Sura 61
Saf
w
Saf
14 oyat |
Madina |
Sura 61 • Oyat 1 / 14 • Juz 284⁄8 • Sahifa 551
Saf
2
1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ١
Sodiq
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadi. U zot g`olib va hikmat egasidir.
2
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ٢
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?!
3
كَبُرَ مَقْتًا عِندَ ٱللَّهِ أَن تَقُولُواْ مَا لَا تَفْعَلُونَ٣
Sodiq
Qilmaydigan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon ko`rilgandir.[1]
[1] Jihod farz qilinishidan avval bir guruh mo`minlar, agar Alloh taolo bizni O`zi eng suyadigan amalga buyurganda edi, uni bajarib ulkan savoblarga erishardik, deb orzu qilib yurishardi. Shunda Alloh Payg`ambar alayhissalomga vahiy yuborib, jihodni farz qildi, ammo avval gapirib yurganlarga bu amr mashaqqatli tuyuldi, og`ir botdi. Shundan so`ng, Alloh taolo yuqoridagi oyatlarni tushirib, ularni ogohlantirdi. Bundan kamida ikkita ibrat chiqadi birinchisi — jihod Alloh naqadar suygan amallardan ekanini hamda ikkinchisi — aytganiga amal qilish eng oliy darajadagi martaba ekanini bilamiz. Bu gaplar har bir islom ummatiga tegishlidir. Qaysi ummat — millat shunga amal qilsa, Alloh oldida ulkan savobga, hayotda esa ulkan taraqqiyotga erishadi.)
4
إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلَّذِينَ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِهِۦ صَفًّا كَأَنَّهُم بُنْيَٰنٌ مَّرْصُوصٌ٤
Sodiq
Albatta, Alloh O`z yo`lida xuddi jips binodek bo`lib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi ko`radir.[1]
[1] Alloh taolo mo`minlar jamiyatini doimo birdam, hamfikr va jipslashgan bo`lishini xohlaydi. Bu oyatda esa urushda ham birdam bo`lishga, jipslashib, dushmanni bir jabha bo`lib qarshi olishga buyurmoqda.)
5
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِى وَقَد تَّعْلَمُونَ أَنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ ۖ فَلَمَّا زَاغُوٓاْ أَزَاغَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ٥
Sodiq
Muso o`z qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar, Alloh ularning qalbini burib qo`ydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.
6
وَإِذْ قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُم مُّصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَمُبَشِّرًۢا بِرَسُولٍ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِى ٱسْمُهُۥٓ أَحْمَدُ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ قَالُواْ هَٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ٦
Sodiq
Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men o`zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Payg`ambarman», deganini esla. Qachonki u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar.
7
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَىٰٓ إِلَى ٱلْإِسْلَٰمِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ٧
Sodiq
Islomga da'vat qilinib turganida Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas.[1]
[1] Ya'ni, inson Islomga da'vat qilinsa, ikki dunyoning saodatiga erishtiruvchi dinga chaqirilsa, uni xursandlik bilan qabul qilishning o`rniga, Allohga nisbatan yolg`on to`qisa, haqiqatdan u dunyodagi eng ashaddiy zolim hisoblanadi. Undaylarning Alloh taologa nisbatan to`qigan yolg`onlari turlicha bo`ladi.)
8
يُرِيدُونَ لِيُطْفِـُٔواْ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ٨
Sodiq
Og`izlari bilan Allohning nurini o`chirmoqchi bo`ladilar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, o`z nurini tugal etguvchidir.[1]
[1] Islom dinini yo`q qilish uchun urinuvchilarning harakati quyoshning shu'lasini og`iz bilan puflab o`chirishga harakat qilishga o`xshaydi.)
9
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ٩
Sodiq
U zot O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Garchi mushriklar yoqtirmasalar ham.
10
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ تِجَٰرَةٍ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ١٠
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiruvchi tijoratga dalolat qilaymi?
11
تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ١١
Sodiq
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar hamda Uning yo`lida molingiz va joningiz bilan jihod qilasizlar. Shundoq qilmoqlaringiz, agar bilsangizlar, o`zlaringiz uchun yaxshidir.
12
يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ وَمَسَٰكِنَ طَيِّبَةً فِى جَنَّٰتِ عَدْنٍ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ١٢
Sodiq
Gunohlaringizni kechirur va sizlarni adn jannatidagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan bog`larga va yaxshi maskanlarga kiritur. Bu narsa siz uchun ulug` yutuqdir.
13
وَأُخْرَىٰ تُحِبُّونَهَا ۖ نَصْرٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٣
Sodiq
Va sizlar yaxshi ko`radigan boshqasi ham bor. Allohdan yordam va yaqin zafar. Va mo`minlarga bashorat ber.[1]
[1] Ushbu oyat Qur'oni Karimning g`oyibdan bergan xabarlaridan bo`lib, ulkan mo`'jiza hamdir. Chunki u Makkai Mukarrama fath etilishidan avval tushgan. Bundan bir oz vaqtdan keyin Alloh taolo ushbu oyatda bergan va'dasi ustidan chiqdi. Allohning yordami bo`lib, Makka musulmonlar qo`liga o`tdi. So`ng tezda butun Arabiston yarim roliga Islom dini tarqaldi.)
14
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُوٓاْ أَنصَارَ ٱللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّـۧنَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ۖ فَـَٔامَنَت طَّآئِفَةٌ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَكَفَرَت طَّآئِفَةٌ ۖ فَأَيَّدْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ عَلَىٰ عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُواْ ظَٰهِرِينَ١٤
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari bo`ling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(bo`ladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir bo`ldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qo`llab-quvvatladik. Va ular g`olib bo`ldilar.[1]
[1] Havoriylar Iyso alayhissalomning shogirdlari, u kishiga yaqin odamlardir. Alloh taolo bu oyati karimada musulmonlarni Islom diniga xizmat qilishga chaqirmoqda va bu xizmatni Allohga yordamchi bo`lish, deb atamoqda.)