Sura 1
Fotiha
0
Ochuvchi
7 oyat |
Makka |
Sura 1 • Oyat 1 / 7 • Juz 11⁄8 • Sahifa 1
Fotiha
1
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ١
Sodiq
Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman.[1]
[1] Alloh taolo O`z kitobini «bismillah" bilan boshlagani musulmonlarga ham o`rnak, ular ham doim o`z so`zlarini va ishlarini «bismillah" bilan boshlamoqlari lozim. Payg`ambar alayhissalom hadislaridan birida «E'tiborli har bir ish «bismillah" bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir», deganlar. Ya'ni, barakasi bo`lmaydi, oxiriga yetmaydi.)
2
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٢
Sodiq
Hamd olamlarning Robbi — Allohgadir.[1]
[1] Olamlarni yaratgani uchun ham, ularning tarbiyachisi bo`lgani uchun ham, ulardagi barcha jonzotlarga hayot, rizqi ro`z bergani uchun ham Alloh barcha hamdu sanolarga sazovordir.)
3
ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ٣
Sodiq
U Rohman va Rohiymdir.[1]
[1] Barchaga-kofirga ham, mo`minga ham mehribon va ne'mat beruvchi. «Rohman" sifati faqat Allohga xos bo`lib, undan boshqa hech kimga nisbatan bu sifatni ishlatib bo`lmaydi. «Rahiym" sifati, xosroq bo`lib, faqat mo`minlarga qiyomat kuni rahm qiluvchi ma'nosini anglatadi va Allohdan o`zgalarga, jumladan, Payg`ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.)
4
مَٰلِكِ يَوْمِ ٱلدِّينِ٤
Sodiq
Jazo-mukofot kunining Egasidir.[1]
[1] "Din" so`zi arabchada hisob, jazo, mukofot ma'nolarini bildiradi. «Yavmid-din" — qiyomat kunida bandalar qayta tiriltirilib hisob-kitob qilinadi. Yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladi. Bu oyatni o`qiganda qiyomatni eslab, o`sha dahshatli kunda faqat Allohning o`zi hukm chiqarishini, o`sha yerda uyalib qolmaslikni eslab, unga tayyorgarlik ko`rishga ahd qilinadi.)
5
إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ٥
Sodiq
Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so`raymiz.[1]
[1] "Iyyaka na'budu" «faqat Sening aytganingni qilamiz" ma'nosini anglatadi. Bu esa, banda tarafidan Allohga berilgan ulkan va'da. Alloh taolo barchamizni ushbu va'daning ustidan chiqadiganlardan qilsin. «Iyyaka nasta'in" ham, faqat Allohdangina yordam so`rash ma'nosini anglatadi.)
6
ٱهْدِنَا ٱلصِّرَٰطَ ٱلْمُسْتَقِيمَ٦
Sodiq
Bizni to`g`ri yo`lga hidoyat qilgin.[1]
[1] "Hidoyatga boshlash" lug`atda biror narsaga lutf bilan yo`llab qo`yishga aytiladi.)
7
صِرَٰطَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ ٱلْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا ٱلضَّآلِّينَ٧
Sodiq
O`zing ne'mat berganlarning yo`liga. G`azabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas.[1]
[1] "Ne'mat berilganlar"dan murod — payg`ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalar. «G`azabga duchor bo`lganlar"dan murod — yahudiylar. Yahudiylarning g`azabga duchor bo`lishlarining sabablari ko`p, jumladan, anbiyolarni o`ldirishlari, Allohga bergan ahdlariga vafo qilmasliklari va hokazo. Lekin katta sabab — bilganiga amal qilmaslik. Alloh ularga ilm bergan, ular esa bila turib ilmga amal qilmaganlar. «Adashganlar"dan murod — nasroniylar. Nasorolarning «adashganlar" bo`lishi ham bir qancha sabablarga ko`radir. Eng asosiysi — ular maqsadga erishish yo`lida Alloh ko`rsatgan yo`lni emas, o`zlari topgan yo`lni tanlaganlar. Demak, oyatning ma'nosi Ey Alloh, bizni o`tgan anbiyo-yu avliyo, azizlarning yo`lidan boshlagin, yahudiy va nasroniylar yo`lidan boshlamagin, deganidir. Imomi Nasoiy mashhur sahobiy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo aytadi «Namozni o`zim bilan bandam orasida ikkiga bo`lganman, bandamga nima so`rasa, beraman. Agar u banda) «Alhamdu lillahi robbil 'alamiyn" desa, Alloh, bandam Menga hamd-shukr aytdi, deydi. Banda «ar-Rohmanir Rohiym», desa. Alloh «Bandam Menga sano-maqtov aytdi», deydi. Banda «Maliki yavmid-din», desa, Alloh «Bandam Meni ulug`ladi», deydi. Banda «Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'in», desa, Alloh «Bu Men bilan bandam orasidagi ahd, bandamga nima so`rasa, beraman», deydi. Agar banda «Ihdinas sirotal mustaqim, sirotol-laziyna an'amta 'alayhim g`oyril mag`zubi alayhim valazzoolliyn», desa, Alloh «Bu bandamga xos, bandamga so`raganini berdim», deydi.)