Sura 10
Yunus
I
Yunus
109 oyat |
Makka |
Sura 10 • Oyat 1 / 109 • Juz 113⁄8 • Sahifa 208
Yunus
2
1
الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْحَكِيمِ١
Sodiq
Alif. Laam. Ro. Bular, hikmatli kitobning oyatlaridir.
2
أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ رَجُلٍ مِّنْهُمْ أَنْ أَنذِرِ ٱلنَّاسَ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنَّ لَهُمْ قَدَمَ صِدْقٍ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ قَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ مُّبِينٌ٢
Sodiq
Odamlarga o`zlaridan bo`lgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli bo`ldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.
3
إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۖ مَا مِن شَفِيعٍ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ إِذْنِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ٣
Sodiq
Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ng, (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bo`lmas. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?![1]
[1] Alloh taolo O`zining Robblik — tarbiyakunandalik sifati ila osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan. Bu olti kunning haqiqatini — kayfiyatini Allohning O`zi biladi. Ammo bizning tushunchamizdagi «kun» ma'nosida emasligi ma'lum. Chunki bizning tushunchamizdagi «kun» osmonlaru Yer yaratilgandan so`ng yerga munosib bo`lgan vaqt bilan chegaralanadi. Bu oyatdagi «kun» esa, osmonlaru Yer yaratilishidan oldingi zamonga tegishli vaqtni anglatmoqda.)
4
إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ إِنَّهُۥ يَبْدَؤُاْ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمْ شَرَابٌ مِّنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمُۢ بِمَا كَانُواْ يَكْفُرُونَ٤
Sodiq
Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning va'dasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) O`zi yaratadir. So`ngra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytaradir. Kofir bo`lganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.
5
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلشَّمْسَ ضِيَآءً وَٱلْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُۥ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُواْ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ۚ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ يُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ٥
Sodiq
U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini o`lchovli qilgan Zotdir. Alloh o`shani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir.[1]
[1] Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga o`rganib qolganidan ko`p ham e'tibor bermaydi.)
6
إِنَّ فِى ٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَّقُونَ٦
Sodiq
Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir.[1]
[1] Kecha kirishi, muqarrar lahzada kecha kiradi. Kunduz bo`lishi, muqarrar lahzada kunduz bo`ladi. Hech kim, hech qanday kuch bu jarayonga aralasha olmaydi. Hammasi Allohning irodasi va tadbiri ila ro`y beradi. Ammo bu ishlar tinimsiz takrorlanaverganidan inson bu jarayonga e'tibor bermay qo`ygan.)
7
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا وَرَضُواْ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَٱطْمَأَنُّواْ بِهَا وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنْ ءَايَٰتِنَا غَٰفِلُونَ٧
Sodiq
Albatta, Biz ila muloqot bo`lishini umid qilmaganlar va bu dunyo hayotidan rozi bo`lib, u bilan xotirjam qolganlar hamda oyatlarimizdan g`ofil bo`lganlar.
8
أُوْلَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ٨
Sodiq
Ana o`shalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir.
9
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ يَهْدِيهِمْ رَبُّهُم بِإِيمَٰنِهِمْ ۖ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ٩
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarni Robbilari, iymonlari sababli, hidoyatga boshlaydir. Na'iym jannatlaridalar, ostlaridan anhorlar oqib turadir.
10
دَعْوَىٰهُمْ فِيهَا سُبْحَٰنَكَ ٱللَّهُمَّ وَتَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَٰمٌ ۚ وَءَاخِرُ دَعْوَىٰهُمْ أَنِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٠
Sodiq
U yerdagi duolari: «Allohim, Seni poklab yod etamiz»dir. U yerdagi so`rashishlari «Salom»dir. Oxirgi duolari esa: «Olamlarning Robbi Allohga hamd bo`lsin»dir.
11
۞وَلَوْ يُعَجِّلُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ ٱلشَّرَّ ٱسْتِعْجَالَهُم بِٱلْخَيْرِ لَقُضِىَ إِلَيْهِمْ أَجَلُهُمْ ۖ فَنَذَرُ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ١١
Sodiq
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo`lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo`lishdan umidi yo`qlarni tug`yonlarida tashlab qo`yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar.[1]
[1] Alloh taolo bandalariga yaxshilikni doim, tez, so`rasa-so`ramasa berib keladi. Bu hayotda ko`rilayotgan haqiqat. Ammo yomonlikni so`ragan zahoti bermaydi. Chunki yomonlikni ham tezda bersa, hammalari halok bo`lib ketadilar. Alloh bandalarini buning uchun yaratmagan. Shu bois ham Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom bir hadislarida nasihat qilib, kishilarni o`zlariga qarshi, mollari va bolalariga qarshi duo etishdan qaytarganlar.)
12
وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ٱلضُّرُّ دَعَانَا لِجَنۢبِهِۦٓ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَآئِمًا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُۥ مَرَّ كَأَن لَّمْ يَدْعُنَآ إِلَىٰ ضُرٍّ مَّسَّهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١٢
Sodiq
Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, o`tirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi o`ziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib ko`rsatildi.[1]
[1] Inson ishi yurishib turganida, o`zi sog`-salomat, tinch-omon va rohat-farog`atda bo`lganida hech narsa bilan ishi yo`q, bu dunyo hayotiga mag`rur bo`lib yuraveradi. Albatta, Alloh hidoyatga boshlagan mo`min-musulmonlardan boshqalari. Ammo mag`rurlanib yurgan o`sha insonning sog`lig`igami, tinchligigami yoki rohatigami futur yetsa, boshiga musibat kelsa, darhol Alloh yodiga tushadi. Yonboshlagan, o`tirgan yoki tik turgan holida, ya'ni har qanday holatda Allohga yolborishni boshlaydi. Hatto, eng katta kofir, fosiqlar hayotida ham bunday voqealar ro`y berganiga tarixda misollar ko`p. Yana avvalgidek, bu dunyo hayotiga o`zini uradi. Allohni unutadi. O`zining bandaligini unutadi. Bir kuni kelib, boshiga yana qayta musibat tushishi mumkinligini ham unutadi. Hech narsadan tab tortmay, ibrat olmay, oldingi holiga tushib qoladi.)
13
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ مِن قَبْلِكُمْ لَمَّا ظَلَمُواْ ۙ وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَمَا كَانُواْ لِيُؤْمِنُواْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ١٣
Sodiq
Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chog`larida va Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan bo`lganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz.
14
ثُمَّ جَعَلْنَٰكُمْ خَلَٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ مِنۢ بَعْدِهِمْ لِنَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ١٤
Sodiq
So`ngra, qanday amal qilishingizga nazar solishimiz uchun ularning ortidan sizlarni yer yuzida o`rinbosarlar qildik.
15
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَاتُنَا بَيِّنَٰتٍ ۙ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا ٱئْتِ بِقُرْءَانٍ غَيْرِ هَٰذَآ أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أُبَدِّلَهُۥ مِن تِلْقَآئِ نَفْسِىٓ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ١٥
Sodiq
Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot bo`lishdan umidi yo`qlar: «Bundan boshqa Qur'on keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men o`zimcha uni almashtira olmasman. Men faqat o`zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulug` kunning azobidan qo`rqaman», deb ayt.[1]
[1] Bu gapni o`ta ketgan johillargina aytishi mumkin. Ular vahiy nima ekanini bilishni ham xohlamaydilar. Uning kimdan chiqqanini ham, uning insoniyat uchun ahamiyatini ham bilmaydilar. Ya'ni, Qur'onning o`rniga boshqa narsa keltirib yoki uni almashtirib, Robbimga osiylik qilsam, ulug` qiyomat kunining azobiga duchor bo`lishdan qo`rqaman. Payg`ambar bo`laturib u zot alayhissalotu vassalom shunchalik qo`rqsalar, Qur'on o`rniga boshqa dastur keltirayotgan va uning oyatlari yoki hukmlarini almashtirayotgan oddiy odamlarni nima desa bo`lar ekan?!)
16
قُل لَّوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا تَلَوْتُهُۥ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَدْرَىٰكُم بِهِۦ ۖ فَقَدْ لَبِثْتُ فِيكُمْ عُمُرًا مِّن قَبْلِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ١٦
Sodiq
Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga o`rgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib ko`rmaysizlarmi?» deb ayt.
17
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْمُجْرِمُونَ١٧
Sodiq
Allohga yolg`on to`qigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar.
18
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَٰٓؤُلَآءِ شُفَعَٰٓؤُنَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ أَتُنَبِّـُٔونَ ٱللَّهَ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ١٨
Sodiq
Ular Allohni qo`yib, o`zlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilurlar va: «Ana o`shalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar. Sen: «Allohga U osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt. Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak Zotdir.
19
وَمَا كَانَ ٱلنَّاسُ إِلَّآ أُمَّةً وَٰحِدَةً فَٱخْتَلَفُواْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ١٩
Sodiq
Odamlar faqat bir ummat bo`lgan edilar. So`ngra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan so`z bo`lmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan bo`lar edi.[1]
[1] Darhaqiqat, Odam atodan keyin hamma bir xil aqidada — tavhid aqidasida edi. Ammo vaqt o`tishi bilan turli omillar ta'sirida ba'zi ixtiloflar kelib chiqdi. Ayrim odamlar tavhidni mahkam tutdilar. Boshqalari shirkka ketdilar.)
20
وَيَقُولُونَ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ فَقُلْ إِنَّمَا ٱلْغَيْبُ لِلَّهِ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ٢٠
Sodiq
Va ular: «Unga Robbidan bir belgi — mo`'jiza tushsa edi», derlar. Bas, Sen: «Fayb Allohnikidir. Intizor bo`lib turing, men ham siz ila intizor bo`luvchilardanman», deb ayt.[1]
[1] Mushriklarning odatlari shu atroflaridagi son-sanoqsiz mo`'jizalardan ko`z yumib, Payg`ambar alayhissalotu vassalomning va u kishiga kelayotgan vahiyning haq ekanligini tasdiqlovchi alohida katta moddiy mo`'jiza keltirishni talab qilishardi. Hazrati Muhammad alayhissalotu vassalomning shariatlari oxirgi shariat bo`lganidan Alloh taolo mushriklarning matlubini ortga surishga ahd qilgan edi. Shu bois Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalomga mushriklarning bu bema'ni talabiga «G`ayb Allohnikidir. Intizor bo`lib turing, men ham siz ila intizor bo`luvchilardanman», deb ayt», demoqda.)
21
وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةً مِّنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُمْ إِذَا لَهُم مَّكْرٌ فِىٓ ءَايَاتِنَا ۚ قُلِ ٱللَّهُ أَسْرَعُ مَكْرًا ۚ إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ٢١
Sodiq
Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan so`ng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr bo`lur. «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», degin.[1]
[1] Odam bolasining ishi qiziq boshiga musibat tushsa, Allohni eslaydi, Unga yolboradi, xalos qilishini so`raydi. Musibat ko`tarilganida esa, hammasi yodidan chiqadi, tug`yonga ketadi va yana gunoh ishlarga botadi. Ushbu holat oyati karimada «Qachonki odamlarga ularga yetgan zarardan so`ng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr bo`lur», deb vasf qilinmoqda. Ojiz bandalar o`zlaricha makr qilishga urinadilar. Ammo hamma narsani bilguvchi va har narsaga qodir Alloh ularning makrini darhol yo`qqa chiqaradi. Buning ustiga, Allohning elchilari — farishtalar har bir makrni yozib turadi. Vaqti kelganda o`sha yozuv makkorlar ziddiga hujjat bo`ladi. Makkorlar ikki dunyoda ham makrlarining azobini tortadi.)
22
هُوَ ٱلَّذِى يُسَيِّرُكُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا كُنتُمْ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَرَيْنَ بِهِم بِرِيحٍ طَيِّبَةٍ وَفَرِحُواْ بِهَا جَآءَتْهَا رِيحٌ عَاصِفٌ وَجَآءَهُمُ ٱلْمَوْجُ مِن كُلِّ مَكَانٍ وَظَنُّوٓاْ أَنَّهُمْ أُحِيطَ بِهِمْ ۙ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ لَئِنْ أَنجَيْتَنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ٢٢
Sodiq
U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada bo`lganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand bo`lganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan to`lqin kelur. O`zlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lurmiz», deb duo qilurlar.
23
فَلَمَّآ أَنجَىٰهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۗ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُم ۖ مَّتَٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٢٣
Sodiq
Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, ko`ribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat o`z ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos. So`ngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz.
24
إِنَّمَا مَثَلُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ ٱلنَّاسُ وَٱلْأَنْعَٰمُ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذَتِ ٱلْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَٱزَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَآ أَنَّهُمْ قَٰدِرُونَ عَلَيْهَآ أَتَىٰهَآ أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًا فَجَعَلْنَٰهَا حَصِيدًا كَأَن لَّمْ تَغْنَ بِٱلْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ٢٤
Sodiq
Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb o`ylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qo`yamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.
25
وَٱللَّهُ يَدْعُوٓاْ إِلَىٰ دَارِ ٱلسَّلَٰمِ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ٢٥
Sodiq
Alloh tinchlik diyoriga da'vat qilur va O`zi xohlaganlarni sirotul mustaqiymga hidoyat qilur.[1]
[1] Alloh bandalarini ikki dunyoda ham saodatli bo`lishlarini xohlaydi. Ularni tinchlik diyorida, omonlikda, baxt-saodat va farog`atda bo`lishga chaqiradi. Kimki Allohning chaqirig`iga labbay deb javob bersa, uning aytganlarini qilsa, barcha yaxshiliklarga yetishadi. To`g`ri yo`lda — siroti mustaqimda barqaror turadi. Doimo yaxshiliklarga sohib bo`ladi.)
26
۞لِّلَّذِينَ أَحْسَنُواْ ٱلْحُسْنَىٰ وَزِيَادَةٌ ۖ وَلَا يَرْهَقُ وُجُوهَهُمْ قَتَرٌ وَلَا ذِلَّةٌ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ٢٦
Sodiq
Go`zal amal qilganlar uchun go`zal savob va ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qarolik ham, xorlik ham qoplamas. Ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.[1]
[1] Allohga iymon keltirib, Uning chaqirig`iga labbay deb javob berib, yaxshi amallarni qilib yashagan bandalar bu dunyoda go`zal hayot kechiradilar. Oxiratda esa, bu dunyoda qilgan go`zal amallari uchun savob oladilar, jannatga doxil bo`ladilar.)
27
وَٱلَّذِينَ كَسَبُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ جَزَآءُ سَيِّئَةٍ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ مَّا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ ۖ كَأَنَّمَآ أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًا مِّنَ ٱلَّيْلِ مُظْلِمًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ٢٧
Sodiq
Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo bo`lur. Ularni xorlik qoplar. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham bo`lmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi bo`lur. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.[1]
[1] Oldingi manzaraning tamoman aksi. Oyatda bu dunyoda go`zal amallar emas, yomon amallar qilganlar vasf qilinayotir. Yomonliklari tufayli ular bu dunyoning o`zida yomon hayot kechiradilar. Oxiratda esa, ularga «yomonliklariga yarasha yomon jazo bo`lur».)
28
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُواْ مَكَانَكُمْ أَنتُمْ وَشُرَكَآؤُكُمْ ۚ فَزَيَّلْنَا بَيْنَهُمْ ۖ وَقَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمْ إِيَّانَا تَعْبُدُونَ٢٨
Sodiq
U kunda barchalarini to`plarmiz. So`ngra, shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», dermiz. Bas, oralarini ajratarmiz va sherik qilinmishlar: «Bizga ibodat etmagan edingiz.
29
فَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ إِن كُنَّا عَنْ عِبَادَتِكُمْ لَغَٰفِلِينَ٢٩
Sodiq
Biz bilan sizning orangizda shohidlikka Alloh kifoyadir. Biz, albatta, sizning ibodatingizdan g`ofil edik», derlar.
30
هُنَالِكَ تَبْلُواْ كُلُّ نَفْسٍ مَّآ أَسْلَفَتْ ۚ وَرُدُّوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ٣٠
Sodiq
O`sha yerda har bir jon o`zi qilib o`tgan ishdan so`ralur — xabardor bo`lur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda o`zlaricha to`qib chiqargan narsalari ulardan g`oyib bo`ladir.
31
قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَمَن يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَمَن يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ ٱللَّهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ٣١
Sodiq
Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi? Yoki quloq va ko`zlaringizning egasi kim, tirikni o`likdan, o`likni tirikdan kim chiqaradi? Ishning tadbirini kim qiladi?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt.[1]
[1] Ushbu oyati karimalar nozil bo`layotgan davrdagi odamlar tushunchasi bo`yicha, o`sib-harakatlanib turgan narsalar tirik, harakatsiz, o`smay turgan narsalar o`lik hisoblanar edi. Ana shu tasavvurga binoan qadimgi tafsirchilarimiz «o`likdan tirikni chiqarish»ga tuxumdan qushni, urug`dan o`simlikni, danakdan daraxtni chiqarishni va shunga o`xshash holatlarni misol qilib keltirganlar. Yoki, aksincha, hamma hayvonlar tirik bola tug`adi, qushlar esa, jonsiz tuxumni. O`sib yetilgan o`simlikdan jonsiz urug` chiqadi. Bularning hammasini kim qilmoqda? Albatta, Alloh!)
32
فَذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعْدَ ٱلْحَقِّ إِلَّا ٱلضَّلَٰلُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ٣٢
Sodiq
Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan so`ng nima bo`ladi? Magar zalolat bo`ladi. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?
33
كَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ فَسَقُوٓاْ أَنَّهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ٣٣
Sodiq
Shunday qilib, fosiqlik qilganlarga Robbingning so`zi haq bo`ldi. Ular iymon keltirmaslar.
34
قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَبْدَؤُاْ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَبْدَؤُاْ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ٣٤
Sodiq
Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, so`ngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, so`ngra uni qaytarar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt.
35
قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَهْدِى لِلْحَقِّ ۗ أَفَمَن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ أَحَقُّ أَن يُتَّبَعَ أَمَّن لَّا يَهِدِّىٓ إِلَّآ أَن يُهْدَىٰ ۖ فَمَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ٣٥
Sodiq
Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladir. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki o`zi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.
36
وَمَا يَتَّبِعُ أَكْثَرُهُمْ إِلَّا ظَنًّا ۚ إِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِمَا يَفْعَلُونَ٣٦
Sodiq
Ularning ko`plari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq o`rnida hech narsa bo`la olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.[1]
[1] Allohning yo`lida yurmaganlarning ko`plari, balki hammalari gumon va taxminga ergashadilar. Ulardan, nima uchun bu ishni qilmoqdasan, nima uchun bu yo`lga yurmoqdasan, deb so`ralsa, beradigan javoblari faqat gumondan iborat bo`ladi. Qadimda butparastlar, ota-bobomiz shunday qilgan, biz ham qilmoqdamiz, deb javob berishgan. Hozirda ham falonchi aytgani uchun, pistonchi qilgani uchun, deyishadi.)
37
وَمَا كَانَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ أَن يُفْتَرَىٰ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٣٧
Sodiq
Ushbu Qur'on Allohdan boshqa tomonidan to`qib chiqarilgan emas. Va lekin u o`zidan oldingining tasdig`i va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yo`q. U olamlarning Robbisidandir.
38
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُواْ بِسُورَةٍ مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُواْ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٣٨
Sodiq
Yoki o`zi to`qib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, unga o`xshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.
39
بَلْ كَذَّبُواْ بِمَا لَمْ يُحِيطُواْ بِعِلْمِهِۦ وَلَمَّا يَأْتِهِمْ تَأْوِيلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ٣٩
Sodiq
Balki, ular o`zlari ilmini bilmagan narsani, ularga uning ta'viyli yetmay turib, yolg`onga chiqardilar. Ulardan oldingilar ham shunday yolg`onga chiqargan edilar. Zolimlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol.
40
وَمِنْهُم مَّن يُؤْمِنُ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن لَّا يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِٱلْمُفْسِدِينَ٤٠
Sodiq
Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzg`unchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.
41
وَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل لِّى عَمَلِى وَلَكُمْ عَمَلُكُمْ ۖ أَنتُم بَرِيٓـُٔونَ مِمَّآ أَعْمَلُ وَأَنَاْ بَرِىٓءٌ مِّمَّا تَعْمَلُونَ٤١
Sodiq
Agar ular seni yolg`onchi qilsalar, sen: «Menga o`z ishim, sizlarga o`z ishingiz, sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt.[1]
[1] Ular shunchalik dalillarni ko`rib-bilib, haqiqatni anglab yetganlaridan keyin ham iymon keltirmasalar, seni yolg`onchiga chiqarsalar, unda ular bilan orani ochiq qilishingdan boshqa chora qolmaydi. Ularga yo`llar boshqa-boshqa ekanini bildirib Shu bilan birga, orada hech bir aloqa qolmaganini ham ta'kidlash lozim.)
42
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ وَلَوْ كَانُواْ لَا يَعْقِلُونَ٤٢
Sodiq
Va ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Agar aql ishlatmasalar, karquloqlarga sen eshittira olurmisan?!
43
وَمِنْهُم مَّن يَنظُرُ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَلَوْ كَانُواْ لَا يُبْصِرُونَ٤٣
Sodiq
Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar o`zlari (qalb ko`zlari ila) ko`rmasalar, ko`rlarni sen hidoyat qila olurmisan?!
44
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ ٱلنَّاسَ شَيْـًٔا وَلَٰكِنَّ ٱلنَّاسَ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ٤٤
Sodiq
Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, va lekin odamlar o`zlariga zulm qilurlar.[1]
[1] Ularning eng katta zulmlari Islom diniga yurmasliklaridir.)
45
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ كَأَن لَّمْ يَلْبَثُوٓاْ إِلَّا سَاعَةً مِّنَ ٱلنَّهَارِ يَتَعَارَفُونَ بَيْنَهُمْ ۚ قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ وَمَا كَانُواْ مُهْتَدِينَ٤٥
Sodiq
Ularni to`playdigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga o`xshab, bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolg`onga chiqarganlar va hidoyat topganlardan bo`lmaganlar ziyon qilurlar.
46
وَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ ٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ٤٦
Sodiq
Yoki senga ularga va'da qilganimizning ba'zisini ko`rsatamiz yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. So`ngra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.
47
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولٌ ۖ فَإِذَا جَآءَ رَسُولُهُمْ قُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ٤٧
Sodiq
Har ummatning o`z Payg`ambari bordir. Qachonki ularga Payg`ambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.
48
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٤٨
Sodiq
Ular: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`ladi?» derlar.
49
قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى ضَرًّا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَـٔۡخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ٤٩
Sodiq
Sen: «Men o`zim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu bo`ladi). Har ummatning o`z ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt.[1]
[1] Gapning xulosasi shu. Birovga zarar yoki foyda yetkazish faqat Allohning ishi. Agar Rasululloh alayhissalotu vassalom o`zlariga na zarar, na foyda yetkaza olmasalar, demak, o`zgalarga ham yetkaza olmasliklari turgan gap. Lekin ular hadeb u zotdan va'da qilingan azob qachon kelishini so`rayveradilar. Ajal kelgan soatning ayni o`zida halok bo`ladilar. Bunga o`tgan ummatlar, xususan, Qur'oni Karimda zikri kelgan ummatlar yorqin misoldir. Ba'zi ulamolarimiz, ummatlarning halokati faqat jismoniy bo`lishi shart emas, ma'naviy halokat ham shunga kiradi, deydilar.)
50
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُهُۥ بَيَٰتًا أَوْ نَهَارًا مَّاذَا يَسْتَعْجِلُ مِنْهُ ٱلْمُجْرِمُونَ٥٠
Sodiq
Sen: «Xabar bering-chi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar uning nimasiga shoshilmoqdalar?» deb ayt.
51
أَثُمَّ إِذَا مَا وَقَعَ ءَامَنتُم بِهِۦٓ ۚ ءَآلْـَٰٔنَ وَقَدْ كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ٥١
Sodiq
U voqe bo`lganidan so`ng unga ishondingizmi? Endi-ya?! Uni, tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?![1]
[1] Azobning tushishi muqarrar. Qachon bo`lsa ham, baribir tushadi. Ana o`sha vaqtda mushrik va kofirlarga yuqoridagi so`zlar aytiladi.)
52
ثُمَّ قِيلَ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ٥٢
Sodiq
So`ngra, zulm qilganlarga: «Mangu azobni tortinglar. Faqat kasb qilganingizga yarasha jazo olursizlar, xolos», deyilur.[1]
[1] Ular bu dunyoda qilgan zulmlari — Allohga iymon keltirmaganlari uchun qilmishlariga yarasha jazo oladilar, do`zaxda mangu qoladilar.)
53
۞وَيَسْتَنۢبِـُٔونَكَ أَحَقٌّ هُوَ ۖ قُلْ إِى وَرَبِّىٓ إِنَّهُۥ لَحَقٌّ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ٥٣
Sodiq
Ular sendan: «U haqmi?» deb so`rarlar. «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt.
54
وَلَوْ أَنَّ لِكُلِّ نَفْسٍ ظَلَمَتْ مَا فِى ٱلْأَرْضِ لَٱفْتَدَتْ بِهِۦ ۗ وَأَسَرُّواْ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُاْ ٱلْعَذَابَ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ٥٤
Sodiq
Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsa-yu, uni fido qilsa ham. Azobni ko`rganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular o`rtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.
55
أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٥٥
Sodiq
Ogoh bo`ling! Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh bo`ling! Allohning va'dasi, albatta, haqdir. Lekin ko`plari bilmaslar.
56
هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ٥٦
Sodiq
U tiriltirur va o`ldirur va Ungagina qaytarilursiz.
57
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَتْكُم مَّوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَشِفَآءٌ لِّمَا فِى ٱلصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ٥٧
Sodiq
Ey odamlar! Sizga o`z Robbingizdan mav'iza, ko`ksingizdagi narsaga shifo, mo`minlarga hidoyat va rahmat keldi.[1]
[1] Ey odamlar! Qur'onni yolg`on demang! Qur'onni falonchi to`qigan, demang! Uning to`g`risida shubha qilmang. U qalbingizdagi ruhiy, ma'naviy dardlaringizning barchasiga shifo bo`lib keldi. Kim Qur'onga iymon keltirib, musulmon bo`lsa, u o`sha odamni hidoyatga boshlaydi, Allohning rahmatiga erishtiradi.)
58
قُلْ بِفَضْلِ ٱللَّهِ وَبِرَحْمَتِهِۦ فَبِذَٰلِكَ فَلْيَفْرَحُواْ هُوَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ٥٨
Sodiq
Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo`lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt.[1]
[1] Bir ummatga ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi ilohiy kitob berilishi o`sha millatga Allohning fazli va marhamatidir. Bu millat ushbu oyatga amal qilib, qancha xursand bo`lsa, arziydi. Alloh taoloning fazli va marhamati bo`lmish Qur'oni Karimga iymon keltirib, uni o`ziga dastur qilib olgan zotlar o`sha eng ulug` fazl va rahmatga erishgan kishilar sifatida qanchalik xursand bo`lsalar, shunchalik oz. Qur'onga erishish dunyodagi boshqa hamma narsalarni jamlab, o`shalarga ega bo`lishdan ko`ra yaxshiroqdir.)
59
قُلْ أَرَءَيْتُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ لَكُم مِّن رِّزْقٍ فَجَعَلْتُم مِّنْهُ حَرَامًا وَحَلَٰلًا قُلْ ءَآللَّهُ أَذِنَ لَكُمْ ۖ أَمْ عَلَى ٱللَّهِ تَفْتَرُونَ٥٩
Sodiq
Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolg`on to`qiyapsizmi?» deb ayt.
60
وَمَا ظَنُّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ٦٠
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin ko`plari shukr qilmaslar.
61
وَمَا تَكُونُ فِى شَأْنٍ وَمَا تَتْلُواْ مِنْهُ مِن قُرْءَانٍ وَلَا تَعْمَلُونَ مِنْ عَمَلٍ إِلَّا كُنَّا عَلَيْكُمْ شُهُودًا إِذْ تُفِيضُونَ فِيهِ ۚ وَمَا يَعْزُبُ عَن رَّبِّكَ مِن مِّثْقَالِ ذَرَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَآ أَصْغَرَ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرَ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ مُّبِينٍ٦١
Sodiq
Qaysi holda bo`lsang, Qur'ondan nimani tilovat etsang, ishlardan qay birini qilsang, albatta, Biz o`shanga kirishayotgan paytinglarda sizlarga guvohmiz. Na yer yuzida va na osmonlarda zarra miqdoridagi, undan kichikroq yoki kattaroq narsa Robbingdan maxfiy bo`la olmas, balki, ochiq-oydin kitobdadir.[1]
[1] Alloh nafaqat ko`radi yoki biladi, balki unga guvoh bo`ladi va ochiq-oydin kitobga yozib ham qo`yadi. Shunday bo`lgandan keyin, dunyoda eng katta gunohni qilganlarning — Alloh taologagina xos bo`lgan haqqa tajovuz etib, uning sha'niga yolg`on to`qib, bergan rizqining ba'zisini harom, ba'zisini halol deganlarning gunohi maxfiy bo`lib qolarmidi? Alloh guvoh bo`lib turibdi, ochiq-oydin kitobga yozilib turibdi, degan e'tiqod bilan yashab, Allohga ixlos ila e'tiqod va bandalik qilganlarning biror amali zoye bo`larmidi? Albatta, yo`q. Hammasi hisobga olinadi va mukofoti beriladi.)
62
أَلَآ إِنَّ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ٦٢
Sodiq
Ogoh bo`lingkim, Allohning do`stlariga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.
63
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ٦٣
Sodiq
Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir.[1]
[1] Demak, Allohning do`sti bo`lish juda ham oson ekan. Buning uchun avvalo, U zotga iymon keltirish; ikkinchidan esa, taqvodor bo`lish, ya'ni Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash lozim ekan. Kimning iymonida zarracha xato bo`lsa yoki Allohning ko`rsatmalari asosida emas, o`zganing yo`lida hayot kechirsa yoxud o`zi o`ziga yo`llanma tuzib olsa, u odam Allohga do`st bo`lish baxtidan mahrumdir.)
64
لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ لَا تَبْدِيلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ٦٤
Sodiq
Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning so`zlarini o`zgartirish yo`q. Ana o`sha ulug` yutuqdir.[1]
[1] Allohning do`stlariga ikki dunyo saodatining xushxabari bor. Ular iymonlari va taqvolari tufayli, Allohning inoyati ila, avvalo, bu dunyoda saodatli hayot kechiradilar. Oxiratda esa, xuddi shu iymonlari va taqvolari sababli jannatga doxil bo`ladilar. Mazkur xushxabar Allohning so`zlaridir. Hozirda ba'zi musulmon jamiyatlar o`sha ulug` yutuqqa bu dunyo hayotida erisha olmayotgan bo`lsalar, bu narsa Allohning kalimalari o`zgarganiga emas, balki iymon va taqvoda kamchilik borligiga yoki iymon va taqvoning umuman yo`qligiga dalildir.)
65
وَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا ۚ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٦٥
Sodiq
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
66
أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَمَا يَتَّبِعُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُرَكَآءَ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ٦٦
Sodiq
Ogoh bo`lingkim, osmonlarda kim bo`lsa va yer yuzida kim bo`lsa, albatta, Allohnikidir. Allohdan o`zga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashurlar? Ular faqat gumonga ergashurlar, xolos. Ular faqat taxmin qilurlar, xolos.
67
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُواْ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ٦٧
Sodiq
U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va ko`rsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — alomatlar bordir.
68
قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًا ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ۖ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنْ عِندَكُم مِّن سُلْطَٰنٍ بِهَٰذَآ ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ٦٨
Sodiq
Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yo`q-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi?[1]
[1] Odatda inson qay hollarda farzand tutadi? Farzandsizligim bilinmasin; menga yordam bo`lsin; ko`nglimni ko`tarib tursin va hokazo hojatlarni ko`zlab farzand tutadi. Ajabo, Alloh subhanahu va taolo shu kabi ishlarga muhtojmi? Unga nisbatan bunaqa sifat berish durustmi? Yo`q, albatta.)
69
قُلْ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ٦٩
Sodiq
Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg`on to`qiganlar najot topmaslar», deb ayt.
70
مَتَٰعٌ فِى ٱلدُّنْيَا ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ ٱلْعَذَابَ ٱلشَّدِيدَ بِمَا كَانُواْ يَكْفُرُونَ٧٠
Sodiq
Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor. So`ngra, Biz ularga, kufr keltirib o`tganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.
71
۞وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ نُوحٍ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُم مَّقَامِى وَتَذْكِيرِى بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَعَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْتُ فَأَجْمِعُوٓاْ أَمْرَكُمْ وَشُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُنْ أَمْرُكُمْ عَلَيْكُمْ غُمَّةً ثُمَّ ٱقْضُوٓاْ إِلَىَّ وَلَا تُنظِرُونِ٧١
Sodiq
Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u o`z qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim og`ir kelayotgan bo`lsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda o`z ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz o`zingiz uchun noaniq bo`lib qolmasin. So`ngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.
72
فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَمَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ٧٢
Sodiq
Bas, agar yuz o`girsangiz, men sizlardan ajr so`raganim yo`q. Mening ajrim faqatgina Allohdan. Va men musulmonlardan bo`lishga amr qilinganman», dedi.[1]
[1] Ey Muhammad, o`z vaqtida Nuh alayhissalom ham senga o`xshab qavmiga payg`ambar bo`lib kelgan edi. Sen bilan qavming o`rtasidagi holat ularning ham boshidan kechgan. Sening qavming ichidan ham Nuh qavmidagiga o`xshash sarkashlar chiqdi. Ular Allohning qudratiga dalolat qiluvchi turli oyat-belgilardan o`rnak olmayaptilar.)
73
فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَعَلْنَٰهُمْ خَلَٰٓئِفَ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ٧٣
Sodiq
So`ngra, uni yolg`onchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga bo`lganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol.
74
ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُواْ لِيُؤْمِنُواْ بِمَا كَذَّبُواْ بِهِۦ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ نَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْمُعْتَدِينَ٧٤
Sodiq
So`ngra, undan keyin Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u (qavm)lar oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi bo`lmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz.[1]
[1] Ey siz insonlar, ushbu oyatlar bilan tanishayotganlar! Sizlar ham o`sha qavmlarga o`xshab avval-boshdan Payg`ambarni, Qur'onni yolg`onga chiqarib, tajovuzkorlik etmang. Agar shunday qiladigan bo`lsangiz, o`shalarga o`xshab qalbingizga muhr bosilishi, oqibatda halokatga uchrashingiz turgan gap. Mana, quyida qissasi keladigan qavm ham xuddi shunday taqdirga duch kelgan edi.)
75
ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ وَهَٰرُونَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِۦ بِـَٔايَٰتِنَا فَٱسْتَكْبَرُواْ وَكَانُواْ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ٧٥
Sodiq
So`ngra, ulardan keyin Muso va Horunni Fir'avn va uning qavmiga O`z oyat — mo`'jizalarimiz ila yubordik. Bas, ular kibru havo qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar.
76
فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوٓاْ إِنَّ هَٰذَا لَسِحْرٌ مُّبِينٌ٧٦
Sodiq
Bizning huzurimizdan ularga haq kelgan paytda: «Bu, albatta, ochiq-oydin sehrdir», dedilar.
77
قَالَ مُوسَىٰٓ أَتَقُولُونَ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَكُمْ ۖ أَسِحْرٌ هَٰذَا وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّٰحِرُونَ٧٧
Sodiq
Muso: «Sizga haq kelganda (shunday) deysizlarmi?! Shu sehrmi?! Sehrgarlar najot topmaslar», dedi.
78
قَالُوٓاْ أَجِئْتَنَا لِتَلْفِتَنَا عَمَّا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَا وَتَكُونَ لَكُمَا ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا نَحْنُ لَكُمَا بِمُؤْمِنِينَ٧٨
Sodiq
Ular: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun va ikkovingizga yer yuzida kattalik bo`lishi uchun keldingmi? Biz ikkovingizga iymon keltiruvchilardan emasmiz», dedilar.[1]
[1] Ular ilm-ma'rifat asosida emas, qalblaridagi avvaldan o`rnashib qolgan dard tufayli Alloh tomonidan kelgan dinni inkor qilayotgan ekanlar. Bu faqat Fir'avn va uning qavmigagina emas, balki Allohning diniga yurishni xohlamagan har bir tog`ut va uning qavmiga xos xususiyatdir.)
79
وَقَالَ فِرْعَوْنُ ٱئْتُونِى بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمٍ٧٩
Sodiq
Fir'avn: «Menga barcha bilimdon sehrgarlarni keltiringlar», dedi.
80
فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُواْ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ٨٠
Sodiq
Sehrgarlar kelganida, Muso ularga: «Sizlar tashlamoqchi bo`lgan narsangizni tashlangiz», dedi.
81
فَلَمَّآ أَلْقَوْاْ قَالَ مُوسَىٰ مَا جِئْتُم بِهِ ٱلسِّحْرُ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ سَيُبْطِلُهُۥٓ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُصْلِحُ عَمَلَ ٱلْمُفْسِدِينَ٨١
Sodiq
Ular tashlaganlarida, Muso: «Siz keltirgan narsa sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg`unchilarning ishini o`nglamas.
82
وَيُحِقُّ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ٨٢
Sodiq
Va Alloh O`z kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni ro`yobga chiqarur», dedi.[1]
[1] Qissaning tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu surada esa, siyoqiga mos ravishda ba'zi holatlar bayon qilinmoqda. Chunki Alloh tomonidan berilgan mo`'jizaga sohib bo`lgan Payg`ambar sehrni osonlikcha bilishi ajablanarlik emas. U kishi qalbi Allohga iymon ila to`la, o`z ishining haqligiga, boshqalarning ishi botilligiga ishonchi komil Zotdirlar. Darhaqiqat, shunday bo`ldi ham. Allohning «Bo`l!» degan kalimasi ila har narsa bo`lishi turgan gap. Sehrgarlarning sehri botil bo`ldi. Alloh haqni ro`yobga chiqardi.)
83
فَمَآ ءَامَنَ لِمُوسَىٰٓ إِلَّا ذُرِّيَّةٌ مِّن قَوْمِهِۦ عَلَىٰ خَوْفٍ مِّن فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِمْ أَن يَفْتِنَهُمْ ۚ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْمُسْرِفِينَ٨٣
Sodiq
Musoga o`z qavmidan ba'zi zurriyotlargina Fir'avn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qo`rqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi.
84
وَقَالَ مُوسَىٰ يَٰقَوْمِ إِن كُنتُمْ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُوٓاْ إِن كُنتُم مُّسْلِمِينَ٨٤
Sodiq
Muso: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan bo`lsangiz, agar musulmon bo`lsangiz, faqat Ungagina tavakkal qiling», dedi.
85
فَقَالُواْ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٨٥
Sodiq
Ular: «Allohgagina tavakkal qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qo`yma.
86
وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ٨٦
Sodiq
Va O`z rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin», dedilar.[1]
[1] Arabchada «fitna» so`zi sinov ma'nosini anglatadi. Jumladan, temirni o`tga solib sinab ko`rishni ham fitna deyishadi. Shuningdek, fitna so`zi «aldov» va «adashuv» ma'nosini ham anglatadi. Ushbu oyatda esa, mo`minlar Allohdan zolim qavmlarni ular ustidan g`olib qilib qo`ymaslikni so`rashmoqda. Chunki bu ish fitnaga sabab bo`lishi mumkin. Mo`minlar, ularning ishlari to`g`ri ekan-da, bo`lmasa nima uchun bizga g`olib kelishadi, degan xayolga borishlari mumkin. Bu esa, katta fitnadir. Aslida, Alloh kofirlarni bildirmay olish uchun avval ularga zohiran g`alaba berib ham turishi mumkin. Ammo bu mo`minlar guruhi shuni ham xohlamayaptilar.)
87
وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰ وَأَخِيهِ أَن تَبَوَّءَا لِقَوْمِكُمَا بِمِصْرَ بُيُوتًا وَٱجْعَلُواْ بُيُوتَكُمْ قِبْلَةً وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ٨٧
Sodiq
Biz Musoga va uning birodariga: «Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang, uylaringizni qibla qilib, namozni to`kis ado etinglar va mo`minlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik.
88
وَقَالَ مُوسَىٰ رَبَّنَآ إِنَّكَ ءَاتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلَأَهُۥ زِينَةً وَأَمْوَٰلًا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّواْ عَن سَبِيلِكَ ۖ رَبَّنَا ٱطْمِسْ عَلَىٰٓ أَمْوَٰلِهِمْ وَٱشْدُدْ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُواْ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ٨٨
Sodiq
Muso: «Ey Robbimiz, Sen Fir'avnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yo`lingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yo`q qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko`rmagunlaricha iymonga kelmasinlar», dedi.
89
قَالَ قَدْ أُجِيبَت دَّعْوَتُكُمَا فَٱسْتَقِيمَا وَلَا تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ٨٩
Sodiq
U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul bo`ldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yo`liga ergashmanglar», dedi.
90
۞وَجَٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُۥ بَغْيًا وَعَدْوًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَدْرَكَهُ ٱلْغَرَقُ قَالَ ءَامَنتُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱلَّذِىٓ ءَامَنَتْ بِهِۦ بَنُوٓاْ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَنَاْ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ٩٠
Sodiq
Va Bani Isroilni dengizdan o`tkazdik. Bas, Fir'avn va uning askarlari haddan oshgan va tug`yon qilgan holda ularni ta'qib etdilar. Toki unga g`arq bo`lish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan o`zga Iloh yo`qligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi.
91
ءَآلْـَٰٔنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنتَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ٩١
Sodiq
Endimi! Oldin isyon qilgan va buzg`unchilardan bo`lgan eding-ku?!
92
فَٱلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ ءَايَةً ۚ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ عَنْ ءَايَٰتِنَا لَغَٰفِلُونَ٩٢
Sodiq
Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki o`zingdan keyingilarga ibrat bo`lgin. Albatta, ko`p odamlar Bizning oyatlarimizdan g`ofildirlar.[1]
[1] Sog`lik-salomatlik, kuch-quvvat, molu mulk, hukm, mansab va boshqa imkoniyatlar borida qilarini qilib yurgan har qanday odam ham o`limiga ko`zi yetib qolganida Xudoni eslaydi. Lekin buning foydasi yo`q. Bu haqiqat o`sha toifadagi kishilarga ularning eng ko`zga ko`ringan vakili Fir'avn misolida tushuntirilmoqda. Joyingni emas. Joningni olamiz. Boshqalar kabi o`lasan. Chunki sen ham oddiy-ojiz bandasan. Ammo jasadingni qutqaramiz. Baliqlar ham yemaydi. Suvga oqib ham yo`q bo`lmaydi. Boshqa sabab bilan ham yo`q bo`lib ketmaydi. «Toki o`zingdan keyingilarga ibrat bo`lgin». Shunchalar mulkka ega bo`lsang ham, qancha katta da'volar qilgan bo`lsang ham, askarlaring shuncha ko`p bo`lsa ham, baribir Allohning azobidan qutula olmaganingni ko`rib ibrat olsinlar. «Albatta, ko`p odamlar Bizning oyatlarimizdan g`ofildirlar».)
93
وَلَقَدْ بَوَّأْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مُبَوَّأَ صِدْقٍ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ فَمَا ٱخْتَلَفُواْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ٩٣
Sodiq
Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to o`zlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida O`zi hukm chiqarur.
94
فَإِن كُنتَ فِى شَكٍّ مِّمَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ فَسْـَٔلِ ٱلَّذِينَ يَقْرَءُونَ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكَ ۚ لَقَدْ جَآءَكَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ٩٤
Sodiq
Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda bo`lsang, sendan oldin kitobni o`qiganlardan so`ra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan bo`lma.
95
وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَتَكُونَ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ٩٥
Sodiq
Zinhor, Allohning oyatlarini yolg`onga chiqaruvchilardan bo`lma, u holda ziyonkorlardan bo`lib qolasan.
96
إِنَّ ٱلَّذِينَ حَقَّتْ عَلَيْهِمْ كَلِمَتُ رَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ٩٦
Sodiq
Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib bo`lganlar iymonga kelmaslar.
97
وَلَوْ جَآءَتْهُمْ كُلُّ ءَايَةٍ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ٩٧
Sodiq
Agar ularga hamma oyat-mo`'jizalar kelsa ham, to alamli azobni ko`rmagunlaricha.
98
فَلَوْلَا كَانَتْ قَرْيَةٌ ءَامَنَتْ فَنَفَعَهَآ إِيمَٰنُهَآ إِلَّا قَوْمَ يُونُسَ لَمَّآ ءَامَنُواْ كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ ٱلْخِزْىِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَتَّعْنَٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍ٩٨
Sodiq
Qani endi, biron qishloq iymon keltirganda, unga iymoni manfaat bersa edi. Faqat, Yunus qavmi iymon keltirganlarida, ulardan hayoti dunyodagi xorlik azobini kushoyish qildik va ularni ma'lum vaqtgacha foydalantirdik, xolos.[1]
[1] Oyatning ma'nosidan ko`rinib turibdiki, Yunus alayhissalomning qavmiga hayoti dunyoning xorlik azobi tahdid solib qolganda barchalari birdan iymonga kelganlar. Ana shunda Alloh taolo ularning boshidan bu azobni ko`targan va iymonlari sharofati bilan ma'lum muddatgacha faravon turmush ila manfaatlantirgan. Demak, qoida shu qaysi qishloq kofir bo`lsa, xorlik azobiga duchor bo`laveradi, qaysi qishloq iymon keltirsa, undan xorlik azobi kushoyish qilinib, iymoni tufayli manfaatlar topaveradi.)
99
وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَـَٔامَنَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ ٱلنَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُواْ مُؤْمِنِينَ٩٩
Sodiq
Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni mo`min bo`lishga majburlaysanmi?
100
وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَيَجْعَلُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ١٠٠
Sodiq
Allohning iznisiz hech bir jon mo`min bo`la olmas. U aql yurgizmaydiganlarga o`ta ifloslikni ravo ko`rur.[1]
[1] Ya'ni, har bir inson iymonga erishish uchun Alloh izn etgan yo`ldan yurishi kerak. U ko`rsatgan amallarni qilishi kerak. Misol uchun, Alloh bergan aqlni ishlatib, atrofdagi oyat-dalillarni tushunib yetib, iymonga yuzlanishi kerak. Aqlni ishlatmasa, o`ziga ibrat olmasa, ishi rasvo bo`ladi. Noto`g`ri yo`lga yurib, zalolatga ketadi.)
101
قُلِ ٱنظُرُواْ مَاذَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَا تُغْنِى ٱلْـَٔايَٰتُ وَٱلنُّذُرُ عَن قَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ١٠١
Sodiq
Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-mo`'jizalar va qo`rqituvlar foyda bermas», deb ayt.
102
فَهَلْ يَنتَظِرُونَ إِلَّا مِثْلَ أَيَّامِ ٱلَّذِينَ خَلَوْاْ مِن قَبْلِهِمْ ۚ قُلْ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ١٠٢
Sodiq
Ular faqat o`zlaridan oldin o`tganlarning kunlariga o`xshash kunlarga intizor bo`lmoqdalarmi? Sen: «Bas, intizor bo`linglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor bo`lguvchilardanman», deb ayt.
103
ثُمَّ نُنَجِّى رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۚ كَذَٰلِكَ حَقًّا عَلَيْنَا نُنجِ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٠٣
Sodiq
So`ngra, Payg`ambarlarimizga va iymon keltirganlarga najot beramiz. Shunday qilib, mo`minlarga najot bermog`imiz zimmamizdagi burchdir.[1]
[1] Oxir-oqibatda mo`minlarning najot topishi haqdir. Bu vazifani Alloh taolo O`ziga burch qilib olgandir. Bu haqiqatni mo`min-musulmonlar, ayniqsa, da'vatchilar juda yaxshi anglab yetmoqlari lozim.)
104
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى شَكٍّ مِّن دِينِى فَلَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِنْ أَعْبُدُ ٱللَّهَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُمْ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٠٤
Sodiq
«Ey odamlar, agar mening dinimda shak-shubhangiz bo`lsa, bas, (bilingki) men sizlar ibodat qilayotgan — Allohdan o`zga — narsalarga ibodat qilmasman. Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilurman va mo`minlardan bo`lmog`imga amr qilinganman», deb ayt.
105
وَأَنْ أَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ١٠٥
Sodiq
Yuzingni dinga to`g`ri tut. Mushriklardan bo`lma.
106
وَلَا تَدْعُ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكَ وَلَا يَضُرُّكَ ۖ فَإِن فَعَلْتَ فَإِنَّكَ إِذًا مِّنَ ٱلظَّٰلِمِينَ١٠٦
Sodiq
Allohdan o`zga — senga manfaat ham, zarar ham bermaydigan — narsaga iltijo qilma. Bas, agar shunday qilsang, unda, sen zolimlardan bo`lasan.[1]
[1] O`zini bilmagan zolim odamlar Allohni qo`yib, but-sanamlar va boshqa narsalarga iltijo etib, manfaat topmoqchi yoki zararni qaytarmoqchi bo`ladilar. Sen, ey Payg`ambar, ularga o`xshama, Allohdan o`zga hech kimga, hech narsaga iltijo etma.)
107
وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍ فَلَا رَآدَّ لِفَضْلِهِۦ ۚ يُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ١٠٧
Sodiq
Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o`zga o`shanga kushoyish beruvchi yo`qdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo`qdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir.
108
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنَاْ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ١٠٨
Sodiq
Sen: «Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, o`zi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, o`z zarariga zalolat topadir. Men sizlarning ustingizdan qo`riqchi emasman», deb ayt.
109
وَٱتَّبِعْ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَٱصْبِرْ حَتَّىٰ يَحْكُمَ ٱللَّهُ ۚ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ١٠٩
Sodiq
Va senga vahiy qilingan narsaga ergash va Alloh hukm qilguncha sabr qil. U hukm qilguvchilarning yaxshisidir.