Sura 58

Mujodila

q

Bahslashuvchi xotin

22 oyat |MadinaMadina |
Sura 58 • Oyat 1 / 22 • Juz 281⁄8 • Sahifa 542
Mujodila
ﻉ476Juz 28 • Sahifa 542476ﻉ
2
1
قَدْ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوْلَ ٱلَّتِى تُجَٰدِلُكَ فِى زَوْجِهَا وَتَشْتَكِىٓ إِلَى ٱللَّهِ وَٱللَّهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَآ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُ​ۢ بَصِيرٌ‮١‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh sen bilan o`z eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning so`zini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchidir.[1]

[1] Ya'ni, Alloh taolo uy ichida, Payg`ambar alayhissalom bilan pichirlashib gaplashgan Havla Binti Sa'labaning so`zlarini eshitgandek, dunyoda bo`layotgan barcha ishlarni ko`rib turadi. Uning uchun hech bir narsa maxfiy emasdur.)
2
ٱلَّذِينَ يُظَٰهِرُونَ مِنكُم مِّن نِّسَآئِهِم مَّا هُنَّ أُمَّهَٰتِهِمْ ​ۖ إِنْ أُمَّهَٰتُهُمْ إِلَّا ٱلَّٰٓـِٔى وَلَدْنَهُمْ ​ۚ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنكَرًا مِّنَ ٱلْقَوْلِ وَزُورًا ​ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ichlaringizda o`z xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qo`ysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan o`zga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va g`irt yolg`on so`zlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va mag`firat qiluvchidir.
3
وَٱلَّذِينَ يُظَٰهِرُونَ مِن نِّسَآئِهِمْ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُواْ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مِّن قَبْلِ أَن يَتَمَآسَّا ​ۚ ذَٰلِكُمْ تُوعَظُونَ بِهِۦ ​ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ‮٣‬‬‬
Sodiq
Xotinlardan zihor qilganlar o`z aytganlaridan qaytsalar, (qayta) qo`shilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu (hukm) va'zlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
4
فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِن قَبْلِ أَن يَتَمَآسَّا ​ۖ فَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ​ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤْمِنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ​ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ​ۗ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qo`shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro`za tutsin. Kim (ro`za tutishga) qodir bo`lmasa, oltmish miskinni to`yg`azsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.
5
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ كُبِتُواْ كَمَا كُبِتَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ وَقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَٰتٍ بَيِّنَٰتٍ ​ۚ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌ مُّهِينٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiladiganlar, ulardan avvalgilar xor bo`lganidek, xor bo`lurlar. Holbuki, batahqiq, Biz ochiq-oydin oyatlarni tushirib qo`yganmiz. Va kofirlarga xorlovchi azob bor.
6
يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓاْ ​ۚ أَحْصَىٰهُ ٱللَّهُ وَنَسُوهُ ​ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ‮٦‬‬‬
Sodiq
Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir.
ﻉ477Sahifa 543477ﻉ
7
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۖ مَا يَكُونُ مِن نَّجْوَىٰ ثَلَٰثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلَا خَمْسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلَآ أَدْنَىٰ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُواْ ​ۖ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُواْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi? Agar uchtaning sirli so`zlashuvi bo`lsa, albatta, U zot to`rtinchidir. Beshtaniki bo`lsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bo`lsa ham, ko`p bo`lsa ham va qayerda bo`lsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir. So`ng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.
8
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نُهُواْ عَنِ ٱلنَّجْوَىٰ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا نُهُواْ عَنْهُ وَيَتَنَٰجَوْنَ بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَمَعْصِيَتِ ٱلرَّسُولِ وَإِذَا جَآءُوكَ حَيَّوْكَ بِمَا لَمْ يُحَيِّكَ بِهِ ٱللَّهُ وَيَقُولُونَ فِىٓ أَنفُسِهِمْ لَوْلَا يُعَذِّبُنَا ٱللَّهُ بِمَا نَقُولُ ​ۚ حَسْبُهُمْ جَهَنَّمُ يَصْلَوْنَهَا ​ۖ فَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮٨‬‬‬
Sodiq
Sirli so`zlashuvdan qaytarilganlarni ko`rmadingmi?! Man etilgan ishga yana qayturlar, gunoh va dushmanlik ila va Payg`ambarga osiy bo`lib, sirli so`zlarlar. Va huzuringga kelsalar, sen bilan Alloh o`rgatmagan tarzda so`rashurlar. Va ichlarida, shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi, derlar. Ularga jahannam kifoyadir, unga kirurlar. U qandoq ham yomon joy![1]

[1] Yahudiylar har bir narsada hiyla ishlatib, Rasulullohga va musulmonlarga yomonlik qilishning payida bo`lardilar. Hattoki ular salomlashish paytida ham «As-Salomu alaykum sizga tinchlik bo`lsin)» deyish o`rniga, «As-Somu alaykum sizga o`lim bo`lsin)» deb sezilmaydigan qilib aytishardi.)
9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا تَنَٰجَيْتُمْ فَلَا تَتَنَٰجَوْاْ بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَمَعْصِيَتِ ٱلرَّسُولِ وَتَنَٰجَوْاْ بِٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Payg`ambarga ma'siyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga to`planib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz.[1]

[1] Musulmonlar o`zaro suhbatlarida doimo bir-birlarini yaxshilikka va taqvoga chorlashlari lozim. Afsuski, hozir bu qur'oniy ta'limotlar bizning oramizdan yo`qolgan. O`zaro suhbatlar yolg`on, bo`hton, tuhmat va g`iybatdan iborat bo`lib qolmoqda. Bu esa musulmonlarning na odobiga, na sha'niga to`g`ri keladi.)
10
إِنَّمَا ٱلنَّجْوَىٰ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ لِيَحْزُنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَلَيْسَ بِضَآرِّهِمْ شَيْـًٔا إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Mo`minlar Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar.[1]

[1] Odatda ikkita-ikkita yoki ko`proq bo`lib olib, jamoatdan ajrab pichir-pichir qilib gaplashish ko`rib turganlar qalbiga shubha soladi. «Bizdan berkitib bular nimaningdir maslahatini qilishayotgan ekan», degan xayolga olib boradi. Buning ustiga, shayton «Sening zararingga maslahat qilishyapti, bo`lmasa oshkora gapirishardi», deb vasvasa qiladi. Shunday qilib, qarabsizki, jamiyat a'zolari ichida bir-biriga ishonchsizlik yuzaga keladi.)
11
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا قِيلَ لَكُمْ تَفَسَّحُواْ فِى ٱلْمَجَٰلِسِ فَٱفْسَحُواْ يَفْسَحِ ٱللَّهُ لَكُمْ ​ۖ وَإِذَا قِيلَ ٱنشُزُواْ فَٱنشُزُواْ يَرْفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمْ وَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ دَرَجَٰتٍ ​ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq o`tiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing. Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini ko`taradir. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.[1]

[1] Musulmonlar Payg`ambar alayhissalom majlislarida iymon va ilm olardilar. Shuning uchun ham hamma katta qiziqish bilan, iloji boricha, u zotga yaqinroq o`tirishni xohlardi. Ushbu oyat nozil bo`lgach, ilm olish majlisini hammaga keng targ`ib qilish zarurligi eslatilib, majlis ahlining barchasiga joy berishni yo`lga qo`yishga da'vat etildi.)
12
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا نَٰجَيْتُمُ ٱلرَّسُولَ فَقَدِّمُواْ بَيْنَ يَدَىْ نَجْوَىٰكُمْ صَدَقَةً ​ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَأَطْهَرُ ​ۚ فَإِن لَّمْ تَجِدُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar Payg`ambar bilan sirli suhbat qilmoqchi bo`lsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir.[1]

[1] Payg`ambar alayhissalom bilan munojot suhbat) qilishdan avval sadaqa berishga da'vat etilgan buyruqning bir necha hikmatlari bor. Payg`ambar alayhissalomning vaqtlarini bekor ketkazmaslik; kambag`allarga foyda bo`lishi; muxlis va munofiqlarni ajratish va hokazo.)
13
ءَأَشْفَقْتُمْ أَن تُقَدِّمُواْ بَيْنَ يَدَىْ نَجْوَىٰكُمْ صَدَقَٰتٍ ​ۚ فَإِذْ لَمْ تَفْعَلُواْ وَتَابَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ​ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرُ​ۢ بِمَا تَعْمَلُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish og`ir keldimi? Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi. Bas, namoz o`qingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilingiz. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.[1]

[1] Alloh taolo avvalgi hukmini bekor qilmasa yoki undan ham og`irroq hukmni joriy qilsa bo`laverar edi. Lekin Alloh taolo o`zini unutib qo`ygan ba'zi kishilarni ogohlantirib bo`lgach, yana ko`pchilikka rahm qilib, avvalgi O`z hukmini bekor qildi.)
ﻉ478Juz 28 2⁄8478ﻉ
14
۞أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ تَوَلَّوْاْ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مَّا هُم مِّنكُمْ وَلَا مِنْهُمْ وَيَحْلِفُونَ عَلَى ٱلْكَذِبِ وَهُمْ يَعْلَمُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Allohning g`azabiga duchor bo`lgan qavmni do`st tutganlarni ko`rmaysanmi? Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas. Bilib turib, yolg`onga qasam icharlar.
15
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ​ۖ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Alloh ular uchun og`ir azobni tayyorlagan. Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!
16
ٱتَّخَذُوٓاْ أَيْمَٰنَهُمْ جُنَّةً فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ular qasamlarini o`zlari uchun qalqon qilib oldilar. Bas, Allohning yo`lidan to`sdilar. Ularga xorlovchi azob bordir!
17
لَّن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan hech narsani qaytara olmas. Ana o`shalar do`zax ahlidurlar. Ular unda abadiy qolurlar.
18
يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا فَيَحْلِفُونَ لَهُۥ كَمَا يَحْلِفُونَ لَكُمْ ​ۖ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ عَلَىٰ شَىْءٍ ​ۚ أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb o`ylarlar. Ayo, ogoh bo`ling, ular, ha, ular yolg`onchidirlar.
19
ٱسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ ٱلشَّيْطَٰنُ فَأَنسَىٰهُمْ ذِكْرَ ٱللَّهِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حِزْبُ ٱلشَّيْطَٰنِ ​ۚ أَلَآ إِنَّ حِزْبَ ٱلشَّيْطَٰنِ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Undoq kishilar shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, shayton firqasidagilar, ha, o`shalar yutqazuvchidirlar.[1]

[1] «Bandanni shayton egallab olishining alomati shulki, uni sirtini yaltiroq qilish bilan mashg`ul qilib qo`yadi. Yaxshi yeyish, yaxshi ichimlik ichish, yaxshi liboslar kiyishga urintirib, Allohning ne'matlariga shukr keltirishdan chalg`itadi. Tilida yolg`on, bo`hton va g`iybatni gapiradi-yu, Allohning zikrini unutadi».)
20
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ أُوْلَٰٓئِكَ فِى ٱلْأَذَلِّينَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar xor bo`lganlardandir.
21
كَتَبَ ٱللَّهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَاْ وَرُسُلِىٓ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ عَزِيزٌ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Alloh: «Men va Mening Rasullarim g`alaba qilamiz», deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va g`olibdir.
22
لَّا تَجِدُ قَوْمًا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ يُوَآدُّونَ مَنْ حَآدَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَوْ كَانُوٓاْ ءَابَآءَهُمْ أَوْ أَبْنَآءَهُمْ أَوْ إِخْوَٰنَهُمْ أَوْ عَشِيرَتَهُمْ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ كَتَبَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْإِيمَٰنَ وَأَيَّدَهُم بِرُوحٍ مِّنْهُ ​ۖ وَيُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۚ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُواْ عَنْهُ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حِزْبُ ٱللَّهِ ​ۚ أَلَآ إِنَّ حِزْبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga do`stlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar o`z otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari bo`lsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni O`z huzuridan bir ruh bilan qo`llagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`lur. Ular Allohdan rozi bo`lurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, o`shalar yutuvchilardir.[1]

[1] Allohning rizoligini topish... Kimki yaratgan Robbisi rizoligini topmas ekan, mabodo uning iymoni saqlab qolmasa, bu yolg`onchi dunyoda umri aldanish bilan, oxiratda esa faqat azobga duchor bo`lish bilan intiho topadi.)