Sura 4

Niso

6

Ayollar

176 oyat |MadinaMadina |
Sura 4 • Oyat 1 / 176 • Juz 47⁄8 • Sahifa 77
Niso
ﻉ62Juz 4 7⁄8 • Sahifa 7762ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَآءً ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِى تَسَآءَلُونَ بِهِۦ وَٱلْأَرْحَامَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا‮١‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko`plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo`rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so`rovda bo`ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qo`rqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir.
2
وَءَاتُواْ ٱلْيَتَٰمَىٰٓ أَمْوَٰلَهُمْ ​ۖ وَلَا تَتَبَدَّلُواْ ٱلْخَبِيثَ بِٱلطَّيِّبِ ​ۖ وَلَا تَأْكُلُوٓاْ أَمْوَٰلَهُمْ إِلَىٰٓ أَمْوَٰلِكُمْ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حُوبًا كَبِيرًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Va yetimlarga o`z mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini o`zingizning mollaringizga qo`shib yemang. Zero, bu katta gunoh bo`lur.
3
وَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تُقْسِطُواْ فِى ٱلْيَتَٰمَىٰ فَٱنكِحُواْ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثْنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَ ​ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تَعْدِلُواْ فَوَٰحِدَةً أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ​ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُواْ‮٣‬‬‬
Sodiq
Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo`rqsangiz, o`zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to`rttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo`rqsangiz, bittani (oling) yoki qo`lingizda mulk bo`lganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu, jabr qilmasligingizga yaqinroqdir.[1]

[1] Demak, oyatdagi «etimlar»dan murod yetim qizlar ekan. Yetim qizlarga ularni o`z kafolatiga — himoyasiga olgan kishi uylanmoqchi bo`lsa-yu, ammo bu ishda adolatsizlikka yo`l qo`yishdan qo`rqsa, o`sha yetim qizlarga uylanishni qo`ysinda, boshqa o`ziga yoqqan, nikohi halol bo`lgan ayollardan xohishiga qarab ikkitagami, uchtagami, to`rttagami uylansin. Agar xotinlar orasida adolat o`rnata olmaslikdan qo`rqsa, bittaga uylansin yoki cho`ri tutish bilan kifoyalansin.)
4
وَءَاتُواْ ٱلنِّسَآءَ صَدُقَٰتِهِنَّ نِحْلَةً ​ۚ فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَىْءٍ مِّنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيٓـًٔا مَّرِيٓـًٔا‮٤‬‬‬
Sodiq
Ayollarga mahrlarini ko`ngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin ko`ngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bo`lsin, ofiyat bo`lsin.
5
وَلَا تُؤْتُواْ ٱلسُّفَهَآءَ أَمْوَٰلَكُمُ ٱلَّتِى جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ قِيَٰمًا وَٱرْزُقُوهُمْ فِيهَا وَٱكْسُوهُمْ وَقُولُواْ لَهُمْ قَوْلًا مَّعْرُوفًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Alloh (hayotingizni) turg`izish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni o`sha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi so`zlar ayting.
6
وَٱبْتَلُواْ ٱلْيَتَٰمَىٰ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغُواْ ٱلنِّكَاحَ فَإِنْ ءَانَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًا فَٱدْفَعُوٓاْ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ ​ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَآ إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُواْ ​ۚ وَمَن كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ ​ۖ وَمَن كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ فَأَشْهِدُواْ عَلَيْهِمْ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبًا‮٦‬‬‬
Sodiq
Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o`z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo`lib qolishidan qo`rqib shoshilib yemang. Boy bo`lganlar iffatli bo`lsinlar. Kim kambag`al bo`lsa, to`g`rilik bilan yesin. Ularga o`z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning O`zi kifoya qilur.
7
لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنْهُ أَوْ كَثُرَ ​ۚ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bo`lsin, ko`p bo`lsin — farz qilingan nasibadir.
8
وَإِذَا حَضَرَ ٱلْقِسْمَةَ أُوْلُواْ ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينُ فَٱرْزُقُوهُم مِّنْهُ وَقُولُواْ لَهُمْ قَوْلًا مَّعْرُوفًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir bo`lsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar.[1]

[1] «Taqsimlash» — merosni bo`lish uchun haqdorlar yig`ilgan majlisdir. Demak, meros taqsimlash majlisida haqdorlardan boshqa qarindoshlar ham, shuningdek, yetimlar, kambag`al-miskinlar ham hozir bo`lishlari mumkin. Haqdorlar merosdan nasibalarini olishsa-yu, qolganlarga hech narsa tegmay qolsa, o`ksishlari, ko`ngillari sinishi ehtimoli bor. Shunday noqulay holatni o`rtadan ko`tarish uchun, oyatning hukmiga ko`ra, merosxo`rlar biror narsani ajratib, haligi kishilarga berib, ularni ham sevintirishlari lozim.)
9
وَلْيَخْشَ ٱلَّذِينَ لَوْ تَرَكُواْ مِنْ خَلْفِهِمْ ذُرِّيَّةً ضِعَٰفًا خَافُواْ عَلَيْهِمْ فَلْيَتَّقُواْ ٱللَّهَ وَلْيَقُولُواْ قَوْلًا سَدِيدًا‮٩‬‬‬
Sodiq
O`zlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qo`rqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qo`rqsinlar. Bas, Allohdan qo`rqsinlar va to`g`ri so`z aytsinlar.[1]

[1] Otasi o`lib yetim qolgan bolalarni otaliqqa olgan odam o`sha yetim bolalarning o`rniga o`z bolalarini qo`yib tasavvur qilsin. Go`yo uning o`zi vafot etib, ortida zaifhol bolalari qolganini o`ylaganda qanday qo`rqsa, qo`lidagi yetim bolalarga ham shunday nazar bilan qarasin, degan ma'no chiqadi. Bunda yetimlarni otaliqqa olgan kishida otalik mehrini qo`zish bilan yetimlarga bo`lgan rahm-shafqatini ziyoda qilinmoqda.)
10
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلْيَتَٰمَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ نَارًا ​ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan bo`lurlar. Va, shubhasiz, do`zaxga kirurlar.
11
يُوصِيكُمُ ٱللَّهُ فِىٓ أَوْلَٰدِكُمْ ​ۖ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ​ۚ فَإِن كُنَّ نِسَآءً فَوْقَ ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ ​ۖ وَإِن كَانَتْ وَٰحِدَةً فَلَهَا ٱلنِّصْفُ ​ۚ وَلِأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَٰحِدٍ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُۥ وَلَدٌ ​ۚ فَإِن لَّمْ يَكُن لَّهُۥ وَلَدٌ وَوَرِثَهُۥٓ أَبَوَاهُ فَلِأُمِّهِ ٱلثُّلُثُ ​ۚ فَإِن كَانَ لَهُۥٓ إِخْوَةٌ فَلِأُمِّهِ ٱلسُّدُسُ ​ۚ مِن​ۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِى بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ​ۗ ءَابَآؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ لَا تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعًا ​ۚ فَرِيضَةً مِّنَ ٱللَّهِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o`g`ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan ko`p (ayol) bo`lsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta bo`lsa, unga yarmi. Agar u(mayyit)ning bolasi bo`lsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi bo`lmasa va ota-onasi merosxo`r bo`lsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari bo`lsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan so`ng. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu, Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Al-Avfiy Ibn Abbosdan quyidagilarni rivoyat qiladi «Alloh taolo o`g`il va qizlarga ota-onalarga meros bobida farz qilgan hukmlar haqida oyatlar tushirganda ba'zi odamlarga yoqmadi. Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga kelib «Ey Allohning Rasuli! Qiz bolaga otasining merosidan yarmi beriladimi? Axir, u ot minib, dushmanga qarshi urushmaydi-ku! Qo`lidan hech narsa kelmaydigan go`dakka ham meros beriladimi?» deyishdi. Ularning bu tutimlariga javoban Alloh taolo «Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o`g`ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr qiladi», deb boshlanuvchi oyati karimani nozil qildi.)
12
۞وَلَكُمْ نِصْفُ مَا تَرَكَ أَزْوَٰجُكُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدٌ ​ۚ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدٌ فَلَكُمُ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْنَ ​ۚ مِن​ۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِينَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ​ۚ وَلَهُنَّ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْتُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّكُمْ وَلَدٌ ​ۚ فَإِن كَانَ لَكُمْ وَلَدٌ فَلَهُنَّ ٱلثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُم ​ۚ مِّن​ۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ تُوصُونَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ​ۗ وَإِن كَانَ رَجُلٌ يُورَثُ كَلَٰلَةً أَوِ ٱمْرَأَةٌ وَلَهُۥٓ أَخٌ أَوْ أُخْتٌ فَلِكُلِّ وَٰحِدٍ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ ​ۚ فَإِن كَانُوٓاْ أَكْثَرَ مِن ذَٰلِكَ فَهُمْ شُرَكَآءُ فِى ٱلثُّلُثِ ​ۚ مِن​ۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصَىٰ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ غَيْرَ مُضَآرٍّ ​ۚ وَصِيَّةً مِّنَ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَلِيمٌ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning — agar ularning bolasi bo`lmasa — yarmi tegadi. Agar ularning bolasi bo`lsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan so`ng. Ularga siz qoldirgan narsaning — agar bolangiz bo`lmasa — choragi tegadi. Agar bolangiz bo`lsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan so`ng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi bo`lsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan ko`p bo`lsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan so`ng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda Haliym Zotdir.[1]

[1] Agar befarzand er o`lib, ortidan xotini qolsa, merosning choragini oladi. Ammo o`lgan erning o`g`ilmi, qizmi, o`zmi-o`gaymi, ya'ni boshqa xotinidanmi, ko`pmi, ozmi farzandi bo`lsa, xotinga merosning sakkizdan biri tegadi. Bu ham vasiyatni yoki olingan qarzni ado etgandan keyin bo`ladigan taqsim. Merosxo`r xotin bitta bo`lsa, mazkur chorak yoki sakkizdan bir ulushni o`zi oladi. Agar ikkita, uchta yoki to`rtta bo`lsalar, o`sha chorak yoki sakkizdan birda sherik bo`ladilar. Oyati karimadagi «Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa», jumlasini, xususan, «kalola» so`zini bir oz sharhlashga to`g`ri keladi. Bu haqda ulamolarimiz ham ancha bahs yuritganlar. Bizning tilimizda «kalola» so`zining ma'nosini aynan ifoda etadigan ibora yo`q. Shuningdek, arab tilida ham bu so`zning murodifi yo`q. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan odamlar «kalola» haqida so`rashganida «U to`g`risida o`z fikrimni aytaman, to`g`ri bo`lsa, Allohdan, xato bo`lsa, mendan va shaytondan, ya'ni Allohning va Uning Rasulining bunga aloqalari yo`q. Kalola — zurriyoti va ajdodi yo`q odamdir», dedilar. Ya'ni, o`lgan paytida bola-chaqasi, nabira-chevaralari ham, ota-onasi, bobo-momosi ham yo`q bo`lgan odam, demakdir. Hazrati Umar roziyallohu anhu ham o`z xalifalik vaqtlarida «Abu Bakrning fikriga xilof qilishdan uyalaman», deganlar. To`rt mahzab sohiblari ham, avval o`tgan, keyin kelgan ulamolar ham shu fikrga qo`shilganlar.)
13
تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ​ۚ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, U Zot uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.
14
وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُۥ يُدْخِلْهُ نَارًا خَٰلِدًا فِيهَا وَلَهُۥ عَذَابٌ مُّهِينٌ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun do`zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir.[1]

[1] Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan bo`ladi. Allohga bo`ysunib, u ko`rsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda, dindorlikda yashash demakdir. Allohning itoatidan chiqib, boshqaga itoat qilish, uning dasturini qo`yib, boshqaning dasturiga amal qilish shirk, kufr va jahannamdir.)
ﻉ64Sahifa 8064ﻉ
15
وَٱلَّٰتِى يَأْتِينَ ٱلْفَٰحِشَةَ مِن نِّسَآئِكُمْ فَٱسْتَشْهِدُواْ عَلَيْهِنَّ أَرْبَعَةً مِّنكُمْ ​ۖ فَإِن شَهِدُواْ فَأَمْسِكُوهُنَّ فِى ٱلْبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّىٰهُنَّ ٱلْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ ٱللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga o`zlaringizdan to`rtta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to o`lim yetguncha yoki Alloh bir yo`l ko`rsatguncha uylarida tutib turing.[1]

[1] Islomdan avval boshqa razolatlar qatori fohishabozlik ham keng tarqalgan edi. Zinokorlik ayb emas, faxr hisoblanar edi. O`zlariga bahona topib, zinoga turli yo`llar ochgan edilar. Alloh taolo jamiyatning bu dardiga ham o`ziga xos davo qo`lladi. Avval-boshda bu borada biz o`rganayotgan ushbu oyatni tushirdi. Musulmonlarni bu razolatdan uzoqlashishga va kim bu mazkur fohishaga qo`l ursa, unga nisbatan kerakli choralar ko`rishni amr qildi.)
16
وَٱلَّذَانِ يَأْتِيَٰنِهَا مِنكُمْ فَـَٔاذُوهُمَا ​ۖ فَإِن تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُواْ عَنْهُمَآ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ تَوَّابًا رَّحِيمًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
Sizlardan o`sha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo`ying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.[1]

[1] Bu oyatdagi fohisha ishdan ko`zda tutilgan narsa bachabozlikdir. Bu razolat ham keng tarqalgan jinoyatlardan bo`lgan. «Ozor beringlar» degani — so`kish, ayblash, qo`lga tushgan narsalar bilan urish, deganidir va bular vaqtinchalik chora hisoblangan. Ishonchli hadis kitoblarining sohiblari Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz alayhissalom «Kimning Lut qavmi amalini qilayotganini ko`rsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham o`ldiring», deganlar. Ammo ushbu oyatda ko`rsatilgan vaqtinchalik chora bo`yicha ozor bergandan so`ng ular «Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo`ying».)
17
إِنَّمَا ٱلتَّوْبَةُ عَلَى ٱللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا‮١٧‬‬‬
Sodiq
Jaholat-la yomonlik qilib qo`yib, so`ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o`shalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
18
وَلَيْسَتِ ٱلتَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ حَتَّىٰٓ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ إِنِّى تُبْتُ ٱلْـَٰٔنَ وَلَا ٱلَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o`lim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida o`lganlarga tavba yo`q. Ana o`shalarga alamli azoblarni tayyorlab qo`yganmiz.
19
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَرِثُواْ ٱلنِّسَآءَ كَرْهًا ​ۖ وَلَا تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُواْ بِبَعْضِ مَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَٰحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ ​ۚ وَعَاشِرُوهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۚ فَإِن كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَىٰٓ أَن تَكْرَهُواْ شَيْـًٔا وَيَجْعَلَ ٱللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning ba'zisini olish uchun ularni zo`rlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko`pgina yaxshiliklarni qilsa.[1]

[1] Ushbu oyat Islomdan oldingi davrda ayol kishiga zulm va jabr shaklida joriy qilingan ba'zi odatlarni botil etmoqda. Jumladan, johiliy arablarning odati bo`yicha, erkak kishi vafot etsa, uning xotini ham boshqa molu mulki qatori qarindoshlariga meros bo`lib qolar edi. U bechora ayolni zo`rlik-la merosga olishar edi. Xohlasa, birontasi unga mahr bermay uylanar yoki boshqa birovga erga berib, mahrini o`zlari olishar yoki umuman u sho`rlikni erga berishmas, o`zlari ham uylanishmas, behuda ushlab turishar edi. Ushbu oyatda Alloh taolo mo`min-musulmon bandalariga xitob qilib, bunday ishlar yaramasligini bayon qilmoqda. Va ayollarga nisbatan bo`lgan zulm va jabr-sitamni ko`tarmoqda.)
20
وَإِنْ أَرَدتُّمُ ٱسْتِبْدَالَ زَوْجٍ مَّكَانَ زَوْجٍ وَءَاتَيْتُمْ إِحْدَىٰهُنَّ قِنطَارًا فَلَا تَأْخُذُواْ مِنْهُ شَيْـًٔا ​ۚ أَتَأْخُذُونَهُۥ بُهْتَٰنًا وَإِثْمًا مُّبِينًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va agar xotin o`rniga boshqa xotin olmoqchi bo`lsangiz va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan bo`lsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni bo`hton va katta gunoh holida olaverasizmi?
21
وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُۥ وَقَدْ أَفْضَىٰ بَعْضُكُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ وَأَخَذْنَ مِنكُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovushdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?![1]

[1] Oyati karimadagi, «... ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!» jumlasidagi «ahdu paymon»ning ma'nosi haqida Sufyon as-Savriy «Yaxshilik ila tutib turish yoki yaxshilik bilan ajrashish haqidagi ahd», deganlar. Robe' ibn Anas esa «Bu Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning «Siz ularni Allohning omonati ila oldingiz va farjlarini Allohning kalimasi ila o`zingizga halol etdingiz», degan hadislaridan iboratdir», degan.)
22
وَلَا تَنكِحُواْ مَا نَكَحَ ءَابَآؤُكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةً وَمَقْتًا وَسَآءَ سَبِيلًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Otalaringiz o`z nikohlariga olgan ayollarni siz o`z nikohingizga olmang! Avval o`tgan bo`lsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, g`azabnok ish va qanday ham yomon yo`ldir![1]

[1] Johiliyat davrida o`gay onaga uylanish odati bor edi. Bu ko`pincha «azl»ga — ayollarni zulm ila behuda tutib turishga ham sabab bo`lar edi. Chunki aksar paytda bolaning katta bo`lib voyaga yetishini, so`ngra otasining xotiniga — o`gay onasiga uylanishini kutishga to`g`ri kelar edi. Agar o`g`li otasi o`lgan paytda voyaga yetgan bo`lsa, o`gay onasi unga meros tariqasida xotin bo`lib qolar edi. Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, bu ishni harom etdi.)
23
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَٰتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَٰتُكُمْ وَعَمَّٰتُكُمْ وَخَٰلَٰتُكُمْ وَبَنَاتُ ٱلْأَخِ وَبَنَاتُ ٱلْأُخْتِ وَأُمَّهَٰتُكُمُ ٱلَّٰتِىٓ أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَٰتُكُم مِّنَ ٱلرَّضَٰعَةِ وَأُمَّهَٰتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَٰٓئِبُكُمُ ٱلَّٰتِى فِى حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ ٱلَّٰتِى دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلَٰٓئِلُ أَبْنَآئِكُمُ ٱلَّذِينَ مِنْ أَصْلَٰبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ ٱلْأُخْتَيْنِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o`zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog`ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo`lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo`q. Va pushtingizdan bo`lgan o`g`illaringizning xotinlari, opa-singilni qo`shib olmog`ingiz harom qilindi. Magar avval o`tgan bo`lsa, mayli. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.[1]

[1] Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib o`tildi. Albatta, bu aloqani to`g`ri holda o`rnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi bo`lgan inson o`ziga mos juft tanlamog`i zarur. Tanlash jarayonida e'tibor berish farz bo`lgan shart — xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi tanlovchi erkakka halol bo`lishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va payg`ambarlarimizning hadislarida bayon qilingan.)
24
۞ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ​ۖ كِتَٰبَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ​ۚ وَأُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَآءَ ذَٰلِكُمْ أَن تَبْتَغُواْ بِأَمْوَٰلِكُم مُّحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَٰفِحِينَ ​ۚ فَمَا ٱسْتَمْتَعْتُم بِهِۦ مِنْهُنَّ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةً ​ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَٰضَيْتُم بِهِۦ مِن​ۢ بَعْدِ ٱلْفَرِيضَةِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Qo`lingizga mulk bo`lib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana o`shalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmog`ingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin o`zaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Bu oyati karimaning avvalida nikohi harom qilingan ayollarning zikri davom etmoqda. Ularning oxirgi toifasi o`laroq erli ayollar keltirildi. Demak, eri bor ayolga uylanish harom. Eri o`lib yoki eridan ajrashib idda o`tirgan ayollar ham, to idda muddati orasida erlik ayollar qatoriga kiradi. Bularning nikohi ham vaqtincha haromdir. Oyatda erli ayollardan «qo`lingizga mulk bo`lib tushganlar» istisno qilinmoqda. Ya'ni, urushda dushman tomondan musulmonlar qo`liga tushgan ayollar, erlari bo`lsa ham, hayz ko`rganlaridan keyin ularga molik bo`lgan musulmonlarga halol bo`laveradi.)
25
وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلًا أَن يَنكِحَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ فَمِن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُم مِّن فَتَيَٰتِكُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ ​ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَٰنِكُم ​ۚ بَعْضُكُم مِّن​ۢ بَعْضٍ ​ۚ فَٱنكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَءَاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ مُحْصَنَٰتٍ غَيْرَ مُسَٰفِحَٰتٍ وَلَا مُتَّخِذَٰتِ أَخْدَانٍ ​ۚ فَإِذَآ أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَٰحِشَةٍ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى ٱلْمُحْصَنَٰتِ مِنَ ٱلْعَذَابِ ​ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ ٱلْعَنَتَ مِنكُمْ ​ۚ وَأَن تَصْبِرُواْ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Sizlardan kim hur mo`minalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qo`lingizda mulk bo`lgan mo`mina qizlaringizdan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi Zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va o`ynash tutmagan bo`lsinlar. Erga tekkanlaridan so`ng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qo`rqqanlar uchundir. Sabr qilmog`ingiz siz uchun yaxshidir. Alloh mag`firatli va rahimlidir.[1]

[1] Biz tushunarli bo`lishi uchun «kanizak» deb atayotgan so`z o`rnida Qur'oni Karim «mo`mina qizlaringizdan» degan iborani ishlatgan. Bu bilan ularning sha'ni ko`tarilmoqda, ular ham Islom nazarida boshqalardan farq qilmasliklarini ta'kidlanmoqda. Ma'lumki, erli hur ayolning zinosi isbotlansa, o`lguncha toshbo`ron qilinadi. Oila qurmagan hur ayol zino qilsa, yuz darra uriladi. Ushbu oyatda, hur ayollarga beriladigan azobning yarmi haqida so`z ketmoqda. Ochiq ko`rinib turibdiki, bu yerda nazarda tutilgan azob darra urishdir. Demak, erli cho`rining zinosi sobit bo`lsa, unga ellik darra uriladi. Ularning cho`rilik holatidan kelib chiqib shunday hukm joriy qilingan. Albatta, ular hur ayollar kabi qulayliklarga ega emaslar. Turmush jarayonida turli holatlarni boshdan o`tkazishlari mumkin. Shular e'tiboridan ularga nisbatan toshbo`ron jazosi bekor qilingan va darra urish yuztadan elliktaga tushirilgan. Bu hol Islomning insonparvarligining bir ko`rinishidir. Boshqa tuzumlarda kiborlarga jazo bekor qilinib, bechoralarga kuchaytirilishi hammaga ma'lum.)
26
يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yo`liga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
27
وَٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَيُرِيدُ ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلشَّهَوَٰتِ أَن تَمِيلُواْ مَيْلًا عَظِيمًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan og`ishga moyil bo`lishingizni xohlaydir.
28
يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمْ ​ۚ وَخُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ ضَعِيفًا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Alloh sizdan yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir.[1]

[1] Yaratuvchining O`zi, zaif yaratilgan, deb turgandan keyin, shu zaif insonga yo`l ko`rsatishda Alloh taolo og`irlikni xohlarmidi? Yo`q, U yengillikni xohlaydi.)
29
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَأْكُلُوٓاْ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِلِ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً عَن تَرَاضٍ مِّنكُمْ ​ۚ وَلَا تَقْتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Magar o`zaro rozilik ila tijorat bo`lsa, mayli. O`zingizni o`zingiz o`ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir.
30
وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ عُدْوَٰنًا وَظُلْمًا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًا ​ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Kim o`shani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni do`zaxga kiriturmiz. Bu esa, Allohga osondir.[1]

[1] Oyatdagi «o`shani» bir-birining molini botil yo`l ila yeb, o`zini-o`zi halokatga duchor qilishga ishoradir. Demak, kim mazkur ishni tajovuzkorlik ya'ni, haromligini bilib turib) va zulm ila ya'ni, qilishdan tap tortmay) qilsa, oxiratda do`zaxga kiritiladi. Ya'ni, botil yo`l bilan mol yeganlarni do`zaxga kiritish Alloh uchun osondir, hech kim qochib, hiyla qilib qutula olmaydi.)
31
إِن تَجْتَنِبُواْ كَبَآئِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًا كَرِيمًا‮٣١‬‬‬
Sodiq
Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda bo`lsangiz, gunohlaringizni kechirurmiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz.[1]

[1] Bu oyati karimaning ma'nosi, katta gunohlardan chetda bo`lsangiz, kichik gunohlaringizni kechirib, oxiratda sizni jannatga kiritamiz, deganidir.)
32
وَلَا تَتَمَنَّوْاْ مَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بِهِۦ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ​ۚ لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا ٱكْتَسَبُواْ ​ۖ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌ مِّمَّا ٱكْتَسَبْنَ ​ۚ وَسْـَٔلُواْ ٱللَّهَ مِن فَضْلِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Alloh ba'zingizni ba'zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga o`z kasbidan nasiba bor. Ayollarga o`z kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini so`rang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.[1]

[1] Oyati karimada afzallik va fazl aniq nimadan iborat ekanligi ochiq aytilmay, umumiy holda qoldirilgan. Bu qur'oniy usulga ko`ra, har kim o`z fikri, idrokiga yarasha tushunib olaveradi. Fazl sihat-salomatlikda, mansabda, molu pulda, xotirjamlikda, hilmda, obro`-e'tiborda bo`lishi mumkin. Demak, Alloh ba'zi shaxslarni boshqalardan afzal qilib qo`ysa, unga hasad qilmaslik kerak, balki fazlni Yaratuvchining O`zidan so`rash lozim.)
33
وَلِكُلٍّ جَعَلْنَا مَوَٰلِىَ مِمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ ​ۚ وَٱلَّذِينَ عَقَدَتْ أَيْمَٰنُكُمْ فَـَٔاتُوهُمْ نَصِيبَهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدًا‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxo`rlar qildik. Qasamingiz ila bog`langanlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.[1]

[1] Ya'ni, har bir odamning qarindoshlari merosxo`ri bo`ladi. U ota-onasi va qarindoshlaridan meros olganidek, undan ham bolalari va qarindoshlari meros oladi. Shunday qilib, mol avloddan avlodga o`tib turadi. Oyati karimadagi «Qasamingiz ila bog`langanlarga nasibasini bering», degan jumlada merosga taalluqli, qarindosh bo`lmagan shaxslarga ishora qilinmoqda. Islomning dastlabki bosqichida shunday shaxslar bo`lgan.)
ﻉ67Sahifa 8467ﻉ
34
ٱلرِّجَالُ قَوَّٰمُونَ عَلَى ٱلنِّسَآءِ بِمَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ وَبِمَآ أَنفَقُواْ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ ​ۚ فَٱلصَّٰلِحَٰتُ قَٰنِتَٰتٌ حَٰفِظَٰتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ ٱللَّهُ ​ۚ وَٱلَّٰتِى تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَٱهْجُرُوهُنَّ فِى ٱلْمَضَاجِعِ وَٱضْرِبُوهُنَّ ​ۖ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُواْ عَلَيْهِنَّ سَبِيلًا ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Alloh ba'zilarini ba'zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar — itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo`yicha g`oyib (er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko`tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va'z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo`l axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo`lsa va u o`z rahbarligini shariatda ko`rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga sohib bo`lmoqda. Bu ko`rsatmaga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda, shundaylardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor bo`lmoqda. Bu yerda gapni cho`zib o`tirishning hojati bo`lmasa kerak. Mo`mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan so`z oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu so`z o`z irodasi, rag`bati va muhabbati ila itoat qilish ma'nosini anglatadi. Demak, mo`mina, soliha ayollarning erlariga itoati o`z mas'uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo`ladi. Qo`rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqidan emas. Bu itoat o`zini tushungan, hayotdagi o`rnini, vazifasi va mas'uliyatini his etgan go`zal insonning itoatidir.)
35
وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَٱبْعَثُواْ حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِۦ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَآ إِن يُرِيدَآ إِصْلَٰحًا يُوَفِّقِ ٱللَّهُ بَيْنَهُمَآ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo`rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.
36
۞وَٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ وَلَا تُشْرِكُواْ بِهِۦ شَيْـًٔا ​ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًا وَبِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱلْجَارِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْجَارِ ٱلْجُنُبِ وَٱلصَّاحِبِ بِٱلْجَن​ۢبِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo`shnilarga, yon qo`shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko`chada qolganlarga va qo`lingizda mulk bo`lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o`zini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko`rmas.[1]

[1] Oilaviy-ijtimoiy masalalar, mol-mulk haqida, birovlarga yaxshilik qilish haqida bahs etuvchi oyat va jumlalar ichida ibodat va shirk keltirmaslik haqidagi ushbu jumlaning kelishi bejiz emas. Allohning O`zigagina ibodat qilish, Unga hech narsani shirk keltirmaslik — tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqidadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U Allohning bandalaridagi haqqidir. Oyatda tavhidga amr etilganidan so`ng, bir necha toifa kishilarga yaxshilik qilishga buyurilyapti.)
37
ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ​ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O`z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.
38
وَٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۗ وَمَن يَكُنِ ٱلشَّيْطَٰنُ لَهُۥ قَرِينًا فَسَآءَ قَرِينًا‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Ular mollarini kishilar ko`rishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton bo`lsa, u qanday ham yomon yaqin!
39
وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَأَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِهِمْ عَلِيمًا‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo`ladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir!
40
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ ​ۖ وَإِن تَكُ حَسَنَةً يُضَٰعِفْهَا وَيُؤْتِ مِن لَّدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik bo`lsa, bir necha bor ko`paytirur va O`z huzuridan ulug` ajr berur.
41
فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍ بِشَهِيدٍ وَجِئْنَا بِكَ عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ شَهِيدًا‮٤١‬‬‬
Sodiq
Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chog`imizda hol qandoq bo`lur?![1]

[1] Bu oyatda qiyomat kunining vasfi kelmoqda. Qiyomat qo`pganida, har bir ummatga o`z payg`ambari guvoh etib olib kelinadi. Anbiyolar esa, ummatlari Allohning amriga yurganlari va yurmaganlari haqida adolatli guvohlik beradilar. Muhammad alayhissalom avvaldan oxirgacha hamma ummatlarga guvohlik beradilar. Ana o`shanda u kishiga iymon keltirmaganlar, mutakabbir, faxrlanuvchi va baxillarning, odamlarni ham baxillikka buyurgan va Alloh O`z fazlidan bergan ne'matlarni berkitganlarning holi nima bo`ladi? Ular o`zlari inkor etgan Xoliqning huzurida turibdilar, o`zlari rad qilgan payg`ambar endi ularga guvohlik berishi, ular haqidagi bor haqiqatni Oliy Qozi huzurida aytishi kerak. Endi bu kofirlar, munofiqlarning holi ne kechadi? Qiyomat qoim bo`ldi. Haqiqat yuzaga chiqdi.)
42
يَوْمَئِذٍ يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَعَصَوُاْ ٱلرَّسُولَ لَوْ تُسَوَّىٰ بِهِمُ ٱلْأَرْضُ وَلَا يَكْتُمُونَ ٱللَّهَ حَدِيثًا‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar o`sha kunda yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.
43
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَقْرَبُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنتُمْ سُكَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُواْ مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِى سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُواْ ​ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُواْ مَآءً فَتَيَمَّمُواْ صَعِيدًا طَيِّبًا فَٱمْسَحُواْ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan bo`lmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to g`usl qilmaguningizcha. Magar yo`ldan o`tuvchi bo`lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo`lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo`lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo`llaringizga mas'h torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va mag`firat qiluvchi Zotdir.[1]

[1] Bu oyati karimada ko`pgina hukmlar mujassam topgandir. Shu bilan birga, aroqni harom qilish yo`lida tatbiq qilingan choraning yana bir bosqichi hamdir. Tahorat va g`uslga suv topilmasa, toza tuproq-la tayammum qilinadi. Shuningdek, suv tegishi bilan kasalligi kuchayib ketadigan bemorlarga ham tayammumga ruxsat. Ya'ni, tahorati yo`q odam tahoratni niyat qilib tayammum qilsa, tahorat o`rniga o`tadi. Junub odam g`uslni niyat qilib tayammum qilsa, g`usl o`rniga o`tadi.)
44
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبًا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يَشْتَرُونَ ٱلضَّلَٰلَةَ وَيُرِيدُونَ أَن تَضِلُّواْ ٱلسَّبِيلَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yo`ldan adashishingizni istashlarini ko`rmaysizmi?
45
وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِأَعْدَآئِكُمْ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَلِيًّا وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ نَصِيرًا‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi Zotdir. Valiylikka Allohning O`zi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning O`zi kifoya qilur.
46
مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَٱسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ وَرَٰعِنَا لَيًّ​ۢا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًا فِى ٱلدِّينِ ​ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُواْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَٱسْمَعْ وَٱنظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَٰكِن لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًا‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Yahudiy bo`lganlardan kalimalarni o`z joyidan buzib o`zgartiruvchilar bor. Ular tillarini burib va dinga ta'na yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, o`zlariga yaxshi va to`g`ri bo`lar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la'natladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar.[1]

[1] Ya'ni, yahudiylar razilona so`z o`yini qilishadi. Sirtdan chiroyli, odobli so`zlarni aytgandek ko`rinishadi, ammo aslida tillarini burib, o`sha so`zlarning ikkinchi — yomon ma'nosini ifodalashadi. Misol uchun, Payg`ambarimiz alayhissalom bir gapni aytsalar, mo`min-musulmonlar, eshitdik va itoat qildik, der edilar. Yahudiylar esa, eshitdik va isyon qildik, deyishadi. Sirtdan qaraganda, xuddi mo`minlarga o`xshab javob berganga o`xshashadi. Aslida esa, u kishini masxara qilmoqchi va dinga ta'na yetkazmoqchi bo`ladilar.)
47
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ ءَامِنُواْ بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰٓ أَدْبَارِهَآ أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّآ أَصْحَٰبَ ٱلسَّبْتِ ​ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًا‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Ey, kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini la'natlaganimizdek la'natlamasimizdan oldin, sizlardagi narsani tasdiqlovchi bo`lib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir.[1]

[1] Yahudiylar shariati bo`yicha, shanba kuni ishlash, jumladan, baliq ovlash man qilingan edi. Ammo ular shumlik qilib, bu ilohiy amrni ham buzdilar. Alohida hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni qamab olib, boshqa kunlari tutishdi. Shunda Allohning g`azabi kelib, ularni maymun va to`ng`izga aylantirdi.)
48
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ​ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱفْتَرَىٰٓ إِثْمًا عَظِيمًا‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh O`ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to`qibdir.
49
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُم ​ۚ بَلِ ٱللَّهُ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا‮٤٩‬‬‬
Sodiq
O`zlarini pok qilib ko`rsatayotganlarni ko`rmaysanmi?! Yo`q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar.
50
ٱنظُرْ كَيْفَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ​ۖ وَكَفَىٰ بِهِۦٓ إِثْمًا مُّبِينًا‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ularning Allohga yolg`on to`qishini ko`rmaysanmi?! Shuning o`zi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarlidir.
51
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبًا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يُؤْمِنُونَ بِٱلْجِبْتِ وَٱلطَّٰغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ هَٰٓؤُلَآءِ أَهْدَىٰ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ سَبِيلًا‮٥١‬‬‬
Sodiq
Kitobdan nasibador bo`lganlarning botilga va tog`utga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (ko`rsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan ko`ra hidoyatliroq yo`ldalar», deyishlarini ko`rmaysanmi?![1]

[1] Bu oyati karimada yahudiylar endi «Kitobdan nasibador bo`lganlar», deb tavsiflanmoqda. Biz «botil» deb tarjima qilgan so`z oyatda «jibt» deb kelgan. Arab tilida jibt — but, sanam, folbin va sehrgarga o`xshash narsalarga ishlatiladi. «Tog`ut» esa — Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukmdir. Ushbu oyati karimada Alloh taolo yahudiylarni jibt va tog`utga iymon keltirganlar, deb vasf qilmoqda.)
52
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ​ۖ وَمَن يَلْعَنِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ نَصِيرًا‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarni Alloh la'natlagandir. Kimni Alloh la'natlasa, unga hech nusratchi topolmassan.
53
أَمْ لَهُمْ نَصِيبٌ مِّنَ ٱلْمُلْكِ فَإِذًا لَّا يُؤْتُونَ ٱلنَّاسَ نَقِيرًا‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zig`ircha ham bermaslarmi?!
54
أَمْ يَحْسُدُونَ ٱلنَّاسَ عَلَىٰ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ​ۖ فَقَدْ ءَاتَيْنَآ ءَالَ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَءَاتَيْنَٰهُم مُّلْكًا عَظِيمًا‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Yoki Alloh odamlarga O`z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulug` mulkni berganmiz-ku?!
55
فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن صَدَّ عَنْهُ ​ۚ وَكَفَىٰ بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Bas, ularning ichida u(Muhammad)ga iymon keltirganlar ham bor, undan yuz o`girib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.
56
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُم بَدَّلْنَٰهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُواْ ٱلْعَذَابَ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًا‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, do`zaxga kiritarmiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
57
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۖ لَّهُمْ فِيهَآ أَزْوَٰجٌ مُّطَهَّرَةٌ ​ۖ وَنُدْخِلُهُمْ ظِلًّا ظَلِيلًا‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz. Unda abadiy, boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz.[1]

[1] Ushbu oyatda zikr etilgan saodatmand kishilar mazkur ulug` ne'matga Allohning fazli ila, iymonlari va solih amallari tufayli erishadilar.)
58
۞إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤَدُّواْ ٱلْأَمَٰنَٰتِ إِلَىٰٓ أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ أَن تَحْكُمُواْ بِٱلْعَدْلِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ سَمِيعً​ۢا بَصِيرًا‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o`z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi va'z qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir.[1]

[1] Omonatni turlari ko`pdir. Jumladan, ulamolarimiz Allohni bandaga yuklagan omonatlari bor, namoz, ro`za, zakot, kafforot va nazrlar ham omonatdir, deydilar. Shuningdek, bandalarning bandalardagi turli haqlari ham omonat hisoblanadi. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom hadislaridan birida «Birov senga bir kalima aytib, so`ngra atrofga qarab qo`ysa, bilginki, shu so`z omonatdir», deganlar. Eng buyuk omonat esa, iymon omonatidir. Hadisi sharifda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom quyidagilarni aytadilar «Shahidlik omonatdan boshqa hamma gunohlarni yuvib yuboradi. Qiyomat kuni, agar Allohning yo`lida qatl etilgan bo`lsa ham, odamni keltirib, omonatni ado qil, deyiladi. U esa «Qanday qilib uni ado etaman, axir dunyo tugadi-ku!» deydi. Shunda unga omonat jahannamning qa'ridan ko`rinadi. U tushib yelkasiga ko`tarib chiqadi. Endi chiqay deganda, yelkasidan tushib ketadi. U ham omonatni izidan tushadi. Shu holat abadiy ravishda davom etadi», deganlar.)
59
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَأُوْلِى ٱلْأَمْرِ مِنكُمْ ​ۖ فَإِن تَنَٰزَعْتُمْ فِى شَىْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى ٱللَّهِ وَٱلرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payg`ambarga va o`zingizdan bo`lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo`lsangiz, uni Allohga va Payg`ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.
ﻉ70Sahifa 8870ﻉ
60
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ ءَامَنُواْ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوٓاْ إِلَى ٱلطَّٰغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوٓاْ أَن يَكْفُرُواْ بِهِۦ وَيُرِيدُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَٰلً​ۢا بَعِيدًا‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Senga nozil bo`lgan narsaga va sendan oldin nozil bo`lgan narsaga iymon keltirganlarini da'vo qilayotganlarni ko`rmaysanmi?! Tog`utdan hukm so`rab borishni istarlar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar. Shayton esa, ularni yo`ldan butunlay adashtirishni istaydir.[1]

[1] Avval ham aytilganidek, tog`ut — Allohning iznisiz bo`lgan hukmidir. Munofiqlar ham Allohning hukmini istamaydilar, shuning uchun ham tog`utdan hukm so`rab boradilar. Nima bo`lsa bo`lsin, Allohning hukmi bo`lmasa, bas. Har qanday tog`utning hukmini istayveradilar. Bu ishni bilmasdan, ko`r-ko`rona qilmaydilar, balki ularga bayon kelgan. Munofiqlar tog`utga kufr keltirishga buyurilganlar. Demak, ular bilib turib qilmoqdalar. Shuning uchun ham ularning iymon haqidagi da'volari botil. Ular, aslida, shaytonning yo`liga kirganlar.)
61
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ رَأَيْتَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودًا‮٦١‬‬‬
Sodiq
Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Payg`ambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz o`girganlarini ko`rursan.
62
فَكَيْفَ إِذَآ أَصَٰبَتْهُم مُّصِيبَةُ​ۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ثُمَّ جَآءُوكَ يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّآ إِحْسَٰنًا وَتَوْفِيقًا‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Endi, qilgan narsalari tufayli ularga musiybat yetgandan so`ng, senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday bo`ldi?
63
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَعْلَمُ ٱللَّهُ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ قَوْلً​ۢا بَلِيغًا‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarning qalblaridagini Alloh biladir. Bas, ularning qilganidan yuz o`gir! Ularga va'z qil! Yolg`iz o`zlariga yetkazib so`zla!
64
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمْ جَآءُوكَ فَٱسْتَغْفَرُواْ ٱللَّهَ وَٱسْتَغْفَرَ لَهُمُ ٱلرَّسُولُ لَوَجَدُواْ ٱللَّهَ تَوَّابًا رَّحِيمًا‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Qaysi bir Payg`ambarni yuborgan bo`lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o`zlariga o`zlari zulm qilgan chog`larida huzuringga kelib, Allohga istig`for aytganlarida va Payg`ambar ham ular uchun istig`for aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahimli Zot ekanini topgan bo`lur edilar.
65
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُواْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُواْ تَسْلِيمًا‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Yo`q, Robbingga qasamki, seni o`z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo`lmagunlaricha, zinhor mo`min bo`la olmaslar![1]

[1] Demak, iymonning, mo`minlikning bir sharti — har bir narsada Payg`ambarni alayhissalotu vassalom, ya'ni Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Mo`min-musulmonman degan odam, mo`min-musulmonmiz degan jamiyat o`zining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan to`la rozi, ham sirtidan butunlay taslim bo`lishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan ta'kidlab aytmoqda. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom ham o`z hadislaridan birida «Mening jonim qudrat qo`lida bo`lgan Zot bilan qasamki, havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobe' bo`lmaguncha, birorta odam mo`min bo`la olmaydi», deganlar.)
66
وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ ٱقْتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمْ أَوِ ٱخْرُجُواْ مِن دِيَٰرِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌ مِّنْهُمْ ​ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُواْ مَا يُوعَظُونَ بِهِۦ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Agar Biz ularga, o`zlaringizni o`ldiring yoki o`zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular o`zlariga va'z qilingan narsalarni qilganlarida edi, o`zlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bo`lar edi.
67
وَإِذًا لَّـَٔاتَيْنَٰهُم مِّن لَّدُنَّآ أَجْرًا عَظِيمًا‮٦٧‬‬‬
Sodiq
U holda, Biz ham ularga O`z huzurimizdan ulug` ajr bergan bo`lur edik.
68
وَلَهَدَيْنَٰهُمْ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Va ularni to`g`ri yo`lga hidoyat qilur edik.[1]

[1] Darhaqiqat, Alloh bandalarini shunday bir ishga buyurganida nima qila olar edik? Zotan u har qanday ishni amr etishga haqlidir. Chunki, yaratgan Parvardigor ularga faqat yaxshilikni ravo ko`radi. Hech qachon bandalariga yomonlikni sog`inmaydi. Bandalar uning aytganlarini qilganlarida, ham o`zlariga yaxshi bo`lar, ham iymonlari sobit, mustahkam bo`lar edi. Odamlar Allohning buyruqlariga javoban Islomga to`liq amal qilganlarida edi, Alloh taolo ularga ulug` ajrni — jannatni bergan bo`lur edi. Ularni hidoyatga boshlagan, to`g`ri yo`lga solgan bo`lur edi.)
69
وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَعَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ وَٱلصِّدِّيقِينَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَٱلصَّٰلِحِينَ ​ۚ وَحَسُنَ أُوْلَٰٓئِكَ رَفِيقًا‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o`shalar Alloh ne'mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir!
70
ذَٰلِكَ ٱلْفَضْلُ مِنَ ٱللَّهِ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ عَلِيمًا‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Bu — Allohdan bo`lgan fazldir va bilguvchilikda Allohning O`zi kifoya qilur.
71
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ خُذُواْ حِذْرَكُمْ فَٱنفِرُواْ ثُبَاتٍ أَوِ ٱنفِرُواْ جَمِيعًا‮٧١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni hushyor tuting va guruh-guruh bo`lib qo`zg`aling yoki to`p holingizda qo`zg`aling![1]

[1] Avval ham ta'kidlaganimizdek, kofirlarning bir xususiyatlari borki, ular o`zaro bir-birlari bilan urushsalar ham, musulmonlarga qarshi birlashib dushmanlik qiladilar. Shuning uchun musulmonlar doimo hushyor turishlari shart. Vaqt-soati kelib, mabodo qo`zg`alish kerak bo`lib qolsa, Allohning amriga binoan yoki guruh-guruh bo`lib, yoki to`p hollarida qo`zg`aladilar. Ushbu oyatdagi amrlar Alloh taolo Qur'oni Karimda mo`min-musulmonlarga faqat namoz, ro`za yoki axloq va odobga buyuribgina qolmay, boshqa narsalarga, jumladan, urushni qanday olib borishni ham o`rgatadi. Bu haqiqat sobit haqiqatdir.)
72
وَإِنَّ مِنكُمْ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنْ أَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَالَ قَدْ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَىَّ إِذْ لَمْ أَكُن مَّعَهُمْ شَهِيدًا‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musiybat yetsa, u: «Alloh O`zi menga ne'mat berdi, yaxshiyamki, ular bilan birga hozir bo`lmaganim», deydi.[1]

[1] Ya'ni, dushmanga qarshi safarbarlik e'lon qilinganda qo`zg`almay ortda qoladiganlar ham bo`ladiki, ular munofiqlardir. Munofiqqa baribir, o`zini har maqomga moslab, har qanday safsatani bahona qilaveradi.)
73
وَلَئِنْ أَصَٰبَكُمْ فَضْلٌ مِّنَ ٱللَّهِ لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمْ تَكُن​ۢ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُۥ مَوَدَّةٌ يَٰلَيْتَنِى كُنتُ مَعَهُمْ فَأَفُوزَ فَوْزًا عَظِيمًا‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida do`stlik bo`lmagandek, «Qani endi, men ham ular bilan bo`lganimda, ulug` zafar qozonar edim», deydi.
74
۞فَلْيُقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشْرُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۚ وَمَن يُقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yo`lida jang qilsinlar. Kim Allohning yo`lida jang qilib o`ldirilsa yoki g`olib kelsa, Biz unga, albatta, ulug` ajrni berurmiz.
75
وَمَا لَكُمْ لَا تُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهْلُهَا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Nima uchun Allohning yo`lida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O`z tomoningdan do`st ato qilgin va O`z tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo`lida jang qilmaysizlar?![1]

[1] Xususan, mazkur zaifhol erkagu ayollar va bolalar aholisi zolim bo`lgan shaharda tutqun bo`lsalar. Dinu diyonatlari uchun azob-uqubatga duchor qilinayotgan bo`lsalar. Musulmonlar faqat shunday oliy maqsad yo`lida jang qiladilar. Ularga boshqacha urushning keragi yo`q.)
76
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱلطَّٰغُوتِ فَقَٰتِلُوٓاْ أَوْلِيَآءَ ٱلشَّيْطَٰنِ ​ۖ إِنَّ كَيْدَ ٱلشَّيْطَٰنِ كَانَ ضَعِيفًا‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirganlar Allohning yo`lida jang qilurlar. Kufr keltirganlar tog`utning yo`lida jang qilurlar. Bas, shaytonning do`stlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.
77
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوٓاْ أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَخْشَوْنَ ٱلنَّاسَ كَخَشْيَةِ ٱللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةً ​ۚ وَقَالُواْ رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا ٱلْقِتَالَ لَوْلَآ أَخَّرْتَنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍ قَرِيبٍ ​ۗ قُلْ مَتَٰعُ ٱلدُّنْيَا قَلِيلٌ وَٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّمَنِ ٱتَّقَىٰ وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Qo`lingizni tiying, namoz o`qib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni ko`rmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qo`rqqandek yoki undan ham qattiqroq qo`rqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang bo`lmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.
78
أَيْنَمَا تَكُونُواْ يُدْرِككُّمُ ٱلْمَوْتُ وَلَوْ كُنتُمْ فِى بُرُوجٍ مُّشَيَّدَةٍ ​ۗ وَإِن تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُواْ هَٰذِهِۦ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ​ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُواْ هَٰذِهِۦ مِنْ عِندِكَ ​ۚ قُلْ كُلٌّ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ​ۖ فَمَالِ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًا‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Qayerda bo`lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo`lsangiz ham, o`lim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima bo`ldiki, gapni tushunay demaslar?!
79
مَّآ أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ ٱللَّهِ ​ۖ وَمَآ أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةٍ فَمِن نَّفْسِكَ ​ۚ وَأَرْسَلْنَٰكَ لِلنَّاسِ رَسُولًا ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Payg`ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O`zi kifoya qilur.[1]

[1] Bu oyatda yana bir haqiqatning bayoni kelmoqda. Inson Alloh ko`rsatgan yo`ldan yursa, yaxshilikni qilib, yomonlikdan qaytsa, Alloh taolo uni qo`llab-quvvatlaydi va zafarga erishtiradi. Bu holda inson Alloh ko`rsatgan yo`ldan yurdi, Uning shariatiga amal qildi, Uning madadi ila faoliyat ko`rsatdi, u ko`rsatgan yaxshilikni qildi va yomonlikdan chetlandi. Natijada yaxshilikka erishdi. Albatta, bu yaxshilik Allohdandir. Ammo inson Allohning yo`lidan yurmasa, U bergan aqlni to`g`rilikcha ishlatmasa, Uning shariatiga amal qilmasa, buyurgan yaxshiligini bajarmasa, qaytargan yomonlikdan qaytmasa, o`zidan ko`rsin — oqibat, albatta, yomon bo`ladi. Bu yomonlikka uning o`zi sababchidir. Sening vazifang payg`ambarlik — elchilik qilish. Odamlarga yaxshilik yoki yomonlik yetkazish emas. Bir narsani bor yoki yo`q qilish Allohning qo`lida. Hammasiga Allohning O`zi shohid. Shohidlikka esa, Allohning O`zi kifoya qilur.)
80
مَّن يُطِعِ ٱلرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ ٱللَّهَ ​ۖ وَمَن تَوَلَّىٰ فَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Kim Payg`ambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo`lur. Kim yuz o`girsa, Biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q.
81
وَيَقُولُونَ طَاعَةٌ فَإِذَا بَرَزُواْ مِنْ عِندِكَ بَيَّتَ طَآئِفَةٌ مِّنْهُمْ غَيْرَ ٱلَّذِى تَقُولُ ​ۖ وَٱللَّهُ يَكْتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ ​ۖ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا‮٨١‬‬‬
Sodiq
Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktirarlar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qo`yadir. Bas, ulardan yuz o`gir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur.[1]

[1] Oyati karima «Ular» deb aytayotgan kishilar — munofiqlardir. Ularga Qur'on oyatlarini o`qib bersalar, Allohning amrlarini yetkazsalar, qisqa qilib «itoat», deyishadi. «Itoat»dan boshqa niyat yo`q, deb ko`rsatmoqchi bo`lishadi. Aslida esa, maqsadlari boshqa, shuning uchun ham, Payg`ambar alayhissalomning huzurlaridan chiqishganidan so`ng «itoat»ni unutib, boshqacha ish tutishadi.)
82
أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ ​ۚ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ ٱللَّهِ لَوَجَدُواْ فِيهِ ٱخْتِلَٰفًا كَثِيرًا‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Qur'onni tadabbur etib ko`rmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo`lganida, undan ko`p ixtiloflar topar edilar.[1]

[1] Qur'onga murojaat etib, uni tadabbur qilib ko`rgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qur'onni jiddiy o`rganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yo`qligini payqaydi.)
83
وَإِذَا جَآءَهُمْ أَمْرٌ مِّنَ ٱلْأَمْنِ أَوِ ٱلْخَوْفِ أَذَاعُواْ بِهِۦ ​ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى ٱلرَّسُولِ وَإِلَىٰٓ أُوْلِى ٱلْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ ٱلَّذِينَ يَسْتَن​ۢبِطُونَهُۥ مِنْهُمْ ​ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَٱتَّبَعْتُمُ ٱلشَّيْطَٰنَ إِلَّا قَلِيلًا‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga eminlik yoki haq to`g`risida bir ish — xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Payg`ambarga va o`zlaridan bo`lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo`lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.
84
فَقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا تُكَلَّفُ إِلَّا نَفْسَكَ ​ۚ وَحَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَكُفَّ بَأْسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۚ وَٱللَّهُ أَشَدُّ بَأْسًا وَأَشَدُّ تَنكِيلًا‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Allohning yo`lida jang qil! O`zingdan boshqadan mas'ul qilinmassan. Mo`minlarni qiziqtir. Shoyadki, Alloh kufr keltirganlarning shiddatini daf' qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq Zotdir.
85
مَّن يَشْفَعْ شَفَٰعَةً حَسَنَةً يَكُن لَّهُۥ نَصِيبٌ مِّنْهَا ​ۖ وَمَن يَشْفَعْ شَفَٰعَةً سَيِّئَةً يَكُن لَّهُۥ كِفْلٌ مِّنْهَا ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ مُّقِيتًا‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Kim yaxshi shafoat qilsa, undan o`z nasibasi bo`lur. Kim yomon shafoat qilsa, undan o`z nasibasi bo`lur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir.[1]

[1] Arab tilida «shafoat» so`zi bizda tanilgan ma'nodan ko`ra kengroq ma'noda ishlatiladi. Birovni boshqalar oldida oqlash uchun qilingan sa'y-harakat va gap-so`z ham shafoat hisoblanadi. Inchunin, qoralash uchun qilingani ham. Shuningdek, bu ishning yaxshiligini tushuntirish uchun targ`ib qilish, unga qiziqtirish yaxshi shafoat, o`sha ishni yomon deb tushuntirish esa, yomon shafoat hisoblanadi.)
86
وَإِذَا حُيِّيتُم بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّواْ بِأَحْسَنَ مِنْهَآ أَوْ رُدُّوهَآ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَسِيبًا‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko`ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o`zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir.[1]

[1] Islomdagi salomlashish eng go`zal va eng ma'noli salomlashishdir. Islomda tanigangayu tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa, vojibdir.)
87
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ​ۗ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ حَدِيثًا‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U sizlarni qoim bo`lishida hech shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. Kim Allohdan ko`ra rostgo`yroq?!
ﻉ73Juz 5 5⁄873ﻉ
88
۞فَمَا لَكُمْ فِى ٱلْمُنَٰفِقِينَ فِئَتَيْنِ وَٱللَّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُوٓاْ ​ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُواْ مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ​ۖ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًا‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Sizga nima bo`ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo`linasizlar?! Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qo`ydi-ku. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi bo`lasizlarmi?! Alloh kimni adashtirgan bo`lsa, unga yo`l topa olmassan.[1]

[1] Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uhud jangiga chiqqanlarida, u kishi bilan chiqqanlardan ba'zilari orqaga qaytib ketdilar. Sahobalar o`sha orqaga qaytganlarga munosabatda ikkiga bo`lindilar. Birlari ularni o`ldiramiz, deyishsa, boshqalari, yo`q, ular mo`minlar, ularni o`ldirmaymiz, deyishdi. Shunda Alloh taolo «Sizga nima bo`ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo`linasizlar?» oyatini nozil qildi. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom «Albatta, bu oyat poklovchidir. Bosqon temirning zangini ketkazganidek, zanglarni ketkazadi», dedilar.)
89
وَدُّواْ لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُواْ فَتَكُونُونَ سَوَآءً ​ۖ فَلَا تَتَّخِذُواْ مِنْهُمْ أَوْلِيَآءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ ​ۖ وَلَا تَتَّخِذُواْ مِنْهُمْ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Ular siz ham xuddi o`zlaridek kofir bo`lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yo`lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan do`st tutmang. Agar yuz o`girib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ulardan do`st ham, yordamchi ham tutmang.
90
إِلَّا ٱلَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌ أَوْ جَآءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَن يُقَٰتِلُوكُمْ أَوْ يُقَٰتِلُواْ قَوْمَهُمْ ​ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَٰتَلُوكُمْ ​ۚ فَإِنِ ٱعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَٰتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْاْ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ فَمَا جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًا‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, o`z qavmlari bilan ham urushish ko`ngillariga sig`masdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qo`yardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo`l bermas.
91
سَتَجِدُونَ ءَاخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُواْ قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوٓاْ إِلَى ٱلْفِتْنَةِ أُرْكِسُواْ فِيهَا ​ۚ فَإِن لَّمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوٓاْ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ وَيَكُفُّوٓاْ أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ​ۚ وَأُوْلَٰٓئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنًا مُّبِينًا‮٩١‬‬‬
Sodiq
Sizdan ham, o`z qavmlaridan ham omonda bo`lishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chog`larida unga sho`ng`iydigan boshqa birovlarni ham ko`rasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qo`llarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ana o`shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik.[1]

[1] Ibn Jarir Mujohiddan rivoyat qilishicha, bu oyati karima makkalik bir qavm haqida nozil bo`lgan. Ular Payg`ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, riyo uchun musulmonliklarini bildirishardi. So`ngra qurayshliklar oldiga borib, ular bilan birga butlariga ibodat qilishar edi. Shu yo`l bilan ikki tomondan ham omon qolmoqchi bo`lishar edi. Demak, ularga ishonib bo`lmaydi. Modomiki ular musulmonlarga yomonlik qilishdan chetlanmasalar, tinchlikni taklif qilmasalar va ulardan qo`llarini tiymasalar, ularni asir olish, topgan joyda o`ldirish kerak. Bunga Allohning O`zi ruxsat bermoqda. Bularning hammasi musulmonlarning munofiqlar bilan bo`ladigan munosabatlari haqidagi hukmlardir.)
ﻉ74Sahifa 9374ﻉ
92
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلَّا خَطَـًٔا ​ۚ وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَـًٔا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَصَّدَّقُواْ ​ۚ فَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ عَدُوٍّ لَّكُمْ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ ​ۖ وَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌ فَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ ​ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةً مِّنَ ٱللَّهِ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Mo`min mo`minni o`ldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mo`minni bilmasdan o`ldirib qo`ysa, bas, unga mo`min qulni ozod qilish va (o`lganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib bo`lur. Agar u sizga dushman qavmdan bo`lib, o`zi mo`min bo`lsa, mo`min qulni ozod qilish vojib bo`lur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan bo`lsa, ahliga beriladigan xun va mo`min qulni ozod qilish vojib bo`lur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy ro`za tutish vojib bo`lur. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
93
وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآؤُهُۥ جَهَنَّمُ خَٰلِدًا فِيهَا وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُۥ وَأَعَدَّ لَهُۥ عَذَابًا عَظِيمًا‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Kim bir mo`minni qasdan o`ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g`azabi va la'nati yog`ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir.[1]

[1] Mo`min kishini qasddan o`ldirish shunchalik katta jinoyat va gunohki, uni qul ozod qilish bilan ham, xun to`lash bilan ham yuvib bo`lmaydi. Mo`min mo`minni qasddan o`ldirishi bir beayb jonga qo`shib, iymondek ulug` ne'mat tufayli vujudga kelgan aqida qardoshligini ham o`ldirishdir. Shuning uchun ham qisqagina bir oyatda bu jinoyatchiga boshqa hech kimga tayin qilinmagan oliy jazolar — jahannamda abadiy qolish, Allohning g`azabiga va la'natiga duchor bo`lish va U zot tayyorlab qo`ygan ulkan azob va'da qilinmoqda. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom o`z hadislaridan birida «Bir musulmonning o`ldirilishi Allohning huzurida dunyoning zavolidan ham og`irroqdir», deganlar. Mazkur jazolar qasddan mo`min odamni o`ldirganning oxiratidagi jazosidir. Ammo boshqa oyat va hadislardan kelib chiqib, unga bu dunyoda ham ma'lum jazolar belgilangan. Avvalo, qotil ustidan o`ldirilgan shaxsning valiyul amrlari hukmga ega bo`ladilar. Ular xohlasalar, qotildan qasos olish maqsadida uni o`ldirishni talab qiladilar, xohlasalar kechib yuboradilar yoki xohlasalar kuchaytirilgan xun oladilar. Kuchaytirilgan xun esa, o`ttizta hiqqa, o`ttizta jazu'a va qirqta xalufa tuyalardan iborat.)
94
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا ضَرَبْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَتَبَيَّنُواْ وَلَا تَقُولُواْ لِمَنْ أَلْقَىٰٓ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَٰمَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ ​ۚ كَذَٰلِكَ كُنتُم مِّن قَبْلُ فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohning yo`lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo`min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o`tkinchi o`ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, ko`plab o`ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne'mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.[1]

[1] Ushbu oyati karimaning nozil bo`lish sababi haqida Imom Ahmad ibn Hanbal hazrati Abdulloh ibn Abbosdan roziyallohu anhumo rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi «Bani Salim qabilasidan bir odam bir guruh sahobaning oldidan qo`ylarini boqib o`tib qoldi va ularga salom berdi. Sahobalar «Bizdan qo`rqqanidan salom berdi, bo`lmasa, bermas edi», dedilar-da, uni o`ldirib qo`ylarini Payg`ambar sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga haydab bordilar. Shunda Alloh taolo «Ey iymon keltirganlar! Allohning yo`lida jihodga chiqadigan bo`lsangiz, aniqlab olinglar...» oyatini nozil qildi.)
95
لَّا يَسْتَوِى ٱلْقَٰعِدُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُوْلِى ٱلضَّرَرِ وَٱلْمُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ​ۚ فَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَٰهِدِينَ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى ٱلْقَٰعِدِينَ دَرَجَةً ​ۚ وَكُلًّا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ​ۚ وَفَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَٰهِدِينَ عَلَى ٱلْقَٰعِدِينَ أَجْرًا عَظِيمًا‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Mo`minlardan beshikast bo`la turib o`tirib qolganlari bilan Allohning yo`lida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar bo`lmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jiddu jahd qiluvchilarning darajasini o`tirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni va'da qilgan. Alloh mujohidlarni o`tirib qoluvchilardan ulug` ajr ila afzal qilgan.
96
دَرَجَٰتٍ مِّنْهُ وَمَغْفِرَةً وَرَحْمَةً ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٩٦‬‬‬
Sodiq
O`zidan bo`lgan darajalar ila, mag`firat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.
97
إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ قَالُواْ فِيمَ كُنتُمْ ​ۖ قَالُواْ كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ قَالُوٓاْ أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةً فَتُهَاجِرُواْ فِيهَا ​ۚ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ​ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا‮٩٧‬‬‬
Sodiq
O`ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Er yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo`lmasmidi?!» derlar. Ana o`shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy![1]

[1] «O`ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlar», deb vasf qilingan kishilar ma'lum bir toifadir. Ular o`zlarini bo`lmasa-da, molu mulklarini asrab qolish uchun, hijratning qiyinchiliklaridan qochib, kofirlar ichida qolib ketgan kishilardir. Ularni Alloh taolo «o`ziga zulm qiluvchilar», deb sifatlamoqda.)
98
إِلَّا ٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ لَا يَسْتَطِيعُونَ حِيلَةً وَلَا يَهْتَدُونَ سَبِيلًا‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, biron choraga qodir bo`lmagan, yo`lni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.
99
فَأُوْلَٰٓئِكَ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَعْفُوَ عَنْهُمْ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَفُوًّا غَفُورًا‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va mag`firat qiluvchi Zotdir.
100
۞وَمَن يُهَاجِرْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدْ فِى ٱلْأَرْضِ مُرَٰغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً ​ۚ وَمَن يَخْرُجْ مِن​ۢ بَيْتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدْرِكْهُ ٱلْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Kim Allohning yo`lida hijrat qilsa, yer yuzida ko`pgina panohgohlar va kengchilik topadir. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, so`ngra unga o`lim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.[1]

[1] Ushbu oyatda hijrat qilishga targ`ib — qiziqtirish bor. Bu ulug` ishga kishilarni ma'naviy jihatdan tayyorlash, ko`ngillariga kelishi mumkin bo`lgan ba'zi xayollarni ko`tarish bor. Hijrat dinu diyonatni deb vatanni tark etishdir. Kishilar o`zlaricha, vatandan uzoqda bo`lgan shaxs xavf-xatarda qoladi, rizqi ro`zi qiyiladi, degan fikrda bo`ladilar. Bu esa, musulmonlikka hech to`g`ri kelmaydigan noto`g`ri fikrdir. Alloh taolo hech qachon O`zining yo`lida hijrat qilgan bandasini chorasiz holda tashlab qo`ymaydi. Unga xavf-xatarlardan asraydigan panohgohlar ato qiladi va rizqini keng qilib qo`yadi. Ko`pgina kishilar hijratdan keyin oliy darajalarga, keng rizqlarga erishgani tajribadan ma'lum. Odamlarni hijratdan to`sib turadigan narsalardan biri o`limdan qo`rqishdir. Aslida esa, avval o`tgan oyatlarda ta'kidlanganidek, o`lim joy tanlamaydi. Vaqti-soati yetganda, muhojir ham, muqim ham o`laveradi. Ammo u o`lim bilan bu o`limning farqi bor. Muhojirlikda o`lishning baxtiga nima yetsin!)
101
وَإِذَا ضَرَبْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَقْصُرُواْ مِنَ ٱلصَّلَوٰةِ إِنْ خِفْتُمْ أَن يَفْتِنَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱلْكَٰفِرِينَ كَانُواْ لَكُمْ عَدُوًّا مُّبِينًا‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmog`ingizda gunoh yo`qdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar.
102
وَإِذَا كُنتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَلْتَقُمْ طَآئِفَةٌ مِّنْهُم مَّعَكَ وَلْيَأْخُذُوٓاْ أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُواْ فَلْيَكُونُواْ مِن وَرَآئِكُمْ وَلْتَأْتِ طَآئِفَةٌ أُخْرَىٰ لَمْ يُصَلُّواْ فَلْيُصَلُّواْ مَعَكَ وَلْيَأْخُذُواْ حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ ​ۗ وَدَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُم مَّيْلَةً وَٰحِدَةً ​ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن كَانَ بِكُمْ أَذًى مِّن مَّطَرٍ أَوْ كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَن تَضَعُوٓاْ أَسْلِحَتَكُمْ ​ۖ وَخُذُواْ حِذْرَكُمْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Ular ichida bo`lsang-u, namoz ado qilmoqchi bo`lsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini o`zlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga o`tsinlar. Namoz o`qimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz o`qisin. Ehtiyot bo`lib, silohlarini o`zlari bilan olsinlar. Silohlaringiz va matohlaringizdan g`ofil bo`lsangiz, kufr keltirganlar ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomg`irdan ozor yetsa yoki bemor bo`lsangiz, silohlaringizni qo`ymog`ingizda gunoh yo`qdir. Hushyor bo`linglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir.[1]

[1] Ushbu oyati karima bilan tanishganda, namozga naqadar katta e'tibor borligi darhol anglab yetiladi. O`ylab ko`ring-a urush bo`lib tursa, har bir insonning hayoti qil ustida tursa-da, yana namoz o`qishga amr bo`lsa! Urush paytida o`qiladigan namoz «Xavf namozi», deb ataladi. Demak, jihodga chiqqan mujohidlar bu holda ikkiga bo`linishadi. Bir toifalari imom bilan namoz o`qiydi, ikkinchi toifa namoz o`qimay, qo`riqchilik qilib turadi. Imom birinchi toifa bilan birinchi rakaatni o`qib bo`lgandan so`ng turib orqaga qo`riqchilikka o`tadi. Qo`riqchilik qilib turgan ikkinchi toifa kelib imom bilan ikkinchi rakaatni o`qiydi. Oyatda shu joygacha zikr etilgan. Namozning davomi Payg`ambarimiz alayhissalomning sunnatlarida kelgan. Ikkinchi rakaat tamom bo`lishi bilan imom salom beradi. Chunki u ikki rakaatni tamom o`qidi. Keyin birinchi toifa kelib ikkinchi rakaatni har kim o`zi o`qib salom beradi. Ikkinchi rakaatni imom bilan o`qigan va yana qorovullikka o`tgan ikkinchi toifa birinchi toifadan keyin qolgan bir rakaat namozini yakka-yakka o`qib salom beradi. Bunday namozni ado etish davomida musulmonlar hushyor bo`lishlari va silohlarini o`zlari bilan birga tutishlari qayta-qayta tayinlanmoqda. Kofirlarning yomonliklaridan bexabar qolmanglar, deb ogohlantirilmoqda.)
103
فَإِذَا قَضَيْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ قِيَٰمًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ​ۚ فَإِذَا ٱطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ ​ۚ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتْ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ كِتَٰبًا مَّوْقُوتًا‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Namozni ado etganingizdan so`ng, Allohni turgan, o`tirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam bo`lganingizda namozni to`liq ado eting. Albatta, namoz mo`minlarga vaqtida farz qilingandir.[1]

[1] Har vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikir etish targ`ib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish xavf namozidan keyin, ayniqsa, zarur ekani ta'kidlanmoqda. O`tirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, ya'ni hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, undan dushman bilan bo`ladigan jangda g`alaba-nusrat so`raladi.)
104
وَلَا تَهِنُواْ فِى ٱبْتِغَآءِ ٱلْقَوْمِ ​ۖ إِن تَكُونُواْ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ​ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
U qavmni quvishda bo`sh kelmang. Agar alam chekayotgan bo`lsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
105
إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِمَآ أَرَىٰكَ ٱللَّهُ ​ۚ وَلَا تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًا‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh ko`rsatganicha hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi bo`lma!
106
وَٱسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ ​ۖ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Allohga istig`for ayt! Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
107
وَلَا تُجَٰدِلْ عَنِ ٱلَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًا‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
O`z jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor bo`lgan kimsani xush ko`rmas.[1]

[1] Alloh taolo bu oyatda To`'ma ibn Ubayraq va uning qarindoshlarini «o`z jonlariga xiyonat qilganlar», deb vasf qilmoqda. Aslida, ular yahudiy shaxsga xiyonat qilgan, o`g`rilik aybini unga ag`dargan edilar. Lekin bu ishning yomonligi ularga qaytishi e'tiboridan o`zlariga xiyonat qilgan hisoblanadi. O`g`rilik qilish — gunohkorlik, aybni nohaqdan birovga ag`darish esa, xiyonatdir.)
108
يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ ٱلْقَوْلِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U O`zi rozi bo`lmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir.
109
هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ جَٰدَلْتُمْ عَنْهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَمَن يُجَٰدِلُ ٱللَّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil bo`ladir?!
110
وَمَن يَعْمَلْ سُوٓءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُۥ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ يَجِدِ ٱللَّهَ غَفُورًا رَّحِيمًا‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Kim yomonlik qilsa yoki o`ziga zulm etsa, so`ngra Allohga istig`for aytsa, Allohni mag`firatli va rahimli Zot topadir.
111
وَمَن يَكْسِبْ إِثْمًا فَإِنَّمَا يَكْسِبُهُۥ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا‮١١١‬‬‬
Sodiq
Kim gunoh qilsa, uni faqatgina o`z zarariga qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Birovning gunohi uchun boshqa birov javobgar bo`lmaydi. Har kim o`z qilmishi uchun javobgar bo`ladi. Alloh hamma narsani bilib turadi, jumladan, gunohkorlarning gunohlarini ham bilib turadi. O`sha bilishga binoan gunohkorni jazolashi uning har bir narsani hikmat bilan qilishligidandir.)
112
وَمَن يَكْسِبْ خَطِيٓـَٔةً أَوْ إِثْمًا ثُمَّ يَرْمِ بِهِۦ بَرِيٓـًٔا فَقَدِ ٱحْتَمَلَ بُهْتَٰنًا وَإِثْمًا مُّبِينًا‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, so`ngra uni beaybga ag`darsa, shubhasiz, bo`hton va ochiq gunohni o`z bo`yniga olibdir.
113
وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُۥ لَهَمَّت طَّآئِفَةٌ مِّنْهُمْ أَن يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ ​ۖ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِن شَىْءٍ ​ۚ وَأَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُن تَعْلَمُ ​ۚ وَكَانَ فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًا‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Agar senga Allohning fazli va rahmati bo`lmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat o`zlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulug` bo`ldi.[1]

[1] Ya'ni, Alloh taolo O`z fazli va marhamati ila oyatlar tushirib, haqiqatni bayon qilmaganida, To`'ma ibn Ubayraqning qavmi, uni odamlar oldida oqlashni talab qilib, aybni yahudiy shaxsga ag`darib, Payg`ambarni adashtirishga urinib qolgan edilar. Ammo bu ishlari bilan ular o`zlarini adashtiradilar, xolos. Har qancha urinsalar ham Payg`ambar alayhissalotu vassalomga zarar yetkaza olmaydilar. Alloh doimo O`z Payg`ambarini saqlaydi. Mazkur hodisada noqulaylikdan saqlab qolgani o`ziga xos fazlu karamdir. Lekin asosiy fazli va haqiqiy marhamati «Alloh senga kitobni Qur'onni) va hikmatni sunnatni) tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va shu bilan) senga Allohning fazli ulug` bo`ldi».)
114
۞لَّا خَيْرَ فِى كَثِيرٍ مِّن نَّجْوَىٰهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَٰحٍ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ​ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Ularning ko`pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo`q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o`sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug` ajr berurmiz.
115
وَمَن يُشَاقِقِ ٱلرَّسُولَ مِن​ۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ ٱلْهُدَىٰ وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ ٱلْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِۦ مَا تَوَلَّىٰ وَنُصْلِهِۦ جَهَنَّمَ ​ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Kim o`ziga hidoyat ravshan bo`lgandan keyin Payg`ambarga xilof qilsa va mo`minlarning yo`lidan boshqa yo`lga yursa, ketgan tomonga qo`yib qo`yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy![1]

[1] Bu oyati karimada To`'ma ibn Ubayraqning qarindoshlaridan Bashir ibn Ubayraqqa ishora qilinmoqda. U Bani Ubayraqni fosh qiluvchi oyatlar nozil bo`lganidan so`ng murtad bo`lib dindan chiqib), mushriklarga qo`shilib ketgan edi. Garchi ishora ma'lum bir shaxsga bo`lsa ham, hukm umumiydir. Kim Payg`ambar alayhissalotu vassalomga xilof qilsa, u kishining yo`lidan boshqa yo`lga yursa, kofir, mushrik va murtad bo`ladi. Kim mo`minlarning yo`lidan boshqa yo`lni tanlasa, o`sha yo`lidan yuraversin, Alloh uni ketgan tomoniga yurgazib qo`yaveradi. Ammo oxiri olib borib jahannamga kiritadi. Jahannam qanday joyligini esa, hamma biladi.)
116
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ​ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلً​ۢا بَعِيدًا‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh O`ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan bo`lur.
117
إِن يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ إِنَٰثًا وَإِن يَدْعُونَ إِلَّا شَيْطَٰنًا مَّرِيدًا‮١١٧‬‬‬
Sodiq
Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar.[1]

[1] Ya'ni, arab mushriklari Allohdan boshqa, faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar. Johiliy arablarning buzuq e'tiqodlari bo`yicha, farishtalar Allohning qizlari hisoblanar edi. Ular shuning uchun ham butlarini ayol kishi shaklida yasashar va ularga ayollarning ismini berishar edi.)
118
لَّعَنَهُ ٱللَّهُ ​ۘ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Alloh uni la'natladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan ma'lum nasibani olaman.
119
وَلَأُضِلَّنَّهُمْ وَلَأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلَـَٔامُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ ءَاذَانَ ٱلْأَنْعَٰمِ وَلَـَٔامُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ ٱللَّهِ ​ۚ وَمَن يَتَّخِذِ ٱلشَّيْطَٰنَ وَلِيًّا مِّن دُونِ ٱللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا‮١١٩‬‬‬
Sodiq
Ularni adashtiraman, xomxayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o`zgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qo`yib shaytonni do`st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir.[1]

[1] Ya'ni, Alloh shaytonni la'natladi, O`z rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda «Qasamki, bandalaringdan ma'lum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan la'natlayapsan, men bulardan ma'lum miqdorni o`z yo`limga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi. Ya'ni, bandalaringni to`g`ri yo`ldan — Sening yo`lingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman — umrimiz uzun bo`ladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yo`q, deb yuraveradigan qilib qo`yaman, deydi.)
120
يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ ​ۖ وَمَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
U ularga va'da berur va xomxayollarga solur. Shayton ularga g`ururdan boshqa narsani va'da qilmas.
121
أُوْلَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ وَلَا يَجِدُونَ عَنْهَا مَحِيصًا‮١٢١‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yo`lini topa olmaslar.
122
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ​ۚ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ قِيلًا‮١٢٢‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturmiz. Unda abadiy — bardavom qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Allohdan rostgo`yroq zot bormi?[1]

[1] Bandaning jannatga kirishi uchun iymon va yaxshi amallar bo`lishi shart. Iymonsiz holda qilingan har qancha yaxshi amallarning foydasi bo`lmaydi. Iymoni bo`lib turib yaxshi amallarni qilgan bandalar faqat jannatga kirish bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki jannatda abadiy — bardavom qoladilar. Bu esa, shaytonning do`stlari do`zaxda abadiy — bardavom qolishlarining muqobiligadir.)
123
لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلَآ أَمَانِىِّ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ ​ۗ مَن يَعْمَلْ سُوٓءًا يُجْزَ بِهِۦ وَلَا يَجِدْ لَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا‮١٢٣‬‬‬
Sodiq
Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va o`ziga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham topa olmas.
124
وَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًا‮١٢٤‬‬‬
Sodiq
Erkakmi, ayolmi — kim mo`min bo`lgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o`shalar jannatga kirurlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas.[1]

[1] Yaxshi amallarning mukofotini berishda erkagu ayoldan barobar iymon shart qilinib qo`yiladi. Iymon bo`lmasa, bo`lmaydi. Iymoni bo`lib turib, yaxshi amallarni qilgan har bir erkagu ayol, kim bo`lishidan qat'iy nazar, jannatga kiradilar. Ularga bu dunyoda qilgan amallarining mukofotini qilicha ham qoldirilmay beriladi.)
125
وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًا مِّمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ وَٱتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا ​ۗ وَٱتَّخَذَ ٱللَّهُ إِبْرَٰهِيمَ خَلِيلًا‮١٢٥‬‬‬
Sodiq
Yaxshilik qiluvchi bo`lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to`g`ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do`st tutgan edi.[1]

[1] Ushbu oyatdagi savol bir narsani bilish uchun berilayotgan savol emas. Balki bor narsani iqror qilish uchun aytilayotgan tasdiq savolidir. Qilgan yaxshi amalning qabul bo`lishiga iymon qanchalik shart bo`lsa, ixlos ham ya'ni, ishni Allohning roziligi uchun ixlos bilan ado etish) shunchalik shartdir. Ibrohim alayhissalomning millati — dini Islom edi. Alloh taolo boshqa oyatlarda ham bu haqiqatni bayon etgan. Demak, oyatda Islomdan o`zga haqiqiy din yo`q, deyilmoqda va bu dinga odamlarni yanada qiziqtirish uchun Ibrohim alayhissalomni Alloh taolo O`ziga do`st tutganini ta'kidlamoqda.)
126
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ مُّحِيطًا‮١٢٦‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ihota qilgan Zotdir.
127
وَيَسْتَفْتُونَكَ فِى ٱلنِّسَآءِ ​ۖ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَٰبِ فِى يَتَٰمَى ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِى لَا تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلْوِلْدَٰنِ وَأَن تَقُومُواْ لِلْيَتَٰمَىٰ بِٱلْقِسْطِ ​ۚ وَمَا تَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِهِۦ عَلِيمًا‮١٢٧‬‬‬
Sodiq
Sendan ayollar haqida fatvo so`rarlar. «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga rag`bat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmog`ingiz haqida fatvo beradir», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir.
128
وَإِنِ ٱمْرَأَةٌ خَافَتْ مِن​ۢ بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَآ أَن يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًا ​ۚ وَٱلصُّلْحُ خَيْرٌ ​ۗ وَأُحْضِرَتِ ٱلْأَنفُسُ ٱلشُّحَّ ​ۚ وَإِن تُحْسِنُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا‮١٢٨‬‬‬
Sodiq
Agar ayol kishi o`z eridan nafrat va yuz o`girish sodir bo`lishidan qo`rqsa, ikkovlari o`zaro sulhga kelishishlarida gunoh yo`q. Sulh yaxshidir. Nafslar qizg`anishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor Zotdir.[1]

[1] Oilada turli sabablarga ko`ra, erda xotiniga nisbatan nafrat paydo bo`lishi mumkin. Natijada er xotinidan ajralmoqchi yoki undan yuz o`girib, taloq ham qilmay, muomala qilmay tashlab qo`ymoqchi. Xotin eridan ajrashni xohlamasa, yarashishga urinadi. Erning nafratiga yoki yuz o`girishiga sabab bo`lgan ishlarni bartaraf etish bilan uni rozi qilib, ajralmay qolishga tirishadi. Jumladan, xotinidan nafratlanib, uni taloq qilmoqchi bo`lgan yoki yuz o`girib, tek tashlab qo`ymoqchi bo`lgan erkak o`sha xotinning ajrashish istagi yo`qligini bilgach, unga yaxshilik qilib, taqvo yuzasidan o`zi bilan olib qolsa, yaxshi bo`ladi. Alloh unga ajr va savob beradi.)
129
وَلَن تَسْتَطِيعُوٓاْ أَن تَعْدِلُواْ بَيْنَ ٱلنِّسَآءِ وَلَوْ حَرَصْتُمْ ​ۖ فَلَا تَمِيلُواْ كُلَّ ٱلْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَٱلْمُعَلَّقَةِ ​ۚ وَإِن تُصْلِحُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا‮١٢٩‬‬‬
Sodiq
Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar o`rtasida adolatli bo`la olmassizlar. Bir yo`la moyil bo`lib ketib, (ba'zisini) muallaqqa o`xshatib qo`ymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] «Xotinlar o`rtasida adolat» ko`p xotinli erning xotinlariga nisbatan qalbidagi muhabbati borasidadir. Ya'ni, ko`nglingizda muhabbati o`rnashgan ba'zi xotiningizga bir yo`la moyil bo`lib ketib, xotinlaringizning ba'zisini muallaq ayolga o`xshatib qo`ymang. «Muallaq ayol» deb xotin bo`lib xotin emas, boshi ochiq bo`lib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli bo`lishga chorlamoqda. Ko`p xotinli er yaxshi ko`rgan xotini bilan doimo birga bo`lib, boshqasini tark etsa, shariatga hech to`g`ri kelmaydi.)
130
وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ ٱللَّهُ كُلًّا مِّن سَعَتِهِۦ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ وَٰسِعًا حَكِيمًا‮١٣٠‬‬‬
Sodiq
Agar ajrashsalar, Alloh O`z fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir.
131
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۗ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ وَإِن تَكْفُرُواْ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدًا‮١٣١‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.
132
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا‮١٣٢‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil bo`lishga Alloh kifoyadir.
133
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ أَيُّهَا ٱلنَّاسُ وَيَأْتِ بِـَٔاخَرِينَ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ قَدِيرًا‮١٣٣‬‬‬
Sodiq
Agar U Zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir bo`lgan Zotdir.[1]

[1] Agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yo`q qilib, ularning o`rniga O`ziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan, yangi boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.)
134
مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ ثَوَابُ ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعً​ۢا بَصِيرًا‮١٣٤‬‬‬
Sodiq
Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir.
ﻉ81Juz 5 8⁄8 • Sahifa 10081ﻉ
135
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُواْ قَوَّٰمِينَ بِٱلْقِسْطِ شُهَدَآءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَوِ ٱلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ ​ۚ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًا فَٱللَّهُ أَوْلَىٰ بِهِمَا ​ۖ فَلَا تَتَّبِعُواْ ٱلْهَوَىٰٓ أَن تَعْدِلُواْ ​ۚ وَإِن تَلْوُۥٓاْ أَوْ تُعْرِضُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا‮١٣٥‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o`zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo`lsa ham, Alloh uchun to`g`ri guvohlik beruvchi bo`ling. Agar u boy bo`lsa ham, kambag`al bo`lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o`girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.[1]

[1] Demak, guvohlik Alloh uchun bo`lishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Ana shundagina adolatli guvohlik bo`ladi. Albatta, odamning o`ziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urug`iga qarshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy ta'limot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin.)
136
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ ءَامِنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلَّذِى نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِن قَبْلُ ​ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِٱللَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلً​ۢا بَعِيدًا‮١٣٦‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U O`z Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg`ambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan bo`ladi.
137
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ ثُمَّ ءَامَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ ثُمَّ ٱزْدَادُواْ كُفْرًا لَّمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ سَبِيلً​ۢا‮١٣٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, so`ngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda bo`lganlarni Alloh mag`firat qilmas va to`g`ri yo`lga hidoyat etmas.[1]

[1] Iymon bilan kufr orasida borib-kelib, borib-kelib, oxiri kufrda ziyoda bo`layotganlar — munofiqlardir. Agar inson kofir bo`lib yurib keyin iymonga kelsa, uning iymoni kofirligini yuvib ketadi. Iymonga kelgandan keyingi davrdan boshlab hisob-kitobi boshlanadi.)
138
بَشِّرِ ٱلْمُنَٰفِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا‮١٣٨‬‬‬
Sodiq
Munofiqlarga ularga albatta alamli azob bo`lishining bashoratini ber.
139
ٱلَّذِينَ يَتَّخِذُونَ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۚ أَيَبْتَغُونَ عِندَهُمُ ٱلْعِزَّةَ فَإِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا‮١٣٩‬‬‬
Sodiq
Ular mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutadiganlardir. Ularning oldida izzat, kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat, kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir.
140
وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَٰبِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلَا تَقْعُدُواْ مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُواْ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦٓ ​ۚ إِنَّكُمْ إِذًا مِّثْلُهُمْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ جَامِعُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْكَٰفِرِينَ فِى جَهَنَّمَ جَمِيعًا‮١٤٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chog`da, boshqa gapga o`tmagunlaricha, ular bilan o`tirmanglar», deb tushirdi. Agar o`tirsangiz, siz ham ularga o`xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir.[1]

[1] Alloh taolo kitobda, ya'ni Qur'oni Karimda mo`minlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar bo`layotgan majlisda o`tirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil bo`lgan al-An'om surasida kelgan. Chunki mo`min kishining bu kabi majlislarda jim o`tirishi munofiqlikning boshlanishidir. Har bir mo`min Alloh, Islom, Payg`ambar alayhissalotu vassalom va Qur'on kabi mo`'tabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-so`zlarni eshitgan chog`ida qarshi chiqmoqqa, hattoki to`g`rilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim o`tirsa, munofiqlik yo`liga qadam qo`ygan bo`ladi.)
141
ٱلَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِّنَ ٱللَّهِ قَالُوٓاْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَٰفِرِينَ نَصِيبٌ قَالُوٓاْ أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۗ وَلَن يَجْعَلَ ٱللَّهُ لِلْكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا‮١٤١‬‬‬
Sodiq
Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bo`lsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bo`lsa: «Sizlarga ustun kelib, mo`minlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mo`minlar ustidan yo`l bermas.[1]

[1] Munofiq har doim munofiqligini qiladi. Iymon masalasidaki ikkiyoqlamalik qilgandan keyin, boshqa masalalarda bundan battar bo`ladi. Ular doimo iymon va kufr, mo`minlar va kofirlar orasida tarozining pallasi qayoqqa og`ishini kuzatib turadilar.)
142
إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَهُوَ خَٰدِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوٓاْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ قَامُواْ كُسَالَىٰ يُرَآءُونَ ٱلنَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ إِلَّا قَلِيلًا‮١٤٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo`lurlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xo`jako`rsinga tururlar va Allohni kamdan-kam zikr qilurlar.
143
مُّذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَٰلِكَ لَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ وَلَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ​ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًا‮١٤٣‬‬‬
Sodiq
Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qo`shila oladirlar va na manavilarga qo`shila oladirlar. Alloh kimni yo`ldan adashtirsa, hargiz unga yo`l topa olmassan.
144
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجْعَلُواْ لِلَّهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًا مُّبِينًا‮١٤٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutmang. Allohning huzurida o`z ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?![1]

[1] Mo`minni qo`yib, kofirni do`st tutish ham bir navi hujjatdirki, oxiratda bu hujjat ularning zararlariga ishlaydi va Alloh ularni shu hujjat asosida azoblaydi.)
145
إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ فِى ٱلدَّرْكِ ٱلْأَسْفَلِ مِنَ ٱلنَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا‮١٤٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, munofiqlar do`zaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan.[1]

[1] Islom dini uchun munofiqlar kofirlardan ham zararli va xavflidirlar. Shuning uchun oxiratda ham ular kofirlardan-da ko`ra qattiqroq azobga duchor bo`ladilar. Do`zaxning eng qa'riga — eng ostki qavatiga tashlanadilar. Bu joyni oyatda «ad-Darkul asfali» deyilgan.)
146
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ وَأَصْلَحُواْ وَٱعْتَصَمُواْ بِٱللَّهِ وَأَخْلَصُواْ دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًا‮١٤٦‬‬‬
Sodiq
Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qo`yganlar — ana o`shalar mo`minlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mo`minlarga ulug` ajr berur.
147
مَّا يَفْعَلُ ٱللَّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَءَامَنتُمْ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمًا‮١٤٧‬‬‬
Sodiq
Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchi Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan bir foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi. Bu azobning asosiy sababi bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz bu dunyoda azoblansa, qilgan xatosi evaziga, to`g`ri yo`lga qaytsin, deb qilinadi. Uni oxiratda azoblash esa, noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida, «Alloh shukr qiluvchi va biluvchi Zotdir». Ya'ni, shukr qilgan bandalaridan rozi bo`ladi va ularga ulug` ajrlarni beradi.)
148
۞ لَّا يُحِبُّ ٱللَّهُ ٱلْجَهْرَ بِٱلسُّوٓءِ مِنَ ٱلْقَوْلِ إِلَّا مَن ظُلِمَ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا‮١٤٨‬‬‬
Sodiq
Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko`rmas. Magar mazlumdan bo`lsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.[1]

[1] Qalbida taqvosi, vijdonida hassoslik bo`lmagan odam har qanday yomon so`zni osongina oshkora qiladi, atrofga yoyadi. Yomon gapni oshkor qilish ikki odamning bir-birini so`kishidan, yomonlashidan va g`iybat-bo`hton qilishidan boshlanadi. So`ngra asta-sekin kattalashib, jamiyatni halokat jari yoqasiga olib keladi. Shuning uchun ham Islom jamiyatida yomon so`zni oshkor qilish qat'iyan taqiqlanadi. Faqat bir toifaga — mazlumga ruxsat. Shunda ham, mazlum inson o`z ustidagi zulmni ko`tarishi uchungina izn beriladi. Jumladan, zolimning zulmidan jamiyatni xabardor etish uchun mazlumgina yomon gapni oshkor qilishi mumkin.)
149
إِن تُبْدُواْ خَيْرًا أَوْ تُخْفُوهُ أَوْ تَعْفُواْ عَن سُوٓءٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا قَدِيرًا‮١٤٩‬‬‬
Sodiq
Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir Zotdir.
150
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُواْ بَيْنَ ٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُواْ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا‮١٥٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohga va Uning Payg`ambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Payg`ambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda ba'zilariga iymon va ba'zilariga kufr keltiramiz, deb ana o`shanday ora yo`lni tutishni xohlaydiganlar.
151
أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ حَقًّا ​ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا‮١٥١‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar, haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qo`yganmiz.
152
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَلَمْ يُفَرِّقُواْ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ أُوْلَٰٓئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮١٥٢‬‬‬
Sodiq
Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana o`shalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
153
يَسْـَٔلُكَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيْهِمْ كِتَٰبًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ​ۚ فَقَدْ سَأَلُواْ مُوسَىٰٓ أَكْبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوٓاْ أَرِنَا ٱللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ بِظُلْمِهِمْ ​ۚ ثُمَّ ٱتَّخَذُواْ ٱلْعِجْلَ مِن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ فَعَفَوْنَا عَن ذَٰلِكَ ​ۚ وَءَاتَيْنَا مُوسَىٰ سُلْطَٰنًا مُّبِينًا‮١٥٣‬‬‬
Sodiq
Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni so`rarlar. Musodan bundan ham katta narsani so`raganlar — «Bizga Allohni oshkora ko`rsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. So`ngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni (xudo qilib) oldilar. Bas, Biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.
154
وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ ٱلطُّورَ بِمِيثَٰقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ٱدْخُلُواْ ٱلْبَابَ سُجَّدًا وَقُلْنَا لَهُمْ لَا تَعْدُواْ فِى ٱلسَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًا‮١٥٤‬‬‬
Sodiq
Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni ko`tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik.[1]

[1] Ya'ni, yahudiylar shariatga yurmaganlari holda, nima qilsang rozimiz, deb ahd bergan edilar. Xuddi o`sha ahdnomalariga muvofiq Alloh taolo ularni qo`rqitish uchun tepalariga Tur tog`ini olib kelib qo`ydi. Yahudiylar nochor holda qoldilar. Agar tavba qilmasalar, Allohning aytganiga kirmasalar, ustilaridagi tog` ularni bosib qo`yishi aniq edi. Ammo yahudiylar yana yahudiyliklarini qildilar. O`zlarini xavfdan holi sezishlari bilan darhol ahdnomani buzdilar. Baytul Maqdisga tavozu' bilan egilib emas, ketlari bilan surilib kirdilar va shanba kuni baliq ovlashga hiyla o`ylab chiqardilar. Bas, ushbu qilgan gunohlari va boshqa kelasi oyatlarda zikr qilinadigan) ayblari uchun Alloh taolo ularni la'natladi.)
155
فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَٰقَهُمْ وَكُفْرِهِم بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَقَتْلِهِمُ ٱلْأَن​ۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَقَوْلِهِمْ قُلُوبُنَا غُلْفُ​ۢ ​ۚ بَلْ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَيْهَا بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًا‮١٥٥‬‬‬
Sodiq
Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Payg`ambarlarni nohaqdan o`ldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yo`q! Balki, kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar.
156
وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَىٰ مَرْيَمَ بُهْتَٰنًا عَظِيمًا‮١٥٦‬‬‬
Sodiq
«Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan bo`hton aytganlari uchun».
157
وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا ٱلْمَسِيحَ عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ ٱللَّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَٰكِن شُبِّهَ لَهُمْ ​ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُواْ فِيهِ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ ​ۚ مَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ إِلَّا ٱتِّبَاعَ ٱلظَّنِّ ​ۚ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينً​ۢا‮١٥٧‬‬‬
Sodiq
«Biz Allohning Rasuli Masiyh Iyso ibn Maryamni o`ldirdik», deganlari uchun (ularni la'natladik). Holbuki, uni o`ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning o`limidan shak-shubhadadirlar. U to`g`risida ularning bilimlari yo`q, magar gumonga ergasharlar. Uni o`ldirmaganlari aniqdir.[1]

[1] «Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila payg`ambar qilib yuborganida yahudiylar u zotga berilgan payg`ambarlik va mo`'jizalarga hasad qildilar. Yahudiylar esa, u kishini yolg`onchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga o`tdilar.)
158
بَل رَّفَعَهُ ٱللَّهُ إِلَيْهِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا‮١٥٨‬‬‬
Sodiq
Balki, uni Alloh O`ziga ko`tardi. Alloh aziyz va hakiym bo`lgan Zotdir.
159
وَإِن مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ إِلَّا لَيُؤْمِنَنَّ بِهِۦ قَبْلَ مَوْتِهِۦ ​ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا‮١٥٩‬‬‬
Sodiq
Hech bir ahli kitob yo`qki, unga o`limidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh bo`lur.[1]

[1] Ulamolarimiz bu oyati karimaning ma'nosida ikki xil fikr aytganlar. Bunga oyatdagi «o`limidan oldin» iborasi sabab bo`lgan. Ba'zilari, bu yerda Iysoning o`limi nazarda tutilgan, desalar, ba'zilari, ahli kitobning o`limi nazarda tutilgan deydilar. Birinchi toifaning gapiga binoan oyatning ma'nosi bunday Iyso alayhissalom qiyomat yaqinlashganda tushganlarida ahli kitoblardan hech kim qolmay, u kishi o`lishlaridan oldin u zotga iymon keltiradi. Ikkinchi toifa olimlarning tafsirlariga ko`ra esa, har bir ahli kitob o`z o`limidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ya'ni, har bir yahudiy ham o`z o`limidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ammo bu foyda bermaydigan iymon bo`ladi. Shuning uchun ham Iyso alayhissalom «Qiyomat kuni... ularning) ziddiga guvoh bo`lur».)
160
فَبِظُلْمٍ مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَٰتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ كَثِيرًا‮١٦٠‬‬‬
Sodiq
Yahudiy bo`lganlarga, ularning zulmi, Allohning yo`lidan ko`p to`sganlari uchun, o`zlariga halol qilingan narsani harom qildik.
161
وَأَخْذِهِمُ ٱلرِّبَوٰاْ وَقَدْ نُهُواْ عَنْهُ وَأَكْلِهِمْ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَٰطِلِ ​ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا‮١٦١‬‬‬
Sodiq
Va qaytarilgan bo`lsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yo`l bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qo`ydik.
162
لَّٰكِنِ ٱلرَّٰسِخُونَ فِى ٱلْعِلْمِ مِنْهُمْ وَٱلْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ ​ۚ وَٱلْمُقِيمِينَ ٱلصَّلَوٰةَ ​ۚ وَٱلْمُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلْمُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ أُوْلَٰٓئِكَ سَنُؤْتِيهِمْ أَجْرًا عَظِيمًا‮١٦٢‬‬‬
Sodiq
Lekin, ulardan ilmda mustahkam bo`lganlari va mo`minlari senga nozil bo`lgan narsaga va sendan oldin nozil bo`lgan narsaga iymon keltirurlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana o`shalarga albatta ulug` ajr berurmiz.
ﻉ84Juz 6 2⁄8 • Sahifa 10484ﻉ
163
۞إِنَّآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ كَمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ نُوحٍ وَٱلنَّبِيِّـۧنَ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ ​ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَعِيسَىٰ وَأَيُّوبَ وَيُونُسَ وَهَٰرُونَ وَسُلَيْمَٰنَ ​ۚ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًا‮١٦٣‬‬‬
Sodiq
Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Payg`ambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik.[1]

[1] Demak, hamma payg`ambarlarga vahiy yuborayotgan, ularni bandalar ichidan tanlab olayotgan Zot bitta. Mazkur payg`ambarlarga vahiy yuborgan o`sha Zot Muhammad alayhissalomga ham vahiy yuborgan. Mazkur kishilarni payg`ambar qilib tanlab olgan o`sha zot Muhammad alayhissalomni payg`ambar qilib tanlab olgandir. Dovud alayhissalomga Zaburni bergan bo`lsa, Muhammad alayhissalomga Qur'onni bergandir.)
164
وَرُسُلًا قَدْ قَصَصْنَٰهُمْ عَلَيْكَ مِن قَبْلُ وَرُسُلًا لَّمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ ​ۚ وَكَلَّمَ ٱللَّهُ مُوسَىٰ تَكْلِيمًا‮١٦٤‬‬‬
Sodiq
Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Payg`ambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila o`ziga xos gaplashdi.[1]

[1] Qur'oni Karimda nomlari zikr qilingan payg`ambarlar quyidagilar Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Horun, Yunus, Dovud, Sulaymon, Ilyos, al-Yasa', Zakariyo, Yahyo, Zul-Kifl, Iyso va Muhammad alayhissalomlardir. Qur'oni Karimda nomlari zikr qilinmagan payg`ambarlar haqidagi eng ishonchli ma'lumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-G`iforiy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki «Ey Allohning Rasuli, payg`ambarlar qancha?» deb so`radim. U zot alayhissalotu vassalom «Bir yuz yigirma to`rt mingta», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» dedim. U zot «Uch yuz o`n uchtasi, ko`pchilik», dedilar.)
165
رُّسُلًا مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى ٱللَّهِ حُجَّةُ​ۢ بَعْدَ ٱلرُّسُلِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا‮١٦٥‬‬‬
Sodiq
Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Payg`ambarlarni Alloh huzurida odamlarga Payg`ambarlardan so`ng hujjat bo`lmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziyz va hakiym bo`lgan Zotdir.
166
لَّٰكِنِ ٱللَّهُ يَشْهَدُ بِمَآ أَنزَلَ إِلَيْكَ ​ۖ أَنزَلَهُۥ بِعِلْمِهِۦ ​ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَشْهَدُونَ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا‮١٦٦‬‬‬
Sodiq
Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradir. Uni O`z ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning O`zi kifoya qilur.
167
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ قَدْ ضَلُّواْ ضَلَٰلً​ۢا بَعِيدًا‮١٦٧‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar.
168
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَظَلَمُواْ لَمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ طَرِيقًا‮١٦٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor mag`firat qilmas va yo`lga hidoyat ham qilmas.
169
إِلَّا طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا‮١٦٩‬‬‬
Sodiq
Magar jahannam yo`liga (hidoyat qilur) va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir.
170
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلرَّسُولُ بِٱلْحَقِّ مِن رَّبِّكُمْ فَـَٔامِنُواْ خَيْرًا لَّكُمْ ​ۚ وَإِن تَكْفُرُواْ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا‮١٧٠‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Payg`ambar keldi. Bas, iymon keltiring, o`zingizga yaxshi bo`ladir. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
171
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا تَغْلُواْ فِى دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ​ۚ إِنَّمَا ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ ٱللَّهِ وَكَلِمَتُهُۥٓ أَلْقَىٰهَآ إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِّنْهُ ​ۖ فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ​ۖ وَلَا تَقُولُواْ ثَلَٰثَةٌ ​ۚ ٱنتَهُواْ خَيْرًا لَّكُمْ ​ۚ إِنَّمَا ٱللَّهُ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۖ سُبْحَٰنَهُۥٓ أَن يَكُونَ لَهُۥ وَلَدٌ ​ۘ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا‮١٧١‬‬‬
Sodiq
Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Payg`ambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan bo`lgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. To`xtang, o`zingizga yaxshi bo`ladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, o`zga emas. U O`zining bolasi bo`lishidan pok bo`ldi. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur.[1]

[1] Islom dini insoniyatning aqidasini to`g`ri yo`lga solishga kelgan. Bu o`rinda nasorolarning aqidasini to`g`rilamoqda. Ma'lumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqida to`g`ri bo`lgan. Lekin zamon o`tishi bilan bu aqida asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqidasi tamoman buzilib bo`lgan edi. Nasorolar o`z dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va payg`ambari Iyso alayhissalomni, Allohning o`g`li, dedilar. So`ngra, Alloh uch asldan — ota, o`g`il va muqaddas ruhdan iboratdir, deb da'vo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga ko`tardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, o`zlari ham tushunib yetmaydigan aqidaviy mashmashalarga giriftor bo`ldilar. Ularning ushbu va shunga o`xshash ko`plab ishlari dinda g`uluvga ketish — haddan oshish edi.)
172
لَّن يَسْتَنكِفَ ٱلْمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبْدًا لِّلَّهِ وَلَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ٱلْمُقَرَّبُونَ ​ۚ وَمَن يَسْتَنكِفْ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيَسْتَكْبِرْ فَسَيَحْشُرُهُمْ إِلَيْهِ جَمِيعًا‮١٧٢‬‬‬
Sodiq
Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bo`lishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini O`ziga to`plar.
173
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ​ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْتَنكَفُواْ وَٱسْتَكْبَرُواْ فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا‮١٧٣‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular o`zlari uchun Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham topmaslar.
174
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُم بُرْهَٰنٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ نُورًا مُّبِينًا‮١٧٤‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik.[1]

[1] Bu burhon — Qur'oni Karimdir. Ushbu burhon — Allohning yagonaligining burhonidir. Ushbu burhon — Payg`ambar alayhissalomning haqliklari burhonidir. Ushbu burhon — Islomning ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh taolo O`z bandalariga rahm etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qur'on — aniq nurdir.)
175
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَٱعْتَصَمُواْ بِهِۦ فَسَيُدْخِلُهُمْ فِى رَحْمَةٍ مِّنْهُ وَفَضْلٍ وَيَهْدِيهِمْ إِلَيْهِ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا‮١٧٥‬‬‬
Sodiq
Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, O`zidan bo`lgan rahmatga va fazlga kiritur va ularni unga — to`g`ri yo`lga hidoyat qilur.
176
يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِى ٱلْكَلَٰلَةِ ​ۚ إِنِ ٱمْرُؤٌاْ هَلَكَ لَيْسَ لَهُۥ وَلَدٌ وَلَهُۥٓ أُخْتٌ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ ​ۚ وَهُوَ يَرِثُهَآ إِن لَّمْ يَكُن لَّهَا وَلَدٌ ​ۚ فَإِن كَانَتَا ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا ٱلثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ​ۚ وَإِن كَانُوٓاْ إِخْوَةً رِّجَالًا وَنِسَآءً فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ​ۗ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ أَن تَضِلُّواْ ​ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمُ​ۢ‮١٧٦‬‬‬
Sodiq
Sendan fatvo so`rarlar. «Alloh sizga kalola haqida fatvo berur», deb ayt. Agar bir odam o`lsa-yu, uning bolasi bo`lmasa, singlisi bo`lsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur. Agar singilning bolasi bo`lmasa, u hamma merosni olur. Agar singil ikkita bo`lsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar. Agar (merosxo`rlar) erkak-ayol birodarlar bo`lsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.[1]

[1] «Kalola» nima ekanligi xususida ushbu Niso surasi avvalida bahs qilganmiz.)