Sura 17

Isro

W

Tungi sayohat

111 oyat |MakkaMakka |
Sura 17 • Oyat 1 / 111 • Juz 151⁄8 • Sahifa 282
Isro
ﻉ240Juz 15 • Sahifa 282240ﻉ
2
1
سُبْحَٰنَ ٱلَّذِىٓ أَسْرَىٰ بِعَبْدِهِۦ لَيْلًا مِّنَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ إِلَى ٱلْمَسْجِدِ ٱلْأَقْصَا ٱلَّذِى بَٰرَكْنَا حَوْلَهُۥ لِنُرِيَهُۥ مِنْ ءَايَٰتِنَآ ​ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ‮١‬‬‬
Sodiq
O`z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo`'jizalarimizni ko`rsatish uchun sayr qildirgan Zot pok bo`ldi. Albatta, U eshitguvchi va ko`rguvchi Zotdir.
2
وَءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلْنَٰهُ هُدًى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَلَّا تَتَّخِذُواْ مِن دُونِى وَكِيلًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Va Biz Musoga kitobni berdik va u(kitob)ni Bani Isroilga hidoyat qilib: «Mendan o`zgani vakil tutmanglar!» dedik.
3
ذُرِّيَّةَ مَنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَبْدًا شَكُورًا‮٣‬‬‬
Sodiq
(Ey) Nuh bilan birga ko`targanlarimizning zurriyotlari! Albatta, u o`ta shukrli banda edi.[1]

[1] Nuh alayhissalom o`ta shukrli banda edi. Unga iymon keltirganlar ham o`ta shukrli bandalar edilar. Sizlar ham shukrli bo`linglar.)
4
وَقَضَيْنَآ إِلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ فِى ٱلْكِتَٰبِ لَتُفْسِدُنَّ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَّتَيْنِ وَلَتَعْلُنَّ عُلُوًّا كَبِيرًا‮٤‬‬‬
Sodiq
Biz u kitobda Bani Isroilga, yer yuzida ikki marta buzg`unchilik qilursizlar va katta tug`yonga ketursizlar, deb bildirdik.
5
فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ أُولَىٰهُمَا بَعَثْنَا عَلَيْكُمْ عِبَادًا لَّنَآ أُوْلِى بَأْسٍ شَدِيدٍ فَجَاسُواْ خِلَٰلَ ٱلدِّيَارِ ​ۚ وَكَانَ وَعْدًا مَّفْعُولًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Bas, o`sha ikki(buzg`unchilik)dan birinchisining va'da vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu, qilinishi lozim va'da edi.[1]

[1] Turli imkonlarga ega bo`lib, muqaddas yerda yuksaladilar. So`ngra buzg`unchilikka o`tadilar. Sizga qilmishingizning jazosini kuch-quvvatga ega bandalarimiz beradi, sizlarni topib, azoblab o`ldiradilar. Ulardan qochib qutula olmaysiz.)
6
ثُمَّ رَدَدْنَا لَكُمُ ٱلْكَرَّةَ عَلَيْهِمْ وَأَمْدَدْنَٰكُم بِأَمْوَٰلٍ وَبَنِينَ وَجَعَلْنَٰكُمْ أَكْثَرَ نَفِيرًا‮٦‬‬‬
Sodiq
So`ngra, sizga ular ustidan g`alabani qaytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning adadingizni ko`p qilib qo`ydik.
7
إِنْ أَحْسَنتُمْ أَحْسَنتُمْ لِأَنفُسِكُمْ ​ۖ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا ​ۚ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ ٱلْـَٔاخِرَةِ لِيَسُـۥٓـُٔواْ وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُواْ ٱلْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوْاْ تَتْبِيرًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Agar yaxshilik qilsangiz, o`zingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, o`zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg`unchilik)ning va'da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz).[1]

[1] Siz o`zingizning qilmishingiz ila o`sha va'daning yuzaga chiqishiga sabab bo`lganingizda... U bandalarimiz shiddatli kuch-quvvat egalari bo`ladilar. Ular masjidga — Baytul Maqdisga avval qanday kirgan bo`lsalar, shunday kiradilar va o`zlari egallagan narsalarni tamoman parchalab yo`q qilib tashlaydilar.)
8
عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يَرْحَمَكُمْ ​ۚ وَإِنْ عُدتُّمْ عُدْنَا ​ۘ وَجَعَلْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَٰفِرِينَ حَصِيرًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz.
9
إِنَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَهْدِى لِلَّتِى هِىَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا كَبِيرًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu Qur'on eng to`g`ri yo`lga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiluvchi mo`minlarga, albatta o`shalarga, ulug` ajr borligi xushxabarini berur.
10
وَأَنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga, o`shalarga, alamli azobni tayyorlab qo`ydik.
11
وَيَدْعُ ٱلْإِنسَٰنُ بِٱلشَّرِّ دُعَآءَهُۥ بِٱلْخَيْرِ ​ۖ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ عَجُولًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq bo`lgandir.[1]

[1] Ya'ni, iymonsiz, Qur'on hidoyatidan mahrum bo`lgan har bir inson o`zini yaxshilikka urganidek, yomonlikka ham uraveradi. Chunki u nima yaxshi va nima yomon — ajrata olmaydi. Shuningdek, yaxshilik tilab duo qilganidek, yomonlik tilab ham duo qilaveradi. U avval yomonlikni anglab yetmaydi, anglagan chog`ida ham undan o`zini to`xtata olmaydi.)
12
وَجَعَلْنَا ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ءَايَتَيْنِ ​ۖ فَمَحَوْنَآ ءَايَةَ ٱلَّيْلِ وَجَعَلْنَآ ءَايَةَ ٱلنَّهَارِ مُبْصِرَةً لِّتَبْتَغُواْ فَضْلًا مِّن رَّبِّكُمْ وَلِتَعْلَمُواْ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ​ۚ وَكُلَّ شَىْءٍ فَصَّلْنَٰهُ تَفْصِيلًا‮١٢‬‬‬
Sodiq
Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini ko`rsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz.
13
وَكُلَّ إِنسَٰنٍ أَلْزَمْنَٰهُ طَٰٓئِرَهُۥ فِى عُنُقِهِۦ ​ۖ وَنُخْرِجُ لَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ كِتَٰبًا يَلْقَىٰهُ مَنشُورًا‮١٣‬‬‬
Sodiq
Biz har bir insonning amalini bo`yniga bog`lab qo`yganmiz va qiyomat kuni unga kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda ro`baro` bo`lur.
14
ٱقْرَأْ كِتَٰبَكَ كَفَىٰ بِنَفْسِكَ ٱلْيَوْمَ عَلَيْكَ حَسِيبًا‮١٤‬‬‬
Sodiq
Kitobingni o`qi, bugungi kunda sen o`zingga o`zing hisobchilikka kifoya qilursan (deyilur).[1]

[1] Boshqa hisobchining keragi yo`q. Hamma ishlaring shu kitobda yozilgan, o`qib olsang bo`ldi. O`zing o`zingga hisobchisan, guvohsan.)
15
مَّنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ​ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ​ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ​ۗ وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبْعَثَ رَسُولًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
Kim hidoyatga yursa, faqat o`zi uchungina hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, faqat o`zi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir jon o`zganing og`irligini ko`taruvchi bo`lmas. Toki Payg`ambar yubormagunimizcha, azoblovchi bo`lgan emasmiz.
16
وَإِذَآ أَرَدْنَآ أَن نُّهْلِكَ قَرْيَةً أَمَرْنَا مُتْرَفِيهَا فَفَسَقُواْ فِيهَا فَحَقَّ عَلَيْهَا ٱلْقَوْلُ فَدَمَّرْنَٰهَا تَدْمِيرًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maishatparastlarini (itoatga) amr qilamiz, bas, ular u(shahar)da fisq qilurlar. Shunda unga «so`z» haq bo`lur. Bas, Biz u(shahar)ni mutlaqo vayron qilurmiz.[1]

[1] Har bir yurtning maishatparastlari bor. Ular kattakon amaldorlar va har xil nozu ne'matga ko`milgan kishilar toifasidir. Fazilat, muqaddas narsa, gunoh yoki savob kabi tushunchalar ularning xayoliga ham kelmaydi. Ko`ngillari tusagan ishni qilishga o`rganib qoladilar. Ko`ngillari esa, doimo fisqu fasodni, harom maishatni tilaydi. A'yonlari shu darajaga yetishiga tomoshabin bo`lib turgan xalqdan ham yaxshilik kutilmaydi. Bunday yurt halok bo`lishga sazovordir.)
17
وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِنَ ٱلْقُرُونِ مِن​ۢ بَعْدِ نُوحٍ ​ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرً​ۢا بَصِيرًا‮١٧‬‬‬
Sodiq
Nuhdan so`ng qanchadan-qancha asrlarni halok qildik. Bandalarining gunohlaridan xabardor bo`lish va ularni ko`rishda Robbing O`zi kifoya qilur.
18
مَّن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعَاجِلَةَ عَجَّلْنَا لَهُۥ فِيهَا مَا نَشَآءُ لِمَن نُّرِيدُ ثُمَّ جَعَلْنَا لَهُۥ جَهَنَّمَ يَصْلَىٰهَا مَذْمُومًا مَّدْحُورًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
Kim shoshgan(dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. So`ngra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvg`inga uchragan holda kirur.[1]

[1] Bunday kishi bu dunyoda kerak narsasiga erishib oladi. Ammo oxiratiga hech narsa qolmaydi.)
19
وَمَنْ أَرَادَ ٱلْـَٔاخِرَةَ وَسَعَىٰ لَهَا سَعْيَهَا وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُوْلَٰٓئِكَ كَانَ سَعْيُهُم مَّشْكُورًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Kim oxiratni istasa va unga erishish uchun mo`min bo`lgan holida kerakli harakatini qilsa, bas, ana o`shalarning harakatlari maqbuldir.[1]

[1] Ya'ni, odam oxiratda yaxshi natijaga erishtiradigan ishlarni qilishi, oxiratda jahannamga duchor etadigan ishlarning yaqiniga yo`lamasligi lozim bo`ladi.)
20
كُلًّا نُّمِدُّ هَٰٓؤُلَآءِ وَهَٰٓؤُلَآءِ مِنْ عَطَآءِ رَبِّكَ ​ۚ وَمَا كَانَ عَطَآءُ رَبِّكَ مَحْظُورًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Barchaga — manavilarga ham, anavilarga ham Robbingning atoyu ne'matlaridan cho`zamiz. Robbingning atoyu ne'matlari cheklangan emas.[1]

[1] Barcha bandalarga, ya'ni oxiratni istagan, iymonga kelib, ibodat qilib, kerakli sa'y-harakatlarni qilganlarga ham, dunyoni istab, iymonga kelmay, isyon qilib, gunohkor bo`lib yurganlarga ham Robingning ato-yu ne'matlaridan beramiz.)
21
ٱنظُرْ كَيْفَ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ​ۚ وَلَلْـَٔاخِرَةُ أَكْبَرُ دَرَجَٰتٍ وَأَكْبَرُ تَفْضِيلًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Ba'zilarini ba'zilaridan qanday afzal qilib qo`yganimizga nazar sol. Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir.[1]

[1] Bu dunyoda ba'zi odamlarga ko`proq ne'mat tegsa, boshqalaridan afzal bo`lib yuraveradilar. Ammo bu hollari haqiqiy afzallik, haqiqiy yuksak martaba emas. Oxiratning daraja va afzalligi haqiqiydir. Chunki bu daraja va afzalliklar abadiy qolajakdir. O`zini bilgan odamlar ana o`sha afzallik va ana o`sha darajaga erishish uchun harakat qiladilar.)
22
لَّا تَجْعَلْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتَقْعُدَ مَذْمُومًا مَّخْذُولًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Alloh bilan birga o`zga ilohni (sherik) qilma! Yana, mazammatga uchrab, chorasiz o`tirib qolmagin.
ﻉ242Juz 15 2⁄8242ﻉ
23
۞وَقَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوٓاْ إِلَّآ إِيَّاهُ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًا ​ۚ إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ ٱلْكِبَرَ أَحَدُهُمَآ أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلًا كَرِيمًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Robbing faqat Uning O`zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so`z ayt![1]

[1] Bu jumlaning «uff» so`ziga bog`liq ikki xil ma'nosi bor. Bir ma'nosi — ota-onaga yomon so`z aytib, behurmat qilma, degani bo`lsa, ikkinchi ma'nosi — ota-onang oldida «uff» dema, ular bolam og`ir holga tushibdi, deb ozorlanadilar, deganidir.)
24
وَٱخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ ٱلذُّلِّ مِنَ ٱلرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ٱرْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِى صَغِيرًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin», deb ayt.
25
رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا فِى نُفُوسِكُمْ ​ۚ إِن تَكُونُواْ صَٰلِحِينَ فَإِنَّهُۥ كَانَ لِلْأَوَّٰبِينَ غَفُورًا‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham o`ta bilguvchidir. Agar ahli solihlardan bo`lsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermag`firatdir.
26
وَءَاتِ ذَا ٱلْقُرْبَىٰ حَقَّهُۥ وَٱلْمِسْكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ وَلَا تُبَذِّرْ تَبْذِيرًا‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Qarindoshga haqqini ber! Miskinga va yo`l o`g`liga ham. Isrofgarchilikka mutlaqo yo`l qo`yma.
27
إِنَّ ٱلْمُبَذِّرِينَ كَانُوٓاْ إِخْوَٰنَ ٱلشَّيَٰطِينِ ​ۖ وَكَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ لِرَبِّهِۦ كَفُورًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari bo`lganlar. Shayton esa, Robbiga o`ta noshukr bo`lgandir.
28
وَإِمَّا تُعْرِضَنَّ عَنْهُمُ ٱبْتِغَآءَ رَحْمَةٍ مِّن رَّبِّكَ تَرْجُوهَا فَقُل لَّهُمْ قَوْلًا مَّيْسُورًا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Agar ulardan Robbingdan rahmat talab qilgan holda yuz o`giradigan bo`lsang, bas, ularga muloyim so`z aytgin.[1]

[1] Ko`lingda beradigan narsang bo`lmasa, ota-ona, qarindosh, miskinlarga moddiy yordam bera olmay yuz o`giradigan bo`lsang, Robbingdan kelajakda senga ham rizq-ro`z — rahmat talab qilgan holda ularga shirin so`z ayt. «O`zimda hech vaqo yo`q-ku, senlarga nimani berar edim! kabi qo`pol so`zlarni aytish yaxshi emas. «Kechirasizlar, hozir bir oz qo`lim qisqaroq bo`lib turuvdi, Allohning rahmatidan umidvormiz, bizga ham ne'matidan berib qolsa, insha Alloh, sizlarga ham beramiz», kabi shirin so`zlar aytish kerak.)
29
وَلَا تَجْعَلْ يَدَكَ مَغْلُولَةً إِلَىٰ عُنُقِكَ وَلَا تَبْسُطْهَا كُلَّ ٱلْبَسْطِ فَتَقْعُدَ مَلُومًا مَّحْسُورًا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Qo`lingni bo`yningga bog`lab olma. Uni bir yo`la yozib ham yuborma. Yana, malomat va hasratda o`tirib qolmagin.[1]

[1] Baxil odam kutilmaganda hamyonimga qo`l solib, birovga pul berib yubormay, deb qo`lini bo`yniga bog`lab olgan kishiga o`xshatilmoqda. Har bir narsa tavozin ila me'yorida qilish tavsiya etiladi. Bir narsani juda oshirib ham yuborilmaydi yoki, aksincha, juda yo`q darajaga ham tushurib qo`yilmaydi. Balki o`rtacha me'yorida ado etiladi.)
30
إِنَّ رَبَّكَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرً​ۢا بَصِيرًا‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Robbing rizqni kimga xohlasa, keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko`rguvchi Zotdir.
31
وَلَا تَقْتُلُوٓاْ أَوْلَٰدَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَٰقٍ ​ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُمْ ​ۚ إِنَّ قَتْلَهُمْ كَانَ خِطْـًٔا كَبِيرًا‮٣١‬‬‬
Sodiq
Bolalaringizni faqirlikdan qo`rqib o`ldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizqlantiramiz. Albatta, ularni o`ldirish katta xatodir.[1]

[1] Johiliyat davrida arablarda faqirlik va ochlikdan qo`rqib farzandni tiriklay ko`mib yuborish odati bor edi.)
32
وَلَا تَقْرَبُواْ ٱلزِّنَىٰٓ ​ۖ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةً وَسَآءَ سَبِيلًا‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo`ldir.[1]

[1] Oyatda «zino qilmanglar» emas, balki «zinoga yaqinlashmanglar» deyilmoqda. Bu degani, zino qilmanglar, degandan ko`ra qattiqroqdir. Mo`min-musulmon odam zino qilish tugul, uning yaqiniga ham yo`lamasligi kerak. Zinoga olib boruvchi narsalardan ham uzoqda bo`lishi lozim.)
33
وَلَا تَقْتُلُواْ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ​ۗ وَمَن قُتِلَ مَظْلُومًا فَقَدْ جَعَلْنَا لِوَلِيِّهِۦ سُلْطَٰنًا فَلَا يُسْرِف فِّى ٱلْقَتْلِ ​ۖ إِنَّهُۥ كَانَ مَنصُورًا‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli. Kimki mazlum holida o`ldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u o`ldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir.
34
وَلَا تَقْرَبُواْ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ​ۚ وَأَوْفُواْ بِٱلْعَهْدِ ​ۖ إِنَّ ٱلْعَهْدَ كَانَ مَسْـُٔولًا‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Yetimning moliga, toki u balog`at yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila bo`lsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas'ul bo`lgan ishdir.
35
وَأَوْفُواْ ٱلْكَيْلَ إِذَا كِلْتُمْ وَزِنُواْ بِٱلْقِسْطَاسِ ٱلْمُسْتَقِيمِ ​ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا‮٣٥‬‬‬
Sodiq
O`lchagan chog`ingizda to`liq o`lchang va to`g`ri tarozi ila torting. Ana o`sha yaxshidir va oqibati go`zaldir.
36
وَلَا تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ​ۚ إِنَّ ٱلسَّمْعَ وَٱلْبَصَرَ وَٱلْفُؤَادَ كُلُّ أُوْلَٰٓئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْـُٔولًا‮٣٦‬‬‬
Sodiq
O`zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko`z va dil — ana o`shalar, mas'uldirlar.
37
وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ​ۖ إِنَّكَ لَن تَخْرِقَ ٱلْأَرْضَ وَلَن تَبْلُغَ ٱلْجِبَالَ طُولًا‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor bo`yda tog`larga yeta olmaysan!
38
كُلُّ ذَٰلِكَ كَانَ سَيِّئُهُۥ عِندَ رَبِّكَ مَكْرُوهًا‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Bularning barcha yomoni Robbining huzurida xush ko`rilmagandir.[1]

[1] Ya'ni, yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan narsalarning yomonlari Alloh sevmagan ishlardir.)
39
ذَٰلِكَ مِمَّآ أَوْحَىٰٓ إِلَيْكَ رَبُّكَ مِنَ ٱلْحِكْمَةِ ​ۗ وَلَا تَجْعَلْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتُلْقَىٰ فِى جَهَنَّمَ مَلُومًا مَّدْحُورًا‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ushbular Robbing senga vahiy qilgan ba'zi hikmatlardir. Alloh bilan birga o`zga iloh qilma. Yana, jahannamga malomat qilingan va quvilgan holingda tashlanmagin.
40
أَفَأَصْفَىٰكُمْ رَبُّكُم بِٱلْبَنِينَ وَٱتَّخَذَ مِنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنَٰثًا ​ۚ إِنَّكُمْ لَتَقُولُونَ قَوْلًا عَظِيمًا‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Robbingiz sizlarga o`g`illarni xos qilib berib, farishtalarni O`ziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar zo`r gapni aytmoqdasiz.[1]

[1] Arab mushriklari qiz farzandni hech yoqtirmas edilar. Boshqa oyatlarda zikr qilinganidek, ulardan qiz ko`rgani qattiq xafa bo`lib, yuzi qorayib ketar edi. Qiz farzand to`g`risida shunchalar salbiy e'tiqodda bo`la turib, arab mushriklari, farishtalar Allohning qizlari, deb e'tiqod qilishar edi. Oyati karimada ularning mazkur noto`g`ri aqidalari inkor etilmoqa.)
41
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِيَذَّكَّرُواْ وَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا نُفُورًا‮٤١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz bu Qur'onda eslashlari uchun bayon qildik. Lekin bu ularga nafratdan o`zgani ziyoda qilmas.
42
قُل لَّوْ كَانَ مَعَهُۥٓ ءَالِهَةٌ كَمَا يَقُولُونَ إِذًا لَّٱبْتَغَوْاْ إِلَىٰ ذِى ٱلْعَرْشِ سَبِيلًا‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar, ular aytganidek, U bilan birga boshqa ilohlar bo`lganida, ular Arsh egasi tomon yo`l izlardilar», deb ayt.[1]

[1] Bu oyat mushriklarning Allohdan boshqa ibodatga sazovor turli ilohlar bor, degan da'volariga raddiyadir. Farazan, mushriklar aytayotganidek, Alloh taolo bilan birga boshqa ilohlar bo`lsa edi, o`sha ilohlar Arsh egasi bo`lmish Alloh tomon, unga yaqinlashaman deb yoki uning mulkiga sohib bo`laman, deb yo`l izlagan bo`lar edilar.)
43
سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوًّا كَبِيرًا‮٤٣‬‬‬
Sodiq
U zot ular aytayotgan narsadan pok va nihoyatda oliydir.
44
تُسَبِّحُ لَهُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ ٱلسَّبْعُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ​ۚ وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِۦ وَلَٰكِن لَّا تَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ ​ۗ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yo`q. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermag`firat Zotdir.[1]

[1] Arab tilida tasbih aytish «Allohni poklab yod etish» ma'nosini anglatadi. Ushbu oyati karima butun borliq, barcha mavjudot Alloh taoloni aybu nuqsondan poklab tasbih aytishini ta'kidlamoqda.)
45
وَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ جَعَلْنَا بَيْنَكَ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ حِجَابًا مَّسْتُورًا‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Qachon Qur'on qiroat qilsang, sen bilan oxiratga iymon keltirmaydiganlar orasida ko`rinmas parda qilurmiz.[1]

[1] Ana o`sha ko`rinmas parda ularni Qur'onga ishonishdan to`sib turadi.)
46
وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ​ۚ وَإِذَا ذَكَرْتَ رَبَّكَ فِى ٱلْقُرْءَانِ وَحْدَهُۥ وَلَّوْاْ عَلَىٰٓ أَدْبَٰرِهِمْ نُفُورًا‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Va qalblariga, uni anglamasliklari uchun, g`ilof qildik va quloqlarini kar qildik. Qachon sen Qur'onda Robbingning yolg`iz O`zini zikr qilsang, ular ortlariga o`girilib qochurlar.
47
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَسْتَمِعُونَ بِهِۦٓ إِذْ يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ وَإِذْ هُمْ نَجْوَىٰٓ إِذْ يَقُولُ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًا مَّسْحُورًا‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Biz ular nima sababdan tinglayotganlarini, ular seni tinglayotganlarida o`zaro pichirlashayotganlarini, zolimlarning: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deganlarini ham yaxshi bilurmiz.[1]

[1] Ular Qur'ondan manfaat olish, hidoyat topish uchun emas, masxara qilish, ayb topish uchun eshitadilar.)
48
ٱنظُرْ كَيْفَ ضَرَبُواْ لَكَ ٱلْأَمْثَالَ فَضَلُّواْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًا‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Ular senga qanday misol keltirganlariga nazar sol! Bas, zalolatga ketdilar va (to`g`ri) yo`lga qodir bo`lmaslar.
49
وَقَالُوٓاْ أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمًا وَرُفَٰتًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Suyak va titilgan tuproq bo`lganimizdan keyin ham, yana yangidan yaratilib tiriltirilamizmi?» dedilar.
50
۞قُلْ كُونُواْ حِجَارَةً أَوْ حَدِيدًا‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Sen:«Tosh yoki temir bo`lib olinglar.
51
أَوْ خَلْقًا مِّمَّا يَكْبُرُ فِى صُدُورِكُمْ ​ۚ فَسَيَقُولُونَ مَن يُعِيدُنَا ​ۖ قُلِ ٱلَّذِى فَطَرَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ​ۚ فَسَيُنْغِضُونَ إِلَيْكَ رُءُوسَهُمْ وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَ ​ۖ قُلْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَرِيبًا‮٥١‬‬‬
Sodiq
Yoki ko`ngillaringizda katta ko`ringan boshqa biron maxluq (bo`lib olinglar)», deb ayt. Bas, ular: «Bizni kim qayta tiriltirur», derlar. Sen:«Sizlarni birinchi marta yo`qdan bor qilgan Zot», degin. Ular senga boshlarini qimirlaturlar va: «U qachon bo`lur?» derlar, Sen:«Shoyad yaqinda bo`lsa», degin.
52
يَوْمَ يَدْعُوكُمْ فَتَسْتَجِيبُونَ بِحَمْدِهِۦ وَتَظُنُّونَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا‮٥٢‬‬‬
Sodiq
U kunda Ul zot sizni chaqirur. Bas, siz Unga hamd ila javob berursiz va (dunyoda) faqat ozgina turganligingizni gumon qilursiz.
53
وَقُل لِّعِبَادِى يَقُولُواْ ٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ​ۚ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ كَانَ لِلْإِنسَٰنِ عَدُوًّا مُّبِينًا‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Bandalarimga aytgin, ular eng go`zal bo`lgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.
54
رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِكُمْ ​ۖ إِن يَشَأْ يَرْحَمْكُمْ أَوْ إِن يَشَأْ يُعَذِّبْكُمْ ​ۚ وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q.[1]

[1] Qiyomat kuni hamma bir xil bo`lib, titrab-qaqshab, faqat Allohga hamd aytishdan boshqa narsaga tili bormay turgani bilan, Alloh har bir bandaning kimligini, nima qilganini ipidan-ignasigacha yaxshi biladi. Ha, bu dunyodagi ishlarni hisob-kitob qilish, ularga yarasha mukofot yoki jazo berish Alloh taoloning ishidir. Payg`ambarga esa, Allohning ta'limotini bandalarga yetkazish topshirilgan, xolos.)
55
وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِمَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۗ وَلَقَدْ فَضَّلْنَا بَعْضَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ عَلَىٰ بَعْضٍ ​ۖ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًا‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Robbing osmonlaru yerdagi kimsalarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Batahqiq, Biz ba'zi Payg`ambarlarni ba'zilaridan afzal qildik. Va Dovudga Zaburni berdik.[1]

[1] Misol uchun, ba'zilariga kitob nozil qildik, ba'zilariga nozil qilmadik. Ayrimlariga ko`p va katta mo`'jizalar, ayrimlariga oz va kichik mo`'jizalar berdik va hokazo. «Va Dovudga Zaburni berdik». Bu ham payg`ambarlarning birini boshqasidan afzal qilganimiz namunasidir.)
56
قُلِ ٱدْعُواْ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِهِۦ فَلَا يَمْلِكُونَ كَشْفَ ٱلضُّرِّ عَنكُمْ وَلَا تَحْوِيلًا‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Undan o`zga o`zingizcha gumon qilganlaringizni chaqiring. Bas, ular sizdan zararni kushoyish qila olishga yoki burib yuborishga molik emaslar», deb ayt.
57
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَىٰ رَبِّهِمُ ٱلْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُۥ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُۥٓ ​ۚ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Ana o`sha duo qilayotganlari Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini (bilmoqchi bo`lurlar). Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qo`rqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir bo`lishga loyiqdir.[1]

[1] O`zi Allohning rahmati orzuida yurgan kimsa qanday qilib birovni rahmat qila oladi? O`zi Allohning azobidan qo`rqib turgan kimsa qanday qilib birovni azoblay oladi? Shunga qaramasdan, Allohning azobidan qo`rqmay, bir pulga arzimaydigan narsalarni Unga sherik qilib yurganlarga hayronsan.)
58
وَإِن مِّن قَرْيَةٍ إِلَّا نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًا شَدِيدًا ​ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْكِتَٰبِ مَسْطُورًا‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Hech bir shahar yo`qki, Biz uni qiyomat kunidan avval halok qilguvchi bo`lmasak yoki shiddatli azob-la azoblovchi bo`lmasak. Bu, kitobda bitilgandir.[1]

[1] Hech bir yurt qolmay azobga yoki halokatga uchrashi Allohning huzuridagi kitobda — Lavhul Mahfuzda ochiq-oydin bitilgandir.)
59
وَمَا مَنَعَنَآ أَن نُّرْسِلَ بِٱلْـَٔايَٰتِ إِلَّآ أَن كَذَّبَ بِهَا ٱلْأَوَّلُونَ ​ۚ وَءَاتَيْنَا ثَمُودَ ٱلنَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُواْ بِهَا ​ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِٱلْـَٔايَٰتِ إِلَّا تَخْوِيفًا‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Bizni oyat-mo`'jizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolg`onga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani ko`z ochuvchi (mo`'jiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (o`zlariga) zulm qildilar. Biz oyat-mo`'jizalarni faqat qo`rqitish uchungina yuboramiz.[1]

[1] Quraysh kofirlari ham xuddi o`zlaridan oldingi kofirlarga o`xshab, oyat-mo`'jizalarni ko`rsa ham, iymonga kelmasliklari turgan gap. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, talabga binoan mo`'jiza keltirilgandan keyin ham iymonga kelmagan qavmni Alloh taolo tag-tomiri bilan yo`q qilib yuborishi kerak. Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatlari oxirgi ummat bo`lganlari uchun ularni butunlay halok etishni Alloh iroda qilmagan. Bu ummat qiyomatgacha turishi kerak.)
60
وَإِذْ قُلْنَا لَكَ إِنَّ رَبَّكَ أَحَاطَ بِٱلنَّاسِ ​ۚ وَمَا جَعَلْنَا ٱلرُّءْيَا ٱلَّتِىٓ أَرَيْنَٰكَ إِلَّا فِتْنَةً لِّلنَّاسِ وَٱلشَّجَرَةَ ٱلْمَلْعُونَةَ فِى ٱلْقُرْءَانِ ​ۚ وَنُخَوِّفُهُمْ فَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا طُغْيَٰنًا كَبِيرًا‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Biz senga: «Albatta, Robbing odamlarni ihota qilib o`rab olgandir», deganimizni esla. Biz senga ko`rsatgan narsalarni va Qur'onda la'natlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qo`rqitamiz. Bas, bu ular uchun katta tug`yondan boshqani ziyoda qilmas.[1]

[1] Payg`ambar alayhissalotu vassalomning Isro va Me'rojda ko`rgan narsalari odamlar uchun sinov bo`lganidek, Qur'onda la'natlangan daraxt ham sinov bo`ldi. Qur'onda la'natlangan daraxtdan maqsad Zaqqum daraxtidir. Ushbu Zaqqum daraxti haqida as-Soffat surasida «... yoki Zaqqum daraxtimi? Darhaqiqat, Biz uni zolimlar uchun fitna qilib qo`ydik. Albatta, u do`zax qa'ridan chiqadigan daraxtdir. Uning shingillari xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshaydi. Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir va undan qorinlarini to`ldirguvchilardir. So`ngra, albatta, ular uchun uning ustidan qaynoq suvli ichimlik bo`lur», deyilgan. Ushbu oyatdan ham Zaqqum daraxti nima uchun Qur'onda la'natlangani aniq ko`rinib turibdi.)
61
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُواْ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبْلِيسَ قَالَ ءَأَسْجُدُ لِمَنْ خَلَقْتَ طِينًا‮٦١‬‬‬
Sodiq
Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizda sajda qilganlarini, magar iblis qilmaganini, «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» deganini esla.
62
قَالَ أَرَءَيْتَكَ هَٰذَا ٱلَّذِى كَرَّمْتَ عَلَىَّ لَئِنْ أَخَّرْتَنِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَأَحْتَنِكَنَّ ذُرِّيَّتَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلًا‮٦٢‬‬‬
Sodiq
U: «Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi? Agar meni qiyomat kunigacha qo`yib qo`ysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi.
63
قَالَ ٱذْهَبْ فَمَن تَبِعَكَ مِنْهُمْ فَإِنَّ جَهَنَّمَ جَزَآؤُكُمْ جَزَآءً مَّوْفُورًا‮٦٣‬‬‬
Sodiq
U zot: «Boraver, ulardan kim senga ergashsa, bas, albatta, jahannam to`liq jazoingiz bo`lur.
64
وَٱسْتَفْزِزْ مَنِ ٱسْتَطَعْتَ مِنْهُم بِصَوْتِكَ وَأَجْلِبْ عَلَيْهِم بِخَيْلِكَ وَرَجِلِكَ وَشَارِكْهُمْ فِى ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَوْلَٰدِ وَعِدْهُمْ ​ۚ وَمَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Ulardan kimiga kuching yetsa, ovozing ila qo`zg`at, ularning ustiga otliq va piyoda askaringni tort, ularga mollarda va bolalarda sherik bo`l va va'dalar qil», dedi. Shayton ularga g`ururdan boshqani va'da qilmas.
65
إِنَّ عِبَادِى لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنٌ ​ۚ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ وَكِيلًا‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Mening bandalarim ustidan sening sultoning yo`q. Robbing O`zi vakillikka kifoyadir.
66
رَّبُّكُمُ ٱلَّذِى يُزْجِى لَكُمُ ٱلْفُلْكَ فِى ٱلْبَحْرِ لِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِۦٓ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Robbingiz, Uning fazlidan talab qilishingiz uchun dengizda kemani yurgizib qo`ygan Zotdir. Albatta, u sizga rahimlidir.
67
وَإِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فِى ٱلْبَحْرِ ضَلَّ مَن تَدْعُونَ إِلَّآ إِيَّاهُ ​ۖ فَلَمَّا نَجَّىٰكُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ أَعْرَضْتُمْ ​ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ كَفُورًا‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan o`zga iltijo qiladiganlaringiz g`oyib bo`lur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz o`girasiz. Inson o`zi kufron(i ne'mat) qilguvchidir.
68
أَفَأَمِنتُمْ أَن يَخْسِفَ بِكُمْ جَانِبَ ٱلْبَرِّ أَوْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ثُمَّ لَا تَجِدُواْ لَكُمْ وَكِيلًا‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Sizni quruqlikning bir tomoniga yutqazib yuborishidan yoki ustingizdan toshli shamol yuborishidan, so`ngra o`zingizga qutqaruvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
69
أَمْ أَمِنتُمْ أَن يُعِيدَكُمْ فِيهِ تَارَةً أُخْرَىٰ فَيُرْسِلَ عَلَيْكُمْ قَاصِفًا مِّنَ ٱلرِّيحِ فَيُغْرِقَكُم بِمَا كَفَرْتُمْ ​ۙ ثُمَّ لَا تَجِدُواْ لَكُمْ عَلَيْنَا بِهِۦ تَبِيعًا‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Yoki sizni u(dengiz)ga yana bir marta qaytarib, ustingizdan shiddatli shamol yuborib, kufr qilgan narsangiz sababli g`arq qilib yuborishidan va siz o`zingizga Bizdan o`ch oluvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
70
۞وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِىٓ ءَادَمَ وَحَمَلْنَٰهُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَفَضَّلْنَٰهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo`ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko`tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O`zimiz yaratgan ko`p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo`ydik.[1]

[1] Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi uchun turli ulovlarni yaratib, shunga binoan qonun-qoidalarni joriy qilib qo`ydi. Bu ham Alloh odam bolasini azizu mukarram qilganidandir. Afzallikda unga yaqin kela oladigan maxluqot olamda yo`qdir. Barcha maxluqotlar odam bolasi uchun beminnat xizmatkordir. Lekin bu afzallikning javobgariligi ham bor. Qiyomat kuni har bir berilgan afzallik va ne'matlardan so`raladi. Hisob-kitob qilinadi.)
71
يَوْمَ نَدْعُواْ كُلَّ أُنَاسٍ بِإِمَٰمِهِمْ ​ۖ فَمَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَقْرَءُونَ كِتَٰبَهُمْ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا‮٧١‬‬‬
Sodiq
Biz barcha odamlarni o`z imomlari ila chaqiradigan kunni (esla). Kimga kitobi o`ng tomonidan berilsa, bas, ana o`shalar kitoblarini o`qirlar va ularga qilchalik zulm qilinmas.[1]

[1] Ahli jannatlarning, ya'ni jannatga eltuvchi amal qilib o`tganlarning nomai a'mol kitobi o`ng tomonidan beriladi. Ana o`shanda ular amallari bitilgan kitoblarini maroq bilan o`qiydilar. Yorug` dunyoda ana shunday ishlar qilib yashaganlaridan mamnun bo`ladilar. Ularga ajru savoblar to`laligicha beriladi, zarracha zulm qilinmaydi.)
72
وَمَن كَانَ فِى هَٰذِهِۦٓ أَعْمَىٰ فَهُوَ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ أَعْمَىٰ وَأَضَلُّ سَبِيلًا‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Kim bu dunyoda ko`r-gumroh bo`lsa, u oxiratda yanada ko`r-gumroh va yanada yo`ldan adashganroq bo`ladir.
73
وَإِن كَادُواْ لَيَفْتِنُونَكَ عَنِ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ لِتَفْتَرِىَ عَلَيْنَا غَيْرَهُۥ ​ۖ وَإِذًا لَّٱتَّخَذُوكَ خَلِيلًا‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Seni Biz vahiy qilgan narsadan fitna orqali burib, Bizning sha'nimizga boshqasini uydirishingga undashlariga oz qoldi. Shunday bo`lgan taqdirda, albatta, seni do`st tutar edilar.[1]

[1] Mushriklar turli yo`llar bilan Muhammad alayhissalotu vassalomni Alloh yuborgan vahiydan burib yuborishga ko`p urinib ko`rganlar.)
74
وَلَوْلَآ أَن ثَبَّتْنَٰكَ لَقَدْ كِدتَّ تَرْكَنُ إِلَيْهِمْ شَيْـًٔا قَلِيلًا‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Agar Biz seni sobit qilmaganimizda, batahqiq, ularga bir oz bo`lsa-da, moyil bo`lishingga oz qolar edi.
75
إِذًا لَّأَذَقْنَٰكَ ضِعْفَ ٱلْحَيَوٰةِ وَضِعْفَ ٱلْمَمَاتِ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ عَلَيْنَا نَصِيرًا‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Shunday bo`lgan taqdirda Biz senga hayot (azobini) ham ikki hissa, mamot (azobini) ham ikki hissa tottirgan bo`lardik. So`ngra, o`zing uchun Bizga qarshi yordamchi topa olmas eding.
76
وَإِن كَادُواْ لَيَسْتَفِزُّونَكَ مِنَ ٱلْأَرْضِ لِيُخْرِجُوكَ مِنْهَا ​ۖ وَإِذًا لَّا يَلْبَثُونَ خِلَٰفَكَ إِلَّا قَلِيلًا‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Ular seni bu yerda bezovta qilib, undan seni chiqarib yuborishlariga oz qoldi. Shunday bo`lgan taqdirda, sendan keyin ular ozgina muddatdan boshqa tura olmaslar.[1]

[1] Bu qilmishlari uchun Alloh taolo ularni halok qilgan bo`lardi. Alloh ularni halok qilishni istamagani uchun Payg`ambar alayhissalotu vassalomni Makkadan chiqarishlariga yo`l qo`ymadi. Balki Payg`ambar alayhissalotu vassalomning o`zlariga chiqib ketishni amr qildi.)
77
سُنَّةَ مَن قَدْ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِن رُّسُلِنَا ​ۖ وَلَا تَجِدُ لِسُنَّتِنَا تَحْوِيلًا‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Bu sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimizning sunnatidir. Bizning sunnatimizga o`zgartirish topa olmaysan.
78
أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِدُلُوكِ ٱلشَّمْسِ إِلَىٰ غَسَقِ ٱلَّيْلِ وَقُرْءَانَ ٱلْفَجْرِ ​ۖ إِنَّ قُرْءَانَ ٱلْفَجْرِ كَانَ مَشْهُودًا‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Quyosh og`ishidan to tun qorong`usigacha namozni to`kis ado qil. «Fajr Qur'oni»ni ham. Albatta, «fajr Qur'oni» guvohlantirilgandir.[1]

[1] Ulamolarimiz, bu oyatda besh vaqt namozni ado etishga ishora bor, deydilar. Quyosh qiyomdan og`ishi bilan Peshin vaqti kiradi. Har bir narsaning soyasi o`ziga ikki baravar bo`lishi bilan Asr vaqti kiradi. Quyosh botishi bilan Shom va tun qorong`usida Xufton vaqti bo`ladi. «Fajr qur'oni», Bomdoddir.)
79
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِۦ نَافِلَةً لَّكَ عَسَىٰٓ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Kechaning ba'zisida u ila bedor bo`l. Senga nofila bo`lsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa.
80
وَقُل رَّبِّ أَدْخِلْنِى مُدْخَلَ صِدْقٍ وَأَخْرِجْنِى مُخْرَجَ صِدْقٍ وَٱجْعَل لِّى مِن لَّدُنكَ سُلْطَٰنًا نَّصِيرًا‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Va: «Ey Robbim, meni kiradigan joyimga sodiqlik ila kiritib, chiqadigan joyimga sodiqlik bilan chiqargin va menga O`z huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», degin.
81
وَقُلْ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَزَهَقَ ٱلْبَٰطِلُ ​ۚ إِنَّ ٱلْبَٰطِلَ كَانَ زَهُوقًا‮٨١‬‬‬
Sodiq
Va: «Haq keldi, botil yo`q bo`ldi. Zotan, botil doimo yo`q bo`lguvchidir».
82
وَنُنَزِّلُ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ مَا هُوَ شِفَآءٌ وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ ​ۙ وَلَا يَزِيدُ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا خَسَارًا‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Biz Qur'onni mo`minlar uchun shifo va rahmat o`laroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas.[1]

[1] Darhaqiqat, Qur'oni Karim shifodir, Qur'oni Karim rahmatdir. Qur'oni Karim kufr, shirk va munofiqlik kabi eng zararli aqidaviy xastaliklarni davolaydi.)
83
وَإِذَآ أَنْعَمْنَا عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ أَعْرَضَ وَنَـَٔا بِجَانِبِهِۦ ​ۖ وَإِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ كَانَ يَـُٔوسًا‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Qachon Biz insonga ne'mat ato etsak, yuz o`girur va chetga burilib, uzoqlashur. Qachon uni yomonlik tutsa, noumid bo`lur.
84
قُلْ كُلٌّ يَعْمَلُ عَلَىٰ شَاكِلَتِهِۦ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَىٰ سَبِيلًا‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Sen: «Har kim o`z holicha amal qilur. Bas, Robbingiz kim to`g`ri yo`ldaligini yaxshi bilguvchidir», deb ayt.
85
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلرُّوحِ ​ۖ قُلِ ٱلرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّى وَمَآ أُوتِيتُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ إِلَّا قَلِيلًا‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Va sendan ruh haqida so`rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt.[1]

[1] Yahudiylar ruh haqidagi savolga Allohdan boshqa hech kim javob bera olmasligini avvaldan bilganlar. Tavrotda shu haqda ma'lumot bo`lgan. Ular qurayshliklarga Payg`ambar alayhissalotu vassalomdan ruh haqida so`rashni o`rgatishlari bilan barobar, agar javob bersa, Payg`ambar emas, javob bermasa, haqiqiy Payg`ambar bo`ladi, deyishgan. Muhammad alayhissalotu vassalom haqiqiy payg`ambar bo`lganlari uchun ham, ruh va uning mohiyati haqidagi savollarga javob bermadilar. Alloh taolo bergan javobni ularga o`qib berdilar.)
86
وَلَئِن شِئْنَا لَنَذْهَبَنَّ بِٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ بِهِۦ عَلَيْنَا وَكِيلًا‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasak, senga vahiy qilgan narsalarimizni ketkazamiz. So`ngra, Bizga qarshi o`zingga vakil topa olmassan.
87
إِلَّا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ​ۚ إِنَّ فَضْلَهُۥ كَانَ عَلَيْكَ كَبِيرًا‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Magar Allohdan marhamat bo`lsagina. Albatta, Uning fazlu karami sen uchun kattadir.
88
قُل لَّئِنِ ٱجْتَمَعَتِ ٱلْإِنسُ وَٱلْجِنُّ عَلَىٰٓ أَن يَأْتُواْ بِمِثْلِ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لَا يَأْتُونَ بِمِثْلِهِۦ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا‮٨٨‬‬‬
Sodiq
«Agar insu jinlar to`planib, ushbu Qur'onga o`xshash narsa keltirmoqchi bo`lsalar, bunda ba'zilari ba'zilariga yordamchi bo`lsalar ham, unga o`xshashini keltira olmaslar», deb ayt.
89
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍ فَأَبَىٰٓ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورًا‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ushbu Qur'onda odamlarga turli misollarni bayon qildik. Bas, odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.[1]

[1] Alloh taolo Qur'oni Karimda odamlarni iymonga chorlovchi, hidoyatga yo`llovchi, ularning qalblarini, his-tuyg`ularini, aqllarini ishga soluvchi turli misollarni bayon qildi. Ammo buni idrok eta olmagan insonlar hamma narsadan bosh tortdilar.)
90
وَقَالُواْ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ تَفْجُرَ لَنَا مِنَ ٱلْأَرْضِ يَن​ۢبُوعًا‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Toki bizga yerdan chashma otiltirmaguningcha, zinhor senga iymon keltirmasmiz», dedilar.
91
أَوْ تَكُونَ لَكَ جَنَّةٌ مِّن نَّخِيلٍ وَعِنَبٍ فَتُفَجِّرَ ٱلْأَنْهَٰرَ خِلَٰلَهَا تَفْجِيرًا‮٩١‬‬‬
Sodiq
«Yoki sening xurmo va uzum bog`ing bo`lib va ularning orasidan anhorlarni otiltirib chiqarmaguningcha.
92
أَوْ تُسْقِطَ ٱلسَّمَآءَ كَمَا زَعَمْتَ عَلَيْنَا كِسَفًا أَوْ تَأْتِىَ بِٱللَّهِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ قَبِيلًا‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Yoki o`zing da'vo qilganingdek, ustimizdan osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha» (senga iymon keltirmasmiz, dedilar).[1]

[1] Bu taklifda ochiq tajovuzkorlik, Allohning qudratidan qo`rqmaslik ko`rinib turibdi.)
93
أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِّن زُخْرُفٍ أَوْ تَرْقَىٰ فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَن نُّؤْمِنَ لِرُقِيِّكَ حَتَّىٰ تُنَزِّلَ عَلَيْنَا كِتَٰبًا نَّقْرَؤُهُۥ ​ۗ قُلْ سُبْحَانَ رَبِّى هَلْ كُنتُ إِلَّا بَشَرًا رَّسُولًا‮٩٣‬‬‬
Sodiq
«Yoki sening oltindan bezalgan uying bo`lmagunicha, yoxud osmonga ko`tarilmaguning-cha, o`sha ko`tarilishingga ham toki biz o`qishimiz uchun kitob keltirmaguningcha, ishonmaymiz», (dedilar). Sen: «Robbim pok bo`ldi. Men faqat bashar Payg`ambardan boshqa narsa emasman», degin.
94
وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓاْ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ أَبَعَثَ ٱللَّهُ بَشَرًا رَّسُولًا‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishlaridan man qilgan narsa, faqat, Alloh bashardan Payg`ambar yuboradimi, deyishlari bo`ldi.[1]

[1] Ular farishtadan ko`ra, Alloh odamni azizu mukarram qilib qo`yganini anglab yetmas edilar. Agar odam Allohning yo`lida yurib, buyurgan ishlarini qilib, qaytarganlaridan qaytsa, farishtadan afzal bo`lishini idrok etmas edilar.)
95
قُل لَّوْ كَانَ فِى ٱلْأَرْضِ مَلَٰٓئِكَةٌ يَمْشُونَ مُطْمَئِنِّينَ لَنَزَّلْنَا عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَلَكًا رَّسُولًا‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar yer yuzida farishtalar xotirjam yurganlarida, ularga osmondan farishta Payg`ambar tushirgan bo`lar edik», deb ayt.[1]

[1] Er yuzida yashab yurganlar odamlar bo`lgani uchun ularga odamlarni payg`ambar qildi. Agar Yer yuzida xotirjam yashab yurganlar farishtalar bo`lganida, ularga osmondan farishta payg`ambar tushirgan bo`lar edi.)
96
قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدً​ۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرً​ۢا بَصِيرًا‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoya qilur. Albatta, U O`z bandalaridan xabardor va ularni ko`rib turguvchi Zotdir», deb ayt.[1]

[1] Odamlar haqiqatni, payg`ambarlik nima ekanini anglashni xohlamasalar, ular bilan tortishishning hojati yo`q, ularni Allohning o`ziga havola qilib qo`yish kerak.)
97
وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ​ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُمْ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِهِۦ ​ۖ وَنَحْشُرُهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ عُمْيًا وَبُكْمًا وَصُمًّا ​ۖ مَّأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ​ۖ كُلَّمَا خَبَتْ زِدْنَٰهُمْ سَعِيرًا‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Alloh kimni hidoyat qilsa, o`sha hidoyat topguvchidir. U kimni adashtirsa, ularga Undan o`zga zinhor valiylar topa olmassan. Ularni qiyomat kuni yuztuban, ko`r, kar, soqov hollarida to`playmiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin bo`lsa, ularga olovni ziyoda qilamiz.[1]

[1] Alloh taolo, aqlini ishlatib hidoyat yo`lini ixtiyor etgan bandalarini hidoyatga boshlaydi. Ana o`sha odam haqiqiy hidoyat topgan odam bo`ladi. Havoi nafsining gapiga kirib, zalolat yo`lini ixtiyor etganlarni esa, zalolatga ketkazadi.)
98
ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُم بِأَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَقَالُوٓاْ أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمًا وَرُفَٰتًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`sha, Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlari va «Agar suyak va titilgan tuproq bo`lsak ham, albatta yangitdan yaratilib, qayta tiriltirilurmizmi?!» deganlari uchun jazolaridir.
99
۞أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُمْ وَجَعَلَ لَهُمْ أَجَلًا لَّا رَيْبَ فِيهِ فَأَبَى ٱلظَّٰلِمُونَ إِلَّا كُفُورًا‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga o`xshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?! Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.
100
قُل لَّوْ أَنتُمْ تَمْلِكُونَ خَزَآئِنَ رَحْمَةِ رَبِّىٓ إِذًا لَّأَمْسَكْتُمْ خَشْيَةَ ٱلْإِنفَاقِ ​ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ قَتُورًا‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega bo`lsangiz ham, uni sarflashdan qo`rqib, mumsiklik qilgan bo`lar edingiz. Inson zoti, o`zi, baxil bo`lur», deb ayt.
101
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ تِسْعَ ءَايَٰتٍ بَيِّنَٰتٍ ​ۖ فَسْـَٔلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِذْ جَآءَهُمْ فَقَالَ لَهُۥ فِرْعَوْنُ إِنِّى لَأَظُنُّكَ يَٰمُوسَىٰ مَسْحُورًا‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoga to`qqizta ochiq-oydin oyat-mo`'jiza berdik. Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima bo`lgani)ni so`ragin. Bas, Fir'avn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb o`ylayman», dedi.[1]

[1] Mazkur to`qqiz mo`'jiza — qo`l, aso, to`fon, chigirtka, bit, baqalar, qon, ocharchilik yillari va mevalarning kamchil bo`lishi edi. Bu mo`'jizalar haqida A'rof surasida va boshqa suralarda so`z ketgan.)
102
قَالَ لَقَدْ عَلِمْتَ مَآ أَنزَلَ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ بَصَآئِرَ وَإِنِّى لَأَظُنُّكَ يَٰفِرْعَوْنُ مَثْبُورًا‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
U: «Anavilarni ko`zni ochguvchi qilib osmonlaru yerning Robbidan o`zga hech bir Zot tushirmaganini yaxshi bilasan. Albatta, men seni, ey Fir'avn, halok bo`lguvchisan deb o`ylayman», dedi.[1]

[1] Anavi to`qqiz ochiq-oydin mo`'jizalarni g`aflat uyqusida qolganlar uchun ko`zini ochuvchi qilib osmonlaru Yerning Robbi tushirganini, undan o`zga hech kim tushira olmasligini yaxshi bilasan. Lekin shunday bo`lsa ham, inkor qilmoqdasan.)
103
فَأَرَادَ أَن يَسْتَفِزَّهُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ فَأَغْرَقْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ جَمِيعًا‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Bas, ularni yerdan qo`zg`atib chiqarmoqchi bo`ldi. Shunda, Biz uni va u bilan birga bo`lganlarni jamlab g`arq qildik.[1]

[1] Fir'avn Muso alayhissalomni va u kishining qavmlari Bani Isroilni Misr yeridan qo`zg`atib chiqarmoqchi bo`ldi. Shunda Alloh taolo Fir'avnni va uning qavmini jamlab dengizga g`arq qildi. Hammalari halok bo`ldilar.)
104
وَقُلْنَا مِن​ۢ بَعْدِهِۦ لِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱسْكُنُواْ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ ٱلْـَٔاخِرَةِ جِئْنَا بِكُمْ لَفِيفًا‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
U(Fir'avn)dan so`ng Bani Isroilga: «Mana shu yerni maskan tutinglar. Bas, oxirat va'dasi kelgan chog`ida, hammangizni to`plab keltiramiz», dedik.[1]

[1] Qiyomat qoim bo`lganida, hammangizni — sizni ham, Fir'avn va uning qavmini ham to`plab keltiramiz. O`shanda hisob-kitob bo`laveradi.)
105
وَبِٱلْحَقِّ أَنزَلْنَٰهُ وَبِٱلْحَقِّ نَزَلَ ​ۗ وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرًا وَنَذِيرًا‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Uni haq ila nozil qildik va haq ila nozil bo`ldi. Biz seni faqat xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi etib yubordik, xolos.
106
وَقُرْءَانًا فَرَقْنَٰهُ لِتَقْرَأَهُۥ عَلَى ٱلنَّاسِ عَلَىٰ مُكْثٍ وَنَزَّلْنَٰهُ تَنزِيلًا‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Va Qur'onni odamlarga asta-sekin o`qib berishing uchun bo`lib qo`ydik va bo`lak-bo`lak qilib tushirdik.
107
قُلْ ءَامِنُواْ بِهِۦٓ أَوْ لَا تُؤْمِنُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهِۦٓ إِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ يَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ سُجَّدًا‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Unga iymon keltiringlar yoki iymon keltirmanglar — bari bir. Albatta, undan oldin ilm berilganlar u ularga tilovat qilinganda yuzlari ila sajdaga yiqilurlar», deb ayt.[1]

[1] Ushbu oyat sajda oyati bo`lib uni o`qigan yoki eshitgan odamga qiroat sajdasi qilishlik vojib bo`ladi. Qur'ondan oldin ilm berilganlar deganda Tavrot va Injil berilganlar tushuniladi. Allohni taniganlar, din-diyonat, payg`ambar, ilohiy kitob, vahiy, farishta kabi narsalar nima ekanini biladiganlar ularga Qur'oni Karim tilovat qilinishi bilan o`zlarini tuta olmay sajdaga yiqiladilar.)
108
وَيَقُولُونَ سُبْحَٰنَ رَبِّنَآ إِن كَانَ وَعْدُ رَبِّنَا لَمَفْعُولًا‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Va: «Robbimiz mutlaqo pok bo`ldi. Shubhasiz, Robbimizning va'dasi amalga oshajak», derlar.
109
وَيَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ يَبْكُونَ وَيَزِيدُهُمْ خُشُوعًا ۩‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Va yuzlari ila yiqilib yig`larlar va u xokisorliklarini ziyoda qilur.
110
قُلِ ٱدْعُواْ ٱللَّهَ أَوِ ٱدْعُواْ ٱلرَّحْمَٰنَ ​ۖ أَيًّا مَّا تَدْعُواْ فَلَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ​ۚ وَلَا تَجْهَرْ بِصَلَاتِكَ وَلَا تُخَافِتْ بِهَا وَٱبْتَغِ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Go`zal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila o`qima, uni juda maxfiy ham o`qima, buning orasida bir yo`l tut.
111
وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌ فِى ٱلْمُلْكِ وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ وَلِىٌّ مِّنَ ٱلذُّلِّ ​ۖ وَكَبِّرْهُ تَكْبِيرً​ۢا‮١١١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Hamd bo`lsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi bo`lmagan va xorlikdan qutqarguvchi do`stga zor bo`lmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulug`la!