Sura 11
Hud
K
Hud
123 oyat |
Makka |
Sura 11 • Oyat 1 / 123 • Juz 118⁄8 • Sahifa 221
Hud
2
1
الٓر ۚ كِتَٰبٌ أُحْكِمَتْ ءَايَٰتُهُۥ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ١
Sodiq
Alif. Laam. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, so`ngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir.
2
أَلَّا تَعْبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ ۚ إِنَّنِى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ٢
Sodiq
Allohdan o`zgaga ibodat qilmasligingiz uchundir. Albatta, men sizlarga Undan kelgan ogohlantiruvchi va xushxabarchiman.
3
وَأَنِ ٱسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُم مَّتَٰعًا حَسَنًا إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِى فَضْلٍ فَضْلَهُۥ ۖ وَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ كَبِيرٍ٣
Sodiq
Robbingizga istig`for aytinglar, so`ngra Unga tavba qilinglar. (Shunda) U zot sizlarni ma'lum muddatgacha yaxshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, albatta, men sizlarga ulug` kunning azobi bo`lishidan qo`rqaman.
4
إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٤
Sodiq
Allohning O`ziga qaytishingiz bor. U har bir narsaga qodir Zotdir.
5
أَلَآ إِنَّهُمْ يَثْنُونَ صُدُورَهُمْ لِيَسْتَخْفُواْ مِنْهُ ۚ أَلَا حِينَ يَسْتَغْشُونَ ثِيَابَهُمْ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ٥
Sodiq
Ogoh bo`lingkim, albatta, ular Undan yashirinish uchun ko`ksilariga (boshlarini) egarlar. Ogoh bo`lingkim, kiyimlariga o`ralgan chog`larida ham, U zot nimani sir tutayotganlariniyu nimani oshkor qilayotganlarini bilar. Albatta, U — qalblardagi bor narsalarni bilguvchi Zotdir.[1]
[1] Ushbu oyatda johiliyat ahlining kulgili holatlaridan biri haqida so`z ketmoqda. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom kishilarga Qur'oni Karim oyatlarini o`qib berayotganlarida, yuqorida zikr qilingan haqiqatlarni yetkazayotganlarida, ba'zi mushriklar, men ham shu gaplarga daxldor bo`lib qolmay, degandek, ko`rinmaslikka urinib, pusib, boshini ko`ksiga egib, berkinishga harakat qilar ekanlar. Oyatda ularning qilmishlari, Allohdan yashirinishga urinish, deb ta'riflanmoqda.)
6
۞ وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا ۚ كُلٌّ فِى كِتَٰبٍ مُّبِينٍ٦
Sodiq
Yer yuzida o`rmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.
7
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَكَانَ عَرْشُهُۥ عَلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۗ وَلَئِن قُلْتَ إِنَّكُم مَّبْعُوثُونَ مِنۢ بَعْدِ ٱلْمَوْتِ لَيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ٧
Sodiq
U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko`rish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. O`shanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar o`limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan o`zga narsa emas», derlar.[1]
[1] Bu oyatda ham Alloh taoloning ta'rifi davom etmoqda. Alloh osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan Zotdir. Bu haqda o`tgan Yunus surasi tafsirida batafsil gapirilgan. Ushbu oyatda esa, osmonlaru Yerni yaratishdan maqsad odamlardan qaysilari yaxshiroq amallar qilishini sinab ko`rish ekanligi ta'kidlanmoqda. Shuningdek, Allohning arshi va uning turgan joyi haqida ham ma'lumot kelmoqda Demak, Alloh taolo osmonlaru Yerni yaratgan vaqtda uning arshi suv ustida bo`lgan ekan. Shuning o`zini bilishimiz kifoya. Allohning arshi bor ekan. O`sha paytda bu arsh suvning ustida turgan ekan. Bo`ldi, bundan boshqasi ortiqcha. Bunaqa g`aybiyotga tegishli masalalar atrofida ovora bo`lib, vaqt va aql-zakovotni behuda sarflagandan ko`ra, ko`proq yaxshi amallarni qilib, sinovdan yaxshi o`tishga uringan ma'qul.)
8
وَلَئِنْ أَخَّرْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِلَىٰٓ أُمَّةٍ مَّعْدُودَةٍ لَّيَقُولُنَّ مَا يَحْبِسُهُۥٓ ۗ أَلَا يَوْمَ يَأْتِيهِمْ لَيْسَ مَصْرُوفًا عَنْهُمْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ٨
Sodiq
Agar Biz ulardan ma'lum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima to`xtatib turibdi?» derlar. Ogoh bo`linglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni o`zlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab olur.
9
وَلَئِنْ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِنَّا رَحْمَةً ثُمَّ نَزَعْنَٰهَا مِنْهُ إِنَّهُۥ لَيَـُٔوسٌ كَفُورٌ٩
Sodiq
Agar insonga O`z tomonimizdan rohatni tottirib, so`ngra undan uni tortib olsak, u albatta noumid va noshukr bo`lur.
10
وَلَئِنْ أَذَقْنَٰهُ نَعْمَآءَ بَعْدَ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ ٱلسَّيِّـَٔاتُ عَنِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ لَفَرِحٌ فَخُورٌ١٠
Sodiq
Agar unga yetgan qiyinchiliklardan so`ng ne'mat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydi. Albatta, u xursand va faxrlidir.
11
إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ١١
Sodiq
Magar sabr qilganlar va yaxshi amallar qilganlar, ana o`shalarga mag`firat va katta ajr bor.
12
فَلَعَلَّكَ تَارِكُۢ بَعْضَ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَضَآئِقُۢ بِهِۦ صَدْرُكَ أَن يَقُولُواْ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ كَنزٌ أَوْ جَآءَ مَعَهُۥ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَآ أَنتَ نَذِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ١٢
Sodiq
Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun o`zingga vahiy qilingan narsaning ba'zisini tark qilmoqchi bo`larsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning O`zi hamma narsaga vakildir.[1]
[1] Albatta, kofir va mushriklar qanchalik shakkoklik qilmasinlar, qanchalik takliflar kiritmasinlar, Rasululloh alayhissalotu vassalomning e'tiqodlariga zarar yetkaza olmaydilar. U kishi Qur'onning ba'zisini tark etmoqchi ham bo`lmaydilar, undan yuraklari siqilmaydi ham. Ammo bu oyat u kishiga va u kishi orqali barcha mo`min-musulmonlarga tasalli, pand-nasihat bo`lib kelmoqda. Ya'ni, mushriklar qanchalar yomonlik qilsalar ham, sizlar sabr qilinglar, siqilmanglar, demoqda.)
13
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُواْ بِعَشْرِ سُوَرٍ مِّثْلِهِۦ مُفْتَرَيَٰتٍ وَٱدْعُواْ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ١٣
Sodiq
Yoki: «O`zi to`qib oldi», derlarmi? Sen: «Bas, agar rostgo`y bo`lsalaringiz, Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir bo`lsangiz, chaqirib, bunga o`xshash o`nta to`qilgan sura keltiring-chi», degin.[1]
[1] Mushriklarning avvalgi oyatda kelgan «Payg`ambarga xazina tushirsa yoki u bilan birga farishta ham payg`ambar etib yuborilsagina unga ergashamiz», degan mantiqsiz gaplari yetmaganidek, ular «Qur'onni Payg`ambarning o`zi to`qib olgan», ham deydilar. Bundan ham achchig`ing chiqmasin, xafa bo`lma. «Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir bo`lsangiz, chaqirib, bunga o`xshash o`nta to`qilgan sura keltiring-chi», degin.)
14
فَإِلَّمْ يَسْتَجِيبُواْ لَكُمْ فَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّمَآ أُنزِلَ بِعِلْمِ ٱللَّهِ وَأَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ١٤
Sodiq
Agar javob bera olmasalar, bas, bilingki, u faqatgina Allohning ilmi ila nozil qilingandir. Undan o`zga biron iloh yo`qdir. Endi musulmon bo`larsizlar?!
15
مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيْهِمْ أَعْمَٰلَهُمْ فِيهَا وَهُمْ فِيهَا لَا يُبْخَسُونَ١٥
Sodiq
Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallari(samarasi)ni to`liq beramiz. Ular bunda kamsitilmaslar.
16
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَيْسَ لَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِلَّا ٱلنَّارُ ۖ وَحَبِطَ مَا صَنَعُواْ فِيهَا وَبَٰطِلٌ مَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١٦
Sodiq
Ana o`shalarga oxiratda do`zax olovidan boshqa hech vaqo yo`qdir. Bu dunyoda qilgan ishlari habata bo`ldi va qilgan amallari botil bo`ldi.
17
أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِۦ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِّنْهُ وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ مِنَ ٱلْأَحْزَابِ فَٱلنَّارُ مَوْعِدُهُۥ ۚ فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍ مِّنْهُ ۚ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ١٧
Sodiq
O`z Robbidan aniq hujjatga ega bo`lgan, unga O`sha (Robb)ning O`zidan guvoh ergashgan va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) bo`lgan kishiga(kufr keltiradilar)mi? Ana o`shalar u(shohid)ga iymon keltirurlar. Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga va'da qilingan joy jahannamdir. Sen u haqda shak-shubhada bo`lma! Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.[1]
[1] Qur'oni Karimdan oldin Muso alayhissalomning kitobi Tavrot ham imom va rahmat bo`lgan holida Muhammad alayhissalotu vassalomning oxirzamon payg`ambari bo`lishlariga guvoh bo`lgan edi. Ana shunday kishiga kufr keltiradilarmi?! Qur'onga iymon keltirmasdan jannatga kirishni hech kim xayoliga ham keltirmasin. Albatta, Payg`ambarmiz alayhissalotu vassalom hech qachon Qur'oni Karimning haq ekanligiga shak-shubha qilmaganlar. Ammo bu so`zlar o`sha davrdagi og`ir holatni yengillatish uchun aytilmoqda. Chunki u paytda odamlar Islomga qarshilik qilib, da'vat ishlari yurishmay turib qolgan edi. Alloh taolo Payg`ambariga va oz sonli mo`min bandalariga tasalli berib, bu holatdan hayron bo`lmasliklarini uqdirmoqda. Nimaga Qur'on ishi to`xtab qoldi, deb o`ylama, Alloh xohlagan vaqtida yurishib ketadi.)
18
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَىٰ رَبِّهِمْ وَيَقُولُ ٱلْأَشْهَٰدُ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ أَلَا لَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ١٨
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ana o`shalar Robbilariga ro`baro` qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari sha'niga yolg`on gapirganlardir. Ogoh bo`lingkim, Allohning la'nati zolimlargadir», derlar.
19
ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ١٩
Sodiq
Ular Allohning yo`lidan to`sarlar va uning egri bo`lishini xohlarlar hamda ular oxiratga kufr keltiruvchi kimsalardir.
20
أُوْلَٰٓئِكَ لَمْ يَكُونُواْ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ۘ يُضَٰعَفُ لَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۚ مَا كَانُواْ يَسْتَطِيعُونَ ٱلسَّمْعَ وَمَا كَانُواْ يُبْصِرُونَ٢٠
Sodiq
Ana o`shalar yer yuzida qochib qutuluvchi bo`la olmadilar, ularga Allohdan o`zga do`st ham bo`lmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir bo`la olmadilar va ko`ra olmadilar ham.
21
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ٢١
Sodiq
Ana o`shalar o`zlariga ziyon qilganlardir va to`qigan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi.
22
لَا جَرَمَ أَنَّهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ٢٢
Sodiq
Shak-shubhasiz, albatta, ular oxiratda yana ham ko`proq ziyon ko`rguvchilardir.
23
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَأَخْبَتُوٓاْ إِلَىٰ رَبِّهِمْ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ٢٣
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar, yaxshi amallar qilganlar va Robbilariga ishonch ila bo`yinsunganlar, ana o`shalar, jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
24
۞مَثَلُ ٱلْفَرِيقَيْنِ كَٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْأَصَمِّ وَٱلْبَصِيرِ وَٱلسَّمِيعِ ۚ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ٢٤
Sodiq
Bu ikki guruhning misoli xuddi karu ko`r hamda eshituvchi va ko`ruvchiga o`xshaydir. Ular bir-birlariga barobar bo`la oladilarmi? Ibrat olmaysizlarmi?[1]
[1] Kofir bilan mo`minning orasida Yer bilan osmoncha farq bor. Kofir ko`r va kar odamga o`xshaydi. Mo`min esa, ko`zi, qulog`i butun, ham ko`rib, ham eshitadigan odam kabidir. Kufri tufayli qalb ko`zi ko`r, ibrat qulog`i kar bo`lib qolgan kofir bu dunyoning haqiqatini ko`rolmaydi, eshitolmaydi. Hamma yoqqa urilib, turtilib-surtilib yuradi. Iymoni sababli qalb ko`zi va ibrat qulog`i ochiq bo`lgan mo`min esa, hamma narsani ko`rib, eshitib, yaxshi yo`lni tanlab, to`g`ri va shaxdam yuradi.)
25
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ٢٥
Sodiq
Albatta, Biz Nuhni o`z qavmiga: «Albatta, men sizlarga ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
26
أَن لَّا تَعْبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ أَلِيمٍ٢٦
Sodiq
Allohdan o`zgaga hech ibodat qilmanglar, albatta, men sizlarga alamli kun azobi bo`lishidan qo`rqaman», dedirib yubordik.
27
فَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوْمِهِۦ مَا نَرَىٰكَ إِلَّا بَشَرًا مِّثْلَنَا وَمَا نَرَىٰكَ ٱتَّبَعَكَ إِلَّا ٱلَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِىَ ٱلرَّأْىِ وَمَا نَرَىٰ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَٰذِبِينَ٢٧
Sodiq
Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Biz sening ham faqat o`zimizga o`xshagan odam ekaningni ko`ryapmiz, senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini ko`ryapmiz, sizlarning bizdan ustun fazlingizni ko`rmayapmiz, balki sizlarni yolg`onchi deb o`ylayapmiz», dedilar.[1]
[1] Nuh alayhissalomning gaplariga qavm nomidan ularning korchalonlari, og`zi botir zodagon boshliqlari javob berdi. Diqqat bilan razm solsak, ularning javoblari barcha kofir, sarkash qavmlarning o`zlariga kelgan payg`ambarlarga bergan javoblariga o`xshashini ko`ramiz Ularning fikricha, kambag`al kishilar pastkash va aqli oz hisoblanadi. Shuning uchun kambag`al bo`lib qolgan, deyishadi. O`sha kambag`allar aralashgan har bir ishga xosiyatsiz ish deb qarashadi. Aslida esa, kambag`allarning qalbini boylik, ayshu ishrat va mutakabbirlik buzmagani uchun ular ilohiy da'vatlarga tez javob beradilar. Buni boy-zodagonlar tamoman teskari tushunadilar.)
28
قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى رَحْمَةً مِّنْ عِندِهِۦ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنتُمْ لَهَا كَٰرِهُونَ٢٨
Sodiq
U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lgan bo`lsam va U menga O`z huzuridan rahmat bergan bo`lsa-yu, sizga maxfiy qolgan bo`lsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!» dedi.
29
وَيَٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مَالًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَمَآ أَنَاْ بِطَارِدِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ ۚ إِنَّهُم مُّلَٰقُواْ رَبِّهِمْ وَلَٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ٢٩
Sodiq
«Ey qavmim, bu (da'vatim) uchun sizdan mol so`ramasman. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman. Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`luvchilardir. Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni ko`rmoqdaman.[1]
[1] Ey qavmim, mening siz uchun kuyunayotganimni o`zingizcha har xil tushunmang. Men sizlarning iymonli bo`lib, saodatga erishishingizni istayman, xolos. Ajrni Alloh beradi, siz bermaysiz, xavotirlanmang. Senga pastkashlargina ergashayotganini ko`ryapmiz, deganingiz uchun, sizlarga yoqish maqsadida yoki sizlarni rozi qilish uchun «Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman». Men uchun boy-kambag`al baribir, muhimi, iymon keltirish. Hamma gap iymonda. Shuningdek, ular men uchun iymon keltirgan emaslar, ularning iymon keltirishlari Allohga bog`liq. Qadr-qiymatni pul-mol bilan o`lchab yuribsiz. Odamlar Robbilariga ro`baro` kelishlarini anglamay, johillik qilmoqdasiz.)
30
وَيَٰقَوْمِ مَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِن طَرَدتُّهُمْ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ٣٠
Sodiq
Ey qavmim, agar ularni quvsam, kim menga Alloh(azobi)dan (qutulishga) yordam beradi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?
31
وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ إِنِّى مَلَكٌ وَلَآ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِىٓ أَعْيُنُكُمْ لَن يُؤْتِيَهُمُ ٱللَّهُ خَيْرًا ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِىٓ أَنفُسِهِمْ ۖ إِنِّىٓ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ٣١
Sodiq
Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demasman. Faybni ham bilmasman. «Men farishtaman», demasman. «Ko`zingizga haqir ko`rinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermas», demasman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan bo`lib qolurman», dedi.[1]
[1] Ushbu oyati karimada Nuh alayhissalomning o`z shaxslari va payg`ambarliklari xususiyatlarini qavmlariga qanday vasf qilib berganlari bayon qilinmoqda.)
32
قَالُواْ يَٰنُوحُ قَدْ جَٰدَلْتَنَا فَأَكْثَرْتَ جِدَٰلَنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٣٢
Sodiq
Ular: «Ey, Nuh, batahqiq, sen biz bilan tortishding, ko`p tortishding. Endi, agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar.
33
قَالَ إِنَّمَا يَأْتِيكُم بِهِ ٱللَّهُ إِن شَآءَ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ٣٣
Sodiq
U: «Uni sizlarga, agar xohlasa, faqat Allohgina keltiradi va sizlar qochib qutuluvchi emassiz.
34
وَلَا يَنفَعُكُمْ نُصْحِىٓ إِنْ أَرَدتُّ أَنْ أَنصَحَ لَكُمْ إِن كَانَ ٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يُغْوِيَكُمْ ۚ هُوَ رَبُّكُمْ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ٣٤
Sodiq
Va agar Alloh sizlarni yo`ldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan, nasihatim sizlarga manfaat bermas. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi.
35
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَعَلَىَّ إِجْرَامِى وَأَنَاْ بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُجْرِمُونَ٣٥
Sodiq
Yoki: «Uni to`qib oldi», derlarmi? «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, jinoyatim o`z zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt.
36
وَأُوحِىَ إِلَىٰ نُوحٍ أَنَّهُۥ لَن يُؤْمِنَ مِن قَوْمِكَ إِلَّا مَن قَدْ ءَامَنَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ٣٦
Sodiq
Va Nuhga: «Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg`uga tushmagin.
37
وَٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلَا تُخَٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ ۚ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ٣٧
Sodiq
Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to`g`risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g`arq bo`lguvchilardir», deb vahiy qildik.
38
وَيَصْنَعُ ٱلْفُلْكَ وَكُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ مَلَأٌ مِّن قَوْمِهِۦ سَخِرُواْ مِنْهُ ۚ قَالَ إِن تَسْخَرُواْ مِنَّا فَإِنَّا نَسْخَرُ مِنكُمْ كَمَا تَسْخَرُونَ٣٨
Sodiq
U kema yasamoqda. O`z qavmidan bo`lgan zodagonlar qachon oldidan o`tsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz.
39
فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ٣٩
Sodiq
Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi.
40
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَمْرُنَا وَفَارَ ٱلتَّنُّورُ قُلْنَا ٱحْمِلْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ ٱلْقَوْلُ وَمَنْ ءَامَنَ ۚ وَمَآ ءَامَنَ مَعَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلٌ٤٠
Sodiq
Toki Bizning amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «U(kema)ga har narsadan bir juftdan va ahlingni ol, magar avval so`z ketganni (olma) va iymon keltirganlarni ham ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi.[1]
[1] Nuh alayhissalom oilasidan halok bo`lishga so`z ketib qolganlar — xotini bilan bir o`g`li. Ularni kemaga olmaslikni amr qilindi. Ha, Nuh alayhissalom uzoq vaqt — ellik sanasi kam ming yil da'vat qilishlariga qaramay, sarkash qavmning ozginasidan boshqasi iymonga kelmadi. Shu sabab ila bu tuzalmas dardisarlarni dunyo tanasidan butunlay kesib tashlash uchun Alloh hammasini g`arq etishni iroda qildi.)
41
۞وَقَالَ ٱرْكَبُواْ فِيهَا بِسْمِ ٱللَّهِ مَجْرٜىٰهَا وَمُرْسَىٰهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ٤١
Sodiq
Va u: «U(kema)ga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila bo`lur. Albatta, Robbim mag`firatli va rahimlidir», dedi.
42
وَهِىَ تَجْرِى بِهِمْ فِى مَوْجٍ كَٱلْجِبَالِ وَنَادَىٰ نُوحٌ ٱبْنَهُۥ وَكَانَ فِى مَعْزِلٍ يَٰبُنَىَّ ٱرْكَب مَّعَنَا وَلَا تَكُن مَّعَ ٱلْكَٰفِرِينَ٤٢
Sodiq
Va u (kema) ularni tog`lardek to`lqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan o`g`liga: «Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin», dedi.[1]
[1] Nuh alayhissalom va sheriklari najot kemasiga minganlaridan so`ng, o`g`illardan birining bir chetda ajralib turganini ko`rdilar. Dahshatli to`fondan-da otalik mehrlari ustun kelib «bir chetda turgan o`g`liga «Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin», dedilar.)
43
قَالَ سَـَٔاوِىٓ إِلَىٰ جَبَلٍ يَعْصِمُنِى مِنَ ٱلْمَآءِ ۚ قَالَ لَا عَاصِمَ ٱلْيَوْمَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ إِلَّا مَن رَّحِمَ ۚ وَحَالَ بَيْنَهُمَا ٱلْمَوْجُ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُغْرَقِينَ٤٣
Sodiq
U (o`g`il): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Magar kimni rahim qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda oralarini to`lqin to`sdi va u (o`g`il) g`arq bo`lganlardan bo`ldi.[1]
[1] Kofir bo`lgandan keyin qiyin ekan. Ulug` payg`ambar bo`lmish otaning gapini eshitib turib ham, bostirib kelayotgan dahshatli to`fonni ko`rib turib ham «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi.)
44
وَقِيلَ يَٰٓأَرْضُ ٱبْلَعِى مَآءَكِ وَيَٰسَمَآءُ أَقْلِعِى وَغِيضَ ٱلْمَآءُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَٱسْتَوَتْ عَلَى ٱلْجُودِىِّ ۖ وَقِيلَ بُعْدًا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٤٤
Sodiq
«Ey yer, suvingni yutgin, ey osmon, o`zingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy(tog`i)ga joylashdi. Hamda «Zolim qavmlar yo`qolsin!» deyildi.
45
وَنَادَىٰ نُوحٌ رَّبَّهُۥ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ٱبْنِى مِنْ أَهْلِى وَإِنَّ وَعْدَكَ ٱلْحَقُّ وَأَنتَ أَحْكَمُ ٱلْحَٰكِمِينَ٤٥
Sodiq
Nuh Robbiga nido qilib: «Robbim, albatta, o`g`lim ahlimdandir, albatta, va'dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan», dedi.[1]
[1] Ya'ni, bu bilan Nuh alayhissalom, ey Robbim, sen menga ahlingni qutqaraman, deb va'da bergan eding, o`g`lim ahlimdan-ku, o`sha bolamni menga bergin, o`zing hikmat ila hukm chiqarguvchi Zotsan, demoqchilar.)
46
قَالَ يَٰنُوحُ إِنَّهُۥ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ ۖ إِنَّهُۥ عَمَلٌ غَيْرُ صَٰلِحٍ ۖ فَلَا تَسْـَٔلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ۖ إِنِّىٓ أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ٤٦
Sodiq
U zot: «Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. O`zingning ilming bo`lmagan narsani zinhor so`ramagin. Men senga johillardan bo`lmasligingni nasihat qilaman», dedi.[1]
[1] Uning qilgan ishi yaxshi emas. U kofirlik qildi. U kofirligi bilan sening ahlingdan bo`la olmaydi. Iymoni borlar sening ahling bo`ladi. Bilmagan narsalaringni so`rayverib, johillar qatoriga qo`shilib qolmagin, deyman. Misol uchun, yuqoridagi savoling bilan insonlar orasidagi haqiqiy aloqa iymon aloqasi ekanidan, ahl deganda kimni e'tiborga olish kerakligidan, Alloh O`z va'dasini qanday bajarganidan bexabarga — johilga o`xshab ko`rinyapsan. Holbuki, Alloh iymonli qalblar o`rtasidagi rishtani har qanday aloqadan ustun qo`yadi, ahl deganda, iymonli ahlni ko`zda tutadi. Ahlingni qutqazishga va'da bergan bo`lsa, senga haqiqiy ahl bo`lganlarni to`fon balosidan xalos etib qo`ydi.)
47
قَالَ رَبِّ إِنِّىٓ أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْـَٔلَكَ مَا لَيْسَ لِى بِهِۦ عِلْمٌ ۖ وَإِلَّا تَغْفِرْ لِى وَتَرْحَمْنِىٓ أَكُن مِّنَ ٱلْخَٰسِرِينَ٤٧
Sodiq
U: «Robbim, men o`zimning ilmim bo`lmagan narsani Sendan so`ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag`firat qilmasang va menga rahim ko`rsatmasang, ziyon ko`rguvchilardan bo`lurman», dedi.
48
قِيلَ يَٰنُوحُ ٱهْبِطْ بِسَلَٰمٍ مِّنَّا وَبَرَكَٰتٍ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ أُمَمٍ مِّمَّن مَّعَكَ ۚ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ٤٨
Sodiq
«Ey Nuh, Bizdan Senga va sen bilan birga bo`lgan ummatlarga bo`lgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar bo`lur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra ularni Bizdan bo`lgan alamli azob tutar», deyildi.
49
تِلْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَآ أَنتَ وَلَا قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَٰذَا ۖ فَٱصْبِرْ ۖ إِنَّ ٱلْعَٰقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ٤٩
Sodiq
Ana shu g`ayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir.[1]
[1] Nuh alayhissalom va u kishining qavmlari allaqachon o`tib ketgan. Ularning xabarini Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham, u kishining qavmlari, Arabiston aholisi ham bilmas edilar. Lekin ana shu odamlarga vahiy yo`li bilan noma'lum narsalarning xabari — Nuh alayhissalom va u zotning qavmlari xabari keldi.)
50
وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُفْتَرُونَ٥٠
Sodiq
Va Odga o`z birodarlari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`qdir. Sizlar faqat to`qib oluvchilarsiz, xolos.
51
يَٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱلَّذِى فَطَرَنِىٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ٥١
Sodiq
Ey qavmim, men sizlardan bu (da'vatim) uchun ajr so`ramayman. Mening ajrim, faqat, meni yaratgan Zotning zimmasidadir. Aql yuritmaysizlarmi?
52
وَيَٰقَوْمِ ٱسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيْهِ يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا وَيَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمْ وَلَا تَتَوَلَّوْاْ مُجْرِمِينَ٥٢
Sodiq
Ey qavmim, Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga osmondan baraka yomg`iri yuboradi va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi. Jinoyatchi bo`lgan holingizda yuz o`girib ketmang», dedi.
53
قَالُواْ يَٰهُودُ مَا جِئْتَنَا بِبَيِّنَةٍ وَمَا نَحْنُ بِتَارِكِىٓ ءَالِهَتِنَا عَن قَوْلِكَ وَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ٥٣
Sodiq
Ular: «Ey Hud, bizga ochiq-oydin hujjat keltirmading. Biz sening gaping uchun xudolarimizni tark qiluvchi emasmiz va biz senga iymon keltiruvchi ham emasmiz.
54
إِن نَّقُولُ إِلَّا ٱعْتَرَىٰكَ بَعْضُ ءَالِهَتِنَا بِسُوٓءٍ ۗ قَالَ إِنِّىٓ أُشْهِدُ ٱللَّهَ وَٱشْهَدُوٓاْ أَنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ٥٤
Sodiq
Biz faqat, seni ba'zi xudolarimiz yomonlik ila uribdi, deymiz, xolos», dedilar. U: «Albatta, men Allohni guvoh qilaman va siz ham guvoh bo`lingki, men sherik keltirayotganingizdan pokman.
55
مِن دُونِهِۦ ۖ فَكِيدُونِى جَمِيعًا ثُمَّ لَا تُنظِرُونِ٥٥
Sodiq
Undan o`zga. Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar.
56
إِنِّى تَوَكَّلْتُ عَلَى ٱللَّهِ رَبِّى وَرَبِّكُم ۚ مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلَّا هُوَ ءَاخِذُۢ بِنَاصِيَتِهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ٥٦
Sodiq
Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lmish Allohga tavakkal qildim. Har bir o`rmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim to`g`ri yo`ldadir.[1]
[1] Faqat Ungagina suyandim. Undan o`zga tavakkal qiladigan zot yo`q. Ana shuning uchun ham men sizdan emas, o`sha qudratli, g`olib va qahrli Allohdan qo`rqaman va Ungagina suyanaman. Men Robbimning yo`liga yurganman va Uning yordami ila maqsadga yetishimda shubha yo`qdir. Sizdan zarracha qo`rqmasligimning boisi ham shunda.)
57
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقَدْ أَبْلَغْتُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّى قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّونَهُۥ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌ٥٧
Sodiq
Agar yuz o`girib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan bo`lsam, uni sizlarga yetkazdim. Robbim o`rningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qilguvchi Zotdir», dedi.
58
وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا هُودًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَنَجَّيْنَٰهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ٥٨
Sodiq
Amrimiz kelgan paytda Hudga va u bilan birga iymon keltirganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik va ularni qattiq azobdan qutqardik.
59
وَتِلْكَ عَادٌ ۖ جَحَدُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ وَعَصَوْاْ رُسُلَهُۥ وَٱتَّبَعُوٓاْ أَمْرَ كُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ٥٩
Sodiq
Anavi Oddir. Ular Robbilari oyatlarini inkor qildilar. Uning Payg`ambarlariga osiy bo`ldilar. Har xil jabrchi va qaysarning ishiga ergashdilar.
60
وَأُتْبِعُواْ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةً وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ عَادًا كَفَرُواْ رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّعَادٍ قَوْمِ هُودٍ٦٠
Sodiq
Va ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat ergashur. Ogoh bo`lingkim, albatta, odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo`lingkim, Hud qavmi Od yo`qolsin![1]
[1] Od qavmi Allohning yo`liga yurmay, har xil zolim va sarkashlarga ergashganlari uchun ularga bu dunyoyu oxiratda la'nat aytiladi. Shu bilan, Od qissasi ham tamom bo`ldi. Bu qissada og`ir paytlarni boshlaridan kechirib turgan Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga va u zot bilan birga bo`lgan oz sonli musulmonlarga tasallilar bor.)
61
۞وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ هُوَ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَٱسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَٱسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى قَرِيبٌ مُّجِيبٌ٦١
Sodiq
Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo`ydi. Bas, Unga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi.
62
قَالُواْ يَٰصَٰلِحُ قَدْ كُنتَ فِينَا مَرْجُوًّا قَبْلَ هَٰذَآ ۖ أَتَنْهَىٰنَآ أَن نَّعْبُدَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِى شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍ٦٢
Sodiq
Ular: «Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding. Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmog`imizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen da'vat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar.
63
قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى مِنْهُ رَحْمَةً فَمَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِنْ عَصَيْتُهُۥ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِى غَيْرَ تَخْسِيرٍ٦٣
Sodiq
U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega bo`lsam va menga U tomonidan rahmat berilgan bo`lsa-yu, men Unga osiy bo`lsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan o`zgani ziyoda qilmassizlar.
64
وَيَٰقَوْمِ هَٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةً فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ قَرِيبٌ٦٤
Sodiq
Ey qavmim, Allohning mana bu tuyasi sizga belgi-mo`'jizadir. Bas, uni tek qo`yinglar, Allohning yerida yeb yursin, unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi», dedi.[1]
[1] Solih alayhissalom o`zlariga Alloh taolo tomonidan payg`ambarliklarini tasdiqlovchi mo`'jiza qilib berilgan tuyani Samud qavmiga ko`rsatib, ey qavmim, mana bu tuya mening haq payg`ambar ekanimni tasdiqlovchi mo`'jiza, bu Allohning tuyasi, unga tegmanglar, Allohning yerida xohlagan narsasini yeb yursin, unga biror yomonlik yetkaza ko`rmanglar, agar biror yomonlik yetkazsangiz, sizga tezda azob keladi, dedilar.)
65
فَعَقَرُوهَا فَقَالَ تَمَتَّعُواْ فِى دَارِكُمْ ثَلَٰثَةَ أَيَّامٍ ۖ ذَٰلِكَ وَعْدٌ غَيْرُ مَكْذُوبٍ٦٥
Sodiq
Bas, u(tuya)ni so`ydilar. So`ng u: «Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu, yolg`on bo`lmagan va'dadir», dedi.
66
فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَٰلِحًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَمِنْ خِزْىِ يَوْمِئِذٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ٦٦
Sodiq
Amrimiz kelgan paytda O`z rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va o`sha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning O`zi kuchli va azizdir.
67
وَأَخَذَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُواْ فِى دِيَٰرِهِمْ جَٰثِمِينَ٦٧
Sodiq
Va zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq oldi. Bas, diyorlarida to`kildilar.
68
كَأَن لَّمْ يَغْنَوْاْ فِيهَآ ۗ أَلَآ إِنَّ ثَمُودَاْ كَفَرُواْ رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّثَمُودَ٦٨
Sodiq
Xuddi unda turmaganga o`xshab. Ogoh bo`lingkim, albatta, Samud (qavmi) Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo`lingkim, Samud yo`qolsin!
69
وَلَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُواْ سَلَٰمًا ۖ قَالَ سَلَٰمٌ ۖ فَمَا لَبِثَ أَن جَآءَ بِعِجْلٍ حَنِيذٍ٦٩
Sodiq
Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: «Salom», dedilar. U: «Salom», dedi. Va ko`p o`tmay qovurilgan buzoq keltirdi.[1]
[1] Hud qissalaridan farqli o`laroq, Ibrohim alayhissalomning qissalari boshidan emas, balki bir ko`rinishi keltirilmoqda. Bu esa, Lut alayhissalom qissasiga kirish uchundir.)
70
فَلَمَّا رَءَآ أَيْدِيَهُمْ لَا تَصِلُ إِلَيْهِ نَكِرَهُمْ وَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً ۚ قَالُواْ لَا تَخَفْ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمِ لُوطٍ٧٠
Sodiq
Ularning qo`llari u(taom)ga yetmayotganini ko`rib, ulardan hayron bo`ldi va ichida xavfsiradi. Ular: «Qo`rqma, biz Lut qavmiga yuborilganmiz», dedilar.[1]
[1] Farishtalar odam suratida kelgan edilar. Shuning uchun Ibrohim alayhissalom sahroliklarning mehmondo`stliklari asosida ularni ziyofat qilishga shoshildilar. Tezda pishirilgan buzoq go`shtini olib kelib, mehmonlar oldiga qo`yganlarida farishtalar taom yemasliklari sababidan unga qo`l uzatmay o`tiraverdilar. Bu hol Ibrohim alayhissalomga g`alati ko`rindi va ulardan xavfsiray boshladilar.)
71
وَٱمْرَأَتُهُۥ قَآئِمَةٌ فَضَحِكَتْ فَبَشَّرْنَٰهَا بِإِسْحَٰقَ وَمِن وَرَآءِ إِسْحَٰقَ يَعْقُوبَ٧١
Sodiq
Tik turgan xotini kuldi. Bas, Biz u(xotin)ga Is'hoqning va Is'hoqdan keyin Ya'qubning xushxabarini berdik.[1]
[1] Ibrohim alayhissalomning farishtalar bilan qilayotgan suhbatlarini tik turib eshitayotgan u kishining ayollari, farishtalarning Lut qavmiga azob olib ketayotganini eshitib kuldilar. Lekin u ayolga atalgan boshqa gap bor edi.)
72
قَالَتْ يَٰوَيْلَتَىٰٓ ءَأَلِدُ وَأَنَاْ عَجُوزٌ وَهَٰذَا بَعْلِى شَيْخًا ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌ عَجِيبٌ٧٢
Sodiq
U: «Voy sho`rim, o`zim kampir, manavi erim chol bo`lsa ham, tug`amanmi?! Bu qiziq narsa-ku!» – dedi.[1]
[1] Ibrohim alayhissalomning ham, ayollarining ham yoshi o`tib qolgan edi.)
73
قَالُوٓاْ أَتَعْجَبِينَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ۖ رَحْمَتُ ٱللَّهِ وَبَرَكَٰتُهُۥ عَلَيْكُمْ أَهْلَ ٱلْبَيْتِ ۚ إِنَّهُۥ حَمِيدٌ مَّجِيدٌ٧٣
Sodiq
Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari bo`lgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar.
74
فَلَمَّا ذَهَبَ عَنْ إِبْرَٰهِيمَ ٱلرَّوْعُ وَجَآءَتْهُ ٱلْبُشْرَىٰ يُجَٰدِلُنَا فِى قَوْمِ لُوطٍ٧٤
Sodiq
Ibrohimdan qo`rqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.
75
إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَحَلِيمٌ أَوَّٰهٌ مُّنِيبٌ٧٥
Sodiq
Albatta, Ibrohim haliym, tazarruli va U zotga tez qaytuvchidir.[1]
[1] Farishtalarning maqsadlarini bilgandan so`ng Ibrohim alayhissalomdan qo`rqinch ketdi. U kishiga farishtalar keltirgan xushxabar yetdi. Lekin u kishi farishtalar xushxabar keltirgani bilan birga Lut qavmidan tashvishga tushib, ular haqida tortisha boshladilar.)
76
يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ أَعْرِضْ عَنْ هَٰذَآ ۖ إِنَّهُۥ قَدْ جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَإِنَّهُمْ ءَاتِيهِمْ عَذَابٌ غَيْرُ مَرْدُودٍ٧٦
Sodiq
Ey Ibrohim, bundan voz kech. Chunki, Robbingning amri kelib bo`lgan. Albatta, ularga qaytarilmas azob kelgusidir.
77
وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالَ هَٰذَا يَوْمٌ عَصِيبٌ٧٧
Sodiq
Elchilarimiz Lutga kelgan paytlarida, u ularni (ko`rib) yomon holga tushdi va qo`l-oyog`i bo`shashdi hamda: «Bu qiyin kundir», dedi.[1]
[1] Chunki Lut alayhissalom qavmining jinoyatkor ekanini yaxshi bilardilar. Ular dunyoda hech kim qilmagan gunohni qilayotgan edilar. Bu zolim qavmga Allohning azobi kelishi muqarrar edi. Ammo qachon kelishini hech kim bilmas edi. Jumladan, Lut alayhissalom ham. Ammo huzurlariga Allohning elchilari bo`lmish farishtalar kelganida Lut alayhissalom qavmiga azob kelganini angladilar.)
78
وَجَآءَهُۥ قَوْمُهُۥ يُهْرَعُونَ إِلَيْهِ وَمِن قَبْلُ كَانُواْ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ هَٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِى هُنَّ أَطْهَرُ لَكُمْ ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ فِى ضَيْفِىٓ ۖ أَلَيْسَ مِنكُمْ رَجُلٌ رَّشِيدٌ٧٨
Sodiq
Qavmi unga shoshilib, halloslab yetib keldi. Ular bundan oldin gunohlar qilar edilar. U: «Ey qavmim, anavu qizlarim sizlar uchun pokroq-ku. Bas, Allohdan qo`rqing! Mehmonlarim haqida meni sharmanda qilmang. Ichingizda birorta tuzukroq odam yo`q-mi?!» – dedi.[1]
[1] Mazkur qavm bachchabozlik qilardilar. Lut alayhissalomning mehmonga yosh yigitlarning kelishidan yomon holga tushishlari va qo`l-oyoqlari bo`shashishlari ham, yuqorida aytib o`tilganidek, shu boisdan edi. Qavmning niyati ko`rinishidan ma'lum edi.)
79
قَالُواْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا لَنَا فِى بَنَاتِكَ مِنْ حَقٍّ وَإِنَّكَ لَتَعْلَمُ مَا نُرِيدُ٧٩
Sodiq
Ular: «Sening qizlaringda bizning haqqimiz yo`qligini bilgansan va biz nimani xohlashimizni, albatta, sen bilasan», – dedilar.
80
قَالَ لَوْ أَنَّ لِى بِكُمْ قُوَّةً أَوْ ءَاوِىٓ إِلَىٰ رُكْنٍ شَدِيدٍ٨٠
Sodiq
U: «Qani endi sizlarga quvvatim yetsa edi yoki mustahkam yerga berkinsaydim», – dedi.
81
قَالُواْ يَٰلُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَن يَصِلُوٓاْ إِلَيْكَ ۖ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ ۖ إِنَّهُۥ مُصِيبُهَا مَآ أَصَابَهُمْ ۚ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ ٱلصُّبْحُ ۚ أَلَيْسَ ٱلصُّبْحُ بِقَرِيبٍ٨١
Sodiq
Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir bo`lagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim o`girilmasin. Chunki, ularga yetadigan musiybat u(ayol)gada yetguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» – dedilar.
82
فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ مَّنضُودٍ٨٢
Sodiq
Amrimiz kelgan paytda u o`lkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yog`dirdik.
83
مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ ۖ وَمَا هِىَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ بِبَعِيدٍ٨٣
Sodiq
Ularga Robbing huzurida belgi qo`yilgan edi va ular zolimlardan uzoq emasdir.[1]
[1] Lut qavmi istiqomat qilgan diyorlar besh shahar-qishloqdan iborat bo`lgan, ularning kattasi Sadum deb nomlangan. Alloh taolo ularning barchasini ostin-ustin qilib tashlaganidan so`ng, ustidan loyi qotib qolgan tosh yog`dirgan.)
84
۞وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ وَلَا تَنقُصُواْ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ ۚ إِنِّىٓ أَرَىٰكُم بِخَيْرٍ وَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُّحِيطٍ٨٤
Sodiq
Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. O`lchovni va tortishni kamaytirmanglar. Albatta, men sizlarning yaxshilikda ekanliklaringizni ko`rib turibman. Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qo`rqmoqdaman.
85
وَيَٰقَوْمِ أَوْفُواْ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَلَا تَبْخَسُواْ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْاْ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ٨٥
Sodiq
Ey qavmim, o`lchash va tortishni adolat ila mukammal qiling. Odamlarning narsalarini kamaytirib qolmang va yer yuzida buzg`unchilik qilib yurmang.
86
بَقِيَّتُ ٱللَّهِ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ ۚ وَمَآ أَنَاْ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ٨٦
Sodiq
Agar mo`min bo`lsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir. Men sizning ustingizda qo`riqchi emasman», dedi.
87
قَالُواْ يَٰشُعَيْبُ أَصَلَوٰتُكَ تَأْمُرُكَ أَن نَّتْرُكَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَآ أَوْ أَن نَّفْعَلَ فِىٓ أَمْوَٰلِنَا مَا نَشَٰٓؤُاْ ۖ إِنَّكَ لَأَنتَ ٱلْحَلِيمُ ٱلرَّشِيدُ٨٧
Sodiq
Ular: «Ey Shu'ayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmog`imizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar.[1]
[1] Madyan aholisining bu gapi hozirgi johiliyat ahlining Islomga da'vat qiluvchiga «Namozingni o`qisang-chi bizning ishlarimizga aralashmasdan», degan gaplarining xuddi o`zi.)
88
قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَرَزَقَنِى مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًا ۚ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَىٰ مَآ أَنْهَىٰكُمْ عَنْهُ ۚ إِنْ أُرِيدُ إِلَّا ٱلْإِصْلَٰحَ مَا ٱسْتَطَعْتُ ۚ وَمَا تَوْفِيقِىٓ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ٨٨
Sodiq
U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lsam-chi va meni O`zi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan bo`lsa-chi?! Men sizlarni o`zim qaytarayotgan narsada o`zim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan o`zga hech narsani xohlamayman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog`liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman.[1]
[1] Avvalgi gaplaringizni o`ylamay, shoshilib, beboshlarga qo`shilib aytib qo`ygan bo`lishingiz mumkin. Ammo endi o`ylab ko`rib, shoshilmasdan, aqlni peshlab turib, «xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lsam-chi?!» Unda nima degan odam bo`lasiz? Mening payg`ambarligim haq. Men o`zim bilaman. Alloh menga vahiy yuboradi, amr qiladi. Men odamlarga yetkazaman. Meni inkor qilayotganingiz noto`g`ri. Sizlarni tijoratda halol bo`lishga, odamlarning haqqini urib qolmaslikka, iqtisodiy muomalalarda adolat qilishga da'vat etishimni noto`g`ri tushunmanglar. Buning orqasida biror manfaat qozonmoqchi emasman. Alloh taolo menga yaxshi rizqni berib qo`ygan.)
89
وَيَٰقَوْمِ لَا يَجْرِمَنَّكُمْ شِقَاقِىٓ أَن يُصِيبَكُم مِّثْلُ مَآ أَصَابَ قَوْمَ نُوحٍ أَوْ قَوْمَ هُودٍ أَوْ قَوْمَ صَٰلِحٍ ۚ وَمَا قَوْمُ لُوطٍ مِّنكُم بِبَعِيدٍ٨٩
Sodiq
Ey qavmim, menga xilof qilishingiz sizlarni yo Nuh qavmiga, yo Hud qavmiga, yoki Solih qavmiga yetgan musiybatga o`xshash musiybat yetishiga olib bormasin. Lut qavmi sizlardan uzoq emas.[1]
[1] Ya'ni, Nuh, Hud, va Solih qavmiga yetgan musibatlar sizga ham yetmasligini xohlasangiz, menga xilof qilishni yig`ishtiring. Chunki o`sha qavmlar payg`ambarlariga xilof qilishlari oqibatida musibatlar, azob-uqubatlarga duchor bo`lishgan edi. Sizlar ham menga qarshi chiqmoqdasiz, agar shu xilda davom etaversangiz, xuddi o`sha qavmlarga yetgan musibatlar sizlarga ham yetishi turgan gap. Ular yashagan joylar sizga yaqin. Ular yashagan zamon ham siz yashayotgan zamondan uzoq emas. Ibrat olinglar. Hali ham vaqt bor. O`zingizni o`nglab olishingiz mumkin.)
90
وَٱسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓاْ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى رَحِيمٌ وَدُودٌ٩٠
Sodiq
Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahimli va shafqatli Zotdir», – dedi.
91
قَالُواْ يَٰشُعَيْبُ مَا نَفْقَهُ كَثِيرًا مِّمَّا تَقُولُ وَإِنَّا لَنَرَىٰكَ فِينَا ضَعِيفًا ۖ وَلَوْلَا رَهْطُكَ لَرَجَمْنَٰكَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْنَا بِعَزِيزٍ٩١
Sodiq
Ular: «Ey Shu'ayb, aytganlaringning ko`pini yaxshi tushunmadik va biz seni ichimizda zaifhol ko`ryapmiz, agar odamlaring bo`lmaganida, seni toshbo`ron qilar edik. Sening o`zing biz uchun qimmatli emassan», dedilar.
92
قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَهْطِىٓ أَعَزُّ عَلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَٱتَّخَذْتُمُوهُ وَرَآءَكُمْ ظِهْرِيًّا ۖ إِنَّ رَبِّى بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌ٩٢
Sodiq
U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan ko`ra azizroqmi?! Unga orqangizni o`girib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir.
93
وَيَٰقَوْمِ ٱعْمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَٰمِلٌ ۖ سَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَمَنْ هُوَ كَٰذِبٌ ۖ وَٱرْتَقِبُوٓاْ إِنِّى مَعَكُمْ رَقِيبٌ٩٣
Sodiq
Ey qavmim, imkoningizdagi amalni qilavering, men ham amal qiluvchiman. Kimga sharmanda qiladigan azob kelishini va kim yolg`onchi ekanini tezda bilasizlar. Kutinglar, men ham sizlar ila kutuvchiman», – dedi.
94
وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَأَخَذَتِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُواْ فِى دِيَٰرِهِمْ جَٰثِمِينَ٩٤
Sodiq
Amrimiz kelgan paytda Shu'aybga va u bilan birga iymonga kelganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida to`kildilar.
95
كَأَن لَّمْ يَغْنَوْاْ فِيهَآ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّمَدْيَنَ كَمَا بَعِدَتْ ثَمُودُ٩٥
Sodiq
Xuddi u yerda yashamaganlardek. Ogoh bo`lingkim, xuddi Samud yo`qolgandek, Madyan ham yo`qoldi.[1]
[1] Madyan ahlini halok etish uchun tayin qilingan vaqt kelib, amrimiz yetganida, odatdagidek, payg`ambarimiz Shuayb va u bilan birga bo`lgan mo`minlarga najot berdik. Zulmkor bo`lgan kofirlarni esa, biz tomondan kelgan bir qichqiriq tutdi va hammalari turgan joylarida to`kilib qoldilar. Xuddi Yer yuzida yashamagandek ado bo`ldilar. Shuayb alayhissalomning qavmi Madyan ahli ham, Solih alayhissalomning qavmi Samud kabi, yo`qoldi, uzoq bo`ldi.)
96
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا وَسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ٩٦
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz va ochiq-oydin hujjatimiz ila yubordik.
97
إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِۦ فَٱتَّبَعُوٓاْ أَمْرَ فِرْعَوْنَ ۖ وَمَآ أَمْرُ فِرْعَوْنَ بِرَشِيدٍ٩٧
Sodiq
Fir'avn va uning odamlariga. Bas, ular Fir'avn ishiga ergashdilar. Fir'avnning ishi esa, to`g`ri emasdi!
98
يَقْدُمُ قَوْمَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فَأَوْرَدَهُمُ ٱلنَّارَ ۖ وَبِئْسَ ٱلْوِرْدُ ٱلْمَوْرُودُ٩٨
Sodiq
U qiyomat kuni qavmining oldiga tushib, ularni do`zaxga boshlab keltirur. U joy qanday ham yomon tushish joyidir.[1]
[1] Biz «tushgan joyi» deb tarjima qilgan so`z oyati karimada «suv ichgani tushgan joyi» degan ma'noni anglatuvchi «al-vardul mavrud» iborasi ila kelgan. Qavm bu dunyoda Alloh taoloning amrini qo`yib, Fir'avnga ergashgani uchun qiyomat kuni ham unga ergashadilar. U esa, issiqda kuyib-yongan qavmni, suv ichishga boshlab boraman, deb harakat qiladi-yu, olib borgan joyi do`zaxning qa'ri bo`ladi. U qanday ham yomon joy.)
99
وَأُتْبِعُواْ فِى هَٰذِهِۦ لَعْنَةً وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ بِئْسَ ٱلرِّفْدُ ٱلْمَرْفُودُ٩٩
Sodiq
Bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham ularga la'nat ergashur. Bu qanday ham yomon yordamdir!
100
ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّهُۥ عَلَيْكَ ۖ مِنْهَا قَآئِمٌ وَحَصِيدٌ١٠٠
Sodiq
Mana bular shaharlarning xabarlaridan bo`lib, ularni senga qissa qilayotirmiz. Ulardan (o`z o`rnida) turganlari ham bor, yig`ilganlari ham bor.
101
وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمْ ۖ فَمَآ أَغْنَتْ عَنْهُمْ ءَالِهَتُهُمُ ٱلَّتِى يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ لَّمَّا جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَمَا زَادُوهُمْ غَيْرَ تَتْبِيبٍ١٠١
Sodiq
Biz ularga zulm qilmadik. Lekin o`zlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qo`yib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar.
102
وَكَذَٰلِكَ أَخْذُ رَبِّكَ إِذَآ أَخَذَ ٱلْقُرَىٰ وَهِىَ ظَٰلِمَةٌ ۚ إِنَّ أَخْذَهُۥٓ أَلِيمٌ شَدِيدٌ١٠٢
Sodiq
Robbing zolim shaharlarni ushlaganida, ana shunday ushlaydi. Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir.
103
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّمَنْ خَافَ عَذَابَ ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمٌ مَّجْمُوعٌ لَّهُ ٱلنَّاسُ وَذَٰلِكَ يَوْمٌ مَّشْهُودٌ١٠٣
Sodiq
Albatta, bunda oxirat azobidan qo`rqqan kimsa uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir. Bu kun shohid bo`linadigan kundir.
104
وَمَا نُؤَخِّرُهُۥٓ إِلَّا لِأَجَلٍ مَّعْدُودٍ١٠٤
Sodiq
Uni Biz faqat sanoqli muddatga kechiktiramiz.
105
يَوْمَ يَأْتِ لَا تَكَلَّمُ نَفْسٌ إِلَّا بِإِذْنِهِۦ ۚ فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ١٠٥
Sodiq
U kelgan kunda hech bir jon gapira olmas. Magar U zotning izni ila (gapirur). Bas, ulardan badbaxtlari va baxtlilari bordir.
106
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ شَقُواْ فَفِى ٱلنَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ١٠٦
Sodiq
Bas, badbaxt bo`lganlar do`zaxdalar. U yerda ular dod-faryod qilurlar.
107
خَٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ١٠٧
Sodiq
Ular, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, unda abadiy qolurlar. Magar Robbing xohlasa, (abadiy qolmaslar). Albatta, Robbing nimani xohlasa, qilguvchi Zotdir.[1]
[1] Ya'ni, ular do`zaxda abadiy qolurlar. Magar Alloh xohlasa, ba'zilarini ozod etishi mumkin. Chunki Alloh xohlaganini qilguvchi Zotdir.)
108
۞وَأَمَّا ٱلَّذِينَ سُعِدُواْ فَفِى ٱلْجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۖ عَطَآءً غَيْرَ مَجْذُوذٍ١٠٨
Sodiq
Baxtli bo`lganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, abadiylar. Magar Alloh xohlasa, (O`zi bilur). Bu tuganmas in'omdir.[1]
[1] Ya'ni, baxtlilar jannatda abadiy qolish bilan birga, tuganmas ne'matlarga ham ega bo`ladilar. Sahih hadisda rivoyat qilinishicha, ularga «Ey ahli jannatlar, sizlar endi abadiy yashaysizlar, o`lmaysizlar, abadiy yosh bo`lasizlar, qarimaysizlar, abadiy sog` bo`lasizlar, bemor bo`lmaysizlar, abadiy ne'matda bo`lasizlar, noumid bo`lmaysizlar», deyiladi.)
109
فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍ مِّمَّا يَعْبُدُ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ مَا يَعْبُدُونَ إِلَّا كَمَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُهُم مِّن قَبْلُ ۚ وَإِنَّا لَمُوَفُّوهُمْ نَصِيبَهُمْ غَيْرَ مَنقُوصٍ١٠٩
Sodiq
Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada bo`lma. Ular oldin otalari ibodat qilganga o`xshash ibodat qiladilar, xolos. Va, albatta, Biz ularga nasibalarini (hech bir) kamaytirmay to`liq qilib beramiz.
110
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ١١٠
Sodiq
Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan o`tgan so`z bo`lmaganida, oralarida hukm chiqargan bo`lar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar.
111
وَإِنَّ كُلًّا لَّمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمْ رَبُّكَ أَعْمَٰلَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا يَعْمَلُونَ خَبِيرٌ١١١
Sodiq
Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha to`liq vafo qilur. Chunki, U qilayotgan narsalaridan xabardordir.
112
فَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ وَمَن تَابَ مَعَكَ وَلَا تَطْغَوْاْ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ١١٢
Sodiq
Bas, sen va sen bilan tavba qilganlar mustaqiym turinglar va tug`yonga ketmanglar. Chunki, U nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.[1]
[1] Ya'ni, Payg`ambar alayhissalotu vassalom va mo`minlar to`g`ri yo`lda — Allohning dinida sobit turmoqliklari, bardavom bo`lmoqlari lozim. Ular haddan oshib, tug`yonga ketishi mumkin emas. Agar mustaqiym turmasangiz va tug`yonga ketsangiz, o`zingizga qiyin bo`ladi. «Chunki U nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir».)
113
وَلَا تَرْكَنُوٓاْ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ١١٣
Sodiq
Zulm qilganlarga moyil bo`lmanglar. Yana, sizni do`zax olovi tutmasin. Siz uchun Allohdan o`zga do`stlar yo`q. So`ngra yordam berilmaysizlar.
114
وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ طَرَفَىِ ٱلنَّهَارِ وَزُلَفًا مِّنَ ٱلَّيْلِ ۚ إِنَّ ٱلْحَسَنَٰتِ يُذْهِبْنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ ذَٰلِكَ ذِكْرَىٰ لِلذَّٰكِرِينَ١١٤
Sodiq
Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo`lagida namozni to`kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir.[1]
[1] Ulamolarimiz oyati karimadagi «Kunduzning ikki tarafida» ado qilinadigan namoz bomdod, peshin va asr namozlari, «kechaning bir bo`lagida» ado etiladigan namoz shom va xufton namozlari, deyishgan. Mo`min kishi tomonidan qilingan har bir yaxshi ish yomonliklarni ketkazadi. Namoz o`sha yaxshiliklarning gultojidir. Ushbu oyatda og`ir va ahamiyatli ishlarni qilishda, Allohning amriga bo`ysunishda, ko`rsatgan yo`li va yo`llagan dinida mustaqiym turishdek mas'uliyatli ishda namoz va yaxshilik qilish ila oldinga yo`l ochishga undash bor.)
115
وَٱصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ١١٥
Sodiq
Va sabr qil. Bas, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.
116
فَلَوْلَا كَانَ مِنَ ٱلْقُرُونِ مِن قَبْلِكُمْ أُوْلُواْ بَقِيَّةٍ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْفَسَادِ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا قَلِيلًا مِّمَّنْ أَنجَيْنَا مِنْهُمْ ۗ وَٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مَآ أُتْرِفُواْ فِيهِ وَكَانُواْ مُجْرِمِينَ١١٦
Sodiq
Sizdan oldingi asrlarda yer yuzida fasoddan qaytaradigan boqiylik egalari bo`lganida edi. Magar Biz najot berganlar ozgina kishilar bo`ldi, xolos. Zulm qilganlar esa, maishat ortidan ketdilar va jinoyatchilardan bo`ldilar.
117
وَمَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا مُصْلِحُونَ١١٧
Sodiq
Robbing ahli islohchi bo`lgan shaharlarni zulm ila halok qilmas edi.
118
وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَجَعَلَ ٱلنَّاسَ أُمَّةً وَٰحِدَةً ۖ وَلَا يَزَالُونَ مُخْتَلِفِينَ١١٨
Sodiq
Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi. Ular ixtilof qilishda bardavom bo`lurlar.
119
إِلَّا مَن رَّحِمَ رَبُّكَ ۚ وَلِذَٰلِكَ خَلَقَهُمْ ۗ وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ١١٩
Sodiq
Robbing rahim qilganlaridan boshqalari. Ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla to`ldirurman», degan so`zi batamom bo`ldi.[1]
[1] Chunki ular turlicha yaratilganlar. Dinda ham ixtilof qiladilar. Magar Alloh rahm qilganlargina xilofsiz Allohning aytganlarida yuradilar. Jahannamni to`ldirish uchun ixtilof qilganlar yetarlicha topiladi.)
120
وَكُلًّا نَّقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۚ وَجَآءَكَ فِى هَٰذِهِ ٱلْحَقُّ وَمَوْعِظَةٌ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ١٢٠
Sodiq
Biz qalbingni sabotli qilish uchun senga Payg`ambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu(sura)da senga haq va mo`minlarga mav'iza hamda eslatma keldi.
121
وَقُل لِّلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ ٱعْمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنَّا عَٰمِلُونَ١٢١
Sodiq
Iymon keltirmaydiganlarga: «Imkoningiz bor amallarni qilavering, biz ham amal qiluvchilarmiz.
122
وَٱنتَظِرُوٓاْ إِنَّا مُنتَظِرُونَ١٢٢
Sodiq
Va intizor bo`linglar, biz ham muntazirmiz», deb ayt.
123
وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ١٢٣
Sodiq
Osmonlaru yerning g`aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g`ofil emasdir.[1]
[1] Intizor bo`lib kutilayotgan narsa g`aybdir. G`aybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning O`zi biladi, xolos.)