Sura 73
Muzzammil
K
O'ranib yotgan
20 oyat |
Makka |
Sura 73 • Oyat 1 / 20 • Juz 295⁄8 • Sahifa 574
Muzzammil
2
1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمُزَّمِّلُ١
Sodiq
Ey, o`ranib yotuvchi.
2
قُمِ ٱلَّيْلَ إِلَّا قَلِيلًا٢
Sodiq
Kechaning ozginasidan boshqasini (ibodatda) tik turib o`tkaz.
3
نِّصْفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصْ مِنْهُ قَلِيلًا٣
Sodiq
Yarmida yoki undan bir oz qisqarog`ida (bedor bo`l).
4
أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا٤
Sodiq
Yoki u(yarim)ga yana qo`sh va Qur'onni tartil bilan tilovat qil.[1]
[1] Qur'onni tartil bilan o`qish deb uni dona-dona qilib, har bir harfini o`z o`rnidan chiqarib, oyatlarini alohida-alohida qilib, tajvid qoidalari asosida o`qishga aytiladi.)
5
إِنَّا سَنُلْقِى عَلَيْكَ قَوْلًا ثَقِيلًا٥
Sodiq
Albatta, Biz ustingga og`ir so`zni tashlarmiz.
6
إِنَّ نَاشِئَةَ ٱلَّيْلِ هِىَ أَشَدُّ وَطْـًٔا وَأَقْوَمُ قِيلًا٦
Sodiq
Albatta, kechki ibodat ko`proq muvofiq kelur va qiroati to`g`riroq bo`lur.
7
إِنَّ لَكَ فِى ٱلنَّهَارِ سَبْحًا طَوِيلًا٧
Sodiq
Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor.
8
وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًا٨
Sodiq
Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq.
9
رَّبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱتَّخِذْهُ وَكِيلًا٩
Sodiq
U mashriqu mag`ribning Robbidir. Undan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Uni o`zingga vakil qil.
10
وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا١٠
Sodiq
Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.
11
وَذَرْنِى وَٱلْمُكَذِّبِينَ أُوْلِى ٱلنَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا١١
Sodiq
Ahli ne'mat bo`lgan yolg`onga chiqaruvchilarni O`zimga qo`yib qo`y va ularga ozgina muhlat ber.
12
إِنَّ لَدَيْنَآ أَنكَالًا وَجَحِيمًا١٢
Sodiq
Albatta, Bizda og`ir kishanlar va jahannam bor.
13
وَطَعَامًا ذَا غُصَّةٍ وَعَذَابًا أَلِيمًا١٣
Sodiq
Va (tomoqqa) tiqiladigan taom va alamli azob bor.
14
يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ وَكَانَتِ ٱلْجِبَالُ كَثِيبًا مَّهِيلًا١٤
Sodiq
Bir kundaki, unda yeru tog`lar larzaga keladi va tog`lar oquvchi qumtepalarga aylanadi.
15
إِنَّآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْكُمْ رَسُولًا شَٰهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًا١٥
Sodiq
Albatta, Biz sizlarga, xuddi Fir'avnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik.
16
فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذْنَٰهُ أَخْذًا وَبِيلًا١٦
Sodiq
Bas, Fir'avn Rasulga osiy bo`ldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.
17
فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرْتُمْ يَوْمًا يَجْعَلُ ٱلْوِلْدَٰنَ شِيبًا١٧
Sodiq
Agar kofir bo`lsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?![1]
[1] «bolalarning sochini oqartib yuboradigan kun» — qiyomat kuni ekani hammaga ma'lum.)
18
ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرُۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعْدُهُۥ مَفْعُولًا١٨
Sodiq
Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning va'dasi amalga oshadir.
19
إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا١٩
Sodiq
Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, o`z Robbi tomon yo`l oladir.
20
۞إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِن ثُلُثَىِ ٱلَّيْلِ وَنِصْفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٌ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱقْرَءُواْ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَىٰ ۙ وَءَاخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِى ٱلْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَءَاخَرُونَ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقْرَءُواْ مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقْرِضُواْ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ وَٱسْتَغْفِرُواْ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمُۢ٢٠
Sodiq
Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog`ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo`lib o`tkazayotganingni va sen bilan birga bo`lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O`zi o`lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo`lganicha o`qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo`lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo`lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo`lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O`zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo`lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog`ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahmdildir.[1]
[1] Bu oyat bilan Alloh taolo suraning avvalidagi oyatlarga binoan farz qilingan kechasi qoim bo`lishni bekor qildi. Shundan so`ng kechada farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga aylanadi. Islom ta'limotlari har bir narsada yuksak insoniy fazilatlar hukm surishini yo`lga qo`yib kelgan va inshaalloh shunday bo`lib qoladi.)