Sura 23
Mu'minun
i
Mo'minlar
118 oyat |
Makka |
Sura 23 • Oyat 1 / 118 • Juz 181⁄8 • Sahifa 342
Mu'minun
2
1
قَدْ أَفْلَحَ ٱلْمُؤْمِنُونَ١
Sodiq
Batahqiq, mo`minlar najot topdilar.
2
ٱلَّذِينَ هُمْ فِى صَلَاتِهِمْ خَٰشِعُونَ٢
Sodiq
Ular namozlarida xushu' qiluvchilardir.
3
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنِ ٱللَّغْوِ مُعْرِضُونَ٣
Sodiq
Ular behuda narsalardan yuz o`girguvchilardir.
4
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَوٰةِ فَٰعِلُونَ٤
Sodiq
Ular zakotni ado qilguvchilardir.
5
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَٰفِظُونَ٥
Sodiq
Ular farjlarini saqlovchilardir.
6
إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ٦
Sodiq
Magar o`z jufti halollari va qo`llarida mulk bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinguvchi emaslar.
7
فَمَنِ ٱبْتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْعَادُونَ٧
Sodiq
Kim ana shundan boshqani talab qilsa, bas, ana o`shalar tajovuzkorlardir.
8
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَٰنَٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ٨
Sodiq
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.
9
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَوَٰتِهِمْ يُحَافِظُونَ٩
Sodiq
Ular namozlarini muhofaza qilguvchilardir.
10
أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْوَٰرِثُونَ١٠
Sodiq
Ana o`shalar voris bo`lguvchilardir.
11
ٱلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ١١
Sodiq
Ular Firdavs (jannati)ni meros olurlar, ular unda abadiy qolguvchilardir.
12
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِن سُلَٰلَةٍ مِّن طِينٍ١٢
Sodiq
Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik.
13
ثُمَّ جَعَلْنَٰهُ نُطْفَةً فِى قَرَارٍ مَّكِينٍ١٣
Sodiq
So`ngra uni mustahkam qarorgohda nutfa qildik.
14
ثُمَّ خَلَقْنَا ٱلنُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا ٱلْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا ٱلْمُضْغَةَ عِظَٰمًا فَكَسَوْنَا ٱلْعِظَٰمَ لَحْمًا ثُمَّ أَنشَأْنَٰهُ خَلْقًا ءَاخَرَ ۚ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ أَحْسَنُ ٱلْخَٰلِقِينَ١٤
Sodiq
So`ngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan go`sht yaratdik, chaynalgan parcha go`shtdan suyak yaratdik, bas, suyakka go`sht qopladik, so`ngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir.
15
ثُمَّ إِنَّكُم بَعْدَ ذَٰلِكَ لَمَيِّتُونَ١٥
Sodiq
So`ngra, albatta, sizlar bundan keyin o`lguvchilardirsiz.
16
ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ تُبْعَثُونَ١٦
Sodiq
So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni qayta tiriltirilursiz.
17
وَلَقَدْ خَلَقْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعَ طَرَآئِقَ وَمَا كُنَّا عَنِ ٱلْخَلْقِ غَٰفِلِينَ١٧
Sodiq
Batahqiq, Biz ustingizda yetti yo`lni yaratdik. Biz maxluqotdan g`ofil bo`lgan emasmiz.[1]
[1] Ey odamlar, Biz ustingizga yetti tabaqa osmonni yaratib qo`yganmiz. Shunday jonsiz, mustahkam va cheksiz narsalarda nima bo`layotganini ham bilib turamiz.)
18
وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍ فَأَسْكَنَّٰهُ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَإِنَّا عَلَىٰ ذَهَابٍ بِهِۦ لَقَٰدِرُونَ١٨
Sodiq
Biz osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.[1]
[1] Osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerda qarorlashtirish ham Alloh taoloning ishidir. Kim kerakli miqdorda osmondan suv tushira oladi? Yerdagi hamma suv osmondan o`lchov bilan tushgandir. Ortiqcha ham emas, kam ham emas. Shuning o`zini ibrat nazari bilan o`ylagan odam iymonga kelishi kerak. Suvni keltirgan zot ketkaza olmasmidi? Alloh taolo suvni ketkazishiga dalil sifatida ba'zan ma'lum joylarni suvdan bebahra qilib qo`yadi. O`sha yerda qurg`oqchilik bo`lib, hamma narsa halokatga yuz tutadi. Ana shu qurg`oqchilik hodisalari ham Alloh taoloning qudratiga dalolat qiladi. Ular ham odamlarni iymonga chaqiradigan ibratli narsalardir.)
19
فَأَنشَأْنَا لَكُم بِهِۦ جَنَّٰتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَٰبٍ لَّكُمْ فِيهَا فَوَٰكِهُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ١٩
Sodiq
Va u (suv) ila siz uchun xurmo va uzum bog`lari paydo qildik, sizga u(bog`)larda ko`p mevalar bo`lib, ulardan yersizlar.
20
وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَآءَ تَنۢبُتُ بِٱلدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْـَٔاكِلِينَ٢٠
Sodiq
Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yog` va yeguvchilarga nonxurish ila o`sur.[1]
[1] Ya'ni, ham yog`, ham nonxurish sifatida ishlatiladigan, ko`proq Turi Siynoda o`sadigan zaytun ham ibratga sazovor daraxt sanaladi.)
21
وَإِنَّ لَكُمْ فِى ٱلْأَنْعَٰمِ لَعِبْرَةً ۖ نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِى بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ٢١
Sodiq
Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sug`orurmiz va siz uchun ularda ko`pgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.
22
وَعَلَيْهَا وَعَلَى ٱلْفُلْكِ تُحْمَلُونَ٢٢
Sodiq
Va ularga va kemalarga yuklanursiz.
23
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَقَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ٢٣
Sodiq
Batahqiq, Biz Nuhni qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o`zga hech bir iloh yo`qdir. Nahotki qo`rqmasangiz?!» dedi.
24
فَقَالَ ٱلْمَلَؤُاْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوْمِهِۦ مَا هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَٰٓئِكَةً مَّا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ٢٤
Sodiq
Bas, uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlari: «Bu, sizga o`xshash bashar, xolos, sizdan afzal bo`lib olmoqchi. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.
25
إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلُۢ بِهِۦ جِنَّةٌ فَتَرَبَّصُواْ بِهِۦ حَتَّىٰ حِينٍ٢٥
Sodiq
U faqat bir jinni odam, xolos. Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.
26
قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى بِمَا كَذَّبُونِ٢٦
Sodiq
U: «Ey Robbim, meni yolg`onchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.[1]
[1] Nuh alayhissalom haqiqiy nusrat qayerdaligini yaxshi bilganlari uchun darhol Allohga iltijo qilib, o`zlarini yolg`onchi sanaganlarga qarshi yordam so`radilar.)
27
فَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ أَنِ ٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا فَإِذَا جَآءَ أَمْرُنَا وَفَارَ ٱلتَّنُّورُ ۙ فَٱسْلُكْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ ٱلْقَوْلُ مِنْهُمْ ۖ وَلَا تُخَٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ ۖ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ٢٧
Sodiq
Bas, Biz unga: «Bizning ko`z o`ngimizda va vahiyimiz ila kema yasa. Bas, Bizning amrimiz kelib, tannur favvora bo`lganda, u(kema)ga har bir turdan bir juftdan va ahlingni chiqar, magar kimning ziddiga oldin so`zimiz o`tgan bo`lsa (chiqarma). Zulm qilganlar haqida Menga xitob qilma. Albatta, ular g`arq qilinguvchilardir.
28
فَإِذَا ٱسْتَوَيْتَ أَنتَ وَمَن مَّعَكَ عَلَى ٱلْفُلْكِ فَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى نَجَّىٰنَا مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٢٨
Sodiq
Bas, sen o`zing bilan birga bo`lganlar ila kemaga joylashib olgach: «Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar bo`lsin», degin.
29
وَقُل رَّبِّ أَنزِلْنِى مُنزَلًا مُّبَارَكًا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ٢٩
Sodiq
Va: «Ey Robbim, meni muborak manzilga tushirgin, Sen O`zing manzilga tushirguvchilarning eng yaxshisisan», degin», dedik.
30
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ وَإِن كُنَّا لَمُبْتَلِينَ٣٠
Sodiq
Albatta, bunda oyat-ibratlar bordir. Albatta, Biz sinovchi bo`lgan edik.
31
ثُمَّ أَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ٣١
Sodiq
So`ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik.[1]
[1] Ya'ni, Nuh va uning qavmidan keyin boshqa xalqlarni paydo qildik.)
32
فَأَرْسَلْنَا فِيهِمْ رَسُولًا مِّنْهُمْ أَنِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ٣٢
Sodiq
Bas, ularning ichiga o`zlaridan bo`lgan Payg`ambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o`zga iloh yo`qdir, nahotki, qo`rqmasangiz», deb yubordik.[1]
[1] E'tibor beradigan bo`lsak, bu payg`ambar ham Nuh alayhissalomning so`zlarining aynan o`zini takrorlamoqda. Allohdan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`qligini ta'riflamoqda va Allohga iymon keltirmay yurish qo`rqinchli ekanini uqtirmoqda.)
33
وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِلِقَآءِ ٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَتْرَفْنَٰهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا مَا هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يَأْكُلُ مِمَّا تَأْكُلُونَ مِنْهُ وَيَشْرَبُ مِمَّا تَشْرَبُونَ٣٣
Sodiq
Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga ro`baro` bo`lishini yolg`onga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maishatparast qilib qo`ygan zodagonlari: «Bu, sizga o`xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir.
34
وَلَئِنْ أَطَعْتُم بَشَرًا مِّثْلَكُمْ إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَٰسِرُونَ٣٤
Sodiq
Agar o`zingizga o`xshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.
35
أَيَعِدُكُمْ أَنَّكُمْ إِذَا مِتُّمْ وَكُنتُمْ تُرَابًا وَعِظَٰمًا أَنَّكُم مُّخْرَجُونَ٣٥
Sodiq
U sizga, o`lsangiz, tuproq va suyak bo`lsangiz ham, albatta, chiqarilguvchi bo`lishingizni va'da qilmoqdami?!
36
۞هَيْهَاتَ هَيْهَاتَ لِمَا تُوعَدُونَ٣٦
Sodiq
Hayhot! Hayhot! Sizga va'da qilingan narsa naqadar uzoq!
37
إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ٣٧
Sodiq
Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yo`qdir. O`lamiz, tirilamiz va biz qayta tirilguvchi emasmiz.
38
إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا وَمَا نَحْنُ لَهُۥ بِمُؤْمِنِينَ٣٨
Sodiq
U faqat Allohga nisbatan yolg`on uydirgan odam, xolos. Biz unga iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar.[1]
[1] Bu qavmning javobi ham mohiyatan Nuh qavmi javobining aynan o`zi. Bu safar ham qavm nomidan zodagonlari javob bermoqda.)
39
قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى بِمَا كَذَّبُونِ٣٩
Sodiq
U: «Ey Robbim, meni yolg`onchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.
40
قَالَ عَمَّا قَلِيلٍ لَّيُصْبِحُنَّ نَٰدِمِينَ٤٠
Sodiq
U zot: «Ozginadan so`ng ular nadomat chekuvchi bo`lurlar», dedi.[1]
[1] Ya'ni, Alloh taolo u Payg`ambar alayhissalomning duolarini qubul qildi. U zot alayhissalomga nusrat beradigan bo`ldi. Va sabr qil, ozgina vaqtdan so`ng u kofirlar pushaymon qiluvchi bo`ladilar, dedi.)
41
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ بِٱلْحَقِّ فَجَعَلْنَٰهُمْ غُثَآءً ۚ فَبُعْدًا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٤١
Sodiq
Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi. Bas, Biz ularni xasu cho`pga aylantirdik. Daf' bo`lsin zolim qavmlar!
42
ثُمَّ أَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قُرُونًا ءَاخَرِينَ٤٢
Sodiq
So`ngra ulardan keyin boshqa asr avlodlarini paydo qildik.[1]
[1] Ya'ni, qissasi keltirilgan o`sha qavmdan keyin boshqa turli qavmlarni dunyoga keltirdik.)
43
مَا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـٔۡخِرُونَ٤٣
Sodiq
Hech bir ummat o`z ajalidan oldin ham ketmas, ortda ham qolmas.
44
ثُمَّ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا تَتْرَا ۖ كُلَّ مَا جَآءَ أُمَّةً رَّسُولُهَا كَذَّبُوهُ ۚ فَأَتْبَعْنَا بَعْضَهُم بَعْضًا وَجَعَلْنَٰهُمْ أَحَادِيثَ ۚ فَبُعْدًا لِّقَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ٤٤
Sodiq
So`ngra Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga o`z Payg`ambari kelsa, uni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ham ularni ba'zilari ortidan ba'zilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu so`zga aylantirdik. Bas, daf' bo`lsin iymon keltirmaydigan qavmlar!
45
ثُمَّ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ وَأَخَاهُ هَٰرُونَ بِـَٔايَٰتِنَا وَسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ٤٥
Sodiq
So`ngra Biz Muso va birodari Horunni oyatlarimiz va ochiq hujjat ila.
46
إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِۦ فَٱسْتَكْبَرُواْ وَكَانُواْ قَوْمًا عَالِينَ٤٦
Sodiq
Fir'avn va uning a'yonlariga yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va o`zini yuqori qo`ygan qavm bo`ldilar.
47
فَقَالُوٓاْ أَنُؤْمِنُ لِبَشَرَيْنِ مِثْلِنَا وَقَوْمُهُمَا لَنَا عَٰبِدُونَ٤٧
Sodiq
Bas, ular: «O`zimizga o`xshagan ikki basharga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizga qullik qilguvchi bo`lib turibdi-ku?!» dedilar.[1]
[1] Ya'ni, qanday qilib o`zimizga o`xshagan, qo`limizda qul bo`lib turgan Bani Isroil qavmining ikki odamiga payg`ambar deb iymon keltiramiz, dedilar.)
48
فَكَذَّبُوهُمَا فَكَانُواْ مِنَ ٱلْمُهْلَكِينَ٤٨
Sodiq
Bas, ikkovlarini yolg`onchi qildilar va halok qilinganlardan bo`ldilar.
49
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ٤٩
Sodiq
Batahqiq, Biz, shoyadki, hidoyat topsalar deb, Musoga Kitobni bergan edik.
50
وَجَعَلْنَا ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥٓ ءَايَةً وَءَاوَيْنَٰهُمَآ إِلَىٰ رَبْوَةٍ ذَاتِ قَرَارٍ وَمَعِينٍ٥٠
Sodiq
Ibn Maryamni va uning onasini oyat-alomat qildik va ikkovlarini oqar suvli qarorgoh tepalikka joyladik.[1]
[1] Iyso ibn Maryam alayhissalomni va u kishining onalari Bibi Maryamni Alloh O`z qudratiga dalolat qiluvchi mo`'jiza-alomat o`laroq yubordi va Baytul Maqdis yeridan oqar suvi bor, bir tepalikka joyladi.)
51
يَٰٓأَيُّهَا ٱلرُّسُلُ كُلُواْ مِنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَٱعْمَلُواْ صَٰلِحًا ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ٥١
Sodiq
Ey Payg`ambarlar! Pok narsalardan yenglar va solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni o`ta bilguvchiman.
52
وَإِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱتَّقُونِ٥٢
Sodiq
Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling.[1]
[1] Ey payg`ambarlar, sizning diningiz Islomdir. Robbingiz bo`lgan Allohga taqvo qiling.)
53
فَتَقَطَّعُوٓاْ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ زُبُرًا ۖ كُلُّ حِزْبٍ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ٥٣
Sodiq
Bas, ular ishlarini o`z oralarida pora-pora qilib bo`lib yubordilar. Har firqa o`z huzurlaridagi narsa ila xursanddirlar.[1]
[1] Payg`ambarlar bir dinda bo`lgan edilar. Ammo ulardan keyingilar yagona dinni turli firqalarga parchalab yubordilar.)
54
فَذَرْهُمْ فِى غَمْرَتِهِمْ حَتَّىٰ حِينٍ٥٤
Sodiq
Bas, sen ularni g`aflatlarida bir muddat qo`yib qo`y.
55
أَيَحْسَبُونَ أَنَّمَا نُمِدُّهُم بِهِۦ مِن مَّالٍ وَبَنِينَ٥٥
Sodiq
Ular Bizning o`zlariga molu dunyo va farzandlar ila madad berayotganimizni.
56
نُسَارِعُ لَهُمْ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ بَل لَّا يَشْعُرُونَ٥٦
Sodiq
Ularga yaxshiliklarni tezlatishimiz, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Ular sezmaslar.
57
إِنَّ ٱلَّذِينَ هُم مِّنْ خَشْيَةِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ٥٧
Sodiq
Albatta, Robbilaridan qo`rqib xavfda turuvchilar.
58
وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ٥٨
Sodiq
Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.
59
وَٱلَّذِينَ هُم بِرَبِّهِمْ لَا يُشْرِكُونَ٥٩
Sodiq
Va Robbilariga shirk keltirmaydiganlar.
60
وَٱلَّذِينَ يُؤْتُونَ مَآ ءَاتَواْ وَّقُلُوبُهُمْ وَجِلَةٌ أَنَّهُمْ إِلَىٰ رَبِّهِمْ رَٰجِعُونَ٦٠
Sodiq
Va beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar.
61
أُوْلَٰٓئِكَ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَهُمْ لَهَا سَٰبِقُونَ٦١
Sodiq
Ana o`shalar yaxshiliklarga shoshilurlar va ular o`sha (yaxshilik)lar uchun musobaqa qilurlar.
62
وَلَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَلَدَيْنَا كِتَٰبٌ يَنطِقُ بِٱلْحَقِّ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ٦٢
Sodiq
Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz. Huzurimizda kitob bor. U haqni so`zlaydir. Ularga zulm qilinmas.
63
بَلْ قُلُوبُهُمْ فِى غَمْرَةٍ مِّنْ هَٰذَا وَلَهُمْ أَعْمَٰلٌ مِّن دُونِ ذَٰلِكَ هُمْ لَهَا عَٰمِلُونَ٦٣
Sodiq
Yo`q! Ularning qalblari bundan g`aflatdadir. Ularning bundan boshqa amallari bordir. Ular o`shalarni qilguvchilardir.
64
حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذْنَا مُتْرَفِيهِم بِٱلْعَذَابِ إِذَا هُمْ يَجْـَٔرُونَ٦٤
Sodiq
Toki ularning maishatparastlarini azob ila tutganimizda, birdan faryod solurlar.
65
لَا تَجْـَٔرُواْ ٱلْيَوْمَ ۖ إِنَّكُم مِّنَّا لَا تُنصَرُونَ٦٥
Sodiq
«Endi, bugun faryod solmang! Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.
66
قَدْ كَانَتْ ءَايَٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَكُنتُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَٰبِكُمْ تَنكِصُونَ٦٦
Sodiq
Batahqiq, Mening oyatlarim sizga tilovat qilinar edi. Siz esa, ortingizga qochar edingiz.
67
مُسْتَكْبِرِينَ بِهِۦ سَٰمِرًا تَهْجُرُونَ٦٧
Sodiq
U bilan kibrlanar, tungi suhbatingizda behuda so`zlar aytar edingiz», deymiz.
68
أَفَلَمْ يَدَّبَّرُواْ ٱلْقَوْلَ أَمْ جَآءَهُم مَّا لَمْ يَأْتِ ءَابَآءَهُمُ ٱلْأَوَّلِينَ٦٨
Sodiq
Nahotki ular bu so`zni tadabbur qilib ko`rmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?
69
أَمْ لَمْ يَعْرِفُواْ رَسُولَهُمْ فَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ٦٩
Sodiq
Yoki o`z Payg`ambarlarini tanimasdan ular unga inkor qilguvchi bo`lmoqdalarmi?
70
أَمْ يَقُولُونَ بِهِۦ جِنَّةُۢ ۚ بَلْ جَآءَهُم بِٱلْحَقِّ وَأَكْثَرُهُمْ لِلْحَقِّ كَٰرِهُونَ٧٠
Sodiq
Yoki, unda jinnilik bor, derlarmi? Yo`q! U ularga haq ila keldi. Ularning ko`plari esa, haqni yomon ko`rguvchidirlar.[1]
[1] Muhammad alayhissalotu vassalom ularga haq din ila keldi. Shuning uchun ular Islomdan yuz o`girmoqdalar. Ular haqni yomon ko`radilar.)
71
وَلَوِ ٱتَّبَعَ ٱلْحَقُّ أَهْوَآءَهُمْ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ۚ بَلْ أَتَيْنَٰهُم بِذِكْرِهِمْ فَهُمْ عَن ذِكْرِهِم مُّعْرِضُونَ٧١
Sodiq
Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yo`q! Biz ularga o`z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar.[1]
[1] Haq bitta, ya'ni Allohning dinidir. Hamma haqqa ergashmog`i lozim. Chunki haq bitta, odamlarning havoyi nafslari esa, cheksizdir. Inchunin, havoyi nafs ila haqiqatga erishib bo`lmaydi. Qachon havoyi nafsning ko`yiga tushilsa, fasodga uchraladi. Allohdan kelgan haq — Islom odamlarni yo`lga solishi kerak. Ammo odamlar u haqdan — Islomdan yuz o`girmoqdalar. Haqni — Islomni havoyi nafslariga ergashtirishni istaydilar. Biz keltirgan Qur'on — Islom — haq ular uchun sharafdir. Kim haqqa ergashsa, amal qilsa, shon-sharafga ega bo`ladi.)
72
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ خَرْجًا فَخَرَاجُ رَبِّكَ خَيْرٌ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ٧٢
Sodiq
Yoki sen ulardan xaroj so`rayapsanmi?! Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir. U zot eng yaxshi rizq berguvchidir.
73
وَإِنَّكَ لَتَدْعُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ٧٣
Sodiq
Albatta, sen ularni to`g`ri yo`lga chaqirasan.
74
وَإِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ عَنِ ٱلصِّرَٰطِ لَنَٰكِبُونَ٧٤
Sodiq
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlar bu yo`ldan ozguvchidirlar.
75
۞وَلَوْ رَحِمْنَٰهُمْ وَكَشَفْنَا مَا بِهِم مِّن ضُرٍّ لَّلَجُّواْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ٧٥
Sodiq
Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tug`yonlarida bardavom bo`lib, adashib-uloqib yuraveradilar.
76
وَلَقَدْ أَخَذْنَٰهُم بِٱلْعَذَابِ فَمَا ٱسْتَكَانُواْ لِرَبِّهِمْ وَمَا يَتَضَرَّعُونَ٧٦
Sodiq
Batahqiq, Biz ularni azob ila tutdik, bas, ular Robbilariga bo`yin ham egmadilar, tazarru' ham qilmadilar.
77
حَتَّىٰٓ إِذَا فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا ذَا عَذَابٍ شَدِيدٍ إِذَا هُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ٧٧
Sodiq
Toki qachon ularga shiddatli azob eshigini ochganimizda, to`satdan noumid bo`lguvchilardir.
78
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ٧٨
Sodiq
U zot sizga quloqni, ko`zlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!
79
وَهُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ٧٩
Sodiq
U zot sizlarni yer yuzida yaratib, taratgandir. Va Ungagina to`planursizlar.
80
وَهُوَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَلَهُ ٱخْتِلَٰفُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ٨٠
Sodiq
U zot tiriltirur va o`ldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz?
81
بَلْ قَالُواْ مِثْلَ مَا قَالَ ٱلْأَوَّلُونَ٨١
Sodiq
Yo`q! Ular avvalgilar aytgan narsaga o`xshash narsani aytdilar.
82
قَالُوٓاْ أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ٨٢
Sodiq
Ular: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lganimizdan keyin ham-a? Biz, albatta, qayta tiriltiriluvchimizmi-a?
83
لَقَدْ وُعِدْنَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا هَٰذَا مِن قَبْلُ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ٨٣
Sodiq
Batahqiq, bizga ham, bundan oldin ota-bobolarimizga ham bu va'da qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa narsa emas», dedilar.
84
قُل لِّمَنِ ٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهَآ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ٨٤
Sodiq
Sen: «Agar bilsangiz, yer va undagi kimsalar kimnikidir?» deb ayt.
85
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ٨٥
Sodiq
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki eslatma olmasangiz?!» degin.
86
قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلسَّبْعِ وَرَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ٨٦
Sodiq
Sen: «Etti osmonning Robbi kim? Ulug` arshning Robbi kim?» deb ayt.
87
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ٨٧
Sodiq
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki qo`rqmasangiz?!» deb ayt.
88
قُلْ مَنۢ بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ يُجِيرُ وَلَا يُجَارُ عَلَيْهِ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ٨٨
Sodiq
Sen: «Agar bilsangiz (ayting-chi), har bir narsaning mulki qo`lida bo`lgan, O`zi himoya qiladigan va Undan himoya qilinmaydigan zot kim?!» deb ayt.[1]
[1] Ya'ni, xohlagan kishisini O`z himoyasiga ola biladigan, boshqalar Undan himoyalana olmaydigan zot kim?)
89
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ فَأَنَّىٰ تُسْحَرُونَ٨٩
Sodiq
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt.[1]
[1] Agar o`sha narsalar Allohniki ekanini bilsangiz, nima uchun Allohga iymon keltirmayapsiz?! Kofir holingizda yuribsiz? Buni faqat sehrlangan odam qilishi mumkin, xolos. Siz qandoq ham sehrlangansiz-a?! Ushbu savollar mushriklarga, Allohga shirk keltiradiganlarga berilmoqda. Bunda Allohga turli-tuman but-sanamlarni shirk keltiradiganlar ham, ahli kitob bo`la turib, Allohga ba'zi shaxslarni shirk keltiradiganlar ham barobardirlar. Chunki ularning hammasi Allohdan boshqa hech bir zot biror narsani yarata olmasligini, biror narsaga molik bo`la olmasligini bilgani holda, Allohning vahdoniyatiga emas, shirkka qarab yuradilar. Ular bu ishni hujjat-dalil yo`qligidan qiladilarmi?)
90
بَلْ أَتَيْنَٰهُم بِٱلْحَقِّ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ٩٠
Sodiq
Yo`q! Biz ularga haqni keltirdik. Ular esa yolg`onchilardir.
91
مَا ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ مِن وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُۥ مِنْ إِلَٰهٍ ۚ إِذًا لَّذَهَبَ كُلُّ إِلَٰهٍ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ٩١
Sodiq
Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh bo`lmagan. Shundoq bo`lganida, har bir iloh o`zi yaratgan narsasi bilan ketib, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok bo`ldi.[1]
[1] Ya'ni, Allohdan boshqa yana iloh bo`lganida, u ham o`ziga biror narsalarni yaratgan bo`lar edi. Oqibatda har bir iloh o`zi yaratgan narsani o`zicha tasarruf qilaverib, dunyoning nizomi buzilar edi. Har bir iloh o`zinikini o`tkazaman deb urinishi natijasida oralarida nizo chiqar, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Dunyo nizomi buzilar edi. Bu aqida Allohdek zotga ayb, nuqsonni vasf qilishdir.)
92
عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ٩٢
Sodiq
U zot g`aybni va hozirni bilguvchidir. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan oliydir.[1]
[1] Alloh taolo hamma narsani — g`aybni ham, hozirni ham bilguvchi Zotdir. U zot mushriklar shirk keltirayotgan narsadan oliydir.)
93
قُل رَّبِّ إِمَّا تُرِيَنِّى مَا يُوعَدُونَ٩٣
Sodiq
Sen: «Ey Robbim, agar menga ularga va'da qilingan narsani ko`rsatadigan bo`lsang...
94
رَبِّ فَلَا تَجْعَلْنِى فِى ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٩٤
Sodiq
Ey Robbim, meni zolim qavmlar ichida qilmagin», deb ayt.
95
وَإِنَّا عَلَىٰٓ أَن نُّرِيَكَ مَا نَعِدُهُمْ لَقَٰدِرُونَ٩٥
Sodiq
Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsamizni senga ko`rsatishga qodirmiz.
96
ٱدْفَعْ بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ٱلسَّيِّئَةَ ۚ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَصِفُونَ٩٦
Sodiq
Sen esa, yomonlikni go`zal narsa ila daf' qil. Biz nima vasf qilayotganlarini yaxshi bilguvchimiz.
97
وَقُل رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَٰتِ ٱلشَّيَٰطِينِ٩٧
Sodiq
Sen: «Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so`rayman!
98
وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ٩٨
Sodiq
Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir bo`lishlaridan panoh so`rayman», deb ayt.
99
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ٱرْجِعُونِ٩٩
Sodiq
Toki ulardan biriga o`lim kelgan chog`da: «Ey Robbim, meni qaytargin.
100
لَعَلِّىٓ أَعْمَلُ صَٰلِحًا فِيمَا تَرَكْتُ ۚ كَلَّآ ۚ إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَآئِلُهَا ۖ وَمِن وَرَآئِهِم بَرْزَخٌ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ١٠٠
Sodiq
Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der. Yo`q! Albatta, bu (quruq) so`z bo`lib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha to`siq bordir.
101
فَإِذَا نُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَلَآ أَنسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍ وَلَا يَتَسَآءَلُونَ١٠١
Sodiq
Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar.[1]
[1] Ya'ni, qiyomatdan darak berguvchi surga puflangan paytda har kim o`zi bilan ovora bo`lib, odamlar orasida naslu nasab aloqalari qolmas. Balki hamma otasi, onasi, aka-ukasi, bola-chaqasidan qochadigan bo`lib qoladi.)
102
فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ١٠٢
Sodiq
Kimning mezonlari og`ir kelsa, bas, ana o`shalar o`zlari najot topguvchilardir.
103
وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ فِى جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ١٠٣
Sodiq
Kimning mezoni yengil kelsa, bas, ana o`shalar o`zlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda abadiy qolguvchi bo`libdilar.
104
تَلْفَحُ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ وَهُمْ فِيهَا كَٰلِحُونَ١٠٤
Sodiq
Yuzlarini olov kuydirur. Ular unda badbashara holda bo`lurlar.
105
أَلَمْ تَكُنْ ءَايَٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَكُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ١٠٥
Sodiq
Sizlarga oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, siz ularni yolg`onga chiqargan emasmidingiz?![1]
[1] Shunda ular o`z ayblariga iqror bo`ladilar.)
106
قَالُواْ رَبَّنَا غَلَبَتْ عَلَيْنَا شِقْوَتُنَا وَكُنَّا قَوْمًا ضَآلِّينَ١٠٦
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, badbaxtligimiz o`zimizdan ustun kelib, zalolatga ketgan qavm bo`lgan ekanmiz.
107
رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْهَا فَإِنْ عُدْنَا فَإِنَّا ظَٰلِمُونَ١٠٧
Sodiq
Ey Robbimiz, bizni bundan chiqargin, agar yana (eski holimizga) qaytsak, bas, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», derlar.
108
قَالَ ٱخْسَـُٔواْ فِيهَا وَلَا تُكَلِّمُونِ١٠٨
Sodiq
U zot: «U(er)da xor bo`lib qolavering va Menga gapirmang!
109
إِنَّهُۥ كَانَ فَرِيقٌ مِّنْ عِبَادِى يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ١٠٩
Sodiq
Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruhi: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik. Bizni mag`firat qilgin. Bizga rahim qilgin. Sening O`zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar.
Qur'oniy duolar
Oyat 23:109 110
فَٱتَّخَذْتُمُوهُمْ سِخْرِيًّا حَتَّىٰٓ أَنسَوْكُمْ ذِكْرِى وَكُنتُم مِّنْهُمْ تَضْحَكُونَ١١٠
Sodiq
Bas, siz ularni masxara qildingiz. Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi. Siz ulardan kular edingiz.
111
إِنِّى جَزَيْتُهُمُ ٱلْيَوْمَ بِمَا صَبَرُوٓاْ أَنَّهُمْ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ١١١
Sodiq
Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular o`zlari yutuqqa erishguvchilardir.
112
قَٰلَ كَمْ لَبِثْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ عَدَدَ سِنِينَ١١٢
Sodiq
U zot: «Er yuzida necha adad yil qoldingiz?» dedi.
113
قَالُواْ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ فَسْـَٔلِ ٱلْعَآدِّينَ١١٣
Sodiq
Ular: «Bir kun yoki kunning ba'zisicha qoldik. Hisoblovchilardan so`ra», dedilar.
114
قَٰلَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا ۖ لَّوْ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ١١٤
Sodiq
U zot: «Agar bilsangiz, juda oz qoldingiz, xolos», dedi.[1]
[1] Endi ko`radigan kuningizga nisbatan juda oz qoldingiz.)
115
أَفَحَسِبْتُمْ أَنَّمَا خَلَقْنَٰكُمْ عَبَثًا وَأَنَّكُمْ إِلَيْنَا لَا تُرْجَعُونَ١١٥
Sodiq
Nahotki, Bizning sizni yaratishimiz behuda bo`lgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?![1]
[1] Ey mushriklar, nahotki Biz sizni behudaga yaratgan bo`lsak? Nahotki siz oxiratda bizga qaytarilmasangiz?!)
116
فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْكَرِيمِ١١٦
Sodiq
Bas, haq podshoh Alloh yuksakdir. Hech bir iloh yo`q. Magar U — karamli arshning Robbi bor.
117
وَمَن يَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ لَا بُرْهَٰنَ لَهُۥ بِهِۦ فَإِنَّمَا حِسَابُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَٰفِرُونَ١١٧
Sodiq
Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yo`qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar.[1]
[1] Allohga boshqa ilohni sherik etganlar, hech bir dalil-hujjatsiz shirk keltirgan bo`ladilar. Undoq odamlar bilan Alloh taolo O`zi bilib hisob-kitob qiladi. Suraning avvalida mo`minlarning, albatta, najot topishlari aytilgan edi. Suraning oxirida esa, kofirlarning najot topmasliklari ta'kidlanmoqda. Va nihoyat, oxirgi oyatda Alloh taolodan rahmat va mag`firat so`rash tavsiya qilinmoqda.)
118
وَقُل رَّبِّ ٱغْفِرْ وَٱرْحَمْ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ١١٨
Sodiq
Sen: «Ey Robbim, mag`firat qil, rahim qil. O`zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», deb ayt.