Sura 9

Tavba

G

Tavba

129 oyat |MadinaMadina |
Sura 9 • Oyat 1 / 129 • Juz 103⁄8 • Sahifa 187
Tavba
ﻉ156Juz 10 3⁄8 • Sahifa 187156ﻉ
1
۞بَرَآءَةٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١‬‬‬
Sodiq
(Bu) Allohdan va Uning Rasulidan mushriklarning siz ahdlashganlaringizga «baroat» — ora ochiqligi (e'loni)dir.
2
فَسِيحُواْ فِى ٱلْأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ​ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُخْزِى ٱلْكَٰفِرِينَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Bas, yer yuzida to`rt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir.[1]

[1] Bu ish musulmonlar bilan tuzgan ahdni buzgan mushriklarga tegishlidir.)
3
وَأَذَٰنٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلنَّاسِ يَوْمَ ٱلْحَجِّ ٱلْأَكْبَرِ أَنَّ ٱللَّهَ بَرِىٓءٌ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ​ۙ وَرَسُولُهُۥ ​ۚ فَإِن تُبْتُمْ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۖ وَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ​ۗ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ‮٣‬‬‬
Sodiq
(Bu) Alloh va Uning Rasulidan odamlarga «hajjul akbar» kunidagi bildirishdir. Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir. Bas, agar tavba qilsangiz, u o`zingiz uchun yaxshidir. Agar yuz o`girib ketadigan bo`lsangiz, bilinglarki, albatta, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Kufr keltirganlarga alamli azobning «bashoratini» beraver.
4
إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ثُمَّ لَمْ يَنقُصُوكُمْ شَيْـًٔا وَلَمْ يُظَٰهِرُواْ عَلَيْكُمْ أَحَدًا فَأَتِمُّوٓاْ إِلَيْهِمْ عَهْدَهُمْ إِلَىٰ مُدَّتِهِمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.
5
فَإِذَا ٱنسَلَخَ ٱلْأَشْهُرُ ٱلْحُرُمُ فَٱقْتُلُواْ ٱلْمُشْرِكِينَ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ وَخُذُوهُمْ وَٱحْصُرُوهُمْ وَٱقْعُدُواْ لَهُمْ كُلَّ مَرْصَدٍ ​ۚ فَإِن تَابُواْ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ فَخَلُّواْ سَبِيلَهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, o`ldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, yo`llariga qo`yib yuboringlar. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Oyatdagi amr yigirma ikki yillik sabr-chidam natijasidir, tushuntirish, turli yo`llarni axtarish va ahdnoma tuzishlar naf bermaganidan so`ng, shuningdek, chor atrofni xavf-xatar o`rab olgandan keyin, Islom markazini ichki dushmandan tozalash niyatida qilingan buyruqdir. Bu amrdan maqsad qirib tashlash emas, balki haqiqatni yaxshilik bilan tushunmaganlarga bir oz ta'sir o`tkazish ekanligi oyatning ikkinchi yarmidan ham bilinib turibdi.)
6
وَإِنْ أَحَدٌ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ٱسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّىٰ يَسْمَعَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُۥ ​ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْلَمُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Agar mushriklardan birontasi panoh so`rasa, unga panoh ber, toki u, Allohning kalomini eshitsin. So`ngra, uni omonlik joyiga yetkazib qo`y. Bu, ularning bilmaydigan qavm bo`lganlari uchundir.
ﻉ157Sahifa 188157ﻉ
7
كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعِندَ رَسُولِهِۦٓ إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ​ۖ فَمَا ٱسْتَقَٰمُواْ لَكُمْ فَٱسْتَقِيمُواْ لَهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd bo`lsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.[1]

[1] Ahdu paymon ularning faqat bir toifasiga, ya'ni musulmonlar bilan Masjidul Harom oldida, ya'ni Hudaybiyada ahdlashgan mushriklargagina bo`lishi mumkin. Agar ular ahdlarida tursalar, musulmonlar ham ahdida turadi. Modomiki ular ahdlarida turgan ekan, musulmonlar ham vafoli bo`lishlari shart. Chunki Islom — ahdga vafo dinidir.)
8
كَيْفَ وَإِن يَظْهَرُواْ عَلَيْكُمْ لَا يَرْقُبُواْ فِيكُمْ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً ​ۚ يُرْضُونَكُم بِأَفْوَٰهِهِمْ وَتَأْبَىٰ قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَٰسِقُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Qanday qilib (ularga ahd bo`lsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni og`izlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari ko`nmas. Ularning ko`plari fosiqlardir.
9
ٱشْتَرَوْاْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِهِۦٓ ​ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning yo`lidan to`sdilar. Darhaqiqat, ularning qilganlari qanday ham yomon bo`ldi?![1]

[1] Mushriklar hammaga barobar kelgan Allohning oyatlarini qabul qilmay, undan bu dunyoning ozgina bahosini ustun ko`rdilar. Din yo`liga yursalar, dunyoning matohidan ajralib qolaman yoki kamroq ulush olaman, deb o`ylashdi. Shuningdek, bu dunyodagi molidan sadaqa berishdan cho`chishdi. Shularni o`ylab, odamlarni Allohning yo`lidan to`sishdi.)
10
لَا يَرْقُبُونَ فِى مُؤْمِنٍ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً ​ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُعْتَدُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Ular mo`min haqida na ahdga va na burchga rioya qilmaslar. Ana o`shalar, o`zlari tajovuzkorlardir.[1]

[1] Ular boshqalarga nisbatan ahdga rioya qilishlari mumkin. Ammo mo`minga kelganda «... na ahdga va na burchga rioya qilmaydilar».)
11
فَإِن تَابُواْ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ فَإِخْوَٰنُكُمْ فِى ٱلدِّينِ ​ۗ وَنُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Bas, agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilamiz.
12
وَإِن نَّكَثُوٓاْ أَيْمَٰنَهُم مِّن​ۢ بَعْدِ عَهْدِهِمْ وَطَعَنُواْ فِى دِينِكُمْ فَقَٰتِلُوٓاْ أَئِمَّةَ ٱلْكُفْرِ ​ۙ إِنَّهُمْ لَآ أَيْمَٰنَ لَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَنتَهُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Agar ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga ta'na toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yo`qdir. Shoyadki, to`xtasalar.[1]

[1] Ular o`zlari rozi bo`lib ahdnoma tuzganlaridan so`ng, o`zlari uni buzsalar, buning ustiga, sizning diningiz Islomga ta'na toshini otsalar, ular kufrboshi, kofirlarning boshlig`i — imomi bo`ladilar. Ularga qarshi jang qilish lozim. Chunki ular ahdga vafo qilmaydigan odamlardir. Urush ularni yo`qotish uchun emas, dushmanliklarini to`xtatish uchundir.)
13
أَلَا تُقَٰتِلُونَ قَوْمًا نَّكَثُوٓاْ أَيْمَٰنَهُمْ وَهَمُّواْ بِإِخْرَاجِ ٱلرَّسُولِ وَهُم بَدَءُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ​ۚ أَتَخْشَوْنَهُمْ ​ۚ فَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَوْهُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi bo`lib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qo`rqasizmi?! Agar mo`min bo`lsangiz, qo`rqishingizga loyiq zot Allohdir![1]

[1] Ushbu oyati karimada mushriklarga qarshi urushning ba'zi sabablari bayon qilinmoqda. Musulmonlar orasida ham, qavm bilan nima uchun urushamiz, degan savol tug`ilishi mumkin. Shunday savolga savol bilan javob berilmoqda.)
14
قَٰتِلُوهُمْ يُعَذِّبْهُمُ ٱللَّهُ بِأَيْدِيكُمْ وَيُخْزِهِمْ وَيَنصُرْكُمْ عَلَيْهِمْ وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُّؤْمِنِينَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ularga qarshi jang qilinglar! Alloh ularni sizning qo`lingiz bilan azoblaydir, xorlaydir va ularga qarshi sizga yordam beradir. Va mo`min qavmlarning ko`ngillariga shifo beradir.
15
وَيُذْهِبْ غَيْظَ قُلُوبِهِمْ ​ۗ وَيَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Va qalblaridagi achchiqni ketkazadir. Alloh kimni xohlasa, o`shaning tavbasini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Ya'ni, muhimi sizlar jang qilaveringlar, bu yog`ini Allohning O`zi biladi. Alloh sizlarni qudratiga parda qila turib, qo`llaringiz bilan mushriklarni azoblaydi, xorlaydi. Mo`minlarga nusrat, mushriklarga mag`lubiyat berish bilan avvalda mushriklar ozorlagan mo`minlarning ko`ngillarini davolaydi. Islomga yordam berib, uni kufrdan ustun qilish bilan mo`minlarning qalbida yig`ilib qolgan achchiqlarni ketkazadi.)
16
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تُتْرَكُواْ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُواْ مِنكُمْ وَلَمْ يَتَّخِذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَا رَسُولِهِۦ وَلَا ٱلْمُؤْمِنِينَ وَلِيجَةً ​ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرُ​ۢ بِمَا تَعْمَلُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va mo`minlardan o`zgani do`st tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qo`yilmog`ingizni o`yladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir.[1]

[1] Da'vat qilib dinga qiziqtirilganda, odamlar ko`pchilikka qo`shilaveradilar. Turli fikr, maqsad va g`araz bilan o`zini musulmon ko`rsatishga hamma urinaveradi. Ba'zilar sirtdan o`zini musulmon ko`rsatib, ichdan Allohdan boshqani do`st tutgan bo`lishi mumkin. Mo`minlardan boshqani do`st tutgan bo`lishi mumkin. Bunday kishilarning haqiqiy basharalarini ochish uchun soxtakorlar chiday olmaydigan qiyinroq ish taklif qilinadi. Jihod ana o`sha ishlardan biridir. Jihodda haqiqiy mo`min-musulmonlar boshqalardan ajralib chiqib qoladilar.)
17
مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَن يَعْمُرُواْ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ شَٰهِدِينَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِم بِٱلْكُفْرِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ وَفِى ٱلنَّارِ هُمْ خَٰلِدُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Mushriklarga, o`zlarining kofir ekanliklariga guvoh bo`lgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana o`shalar amallari habata bo`lganlardir va ular do`zaxda abadiy qoluvchilardir.
18
إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا ٱللَّهَ ​ۖ فَعَسَىٰٓ أُوْلَٰٓئِكَ أَن يَكُونُواْ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to`kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo`rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o`shalar hidoyat topguvchilardan bo`lsalar.
19
۞أَجَعَلْتُمْ سِقَايَةَ ٱلْحَآجِّ وَعِمَارَةَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ كَمَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَجَٰهَدَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ لَا يَسْتَوُۥنَ عِندَ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yo`lida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.[1]

[1] Makka mushriklari Masjidul Haromning va hajning xizmatlarini taqsimlab olishgan edi, ayniqsa, hojilarga suv berish alohida martaba hisoblanardi. Bu ishlardan mushriklar doimo faxrlanib yurishar edi. Hatto kishilar orasida bu haqda tortishuvlar ham bo`lib turardi. Oyatda bu ishning haqiqiy bahosi berilmoqda.)
20
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَٰهَدُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ أَعْظَمُ دَرَجَةً عِندَ ٱللَّهِ ​ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirib, hijrat qilganlar va Allohning yo`lida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlarning darajalari Allohning huzurida juda ulug`dir. Ana o`shalar yutuqqa erishuvchilardir.
21
يُبَشِّرُهُمْ رَبُّهُم بِرَحْمَةٍ مِّنْهُ وَرِضْوَٰنٍ وَجَنَّٰتٍ لَّهُمْ فِيهَا نَعِيمٌ مُّقِيمٌ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Robbilari ularga O`z tarafidan bo`lgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy ne'matlar bor jannatlarning bashoratini beradir.[1]

[1] Ya'ni, iymon keltirib, hijrat qilib, mollari va jonlari bilan jihodga chiqqan bandalar, ana shunday yutuqlarga erishadilar.)
22
خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ular unda abadiy qoluvchilardir. Albatta, Alloh — huzurida ulug` ajr bor Zotdir.
23
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُوٓاْ ءَابَآءَكُمْ وَإِخْوَٰنَكُمْ أَوْلِيَآءَ إِنِ ٱسْتَحَبُّواْ ٱلْكُفْرَ عَلَى ٱلْإِيمَٰنِ ​ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun ko`rsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni do`st tutmang. Sizdan kim ularni do`st tutsa, bas, ana o`shalar, o`zlari zolimlardir.[1]

[1] Islom aqidasi uchun sof qalb kerak. Aqida toza qalbdan joy olishi uchun undan boshqa manfaatlar uzilishi lozim. Ya'ni, iymon, e'tiqod, dinu diyonat masalasi hamma narsadan ustun qo`yilmog`i kerak. Hatto ota-ona va aka-uka kabi dunyodagi eng yaqin kishilar boshqa diyonatni tanlagan bo`lsalar, ularni ham do`st tutib bo`lmaydi. Ya'ni, qalbdan yaxshi ko`rish mumkin emas. Ular bilan aloqa, muomalalar bo`laveradi, ammo qalb faqat aqida uchun xolis qoladi. Kufrni ixtiyor etgan qarindoshlarni do`st-valiy tutish shirkning bir ko`rinishidir. Shuning uchun bu ishni qilganlar oyatda zolimlar deb atalmoqdalar.)
24
قُلْ إِن كَانَ ءَابَآؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ وَإِخْوَٰنُكُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ وَعَشِيرَتُكُمْ وَأَمْوَٰلٌ ٱقْتَرَفْتُمُوهَا وَتِجَٰرَةٌ تَخْشَوْنَ كَسَادَهَا وَمَسَٰكِنُ تَرْضَوْنَهَآ أَحَبَّ إِلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَجِهَادٍ فِى سَبِيلِهِۦ فَتَرَبَّصُواْ حَتَّىٰ يَأْتِىَ ٱللَّهُ بِأَمْرِهِۦ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
«Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug`laringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bo`lishdan qo`rqqan tijoratlaringiz va xush ko`rgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yo`lida jiddu jahd qilishdan mahbubroq bo`lsa, u holda, Alloh O`z amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas», – deb ayt.[1]

[1] Oyati karimada inson uchun bu dunyoda eng qadrli sakkiz narsa eslatilib, ulardan ham mahbubroq narsa Alloh, Uning Rasuli va Uning yo`lida jihod qilish bo`lmog`i lozimligi uqtirilmoqda. Mazkur sakkiz narsaning hammasi yoki birortasi insonga Allohdan, Uning Rasulidan va Uning yo`lida jihod qilishdan mahbub bo`lsa, unda u insonning iymoni nuqsonga uchraydi. Bu dunyoda ota-ona insonlar uchun juda qadrdon hisoblanadilar. Islom dini ularga yaxshilik qilishni, ularni hurmatlash va e'zozlashni qattiq tayinlagan. Ammo shunday bo`lsa-da, ularning muhabbati Allohdan, Uning Rasulidan va jihoddan ustun bo`la olmaydi. Musulmon odam bu haqiqatni bilmog`i lozim.)
25
لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍ ​ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ​ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Alloh sizlarga ko`p joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. O`shanda sizni ko`pligingiz mag`rur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. So`ngra, ortga qarab qochdingiz.
26
ثُمَّ أَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَنزَلَ جُنُودًا لَّمْ تَرَوْهَا وَعَذَّبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
So`ngra, Alloh sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi hamda siz ko`rmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana o`sha, kofirlarning jazosidir.
27
ثُمَّ يَتُوبُ ٱللَّهُ مِن​ۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ​ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
So`ngra, o`shandan keyin Alloh O`zi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
28
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّمَا ٱلْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلَا يَقْرَبُواْ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَٰذَا ​ۚ وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦٓ إِن شَآءَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yo`q, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qo`rqsangiz, Alloh, O`zi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qo`yadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Aqidalari buzuq mushriklar ma'naviy jihatdan najas hisoblanadilar. Ushbu oyati karima hukmiga binoan ular Masjidul Haromga yaqin kelishlari mumkin emas. Oyatda «bu yillaridan» iborasi bilan to`qqizinchi hijriy yili nazarda tutilgan. O`sha yili, yuqorida o`rganganimizdek, Hazrati Abu Bakr amirliklarida haj bo`lgan va hazrati Ali bu oyatlarni hajga kelganlarga o`qib, hukmini tushuntirganlar. O`sha yildan boshlab mushriklarning Masjidul Haromga kelishlari man qilingan. Buning uchun haram chegarasi belgi qilib olindi. Makkai Mukarramaning atrofidagi o`sha chegaradan musulmon emaslarga ichkari kirishga ruxsat berilmaydigan bo`ldi.)
29
قَٰتِلُواْ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَلَا يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَلَا يَدِينُونَ دِينَ ٱلْحَقِّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ حَتَّىٰ يُعْطُواْ ٱلْجِزْيَةَ عَن يَدٍ وَهُمْ صَٰغِرُونَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular bo`yinsungan hollarida o`z qo`llari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling.[1]

[1] Jizya, g`ayridin kishining Islom himoyasi ostida yashashi, musulmonlar tomonidan taqdim etilgan ommaviy xizmatlardan foydalanishi va boshqa sabablar uchun Islom davlatiga to`lab turiladigan mablag`dir. Jizyani o`z qo`li bilan bo`yinsungan holda beradigan ahli kitoblarga qarshi musulmonlar urushmaydilar.)
30
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ عُزَيْرٌ ٱبْنُ ٱللَّهِ وَقَالَتِ ٱلنَّصَٰرَى ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ ٱللَّهِ ​ۖ ذَٰلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَٰهِهِمْ ​ۖ يُضَٰهِـُٔونَ قَوْلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبْلُ ​ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ​ۚ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Yahudiylar: «Uzayr Allohning o`g`lidir», – dedilar. Nasorolar: «Masiyh Allohning o`g`lidir», – dedilar. Bu og`izlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga o`xshaturlar. Alloh ularni la'natlasin. Qayon burilmoqdalar?!
31
ٱتَّخَذُوٓاْ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَٰنَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَمَآ أُمِرُوٓاْ إِلَّا لِيَعْبُدُوٓاْ إِلَٰهًا وَٰحِدًا ​ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۚ سُبْحَٰنَهُۥ عَمَّا يُشْرِكُونَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Ular Allohni qo`yib o`zlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir.[1]

[1] Adiy ibn Hotim johiliyat davrida nasroniylik diniga kirgan ekan. Singlisi borib akasini Islomga targ`ib qilibdi. Rasululloh alayhissalotu vassalom huzurlariga borishga undabdi. U Madinaga borganida, bo`yniga kumushdan yasalgan xoch taqqan holida Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga kiradi. Shunda u zot «Ular Allohni qo`yib o`zlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar», oyatini tilovat qilayotgan edilar. Adiy roziyallohu anhu aytadilarki «Men «Ularga hech ibodat qilishgani yo`q», dedim. U zot alayhissalotu vassalom «Lekin ularga halolni harom qildilar va haromni halol qildilar, ular esa ergashdilar. Ana o`sha ularga ibodat qilishdir», dedilar».)
32
يُرِيدُونَ أَن يُطْفِـُٔواْ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَيَأْبَى ٱللَّهُ إِلَّآ أَن يُتِمَّ نُورَهُۥ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning nurini og`izlari bilan o`chirmoqchi bo`lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, O`z nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir.[1]

[1] Ya'ni, faqat O`z nurining to`kis bo`lishini istaydi.)
33
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
U, garchi mushriklar yoqtirmasa ham, O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan uni hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalomni hidoyat va haq din bilan yuborgan. U dini Islomning dunyodagi barcha dinlardan ustun bo`lishini xohlaydi. Ahli kitoblar Allohning bu xohishiga qarshi chiqadilar. Ular Islomning boshqa dinlardan ustunligini ko`ra olmaydilar. Shuning uchun qo`llaridan kelgan barcha yomonliklarni qiladilar.)
34
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْأَحْبَارِ وَٱلرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَٰطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱلَّذِينَ يَكْنِزُونَ ٱلذَّهَبَ وَٱلْفِضَّةَ وَلَا يُنفِقُونَهَا فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning ko`plari odamlarning mollarini botil yo`l bilan yerlar va Allohning yo`lidan to`sarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yo`lida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver.[1]

[1] Ahli kitoblarning hibr va rohiblari mol-dunyoga o`chligi tarixda ma'lum va mashhurdir. Ular odamlarning mollarini botil yo`l bilan yeganlar. Ushbu oyati karimada bu qabih ish ularning «ko`plariga» nisbat berilmoqda. Ozchiligi botil yo`l bilan odamlarning molini yeyishga qiziqmaydi. Bu esa, voqelikka to`g`ri keladi. Bir vaqtlar hibr va rohiblar to`plagan dunyolari podshoh va imperatorlarnikidan ham ko`pligi oshkor bo`lgan. Oyati karimada bayon qilinishicha, hibr va rohiblar faqat odamlarning mollarini botil yo`l orqali yeyish bilan kifoyalanib qolishmaydi. Balki Allohning yo`lidan to`sadilar ham.)
35
يَوْمَ يُحْمَىٰ عَلَيْهَا فِى نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَىٰ بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنُوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ ​ۖ هَٰذَا مَا كَنَزْتُمْ لِأَنفُسِكُمْ فَذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Bir kuni o`sha(oltin-kumush)larni jahannam o`tida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu o`zingiz uchun to`plagan narsangiz, bas, endi to`plab yurgan narsangizni tatib ko`ring!» – deyilur.
36
إِنَّ عِدَّةَ ٱلشُّهُورِ عِندَ ٱللَّهِ ٱثْنَا عَشَرَ شَهْرًا فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ يَوْمَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ مِنْهَآ أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ ​ۚ فَلَا تَظْلِمُواْ فِيهِنَّ أَنفُسَكُمْ ​ۚ وَقَٰتِلُواْ ٱلْمُشْرِكِينَ كَآفَّةً كَمَا يُقَٰتِلُونَكُمْ كَآفَّةً ​ۚ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o`n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to`rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to`g`ri dindir. U(oy)larda o`zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo`lib, ular sizga qarshi jam bo`lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.[1]

[1] Ushbu oyati karima oylarning hisobi, tabiiy ravishda, Alloh osmonlaru Yerni yaratgan paytdayoq, ularning harakatiga bog`liq qilinib o`n ikki etib belgilanganligini bayon qilmoqda. Bu doimiy ravishda bir xil turadigan sobit hisobdir. Unda insonning hech dahli yo`q. Inson faqat Alloh yaratgan narsalarga qarab, Alloh bergan aql bilan oylarni sanaydi, xolos.)
37
إِنَّمَا ٱلنَّسِىٓءُ زِيَادَةٌ فِى ٱلْكُفْرِ ​ۖ يُضَلُّ بِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُحِلُّونَهُۥ عَامًا وَيُحَرِّمُونَهُۥ عَامًا لِّيُوَاطِـُٔواْ عِدَّةَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ فَيُحِلُّواْ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ ​ۚ زُيِّنَ لَهُمْ سُوٓءُ أَعْمَٰلِهِمْ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda bo`lishdan o`zga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkazilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.[1]

[1] Oyati karimadagi «nasiyu» lug`atda ortga surish ma'nosini ifoda qiladi. Johiliyat ahlida urush harom qilingan oyning hukmini boshqa, keyin keladigan oyga surish odati urf bo`lgan edi. Ya'ni, arab mushriklari ham to`rt oy harom oylar ekanligini aytar edilar. O`sha oylarda urush tamoman to`xtar edi. Agar biror kishi shu oylarda otasini o`ldirgan odamni uchratib qolsa, unga tegmasdi. Ammo bordiyu urushni xohlab qolsalar, aslida harom bo`lgan oyning haromligini orqaga surib qo`yib, urush qilaverar edilar. Misol uchun, Muharram harom oy, ammo shu oyda urush qilgilari kelib qolsa, bu yil uning haromligini Safar oyiga surdik, o`sha oyda urush qilmaymiz, deb Muharramda urush qilishar edilar. Safarda esa, urush qilishmasdi. Yanagi yili aksincha bo`lardi. Ular bir yilda to`rt oy urushmasak bo`ldi-da, qaysi oyda bo`lishining nima farqi bor, degandek ish qilishar edi. Oyatda ularning bu tasarruflariga baho va sharh berilmoqda.)
38
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلْتُمْ إِلَى ٱلْأَرْضِ ​ۚ أَرَضِيتُم بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا مِنَ ٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizga nima bo`ldiki, Allohning yo`lida qo`zg`aling, deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qo`yib, dunyo hayotiga rozi bo`ldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayoti juda oz-ku?![1]

[1] Bu oyati karima Tabuk urushiga ommaviy safarbarlik e'lon qilingandan so`ng yuz bergan ba'zi holatlar tufayli nozil bo`lgan.)
39
إِلَّا تَنفِرُواْ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَيَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْـًٔا ​ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Agar qo`zg`almasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. O`rningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir.
40
إِلَّا تَنصُرُوهُ فَقَدْ نَصَرَهُ ٱللَّهُ إِذْ أَخْرَجَهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ثَانِىَ ٱثْنَيْنِ إِذْ هُمَا فِى ٱلْغَارِ إِذْ يَقُولُ لِصَٰحِبِهِۦ لَا تَحْزَنْ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَا ​ۖ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَيْهِ وَأَيَّدَهُۥ بِجُنُودٍ لَّمْ تَرَوْهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلسُّفْلَىٰ ​ۗ وَكَلِمَةُ ٱللَّهِ هِىَ ٱلْعُلْيَا ​ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo`lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g`orda turganlarida, u sherigiga: «Xafa bo`lma, Alloh, albatta, biz bilan», dedi. Bas, Alloh uning ustidan O`z sokinligini nozil qildi va siz ko`rmagan lashkarlar bilan qo`lladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, o`zi yuqori. Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Ey mo`minman deb yurganlar, agar siz bu safar Payg`ambarga yordam bermasangiz, hechqisi yo`q, sizga yomon bo`ladi. Alloh O`z Payg`ambariga yordam berishi turgan gap. Uni Makkada kofirlar o`ldirmoqchi bo`lib, gapni bir joyga qo`yganlarida ham Alloh unga nusrat bergan. Alloh kofirlarning yomon niyatlarini unga bildirgan va unga chiqib ketishni amr qilgan. Payg`ambar alayhissalotu vassalom Abu Bakr Siddiq bilan birga hijratga chiqqanlar. Mushriklar ko`p edilar, Alloh Payg`ambariga yordam bergan.)
41
ٱنفِرُواْ خِفَافًا وَثِقَالًا وَجَٰهِدُواْ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Yengil bo`lsa ham, og`ir bo`lsa ham, qo`zg`alingiz va Allohning yo`lida mollaringiz va jonlaringiz ila jiddu jahd qilingiz. Agar bilsangiz, shu ishingiz o`zingiz uchun yaxshidir.[1]

[1] Musulmon inson Allohning yo`lida molini ham, jonini ham qurbon qilishga doim tayyor turmog`i zarurdir. Ana shundagina o`zlariga yaxshi qilgan bo`ladilar. Muxlis musulmonlar bu oliy ma'noni to`liq tushungan paytlarida «engil bo`lsa ham, og`ir bo`lsa ham», qo`zg`olganlar. Allohning yo`lida mollarini va jonlarini fido qilganlar, va'da qilingan yaxshilikka erishganlar. Butun dunyoga yetakchi xalq bo`lganlar.)
42
لَوْ كَانَ عَرَضًا قَرِيبًا وَسَفَرًا قَاصِدًا لَّٱتَّبَعُوكَ وَلَٰكِن​ۢ بَعُدَتْ عَلَيْهِمُ ٱلشُّقَّةُ ​ۚ وَسَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَوِ ٱسْتَطَعْنَا لَخَرَجْنَا مَعَكُمْ يُهْلِكُونَ أَنفُسَهُمْ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Agar oson manfaat va yaqin safar bo`lganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq ko`rindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir bo`lganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar. Ular o`zlarini halok qilurlar. Holbuki, Alloh ular yolg`onchi ekanlarini albatta biladir.[1]

[1] Munofiqlar shaxsiy manfaatlarini ko`zlab, musulmonlar orasiga suqilib olgan kimsalar edi. O`zlarini sirtdan muxlis musulmon qilib ko`rsatishardi. Lekin Tabuk g`azotiga umumiy safarbarlik e'lon qilinishi bilan ularning sirlari fosh bo`lib qoldi.)
43
عَفَا ٱللَّهُ عَنكَ لِمَ أَذِنتَ لَهُمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْ وَتَعْلَمَ ٱلْكَٰذِبِينَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Alloh seni afv qildi. Nima uchun ularga, to senga rostgo`y bo`lganlar ravshan bo`lmay turib va yolg`onchilarni bilmasingdan turib, izn berding?[1]

[1] Payg`ambar alayhissalotu vassalom munofiqlardan ba'zilariga urushga bormaslikka izn berib qo`ygan edilar. Aslida, shoshilib ruxsat bergandan ko`ra, kutib turganlarida yaxshi bo`lar edi. Chunki izn olganlarning kimligi bilinmay qoldi. Izn bo`lmaganda ham safarbarlikdan qolar edilar. Shunda ularning munofiqligi hammaga oshkor bo`lardi.)
44
لَا يَسْتَـٔۡذِنُكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ أَن يُجَٰهِدُواْ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُ​ۢ بِٱلْمُتَّقِينَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar sendan mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishdan qolishga izn so`ramaslar. Alloh taqvodorlarni bilguvchi Zotdir.
45
إِنَّمَا يَسْتَـٔۡذِنُكَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَٱرْتَابَتْ قُلُوبُهُمْ فَهُمْ فِى رَيْبِهِمْ يَتَرَدَّدُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga to`lganlargina sendan izn so`rarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar.
46
۞وَلَوْ أَرَادُواْ ٱلْخُرُوجَ لَأَعَدُّواْ لَهُۥ عُدَّةً وَلَٰكِن كَرِهَ ٱللَّهُ ٱن​ۢبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ وَقِيلَ ٱقْعُدُواْ مَعَ ٱلْقَٰعِدِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Agar chiqishni xohlaganlarida, unga tayyorgarlik ko`rar edilar. Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi. Ularga: «O`tiruvchilar bilan o`tiringlar», dedi.[1]

[1] O`sha iymonsiz munofiqlarda, aslida, jihodga chiqish niyati bo`lsa, avvaldan tayyorgarlik ko`rib qo`ygan bo`lar edilar. Safarbarlik e'lon etilgandan so`ng turli bahonalar qilib, jihoddan qolishga izn so`rab kelishlari, ularning jihodga chiqish niyatlari yo`qligidandir.)
47
لَوْ خَرَجُواْ فِيكُم مَّا زَادُوكُمْ إِلَّا خَبَالًا وَلَأَوْضَعُواْ خِلَٰلَكُمْ يَبْغُونَكُمُ ٱلْفِتْنَةَ وَفِيكُمْ سَمَّٰعُونَ لَهُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُ​ۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi Zotdir.
48
لَقَدِ ٱبْتَغَوُاْ ٱلْفِتْنَةَ مِن قَبْلُ وَقَلَّبُواْ لَكَ ٱلْأُمُورَ حَتَّىٰ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَظَهَرَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَهُمْ كَٰرِهُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, bundan avval ham, toki ular yoqtirmasalar-da, haq kelib, Allohning ishi ustun bo`lgunicha, fitna qo`zib, senga ishlarni ag`dar-to`ntar qilishar edi.[1]

[1] Ya'ni, munofiqlar avvaldan fitnachi bo`lib kelganlar. Ular Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom Madinai Munavvaraga kelgan paytlarida ustma-ust fitna qo`zg`ashgan. Doimo ishlarni ostin-ustin qilib buzib yurishgan. Toki Alloh imkon berib, dushmanlar ustidan g`alaba qozonib, Islom kuch-quvvatga ega bo`lgandagina, qo`rqqanlaridan bir oz bo`shashib qolishgan edi.)
49
وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ ٱئْذَن لِّى وَلَا تَفْتِنِّىٓ ​ۚ أَلَا فِى ٱلْفِتْنَةِ سَقَطُواْ ​ۗ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةُ​ۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni o`rab olguvchidir.[1]

[1] Ushbu oyati karimaning sababi nuzuli haqida Muhammad ibn Is'hoq quyidagi rivoyatni keltiradilar «Rasululloh alayhissalotu vassalom bir kuni jangga hozirlik ko`rib Tabuk jangiga) Jadd ibn Qaysga «Ey Jadd, Bani Asfarga ya'ni, rumliklarga) qarshi kurashga tayyormisan?» dedilar. U bo`lsa «Ey Allohning Rasuli, menga izn ber, meni fitnaga solma. Men Bani Asfar sariqlar)ning xotinlarini ko`rsam, chiday olmayman, deb qo`rqaman», dedi. Shunda Rasululloh alayhissalotu vassalom undan yuz o`girdilar va «Senga izn berdim», dedilar.)
50
إِن تُصِبْكَ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ ​ۖ وَإِن تُصِبْكَ مُصِيبَةٌ يَقُولُواْ قَدْ أَخَذْنَآ أَمْرَنَا مِن قَبْلُ وَيَتَوَلَّواْ وَّهُمْ فَرِحُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir. Agar senga musiybat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», – deb xursand bo`lib yuz o`girib ketarlar.[1]

[1] Ahli Islomga yetgan yaxshilik munofiqlar uchun musibatdir. Ammo ahli Islomga musibat yetsa, munofiqlar xursand bo`ladilar. Yaxshiyam ularga qo`shilmaganimiz, ularning gapiga kirmay, ishning oldini olgan ekanmiz, sog`-salomat qoldik, deyishadi.)
51
قُل لَّن يُصِيبَنَآ إِلَّا مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَىٰنَا ​ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Bizga Alloh yozib qo`ygan narsadan o`zgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo`minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt.[1]

[1] Ya'ni, bizga nima yetsa ham, Allohdan yetadi. Alloh taolo bizga nimani bitgan bo`lsa, o`shani ko`ramiz.)
52
قُلْ هَلْ تَرَبَّصُونَ بِنَآ إِلَّآ إِحْدَى ٱلْحُسْنَيَيْنِ ​ۖ وَنَحْنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمْ أَن يُصِيبَكُمُ ٱللَّهُ بِعَذَابٍ مِّنْ عِندِهِۦٓ أَوْ بِأَيْدِينَا ​ۖ فَتَرَبَّصُوٓاْ إِنَّا مَعَكُم مُّتَرَبِّصُونَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni O`z huzurida bo`ladigan yoki bizning qo`limizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», – deb ayt.[1]

[1] Jihodga bormay qolgan munofiqlar jihodga ketgan musulmonlar uchun ikki narsadan birini kutadilar, xolos. O`sha ikki narsa ham musulmon uchun yaxshilikdir. Ulardan biri — musulmon insonning oliy maqsadi — Allohning yo`lida jihod qilib shahid bo`lishdir. Ikkinchisi esa — urushda g`olib kelishdir.)
53
قُلْ أَنفِقُواْ طَوْعًا أَوْ كَرْهًا لَّن يُتَقَبَّلَ مِنكُمْ ​ۖ إِنَّكُمْ كُنتُمْ قَوْمًا فَٰسِقِينَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Xohlab yoki xohlamay nafaqa qilaveringlar. Sizdan zinhor qabul qilinmas. Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm bo`ldingiz.
54
وَمَا مَنَعَهُمْ أَن تُقْبَلَ مِنْهُمْ نَفَقَٰتُهُمْ إِلَّآ أَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ وَبِرَسُولِهِۦ وَلَا يَأْتُونَ ٱلصَّلَوٰةَ إِلَّا وَهُمْ كُسَالَىٰ وَلَا يُنفِقُونَ إِلَّا وَهُمْ كَٰرِهُونَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Ularning nafaqalarining qabul etilishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir.
55
فَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُمْ ​ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.
56
وَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنَّهُمْ لَمِنكُمْ وَمَا هُم مِّنكُمْ وَلَٰكِنَّهُمْ قَوْمٌ يَفْرَقُونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Ular o`zlari, albatta, sizdan ekanliklariga Alloh nomi ila qasam icharlar. Holbuki, ular sizdan emas. Lekin ular qo`rqadigan qavmdirlar.
57
لَوْ يَجِدُونَ مَلْجَـًٔا أَوْ مَغَٰرَٰتٍ أَوْ مُدَّخَلًا لَّوَلَّوْاْ إِلَيْهِ وَهُمْ يَجْمَحُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Agar biror boshpanohmi, g`ormi yoki kirib oladigan joymi topsalar, shoshilib o`sha tomonga yuzlanarlar.[1]

[1] Munofiqlarning munofiq bo`lishining asosiy sabablaridan biri ham ularning qo`rqoqliklaridir. Ularga jon shirin tuyulib, hamma narsadan qo`rqib, doimo o`zlarini panaga olib yuradilar. Qayerdan panoh topsalar, o`sha yerga joylashadilar. Boshpanoh berganga ma'qul to`nni kiydiradilar.)
58
وَمِنْهُم مَّن يَلْمِزُكَ فِى ٱلصَّدَقَٰتِ فَإِنْ أُعْطُواْ مِنْهَا رَضُواْ وَإِن لَّمْ يُعْطَوْاْ مِنْهَآ إِذَا هُمْ يَسْخَطُونَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Ulardan sadaqalar ishida senga ayb qo`yadiganlari ham bor. Agar o`sha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi bo`larlar. Agar berilmasa, ko`ribsanki, g`azablanarlar.
59
وَلَوْ أَنَّهُمْ رَضُواْ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَقَالُواْ حَسْبُنَا ٱللَّهُ سَيُؤْتِينَا ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ وَرَسُولُهُۥٓ إِنَّآ إِلَى ٱللَّهِ رَٰغِبُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi bo`lganlarida va «Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli o`z fazlidan beradi. «Albatta, biz Allohga rag`bat qiluvchilarmiz», deganlarida, yaxshi bo`lardi.
ﻉ163Juz 10 7⁄8163ﻉ
60
۞إِنَّمَا ٱلصَّدَقَٰتُ لِلْفُقَرَآءِ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱلْعَٰمِلِينَ عَلَيْهَا وَٱلْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِى ٱلرِّقَابِ وَٱلْغَٰرِمِينَ وَفِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ ​ۖ فَرِيضَةً مِّنَ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, ko`ngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yo`liga va yo`l o`g`lilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] «Sadaqalar» deganda «zakot» nazarda tutilgandir. Demak, sadaqalarni har kim ham olavermaydi, balki Alloh taolo O`zi tayinlagan kishilargina oladilar. Boshqalarga zakot olish haromdir. «Ko`ngillarini ulfat qilinadiganlar». Ya'ni, ba'zi kishilarning ko`ngillarini Islomga moyil qilish uchun ham zakotdan tushgan moldan beriladi. «qarzdorlarga» — turli sabablarga ko`ra qarz bo`lib qolgan odamga uni uzish uchun yordam tariqasida zakotdan beriladi. «Allohning yo`li» — eng avvalo, Allohning yo`lida jihod qilayotganlarni, qolaversa, dinu diyonat, musulmonlar ommasi foydasi uchun bo`ladigan ishlarni ichiga oladi. «Yo`l o`g`li» — ya'ni, safarda, vatanidan uzoqda og`ir ijtimoiy holga tushib qolgan shaxs.)
61
وَمِنْهُمُ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلنَّبِىَّ وَيَقُولُونَ هُوَ أُذُنٌ ​ۚ قُلْ أُذُنُ خَيْرٍ لَّكُمْ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَيُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِينَ وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمْ ​ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ رَسُولَ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Ulardan Payg`ambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. «Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, mo`minlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», – deb ayt.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom hamma bilan yaxshi muomalada bo`lardilar. Hammaning dardiga quloq osar edilar. Munofiqlar bu yuksak odob namunasidan ham egri xulosa chiqarib, mog`or bosgan qalblari hiqdu hasadga to`lib, fitna gap o`ylab chiqardilar. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga «quloq» deb laqab qo`ydilar.)
62
يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ لِيُرْضُوكُمْ وَٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَحَقُّ أَن يُرْضُوهُ إِن كَانُواْ مُؤْمِنِينَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar. Agar mo`min bo`lsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi.
63
أَلَمْ يَعْلَمُوٓاْ أَنَّهُۥ مَن يُحَادِدِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَأَنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدًا فِيهَا ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلْخِزْىُ ٱلْعَظِيمُ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Ular kimki Allohga va Uning Rasuliga xilof qilsa, albatta, unga jahannam otash bo`lib, unda abadiy qolishini, ana shu katta sharmandalik ekanligini bilmaslarmi?!
64
يَحْذَرُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ أَن تُنَزَّلَ عَلَيْهِمْ سُورَةٌ تُنَبِّئُهُم بِمَا فِى قُلُوبِهِمْ ​ۚ قُلِ ٱسْتَهْزِءُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ مُخْرِجٌ مَّا تَحْذَرُونَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil bo`lishidan qo`rqarlar. Sen: «Istehzo qilaveringlar. Alloh siz qo`rqayotgan narsani albatta chiqarguvchidir», – deb ayt.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom zamonlarida yashagan munofiqlar har doim musulmonlar bilan birga yurganlaridan, nozil bo`layotgan oyatlar va suralardan xabardor edilar. Ular ba'zi vaqtlarda sura nozil bo`lib, hech kim bilmaydigan yashirin ishlar ham fosh qilinayotganining jonli guvohi edilar. O`zlari munofiqlik qilib, yashirin gaplar aytib yoki dillarida Islomga, musulmonlarga qarshi o`y-fikrlarni tugib yurishar edi. Ammo, biron sura nozil bo`lib, qalbimizdagi sirni ochib qo`ymasa edi, deb qo`rqardilar ham.)
65
وَلَئِن سَأَلْتَهُمْ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَنَلْعَبُ ​ۚ قُلْ أَبِٱللَّهِ وَءَايَٰتِهِۦ وَرَسُولِهِۦ كُنتُمْ تَسْتَهْزِءُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Agar ulardan so`rasang, albatta: «Biz faqat o`zimizcha gap qilib o`ynayotgan edik, xolos», – deyishadi. Sen: «Allohni va Uning oyatlarini istehzo qilayotgan edingizmi?» – deb ayt.[1]

[1] Ya'ni, agar munofiqlardan o`sha istehzo qilib aytgan gaplari haqida so`rasang, ular, biz hech narsa deganimiz yo`q, faqat shunday o`zimizcha gaplashdik, o`ynashdik, xolos, deydilar.)
66
لَا تَعْتَذِرُواْ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ ​ۚ إِن نَّعْفُ عَن طَآئِفَةٍ مِّنكُمْ نُعَذِّبْ طَآئِفَةً​ۢ بِأَنَّهُمْ كَانُواْ مُجْرِمِينَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi bo`lganlari uchun azoblaymiz.[1]

[1] Siz qilar ishni qilib qo`yib, uzr aytishingizdan foyda yo`q. Iymon keltirgandan so`ng, unda sobit turganingizda, boshqa gap edi. Ammo siz iymondan keyin kufr keltirib, munofiq bo`ldingiz. Endi uzr aytmang. Bilmasdan, jaholat bilan sizga qo`shilib qolgan toifani afv etsak ham, boshqalaringizni jinoyatchi bo`lganlaringiz uchun, albatta, azoblaymiz.)
67
ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتُ بَعْضُهُم مِّن​ۢ بَعْضٍ ​ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمُنكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ ​ۚ نَسُواْ ٱللَّهَ فَنَسِيَهُمْ ​ۗ إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qo`llarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar — ular fosiqlardir.[1]

[1] Munofiqlar qayerda bo`lsalar ham, kimligidan qat'iy nazar, erkak-ayol bo`lsin, nima ish qilmasin, baribir munofiqdir. Hammalari ham bir go`r. Chunki asllari bir. Ko`rsatadigan faoliyatlarining ma'nosi bir.)
68
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۚ هِىَ حَسْبُهُمْ ​ۚ وَلَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ​ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini va'da qildi. Unda abadiy qolurlar. O`sha ular uchun yetarlidir. Hamda Alloh ularni la'natladi. Ularga doimiy azob bordir.
69
كَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ كَانُوٓاْ أَشَدَّ مِنكُمْ قُوَّةً وَأَكْثَرَ أَمْوَٰلًا وَأَوْلَٰدًا فَٱسْتَمْتَعُواْ بِخَلَٰقِهِمْ فَٱسْتَمْتَعْتُم بِخَلَٰقِكُمْ كَمَا ٱسْتَمْتَعَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُم بِخَلَٰقِهِمْ وَخُضْتُمْ كَٱلَّذِى خَاضُوٓاْ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
O`zingizdan avvalgilarga o`xshaysiz. Ular sizlardan ko`ra quvvatliroq, molu dunyo va bola-chaqalari ko`proq edilar. Bas, o`z nasibalari ila maza qildilar. O`zingizdan oldingilar nasibalari ila maza qilganlaridek, siz ham o`z nasibangiz ila maza qildingiz. Ular sho`ng`igandek siz ham sho`ng`idingiz. Ana o`shalarning amallari dunyoyu oxiratda habata bo`ldi. Ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir.
70
أَلَمْ يَأْتِهِمْ نَبَأُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَقَوْمِ إِبْرَٰهِيمَ وَأَصْحَٰبِ مَدْيَنَ وَٱلْمُؤْتَفِكَٰتِ ​ۚ أَتَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ​ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ularga o`zlaridan oldin o`tganlarning, Nuh, Od, Samud qavmining va Ibrohim qavmining, Madyan egalarining va to`ntarilgan (qishloq)larning xabari kelmadimi? Ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Bas, Alloh ularga zulm qilmas edi. Lekin ular o`zlariga zulm qilar edilar.[1]

[1] Kofir va munofiqlar Nuh qavmini to`fon bosib halokatga uchratganini ham, Od qavmini qattiq o`t shamol halok qilganini ham, Samud qavmini qattiq qichqiriq yakson etganini ham, Ibrohim alayhissalom o`zi qutulib qolib, qavmlari qanday halok bo`lganini ham, Madyan egalarini zilzila olganlarini ham, Lut alayhissalomning qavmi qishloqlari qanday to`ntarilib, jinoyatkor aholisini bosib qolganini ham yaxshi bilishar edi. Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjat bilan kelganida, ularni yolg`onchiga chiqarib, boshlariga o`sha musibatlar tushganini ham yaxshi bilishardi. Shu qilmishlari bilan ular o`zlariga o`zlari zulm qildilar. Bo`lmasa, Alloh ularga zulm qilmas edi.)
71
وَٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ​ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَيُطِيعُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ ٱللَّهُ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bir-birlariga do`stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o`shalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Bu vasflar munofiqlar haqida kelgan vasfga tamoman zid ekanligi ochiq-oydin ko`rinib turibdi. Munofiqlarning bir xil ekanliklari, ular doimo bir-birlariga o`xshashlari ta'kidlangan bo`lsa, mo`minlarning o`zaro do`st-valiy ekanliklari aytilmoqda.)
72
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَمَسَٰكِنَ طَيِّبَةً فِى جَنَّٰتِ عَدْنٍ ​ۚ وَرِضْوَٰنٌ مِّنَ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ​ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Alloh mo`min er va mo`mina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni va'da qildi. Allohdan bo`ladigan rozilik esa, eng ulug`idir. Ana o`sha ulkan yutuqdir.[1]

[1] Kofir va munofiqlarni jahannam kutib turgan bo`lsa, mo`min va mo`minalarni ajoyib jannatlar kutib turibdi. Kofirlar va munofiqlar do`zaxda abadiy azob cheksalar, mo`min va mo`minalar jannatda abadiy maza qiladilar. Ularning doimiy istiqomat qiladigan jannatlarida pokiza maskanlar kutib turibdi. Lekin bu mo`min va mo`minalarga berilgan mukofotning oxirgi darajasi emas. Ularga beriladigan mukofotning eng ulug`i Allohning roziligidir. Bu mukofotning oldida jannatlar va ularning bitmas-tuganmas ne'matlari ham hech gap bo`lmay qoladi.)
ﻉ165Sahifa 199165ﻉ
73
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ​ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Ey Payg`ambar, kofirlar va munofiqlarga qarshi jiddu jahd qil va ularga nisbatan qattiqqo`l bo`l. Ularning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon qaytadigan joy.[1]

[1] Ma'lumki, Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom avvalda munofiqlarga nisbatan juda ham kechirimli bo`lganlar. Ularning ko`pgina beodoblik va dushmanliklarini avf qilganlar. Hatto ba'zi sahobalar haddan oshib ketgan munofiqlarni o`ldirishga izn so`raganlarida ham, qo`y, odamlar, o`z sheriklarini o`ldiryapti, demasin, deganlar. Ammo ushbu oyati karima endi yumshoq muomalalarning vaqti o`tganini, endi munofiqlarga ham kofirlarga qilgandek muomala qilish vaqti kelganini bildirmoqda. Ularga qarshi jihod qilib, qattiqqo`l bo`lish tayinlanmoqda. Ulamolarimiz Rasululloh alayhissalotu vassalom munofiqlarga qarshi urush qilmaganlarini, ularni o`ldirmaganlarini alohida ta'kidlaydilar. Lekin shu oyatdan keyin muomala keskin o`zgarib, ularga nisbatan qattiqqo`l bo`lingan va kirdikorlari ayovsiz fosh etilgan.)
74
يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ مَا قَالُواْ وَلَقَدْ قَالُواْ كَلِمَةَ ٱلْكُفْرِ وَكَفَرُواْ بَعْدَ إِسْلَٰمِهِمْ وَهَمُّواْ بِمَا لَمْ يَنَالُواْ ​ۚ وَمَا نَقَمُوٓاْ إِلَّآ أَنْ أَغْنَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ مِن فَضْلِهِۦ ​ۚ فَإِن يَتُوبُواْ يَكُ خَيْرًا لَّهُمْ ​ۖ وَإِن يَتَوَلَّوْاْ يُعَذِّبْهُمُ ٱللَّهُ عَذَابًا أَلِيمًا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۚ وَمَا لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalariga qasd qildilar. Holbuki, ular Alloh va Uning Rasuli ularni O`z fazlidan boy qilib qo`yganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, o`zlariga yaxshi bo`ladir. Gar yuz o`girib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga do`st ham, yordamchi ham yo`q.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning vaqtlarida munofiqlar bir necha bor kufr gaplarni aytganlaridan keyin tonib, aytganimiz yo`q, deb qasam ichishgan. Oyati karimada o`sha haqiqat ta'kidlanib, ular kufr gapni aytganlari va shu bilan musulmonlikdan chiqib qayta kofir bo`lganliklari bayon qilinmoqda. Oyatdagi «eta olmagan narsalarga qasd qildilar»dan murod Rasululloh alayhissalotu vassalomni o`ldirmoqqa qasd qilganlari va maqsadlariga yeta olmaganlaridir.)
75
۞وَمِنْهُم مَّنْ عَٰهَدَ ٱللَّهَ لَئِنْ ءَاتَىٰنَا مِن فَضْلِهِۦ لَنَصَّدَّقَنَّ وَلَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Ulardan: «Agar U zot O`z fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan bo`lamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.
76
فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُم مِّن فَضْلِهِۦ بَخِلُواْ بِهِۦ وَتَوَلَّواْ وَّهُم مُّعْرِضُونَ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
U zot O`z fazlidan bergan chog`da esa, baxillik qilib, yuz o`girib, orqaga qarab ketarlar.
77
فَأَعْقَبَهُمْ نِفَاقًا فِى قُلُوبِهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ يَلْقَوْنَهُۥ بِمَآ أَخْلَفُواْ ٱللَّهَ مَا وَعَدُوهُ وَبِمَا كَانُواْ يَكْذِبُونَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Bas, Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolg`on gapirganlari uchun Unga ro`baro` bo`ladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qo`ydi.
78
أَلَمْ يَعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh ularning sirlarini ham, yashirin gaplarini ham albatta bilishini va Alloh, albatta, g`ayblarni bilguvchi Zot ekanini bilmasmidilar?
79
ٱلَّذِينَ يَلْمِزُونَ ٱلْمُطَّوِّعِينَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ فِى ٱلصَّدَقَٰتِ وَٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ إِلَّا جُهْدَهُمْ فَيَسْخَرُونَ مِنْهُمْ ​ۙ سَخِرَ ٱللَّهُ مِنْهُمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Mo`minlardan ko`ngilli bo`lib sadaqa qiluvchilarni va o`z kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob bo`ladir.
80
ٱسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لَا تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِن تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةً فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ​ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Ular uchun istig`for aytsang ham yoki istig`for aytmasang ham, baribir. Agar ular uchun yetmish marta istig`for aytsang ham, Alloh ularni zinhor mag`firat qilmas. Bu, ularning Alloh va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.[1]

[1] Munofiqlar surasidan ma'lumki, munofiqlarning gunohlarini mag`firat qilishni so`rab, ular uchun istig`for aytish taklif qilingan. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom bu ishga moyil bo`lganlar. O`shanda ham shu ma'nodagi oyati karima nozil bo`lgan. Biz o`rganayotgan oyati karimadan bilinib turibdiki, Tabuk g`azoti asnosida munofiqlarning kirdikorlari ketma-ket fosh bo`lgandan keyin yana ular uchun istig`for aytish taklifi bo`lgan yoki holat shuni taqozo qilib qolgan. Alloh taolo payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalomga xitob qilib, munofiqlar uchun istig`for aytishlari va aytmasliklari baribir ekanligini, foydasi yo`qligini bildirmoqda.)
81
فَرِحَ ٱلْمُخَلَّفُونَ بِمَقْعَدِهِمْ خِلَٰفَ رَسُولِ ٱللَّهِ وَكَرِهُوٓاْ أَن يُجَٰهِدُواْ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَالُواْ لَا تَنفِرُواْ فِى ٱلْحَرِّ ​ۗ قُلْ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرًّا ​ۚ لَّوْ كَانُواْ يَفْقَهُونَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar o`tirgan joylarida xursand bo`ldilar va Allohning yo`lida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishni yoqtirmadilar hamda: «Issiqda qo`zg`almanglar», – dedilar. «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt.[1]

[1] Ya'ni, ular odamlarni ham o`zlariga o`xshab safarbarlikdan qochishga chaqirdilar. Ular bu dunyoning arzimagan issig`idan qochishmoqda-yu, ammo o`zlarini oxiratning ashaddiy issig`iga duchor qilishmoqda.)
82
فَلْيَضْحَكُواْ قَلِيلًا وَلْيَبْكُواْ كَثِيرًا جَزَآءً​ۢ بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Bas, qilgan kasblari tufayli oz kulib, ko`p yig`lasinlar.[1]

[1] Ular bu dunyoda qancha ko`p kulsalar ham oz bo`ladi, oxiratda ko`p yig`lashlari turgan gap.)
83
فَإِن رَّجَعَكَ ٱللَّهُ إِلَىٰ طَآئِفَةٍ مِّنْهُمْ فَٱسْتَـٔۡذَنُوكَ لِلْخُرُوجِ فَقُل لَّن تَخْرُجُواْ مَعِىَ أَبَدًا وَلَن تُقَٰتِلُواْ مَعِىَ عَدُوًّا ​ۖ إِنَّكُمْ رَضِيتُم بِٱلْقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةٍ فَٱقْعُدُواْ مَعَ ٱلْخَٰلِفِينَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn so`rasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada o`tirishga rozi bo`ldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan o`tiraveringlar», – deb ayt.
84
وَلَا تُصَلِّ عَلَىٰٓ أَحَدٍ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًا وَلَا تَقُمْ عَلَىٰ قَبْرِهِۦٓ ​ۖ إِنَّهُمْ كَفَرُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَمَاتُواْ وَهُمْ فَٰسِقُونَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Va hech qachon ulardan o`lgan birortasiga ham (janoza) namoz o`qima, qabri ustida turma. Chunki, ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o`ldilar.[1]

[1] Chunki, janoza namozini o`qish, birovning qabri ustida turish o`lgan uchun katta hurmat va e'zozdir. Bu ulkan hurmat va e'zozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emaslar.)
85
وَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَأَوْلَٰدُهُمْ ​ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.
86
وَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ أَنْ ءَامِنُواْ بِٱللَّهِ وَجَٰهِدُواْ مَعَ رَسُولِهِ ٱسْتَـٔۡذَنَكَ أُوْلُواْ ٱلطَّوْلِ مِنْهُمْ وَقَالُواْ ذَرْنَا نَكُن مَّعَ ٱلْقَٰعِدِينَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
«Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jiddu jahd qilinglar», – deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zodagonlari: «Bizni tek qo`y, o`tiruvchilar bilan birga bo`laylik», – deb izn so`raydilar.
87
رَضُواْ بِأَن يَكُونُواْ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Ular xotin-xalajlar bilan birga bo`lishga rozi bo`ldilar va qalblariga muhr bosildi. Bas, ular anglamaslar.[1]

[1] Ular o`zlari xohlab pastkashlik qildilar. Shu sababdan qalblariga muhr bosildi. Endi ular o`z foydalarini anglamaydilar. Agar anglaganlarida jihoddan qochmas edilar.)
88
لَٰكِنِ ٱلرَّسُولُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ جَٰهَدُواْ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ​ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْخَيْرَٰتُ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Lekin Payg`ambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana o`shalarga, o`zlariga yaxshiliklar bo`ladir. Ana o`shalar, o`zlari najot topguvchilardir.[1]

[1] Bular munofiqlarga o`xshab molu dunyoga berilib, uning ketib qolishidan qo`rqib, baxillik qilmadilar. Topganlarini Allohning yo`lidagi jihodga sarfladilar. Ular munofiqlarga o`xshab jonlari shirin ko`rinib, qo`rqib, urushdan qochib, xotin-xalaj orasiga kirib o`tirib olmadilar. Ular Allohning roziligi uchun, Uning yo`lida shahid bo`lishni orzu etib jihod qildilar. Shuning uchun ularga barcha yaxshiliklar beriladi. Shuning uchun ular najot topadilar.)
89
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qo`yadir. Unda abadiy qolurlar. Ana shu buyuk yutuqdir.
90
وَجَآءَ ٱلْمُعَذِّرُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ لِيُؤْذَنَ لَهُمْ وَقَعَدَ ٱلَّذِينَ كَذَبُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ​ۚ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
A'robiylardan uzr aytuvchilar ularga izn berilishini so`rab keldilar. Allohga va Rasuliga yolg`on gapirganlar esa, o`tirib qoldilar. Ulardan kofir bo`lganlarga alamli azob yetadir.[1]

[1] Arab tilida «a'robiy» deb sahroda istiqomat qiluvchi arablarga aytiladi. Ularning ichidan ham Tabuk urushiga bormay qolganlari bor edi.)
91
لَّيْسَ عَلَى ٱلضُّعَفَآءِ وَلَا عَلَى ٱلْمَرْضَىٰ وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ مَا يُنفِقُونَ حَرَجٌ إِذَا نَصَحُواْ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ ​ۚ مَا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ مِن سَبِيلٍ ​ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli bo`lsalar, nasihat qilsalar, gunoh yo`q. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yo`l yo`q. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Urushga yaramaydigan zaifhol kishilar, bemorlar yoki urushga borish uchun kerak sarf-xarajatlarni ko`tara olmaydigan odamlar urushga bormay qolsalar, ayb emas. Gunoh ham bo`lmaydi. Chunki Islom insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi.)
92
وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ إِذَا مَآ أَتَوْكَ لِتَحْمِلَهُمْ قُلْتَ لَآ أَجِدُ مَآ أَحْمِلُكُمْ عَلَيْهِ تَوَلَّواْ وَّأَعْيُنُهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ حَزَنًا أَلَّا يَجِدُواْ مَا يُنفِقُونَ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Yana, senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda g`amgin bo`lib, ko`zlaridan yoshlari to`kilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yo`q.[1]

[1] Bu toifadagilar o`zlari sog`-salomat, baquvvat, urushga yaraydilar. Rag`batlari ham bor. Urushga borish uchun jo`nab yo`lga ham chiqqanlar. Ammo Tabuk uzoq joy bo`lgani uchun minib oladigan ulov kerak. Ularning esa, ulovlari yo`q. Shuning uchun Rasululloh alayhissalotu vassalomning oldilariga ulov so`rab kelishgan.)
93
۞ إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَسْتَـٔۡذِنُونَكَ وَهُمْ أَغْنِيَآءُ ​ۚ رَضُواْ بِأَن يَكُونُواْ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Boy-badavlat bo`la turib sendan izn so`raydiganlarni ayblashga yo`l bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga bo`lishga rozi bo`ldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar.
94
يَعْتَذِرُونَ إِلَيْكُمْ إِذَا رَجَعْتُمْ إِلَيْهِمْ ​ۚ قُل لَّا تَعْتَذِرُواْ لَن نُّؤْمِنَ لَكُمْ قَدْ نَبَّأَنَا ٱللَّهُ مِنْ أَخْبَارِكُمْ ​ۚ وَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytarlar. Sen: «Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz. Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi. Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni ko`radir, so`ngra, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», – deb ayt.
95
سَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ إِذَا ٱنقَلَبْتُمْ إِلَيْهِمْ لِتُعْرِضُواْ عَنْهُمْ ​ۖ فَأَعْرِضُواْ عَنْهُمْ ​ۖ إِنَّهُمْ رِجْسٌ ​ۖ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ جَزَآءً​ۢ بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar. Bas, ulardan yuz o`giringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir.[1]

[1] Urushdan qochib, safarbarlikdan ortda qolgan o`shalar faqat oddiy uzr aytish bilan kifoyalanmaydilar, balki uzrlari haqiqiy ekanligiga ishontirish uchun qasam ichadilar. Qasam ichganda Allohning nomini tilga oladilar. Lekin ularning qasamlariga ham ishonmaslik kerak ekan. Chunki pastkash munofiqning o`z manfaati yo`lida Alloh nomi ila yolg`on qasam ichishi hech narsa emas.)
96
يَحْلِفُونَ لَكُمْ لِتَرْضَوْاْ عَنْهُمْ ​ۖ فَإِن تَرْضَوْاْ عَنْهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَرْضَىٰ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Ular sizlar ulardan rozi bo`lishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi bo`lsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi bo`lmas.[1]

[1] Munofiqlar Allohning roziligini emas, balki bandaning roziligini olishga urinadilar. Munofiqlik shu asosga qurilgan.)
97
ٱلْأَعْرَابُ أَشَدُّ كُفْرًا وَنِفَاقًا وَأَجْدَرُ أَلَّا يَعْلَمُواْ حُدُودَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
A'robiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh O`z Payg`ambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Oyatda a'robiylarning asl tabiatlari vasf qilinmoqda. Ular o`zlari yashab turgan muhitga moslashib qolganlar. Ular kufr va nifoqda ashaddiy bo`ladilar. A'robiylar shafqatsiz tabiiy sharoitda uzoq yashagani uchun ko`ngli qattiq, qo`pol tabiatli bo`lib qoladilar. Yana bunga o`xshagan sabablar juda ham ko`p bo`lishi mumkin.)
98
وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ مَغْرَمًا وَيَتَرَبَّصُ بِكُمُ ٱلدَّوَآئِرَ ​ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ​ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
A'robiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolari o`zlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Oyatda vasfi kelgan munofiqlar a'robiylardir. Ular musulmonlarga o`zlarining siri ochilib qolishidan qo`rqib, zakot berishga va jihod uchun ba'zi bir sarflarni qilishga majbur bo`ladilar.)
99
وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَيَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ قُرُبَٰتٍ عِندَ ٱللَّهِ وَصَلَوَٰتِ ٱلرَّسُولِ ​ۚ أَلَآ إِنَّهَا قُرْبَةٌ لَّهُمْ ​ۚ سَيُدْخِلُهُمُ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
A'robiylardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan hamda infoq qiladigan narsasini Allohga qurbat hosil qilish va Rasulning duosiga musharraf etish vositasi deb biladiganlari ham bor. Bilsinlarki, albatta, o`sha narsalar ular uchun qurbatdir. Albatta, Alloh ularni O`z rahmatiga kiritadir. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Bu oyatda vasflari kelgan a'robiylar muxlis, mo`min-musulmon a'robiylardir. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan saodatmand kishilardir.)
ﻉ168Sahifa 203168ﻉ
100
وَٱلسَّٰبِقُونَ ٱلْأَوَّلُونَ مِنَ ٱلْمُهَٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ وَٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُم بِإِحْسَٰنٍ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُواْ عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى تَحْتَهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Allohdan rozi bo`ldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qo`ydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana o`sha ulkan yutuqdir.
101
وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ مُنَٰفِقُونَ ​ۖ وَمِنْ أَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ ​ۖ مَرَدُواْ عَلَى ٱلنِّفَاقِ لَا تَعْلَمُهُمْ ​ۖ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ ​ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمٍ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Atrofingizdagi a'robiylardan munofiqlar bor. Madina ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir. Sen ularni bilmassan, ularni Biz bilarmiz. Albatta, ularni ikki marta azoblarmiz. So`ngra, ulkan azobga qaytarilurlar.[1]

[1] Ushbu oyati karimada a'robiylarning va ahli Madinaning alohida munofiqlari, siyqasi chiqqan munofiqlari haqida so`z ketmoqda. Shu darajada siyqasi chiqqanki, ustaligidan, hatto Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom ham ularning munofiq ekanliklarini bilmaydilar. Munofiqligini faqat Alloh taoloning O`zigina biladi.)
102
وَءَاخَرُونَ ٱعْتَرَفُواْ بِذُنُوبِهِمْ خَلَطُواْ عَمَلًا صَٰلِحًا وَءَاخَرَ سَيِّئًا عَسَى ٱللَّهُ أَن يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Boshqalar esa, gunohlarini e'tirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Ushbu oyat tushishiga sabab bo`lganlar Tabuk urushiga bormay qolib, so`ngra o`z ishlaridan afsus-nadomat qilib tavba etgan kishilardir. Ular g`azotdan qolib juda yomon ish qilgan, ammo chin ko`ngildan afsuslanishlari yaxshi ishdir. Endi bunday kishilarning ishlari Allohning O`ziga havola qilinadi.)
103
خُذْ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ صَدَقَةً تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِم بِهَا وَصَلِّ عَلَيْهِمْ ​ۖ إِنَّ صَلَوٰتَكَ سَكَنٌ لَّهُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
104
أَلَمْ يَعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَأْخُذُ ٱلصَّدَقَٰتِ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Ular, albatta, Alloh O`z bandalaridan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini va, albatta, Allohning O`zi tavbalarni ko`plab qabul qilguvchi va rahimli Zot ekanini bilmaslarmi?
105
وَقُلِ ٱعْمَلُواْ فَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ​ۖ وَسَتُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va mo`minlar amalingizni ko`radilar. Va, albatta, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi», – deb ayt.
106
وَءَاخَرُونَ مُرْجَوْنَ لِأَمْرِ ٱللَّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمْ وَإِمَّا يَتُوبُ عَلَيْهِمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Ulamolarimiz bu toifadagi odamlar mazkur oyat nozil bo`lgan paytda uch kishi, ya'ni Hilol ibn Umayya, Ka'b ibn Molik va Miror ibn ar-Robiy'lar edi, deydilar. Ular munofiq emas, balki chin musulmon bo`lganlar, lekin xato qilib, Tabuk g`azotiga bormay qolganlar. So`ngra afsus-nadomat qilganlar-u, ammo Abu Luboba va uning sheriklariga qo`shilib, o`zlarini masjid ustuniga bog`lamaganlar. Abu Luboba va uning sheriklarining tavbalari qabul qilindi, gunohlari kechirildi. Ammo bu uch kishining amri Allohning O`ziga havola qilindi. Xohlasa, ularni azoblaydi, xohlasa, tavbalarini qabul qilib, gunohlarini kechiradi.)
107
وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مَسْجِدًا ضِرَارًا وَكُفْرًا وَتَفْرِيقً​ۢا بَيْنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَإِرْصَادًا لِّمَنْ حَارَبَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ مِن قَبْلُ ​ۚ وَلَيَحْلِفُنَّ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّا ٱلْحُسْنَىٰ ​ۖ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Ziyon, kufr, mo`minlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi bo`lishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yo`q, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolg`onchilardir.[1]

[1] Mazkur munofiqlar qurgan masjiddan hech qanday foyda yo`q edi. Chunki ular o`z masjidlarini Muhammad alayhissalotu vassalom birinchi bo`lib tiklagan Qubo masjidi yonida qurgan edilar. Shuning uchun bu masjid Masjidul Ziror — ziyon masjidi, deb nomlandi. Bu masjidning kufr uchun qurildi, deyilishiga sabab munofiqlar uni o`zlariga markaz qilib, kufr ishlarini rivoj toptirish maqsadida edilar. Oyati karima ma'lum shaxslar, ma'lum masjid sababli tushgan bo`lsa ham, uning ma'nosi umumiydir. Munofiq va kofirlar barcha joylarda va barcha zamonlarda Islomga ziyon yetkazish uchun, kufrni rivojlantirish uchun, mo`min-musulmonlar orasiga tafriqa solish uchun, Alloh va Uning Rasuliga urush ochganlarga kuzatish joyi bo`lish uchun ko`plab Masjidul Zirorlar qurganlar. Bu holat dinsiz davlatlardagi masjid va diniy muassasalar misolida juda ham ravshan namoyon bo`lgan.)
108
لَا تَقُمْ فِيهِ أَبَدًا ​ۚ لَّمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى ٱلتَّقْوَىٰ مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ ​ۚ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُواْ ​ۚ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُطَّهِّرِينَ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir.
109
أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَٰنَهُۥ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَٰنَهُۥ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَٱنْهَارَ بِهِۦ فِى نَارِ جَهَنَّمَ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Binosini Allohga bo`lgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam o`tiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.
110
لَا يَزَالُ بُنْيَٰنُهُمُ ٱلَّذِى بَنَوْاْ رِيبَةً فِى قُلُوبِهِمْ إِلَّآ أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladir. Magar qalblar qiymalanib ketsagina, shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
ﻉ169Juz 11 2⁄8169ﻉ
111
۞إِنَّ ٱللَّهَ ٱشْتَرَىٰ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَٰلَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلْجَنَّةَ ​ۚ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ ​ۖ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ وَٱلْقُرْءَانِ ​ۚ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِۦ مِنَ ٱللَّهِ ​ۚ فَٱسْتَبْشِرُواْ بِبَيْعِكُمُ ٱلَّذِى بَايَعْتُم بِهِۦ ​ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮١١١‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh mo`minlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yo`lida jang qilurlar, o`ldirurlar va o`ldirilurlar. Bu, Tavrotda, Injilda va Qur'onda Uning zimmasidagi haq va'dadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod bo`lavering. Ana shuning o`zi ulkan yutuqdir.[1]

[1] Ushbu savdo aloqasida Alloh taolo xaridoru, mo`min inson sotuvchi. Mo`min-musulmon bo`lish bilan inson o`z joni va molini Allohga sotadi. Alloh taolo esa mo`min musulmon bandasiga joningni va molingni Mening yo`limga tiksang, Men buning evaziga jannatni beraman, deb sotib oladi. «Albatta, Alloh mo`minlardan ularning jonlari va mollarini jannat zvaziga sotib oldi», degani shu ma'noni anglatadi. «Sotib oldi», ya'ni savdo tugadi. Shuning uchun hech bir mo`min-musulmon shaxs savdoni buzmaslikka, Allohga sotgan joni va molini berishga doim tayyor turmog`i lozim.)
112
ٱلتَّٰٓئِبُونَ ٱلْعَٰبِدُونَ ٱلْحَٰمِدُونَ ٱلسَّٰٓئِحُونَ ٱلرَّٰكِعُونَ ٱلسَّٰجِدُونَ ٱلْـَٔامِرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱلنَّاهُونَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱلْحَٰفِظُونَ لِحُدُودِ ٱللَّهِ ​ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro`za tutuvchilar, ruku' qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mo`minlarga xushxabar ber![1]

[1] Bu oyati karimada mo`min kishining bir necha sifatlari zikr qilinmoqda, agar ularda bu sifatlar mavjud bo`lsa, mo`minlik sharafiga erishadilar va Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom beradigan xushxabarga haqli bo`ladilar.)
113
مَا كَانَ لِلنَّبِىِّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن يَسْتَغْفِرُواْ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُوٓاْ أُوْلِى قُرْبَىٰ مِن​ۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Payg`ambar va mo`minlar uchun do`zax egalari ekanligi ayon bo`lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo`lsa ham, istig`for aytishlari durust emasdir.[1]

[1] Demak, Payg`ambar alayhissalotu vassalomgaki ruxsat yo`q ekan, boshqalarga bo`lmasligi aniq gap. Mo`min kishi uchun hamma narsadan iymoni afzal, shuning uchun u avvalo iymon, din qardoshlari ila aloqa va bog`lanishlarni yo`lga qo`yadi. Qon-qardoshlik aloqasi esa bu joyda hech narsani hal qilmaydi.)
114
وَمَا كَانَ ٱسْتِغْفَارُ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ إِلَّا عَن مَّوْعِدَةٍ وَعَدَهَآ إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥٓ أَنَّهُۥ عَدُوٌّ لِّلَّهِ تَبَرَّأَ مِنْهُ ​ۚ إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَأَوَّٰهٌ حَلِيمٌ‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Ibrohimning otasi uchun aytgan istig`fori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo`lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir.[1]

[1] Ya'ni, otasi Ibrohim alayhissalom bilan tortishib, uni so`kib, toshbo`ron qilmoqchi bo`lganda haliym sifatli Ibrohim alayhissalom «Sening uchun Allohga istig`for aytaman», deb va'da bergan edi. Ana shu va'daga vafo qilish uchun otasiga istig`for aytdi, xolos. Keyinchalik unga otasi Allohning dushmani ekanligi ayon bo`ldi. O`shanda u otasidan voz kechdi.)
115
وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِلَّ قَوْمً​ۢا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰهُمْ حَتَّىٰ يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan so`ng, ularga saqlanishlari lozim bo`lgan narsani bayon qilmasdan turib, zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Ya'ni, iymon keltirib musulmon bo`lganlarga avvalo nima qilish kerakligi, nimalardan saqlanishlari lozimligi bayon qilinadi. Keyin ham nohaq ish qilsalar, noto`g`ri yo`lda yursalar, ana shundan so`ng Alloh ularga nisbatan chora ko`radi.)
116
إِنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ​ۚ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U tiriltirar va o`ldirar. Sizlarga Allohdan boshqa do`st ham yo`q, yordamchi ham yo`q.
117
لَّقَد تَّابَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلنَّبِىِّ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ فِى سَاعَةِ ٱلْعُسْرَةِ مِن​ۢ بَعْدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقٍ مِّنْهُمْ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ ​ۚ إِنَّهُۥ بِهِمْ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ‮١١٧‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Alloh Payg`ambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan ba'zilarining qalblari toyib ketay degandan so`ng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir.[1]

[1] Ushbu oyatda Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning tavbalarini qabul qilgani xususida xabar bermoqda. Ma'lumki, payg`ambarlar ma'sumdirlar. Ammo bu oyatda Payg`ambarimizning Allohdan tushgan vahiyga xilof qilganlari haqida gap ketayotgani yo`q. Bu hol bo`lishi ham mumkin emas. Balki U zot alayhissalom ijtihod ma'nosida ba'zi bir kishilarga Tabuk g`azotiga chiqmay qolishga izn bergan edilar. U zot alayhissalotu vassalom bu bilan afzal ishni emas, undan pastrog`ini qilgan edilar. Afzali esa to rostgo`ylar yolg`onchilardan ajralguncha kutib turish edi.)
118
وَعَلَى ٱلثَّلَٰثَةِ ٱلَّذِينَ خُلِّفُواْ حَتَّىٰٓ إِذَا ضَاقَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ وَضَاقَتْ عَلَيْهِمْ أَنفُسُهُمْ وَظَنُّوٓاْ أَن لَّا مَلْجَأَ مِنَ ٱللَّهِ إِلَّآ إِلَيْهِ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ لِيَتُوبُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Va ortda qolgan uch kishiga ham. Ularga keng yer tor bo`lib, yuraklari siqilib, Allohdan qochib, o`zgaga borib bo`lmasligiga ishonganlaridan so`ng, tavba qilishlari uchun tavba eshigi ochildi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.[1]

[1] Bu uch kishining qissasi hamma tarix kitoblarimizda, tafsir va hadis kitoblarimizda rivoyat qilingan. Mazkur uch kishi Ka'b ibn Molik, Mirora ibn Robi' va Hilol ibn Umayya al-Voqifiylar munofiq emas, balki chin musulmon bo`lganlar, lekin xato qilib, Tabuk g`azotiga bormay qolganlar.)
119
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَكُونُواْ مَعَ ٱلصَّٰدِقِينَ‮١١٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo`linglar.
120
مَا كَانَ لِأَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ وَمَنْ حَوْلَهُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ أَن يَتَخَلَّفُواْ عَن رَّسُولِ ٱللَّهِ وَلَا يَرْغَبُواْ بِأَنفُسِهِمْ عَن نَّفْسِهِۦ ​ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ لَا يُصِيبُهُمْ ظَمَأٌ وَلَا نَصَبٌ وَلَا مَخْمَصَةٌ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا يَطَـُٔونَ مَوْطِئًا يَغِيظُ ٱلْكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنْ عَدُوٍّ نَّيْلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلٌ صَٰلِحٌ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
Madina ahliga va ularning atrofidagi a'robiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va o`z jonlarini ko`zlab, uning joniga e'tibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yo`lida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning g`azabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.
121
وَلَا يُنفِقُونَ نَفَقَةً صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً وَلَا يَقْطَعُونَ وَادِيًا إِلَّا كُتِبَ لَهُمْ لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٢١‬‬‬
Sodiq
Kichik yoki katta nafaqa qilsalar ham, biron vodiyni kesib o`tsalar ham, albatta, ularga (solih amal) yozilar. Alloh ularga qilgan eng go`zal amallarining mukofotini berar.[1]

[1] Yana hammayoq to`la ajr-savob. Katta-kichik bo`lsin, nafaqa qilsalar bas. Unga ham ajr-savob beriladi. Dushman tomon biron vodiyni kesib o`tsalar ham ajr-savob yoziladi. Yozilganda ham mujohidning umrida qilgan eng yaxshi amalining savobi yoziladi. Shunday bo`lib turgandan keyin nima uchun endi safarbarlikdan qochib, jihoddan ortda qolish kerak ekan?)
122
۞وَمَا كَانَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُواْ كَآفَّةً ​ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرْقَةٍ مِّنْهُمْ طَآئِفَةٌ لِّيَتَفَقَّهُواْ فِى ٱلدِّينِ وَلِيُنذِرُواْ قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوٓاْ إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ‮١٢٢‬‬‬
Sodiq
Mo`minlarning hammalari (jangga) qo`zg`alishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa bo`lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo`lsalar.[1]

[1] Ushbu oyati karimadagi mo`minlarning hammalari birdan jihodga chiqishlari lozim emasligi haqidagi ma'no, boshqa oyatlardagi hamma chiqishi lozimligi haqidagi ma'nolarga qarama-qarshi kelmaydi. Har bir oyatga maqomga qarab amal qilinadi. Ba'zi vaqtlar bo`ladiki, hamma jihodga chiqishi taqozo qilinadi. Ba'zi vaqtlarda esa, hammaning chiqishi shart emas. Kerakli darajada chiqsa yetadi. Hamma narsa vaziyatga qarab, Islom jamiyati rahbarlari tomonidan aniqlanadi. Biz o`rganayotgan bu oyatda hamma jihodga chiqishi lozim bo`lmagan holat haqida gap ketmoqda.)
ﻉ171Sahifa 207171ﻉ
123
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قَٰتِلُواْ ٱلَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ ٱلْكُفَّارِ وَلْيَجِدُواْ فِيكُمْ غِلْظَةً ​ۚ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ‮١٢٣‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, sizga yaqin bo`lgan kofirlarga qarshi jang qiling. Ular sizdagi shiddatni ko`rsinlar. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom va xulofai roshidinlar davrida ushbu oyati karimaga to`liq amal etilgan. Islom yerlariga yaqin turgan kufr jamiyatlariga qarshi jihod qilingan. Bu tarixda ma'lum va mashhur haqiqatdir.)
124
وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ فَمِنْهُم مَّن يَقُولُ أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَٰذِهِۦٓ إِيمَٰنًا ​ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فَزَادَتْهُمْ إِيمَٰنًا وَهُمْ يَسْتَبْشِرُونَ‮١٢٤‬‬‬
Sodiq
Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram bo`ldilar.[1]

[1] Qur'oni Karimdan bir sura nozil bo`lishi juda katta hodisa bo`lgan. Ammo munofiqlar uchun bu ulkan hodisa istehzo va masxara uchun fursat hisoblanadi. Ular sirtdan o`zlarini musulmon qilib ko`rsatish uchun urinadilar, ammo iymon va Islom taqozosidagi ishlar o`rtaga chiqqanda o`zlarini kim ekanliklarini fosh qilib qo`yishadi. Ular nozil bo`lgan sura birovning iymonini ziyoda ham qiladimi, degan istehzoni boshqacha qilib aytadilar. Ha, Qur'on, uning oyatlari mo`minlarning iymonini ziyoda qiladi. Ular o`sha iymonlari va uning ziyodaligi tufayli ikki dunyoda shodu xurram bo`lurlar. Qalbi kasal munofiqlarga esa boshqacha ta'sir qiladi.)
125
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ فَزَادَتْهُمْ رِجْسًا إِلَىٰ رِجْسِهِمْ وَمَاتُواْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ‮١٢٥‬‬‬
Sodiq
Ammo, qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida o`lurlar.[1]

[1] Albatta, qalblarida kasali borlardan murod munofiqlardir, «ifloslik»dan murod esa munofiqliklaridir.)
126
أَوَلَا يَرَوْنَ أَنَّهُمْ يُفْتَنُونَ فِى كُلِّ عَامٍ مَّرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ ثُمَّ لَا يَتُوبُونَ وَلَا هُمْ يَذَّكَّرُونَ‮١٢٦‬‬‬
Sodiq
Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar.[1]

[1] Har yili ularning hayotida bir yoki ikki marta sinovli ishlar, kasallikmi, boshqa musibatmi bo`lib o`tadi. Aslida o`sha hodisalar ularning ko`zini ochishi kerak. Lekin ular bu narsalarga ibrat ko`zi bilan qaramaydilar.)
127
وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ نَّظَرَ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ هَلْ يَرَىٰكُم مِّنْ أَحَدٍ ثُمَّ ٱنصَرَفُواْ ​ۚ صَرَفَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُم بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ‮١٢٧‬‬‬
Sodiq
Ular, biron sura nozil bo`lgan vaqtda, sizni birov ko`rmadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, so`ngra, burilib ketarlar. Ular fahmlamaydigan qavm bo`lganlari uchun, Alloh qalblarini burib qo`ydi.
128
لَقَدْ جَآءَكُمْ رَسُولٌ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ‮١٢٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sizlarga o`zingizdan bo`lgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun og`ir bo`lgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, mo`minlarga marhamatli, mehribon bo`lgan Payg`ambar keldi.[1]

[1] Oyati karimada Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning asosiy sifatlaridan bir nechasi zikr qilinmoqda. Dunyo tarixida U zot alayhissalotu vassalomdek kishilarga marhamatli, mehribon inson bo`lgan emas. Bu ulkan haqiqatni Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom siyratlari va hadislaridan bilib olamiz.)
129
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ​ۖ وَهُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ‮١٢٩‬‬‬
Sodiq
Bas, yuz o`girib ketsalar, sen: «Menga Allohning O`zi yetarli. Undan o`zga ibodatga sazovor Zot yo`q, Unga tavakkal qildim, U ulug` arshning Robbisidir», – degin.