Sura 66

Tahrim

6

Harom qilish

12 oyat |MadinaMadina |
Sura 66 • Oyat 1 / 12 • Juz 288⁄8 • Sahifa 560
Tahrim
ﻉ494Juz 28 8⁄8 • Sahifa 560494ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكَ ​ۖ تَبْتَغِى مَرْضَاتَ أَزْوَٰجِكَ ​ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan! Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir.[1]

[1] Alloh senga halol qilgan cho`rini yoki asalni o`zingga harom qilishing durust emas.)
2
قَدْ فَرَضَ ٱللَّهُ لَكُمْ تَحِلَّةَ أَيْمَٰنِكُمْ ​ۚ وَٱللَّهُ مَوْلَىٰكُمْ ​ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ‮٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni bo`shatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning xojangizdir va U o`ta biluvchi va o`ta hikmatlidir.
3
وَإِذْ أَسَرَّ ٱلنَّبِىُّ إِلَىٰ بَعْضِ أَزْوَٰجِهِۦ حَدِيثًا فَلَمَّا نَبَّأَتْ بِهِۦ وَأَظْهَرَهُ ٱللَّهُ عَلَيْهِ عَرَّفَ بَعْضَهُۥ وَأَعْرَضَ عَن​ۢ بَعْضٍ ​ۖ فَلَمَّا نَبَّأَهَا بِهِۦ قَالَتْ مَنْ أَن​ۢبَأَكَ هَٰذَا ​ۖ قَالَ نَبَّأَنِىَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْخَبِيرُ‮٣‬‬‬
Sodiq
Nabiy xotinlaridan ba'zisiga sir gap aytgan edi. Bas, u (sir)dan xabar berdi va Alloh u(ish)ni u(Nabiy)ga bildirdi. U ba'zisini bildirdi va ba'zisini eslamadi. Qachon u(Nabiy) ul(ayol)ga (ish) haqida xabar berganida, u: «Buni senga kim xabar qildi», dedi. U(Nabiy): «Menga hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh xabar berdi», dedi.[1]

[1] Oyatda Payg`ambar xotinlaridan biri deb Hafsa onamiz nazarda tutilyaptilar. «Sir gap» esa, Payg`ambar alayhissalomning u kishiga «Moriyaga yaqinlik qilmaslik yoki asal ichmaslik» haqida aytgan gaplaridir. Lekin Hafsa onamiz sir gapni Oisha onamizga aytdilar. Alloh Hafsaning sirni fosh etganini Payg`ambar alayhissalomga Jabroil farishta orqali bildirdi. «Payg`ambar alayhissalom Hafsaga sirni Oishaga fosh qilinganini eslatganlarida, u «Bu xabarni sizga kim yetkazdi? deb so`raydi. Payg`ambar alayhissalom «Hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh bildirdi», deb javob beradilar.) Ey ikki ayol!
4
إِن تَتُوبَآ إِلَى ٱللَّهِ فَقَدْ صَغَتْ قُلُوبُكُمَا ​ۖ وَإِن تَظَٰهَرَا عَلَيْهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ مَوْلَىٰهُ وَجِبْرِيلُ وَصَٰلِحُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَعْدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil bo`lur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih mo`minlar ham. Undan so`ng farishtalar unga suyanchiqdir.
5
عَسَىٰ رَبُّهُۥٓ إِن طَلَّقَكُنَّ أَن يُبْدِلَهُۥٓ أَزْوَٰجًا خَيْرًا مِّنكُنَّ مُسْلِمَٰتٍ مُّؤْمِنَٰتٍ قَٰنِتَٰتٍ تَٰٓئِبَٰتٍ عَٰبِدَٰتٍ سَٰٓئِحَٰتٍ ثَيِّبَٰتٍ وَأَبْكَارًا‮٥‬‬‬
Sodiq
U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbi sizdan yaxshiroq, muslima, mo`mina, itoatli, tavbachi, ibodatli, ro`zador juvon va qizlarni o`rningizga xotin qilib bersa.
6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قُوٓاْ أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَٰٓئِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَّا يَعْصُونَ ٱللَّهَ مَآ أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni va ahli ayolingizni yoqilg`isi odamlaru toshdan bo`lgan o`tdan saqlang. Uning tepasida qo`pol, darg`azab farishtalar bo`lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.
7
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَا تَعْتَذِرُواْ ٱلْيَوْمَ ​ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Ey, kufr keltirganlar! Bugungi kunda uzr aytmanglar, siz o`zingiz qilgan ishlarning jazosini olyapsiz, xolos.
ﻉ495Sahifa 561495ﻉ
8
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ تُوبُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ تَوْبَةً نَّصُوحًا عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُكَفِّرَ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيُدْخِلَكُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ يَوْمَ لَا يُخْزِى ٱللَّهُ ٱلنَّبِىَّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ ​ۖ نُورُهُمْ يَسْعَىٰ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَٰنِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَٱغْفِرْ لَنَآ ​ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga bo`lgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o`ng taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan», derlar.[1]

[1] Qiyomat kunida mo`minlardan boshqalar zulmatda qoladilar. Mo`minlar yo`lini esa nur yoritib turadi. Ular zulmatda adashmaydilar, qoqilib-surilmaydilar ham. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg`ambar alayhissalom «Ey Parvardigoro, qiyomat kuni sharmanda qilmagin», deb duo qilganliklari keltirilgan.)
Qur'oniy duolar
Oyat 66:8
9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ​ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil!
10
ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱمْرَأَتَ نُوحٍ وَٱمْرَأَتَ لُوطٍ ​ۖ كَانَتَا تَحْتَ عَبْدَيْنِ مِنْ عِبَادِنَا صَٰلِحَيْنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمْ يُغْنِيَا عَنْهُمَا مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا وَقِيلَ ٱدْخُلَا ٱلنَّارَ مَعَ ٱلدَّٰخِلِينَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga: «Do`zaxga kiruvchilar bilan kiringlar», deyildi.[1]

[1] Nuh alayhissalomning xotinlari iymonda xiyonat qilgan. U kishini masxara qilganlarga qo`shilib, u ayol ham o`z eri Nuh alayhissalomni masxara qilar ekan. Lut alayhissalomning xotinlari ham e'tiqod ishida xiyonat qilgan. U gunohkor qavmga o`z eri huzuriga kelgan mehmonlar haqida axborot berib turar ekan.)
11
وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱمْرَأَتَ فِرْعَوْنَ إِذْ قَالَتْ رَبِّ ٱبْنِ لِى عِندَكَ بَيْتًا فِى ٱلْجَنَّةِ وَنَجِّنِى مِن فِرْعَوْنَ وَعَمَلِهِۦ وَنَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Alloh iymon keltirganlarga Fir'avnning xotinini misol qilib ko`rsatdi. U (xotin): «Robbim, menga O`z huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir'avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi.[1]

[1] Fir'avnning xotini o`sha paytdagi eng katta podshohning ayoli edi. Yemak-kiymakda to`kin edi. Nimani xohlasa, shuni qilishi mumkin. Qasrlarda, turli ne'matlar ichida farog`atda yashashiga qaramasdan kofir va zolim eriga va qavmiga qarshi chiqdi. Allohga iymon keltirdi. Allohdan jannatda uy qurib berishni so`radi. Bu esa dunyo hoyi havasidan ustun kelishning oliy misolidir.)
12
وَمَرْيَمَ ٱبْنَتَ عِمْرَٰنَ ٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِن رُّوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَٰتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِۦ وَكَانَتْ مِنَ ٱلْقَٰنِتِينَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga O`z ruhimizdan pufladik va U Robbisining so`zlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan bo`ldi.[1]

[1] Bibi Maryam Imronning qizi Allohga sof e'tiqodda bo`lganlar va o`zlarini ham sof tutganlar. Alloh taolo Jabroil farishta orqali o`sha pok jasadga o`z ruhidan «puf» deyishi bilan Iyso alayhissalomni ato qilgan. Bu qissalar boshqa suralarda batafsil kelgani uchun biz bu yerda yana takrorlab o`tirmaymiz, faqat shuni ta'kidlaymizki, u kishi Allohning so`zlariga va kitoblariga iymon keltirganlar hamda itoatkor qavmlardan bo`lganlar. Mo`minlar, Bibi Maryam hayotlaridan o`rnak olishlari kerak.)