Sura 13

Ra'd

O

Momaqaldiroq

43 oyat |MadinaMadina |
Sura 13 • Oyat 1 / 43 • Juz 133⁄8 • Sahifa 249
Ra'd
ﻉ205Sahifa 249205ﻉ
2
1
الٓمٓر ​ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ​ۗ وَٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.
2
ٱللَّهُ ٱلَّذِى رَفَعَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا ​ۖ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ​ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ​ۖ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ​ۚ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ يُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّكُم بِلِقَآءِ رَبِّكُمْ تُوقِنُونَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Alloh siz ko`rib turgan osmonni ustunsiz ko`targan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni O`ziga bo`ysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot bo`lishga ishonch hosil qilsangiz.[1]

[1] U — Alloh dunyodagi barcha ishning tadbirini qiladi. Ha, nima hodisa ro`y bersa, hammasi Allohning tadbiri bilandir, jumladan, yuqorida zikr qilingan ishlar ham. Ana shunday ishlarga qodir Alloh Payg`ambariga haq kitobni yubora olmasmidi?! Ana o`sha Robbingizga muloqot bo`lganingizda, ya'ni qiyomatda qayta tirilganingizda iymondan, jumladan, Allohning haq kitobiga bo`lgan iymondan ham so`ralasiz.)
3
وَهُوَ ٱلَّذِى مَدَّ ٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنْهَٰرًا ​ۖ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ ​ۖ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
U yerni cho`zib, unda baland tog`lar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga o`ratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.[1]

[1] Ha, u ko`z o`ngingizda yerni cho`zib qo`ygan Zotdir. Qayerdan qarasangiz, qarshingizda yer cho`zilib yotibdi. Buni kim qilgan? Albatta, Alloh qilgan.)
4
وَفِى ٱلْأَرْضِ قِطَعٌ مُّتَجَٰوِرَٰتٌ وَجَنَّٰتٌ مِّنْ أَعْنَٰبٍ وَزَرْعٌ وَنَخِيلٌ صِنْوَانٌ وَغَيْرُ صِنْوَانٍ يُسْقَىٰ بِمَآءٍ وَٰحِدٍ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَىٰ بَعْضٍ فِى ٱلْأُكُلِ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Va yer yuzida qo`shni bo`laklar bor. Shuningdek, uzumlar, bog`lar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar bo`lib, bir xil suv ila sug`oriladilar va ularning ba'zilarining mevasini ba'zilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.[1]

[1] Darhaqiqat, o`ylab ko`radigan bo`lsak. Ular bir xil yerga ekiladi, bir xil sug`oriladi, ammo ta'mi xilma xildir. Xurmo ham shu. Yer bir, suv bir, lekin mevasining ta'mi bir-birinikiga o`xshamaydi. Xo`sh, buni kim qiladi? Albatta, Alloh.)
5
۞وَإِن تَعْجَبْ فَعَجَبٌ قَوْلُهُمْ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍ ​ۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمْ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ ٱلْأَغْلَٰلُ فِىٓ أَعْنَاقِهِمْ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Agar ajablanadigan bo`lsang, ularning: «Agar biz tuproq bo`lib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana o`shalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana o`shalar bo`yinlari kishanlarda bo`ladiganlardir. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
6
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ وَقَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِمُ ٱلْمَثُلَٰتُ ​ۗ وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ لِّلنَّاسِ عَلَىٰ ظُلْمِهِمْ ​ۖ وَإِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar o`tmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag`firatlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir.[1]

[1] Ularga o`xshagan kofir qavmlar ko`p o`tgan. Ular ham bularga o`xshab payg`ambarlarga qarshi chiqqan va turli talablar qo`ygan edilar. Oqibatda hammalari halok bo`lganlar. Endigilar avval o`tgan misollardan ibrat olsalar, tavba qilsalar, yaxshi bo`lar edi.)
7
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦٓ ​ۗ إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرٌ ​ۖ وَلِكُلِّ قَوْمٍ هَادٍ‮٧‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir.[1]

[1] Ha, Payg`ambar kishilarni kufrning, isyonning va gunohkorlikning oqibatidan ogohlantiradi, xolos. U odamlar so`ragan oyat-mo`'jizalarni keltirishga mas'ul emas.)
8
ٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَحْمِلُ كُلُّ أُنثَىٰ وَمَا تَغِيضُ ٱلْأَرْحَامُ وَمَا تَزْدَادُ ​ۖ وَكُلُّ شَىْءٍ عِندَهُۥ بِمِقْدَارٍ‮٨‬‬‬
Sodiq
Alloh har bir urg`ochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida o`lchovlidir.
9
عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْكَبِيرُ ٱلْمُتَعَالِ‮٩‬‬‬
Sodiq
U zot g`oyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir.
10
سَوَآءٌ مِّنكُم مَّنْ أَسَرَّ ٱلْقَوْلَ وَمَن جَهَرَ بِهِۦ وَمَنْ هُوَ مُسْتَخْفٍ بِٱلَّيْلِ وَسَارِبُ​ۢ بِٱلنَّهَارِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi bo`lsayu kim kunduzi oshkor yuruvchi bo`lsa — bari bir.
11
لَهُۥ مُعَقِّبَٰتٌ مِّن​ۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ يَحْفَظُونَهُۥ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمْ ​ۗ وَإِذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِقَوْمٍ سُوٓءًا فَلَا مَرَدَّ لَهُۥ ​ۚ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَالٍ‮١١‬‬‬
Sodiq
Uning oldida ham, ortida ham ta'qib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm o`zlarini o`zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o`zgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo`lmaydi va ular uchun undan o`zga valiy ham yo`q.[1]

[1] Alloh O`zi yuqorida zikr qilganidek, bandalar uchun o`ta maxfiy bo`lgan holatlarni ham juda aniqlik ila bilib turishiga qaramay, har bir bandaga to`rttadan farishtani biriktirib qo`ygandir. Ulardan ikkitasi bandaning har bir qilgan amalini o`sha vaqtning o`zidayoq yozib qo`yadi. Bu har bir bandaga katta mas'uliyat yuklaydi. Farishtalardan ikkitasining bandani qo`riqlab turishi esa, Alloh uni mukarram qilganini ko`rsatadi. Demak, har bir inson o`sha ikromga loyiq bo`lib, o`sha mas'uliyatni his etmog`i kerak. O`zini o`nglashga, tuzatishga, Allohning roziligini qozontiradigan amallarni bajarishga urinishi lozim.)
12
هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنشِئُ ٱلسَّحَابَ ٱلثِّقَالَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U sizlarga chaqmoqni xavf va tama' qilib ko`rsatur va og`ir bulutlarni paydo qilur.
13
وَيُسَبِّحُ ٱلرَّعْدُ بِحَمْدِهِۦ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ مِنْ خِيفَتِهِۦ وَيُرْسِلُ ٱلصَّوَٰعِقَ فَيُصِيبُ بِهَا مَن يَشَآءُ وَهُمْ يُجَٰدِلُونَ فِى ٱللَّهِ وَهُوَ شَدِيدُ ٱلْمِحَالِ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va momaqaldiroq Uning hamdi ila tasbih aytadir va farishtalar ham Undan qo`rqqanlaridan (hamdu tasbih ayturlar). U chaqmoqlarni yuboradir va ular ila xohlagan odamlarini, ular Alloh haqida talashib turganlarida, uradir. U qattiq ushlaydigan Zotdir.[1]

[1] Inson momaqaldiroqning ovozidan dahshatga tushadi, bu ovoz unga qo`rqinchli bir quvvat bo`lib tuyuladi, aslida esa, momaqaldiroq o`zining Xoliqiga — Alloh taologa hamd va tasbeh aytayotgan bo`ladi.)
14
لَهُۥ دَعْوَةُ ٱلْحَقِّ ​ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَجِيبُونَ لَهُم بِشَىْءٍ إِلَّا كَبَٰسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَٰلِغِهِۦ ​ۚ وَمَا دُعَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Haq da'vati Unikidir. Undan o`zgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv og`ziga yetishini kutgan odamga o`xsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan o`zga hech narsa emasdir.
15
وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلَٰلُهُم بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ ۩‮١٥‬‬‬
Sodiq
Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar.[1]

[1] «Osmonlardagi kimsalar» farishtalar va yana ularga o`xshagan-o`xshamagan yoki umuman boshqa maxluqlar bo`lishi mumkin. «Erdagi kimsalar» deganda esa, insonlar va jinlar tushuniladi. Ularning hammasi, xohlasalar ham, xohlamasalar ham, Alloh taologa sajda qiladilar, Unga taslimdirlar, U joriy etgan qonunlarga bo`yinsunib yashaydilar. Nafaqat ularning jasadlari, balki soyalari ham Allohning amriga ertayu kech bo`yinsunadilar — sajda qiladilar. Birorta soya o`z egasining xohishiga binoan tushmaydi, uning xohlaganicha ham bo`lmaydi.)
16
قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ قُلِ ٱللَّهُ ​ۚ قُلْ أَفَٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ لَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ نَفْعًا وَلَا ضَرًّا ​ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ أَمْ هَلْ تَسْتَوِى ٱلظُّلُمَٰتُ وَٱلنُّورُ ​ۗ أَمْ جَعَلُواْ لِلَّهِ شُرَكَآءَ خَلَقُواْ كَخَلْقِهِۦ فَتَشَٰبَهَ ٱلْخَلْقُ عَلَيْهِمْ ​ۚ قُلِ ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّٰرُ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «O`zingizga Undan o`zga, o`zlariga foyda yoki zararga ega bo`lmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Ko`zi ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar bo`lurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga o`xshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga o`xshash ko`rinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin.
17
أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَسَالَتْ أَوْدِيَةُ​ۢ بِقَدَرِهَا فَٱحْتَمَلَ ٱلسَّيْلُ زَبَدًا رَّابِيًا ​ۚ وَمِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيْهِ فِى ٱلنَّارِ ٱبْتِغَآءَ حِلْيَةٍ أَوْ مَتَٰعٍ زَبَدٌ مِّثْلُهُۥ ​ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ وَٱلْبَٰطِلَ ​ۚ فَأَمَّا ٱلزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَآءً ​ۖ وَأَمَّا مَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ فَيَمْكُثُ فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَالَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
U osmondan suv tushirdi. So`ngra vodiylarda o`z miqdoricha sel oqdi. Bas, sel o`z ustiga chiqqan ko`pikni ko`tarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida o`tda toblanadigan narsalarda ham shunga o`xshash ko`pik bo`lur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo ko`pik o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur.[1]

[1] Alloh taolo osmondan suv tushirib, yomg`ir yog`dirsa, sel oqadi. Shu bilan birga, sel o`zining ustida ko`pikni ham oqizib keladi. Bunda suv haqqa, ko`pik botilga o`xshatilmoqda. Zeb-ziynat yasaladigan oltin va kumush, asbob-uskuna yasaladigan temir va mis kabi ma'danlar ustida ham zang va keraksiz moddalar bo`ladi. Bu masalda haqqa asl ma'danlar, botilga zang va ko`pik qiyos qilinmoqda. Ko`pik, garchand suvning ustiga chiqib turgan bo`lsa ham, baribir u ko`pikdir. Ma'danlardagi zang va boshqa moddalar ularni o`rab turgan bo`lsalar ham, toblanish vaqti kelganda, birpasda yo`q bo`lib ketadilar. Botil ham shunday o`zidan-o`zi yo`q bo`lib ketadi.)
18
لِلَّذِينَ ٱسْتَجَابُواْ لِرَبِّهِمُ ٱلْحُسْنَىٰ ​ۚ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُواْ لَهُۥ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْاْ بِهِۦٓ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْحِسَابِ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Robbilariga ijobat etganlarga go`zallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega bo`lsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana o`shalarga yomon hisob bo`lur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir.
ﻉ207Juz 13 5⁄8 • Sahifa 252207ﻉ
19
۞أَفَمَن يَعْلَمُ أَنَّمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَىٰٓ ​ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُواْ ٱلْأَلْبَٰبِ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa ko`r odamga o`xsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar.
20
ٱلَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَلَا يَنقُضُونَ ٱلْمِيثَٰقَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir.[1]

[1] Bu oyati karimadagi ahd barcha ahdlarni o`z ichiga oladi, bu ahdlarning avvalida iymon ahdi turadi. Bu oyati karimadagi miysoq ham barcha miysoqlarini o`z ichiga oladi.)
21
وَٱلَّذِينَ يَصِلُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوٓءَ ٱلْحِسَابِ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh bog`lanishiga amr etgan narsani bog`larlar, Robbilaridan cho`chirlar va yomon hisobdan qo`rqarlar.[1]

[1] Bu ishlarning boshida «silayi rahm» — qarindoshlik aloqalarini bog`lash, ularga yaxshilik qilish turadi. Shuningdek, beva-bechora, yetim-esir va barcha muhtojlarga, butun mavjudodga yaxshilik qilishlik musulmon insonga vazifa qilib yuklatilgandir.)
22
وَٱلَّذِينَ صَبَرُواْ ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عُقْبَى ٱلدَّارِ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ular Robbilari yuzini ko`zlab, sabr qilarlar. Namozni to`kis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o`shalarga oqibat diyori bordir.
23
جَنَّٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا وَمَن صَلَحَ مِنْ ءَابَآئِهِمْ وَأَزْوَٰجِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ ​ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِم مِّن كُلِّ بَابٍ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih bo`lganlari kirarlar. So`ngra, ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib:
24
سَلَٰمٌ عَلَيْكُم بِمَا صَبَرْتُمْ ​ۚ فَنِعْمَ عُقْبَى ٱلدَّارِ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
«Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom bo`lsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!» (derlar).[1]

[1] Mazkur jannatga huzur-halovatlari yanada to`liq bo`lsin uchun ota-onalari, er yoki xotinlari va o`g`il-qizlari ham qo`shilib kiradilar. Ammo sharti bor. O`sha ota-onalar, jufti halollar va zurriyotlar ahli solih bo`lishlari kerak. Ahli solih bo`lmasalar, kira olmaydilar. Adn jannatlari katta ne'mat, unga kirganlar ulug` maqomga erishadilar.)
25
وَٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِن​ۢ بَعْدِ مِيثَٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ​ۙ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh bog`lanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzg`unchilik qiladiganlarga, ana o`shalarga la'nat va ularga yomon diyor bor.
26
ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ​ۚ وَفَرِحُواْ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِلَّا مَتَٰعٌ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlagannikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod bo`ldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos.
27
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ ​ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va o`ziga yo`nalganlarini hidoyat qilur», deb ayt.
28
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ ٱللَّهِ ​ۗ أَلَا بِذِكْرِ ٱللَّهِ تَطْمَئِنُّ ٱلْقُلُوبُ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?[1]

[1] Ha, iymon keltirganlarning qalblari Allohning zikri ila orom topadi. Chunki u qalblar o`zlarining Allohga doimiy bog`liq ekanlarini his etadilar. Chunki bu qalblar dunyodagi hamma narsa Allohdan ekanligini yaxshi biladilar.)
29
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ طُوبَىٰ لَهُمْ وَحُسْنُ مَـَٔابٍ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirganlar va yaxshi amallarni qilganlarga xushnudlik va go`zal maskan bor.
30
كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَٰكَ فِىٓ أُمَّةٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهَآ أُمَمٌ لِّتَتْلُوَاْ عَلَيْهِمُ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِٱلرَّحْمَٰنِ ​ۚ قُلْ هُوَ رَبِّى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Shunday qilib, seni o`zlaridan oldin ham ummatlar o`tgan bir ummatga ularga o`zingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Uning O`zigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning O`zigadir», deb ayt.
31
وَلَوْ أَنَّ قُرْءَانًا سُيِّرَتْ بِهِ ٱلْجِبَالُ أَوْ قُطِّعَتْ بِهِ ٱلْأَرْضُ أَوْ كُلِّمَ بِهِ ٱلْمَوْتَىٰ ​ۗ بَل لِّلَّهِ ٱلْأَمْرُ جَمِيعًا ​ۗ أَفَلَمْ يَاْيْـَٔسِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَهَدَى ٱلنَّاسَ جَمِيعًا ​ۗ وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ تُصِيبُهُم بِمَا صَنَعُواْ قَارِعَةٌ أَوْ تَحُلُّ قَرِيبًا مِّن دَارِهِمْ حَتَّىٰ يَأْتِىَ وَعْدُ ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Agar Qur'on ila tog`lar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki o`liklar tilga kiritiladigan bo`lganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning va'dasi kelguncha, o`z ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.[1]

[1] Qur'onning ishi ham Allohga xosdir. Alloh Qur'onni odamlarga xitob etish uchun, ularning qalblariga ta'sir o`tkazish uchun nozil etdi. Bu bilan esa, tog`larni joyidan jildirishdan, yerni parchalashdan yoki o`liklarni tilga kiritishdan ko`ra ulkanroq ishlar qilindi. Butun dunyo xalqlarining tarixi joyidan jildirildi, qalblaridagi, fikrlardagi toshlar, muzlar parchalandi va xalqlarning ruhiga jon kirdi.)
32
وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَأَمْلَيْتُ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ​ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. So`ngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq bo`lgan edi?!
33
أَفَمَنْ هُوَ قَآئِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ ​ۗ وَجَعَلُواْ لِلَّهِ شُرَكَآءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ​ۚ أَمْ تُنَبِّـُٔونَهُۥ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلْأَرْضِ أَم بِظَٰهِرٍ مِّنَ ٱلْقَوْلِ ​ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ مَكْرُهُمْ وَصُدُّواْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ​ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yo`q, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab ko`rsatildi va ular yo`ldan to`sdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas.[1]

[1] Demak, gap boshqa yoqda ekan. Kofirlarning dinu diyonatga qarshi qilayotgan makr-hiylalari ularga ziynatlab ko`rsatilibdi. Ular, bu qilayotgan ishimiz to`g`ri va go`zaldir, deb o`yladilar. Makr-hiylalarida davom etaverdilar. Oqibatda esa, Allohning yo`lidan to`sildilar. Zalolatga ketdilar.)
34
لَّهُمْ عَذَابٌ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ​ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَشَقُّ ​ۖ وَمَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Ularga bu dunyo hayotida azob bor. Albatta, oxirat azobi mashaqqatliroq. Ular uchun Allohdan saqlovchi bo`lmas.
35
۞مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ​ۖ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ​ۖ أُكُلُهَا دَآئِمٌ وَظِلُّهَا ​ۚ تِلْكَ عُقْبَى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ ​ۖ وَّعُقْبَى ٱلْكَٰفِرِينَ ٱلنَّارُ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, do`zaxdir.
36
وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ ​ۖ وَمِنَ ٱلْأَحْزَابِ مَن يُنكِرُ بَعْضَهُۥ ​ۚ قُلْ إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ وَلَآ أُشْرِكَ بِهِۦٓ ​ۚ إِلَيْهِ أَدْعُواْ وَإِلَيْهِ مَـَٔابِ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand bo`lurlar. Guruhlar ichida uning ba'zisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina da'vat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt.
37
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ حُكْمًا عَرَبِيًّا ​ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا وَاقٍ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen o`zingga kelgan ilmdan so`ng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir do`st va na bir saqlovchi bo`lmas.
38
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِّن قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَٰجًا وَذُرِّيَّةً ​ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۗ لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Payg`ambar Allohning iznisiz oyat-mo`'jiza keltirgan emas. Har bir ajalning o`z kitobi bordir.[1]

[1] Ya'ni, sening oddiy bashar bo`lishingning ajablanadigan joyi yo`q. Birov, bu o`zimizga o`xshagan odam ekan, unga iymon keltirmayman, agar farishta bo`lganida iymon keltirar edim, deyishga haqqi yo`q. Biz doimo oddiy odamlarni payg`ambar qilib kelganmiz, farishtalarni emas. O`sha sendan oldin o`tgan payg`ambarlarning ham senga o`xshab oilasi, bola-chaqalari bo`lgan.)
39
يَمْحُواْ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ وَيُثْبِتُ ​ۖ وَعِندَهُۥٓ أُمُّ ٱلْكِتَٰبِ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir.[1]

[1] Dunyodagi narsalardan nimani xohlasa, foydasiz yoki muddati bitdi, deb topsa, mahv etadi, yo`qotadi. Nimani foydali deb topsa, tursin desa, sobit qiladi, qoldiradi. Bularning hammasi va boshqa narsalar yozilgan ona kitob Allohning huzuridadir.)
40
وَإِن مَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ وَعَلَيْنَا ٱلْحِسَابُ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Ularga va'da qilganimizning ba'zisini senga ko`rsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir.
41
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا ​ۚ وَٱللَّهُ يَحْكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكْمِهِۦ ​ۚ وَهُوَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni ko`rmaslarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini ta'qib qilguvchi yo`qdir. U hisobi tez Zotdir.[1]

[1] Kofirlar vaqt o`tishi bilan yerdagi hayrotlar kamayib borayotganini ko`rmaydilarmi? Boy-badavlat, hayrotlarga to`la yurtlar aholisining kofirligi tufayli boyligi, davlati va hayrotlaridan judo bo`layotganlarini ko`rmaydilarmi? Uni biz qilmoqdamiz. Allohdan o`zga hech kim hukm qila olmaydi. Agar U biror yurtni tanazzulga uchrashiga hukm qilsa, o`sha bo`ladi. Agar ishonmaydigan bo`lsalar, tarixga bir nazar solsinlar.)
42
وَقَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلِلَّهِ ٱلْمَكْرُ جَمِيعًا ​ۖ يَعْلَمُ مَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ ​ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلْكُفَّٰرُ لِمَنْ عُقْبَى ٱلدَّارِ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo, barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga bo`lishini bilajaklar.
43
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَسْتَ مُرْسَلًا ​ۚ قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدً​ۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْكِتَٰبِ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Payg`ambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt.