Sura 67

Mulk

8

Hukmronlik

30 oyat |MakkaMakka |
Sura 67 • Oyat 1 / 30 • Juz 291⁄8 • Sahifa 562
Mulk
ﻉ496Juz 29 • Sahifa 562496ﻉ
2
1
تَبَٰرَكَ ٱلَّذِى بِيَدِهِ ٱلْمُلْكُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١‬‬‬
Sodiq
Qo`lida mulk bo`lgan Zot ulug`, muqaddas bo`ldi. U barcha narsaga qodirdir.
Tanlangan oyatlar va suralar
Mulk surasi: matn, tarjimalar va tafsir
2
ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْمَوْتَ وَٱلْحَيَوٰةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ​ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفُورُ‮٢‬‬‬
Sodiq
U, o`lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziyz va o`ta mag`firatlidir.[1]

[1] O`limni eslagan odam unga tayyorgarlik ko`radi va o`lgandan so`ng sharmanda bo`lmaslik uchun o`zini yaxshi ishlarga safarbar qiladi.)
3
ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍ طِبَاقًا ​ۖ مَّا تَرَىٰ فِى خَلْقِ ٱلرَّحْمَٰنِ مِن تَفَٰوُتٍ ​ۖ فَٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ هَلْ تَرَىٰ مِن فُطُورٍ‮٣‬‬‬
Sodiq
U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgan. Rohmanning yaratganida hech tafovut ko`rmassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik ko`ryapsanmi?
4
ثُمَّ ٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنقَلِبْ إِلَيْكَ ٱلْبَصَرُ خَاسِئًا وَهُوَ حَسِيرٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
So`ng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horib-charchagan holda qaytadir.
5
وَلَقَدْ زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَٰبِيحَ وَجَعَلْنَٰهَا رُجُومًا لِّلشَّيَٰطِينِ ​ۖ وَأَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابَ ٱلسَّعِيرِ‮٥‬‬‬
Sodiq
Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qo`ydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qo`ydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qo`ydik.[1]

[1] Arab folbinlari bizning shaytonlarimiz osmonga chiqib, g`oyibdagi narsalarni bilib beradi, deb maqtanar edilar. Qur'oni Karim buni rad etib, bu dunyoda shaytonlarni yulduzlardan ajrab chiqqan uchqunlar quvib haydashini, u dunyoda esa, ularga Alloh jahannam azobini tayyorlab qo`yganini ta'kidlamoqda.)
6
وَلِلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮٦‬‬‬
Sodiq
O`z Robbilariga kufr keltirganlar uchun jahannam azobi bordur va u qanday ham yomon qaytadigan joy!
7
إِذَآ أُلْقُواْ فِيهَا سَمِعُواْ لَهَا شَهِيقًا وَهِىَ تَفُورُ‮٧‬‬‬
Sodiq
Ular jahannamga tashlangan chog`larida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa, qaynab turgan bo`ladir.
8
تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ ٱلْغَيْظِ ​ۖ كُلَّمَآ أُلْقِىَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ‮٨‬‬‬
Sodiq
U g`azabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb so`raydir.
9
قَالُواْ بَلَىٰ قَدْ جَآءَنَا نَذِيرٌ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍ كَبِيرٍ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolg`onchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yo`q, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar.
10
وَقَالُواْ لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِىٓ أَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va ular: «Agar e'tibor qulog`i bilan eshitganimizda yoki aqlni ishlatganimizda edi, do`zaxiylar orasida bo`lmagan bo`lar edik», derlar.
11
فَٱعْتَرَفُواْ بِذَن​ۢبِهِمْ فَسُحْقًا لِّأَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ‮١١‬‬‬
Sodiq
Bas, ular o`z gunohlarini e'tirof etdilar. Yo`qolsin do`zaxiylar!
12
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, o`z Robbilaridan g`oyibdan qo`rqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir.
13
وَأَسِرُّواْ قَوْلَكُمْ أَوِ ٱجْهَرُواْ بِهِۦٓ ​ۖ إِنَّهُۥ عَلِيمُ​ۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va siz so`zingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U ko`ngillardagini ham bilguvchi Zotdir.
14
أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Yaratgan zot O`zi bilmasmi? Holbuki, U daqiqlargacha biluvchi va xabardordir.
15
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ ذَلُولًا فَٱمْشُواْ فِى مَنَاكِبِهَا وَكُلُواْ مِن رِّزْقِهِۦ ​ۖ وَإِلَيْهِ ٱلنُّشُورُ‮١٥‬‬‬
Sodiq
U sizlarga yerni bo`ysundirib qo`ygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga bo`ladir.[1]

[1] Ulamolarimiz qadimdan ushbu oyati karimaning tafsirini Islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, Yer yuzinining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqat, Alloh taolo Yerni insonga bo`ysundirib qo`ygan, lekin bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek hech qachon yaqqol ko`zga tashlanmagan.)
16
ءَأَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يَخْسِفَ بِكُمُ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا هِىَ تَمُورُ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo`ldingizmi?[1]

[1] «Osmondagi Zot»dan murod Alloh taolodir, zero, U zot butun xalqlaridan, jumladan, osmonlardan ham yuqoridadir.)
17
أَمْ أَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ​ۖ فَسَتَعْلَمُونَ كَيْفَ نَذِيرِ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Yoki osmondagi Zot sizlarga azob shamolni yuborishidan omonda bo`ldingizmi? Bas, albatta, ogohlantirish qandoq bo`lishini bilasizlar.
18
وَلَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Va, darhaqiqat, ulardan avvalgilari ham yolg`onga chiqargan edilar. Bas, inkorim qanday bo`ldi?!
19
أَوَلَمْ يَرَوْاْ إِلَى ٱلطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَٰٓفَّٰتٍ وَيَقْبِضْنَ ​ۚ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱلرَّحْمَٰنُ ​ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ بَصِيرٌ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yig`ib (uchayotgan) qushni ko`rmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yo`q. Albatta, U barcha narsani ko`ruvchidir.
20
أَمَّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى هُوَ جُندٌ لَّكُمْ يَنصُرُكُم مِّن دُونِ ٱلرَّحْمَٰنِ ​ۚ إِنِ ٱلْكَٰفِرُونَ إِلَّا فِى غُرُورٍ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Rohmandan boshqa sizlarga yordam beradigan askar kim o`zi? Kofirlar g`ururdan boshqa hech narsada emaslar!
21
أَمَّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى يَرْزُقُكُمْ إِنْ أَمْسَكَ رِزْقَهُۥ ​ۚ بَل لَّجُّواْ فِى عُتُوٍّ وَنُفُورٍ‮٢١‬‬‬
Sodiq
U rizqni tortib qo`ysa, sizga rizq beradigan kim o`zi?! Balki ular abadiy tug`yonda va haqdan nafratda bo`lurlar.
22
أَفَمَن يَمْشِى مُكِبًّا عَلَىٰ وَجْهِهِۦٓ أَهْدَىٰٓ أَمَّن يَمْشِى سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki to`g`ri yo`ldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi?[1]

[1] «Yuz tuban, qoqilib yurayotgan kishi» kofir kishidir. Chunki, uning aniq yo`li, maqsadi va ko`rsatmasi yo`q. Yo`li adashtiruvchi, xavf-xatarlarga to`ladir.)
23
قُلْ هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُمْ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ​ۖ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Ayt: «U sizlarni yo`qdan bor qilgan va sizlarga eshitish, ko`rish va aqlni bergan Zotdir. Juda ham oz shukr qilasizlar-a?!»
24
قُلْ هُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, ko`paytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga to`planursizlar».
25
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Va ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.
26
قُلْ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَاْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Ayt: «Albatta, ilm faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos».
27
فَلَمَّا رَأَوْهُ زُلْفَةً سِيٓـَٔتْ وُجُوهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَقِيلَ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَدَّعُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Bas u(azob)ni yaqindan ko`rganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayadir. Va ularga: «So`ragan narsangiz shu bo`lur», deyilur.
28
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِىَ ٱللَّهُ وَمَن مَّعِىَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَن يُجِيرُ ٱلْكَٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan bo`lganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?!
29
قُلْ هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ءَامَنَّا بِهِۦ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا ​ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ayt: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar».
30
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَصْبَحَ مَآؤُكُمْ غَوْرًا فَمَن يَأْتِيكُم بِمَآءٍ مَّعِينٍ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?»