Sura 96
Alaq
4
Laxta qon
19 oyat |
Makka |
Sura 96 • Oyat 1 / 19 • Juz 307⁄8 • Sahifa 597
Alaq
2
1
ٱقْرَأْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلَّذِى خَلَقَ١
Sodiq
Yaratgan Robbing nomi bilan o`qi.
2
خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِنْ عَلَقٍ٢
Sodiq
U insonni alaqdan yaratdi.
3
ٱقْرَأْ وَرَبُّكَ ٱلْأَكْرَمُ٣
Sodiq
O`qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.
4
ٱلَّذِى عَلَّمَ بِٱلْقَلَمِ٤
Sodiq
U, qalam bilan ilm o`rgatgandir.
5
عَلَّمَ ٱلْإِنسَٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ٥
Sodiq
U, insonga bilmagan narsasini o`rgatdi.
6
كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَيَطْغَىٰٓ٦
Sodiq
Yo`q! Inson, albatta, tug`yonga ketur.
7
أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ٧
Sodiq
Gar o`zini boy ko`rsa.
8
إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجْعَىٰٓ٨
Sodiq
Albatta, qaytib borish Robbinggadir.
9
أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ٩
Sodiq
Qaytarganni ko`rdingmi?!
10
عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ١٠
Sodiq
Bandani namoz o`qiyotganida?![1]
[1] Makka mushriklari rahbari Abu Jahl, Muhammadni Ka'ba yonida namoz o`qiyotganini ko`rsam, bo`ynidan oyog`im bilan bosaman, degan ekan. Shunga binoan, bu oyatlardagi namoz o`quvchidan murod Muhammad sollallohu alayhi va sallam, namozdan qaytaruvchi esa Abu Jahldir.)
11
أَرَءَيْتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلْهُدَىٰٓ١١
Sodiq
Ayting-chi, agar o`sha hidoyatda bo`lsa.
12
أَوْ أَمَرَ بِٱلتَّقْوَىٰٓ١٢
Sodiq
Yoki taqvoga chaqirsa.
13
أَرَءَيْتَ إِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰٓ١٣
Sodiq
Ayting-chi, agar u yolg`onga chiqarsa va yuz o`girsa.
14
أَلَمْ يَعْلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ١٤
Sodiq
Alloh uni ko`rib turishini bilmasmi?
15
كَلَّا لَئِن لَّمْ يَنتَهِ لَنَسْفَعًۢا بِٱلنَّاصِيَةِ١٥
Sodiq
Yo`q! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!
16
نَاصِيَةٍ كَٰذِبَةٍ خَاطِئَةٍ١٦
Sodiq
Yolg`onchi, xatokor peshonasidan!
17
فَلْيَدْعُ نَادِيَهُۥ١٧
Sodiq
Bas, u o`z to`pini chaqirsin.
18
سَنَدْعُ ٱلزَّبَانِيَةَ١٨
Sodiq
Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz.[1]
[1] Ya'ni, do`zaxiylarni azoblovchi farishtalarni.)
19
كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩١٩
Sodiq
Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.[1]
[1] Ushbu oyat sajda oyatlaridandir. Imom Muslim ulkan sahobiy Abu Hurayra roziyollohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam «Banda Allohga eng yaqin bo`lgan payti — sajda paytidir, u paytda duoni ko`p qilinglar», deganlar.)