Sura 101
Qoria
E
Zarba beruvchi
11 oyat |
Makka |
Sura 101 • Oyat 1 / 11 • Juz 308⁄8 • Sahifa 600
Qoria
2
1
ٱلْقَارِعَةُ١
Sodiq
Al-Qori'a.
2
مَا ٱلْقَارِعَةُ٢
Sodiq
Al-Qori'a nima?
3
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْقَارِعَةُ٣
Sodiq
Al-Qori'a qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?
4
يَوْمَ يَكُونُ ٱلنَّاسُ كَٱلْفَرَاشِ ٱلْمَبْثُوثِ٤
Sodiq
U kunda odamlar to`zib ketgan kapalakka o`xshab qolarlar.
5
وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ ٱلْمَنفُوشِ٥
Sodiq
Va tog`lar titilgan junga o`xshab qolarlar.
6
فَأَمَّا مَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ٦
Sodiq
Kimning tarozusi og`ir kelsa...
7
فَهُوَ فِى عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ٧
Sodiq
Bas, u rozilik hayotidadir.
8
وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ٨
Sodiq
Va ammo kimning tarozusi yengil kelsa...
9
فَأُمُّهُۥ هَاوِيَةٌ٩
Sodiq
Bas, uning onasi haaviya (do`zax)dir.[1]
[1] Odatda ona doim panoh bo`lgan. Inson ayniqsa og`ir paytlarda onasiga intilganday, qiyomatda ham onasini qo`msaganda jahannam ularni ona o`rnida kutib olarkan. Mehr-muhabbat, shafqat izlab turganda, koni azobga, qiynoqqa, dahshatli olovda yonishga duch kelishi nihoyatda katta baxtsizlik.)
10
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا هِيَهْ١٠
Sodiq
U (Haaviya) qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?
11
نَارٌ حَامِيَةُۢ١١
Sodiq
U qattiq qizigan o`tdir.