Sura 65

Taloq

4

Taloq

12 oyat |MadinaMadina |
Sura 65 • Oyat 1 / 12 • Juz 287⁄8 • Sahifa 558
Taloq
ﻉ492Juz 28 7⁄8 • Sahifa 558492ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُواْ ٱلْعِدَّةَ ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ رَبَّكُمْ ​ۖ لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِن​ۢ بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَٰحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ ​ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ​ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ​ۚ لَا تَدْرِى لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَٰلِكَ أَمْرًا‮١‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan bo`lsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va o`zlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan bo`lsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, o`ziga o`zi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.[1]

[1] Ayollar uchun idda o`tirishni boshlashga munosib vaqt hayzdan pok bo`lganlaridan so`ng jinsiy yaqinlik qilmay turib taloq qo`yishdir. Buning aksi ham bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, taloq ikkiga bo`linadi sunniy taloq va bid'iy taloq. Sunniy taloq — er kishi o`z xotinini hayzdan pok paytida, jinsiy yaqinlik qilmay turib yoki homiladorligi aniq bo`lganda taloq qilishdir. Ushbu shartlarning qo`yilishi ham taloqning oldini olish uchun tutilgan yo`ldir. Er kishi xotinini hayzdan pok bo`lishini kutib, hovridan tushib, taloq niyatidan qaytib qolishi mumkin. Yoki homiladorligi aniqlangandan so`ng mehri kuchayib, taloqni unutishi ham mumkin. Bid'iy taloq — yuqorida sanalgan shartlar vujudga kelmagan paytdagi taloqdir. Ya'ni, hayz paytida, poklik payti-yu, ammo jinsiy yaqinlik sodir bo`lganda qo`yiladiganidir. Bid'iy taloq qilgan kishi gunohkor hisoblanadi. Lekin o`rtaga taloq tushaveradi.)
2
فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُواْ ذَوَىْ عَدْلٍ مِّنكُمْ وَأَقِيمُواْ ٱلشَّهَٰدَةَ لِلَّهِ ​ۚ ذَٰلِكُمْ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bo`lsa, va'zlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo`lini ochib qo`yadir.
3
وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ​ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمْرِهِۦ ​ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا‮٣‬‬‬
Sodiq
Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir.[1]

[1] Uchinchi poklik oxirlab qolganda er xotinga raj'at qilib qaytarib olsa, oilaviy hayotlari davom etaveradi. Idda tugashiga yaqin qolganda ham ajralish fikridan qaytmagan bo`lsa, yaxshilik bilan ajralish kerak.)
4
وَٱلَّٰٓـِٔى يَئِسْنَ مِنَ ٱلْمَحِيضِ مِن نِّسَآئِكُمْ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَٰثَةُ أَشْهُرٍ وَٱلَّٰٓـِٔى لَمْ يَحِضْنَ ​ۚ وَأُوْلَٰتُ ٱلْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ​ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مِنْ أَمْرِهِۦ يُسْرًا‮٤‬‬‬
Sodiq
Ayollaringizdan hayzdan noumid bo`lganlarining iddasi, agar shubhangiz bo`lsa, uch oydir. Hayz ko`rmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo`ymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.
5
ذَٰلِكَ أَمْرُ ٱللَّهِ أَنزَلَهُۥٓ إِلَيْكُمْ ​ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُعْظِمْ لَهُۥٓ أَجْرًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko`paytirib berur.
6
أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنتُم مِّن وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَآرُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُواْ عَلَيْهِنَّ ​ۚ وَإِن كُنَّ أُوْلَٰتِ حَمْلٍ فَأَنفِقُواْ عَلَيْهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ​ۚ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ​ۖ وَأْتَمِرُواْ بَيْنَكُم بِمَعْرُوفٍ ​ۖ وَإِن تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُۥٓ أُخْرَىٰ‮٦‬‬‬
Sodiq
U(ayol)larga, imkoningiz boricha, o`zingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador bo`lsalar, to homilalarini qo`ygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, o`zaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur.
7
لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍ مِّن سَعَتِهِۦ ​ۖ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُۥ فَلْيُنفِقْ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ​ۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَا ​ۚ سَيَجْعَلُ ٱللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍ يُسْرًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor bo`lsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni O`zi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan so`ng tezda osonlikni berur.[1]

[1] Taloq qilingan ayol homilador bo`lsa, taloq qiluvchi er uni tuqqunicha nafaqa bilan ta'minlab turishi kerak. Ushbu nafaqa taom, kiyim va maskan kabilarni o`z ichiga oladi. Agar ayol taloq qilgan eridan bo`lgan farzandni emizsa, xohlasa, emizgani uchun haq oladi. Bu haqning qancha bo`lishi «o`zaro yaxshilik bilan maslahat qiling» degan amrga binoan kelishiladi. Oralariga taloq tushgan eru xotin farzandni emizish haqqini kelishishdan «Agar qiyinchilikka uchrasa»lar, unga erga, farzandni) boshqa ayol emizib beradi». Ya'ni, er boshqa begona ayol bilan shartnoma tuzib, unga haq berib bolasini emizdiradi. Islom dini ayollarni qanchalik e'zozlaganini ushbu hukmdan ham bilib olsa bo`ladi. Taomi, kiyimi va maskani erining zimmasiga. Hatto bolani emizish tashvishi ham xotinning emas, balki erning zimmasida, uning burchi.)
8
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِۦ فَحَاسَبْنَٰهَا حِسَابًا شَدِيدًا وَعَذَّبْنَٰهَا عَذَابًا نُّكْرًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Ko`pgina qishloqlar o`z Robbisining va Uning Rasullarining amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.
9
فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَٰقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْرًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Bas, ular o`z ishlarining yomonligini totib ko`rdilar va ishlarining oqibati yutqiziq bo`ldi.
10
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ​ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ يَٰٓأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ​ۚ قَدْ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكُمْ ذِكْرًا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qo`ydi. Bas, Allohga taqvo qiling, ey, iymon keltirgan aql egalari. Haqiqatan, Alloh sizlarga zikrni tushirdi.
11
رَّسُولًا يَتْلُواْ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ مُبَيِّنَٰتٍ لِّيُخْرِجَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ​ۚ وَمَن يُؤْمِن​ۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَٰلِحًا يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۖ قَدْ أَحْسَنَ ٱللَّهُ لَهُۥ رِزْقًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Payg`ambarki, iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.
12
ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍ وَمِنَ ٱلْأَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ ٱلْأَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَىْءٍ عِلْمً​ۢا‮١٢‬‬‬
Sodiq
Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani O`z ilmi ila o`rab olganini bilishingiz uchundir.