Sura 12
Yusuf
M
Yusuf
111 oyat |
Makka |
Sura 12 • Oyat 1 / 111 • Juz 126⁄8 • Sahifa 235
Yusuf
2
1
الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ١
Sodiq
Alif. Laam. Ro. Ushbular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
2
إِنَّآ أَنزَلْنَٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ٢
Sodiq
Biz uni arabiy Qur'on etib nozil qildik, shoyadki, aql ishlatsangiz.
3
نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ ٱلْقَصَصِ بِمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ وَإِن كُنتَ مِن قَبْلِهِۦ لَمِنَ ٱلْغَٰفِلِينَ٣
Sodiq
Biz senga ushbu Qur'onda vahiy qilgan narsamiz ila eng go`zal qissani hikoya qilurmiz. Agarchi undan oldin sen bundan bexabarlardan bo`lsang ham.
4
إِذْ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ إِنِّى رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِى سَٰجِدِينَ٤
Sodiq
Yusuf otasiga: «Ey otajonim, men o`n bitta yulduzni ham quyosh va oyni ko`rdim, ularning menga sajda qilayotganlarini ko`rdim», deganini esla.[1]
[1] Bu tushni ko`rganda Yusuf alayhissalom yosh bola edi. Odatda yosh bolalar bunchalar aniq va bashoratli tush ko`rmaydilar. Ya'qub alayhissalom kichik o`g`li Yusufdan ko`rgan tushini eshitib, shu gaplar xayolidan o`tdi. Bu tush ulug` kelajakdan bashorat ekanini angladi.)
5
قَالَ يَٰبُنَىَّ لَا تَقْصُصْ رُءْيَاكَ عَلَىٰٓ إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُواْ لَكَ كَيْدًا ۖ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لِلْإِنسَٰنِ عَدُوٌّ مُّبِينٌ٥
Sodiq
U: «Ey o`g`ilcham, tushingni akalaringga aytmagin. Yana, ular senga biror hiyla qilmasinlar. Albatta, shayton insonga ochiq-oydin dushmandir.
6
وَكَذَٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ ءَالِ يَعْقُوبَ كَمَآ أَتَمَّهَا عَلَىٰٓ أَبَوَيْكَ مِن قَبْلُ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ٦
Sodiq
Shunday qilib, Robbing seni tanlab oladi, senga tushlarning ta'birini o`rgatadi va senga va Ya'qub ahliga, xuddi otalaring Ibrohim va Is'hoqqa batamom qilganidek, O`z ne'matini batamom qilib beradi. Albatta, Robbing bilguvchi va hikmatli Zotdir», – dedi.[1]
[1] Allohning Payg`ambari bo`lmish Ya'qub alayhissalom o`g`li Yusuf ko`rgan tushni ana shunday ta'bir qilgan edi. Bu tush Yusufning kelajakda bobolari Ibrohim va Is'hoq alayhimussalomlar kabi payg`ambar bo`lishidan darak berar edi.)
7
۞لَّقَدْ كَانَ فِى يُوسُفَ وَإِخْوَتِهِۦٓ ءَايَٰتٌ لِّلسَّآئِلِينَ٧
Sodiq
Batahqiq, Yusuf va uning og`a-inilarida so`rovchilar uchun oyat-ibratlar bor edi.[1]
[1] Ya'ni, Yusuf va uning aka-ukalari qissasida ajoyib ibratli alomat-belgilar juda ham ko`pdir. Kim so`rasa, e'tibor bersa, diqqat bilan o`rgansa, kerakligicha va'z-nasihat, ibrat va o`rnak oladi.)
8
إِذْ قَالُواْ لَيُوسُفُ وَأَخُوهُ أَحَبُّ إِلَىٰٓ أَبِينَا مِنَّا وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّ أَبَانَا لَفِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٨
Sodiq
O`shanda ular: «Albatta, Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan ko`ra mahbubroqlar, holbuki, biz ko`pchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq-oydin adashuvdadir.[1]
[1] Ya'ni, Yusufning akalari ular o`n kishi bo`lib, onalari boshqa edi), otamiz bizdan ko`ra ukamiz Yusuf va uning ota-ona bir ukasi ikkovini yaxshi ko`radi, aslida ulardan ko`ra bizga ko`proq e'tibor berishi kerak edi, otamiz bu ishda adashmoqda, dedilar.)
9
ٱقْتُلُواْ يُوسُفَ أَوِ ٱطْرَحُوهُ أَرْضًا يَخْلُ لَكُمْ وَجْهُ أَبِيكُمْ وَتَكُونُواْ مِنۢ بَعْدِهِۦ قَوْمًا صَٰلِحِينَ٩
Sodiq
Yusufni o`ldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar, shunda otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Bundan keyin solih qavmdan bo`lib olasizlar», – dedilar.[1]
[1] Bu ularning o`zaro maslahatlari edi. Ular nima qilib bo`lsa ham, Yusufni yo`qotib, otalari faqat o`zlariga e'tibor berishi uchun harakatga tushib qoldilar. Shayton vasvasaga solganda shunday bo`ladi.)
10
قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ لَا تَقْتُلُواْ يُوسُفَ وَأَلْقُوهُ فِى غَيَٰبَتِ ٱلْجُبِّ يَلْتَقِطْهُ بَعْضُ ٱلسَّيَّارَةِ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ١٠
Sodiq
Ulardan bir so`zlovchi: «Yusufni o`ldirmanglar. Agar biron ish qilmoqchi bo`lsangiz, uni quduqning qa'riga tashlanglar, ba'zi yo`lovchilar olib ketadi», dedi.[1]
[1] Akalar gapni bir joyga qo`yib, rejani amalga oshirish uchun harakatga tushdilar. Borib, otalarini avray boshladilar.)
11
قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا مَا لَكَ لَا تَأْمَ۬نَّا عَلَىٰ يُوسُفَ وَإِنَّا لَهُۥ لَنَٰصِحُونَ١١
Sodiq
Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz.
12
أَرْسِلْهُ مَعَنَا غَدًا يَرْتَعْ وَيَلْعَبْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ١٢
Sodiq
Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, o`ynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.
13
قَالَ إِنِّى لَيَحْزُنُنِىٓ أَن تَذْهَبُواْ بِهِۦ وَأَخَافُ أَن يَأْكُلَهُ ٱلذِّئْبُ وَأَنتُمْ عَنْهُ غَٰفِلُونَ١٣
Sodiq
U: «Uni olib ketishingiz meni xafa qiladi. Siz undan g`ofil qolsangiz, uni bo`ri yeb ketishidan qo`rqaman», – dedi.[1]
[1] Uni sizlarga ishonib, qo`shib yubora olmayman, degan ma'nodagi so`zni yumshoqroq qilib aytdilar.)
14
قَالُواْ لَئِنْ أَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّآ إِذًا لَّخَٰسِرُونَ١٤
Sodiq
Ular: «Agar biz ko`pchilik bo`lib turib, uni bo`ri yeb ketsa, unda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da?!» – dedilar.
15
فَلَمَّا ذَهَبُواْ بِهِۦ وَأَجْمَعُوٓاْ أَن يَجْعَلُوهُ فِى غَيَٰبَتِ ٱلْجُبِّ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ لَتُنَبِّئَنَّهُم بِأَمْرِهِمْ هَٰذَا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ١٥
Sodiq
Uni olib ketib, quduq qa'riga tashlashga qaror qilganlarida, Biz unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, o`shanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik.[1]
[1] Nihoyat, Yusufning akalari o`zlarining mash'um niyatlariga yetdilar. Uni quduq qa'riga tashlash haqidagi qarorlarini amalga oshirdilar. Quduq qa'rida qalbi xavfga to`lib, o`limini kutib o`tirgan yosh Yusufga vahiy keldi Ya'ni, sen xafa bo`lma, qo`rqma ham, vaqti-soati kelib, akalaringga o`zingga qilgan xiyonatlarining xabarini berasan. O`shanda vaziyat shu darajada o`zgaradiki, akalaring seni tanimaydilar ham.)
16
وَجَآءُوٓ أَبَاهُمْ عِشَآءً يَبْكُونَ١٦
Sodiq
Kechqurun yig`lagan hollarida otalariga kelib:
17
قَالُواْ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّا ذَهَبْنَا نَسْتَبِقُ وَتَرَكْنَا يُوسُفَ عِندَ مَتَٰعِنَا فَأَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُؤْمِنٍ لَّنَا وَلَوْ كُنَّا صَٰدِقِينَ١٧
Sodiq
«Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, o`zimiz quvlashib ketsak, uni bo`ri yeb qo`yibdi. Agar rostgo`y bo`lsak ham, sen bizga ishonmassan», – dedilar.
18
وَجَآءُو عَلَىٰ قَمِيصِهِۦ بِدَمٍ كَذِبٍ ۚ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ وَٱللَّهُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ١٨
Sodiq
Va uning yolg`on qonga bo`yalgan ko`ylagini keltirdilar. U: «Yo`q! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab ko`rsatibdi. Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yo`q). Siz vasf qilayotgan narsada yordam so`raladigan Zot yolg`iz Allohning O`zi», – dedi.[1]
[1] O`g`illar otalarini ishontirish maqsadida Yusufning ko`ylagini yolg`ondan qonga bo`yab olib kelishdi. Ammo Allohning Payg`ambari Ya'qub alayhissalom gap nimada ekanini tushundilar. Yusufni bo`ri yemagani ham u kishiga ayon bo`ldi.)
19
وَجَآءَتْ سَيَّارَةٌ فَأَرْسَلُواْ وَارِدَهُمْ فَأَدْلَىٰ دَلْوَهُۥ ۖ قَالَ يَٰبُشْرَىٰ هَٰذَا غُلَٰمٌ ۚ وَأَسَرُّوهُ بِضَٰعَةً ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِمَا يَعْمَلُونَ١٩
Sodiq
Va yo`lovchilar kelib (quduqqa) suvchilarini yubordilar. Bas, u chelagini tashladi va: «Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!» – dedi. Uni tijorat moli sifatida yashirib qo`ydilar. Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.
20
وَشَرَوْهُ بِثَمَنٍ بَخْسٍ دَرَٰهِمَ مَعْدُودَةٍ وَكَانُواْ فِيهِ مِنَ ٱلزَّٰهِدِينَ٢٠
Sodiq
Va uni arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotdilar. Ular unga qiziqmagan edilar.[1]
[1] Yusufning hur inson ekanligi, nasli oshkor bo`lib qolsa, boshlariga nimalar kelishini yaxshi bilardilar. Shuning uchun tezroq sotishga harakat qildilar.)
21
وَقَالَ ٱلَّذِى ٱشْتَرَىٰهُ مِن مِّصْرَ لِٱمْرَأَتِهِۦٓ أَكْرِمِى مَثْوَىٰهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًا ۚ وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُۥ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ وَٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمْرِهِۦ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ٢١
Sodiq
Va uni Misrda sotib olgan (odam) o`z xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad, bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», – dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning ta'birini o`rgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qo`ydik. Alloh O`z ishida g`olibdir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.[1]
[1] Allohning tadbiri bo`lmasa, karvon qayoqdayu quduq qa'rida o`tirgan Yusuf qayoqda? Karvon to`xtamay, o`tib ketsa ham bo`laverardi. Ammo to`xtadi. Yusufni ko`rdi. Uni sotib, foyda qilishmoqchi ham bo`ldilar. Berkitib qo`yishmasa, birorta mahalliy odam uni ko`rib, Misrga bormay qolib ketishi ham mumkin edi. Lekin Alloh ularning ko`ngliga berkitib qo`yishni soldi. Uni Misrda sotib olgan kishining qalbida esa, mehr-shafqat uyg`otdi. Mana shunday qilib, uni eng yaxshi joyga joylashtirdi. Bu ham kelajakda bo`ladigan ulug` ishlar tomon bir qadam siljish edi.)
22
وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥٓ ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ٢٢
Sodiq
Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Go`zal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.
23
وَرَٰوَدَتْهُ ٱلَّتِى هُوَ فِى بَيْتِهَا عَن نَّفْسِهِۦ وَغَلَّقَتِ ٱلْأَبْوَٰبَ وَقَالَتْ هَيْتَ لَكَ ۚ قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ رَبِّىٓ أَحْسَنَ مَثْوَاىَ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ٢٣
Sodiq
U uyida bo`lgan ayol undan nafsini xohladi. Eshiklarni berkitib: «Bu yoqqa kel!» – dedi. U: «Alloh saqlasin! Axir, u joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta, zolimlar najot topmaslar», – dedi.[1]
[1] Ya'ni, bunday harom ishni qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Shuning uchun ham, axir u, ya'ni uy egasi — xotinning eri, joyimni yaxshilab bergan xo`jam-ku, dedi. Menga shuncha yaxshilik qilgan insonga xiyonat etib, xotinining gapiga kirib, fahsh ish qilamanmi? Agar shunday qiladigan bo`lsam, zolimlardan bo`laman.)
24
وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِۦ ۖ وَهَمَّ بِهَا لَوْلَآ أَن رَّءَا بُرْهَٰنَ رَبِّهِۦ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ ٱلسُّوٓءَ وَٱلْفَحْشَآءَ ۚ إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُخْلَصِينَ٢٤
Sodiq
Batahqiq, xotin unga intildi. U ham, agar Robbining burhon(hujjat)ini ko`rmaganida, u(xotin)ga intilar edi. Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik. Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdandir.
25
وَٱسْتَبَقَا ٱلْبَابَ وَقَدَّتْ قَمِيصَهُۥ مِن دُبُرٍ وَأَلْفَيَا سَيِّدَهَا لَدَا ٱلْبَابِ ۚ قَالَتْ مَا جَزَآءُ مَنْ أَرَادَ بِأَهْلِكَ سُوٓءًا إِلَّآ أَن يُسْجَنَ أَوْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٢٥
Sodiq
Eshik tomon chopishdi. Xotin uning ko`ylagini orqasidan yulib oldi. Eshik oldida u(xotin)ning xojasiga duch kelishdi. U(xotin): «Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», – dedi.[1]
[1] Xotinning eri kelib qoldi. Nima qilish kerak? Makkor xotin o`zini yo`qotmay, darhol hujumga o`tdi «Yusuf menga — sening ahlingga yomon niyat bilan hamla etdi, buzuqlik qilishni xohladi. Endi uning jazosi yoki qamoq, yoki alamli azob bo`lishi kerak», dedi.)
26
قَالَ هِىَ رَٰوَدَتْنِى عَن نَّفْسِى ۚ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّنْ أَهْلِهَآ إِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن قُبُلٍ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ٢٦
Sodiq
U: «Uning o`zi mening nafsimni xohladi», – dedi. U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning ko`ylagi old tomondan yirtilgan bo`lsa, bas, xotin rost aytibdir, u yolg`onchilardandir.
27
وَإِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٢٧
Sodiq
Agar uning ko`ylagi ort tomondan yirtilgan bo`lsa, bas, xotin yolg`on gapiribdir, u rostgo`ylardandir», – dedi.[1]
[1] Voqeani hech kim ko`rmagan. Faqatgina ko`ylak yirtilgan. Shunga qarab aniqlash mumkin. Agar ko`ylak old tomondan yirtilgan bo`lsa, Yusuf hamla qilgan, xotin esa, himoyalanish chog`ida ko`ylakning oldidan yirtib olgan bo`ladi. U holda xotinning da'vosi to`g`ri, Yusuf yolg`onchi bo`ladi. Agar ko`ylak ort tomondan yirtilgan bo`lsa, xotin hamla qilgan bo`ladi va qochayotgan Yusufni tutish uchun ortidan tashlanib, ko`ylakni yirtgan bo`ladi. U holda xotin yolg`on gapirgan, Yusuf esa, rostgo`y bo`ladi. Oqilona gap, odilona hukm.)
28
فَلَمَّا رَءَا قَمِيصَهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍ قَالَ إِنَّهُۥ مِن كَيْدِكُنَّ ۖ إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌ٢٨
Sodiq
Er uning ko`ylagining ort tomonidan yirtilganini ko`rgan paytda: «Albatta, bu (ish) siz xotinlarning makringizdir. Albatta, siz xotinlarning makri juda zo`rdir», – dedi.
29
يُوسُفُ أَعْرِضْ عَنْ هَٰذَا ۚ وَٱسْتَغْفِرِى لِذَنۢبِكِ ۖ إِنَّكِ كُنتِ مِنَ ٱلْخَاطِـِٔينَ٢٩
Sodiq
«Ey Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istig`for ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan bo`lding», – dedi.
30
۞وَقَالَ نِسْوَةٌ فِى ٱلْمَدِينَةِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ تُرَٰوِدُ فَتَىٰهَا عَن نَّفْسِهِۦ ۖ قَدْ شَغَفَهَا حُبًّا ۖ إِنَّا لَنَرَىٰهَا فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٣٠
Sodiq
Shahardagi ayollar: «Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qo`yib qolgan ekan-da! Biz u(ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», – deyishdi.
31
فَلَمَّا سَمِعَتْ بِمَكْرِهِنَّ أَرْسَلَتْ إِلَيْهِنَّ وَأَعْتَدَتْ لَهُنَّ مُتَّكَـًٔا وَءَاتَتْ كُلَّ وَٰحِدَةٍ مِّنْهُنَّ سِكِّينًا وَقَالَتِ ٱخْرُجْ عَلَيْهِنَّ ۖ فَلَمَّا رَأَيْنَهُۥٓ أَكْبَرْنَهُۥ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا هَٰذَا بَشَرًا إِنْ هَٰذَآ إِلَّا مَلَكٌ كَرِيمٌ٣١
Sodiq
U ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib o`tiradigan joy tayyorladi. Va har birlariga pichoq berdi. So`ngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» – dedi. Uni ko`rgan chog`larida lol qoldilar, qo`llarini kesdilar. Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o`zi-ku!» – deyishdi.[1]
[1] Yusuf mehmonlarning huzuriga chiqdi. Ayollar uning husnu jamolini ko`rib, boshlari aylanib, lol qoldilar, hayratga tushdilar va beixtiyor «Qo`llarini kesdilar». Ana shunda Azizning xotini ularni, Yusufning husnu jamoli oldida taajjub va hayrat ila lol bo`lganlarini ko`rib, o`zini g`olib sezdi. Endi u o`zini malomat qilgan ayollar ustidan kula boshladi.)
32
قَالَتْ فَذَٰلِكُنَّ ٱلَّذِى لُمْتُنَّنِى فِيهِ ۖ وَلَقَدْ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ فَٱسْتَعْصَمَ ۖ وَلَئِن لَّمْ يَفْعَلْ مَآ ءَامُرُهُۥ لَيُسْجَنَنَّ وَلَيَكُونًا مِّنَ ٱلصَّٰغِرِينَ٣٢
Sodiq
U: «Siz meni malomat qilgan narsa — shu. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u o`zini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta qamalur va xor bo`lguvchilardan bo`lur», – dedi.
33
قَالَ رَبِّ ٱلسِّجْنُ أَحَبُّ إِلَىَّ مِمَّا يَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ ۖ وَإِلَّا تَصْرِفْ عَنِّى كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُن مِّنَ ٱلْجَٰهِلِينَ٣٣
Sodiq
U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko`ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan O`zing nari qilmasang, ularga moyil bo`lib, johillardan bo`lib qolaman», – dedi.
34
فَٱسْتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ فَصَرَفَ عَنْهُ كَيْدَهُنَّ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٣٤
Sodiq
Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Uning O`zi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
35
ثُمَّ بَدَا لَهُم مِّنۢ بَعْدِ مَا رَأَوُاْ ٱلْـَٔايَٰتِ لَيَسْجُنُنَّهُۥ حَتَّىٰ حِينٍ٣٥
Sodiq
So`ngra, oyat-alomatlarni ko`rganlaridan keyin, ularga uni bir muddat qamashlari ayon bo`ldi.[1]
[1] Bo`lib o`tgan voqealardan so`ng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahliga Yusufning beayb ekanligi alomatlari zohir bo`lib, ko`zlari bilan ko`rganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon bo`ldi. Yusuf alayhissalomning boshlariga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.)
36
وَدَخَلَ مَعَهُ ٱلسِّجْنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَآ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَعْصِرُ خَمْرًا ۖ وَقَالَ ٱلْـَٔاخَرُ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِى خُبْزًا تَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِنْهُ ۖ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِۦٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ٣٦
Sodiq
U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi. Ulardan biri: «Men tushimda sharob tayyorlab yuribman», – dedi. Boshqasi esa: «Men boshimda non ko`tarib yuribman, qush undan yemoqda», – dedi. «Bizga buning ta'birini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz».
37
قَالَ لَا يَأْتِيكُمَا طَعَامٌ تُرْزَقَانِهِۦٓ إِلَّا نَبَّأْتُكُمَا بِتَأْوِيلِهِۦ قَبْلَ أَن يَأْتِيَكُمَا ۚ ذَٰلِكُمَا مِمَّا عَلَّمَنِى رَبِّىٓ ۚ إِنِّى تَرَكْتُ مِلَّةَ قَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ٣٧
Sodiq
U: «Men sizlarga rizq bo`ladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini berurman. Bu ish menga Robbim ta'lim bergan narsalardandir. Chunki, men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir bo`lgan qavmning millati(dini)ni tark etgan odamman.[1]
[1] Yusuf alayhissalom o`zlariga umid bilan qarab turgan ikki yigitga latofat bilan javob berdilar. Dastlab, ular tushunolmay qiynalayotgan jumboqni yechish oson ish ekanligiga ishora qildilar. So`ngra din haqida so`z ochdilar. U kishining aqidalari va da'vat qilayotgan dinlari boshqa dinlar qatori Allohga va oxirat kuniga iymon keltirishga asoslangan. Bu ikki unsur hamma payg`ambarlarning aqidasidir.)
38
وَٱتَّبَعْتُ مِلَّةَ ءَابَآءِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۚ مَا كَانَ لَنَآ أَن نُّشْرِكَ بِٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۚ ذَٰلِكَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ٣٨
Sodiq
Va otalarim Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubning millati (dini)ga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning ko`plari shukr qilmaslar.[1]
[1] Yusuf alayhissalom bu so`zlari bilan kufrni tark etibgina qolmay, hidoyat, iymon yo`liga yurish zarurligini ham qamoqdagi sheriklariga anglatmoqdalar. Ularni kufr millatini tashlab, iymon millatiga ergashishga da'vat qilmoqdalar.)
39
يَٰصَٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ ءَأَرْبَابٌ مُّتَفَرِّقُونَ خَيْرٌ أَمِ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ٣٩
Sodiq
Ey, hamzindon do`stlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolg`izu Qahhor Allohmi?
40
مَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ أَسْمَآءً سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوٓاْ إِلَّآ إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ٤٠
Sodiq
Sizlar undan o`zga, o`zingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O`ziga xosdir, U faqat O`zigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana o`sha to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.
41
يَٰصَٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ أَمَّآ أَحَدُكُمَا فَيَسْقِى رَبَّهُۥ خَمْرًا ۖ وَأَمَّا ٱلْـَٔاخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِن رَّأْسِهِۦ ۚ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ ٱلَّذِى فِيهِ تَسْتَفْتِيَانِ٤١
Sodiq
Ey, hamzindon do`stlarim, sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qiladir. Boshqasi bo`lsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi bo`lgan ish bitdi», – dedi.[1]
[1] Yusuf alayhissalom tush ta'birini aytishda juda rioya bilan, odob bilan ish tutdilar. Albatta, shuning o`zi ham ochiq-oydin ko`rsatib turibdiki, tushida sharob siqayotgan yigit yana borib, xo`jasi — podshoh saroyida soqiy bo`lib xizmat qilar ekan. Tushida boshida non ko`tarib yurgan, o`sha nondan qushlar kelib cho`qib yeyayotganini ko`rgan shaxs esa, osiladi va qushlar kelib, boshini yeydi.)
42
وَقَالَ لِلَّذِى ظَنَّ أَنَّهُۥ نَاجٍ مِّنْهُمَا ٱذْكُرْنِى عِندَ رَبِّكَ فَأَنسَىٰهُ ٱلشَّيْطَٰنُ ذِكْرَ رَبِّهِۦ فَلَبِثَ فِى ٱلسِّجْنِ بِضْعَ سِنِينَ٤٢
Sodiq
Va u o`zi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: «Xo`jang huzurida meni esga ol», – dedi. Shayton unga xo`jasiga eslatishni unuttirdi. Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi.[1]
[1] Yusuf alayhissalom ikki hamzindon do`stlariga tushlarining ta'birini aytib bo`lganlaridan so`ng, ulardan najot topadi, deb bilgan shaxsga, ya'ni soqiyga «Xo`jang huzurida meni esga ol», dedilar. Darhaqiqat, tushning ta'biri to`g`ri chiqdi. Haligi yigit qamoqdan ozod bo`lib, yana podshohga soqiylik qila boshladi. Ammo Yusuf alayhissalomning iltimosini bajo keltirmadi.)
43
وَقَالَ ٱلْمَلِكُ إِنِّىٓ أَرَىٰ سَبْعَ بَقَرَٰتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعَ سُنۢبُلَٰتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَٰتٍ ۖ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ أَفْتُونِى فِى رُءْيَٰىَ إِن كُنتُمْ لِلرُّءْيَا تَعْبُرُونَ٤٣
Sodiq
Podshoh: «Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurug`ini ko`rmoqdaman. Ey a'yonlar, agar tush ta'birini qiladigan bo`lsangiz, menga tushimning fatvosini bering», – dedi.[1]
[1] Misr podshohining «ko`rmoqdaman» deb aytishidan mazkur tushni bir emas, bir necha marta ko`rganligi ma'lum bo`ladi. U faqat shu tushni ko`raverganidan keyin a'yonlarini to`plab, ularga tushini aytgan va ta'bir qilishlarini so`ragan.)
44
قَالُوٓاْ أَضْغَٰثُ أَحْلَٰمٍ ۖ وَمَا نَحْنُ بِتَأْوِيلِ ٱلْأَحْلَٰمِ بِعَٰلِمِينَ٤٤
Sodiq
Ular: «Bu alg`ov-dalg`ov tushdir. Biz bunday tushlarning ta'birini biluvchi emasmiz», – dedilar.
45
وَقَالَ ٱلَّذِى نَجَا مِنْهُمَا وَٱدَّكَرَ بَعْدَ أُمَّةٍ أَنَاْ أُنَبِّئُكُم بِتَأْوِيلِهِۦ فَأَرْسِلُونِ٤٥
Sodiq
Va ikkisidan najot topgani ancha muddat o`tgandan so`ng xotirlab: «Buning ta'birining xabarini sizga men beraman. Meni yuboring», – dedi.[1]
[1] Ya'ni, Yusuf alayhissalom bilan qamoqda bo`lgan yigit bir necha yillar o`tgandan so`ng Yusufni va uning tush ta'biri bilimdoni ekanini xotirlab, meni Yusufning huzuriga yuboring, dedi.)
46
يُوسُفُ أَيُّهَا ٱلصِّدِّيقُ أَفْتِنَا فِى سَبْعِ بَقَرَٰتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعِ سُنۢبُلَٰتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَٰتٍ لَّعَلِّىٓ أَرْجِعُ إِلَى ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَعْلَمُونَ٤٦
Sodiq
U: «Yusuf, ey, rostgo`y zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganining va yettita yashil boshoqning va shuncha qurug`ining ta'birini ayt. Shoyadki, odamlarga qaytib borsam, ular ham bilsalar», – dedi.
47
قَالَ تَزْرَعُونَ سَبْعَ سِنِينَ دَأَبًا فَمَا حَصَدتُّمْ فَذَرُوهُ فِى سُنۢبُلِهِۦٓ إِلَّا قَلِيلًا مِّمَّا تَأْكُلُونَ٤٧
Sodiq
U: «Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yig`ishtirib olgan hosilingizni boshog`ida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni (qoldirmasangiz ham bo`lur).[1]
[1] Ya'ni, podshoh tushida ko`rgan yettita semiz sigir va yashil boshoqning ta'biri shulki, yetti yil juda serhosil keladi. Hosil to`playsizlar. O`shanda to`plagan hosillaringizni boshog`ida qoldiring. Yaxshi saqlanadi. Chirimaydi, qurt-qumursqalar teshib ketolmaydi. Faqat o`zingiz uchun yeyishga yarashasini olsangiz, bo`laveradi.)
48
ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ سَبْعٌ شِدَادٌ يَأْكُلْنَ مَا قَدَّمْتُمْ لَهُنَّ إِلَّا قَلِيلًا مِّمَّا تُحْصِنُونَ٤٨
Sodiq
So`ngra, undan keyin yettita shiddatli (yil) kelur, ular oldindan tayyorlab qo`yganingizni yeydilar. Magar, ozgina asrab qo`yganingizgina qolur.[1]
[1] Cerhosil yetti yildan keyin qahatchilik yillari keladi. Podshohning tushidagi yetti oriq sigir va quruq boshoq shunga ishorat. O`sha yetti shiddatli, qahatchilik yili o`zidan oldingi yetti serobchilik yilini yeydi.)
49
ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَامٌ فِيهِ يُغَاثُ ٱلنَّاسُ وَفِيهِ يَعْصِرُونَ٤٩
Sodiq
So`ngra, undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinurlar va unda (mevalarni) siqurlar», – dedi.[1]
[1] Bu oyatda kelayotgan bashorat podshohning tushidan tashqaridadir. Ya'ni, Misr podshohi ko`rgan tushda bunday yilga ta'bir qilinadigan ishora yo`q. Bu keyingisi Yusuf alayhissalomning payg`ambarlik mo`'jizalaridir.)
50
وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُ ٱلرَّسُولُ قَالَ ٱرْجِعْ إِلَىٰ رَبِّكَ فَسْـَٔلْهُ مَا بَالُ ٱلنِّسْوَةِ ٱلَّٰتِى قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ ۚ إِنَّ رَبِّى بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ٥٠
Sodiq
Podshoh: «Uni menga keltiringlar», – dedi. Unga elchi kelgan paytda: «Xo`jang huzuriga qaytib bor va undan qo`llarini kesgan xotinlarning holi nima bo`lganini so`ra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», – dedi.
51
قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَٰوَدتُّنَّ يُوسُفَ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ قُلْنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِن سُوٓءٍ ۚ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْـَٰٔنَ حَصْحَصَ ٱلْحَقُّ أَنَاْ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٥١
Sodiq
U: «Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» – dedi. Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», – dedilar. Azizning xotini: «Endi haqiqat zohir bo`ldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir», – dedi.
52
ذَٰلِكَ لِيَعْلَمَ أَنِّى لَمْ أَخُنْهُ بِٱلْغَيْبِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى كَيْدَ ٱلْخَآئِنِينَ٥٢
Sodiq
Bu, men unga yo`g`ida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh xoinlarning makrini to`g`rilikka yo`llamasligini bilishi uchundir.
53
۞ وَمَآ أُبَرِّئُ نَفْسِىٓ ۚ إِنَّ ٱلنَّفْسَ لَأَمَّارَةُۢ بِٱلسُّوٓءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى غَفُورٌ رَّحِيمٌ٥٣
Sodiq
Va o`z nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahim qilmasa, yomonlikka undovchidir. Albatta, Robbim mag`firatli va bilguvchi Zotdir», – dedi.
54
وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦٓ أَسْتَخْلِصْهُ لِنَفْسِى ۖ فَلَمَّا كَلَّمَهُۥ قَالَ إِنَّكَ ٱلْيَوْمَ لَدَيْنَا مَكِينٌ أَمِينٌ٥٤
Sodiq
Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni o`zimga xos kishilardan qilib olaman», – dedi. U bilan gaplashganda esa: «Albatta, sen bugungi kunda huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», – dedi.[1]
[1] Podshohga Yusuf alayhissalomning pok ekanliklari ma'lum bo`lganidan so`ng, uni qamoqdan chiqarib olib kelishni va u zotni o`ziga xos kishilardan qilib olishini aytdi.)
55
قَالَ ٱجْعَلْنِى عَلَىٰ خَزَآئِنِ ٱلْأَرْضِ ۖ إِنِّى حَفِيظٌ عَلِيمٌ٥٥
Sodiq
U: «Meni yerning xazinalari ustiga qo`y. Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», – dedi.[1]
[1] Yusuf alayhissalom podshohga, men xazinani qanday muhofaza qilish — saqlash va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedilar. Tush ta'biriga ko`ra, Misr o`lkasi kelajakda xuddi shunday sifatlarni mujassam qilgan odamga muhtoj edi.)
56
وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ يَتَبَوَّأُ مِنْهَا حَيْثُ يَشَآءُ ۚ نُصِيبُ بِرَحْمَتِنَا مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ٥٦
Sodiq
Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni o`zi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. O`z rahmatimizni, kimni xohlasak, o`shanga muyassar eturmiz va go`zal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz.
57
وَلَأَجْرُ ٱلْـَٔاخِرَةِ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ٥٧
Sodiq
Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq bo`lur.
58
وَجَآءَ إِخْوَةُ يُوسُفَ فَدَخَلُواْ عَلَيْهِ فَعَرَفَهُمْ وَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ٥٨
Sodiq
Yusufning og`a-inilari keldilar va uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi. Ular esa, uni tanimadilar.[1]
[1] Yusuf alayhissalomning husni tadbirlari va Alloh bergan imkonlarni ishga solishlari Misr ahli qahatchilikdan katta zarar ko`rmadi. Hatto boshqa o`lkalar ulardan oziq-ovqat so`rab kela boshladi. Misrda oziq-ovqat serobligini eshitib, Yusuf alayhissalomning og`a-inilari ham shu yoqqa kelishdi.)
59
وَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ قَالَ ٱئْتُونِى بِأَخٍ لَّكُم مِّنْ أَبِيكُمْ ۚ أَلَا تَرَوْنَ أَنِّىٓ أُوفِى ٱلْكَيْلَ وَأَنَاْ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ٥٩
Sodiq
Ularning jihozlarini yuklagan vaqtda: «Mening huzurimga ota bir iningizni olib keling. Ko`rayapsizlarmi? Men o`lchovni to`la qilmoqdaman va men eng yaxshi mezbonman.
60
فَإِن لَّمْ تَأْتُونِى بِهِۦ فَلَا كَيْلَ لَكُمْ عِندِى وَلَا تَقْرَبُونِ٦٠
Sodiq
Agar uni huzurimga olib kelmasangiz, unda sizga mening dargohimda o`lchab berish yo`q va menga yaqin ham kelmanglar», – dedi.[1]
[1] Yusuf alayhissalom ularga so`ragan narsalarini — oziq-ovqatni ham berdilar. Jo`nab ketishlaridan oldin mollarini yuklash, yo`lga tayyorgarlik ko`rish paytida, yanagi safar ota bir inilarini ham olib kelishni tayinladilar.)
61
قَالُواْ سَنُرَٰوِدُ عَنْهُ أَبَاهُ وَإِنَّا لَفَٰعِلُونَ٦١
Sodiq
Ular: «Uni otasidan so`rab olib kelishga urinamiz. Biz buni, albatta, qiluvchimiz», – dedilar.
62
وَقَالَ لِفِتْيَٰنِهِ ٱجْعَلُواْ بِضَٰعَتَهُمْ فِى رِحَالِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَعْرِفُونَهَآ إِذَا ٱنقَلَبُوٓاْ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ٦٢
Sodiq
U o`z yigitlariga: «Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qo`yinglar. Shoyad, ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar», – dedi.
63
فَلَمَّا رَجَعُوٓاْ إِلَىٰٓ أَبِيهِمْ قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا مُنِعَ مِنَّا ٱلْكَيْلُ فَأَرْسِلْ مَعَنَآ أَخَانَا نَكْتَلْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ٦٣
Sodiq
Otalari huzuriga qaytib borganlarida: «Ey otamiz, bizga o`lchab berish man etildi. Biz bilan inimizni yubor, o`lchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.
64
قَالَ هَلْ ءَامَنُكُمْ عَلَيْهِ إِلَّا كَمَآ أَمِنتُكُمْ عَلَىٰٓ أَخِيهِ مِن قَبْلُ ۖ فَٱللَّهُ خَيْرٌ حَٰفِظًا ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ٦٤
Sodiq
U: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning O`zi eng yaxshi muhofazachi va Uning O`zi rahimlilarning eng rahimligidir», – dedi.
65
وَلَمَّا فَتَحُواْ مَتَٰعَهُمْ وَجَدُواْ بِضَٰعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ ۖ قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا مَا نَبْغِى ۖ هَٰذِهِۦ بِضَٰعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا ۖ وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍ ۖ ذَٰلِكَ كَيْلٌ يَسِيرٌ٦٥
Sodiq
Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining o`zlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz o`zimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) o`lchovi olamiz. Bu ozgina o`lchovdir», – dedilar.
66
قَالَ لَنْ أُرْسِلَهُۥ مَعَكُمْ حَتَّىٰ تُؤْتُونِ مَوْثِقًا مِّنَ ٱللَّهِ لَتَأْتُنَّنِى بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يُحَاطَ بِكُمْ ۖ فَلَمَّآ ءَاتَوْهُ مَوْثِقَهُمْ قَالَ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌ٦٦
Sodiq
U: «Toki menga, albatta huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor siz ila yubormasman. Magar (halokatga) o`ralib qolsangiz, boshqa gap», – dedi. Unga vasiyqalarini berganlarida, u: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», – dedi.
67
وَقَالَ يَٰبَنِىَّ لَا تَدْخُلُواْ مِنۢ بَابٍ وَٰحِدٍ وَٱدْخُلُواْ مِنْ أَبْوَٰبٍ مُّتَفَرِّقَةٍ ۖ وَمَآ أُغْنِى عَنكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَعَلَيْهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ٦٧
Sodiq
U: «Ey o`g`illarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman. Hukm qilish faqat Allohning O`ziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», – dedi.[1]
[1] Ya'qub alayhissalom o`g`illariga manzilga yetganlarida shaharga bir eshikdan emas, bo`linib, turli eshiklardan kirishlarini nasihat qildilar. U zot Allohning belgilagan taqdirini o`zgartirib bo`lmasligini yaxshi bilar edilar.)
68
وَلَمَّا دَخَلُواْ مِنْ حَيْثُ أَمَرَهُمْ أَبُوهُم مَّا كَانَ يُغْنِى عَنْهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ إِلَّا حَاجَةً فِى نَفْسِ يَعْقُوبَ قَضَىٰهَا ۚ وَإِنَّهُۥ لَذُو عِلْمٍ لِّمَا عَلَّمْنَٰهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ٦٨
Sodiq
Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar, Ya'qubning ko`nglidagi ehtiyoj bo`lib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz ta'lim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin ko`pchilik odamlar bilmaslar.[1]
[1] Ya'ni, o`g`illar ko`zlagan manzilga yetib borganlarida otalari nasihatiga amal qilib, hammalari bir eshikdan emas, turli-turli eshiklardan kirdilar. Alloh taqdir qilgan narsa bir eshikdan kirsalar ham, turli eshikdan kirsalar ham, albatta, bo`lardi. Buni Ya'qub alayhissalomning o`zlari ham yaxshi bilardilar. Ammo shunga qaramay, o`g`illariga turli eshiklardan kirishni nasihat qilishlari «Ya'qubning ko`nglidagi ehtiyoj bo`lib, uni qondirdi, xolos». Ya'ni, ko`ngliga bir aytib qo`yish tushib, aytib qo`ydi, xolos. Bu yerda boshqa hech qanday sir-asror yo`q. Gapni ko`paytirishning ham hojati yo`q. Bu haqiqatlarni Ya'qub alayhissalomning o`zi juda yaxshi biladi.)
69
وَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَخَاهُ ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَنَاْ أَخُوكَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ٦٩
Sodiq
Yusufning oldiga kirganlarida, u inisini o`ziga yaqin joylashtirdi va: «Men akangman, ular qilgan narsalardan xafa bo`lma», – dedi.[1]
[1] Ular Yusuf alayhissalomning huzurlariga kirgan vaqtlarida, u zot mehmonlarni yana yaxshi kutib oldilar. Kichik ukalarini yonlariga olib, boshqalariga bildirmay, «Men akangman», deb o`zlarini tanitdilar.)
70
فَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ جَعَلَ ٱلسِّقَايَةَ فِى رَحْلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا ٱلْعِيرُ إِنَّكُمْ لَسَٰرِقُونَ٧٠
Sodiq
Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qo`ydi. So`ngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar o`g`ridirsizlar», deb jar soldi.[1]
[1] Ya'ni, Yusuf alayhissalom og`a-inilarining jihozlarini hozirlayotgan xodimlariga aytib, kichik ukasining yukiga bir suv idish qo`shtirib qo`ydilar. Ular jo`nab ketganlaridan so`ng, orqalaridan bir odam yuborib, ularni o`g`rilikda aybladi.)
71
قَالُواْ وَأَقْبَلُواْ عَلَيْهِم مَّاذَا تَفْقِدُونَ٧١
Sodiq
Ular (ortlaridan kelganlarga) qarab: «Nima yo`qotdingiz?» – dedilar.[1]
[1] Demak, karvon ortidan faqat ovoz chiqarib jar solgan kishi emas, boshqalar ham borgan ekan. Og`a-inilar ularga qarab turib «Nima yo`qotdingiz?» dedilar.)
72
قَالُواْ نَفْقِدُ صُوَاعَ ٱلْمَلِكِ وَلِمَن جَآءَ بِهِۦ حِمْلُ بَعِيرٍ وَأَنَاْ بِهِۦ زَعِيمٌ٧٢
Sodiq
Ular: «Podshohning idishini yo`qotdik. Uni keltirgan kishiga bir tuya yuk. Men unga kafilman», – dedi.[1]
[1] Ya'ni, xizmatkorlardan biri hammaning nomidan yuqoridagi gaplarni aytdi. Lekin karvondagilar o`zlarining aybsiz ekanliklariga ishonchlari komil edi.)
73
قَالُواْ تَٱللَّهِ لَقَدْ عَلِمْتُم مَّا جِئْنَا لِنُفْسِدَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كُنَّا سَٰرِقِينَ٧٣
Sodiq
Ular: «Allohga qasamki, o`zingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod uchun kelgan emasmiz, biz o`g`rilar bo`lgan emasmiz», – dedilar.
74
قَالُواْ فَمَا جَزَٰٓؤُهُۥٓ إِن كُنتُمْ كَٰذِبِينَ٧٤
Sodiq
Ular: «Agar yolg`onchi bo`lib chiqsangiz, jazosi nima?» – dedilar.
75
قَالُواْ جَزَٰٓؤُهُۥ مَن وُجِدَ فِى رَحْلِهِۦ فَهُوَ جَزَٰٓؤُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ٧٥
Sodiq
Ular: «Uning jazosi, kimning yukida topilsa, o`shadir. Bas, uning jazosi o`shadir. Zolimni shunday jazolaymiz», – dedilar.[1]
[1] Ya'ni, bizning qonun-qoidamiz bo`yicha, o`g`irlangan narsa kimning yukidan chiqsa, o`sha odam jazolanadi, dedilar.)
76
فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَآءِ أَخِيهِ ثُمَّ ٱسْتَخْرَجَهَا مِن وِعَآءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِى دِينِ ٱلْمَلِكِ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍ مَّن نَّشَآءُ ۗ وَفَوْقَ كُلِّ ذِى عِلْمٍ عَلِيمٌ٧٦
Sodiq
U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. So`ngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U, podshohning dini bo`yicha inisini olib qola olmas edi. Magar, Alloh xohlasagina, bo`lishi mumkin edi. Kimni xohlasak, o`shaning darajasini ko`taramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor.[1]
[1] Misr podshohining qonuni o`g`riga boshqa jazo berardi, uni olib qolish mumkin emas edi. Shuning uchun og`a-inilarning e'tirof qildirib, Ya'qub alayhissalom dini hukmi bo`yicha amal qilishga — o`g`rini olib qolishga yo`l ochildi.)
77
۞قَالُوٓاْ إِن يَسْرِقْ فَقَدْ سَرَقَ أَخٌ لَّهُۥ مِن قَبْلُ ۚ فَأَسَرَّهَا يُوسُفُ فِى نَفْسِهِۦ وَلَمْ يُبْدِهَا لَهُمْ ۚ قَالَ أَنتُمْ شَرٌّ مَّكَانًا ۖ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَصِفُونَ٧٧
Sodiq
Ular: «Agar bu o`g`irlagan bo`lsa, bundan oldin uning akasi ham o`g`irlagan edi», – dedilar. Yusuf buni ko`ngliga tugib qo`ydi, ularga oshkor qilmadi. U: «O`zingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan narsani yaxshi bilguvchi Zotdir», – dedi.[1]
[1] Ular o`zlarini oqlash uchun navbatdagi yolg`onni gapirdilar. Endi Yusuf alayhissalomning o`zlariga u kishi va ukalari haqida yolg`on to`qimoqdalar. Ular, kichik o`gay uka o`g`rilik qilgan bo`lsa, bu ajablanarli emas, uning tug`ishgan akasi ham oldin o`g`rilik qilgan edi, bu ish ularning tabiatida bor o`zi, deyishmoqchi.)
78
قَالُواْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ إِنَّ لَهُۥٓ أَبًا شَيْخًا كَبِيرًا فَخُذْ أَحَدَنَا مَكَانَهُۥٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ٧٨
Sodiq
Ular: «Ey Aziz, buning katta yoshli chol otasi bor. Bas, birimizni uning o`rniga ol. Biz sening yaxshilik qiluvchilardan ekanligingni ko`rmoqdamiz», – dedilar.
79
قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ أَن نَّأْخُذَ إِلَّا مَن وَجَدْنَا مَتَٰعَنَا عِندَهُۥٓ إِنَّآ إِذًا لَّظَٰلِمُونَ٧٩
Sodiq
U: «Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan bo`lib qolamiz», – dedi.[1]
[1] Boshqa o`rinlarda bo`lgani kabi, bu safar ham Yusuf alayhissalom nozik iboralarni ishlatib, hech kimning haqqiga nojo`ya gap aytmadilar. «O`g`rining» yo «aybdorning o`rniga» demasdan, «narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin», deya marhamat qildilar.)
80
فَلَمَّا ٱسْتَيْـَٔسُواْ مِنْهُ خَلَصُواْ نَجِيًّا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُوٓاْ أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُم مَّوْثِقًا مِّنَ ٱللَّهِ وَمِن قَبْلُ مَا فَرَّطتُمْ فِى يُوسُفَ ۖ فَلَنْ أَبْرَحَ ٱلْأَرْضَ حَتَّىٰ يَأْذَنَ لِىٓ أَبِىٓ أَوْ يَحْكُمَ ٱللَّهُ لِى ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ٨٠
Sodiq
Undan umidni uzgan chog`larida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U, hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir.
81
ٱرْجِعُوٓاْ إِلَىٰٓ أَبِيكُمْ فَقُولُواْ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّ ٱبْنَكَ سَرَقَ وَمَا شَهِدْنَآ إِلَّا بِمَا عَلِمْنَا وَمَا كُنَّا لِلْغَيْبِ حَٰفِظِينَ٨١
Sodiq
Otangiz oldiga qaytinglar, bas, unga:«Ey otamiz, haqiqatda o`g`ling o`g`rilik qildi. Biz faqat o`zimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz g`aybni biluvchi emas edik.
82
وَسْـَٔلِ ٱلْقَرْيَةَ ٱلَّتِى كُنَّا فِيهَا وَٱلْعِيرَ ٱلَّتِىٓ أَقْبَلْنَا فِيهَا ۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ٨٢
Sodiq
Biz bo`lgan shahardan so`ra va u yerda biz uchragan karvondan so`ra, biz, albatta, rostgo`ylardanmiz, denglar», dedi.[1]
[1] Og`a-inilarning kattasi bo`lib o`tgan voqeadan keyin mas'uliyatni his etdi. Otasi oldiga qaytib borishga jur'at qila olmadi. Otam aybimni kechib, huzuriga borishimga ruxsat bermaguncha yoki Alloh taoloning O`zi bu haqda biror hukm chiqarmaguncha Misrdan hech qayerga qimirlamayman. Otamga va'da bergan edik. U rozi bo`lib, o`zi ruxsat bersa yo Alloh bir hukm chiqarsa, yurtimizga qaytishim mumkin. Sizlar, ey ukalarim, yurtimizga qaytib boringlar va otamizga bo`lib o`tgan voqeani aytib beringlar, deb oyatda kelgan gaplarni o`rgatdi.)
83
قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِيَنِى بِهِمْ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ٨٣
Sodiq
U: «Yo`q, sizga havoyi nafsingiz bir ishni yaxshi ko`rsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi.[1]
[1] Ya'qub alayhissalom xuddi shu gapni Yusuf alayhissalomni yo`qotgan kunlarida ham aytgan edilar. Endi yillar o`tib, kichik o`g`lini yo`qotgan kuni ham shu gapni takrorladilar, ketidan Alloh taoloning marhamatidan umid uzmaganlarini bildirib qo`ydilar.)
84
وَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰٓأَسَفَىٰ عَلَىٰ يُوسُفَ وَٱبْيَضَّتْ عَيْنَاهُ مِنَ ٱلْحُزْنِ فَهُوَ كَظِيمٌ٨٤
Sodiq
Va ulardan yuz o`girdi hamda: «Oh, Yusuf!» deb ko`zlariga oq tushdi. Bas, u dardini yutuvchidir.
85
قَالُواْ تَٱللَّهِ تَفْتَؤُاْ تَذْكُرُ يُوسُفَ حَتَّىٰ تَكُونَ حَرَضًا أَوْ تَكُونَ مِنَ ٱلْهَٰلِكِينَ٨٥
Sodiq
Ular: «Allohga qasamki, toki madordan ketguningcha yoki halok bo`luvchilardan bo`lguningcha, Yusufni zikr qilaverasan», dedilar.[1]
[1] Ya'ni, yo`q bo`lib ketgan Yusufni eslayverib, holdan toyasan yoki bir yo`la halok bo`lasan, deyishdi.)
86
قَالَ إِنَّمَآ أَشْكُواْ بَثِّى وَحُزْنِىٓ إِلَى ٱللَّهِ وَأَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ٨٦
Sodiq
U: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O`ziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilurman.
87
يَٰبَنِىَّ ٱذْهَبُواْ فَتَحَسَّسُواْ مِن يُوسُفَ وَأَخِيهِ وَلَا تَاْيْـَٔسُواْ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يَاْيْـَٔسُ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْكَٰفِرُونَ٨٧
Sodiq
Ey o`g`illarim, boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlanglar, Allohning rahmatidan noumid bo`lmanglar. Haqiqatan, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid bo`lurlar», dedi.
88
فَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَيْهِ قَالُواْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا ٱلضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَٰعَةٍ مُّزْجَىٰةٍ فَأَوْفِ لَنَا ٱلْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَجْزِى ٱلْمُتَصَدِّقِينَ٨٨
Sodiq
Uning huzuriga kirganlarida: «Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga o`lchovni to`liq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa qiluvchilarni mukofotlaydir», dedilar.[1]
[1] Gaplaridan ko`rinib turibdiki, ularning ahvoli og`ir. Avvalgidek bor narsalarini oziq-ovqatga almashtirishga imkonlari ham qolmagan. Olib kelgan mollari juda arzimas. Sadaqaga muhtojlar. Avvalgi gerdayishlaridan asar ham yo`q.)
89
قَالَ هَلْ عَلِمْتُم مَّا فَعَلْتُم بِيُوسُفَ وَأَخِيهِ إِذْ أَنتُمْ جَٰهِلُونَ٨٩
Sodiq
U: «Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» – dedi.[1]
[1] Shunda akalarining ko`z-quloqlari yalt etib ochildi. Ko`zlari Aziz siymosida Yusufni ko`rdi, quloqlari uning ovozini eshitdi.)
90
قَالُوٓاْ أَءِنَّكَ لَأَنتَ يُوسُفُ ۖ قَالَ أَنَاْ يُوسُفُ وَهَٰذَآ أَخِى ۖ قَدْ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّهُۥ مَن يَتَّقِ وَيَصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ٩٠
Sodiq
Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» – dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat ko`rsatdi. Haqiqatan, kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, go`zal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay», dedi.
91
قَالُواْ تَٱللَّهِ لَقَدْ ءَاثَرَكَ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَإِن كُنَّا لَخَٰطِـِٔينَ٩١
Sodiq
Ular: «Allohga qasamki, haqiqatan, Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan bo`ldik», dedilar.[1]
[1] Og`alar bor haqiqatni e'tirof qildilar, xato qilganlarini ham tan oldilar.)
92
قَالَ لَا تَثْرِيبَ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ ۖ يَغْفِرُ ٱللَّهُ لَكُمْ ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ٩٢
Sodiq
U: «Bugungi kunda sizlarni ayblash yo`q. Sizlarni Alloh mag`firat qilgay. U rahim qilguvchilarning rahimlirog`idir», dedi.[1]
[1] O`tgan ishga salovot. Bugun sizni birov ayblamoqchi emas, uyaltirmoqchi ham emas. Gunohlarni kechiruvchi Allohning O`zi.)
93
ٱذْهَبُواْ بِقَمِيصِى هَٰذَا فَأَلْقُوهُ عَلَىٰ وَجْهِ أَبِى يَأْتِ بَصِيرًا وَأْتُونِى بِأَهْلِكُمْ أَجْمَعِينَ٩٣
Sodiq
«Mening mana bu ko`ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, ko`zi ochilur. So`ngra, ahlingiz ila jam bo`lib huzurimga kelinglar».[1]
[1] Ajablanishga hech hojat yo`q. Avvalo, Ya'qub alayhissalom ham, Yusuf alayhissalom ham Allohning payg`ambarlari, oralarida mo`'jiza bo`lib, bir ko`ylak sababli dardga shifo yetishi g`aroyib ish emas.)
94
وَلَمَّا فَصَلَتِ ٱلْعِيرُ قَالَ أَبُوهُمْ إِنِّى لَأَجِدُ رِيحَ يُوسُفَ ۖ لَوْلَآ أَن تُفَنِّدُونِ٩٤
Sodiq
Karvon yo`lga chiqqan vaqtda otalari: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi.[1]
[1] Ya'ni, Yusufning ko`ylagini olgan karvon yo`lga chiqib, Misrdan jo`nab ketgan vaqtda Ya'qub alayhissalom huzuridagilarga yuqoridagi gaplarni aytdilar. Yusufning hidi Ya'qub alayhissalomga qanday yetib borganini Allohning O`zi biladi. Lekin u kishining gaplariga oldilarida turganlar ishonmadilar.)
95
قَالُواْ تَٱللَّهِ إِنَّكَ لَفِى ضَلَٰلِكَ ٱلْقَدِيمِ٩٥
Sodiq
Ular: «Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasan», dedilar.[1]
[1] Ya'ni, yo`q bo`lib ketgan Yusufdan hali ham umidvorsan-a, dedilar. Lekin ish boshqacha bo`lib chiqdi.)
96
فَلَمَّآ أَن جَآءَ ٱلْبَشِيرُ أَلْقَىٰهُ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ فَٱرْتَدَّ بَصِيرًا ۖ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ٩٦
Sodiq
Xushxabarchi kelgan chog`ida, u(ko`ylak)ni uning yuziga tashlaganida, yana ko`radigan bo`ldi. U: «Sizlarga men Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?!» – dedi.
97
قَالُواْ يَٰٓأَبَانَا ٱسْتَغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَآ إِنَّا كُنَّا خَٰطِـِٔينَ٩٧
Sodiq
Ular: «Ey otamiz, gunohlarimiz uchun istig`for ayt. Albatta, biz xatokorlardan bo`lgan ekanmiz», dedilar.
98
قَالَ سَوْفَ أَسْتَغْفِرُ لَكُمْ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ٩٨
Sodiq
U: «Sizlar uchun Robbimga hali istig`for ayturman. Albatta, Uning O`zi mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», dedi.[1]
[1] Shundan so`ng hammalari Ya'qub alayhissalom boshchiliklarida yurtlari Kan'ondan Misrga qarab yo`lga tushdilar. Qur'oni Karim ularning safarlari haqida hech narsa demaydi. Balki so`zni ular Yusuf alayhissalom huzurlariga kirishlari sahnasidan ulab ketadi.)
99
فَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَبَوَيْهِ وَقَالَ ٱدْخُلُواْ مِصْرَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ٩٩
Sodiq
Yusuf huzuriga kirgan chog`larida u otasi va onasini o`ziga yaqinlashtirdi va: «Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!» – dedi.
100
وَرَفَعَ أَبَوَيْهِ عَلَى ٱلْعَرْشِ وَخَرُّواْ لَهُۥ سُجَّدًا ۖ وَقَالَ يَٰٓأَبَتِ هَٰذَا تَأْوِيلُ رُءْيَٰىَ مِن قَبْلُ قَدْ جَعَلَهَا رَبِّى حَقًّا ۖ وَقَدْ أَحْسَنَ بِىٓ إِذْ أَخْرَجَنِى مِنَ ٱلسِّجْنِ وَجَآءَ بِكُم مِّنَ ٱلْبَدْوِ مِنۢ بَعْدِ أَن نَّزَغَ ٱلشَّيْطَٰنُ بَيْنِى وَبَيْنَ إِخْوَتِىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى لَطِيفٌ لِّمَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ١٠٠
Sodiq
Ota-onasini taxtga ko`tardi. Ular unga sajda qilib yiqildilar. U: «Ey otajon, bu avval ko`rgan tushimning ta'biridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan so`ng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, o`shanga latiyfdir. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi.[1]
[1] Bu oyati karimada uzoq ayriliqdan so`ng diydor topishib, so`rashib bo`lganlaridan keyingi holatlarning tasviri keltirilmoqda. Bu hol qanday bo`lganini Allohning O`zi biladi. Ammo qadimgi tafsirchilarimiz bu haqda turli fikrlar aytganlar. Ba'zilari, salom ma'nosida boshlarini bir oz egdilar, deydilar. Boshqalari, berilgan bu ne'mat uchun Allohga shukr sajdasi qildilar, deydilar. Yana birlari, o`sha vaqtda kattalarning oyog`iga yiqilib sajda qilish bor edi, lekin Islom shariatida bekor qilingan, degan fikrni aytganlar.)
101
۞رَبِّ قَدْ ءَاتَيْتَنِى مِنَ ٱلْمُلْكِ وَعَلَّمْتَنِى مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَنتَ وَلِىِّۦ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ تَوَفَّنِى مُسْلِمًا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّٰلِحِينَ١٠١
Sodiq
«Ey Robbim, haqiqatan, menga mulk berding va menga tushlarning ta'birini o`rgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo`shgin.»[1]
[1] Ushbu oyatda Yusuf alayhissalom Alloh taologa ne'matlarini bergani uchun shukrlar aytish bilan birga oxiratning ne'matini ham berishini so`ramoqdalar.)
102
ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۖ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ أَجْمَعُوٓاْ أَمْرَهُمْ وَهُمْ يَمْكُرُونَ١٠٢
Sodiq
Bu g`ayb xabarlardan bo`lib, uni senga vahiy qilmoqdamiz. Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida bo`lmagan eding.
103
وَمَآ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ وَلَوْ حَرَصْتَ بِمُؤْمِنِينَ١٠٣
Sodiq
Odamlarning ko`plari, garchi sen juda qiziqsang ham, mo`min emaslar.[1]
[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom qavmlariga yaxshilikni ravo ko`rganlaridan, iymonga kelishlarini juda qattiq istar edilar. Shunga harakat ham qilar edilar. Ammo Alloh taolo bu urinish ularning iymonga kelishlariga sabab bo`la olmasligini bildirmoqda.)
104
وَمَا تَسْـَٔلُهُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَٰلَمِينَ١٠٤
Sodiq
Sen ulardan buning uchun ajr ham so`ramaysan. U faqat olamlar uchun eslatma, xolos.
105
وَكَأَيِّن مِّنْ ءَايَةٍ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يَمُرُّونَ عَلَيْهَا وَهُمْ عَنْهَا مُعْرِضُونَ١٠٥
Sodiq
Ular osmonlaru yerdagi qanchadan-qancha oyat-belgilar qarshisidan yuz o`girgan hollarida o`tadilar.[1]
[1] Ya'ni, ularga e'tibor qilmaydilar. Ulardan ibratlanib, va'z-nasihat olib, iymonga kelmaydilar. Inson yashab turgan borliqning har bir qarichida Allohning borligiga, birligiga, qudratiga, tadbiriga, biluvchiligiga va boshqa kamoli sifatlariga dalolat qiluvchi oyat-belgilar, dalil-hujjatlar mavjud. Lekin odamlar o`sha hujjatlarga, oyat-belgilarga e'tibor bilan qaramaydilar. Shuning uchun ham iymonga kelmaydilar.)
106
وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُم بِٱللَّهِ إِلَّا وَهُم مُّشْرِكُونَ١٠٦
Sodiq
Ko`plari esa, Allohga mushrik bo`lgan hollaridagina iymon keltiradilar, xolos.[1]
[1] Ya'ni, iymon keltirsalar ham, Unga shirk keltirgan hollarida iymon keltiradilar. Xolis tavhid ila iymon keltirmaydilar. Chunki xolis tavhid masalasi nozik masala, shirkning turlari esa, juda ham ko`p.)
107
أَفَأَمِنُوٓاْ أَن تَأْتِيَهُمْ غَٰشِيَةٌ مِّنْ عَذَابِ ٱللَّهِ أَوْ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ١٠٧
Sodiq
Ular o`zlariga Allohdan qamrab oluvchi azob kelishidan yoki sezmay turganlarida qiyomat nogahon kelib qolishidan omondamilar?!
108
قُلْ هَٰذِهِۦ سَبِيلِىٓ أَدْعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَاْ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِى ۖ وَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ وَمَآ أَنَاْ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ١٠٨
Sodiq
Sen: «Bu — mening yo`limdir. Men Allohga bilib — ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt.[1]
[1] Ya'ni, biz yo`limizning to`g`ri ekanini aniq bilib, ishonib turib chaqiramiz. Bizga Alloh taolo hidoyat va nur bergandir. Biz bu yo`ldan ishonch va bilim ila yuramiz, unga boshqalarni ham chaqiramiz.)
109
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِىٓ إِلَيْهِم مِّنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰٓ ۗ أَفَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۗ وَلَدَارُ ٱلْـَٔاخِرَةِ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ١٠٩
Sodiq
Biz sendan ilgari ham faqat shahar ahlidan er kishilarga vahiy yuborganmiz. Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati nima bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Albatta, oxirat diyori taqvo qiladiganlar uchun yaxshiroqdir. Aql yuritmaydilarmi?![1]
[1] Ushbu oyatda Alloh taolo Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga tasalli berib, kofir va mushriklarning u kishini inkor etishlariga e'tibor qilmaslikka, avvalgi payg`ambarlar ham u zotga o`xshagan insonlar bo`lganiga ishora etmoqda.)
110
حَتَّىٰٓ إِذَا ٱسْتَيْـَٔسَ ٱلرُّسُلُ وَظَنُّوٓاْ أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُواْ جَآءَهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّىَ مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ١١٠
Sodiq
Hattoki Payg`ambarlar noumid bo`lib, o`zlarini yolg`onchiga chiqarilganlar, deb gumon qilib qolganlarida, ularga Bizning nusratimiz keladi. Bas, Biz xohlaganlarga najot berilur. Jinoyatchi qavmlardan Bizning azobimiz qaytarilmas.[1]
[1] Ha, Allohning nusrati oxirgi lahzada, hech umid qolmaganda keladi. Gulga yetish uchun tikan zahrini totib ko`rish kerak. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom «Jannat tikanlar bilan o`ralgandir», deydilar.)
111
لَقَدْ كَانَ فِى قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌ لِّأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ ۗ مَا كَانَ حَدِيثًا يُفْتَرَىٰ وَلَٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ١١١
Sodiq
Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qur'on) to`qima gap emas, lekin o`zidan oldin kelganning tasdig`i va barcha narsaning tafsiloti, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir.[1]
[1] Ha, o`tgan ummatlarning, jumladan Yusuf alayhissalom va zamondoshlarining qissalarida ham aql ishlatgan har bir kishi uchun ibrat bor.)