anavi qavmning xudolariga o`xshash xudo qilib ber, deb turishsa. Bu g`oyat darajada noshukrlik va o`taketgan shakkoklik edi.)","Sizlarni yomon azoblarga qo`yayotgan, o`g`illaringizni o`ldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulug` sinov bordir.","Va Muso bilan o`ttiz kechaga va'dalashdik. Keyin esa, uni o`n (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti to`liq qirq kecha bo`ldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening o`rnimni ol, yaxshi ish qil, buzg`unchilarning yo`liga ergashma», – dedi.","Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko`rsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech ko`ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni ko`rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo`minlarning avvalgisiman», – dedi.[1]###[1] (Bashar farzandi tarixidagi tengi va o`xshashi yo`q hodisa. Robb ila bandaning uchrashuvi. Butun olamlarni yaratgan Zot bilan o`sha olamlarning kichik bir zarrasining yuzlashuvi. Bu uchrashuv tafsilotini va qanday holda ro`y berganini Allohning O`zi biladi. Biz esa, Qur'onda zikr etilgani bilan kifoyalanamiz, xolos. Ehtimol ushbu uchrashuv kelajakdagi mashaqqatlarni yengib o`tish uchun Muso alayhissalomga quvvat va sabot manbai bo`lar. Ehtimol shuning uchun uchrashuvdan burun qirq kun hamma narsani tark etib, chilla o`tirib alohida hozirlik ko`rilgandir. Vaqti-soati yetib, uchrashuv o`z vaqtida, belgilangan joyda sodir bo`ldi. Bu uchrashuv arab lafzida «miyqot», ya'ni ismi zamon va ismi makon bo`lib, uchrashuv vaqti va zamoni ma'nosini bildiradi.)","«Ey Muso, men seni odamlar ichidan Payg`ambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan bo`l!» – dedi.","Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik.[1]###[1] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan «lavhlar» haqida tafsir ulamolari ko`plab ma'lumotlar keltirishgan, ko`plab bahs munozara qilishgan. Ammo keyingi davrdagi muhaqqiq tafsirchi olimlarimiz, ma'lumotlarning hammasi ham ishonchli manbalardan olinmaganligi uchun ular haqida tortishuvning hojati yo`q, degan xulosaga kelganlar. Biz uchun «lavhlar» nimadan iboratligi, qaysi moddadan bo`lgani, shakli yoki hajmi ahamiyatsiz, balki ularga yozilgan ma'nolar ahamiyatlidir, deydi mufassirlar.)","Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, to`g`rilik yo`lini ko`rsalar ham, uni o`zlariga yo`l tutmayotganlarni, agar adashuv yo`lini ko`rsalar, uni o`zlariga yo`l tutayotganlarni O`z oyatlarimdan buraman. Bunday bo`lishi ularning oyatlarimizni yolg`onga chiqarishlari va ulardan g`ofil bo`lishlari sababidandir.","Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.","Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (bo`lgan), bo`kiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan bo`ldilar.[1]###[1] (Ya'ni, Muso alayhissalomning qavmi bo`lmish Bani Isroil, u zot Robbining miyqotiga ketganlaridan so`ng, o`zlari bilan Misrdan olib chiqqan taqinchoqlardan yasalgan buzoq jasadi — haykalini o`zlariga xudo qilib oldilar. Bu taqinchoqlar Misr aholisi — qibtiylarning taqinchoqlari edi. Qavm ichidan Samuriy ismli odam o`sha taqinchoqlardan buzoq shaklini yasab, ustakorlik bilan undan xo`kizning bo`kirishiga monand ovoz chiqadigan holga keltirdi. Muso alayhissalom Bani Isroilga ma'lum o`ttiz kundan ortiq qolib ketganlaridan so`ng, Samuriy: «Muso miyqotiga ketgan Robbi shuning o`zi, u unutib qo`yib boshqa yoqlarda adashib yuribdi», dedi. Bani Isroil payg`ambarlari Musoning so`zlarini unutib, uning xalifasi Horunning ham gapiga kirmay, Samuriyning ig`vosi ila tilla taqinchoqlardan yasalgan allanechuk bo`kirguvchi buzoq haykaliga sig`inmoqqa yopirildilar.)","Qo`llari tushgan paytda va o`zlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va mag`firat etmasa, albatta, ziyonkorlardan bo`lamiz», – dedilar.","Qachonki Muso o`z qavmiga g`azablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa bo`ldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, o`ziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi.[1]###[1] (Darg`azab bo`lgan ukadan bu tasarrufni ko`rgan Horun alayhissalom uni bir oz hovridan tushirish uchun oralaridagi aka-ukalik hurmatini eslatib: «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi», dedilar.)","U: «Robbim, meni va akamni mag`firat qilgin va bizlarni O`z rahmatingga kiritgin. Sening O`zing rahim qilguvchilarning rahimlirog`isan», dedi.","Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan g`azab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolg`on to`quvchilarni mana shunday jazolarmiz.","Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan so`ng mag`firat qilguvchi va mehribon Zotdir.","Qachonki Musoning g`azabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qo`rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.[1]###[1] (Horunning gapidan keyin bir oz o`ziga kelib, Allohdan mag`firat so`rab, uning rahmatidan umidvorliklarini bildirganlaridan so`ng, Muso alayhissalomning g`azablari bosildi. Shunda yerga qo`ygan lavhlarni qo`llariga oldilar. Bu lavhlarda Alloh taolodan haqiqatda qo`rqadigan odamlar uchun katta hidoyat va ulkan rahmatlar borligi yozilgan edi.)","Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo`lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni mag`firat qil va rahim et. Sening O`zing mag`firat qiluvchilarning eng yaxshisisan.[1]###[1] (Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini O`z miyqotiga olib kelishni amr qilgan edi. Muso alayhissalom Bani Isroilning o`n ikki urug`idan, buzoqqa ibodat qilmagan yetmish kishini tanlab, Allohning miyqotiga olib bordilar. Ular esa Muso alayhissalomga, bizga Xudoning O`zini ko`rsat, deb turib oldilar. Hattoki ular orasidan tanlab olinganlarning qilmishi shu bo`ldi. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan so`ng, ularni dahshatli zilzila tutib, o`zlaridan ketdilar.)","Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo`y. Biz Sening O`zingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman.","Ular o`z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Payg`ambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qo`llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo`lgan nurga ergashganlar — ana o`shalar najot topguvchilardir», – dedi.[1]###[1] (Allohdan gunohlarini kechishini so`raganlaridan so`ng, u zot ikki dunyoning yaxshiligini ham so`radilar. Faqat oxiratninggina emas, bu dunyo va u dunyoning yaxshiliklarini so`radilar. Bu hammaga o`rnak bo`lishi kerak. Muso alayhissalom tanlab olingan yetmish nafar nomidan qilgan iltijolari oxirida «Biz senga tavba qildik», dedilar. Muhammad alayhissalotu vassalomning sifatlari haqiqiy Tavrot va haqiqiy Injilda yozilgan. Shunday bo`lishini Alloh taolo qadimda Muso alayhissalom bilan birga miyqotga kelgan Bani Isroilning yetmishta vakiliga ham aytgan. Keyinchalik shunday bo`ldi ham. Qanchadan-qancha ahli kitoblar yoki bu kitoblardan bo`lajak payg`ambarning sifatlari haqida ma'lumot olganlar Muhammad alayhissalotu vassalomni ko`rishlari bilan iymonga keldilar.)","Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki bo`lgan, Undan o`zga iloh yo`q bo`lgan va tiriltirib o`ldiradigan Allohning Payg`ambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt.[1]###[1] (Burungi payg`ambarlar o`z qavmlari va o`z zamonlariga, o`zlaridan so`ng yangi payg`ambar kelguncha bo`lgan davrga payg`ambar bo`lganlar. Ular insoniyat tarixining ma'lum bir davri uchun mas'ul bo`lganlar. Ammo Islom payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalom butun olam xalqlariga va qiyomatga qadar kechadigan zamonlarga payg`ambar bo`lib keldilar. U kishining shariatlari vaqt o`tishi bilan eskirib qolmaydi, balki barcha vaqt va makonga salohiyati bor shariatdir. Shuning uchun ham Muhammad alayhissalotu vassalomga butun insoniyatga qarata, men barchangizga payg`ambarman, deb aytish huquqi berilgan.)","Va Musoning qavmidan ba'zi jamoalar borki, haq ila hidoyat qilib, u ila adolat qilurlar.[1]###[1] (Ya'ni, Bani Isroil yoppasiga yomon bo`lmagan. Muso alayhissalom davrlarida ularning orasida ba'zi jamoalar haq so`zlar ila odamlarni hidoyatga boshlab, haq ila ularning safida adolat qilganlar. Keyinchalik Muhammad alayhissalotu vassalom payg`ambar bo`lib kelganlarida Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhuga o`xshash Bani Isroil ahli shunday qildilar.)","Ularni o`n ikki urug` — jamoaga bo`lib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan o`n ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar o`z suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilar edilar.[1]###[1] (Ma'lumki, Isroil laqabini olgan Ya'qub alayhissalomning o`n ikkita o`g`illari bor edi. Alloh ana o`sha o`n ikkita o`g`ildan tarqalgan farzandlarning har birini bir jamoa — qabila qilib qo`ydi. Sahroda suv bilan ta'minlashning ustiga, Bani Isroil boshida bulutni soyabon bo`lib suzib yuradigan qilib qo`ydi. Ular qayerga bormasinlar, boshlari uzra bulut soya solib turar edi. Taom sifatida osmondan mann (asalli halvo) va bedana go`shtini hozir qilib qo`ydi.)","Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.","Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan o`zga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik.[1]###[1] (Ulardan zulm qilganlari aytishlari lozim bo`lgan «Hittatun» degan iborani, «Hintatun», ya'ni «bug`doy» degan so`zga almashtirdilar va shaharga sajda qilgan hollarida emas, ortlari bilan surilib kirdilar. Ana shu itoatsizlik va zulmlari uchun Alloh taolo ularning ustidan azob tushirdi.)","Ulardan dengiz sohilida bo`lgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida so`ra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz.[1]###[1] (Oyatdagi bu xitob Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga qaratilgandir. Alloh ul zotga yahudiylardan ularning tarixida bo`lib o`tgan mashhur voqea haqida so`rashga amr qilmoqda. Bani Isroilning talablariga binoan haftaning shanba kuni ular uchun bayram, dam olish kuni qilib belgilandi. Bu kuni ularga ishlash va tirikchilikka urinish harom qilindi. Sohil bo`yidagi mazkur qishloqda yahudiylar uchun katta sinov bo`ldi. Shanba kuni baliqlar sohilga kelib ochiq-oydin ko`rinib, ko`zlarini o`ynatib yurar edi. Shanba kunidan boshqa kuni esa hech bir baliq ko`rinmasdi. Shunda Bani Isroildan ba'zilari chidab tura olmay man qilingan amrni buzdilar. Rivoyatlarda kelishicha, ular shanba kuni alohida to`siqlar tashlab, sohilga kelgan baliqlarni qaytib keta olmaydigan qilib qo`yishar va yakshanba kuni yig`ib olishar, shu bilan birga, biz Allohning amrini buzganimiz yo`q, shanba kuni dam oldik, ov qilganimiz yo`q, der edilar.)","Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar.[1]###[1] (Ya'ni, Alloh oldidagi burchimizni ado etdik. Oxirat kuni Alloh so`rab qolsa, uzr bo`lishi uchun ularga nasihat qildik va yana shoyadki nasihat ta'sir etib, taqvo qilib qolsalar, degan umidimiz bor edi, dedilar.)","Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.","Bas, ular o`zlari qaytarilgan narsadan qaytmay, takabburlik qilganlarida, ularga: «Xo`rlangan maymunlarga aylaning!» – dedik.[1]###[1] (Solih qavmlar va'z qilib qaytarsalar ham, ular qaytmadilar. Mutakabbirlik qildilar va ular «xo`rlangan maymunga» aylandilar. Chunki Alloh taoloning «Bo`l» degan amri bo`lmasdan qolmaydi. Ular oddiy maymun emas, «xo`rlangan maymun»ga aylandilar.)","Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni e'lon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir.","Va ularni yer yuzida jamoatlarga bo`lib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.","Bas, ulardan so`ng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir o`rinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning o`tkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar o`shanga o`xshash o`tkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni o`rganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?![1]###[1] (Aslida, Alloh gunohni bilmay qilib qo`yib, tavba-nadomat chekkan, qayta unga yaqinlashmaganlarnigina kechiradi. Ammo bilib turib gunoh qilgach, tavba qilmaydigan, o`zlaricha «bizni kechiriladi», deb hukm chiqarib, yana gunoh qilaveradiganlar Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahd-paymonini olgan emasmidilar?! Alloh Tavrotda Bani Isroilga buni ta'kidlab aytgan edi.)","Kitobni mahkam tutganlar va namozni to`kis ado etganlar bo`lsa, albatta, Biz ahli solihlarning ajrlarini zoye qilmasmiz.","Ularning ustiga tog`ni xuddi soyabondek ko`targanimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.","Robbing Bani Odamning umurtqa pog`onasidan, qiyomat kuni «bundan g`ofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o`zlariga o`zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh bo`ldik!» – deganlarini esla.[1]###[1] (Alloh taolo O`ziga ma'lum bo`lgan bir paytda, davri qiyomatgacha dunyoga keladigan barcha odamlarni otalarining sulbidan urug`liklarni chiqarib olgan va o`sha urug`liklarga «Robbingiz emasmanmi?!» deb savol bergan. Mazkur ilohiy savolga hamma zurriyotlar «Xuddi shunday», ya'ni albatta, sen Robbimizsan, «guvoh bo`ldik», deb javob berishgan. Shunga binoan inson urug`lik paytida, ya'ni ona qorniga o`tganda va inson bo`lib yaralganda, Allohning Robb ekanligini e'tirof etguvchi tabiat sohibi bo`ladi.)","Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.","Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.","Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan o`zini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, ig`voga uchganlardan bo`lgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber![1]###[1] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxs kim ekani xususida mo`'tabar tafsir kitoblarimizda ko`p sonli turli-tuman rivoyatlar bor. Shuning o`zi ham bu oyat muayyan bir shaxsga xos bo`lmay, balki ma'lum bir toifa odamlarga xos ekanini ko`rsatib turibdi. Oyati karimada «oyatlarimizni berganimizda», deyilishiga ko`ra, u odam diniy ilmdan ogoh ekani ko`rinib turibdi. Demak, u odamga Alloh taolo diniy ilmlarni egallashga imkon bergan, ammo u (Alloh) oyatlaridan o`zini olib qochgan, ya'ni ilmiga amal qilmagan. Shu tufayli, «uni shayton ergashtirib ketib, ig`voga uchganlardan bo`lgan».)","Agar xohlasak, uni o`sha(oyat)lar bilan ko`tarar edik. Lekin uning o`zi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o`xshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qo`ysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar.","Oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon bo`ldi! Ular o`zlariga zulm qiladilar.","Alloh kimni hidoyatga solsa, o`sha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, o`shalar o`zlari ziyon ko`ruvchilardir.","Batahqiq, jahannam uchun ko`plab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Ko`zlari bor-u, ko`ra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana o`shalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana o`shalar g`ofildirlar.","Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan og`adiganlarni tek qo`ying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar.[1]###[1] (Allohning barcha ismlari go`zaldir. Mo`min-musulmon banda Allohga duo qilganida, o`sha go`zal ismlar ila duo qilmog`i lozim. Imomi Buxoriy va imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom: «Allohning to`qson to`qqizta, bir kam yuzta ismi bordir. Kim ularni sanab chiqsa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko`radi», deganlar.)","Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.","Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz.[1]###[1] (Ya'ni, Alloh taolo kofir va munofiqlarni ohista-ohista o`zlariga bildirmagan holda halok qiladi. Dastavval ularning xohlagan yo`rig`iga yurishga imkon berib qo`yadi. Kofirlar bu holni o`zlarining tadbiri, aqli va urinishlariga yo`yib, zalolatda shiddatlayveradi. Oxir borib, halokatga duch keladi.)","Ularga muhlat berib qo`yaman. Albatta, Mening «makrim» metindir.","Ular o`z sohiblarida majnunlik yo`qligini tafakkur qilib ko`rmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.","Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan bo`lishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!","Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo`qdir. Ularni tek qo`yib qo`yadi, tug`yonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.","Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo`lishi haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O`zigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda og`ir ish bo`ladi. Sizlarga faqat to`satdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko`p odamlar bilmaslar», – deb ayt.[1]###[1] (Qiyomat Allohdan boshqa hech kim bilishi mumkin bo`lmagan hodisadir. Lekin mushriklar Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomni sinash, ul zotni xijolat qilish uchun, qiyomat qachon bo`ladi, deb so`roq qiladilar. Qiyomatning qachon bo`lish ilmi Allohning O`ziga xos ilmidir. Uni hech kimga, hatto Muhammad alayhissalotu vassalomga ham bildirmagan. U zot faqat qiyomatning qachon bo`lishinigina emas, boshqa g`ayb ilmlarini ham bilmaydilar. Bu bilmasliklari esa ayb emas.)","Sen: «O`zim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bo`lur. Agar g`aybni bilganimda, yaxshilikni ko`paytirib olgan bo`lar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.","U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) o`raganida yengil homilador bo`ldi. Bas, u bilan yurdi. U og`irlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lamiz», – deb duo qildilar.","Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir.[1]###[1] (Qur'oni Karim nozil bo`layotgan davrda odamlar o`z bolalarini ba'zi butlarga nazr qilardilar. Ularga shunday ma'nolarni aks ettiradigan ismlarni qo`yar edilar. Hozir ham shunga o`xshash hodisalar uchrab turadi. Bolaga turli maqsadlar asosida nom qo`yish yoxud faqat shu jihatlarga e'tibor berish, tarbiyasini ham ushbu holatga moslab qilish keng tarqalgan. Johil insonlar ahvollari og`ir paytlarda Allohga yolborganlari, bolamizni sog`-salomat qo`limizga olsak, Allohga shukr qilamiz, deb bergan ahdu paymonlarini unutib, boshqa turli-tuman shirk yo`lidagi orzu-havaslarga berilib ketadilar. Natijada Alloh bergan ne'mat — farzandda o`sha g`alat orzu havaslar kamol topishi uchun harakat qiladilar. Bu narsa Qur'oni Karimda shirk deb nomlanmoqda.)","Hech narsani yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan narsalarni shirk keltirurlarmi?[1]###[1] (Ota-onalar yoxud o`sha bolaning kamolotiga daxldor barcha kishilar Allohga sherik qiladigan narsalari nima bo`lishidan qat'iy nazar, hech narsani yarata olmaydilar. Balki ularning hammasi Allohning qudrat qo`li bilan yaratilgandirlar. Shunday ekan, qanday qilib ularni Allohga sherik kilish mumkin?)","Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda o`zlariga ham yordam bera olmaslar.[1]###[1] (Ya'ni, Allohga shirk qilib keltirilayotgan o`sha narsalari birovga yordam berish u yoqda tursin, hatto o`ziga ham yordam berishga qodir emas.)","Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni da'vat qilasizmi yoki jim turuvchi bo`lasizmi, siz uchun bari bir.","Albatta, siz Allohdan o`zga ibodat qilayotganlar o`zingizga o`xshash bandalardir. Agar rostgo`y bo`lsangiz, ularni chaqirib ko`ring, bas, sizga javob bersinlar-chi!","Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qo`llari bormiki, ushlasalar; yoki ko`zlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!","Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni do`st tutadir.","Undan o`zga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va o`zlariga ham yordam bera olmaslar.","Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek ko`rasan. Holbuki, ular ko`rmaslar», – deb ayt.","Kechirimli bo`l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o`gir.[1]###[1] (Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom bu sifatni muborak shaxslarida mujassam qilgan edilar. Ul zot haqidagi rivoyatlarda kishini hayron qoldirarli darajadagi holatlar zikr etilgan. Ul zotning sahobai kiromlari, haqiqiy mo`min-musulmonlar ham doimo oyati karimada ta'kidlanganidek bo`lishga, ana shu qoida asosida yashashga harakat qilganlar.)","Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so`ra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko`ruvchi Zotdir.[1]###[1] (Ya'ni, johillar bilan muomala qilish mushkul ish. Ulardan har narsani kutish mumkin. Mabodo o`shanday muomala chog`ida biror ko`ngilsizlik sodir bo`lib, shayton vasvasa qiladigan bo`lsa, qizishmasdan, darhol Allohdan panoh so`ra. U eng yaxshi eshitguvchi Zot, so`rovingga darhol javob beradi.)","Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko`ribsanki, ular (to`g`ri yo`lni) ko`ruvchi bo`lib turibdilar.[1]###[1] (Shaytondan biror bir sharpa (vasvasa, ig`vo va g`azab) yetishi jaholat, ko`rlik va nodonlikka boshlaydi. Allohning zikri esa, ilm-ma'rifat, ko`zi ochiqlik va oqillik manbaidir.)","Va u(shayton)larning birodarlari yo`ldan ozdirishda ularga madad berarlar, so`ngra bunda to`xtamaslar.","Va agar ularga mo`'jiza keltirmasang, «O`zing to`qib qo`yavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.","Qur'on tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.","Robbingni ertayu kech ichingda tazarru'-la, qo`rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g`ofillardan bo`lma.","Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.","Sendan o`ljalar haqida so`rarlar. Sen: «O`ljalar Alloh va Payg`ambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va o`z oralaringizni isloh etinglar. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilinglar», deb ayt.","Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina mo`minlardir.","Ular namozni to`kis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.","Ana o`shalar haqiqiy mo`minlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, mag`firat va karamli rizq bor.","Albatta, bu holat, mo`minlardan bir guruhi yoqtirmagan bo`lsalar ham, Robbing seni haq ila uyingdan chiqarganga o`xshaydi.[1]###[1] (Ya'ni, uyingdan Badrga urush qilish uchun chiqarganga o`xshaydi. Ushbu ikki ish — o`ljani bo`lish va g`azotga chiqishning bir-biriga o`xshashliklari bor. O`lja taqsimoti bir guruh mo`minlarga yoqmaganidek, urushga chiqish ham ba'zi bir mo`minlarga yoqmagan edi.)","Xuddi o`zlari ko`rib turgan hollarida o`limga haydalayotgandek, haq ayon bo`lgandan keyin ham sen bilan bahslashadilar.[1]###[1] (Haq ayon bo`lgandan keyin ham, ya'ni urush bo`lishi ayon bo`lib qolgandan keyin ham. Chunki Abu Sufyon karvonni boshqa tomonga burib, sohil bo`ylab o`tib ketganining va qurayshliklar askar tortib kelayotganining aniq xabari yetgan edi. Shunday bo`lsa ham, ba'zilar biz karvonni qasd qilib chiqqan edik, urushga tayyor emasmiz, deb sen bilan bahs qildilar. Agar urushga borsak, albatta, o`lamiz, deb o`yladilar.)","O`shanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki bo`lishini va'da qilgan edi. Sizlar shavkati yo`g`i sizlarniki bo`lishini suyar edingiz. Alloh esa, O`z kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.[1]###[1] (Ya'ni, Badr tomon yurgan vaqtingizda, ikki toifadan biri — yoki Abu Sufyonning karvoni yoki Quraysh lashkarlari sizniki bo`lishini Alloh va'da qilgan edi.)","Jinoyatchilar yoqtirmasalar ham, haqni haq, botilni botil qilish uchun shunday bo`lishini iroda qilgan edi.","O`shanda Robbingizdan madad so`raganingizda, sizni (so`rovingizni) ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – dedi.[1]###[1] (Alloh taolo mo`min bandalariga madad uchun farishtalarni yuborganligi haqida mavzularda eng ishonchli manba Qur'oni Karim va hadisi sharif bo`ladi. Ikrima va Ibn Abbos roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Payg`ambar alayhissalotu vassalom Badr kuni: Mana bu Jibroil otining boshidan tutib ustida urush anjomlari bilan kelmoqda, dedilar.)","Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam bo`lishi uchungina qildi. o`alaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.","O`shanda U sizni O`zidan omonlik qilib, mudroq ila o`ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog`lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi.[1]###[1] (Musulmonlarga ajoyib bir ruhiy holat paydo bo`ldi o`shanda. Hozirgina qo`rqib, xavsirab turgan odamlar bir mudroqdan keyin qalblari to`la sokinlik, o`zlari xotirjam, dushmandan zarracha qo`rqmaydigan holga keldilar. Mudroq bosish holati Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomda qanday kechgani Imomi Buxoriyning «Sahih»larida bunday rivoyat qilingan: «Badr urushi kuni Rasululloh alayhissalotu vassalom Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan kapada duo qilib turganlarida Rasululloh alayhissalotu vassalomni mudroq bosdi. U kishi kulib uyg`ondilar. «Suyunaver, ey Abu Bakr, Jabroil otda ikki tomonidan chang chiqarib kelmoqda», dedilar. So`ngra kapadan «Tezda bu jamoat yengiladi va orqaga qarab qochurlar», degan oyatni o`qib chiqdilar». Suvsizlikdan, shaytonning vasvasasidan yetgan zaiflikni ketkazish, sobitqadam qilish uchun Alloh taolo yomg`ir yog`dirdi.)","O`shanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qo`rqinch solaman. Bas, bo`yinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.","Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.","Mana shu sizniki, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga do`zax azobi bordir.","Ey, iymon keltirganlar, kufr keltirganlarga yaqinlashib, yuzma-yuz kelganingizda ularga orqa o`girmangiz.","Kimki o`sha kunda jang hunari ko`rsatib yoki boshqa guruhga qo`shilmoqchi bo`lgan holatdan tashqari, ularga orqa o`girib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan bo`lgan g`azab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.","Ularni siz o`ldirmadingiz, balki Alloh o`ldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va mo`minlarni go`zal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.[1]###[1] (Badr urushida Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom siqimlariga tuproq olib, mushriklar tomonga «Shahatil vujuh» (Yuzlar qaro bo`lsin!) deb otganlari rivoyatlarda sobit. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo bu haqda shunday rivoyat qiladilar: «Badr kuni Rasululloh alayhissalotu vassalom qo`llarini ko`tarib: «Ey bor Xudoyo, agar ushbu jamoa halok bo`lsa, Yer yuzida senga ibodat qiladigan odam qolmaydi...», deb duo qildilar. Jabroil kelib u kishiga: «Bir siqim tuproq olib, ularning yuziga qarab ot!» dedi. Bir siqim tuproq olib, ularga otdilar. Ko`ziga va og`zi-burniga tuproq kirmagan birorta ham mushrik qolmadi. Shundan keyin ortlariga qarab qocha boshladilar».)","Ana o`shalarning (sizga bo`lishi) Alloh, albatta, kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi bo`lganidandir.","Agar orani ochishni so`ragan bo`lsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar to`xtasangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha ko`p bo`lsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh mo`minlar bilan birgadir.","Ey, iymon keltirganlar, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz va eshitib turib, Undan yuz o`girib ketmangiz.","Va o`zlari eshitmasalar ham, «eshitdik» deganlar kabi bo`lmangiz.","Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov bo`lib, aql ishlatmaydiganlardir.","Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta yuz o`girib, burilib ketar edilar.[1]###[1] (Alloh taolo ulardan biror yaxshilik chiqishini bilganida edi, albatta, ularni eshitganidan foyda oladigan qilib qo`ygan bo`lardi. Ammo ularning tabiatlari buzuqligini, eshitsalar ham, yuz o`girib ketishlarini bilgani uchun ham Alloh bunday qilmadi.)","Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qo`yadi va, albatta, Uning huzurida to`planursiz.[1]###[1] («Hayot beradigan narsa» — iymon va Islomdir. Qur'oni Karim ta'biri bo`yicha, haqiqiy hayot iymon va Islomdir. Inson bularsiz o`likdir. Alloh inson bilan qalbining orasini ajratgandan keyin u o`zini o`nglay olmay qoladi. Inson o`z qalbiga molik bo`la olmay qolmaydi.)","Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o`zigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.","Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol bo`lib, odamlar sizni tutib olishidan qo`rqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, O`z nusrati ila qo`lladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]###[1] (Alloh taolo musulmonlarga juda qiyin paytlarida ham O`zi yordam berganini eslatmoqda. Islomiy da'vatning boshlanishida musulmonlar oz sonli, zaifhol edilar. Makkada qo`rqib bekinib yurardilar.)","Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Payg`ambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang.[1]###[1] (Allohga xiyonat — «La ilaha ilalloh», deb iymonga kelgan shaxsning ana o`sha «Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q» shioriga xilof qilishidir. Allohdan o`zganing yo`liga yurish, Alloh farz qilgan amallarni tark etish, qaytarganlaridan qaytmaslik va boshqa gunohlar Allohga xiynat qilish bo`ladi. Payg`ambarga xiyonat qilish esa, «Muhammadun Rasululloh»ga xilof qilishdir. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning shariatlariga yurmaslik, sunnatlariga amal qilmaslikdir. Kishilar orasida bo`ladigan muomalalarda omonatlar bor. Muomalalar shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqacha bo`lishi mumkin. Ularning hammasida ham birovga bir nima ishonib topshirilsa, omonat bo`ladi. Uni o`z o`rniga qo`ya olmaslik xiyonat hisoblanadi.)","Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan o`zga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulug` ajr bordir.[1]###[1] (Molu dunyo va farzandlar omonatga xiyonat qilishga sabab bo`lishi uchun emas, sinov uchun beriladi. Har bir insonda molu dunyoga, farzandga muhabbat bor. Bular ham Allohning ne'matlari.)","Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, mag`firat qiladi. Alloh ulug` fazl egasidir.","Kufr keltirganlar seni ushlash, o`ldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir.[1]###[1] (Ulamolarimiz Allohga «makkor» sifatini berishdan qaytarganlar. Shuning uchun ham Qur'on yoki hadisda Alloh taologa nisbatan «makr» lafzi ishlatilsa, uni bandalarga nisbatan qo`llanilgani kabi tushunmaslik kerak.)","Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar xohlasak, bunga o`xshashni o`zimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan o`zga narsa emas», – deydilar.","«Allohim! agar mana shu sening huzuringdan kelgan haq bo`lsa, ustimizga osmondan tosh yog`dirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.","Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istig`for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas.","Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan to`smoqdalar. Holbuki, Uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan o`zga hech kim emas. Lekin ko`plari bilmaslar.","Ularning Bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib ko`ring.[1]###[1] (Mushriklar Baytullohning valiy-mutasaddilari bo`lsa, ibodatlari hushtak va chapak chalishdan iborat bo`larmidi? Bu ishda na Baytullohga hurmat-ehtirom bor va na Allohga ibodat. Faqat ovoz chiqarish, to`s-to`polon qilish. Shuning uchun ham oyatning so`ngida ularga xitoban: «Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib ko`ring», deyilmoqda.) (Ya'ni, Badr urushidagi azobni tatib turing, qolganini qiyomatda olasiz.)","Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yo`lidan to`sish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflarlar-u, so`ngra, o`zlariga hasrat bo`ladir, keyin mag`lub bo`lurlar. Kufr keltirganlar jahannamga to`planurlar.[1]###[1] (Ushbu surai karima tafsiri muqaddimasida keltirilgan Badr urushi haqidagi rivoyatlarda Makka mushriklarining boylari musulmonlarga, Payg`ambar alayhissalotu vassalomga qarshi qanchalik molu mulk sarflaganliklarini ko`rib o`tdik. Kofirlar odamlarini Allohning yo`lidan qaytarish uchun undan keyin ham, hozir ham hisobsiz mablag`larini sarflamoqdalar. Ular o`zlaricha, bu xarajatlarni ezgulik yo`lida, savob uchun sarflayapmiz, deb o`ylaydilar. Ular xohlaganlaricha sarflayversinlar, lekin bir kuni kelib, xuddi shu sarflagan mollari o`zlariga hasrat-nadomat bo`lib qaytadi. Bunga Badr urushiga xarjlangan mollar misol bo`la oladi. Ming-minglab sarf qilsalar ham, maqsadlariga erisha olmay, mag`lub bo`ldilar. Oxiratda esa, jahannamda to`planadilar.)","Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana o`shalar ziyon ko`rguvchilardir.[1]###[1] (Alloh taolo kofirlarni u dunyoda jahannamga to`playdi, ularni pok — jannati mo`minlardan ajratib olish uchun, xuddi o`tinni taxlagandek, bir-birlarining ustiga taxlab turib, do`zaxga tashlash uchun to`playdi. Haqiqiy ziyon ko`ruvchilar ana shular bo`ladi.)","Kufr keltirganlarga ayt, agar to`xtasalar, o`tgan narsalar mag`firat qilinur va agar qaytadigan bo`lsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati o`tgan.","Va ular bilan to fitna bo`lmaguncha va dinning hammasi Allohga bo`lguncha urush qiling. Agar to`xtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini ko`rib turguvchi Zotdir.","Agar yuz o`girsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!"]