Sura 99

Zalzala

A

Zilzila

8 oyat |MadinaMadina |
Sura 99 • Oyat 1 / 8 • Juz 307⁄8 • Sahifa 599
Zalzala
2
1
إِذَا زُلْزِلَتِ ٱلْأَرْضُ زِلْزَالَهَا‮١‬‬‬
Sodiq
Vaqtiki, yer o`ziga xos zilzilaga tushsa...
2
وَأَخْرَجَتِ ٱلْأَرْضُ أَثْقَالَهَا‮٢‬‬‬
Sodiq
Va yer o`z yuklarini otib chiqarsa...
3
وَقَالَ ٱلْإِنسَٰنُ مَا لَهَا‮٣‬‬‬
Sodiq
Va inson: «Unga nima bo`ldi?!» – desa...
4
يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا‮٤‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda u (er) o`z xabarini aytadir.
5
بِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَىٰ لَهَا‮٥‬‬‬
Sodiq
Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.
6
يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ ٱلنَّاسُ أَشْتَاتًا لِّيُرَوْاْ أَعْمَٰلَهُمْ‮٦‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda odamlar amallarini ko`rish uchun joylaridan guruh-guruh bo`lib qo`zg`alurlar.
7
فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُۥ‮٧‬‬‬
Sodiq
Bas, kim zarra og`irligida yaxshilik qilsa ham ko`radir.
8
وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُۥ‮٨‬‬‬
Sodiq
Va kim zarra og`irligida yomonlik qilsa ham ko`radir.[1]

[1] Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo`lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo`ladi, qiyomatda javob berish kerak. Har doim yaxshilikni qilib, agar u ko`zga ko`rinmas zarra miqdorida bo`lsa ham yomonlikdan qochish kerak.)