Sura 72

Jin

I

Jinlar

28 oyat |MakkaMakka |
Sura 72 • Oyat 1 / 28 • Juz 295⁄8 • Sahifa 572
Jin
ﻉ506Juz 29 5⁄8 • Sahifa 572506ﻉ
2
1
۞ قُلْ أُوحِىَ إِلَىَّ أَنَّهُ ٱسْتَمَعَ نَفَرٌ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَقَالُوٓاْ إِنَّا سَمِعْنَا قُرْءَانًا عَجَبًا‮١‬‬‬
Sodiq
Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qur'onni eshitdik.
2
يَهْدِىٓ إِلَى ٱلرُّشْدِ فَـَٔامَنَّا بِهِۦ ​ۖ وَلَن نُّشْرِكَ بِرَبِّنَآ أَحَدًا‮٢‬‬‬
Sodiq
U to`g`ri yo`lga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va o`z Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz,[1]

[1] Jinlar o`z aql-farosatlari ila Qur'onni tushirgan Alloh ularning Robilari ekanligi va unga sherik bo`lishi mumkin emasligini ham tushunib yetadilar. Makka mushriklariga o`xshab Allohga shirk keltirmasliklarini ta'kidlaydilar.)
3
وَأَنَّهُۥ تَعَٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَٰحِبَةً وَلَا وَلَدًا‮٣‬‬‬
Sodiq
Va albatta, Robbimizning azamati yuksak bo`ldi. U o`ziga xotin va farzand tutgani yo`q.
4
وَأَنَّهُۥ كَانَ يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى ٱللَّهِ شَطَطًا‮٤‬‬‬
Sodiq
Va albatta, esi pastimiz Allohga nohaq gaplarni aytardi.
5
وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن تَقُولَ ٱلْإِنسُ وَٱلْجِنُّ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Va albatta, biz ins ham, jin ham Allohga (nisbatan) yolg`on gapirmas, deb o`ylardik.
6
وَأَنَّهُۥ كَانَ رِجَالٌ مِّنَ ٱلْإِنسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالٍ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَزَادُوهُمْ رَهَقًا‮٦‬‬‬
Sodiq
Va albatta, insdan ba'zi kishilar jinlarning ba'zi kishilaridan panoh so`rardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar.
7
وَأَنَّهُمْ ظَنُّواْ كَمَا ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَبْعَثَ ٱللَّهُ أَحَدًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Va albatta, u(inson)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini o`lgandan so`ng tiriltirmas, deb gumon qilardilar.
8
وَأَنَّا لَمَسْنَا ٱلسَّمَآءَ فَوَجَدْنَٰهَا مُلِئَتْ حَرَسًا شَدِيدًا وَشُهُبًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Va albatta, biz osmon(ga yetish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qo`riqchilarga va uchqunlarga to`lgan holda ko`rdik.
9
وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَٰعِدَ لِلسَّمْعِ ​ۖ فَمَن يَسْتَمِعِ ٱلْـَٔانَ يَجِدْ لَهُۥ شِهَابًا رَّصَدًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, o`zini poylab turgan uchqunga duchor bo`ladir.
10
وَأَنَّا لَا نَدْرِىٓ أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَن فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ أَرَادَ بِهِمْ رَبُّهُمْ رَشَدًا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va albatta, biz, yer yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robbilari ularga rushdni iroda qildimi, bilmasmiz.
11
وَأَنَّا مِنَّا ٱلصَّٰلِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ​ۖ كُنَّا طَرَآئِقَ قِدَدًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar bo`lgan edik.
12
وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن نُّعْجِزَ ٱللَّهَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَن نُّعْجِزَهُۥ هَرَبًا‮١٢‬‬‬
Sodiq
Va albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va Undan qochib qutula olmasligimizga ishondik.
13
وَأَنَّا لَمَّا سَمِعْنَا ٱلْهُدَىٰٓ ءَامَنَّا بِهِۦ ​ۖ فَمَن يُؤْمِن​ۢ بِرَبِّهِۦ فَلَا يَخَافُ بَخْسًا وَلَا رَهَقًا‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki o`z Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga og`ir yuk yuklanishidan ham qo`rqmaydi.
14
وَأَنَّا مِنَّا ٱلْمُسْلِمُونَ وَمِنَّا ٱلْقَٰسِطُونَ ​ۖ فَمَنْ أَسْلَمَ فَأُوْلَٰٓئِكَ تَحَرَّوْاْ رَشَدًا‮١٤‬‬‬
Sodiq
Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adashganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yo`lni tanlabdilar.
15
وَأَمَّا ٱلْقَٰسِطُونَ فَكَانُواْ لِجَهَنَّمَ حَطَبًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
Va ammo, adashganlar, bas, jahannamga o`tin bo`libdilar.[1]

[1] Oyatda yo`ldan adashganlar jahannamga yoqilg`i bo`lishliklari ham aniq, ochiq-oydin aytilmoqda.)
16
وَأَلَّوِ ٱسْتَقَٰمُواْ عَلَى ٱلطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَٰهُم مَّآءً غَدَقًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
Va agar ular to`g`ri yo`ldan yursalar, albatta Biz ularni ko`p suv ila sug`oramiz.
17
لِّنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ​ۚ وَمَن يُعْرِضْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِۦ يَسْلُكْهُ عَذَابًا صَعَدًا‮١٧‬‬‬
Sodiq
U ila ularni sinash uchun. Va kimki o`z Robbisi zikridan yuz o`girsa, uni U zot qiyin azobga soladir.
18
وَأَنَّ ٱلْمَسَٰجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدْعُواْ مَعَ ٱللَّهِ أَحَدًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
Va albatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang.[1]

[1] Masjidlar Allohga ibodat qilish uchun bino qilingan joylardir, shuning uchun ham ular «Baytulloh» — Allohning uyi deb ataladi. Boshqa din vakillari o`z ibodatxonalarida Allohga shirk keltirishar, yagona Allohdan o`zgaga ham ibodat, duo qilishardi. Alloh taolo bu oyatda O`z Payg`ambari va mo`min-musulmonlarni tavhidga — faqat Allohning O`ziga ibodat qilishga chaqiradi.)
19
وَأَنَّهُۥ لَمَّا قَامَ عَبْدُ ٱللَّهِ يَدْعُوهُ كَادُواْ يَكُونُونَ عَلَيْهِ لِبَدًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Va albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek to`planib, bosib yuboray deyishdi.[1]

[1] Bu oyatda jinlarning Payg`ambar alayhissalom huzurlariga ikkinchi bor kelib Qur'on eshitgan paytlari tasvirlanyapti.)
20
قُلْ إِنَّمَآ أَدْعُواْ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِهِۦٓ أَحَدًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, men faqat o`z Robbimga ibodat qilurman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», deb ayt.
21
قُلْ إِنِّى لَآ أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, manfaatga ham molik emasman», deb ayt.
22
قُلْ إِنِّى لَن يُجِيرَنِى مِنَ ٱللَّهِ أَحَدٌ وَلَنْ أَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, meni hech kim Alloh(azobi)dan saqlab qola olmas va hargiz Allohdan o`zga pushti panoh topa olmasman.
23
إِلَّا بَلَٰغًا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِسَٰلَٰتِهِۦ ​ۚ وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Faqat, Allohdan U zotning topshiriqlarini yetkazishdir. Kimki Allohga va Uning Payg`ambariga bo`ysunmasa, unga jahannam otashi bor, unda abadiy qolajaklar», deb ayt.
24
حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوْاْ مَا يُوعَدُونَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ أَضْعَفُ نَاصِرًا وَأَقَلُّ عَدَدًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Toki ularga va'da qilingan narsani ko`rganlarida, kimning yordamchisi zaif-u, kimning soni ozligini ham bilurlar.
25
قُلْ إِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌ مَّا تُوعَدُونَ أَمْ يَجْعَلُ لَهُۥ رَبِّىٓ أَمَدًا‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizlarga va'da qilingan narsa yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muddat qilganmi, bilmasman», deb ayt.
26
عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِۦٓ أَحَدًا‮٢٦‬‬‬
Sodiq
U g`aybni biluvchidir va hech kimni o`z g`aybidan xabardor qilmas.
27
إِلَّا مَنِ ٱرْتَضَىٰ مِن رَّسُولٍ فَإِنَّهُۥ يَسْلُكُ مِن​ۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ رَصَدًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Illo, O`zi rozi bo`lgan Payg`ambarlar. Albatta, Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qo`yib qo`yadir.
28
لِّيَعْلَمَ أَن قَدْ أَبْلَغُواْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَىْءٍ عَدَدً​ۢا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
(Payg`ambarlar) o`z Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun.[1]

[1] Payg`ambarlar muhofazasi uchun qo`yilgan farishtalar bir yo`la, ularning Allohning dinini odamlarga qandoq yetkazayotganlariga guvoh ham bo`lib turadilar. Alloh hamma narsani O`z ixtiyoriga olib o`ragani, hamma narsaning hisob-kitobini qilib turishiga ham shohiddirlar.)