Sura 19
Maryam
a
Maryam
98 oyat |
Makka |
Sura 19 • Oyat 1 / 98 • Juz 162⁄8 • Sahifa 305
Maryam
2
1
كٓهيعٓصٓ١
Sodiq
Kaaf, ha, yo, ayn, sod.
2
ذِكْرُ رَحْمَتِ رَبِّكَ عَبْدَهُۥ زَكَرِيَّآ٢
Sodiq
Bu, Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir.[1]
[1] Ya'ni, ey Muhammad alayhissalotu vassalom, ushbu qissa «Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir».)
3
إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ نِدَآءً خَفِيًّا٣
Sodiq
U, Robbiga maxfiy nido qilgan chog`ini esla.
4
قَالَ رَبِّ إِنِّى وَهَنَ ٱلْعَظْمُ مِنِّى وَٱشْتَعَلَ ٱلرَّأْسُ شَيْبًا وَلَمْ أَكُنۢ بِدُعَآئِكَ رَبِّ شَقِيًّا٤
Sodiq
U: «Ey Robbim, mening suyaklarim mo`rtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt bo`lmaganman.
5
وَإِنِّى خِفْتُ ٱلْمَوَٰلِىَ مِن وَرَآءِى وَكَانَتِ ٱمْرَأَتِى عَاقِرًا فَهَبْ لِى مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا٥
Sodiq
Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qo`rqdim. Ayolim tug`mas edi. Bas, menga O`z dargohingdan bir valiy — ortdan qolguvchi ato et.
6
يَرِثُنِى وَيَرِثُ مِنْ ءَالِ يَعْقُوبَ ۖ وَٱجْعَلْهُ رَبِّ رَضِيًّا٦
Sodiq
U menga va Ya'qub oilasiga merosxo`r bo`lsin. Ey Robbim, uni O`zing rozi bo`ladigan qil», dedi.
7
يَٰزَكَرِيَّآ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَٰمٍ ٱسْمُهُۥ يَحْيَىٰ لَمْ نَجْعَل لَّهُۥ مِن قَبْلُ سَمِيًّا٧
Sodiq
«Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo bo`lgan bir o`g`ilning xushxabarini beramiz. Bundan oldin unga otdosh qilgan emasmiz».[1]
[1] Ko`rinib turibdiki, Alloh taolo Zakariyo alayhissalomga buyuk rahmat nazari bilan boqdi. Farzand beribgina qolmay, unga O`zi Yahyo, deb ism ham qo`ydi. Bularning bari dunyoga kelayotgan farzandining kelajagi juda qutlug`ligidan darak berar edi.)
8
قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَٰمٌ وَكَانَتِ ٱمْرَأَتِى عَاقِرًا وَقَدْ بَلَغْتُ مِنَ ٱلْكِبَرِ عِتِيًّا٨
Sodiq
U: «Ey Robbim, ayolim tug`mas bo`lsa, o`zim qarib-chirib qolgan bo`lsam, qanday qilib mening o`g`lim bo`lsin?!» – dedi.
9
قَالَ كَذَٰلِكَ قَالَ رَبُّكَ هُوَ عَلَىَّ هَيِّنٌ وَقَدْ خَلَقْتُكَ مِن قَبْلُ وَلَمْ تَكُ شَيْـًٔا٩
Sodiq
U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding», dedi.
10
قَالَ رَبِّ ٱجْعَل لِّىٓ ءَايَةً ۚ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَٰثَ لَيَالٍ سَوِيًّا١٠
Sodiq
U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi. U zot: «Sening belging salomat holingda odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi.
11
فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ مِنَ ٱلْمِحْرَابِ فَأَوْحَىٰٓ إِلَيْهِمْ أَن سَبِّحُواْ بُكْرَةً وَعَشِيًّا١١
Sodiq
Bas, o`z qavmi huzuriga mehrobdan chiqdi va ularga, ertayu kech tasbih aytinglar, deb ishora qildi.[1]
[1] Sog`lom holda tildan qolgan Zakariyo alayhissalom mehrobda ibodat, tasbih va Tavrot tilovati bilan mashg`ul bo`ldilar. Mehrobdan chiqib qavmlariga, ertayu kech Allohga tasbih aytinglar, deb ishora qildilar. Bu bilan qavmlarini birga ibodat qilishga, berilgan ulug` ne'mat shukronasini ado etishga chorladilar. Shu nuqtada Zakariyo alayhissalomga tegishli tarix xotima topadi. Yahyo alayhissalomning tavalludlari, hayotlariga taalluqli boshqa tarixlar bayon etilmay, bir yo`la ul zotga kitob nozil etilish qissasi zikr etiladi.)
12
يَٰيَحْيَىٰ خُذِ ٱلْكِتَٰبَ بِقُوَّةٍ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْحُكْمَ صَبِيًّا١٢
Sodiq
«Ey Yahyo, kitobni quvvat-la ol!» (dedik). Va unga go`dakligidayoq hukmni berdik.[1]
[1] Alloh taolo Yahyo alayhissalomga, ilohiy Tavrotni quvvat bilan ol, demoqda. Oyatdagi «Unga go`dakligidayoq hukmni berdik», degan jumlani ulamolarimiz ilmu hikmat mazmunida ta'vil qilganlar.)
13
وَحَنَانًا مِّن لَّدُنَّا وَزَكَوٰةً ۖ وَكَانَ تَقِيًّا١٣
Sodiq
Va O`z tomonimizdan mehribonlik va poklik (berdik). Hamda u taqvodor edi.
14
وَبَرًّۢا بِوَٰلِدَيْهِ وَلَمْ يَكُن جَبَّارًا عَصِيًّا١٤
Sodiq
U ota-onasiga mehribon bo`lib, jabr-sitam qilguvchi va isyonchi emasdi.
15
وَسَلَٰمٌ عَلَيْهِ يَوْمَ وُلِدَ وَيَوْمَ يَمُوتُ وَيَوْمَ يُبْعَثُ حَيًّا١٥
Sodiq
Unga tug`ilgan kunida ham, o`ladigan kunida ham, qayta tiriladigan kunida ham salomlar bo`lsin.
16
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ مَرْيَمَ إِذِ ٱنتَبَذَتْ مِنْ أَهْلِهَا مَكَانًا شَرْقِيًّا١٦
Sodiq
Kitobda Maryamni esla. U o`z ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda...
17
فَٱتَّخَذَتْ مِن دُونِهِمْ حِجَابًا فَأَرْسَلْنَآ إِلَيْهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرًا سَوِيًّا١٧
Sodiq
Va ular bilan o`zi orasida to`siq olganda, Biz unga O`z ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam bo`lib ko`rindi.[1]
[1] Ya'ni, ey Muhammad, bu kitobda Qur'onda) Maryamni esla. Baytul Maqdisda yashayotgan, bokira, taqvodor qiz Maryam, shaharning sharqiy tomoniga yolg`iz chiqdi. Nimaga chiqqanini Alloh biladi. Qavmidan hech kim Maryamni ko`rmaydigan bo`ldi. U xoli va yolg`iz qoldi. Jabroil alayhissalom Maryamga to`la-to`kis odam siymosida namoyon bo`ldi. Alloh uni yaratgan asl holatida ko`rinmadi. Chunki bus-butun holida ko`rinsa, Maryam butkul dahshatga tushishi mumkin edi.)
18
قَالَتْ إِنِّىٓ أَعُوذُ بِٱلرَّحْمَٰنِ مِنكَ إِن كُنتَ تَقِيًّا١٨
Sodiq
U: «Men Rohmandan sendan panoh berishini so`rayman. Agar taqvodor bo`lsang...» dedi.
19
قَالَ إِنَّمَآ أَنَاْ رَسُولُ رَبِّكِ لِأَهَبَ لَكِ غُلَٰمًا زَكِيًّا١٩
Sodiq
U: «Men Robbingning elchisiman, xolos, senga bir pok o`g`ilni hadya etish uchun keldim», dedi.
20
قَالَتْ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَٰمٌ وَلَمْ يَمْسَسْنِى بَشَرٌ وَلَمْ أَكُ بَغِيًّا٢٠
Sodiq
U: « Menda qayoqdan o`g`il bo`lsin, menga bashar tegmagan bo`lsa, men buzuq ham bo`lmasam?!» – dedi.
21
قَالَ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ هُوَ عَلَىَّ هَيِّنٌ ۖ وَلِنَجْعَلَهُۥٓ ءَايَةً لِّلنَّاسِ وَرَحْمَةً مِّنَّا ۚ وَكَانَ أَمْرًا مَّقْضِيًّا٢١
Sodiq
U: «Ana shunday, Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilish uchun hamda Bizdan rahmat bo`lishi uchun, bu hukmi chiqib bo`lgan ishdir», dedi.
22
۞فَحَمَلَتْهُ فَٱنتَبَذَتْ بِهِۦ مَكَانًا قَصِيًّا٢٢
Sodiq
Bas, unga homilador bo`ldi. So`ngra, u bilan uzoq makonga chetlandi.[1]
[1] Ya'ni, Jabroil alayhissalom Maryamning yoqasidan puflaganidan keyin Iyso alayhissalomga homilador bo`ldi.)
23
فَأَجَآءَهَا ٱلْمَخَاضُ إِلَىٰ جِذْعِ ٱلنَّخْلَةِ قَالَتْ يَٰلَيْتَنِى مِتُّ قَبْلَ هَٰذَا وَكُنتُ نَسْيًا مَّنسِيًّا٢٣
Sodiq
Bas, to`lg`oq uni xurmo tanasiga olib bordi. U: «Koshki, bundan oldin o`lsam edi va butunlay unutilib ketsam edi», dedi.
24
فَنَادَىٰهَا مِن تَحْتِهَآ أَلَّا تَحْزَنِى قَدْ جَعَلَ رَبُّكِ تَحْتَكِ سَرِيًّا٢٤
Sodiq
Uning ostidan: «Mahzun bo`lma, batahqiq, Robbing ostingdan oqar suv qildi.
25
وَهُزِّىٓ إِلَيْكِ بِجِذْعِ ٱلنَّخْلَةِ تُسَٰقِطْ عَلَيْكِ رُطَبًا جَنِيًّا٢٥
Sodiq
Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi», deb nido qildi.[1]
[1] Tafsirchi ulamolarimiz ushbu oyati karimani ikki xil talqin qiladilar. Ba'zilar «Uning ostidan» iborasini xurmoning ostidan ma'nosida, «nido qildi» iborasini, farishta nido qildi mazmunida sharhlaganlar. Ayrim ulamolar esa, «Uning ostidan»ni «Maryamning ostidan» va «nido qildi»ni, Iyso nido qildi, deb talqin etganlar.)
26
فَكُلِى وَٱشْرَبِى وَقَرِّى عَيْنًا ۖ فَإِمَّا تَرَيِنَّ مِنَ ٱلْبَشَرِ أَحَدًا فَقُولِىٓ إِنِّى نَذَرْتُ لِلرَّحْمَٰنِ صَوْمًا فَلَنْ أُكَلِّمَ ٱلْيَوْمَ إِنسِيًّا٢٦
Sodiq
Ye, ich va ko`zing quvonsin. Bas, biror odamni ko`rar bo`lsang: «Men Rohmanga ro`za nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman», degin.
27
فَأَتَتْ بِهِۦ قَوْمَهَا تَحْمِلُهُۥ ۖ قَالُواْ يَٰمَرْيَمُ لَقَدْ جِئْتِ شَيْـًٔا فَرِيًّا٢٧
Sodiq
Bas, uni ko`tarib qavmiga olib keldi. Ular: «Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!
28
يَٰٓأُخْتَ هَٰرُونَ مَا كَانَ أَبُوكِ ٱمْرَأَ سَوْءٍ وَمَا كَانَتْ أُمُّكِ بَغِيًّا٢٨
Sodiq
Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq bo`lmagan edi-ku!» – dedilar.[1]
[1] Bibi Maryam Iyso alayhissalomni ko`tarib qavmi huzuriga bordi. Qavm bu holni ko`rib hayratga tushdi. Darhol Maryamni tergab, dashnom bera boshladi.)
29
فَأَشَارَتْ إِلَيْهِ ۖ قَالُواْ كَيْفَ نُكَلِّمُ مَن كَانَ فِى ٱلْمَهْدِ صَبِيًّا٢٩
Sodiq
Bas, unga ishorat qildi. Ular: «Beshikdagi yosh bola ila qanday gaplashamiz?!» – dedilar.[1]
[1] Beshikdagi bola hech qachon gapirmaydi. Ammo Alloh har narsaga qodir. U xohlagan ish bo`ladi. Beshikdagi go`dak Iyso alayhissalom tilga kirdilar.)
30
قَالَ إِنِّى عَبْدُ ٱللَّهِ ءَاتَىٰنِىَ ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلَنِى نَبِيًّا٣٠
Sodiq
U: «Albatta, men Allohning bandasiman. U menga kitob berdi va meni Payg`ambar qildi.
31
وَجَعَلَنِى مُبَارَكًا أَيْنَ مَا كُنتُ وَأَوْصَٰنِى بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱلزَّكَوٰةِ مَا دُمْتُ حَيًّا٣١
Sodiq
Meni qayerda bo`lsam ham, muborak qildi. Modomiki, hayot ekanman, namoz va zakotni ado etmoqni tavsiya qildi.
32
وَبَرًّۢا بِوَٰلِدَتِى وَلَمْ يَجْعَلْنِى جَبَّارًا شَقِيًّا٣٢
Sodiq
Meni volidamga mehribon qildi va jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi.
33
وَٱلسَّلَٰمُ عَلَىَّ يَوْمَ وُلِدتُّ وَيَوْمَ أَمُوتُ وَيَوْمَ أُبْعَثُ حَيًّا٣٣
Sodiq
Menga tug`ilgan kunimda ham, o`ladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir», dedi.
34
ذَٰلِكَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ ۚ قَوْلَ ٱلْحَقِّ ٱلَّذِى فِيهِ يَمْتَرُونَ٣٤
Sodiq
Mana shu, shubha qilishayotgan Iyso ibn Maryam to`g`risidagi haq so`zdir.[1]
[1] Ba'zilar uni «xudo» dedilar, ba'zilar onalari Bibi Maryamni zinokorlikda aybladilar. Bu quruq va asossiz so`zlarga emas, Allohning haq kalomiga ishonish kerak.)
35
مَا كَانَ لِلَّهِ أَن يَتَّخِذَ مِن وَلَدٍ ۖ سُبْحَٰنَهُۥٓ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ٣٥
Sodiq
Bola tutmoq Allohga hech to`g`ri kelmas. U bundan pokdir. U bir ishni istasa, unga «Bo`l!» deydi. Bas, bo`ladi.
36
وَإِنَّ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ٣٦
Sodiq
«Va, albatta, Alloh mening Robbimdir va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu to`g`ri yo`ldir.»
37
فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن مَّشْهَدِ يَوْمٍ عَظِيمٍ٣٧
Sodiq
So`ngra, firqalar o`zaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi ko`rinishdan voy bo`lsin.[1]
[1] Nasorolar hozirgacha Iyso alayhissalom xususida ixtilofdalar. Ba'zilari, Iyso Allohning o`g`li desa, ba'zilari Iyso ota, o`g`il va muqaddas ruhdan iborat uchlikning biri deydi; ba'zilari esa, Iyso ota xudo, ona xudo va bola xudodan biri — bola o`g`il xudo, deydilar. Ularning orasida Iyso alayhissalom Allohning bandasi, Rasuli, ruhi va kalimasi deydiganlar ham bor. Ammo hanuzgacha mazkur ixtiloflar davom etib kelmoqda.)
38
أَسْمِعْ بِهِمْ وَأَبْصِرْ يَوْمَ يَأْتُونَنَا ۖ لَٰكِنِ ٱلظَّٰلِمُونَ ٱلْيَوْمَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٣٨
Sodiq
Bizga keladigan kuni qanday ham yaxshi eshitarlar, qanday ham yaxshi ko`rarlar. Lekin zolimlar bugungi kunda ochiq zalolatdadirlar.
39
وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ ٱلْحَسْرَةِ إِذْ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍ وَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ٣٩
Sodiq
Ularni hasrat kunidan, ish bitmish paytidan ogoh qil. Ular g`aflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar.
40
إِنَّا نَحْنُ نَرِثُ ٱلْأَرْضَ وَمَنْ عَلَيْهَا وَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ٤٠
Sodiq
Albatta, Biz yerga va uning ustidagi kimsalarga merosxo`r bo`lamiz va Bizgagina qayturlar.
41
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ إِبْرَٰهِيمَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقًا نَّبِيًّا٤١
Sodiq
Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo`lgan edi.
42
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ لِمَ تَعْبُدُ مَا لَا يَسْمَعُ وَلَا يُبْصِرُ وَلَا يُغْنِى عَنكَ شَيْـًٔا٤٢
Sodiq
Qachonki u otasiga: «Ey otajon, nima uchun eshitmaydigan, ko`rmaydigan va senga biron foyda bermaydigan narsaga ibodat qilasan?
43
يَٰٓأَبَتِ إِنِّى قَدْ جَآءَنِى مِنَ ٱلْعِلْمِ مَا لَمْ يَأْتِكَ فَٱتَّبِعْنِىٓ أَهْدِكَ صِرَٰطًا سَوِيًّا٤٣
Sodiq
Ey otajon, albatta, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergash, seni to`g`ri yo`lga boshlayman.
44
يَٰٓأَبَتِ لَا تَعْبُدِ ٱلشَّيْطَٰنَ ۖ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ كَانَ لِلرَّحْمَٰنِ عَصِيًّا٤٤
Sodiq
Ey otajon, shaytonga ibodat qilma. Albatta, shayton Rohmanga osiy bo`lgandir.
45
يَٰٓأَبَتِ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يَمَسَّكَ عَذَابٌ مِّنَ ٱلرَّحْمَٰنِ فَتَكُونَ لِلشَّيْطَٰنِ وَلِيًّا٤٥
Sodiq
Ey otajon, albatta, men seni Rohman tomonidan azob tutishidan va shaytonga do`st bo`lib qolishingdan qo`rqaman», degan edi.
46
قَالَ أَرَاغِبٌ أَنتَ عَنْ ءَالِهَتِى يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ لَأَرْجُمَنَّكَ ۖ وَٱهْجُرْنِى مَلِيًّا٤٦
Sodiq
U: «Ey Ibrohim, sen mening xudolarimdan yuz o`giruvchimisan?! Qasamki, agar to`xtamasang, seni, albatta, toshbo`ron qilaman! Mendan uzoq ket!» – dedi.
47
قَالَ سَلَٰمٌ عَلَيْكَ ۖ سَأَسْتَغْفِرُ لَكَ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ بِى حَفِيًّا٤٧
Sodiq
U: «Omon bo`l. Endi Robbimdan seni mag`firat qilishini so`rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir.
48
وَأَعْتَزِلُكُمْ وَمَا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَأَدْعُواْ رَبِّى عَسَىٰٓ أَلَّآ أَكُونَ بِدُعَآءِ رَبِّى شَقِيًّا٤٨
Sodiq
Men sizlardan ham, Allohdan o`zga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bo`lmasam», dedi.
49
فَلَمَّا ٱعْتَزَلَهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۖ وَكُلًّا جَعَلْنَا نَبِيًّا٤٩
Sodiq
Bas, ulardan va ular Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsadan chetlanganida, Biz unga Is'hoq va Ya'qubni hadya etdik va barchalarini Payg`ambar qildik.[1]
[1] Ibrohim alayhissalom Allohni, Uning dinini deb o`z vatanlari, qavm-qarindoshlarini tark etib, hijrat qilgan edilar. Alloh taolo u zotni yolg`iz qo`ymadi. Qarib qolgan bo`lsalar ham, Is'hoq va Ya'qubni berdi. Ibrohim alayhissalom nasabini bardavom ayladi. Eng muhimi, ularning hammasini payg`ambar qildi.)
50
وَوَهَبْنَا لَهُم مِّن رَّحْمَتِنَا وَجَعَلْنَا لَهُمْ لِسَانَ صِدْقٍ عَلِيًّا٥٠
Sodiq
Va ularga O`z rahmatimizdan hadya etdik hamda ularga rostgo`y va oliy til berdik.
51
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ مُوسَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مُخْلَصًا وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا٥١
Sodiq
Kitobda Musoni esla. Albatta, u tanlab olingan Nabiy va Rasul edi.[1]
[1] Ey Muhammad, ilohiy Kitob — Qur'onda Muso alayhissalom qissasini esla. U Alloh taolo tomonidan tanlab olingan banda ham Nabiy va ham Rasul edi. Biz Alloh tomonidan bandalarga yetkazish uchun ko`rsatmalar olgan shaxsni payg`ambar deb odatlanib qolganmiz. Aslida esa, payg`ambarlik mohiyat jihatidan ikki turlidir. Bir turlariga «Nabiy», boshqalariga «Rasul» deyiladi. Nabiylar Allohdan vahiy kelgan, biroq kitob berilmagan, shuningdek, da'vatlari keng ommaga emas, o`zlari uchungina kifoya qilgan zotlardir. Rasul Alloh tomonidan vahiy berilgan, da'vatlari keng ommaga mo`ljallangan zot hisoblanadilar. Muso alayhissalom ushbu ikki sifatni o`zlarida mujassam qilgan payg`ambarlardan biridir.)
52
وَنَٰدَيْنَٰهُ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنِ وَقَرَّبْنَٰهُ نَجِيًّا٥٢
Sodiq
Biz unga Turning o`ng tomonidan nido qildik va munojot uchun O`zimizni yaqinlashtirdik.
53
وَوَهَبْنَا لَهُۥ مِن رَّحْمَتِنَآ أَخَاهُ هَٰرُونَ نَبِيًّا٥٣
Sodiq
Va unga O`z rahmatimizdan og`asi Horunni Payg`ambar qilib hadya etdik.[1]
[1] Og`alari Horunning payg`ambar bo`lishini Muso alayhissalomning o`zlari Alloh taologa duo qilib so`ragan edilar.)
54
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ إِسْمَٰعِيلَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صَادِقَ ٱلْوَعْدِ وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا٥٤
Sodiq
Va kitobda Ismoilni esla. Albatta, u va'dasiga sodiq hamda Rasul va Nabiy bo`lgan edi.
55
وَكَانَ يَأْمُرُ أَهْلَهُۥ بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱلزَّكَوٰةِ وَكَانَ عِندَ رَبِّهِۦ مَرْضِيًّا٥٥
Sodiq
U ahlini namozga va zakotga buyurar edi va Robbi huzurida rozi bo`lingan edi.
56
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ إِدْرِيسَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقًا نَّبِيًّا٥٦
Sodiq
Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo`lgan edi.
57
وَرَفَعْنَٰهُ مَكَانًا عَلِيًّا٥٧
Sodiq
Va uni oliy maqomga ko`tardik.[1]
[1] Uning qadrini yuksak, zikrini oliy qildik. Dunyoda shunday oliymaqom zotlar o`tgan.)
58
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِن ذُرِّيَّةِ ءَادَمَ وَمِمَّنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ وَمِن ذُرِّيَّةِ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْرَٰٓءِيلَ وَمِمَّنْ هَدَيْنَا وَٱجْتَبَيْنَآ ۚ إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُ ٱلرَّحْمَٰنِ خَرُّواْ سُجَّدًا وَبُكِيًّا ۩٥٨
Sodiq
Ana o`shalar, Alloh ne'mat bergan zotlar Payg`ambarlardan, Odam zurriyotidan, Nuh bilan birga (kemada) ko`targanlarimizdan, Ibrohim va Isroilning zurriyotidan, o`zimiz hidoyat qilgan va tanlab olganlardandir. Ularga Rohmanning oyati tilovat qilinsa, yig`lab sajdaga yiqilardilar.
59
۞فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّبَعُواْ ٱلشَّهَوَٰتِ ۖ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا٥٩
Sodiq
Bas, ularning ortidan bir o`rinbosarlar qoldiki, ular namozni zoye qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda ular yomonlikka yo`liqdilar.[1]
[1] Rohmanning oyati tilovat qilinganda yig`lab, sajdaga otiladigan hassos zotlar ortidan, nobakor, fosiq va betavfiq o`rinbosarlar keldi. Bu betavfiq kimsalar namozni zoye qildilar, shahvatga ergashadilar. Shahvatga ergashgan zalolatga yuz buradi. Zalolatga ketganga esa, halokat yetadi.)
60
إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَأُوْلَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْـًٔا٦٠
Sodiq
Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana o`shalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar.[1]
[1] Kim tavba qilsa, noshoyista amalidan afsus-nadomat chekib, to`g`ri yo`lga qaytsa, so`ngra iymon keltirib, mo`min bo`lsa va yaxshi amallarni ado etsa, yomonlikka uchramaydi.)
61
جَنَّٰتِ عَدْنٍ ٱلَّتِى وَعَدَ ٱلرَّحْمَٰنُ عِبَادَهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ وَعْدُهُۥ مَأْتِيًّا٦١
Sodiq
Rohman O`z bandalariga g`aybdan va'da qilgan adn jannatlaridir. Albatta, Uning va'dasi kelgusidir.
62
لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا إِلَّا سَلَٰمًا ۖ وَلَهُمْ رِزْقُهُمْ فِيهَا بُكْرَةً وَعَشِيًّا٦٢
Sodiq
Ular unda behuda so`z eshitmaslar, illo, salom eshiturlar. Ularga u yerda ertayu kech rizqlari kelib turur.
63
تِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِى نُورِثُ مِنْ عِبَادِنَا مَن كَانَ تَقِيًّا٦٣
Sodiq
U, bandalarimizdan taqvodor bo`lganlariga meros qilib beradigan jannatimizdir.
64
وَمَا نَتَنَزَّلُ إِلَّا بِأَمْرِ رَبِّكَ ۖ لَهُۥ مَا بَيْنَ أَيْدِينَا وَمَا خَلْفَنَا وَمَا بَيْنَ ذَٰلِكَ ۚ وَمَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيًّا٦٤
Sodiq
Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz. Bizning oldimizdagi narsalar va ortimizdagi narsalar hamda ularning orasidagi narsalar ham Unikidir. Robbing unutguvchi bo`lmagan.[1]
[1] Ya'ni, ey Muhammad, bizda o`zimizcha tushaverish ixtiyori yo`q. Qachonki amr qilsagina, huzuringga tushamiz. Aks holda, amrni kutib turaveramiz. Jamiki narsa Allohning izmida. Bizning oldimizdagi va ortimizdagi hamda har ikkisining orasidagi narsalar Unikidir.)
65
رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَٱعْبُدْهُ وَٱصْطَبِرْ لِعِبَٰدَتِهِۦ ۚ هَلْ تَعْلَمُ لَهُۥ سَمِيًّا٦٥
Sodiq
U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli bo`l. Unga tengdoshni bilurmisan?[1]
[1] Inson sabr-matonat ila Allohga ibodat qilib, butun hayotini uning ko`rsatmasiga mos etib yashagandagina maqsadga noil bo`ladi.)
66
وَيَقُولُ ٱلْإِنسَٰنُ أَءِذَا مَا مِتُّ لَسَوْفَ أُخْرَجُ حَيًّا٦٦
Sodiq
Inson: «Agar o`lsam, yana qayta tirik holda chiqarilamanmi?!» – deydi.
67
أَوَلَا يَذْكُرُ ٱلْإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقْنَٰهُ مِن قَبْلُ وَلَمْ يَكُ شَيْـًٔا٦٧
Sodiq
O`sha inson Biz uni bundan oldin hech narsa bo`lmay turganida yaratganimizni eslamaydimi?!
68
فَوَرَبِّكَ لَنَحْشُرَنَّهُمْ وَٱلشَّيَٰطِينَ ثُمَّ لَنُحْضِرَنَّهُمْ حَوْلَ جَهَنَّمَ جِثِيًّا٦٨
Sodiq
Robbingga qasamki, Biz ularni va shaytonlarni, albatta, mahsharga to`playmiz, so`ngra, ularni jahannam atrofiga tiz cho`kkan hollarida hozir qilamiz.
69
ثُمَّ لَنَنزِعَنَّ مِن كُلِّ شِيعَةٍ أَيُّهُمْ أَشَدُّ عَلَى ٱلرَّحْمَٰنِ عِتِيًّا٦٩
Sodiq
So`ngra, har bir guruhdan Rohmanga ashaddiy osiy bo`lganini sug`urib olamiz.[1]
[1] Anchayin chorlab yoxud taklif qilib emas, shiddat bilan sug`urib olinadi. Demak, kofirlar shaytonlari bilan jahannam atrofiga o`tqazib qo`yilib, qilgan gunohlariga qarab birin-ketin do`zaxga tashlanadilar. Qolganlari navbat kutib, kuzatib turadilar.)
70
ثُمَّ لَنَحْنُ أَعْلَمُ بِٱلَّذِينَ هُمْ أَوْلَىٰ بِهَا صِلِيًّا٧٠
Sodiq
Keyin, albatta, Biz u(jahannam)ga kirishga kimlar loyiqroq ekanini yaxshi bilguvchimiz.
71
وَإِن مِّنكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ حَتْمًا مَّقْضِيًّا٧١
Sodiq
Sizdan unga yaqinlashuvchi bo`lmagan hech kim yo`q. Bu, Robbing huzuridagi keskin hukmdir.[1]
[1] Alloh taolo Anbiyo surasida mo`minlar haqida «Ana o`shalar u jahannam)dan uzoqlashtirilganlar, uning ovozini ham eshitmaydilar» degan, shuning uchun ham bu oyatga «Sizdan unga yaqinlashuvchi bo`lmagan hech kim yo`q», deb ma'no bersak asliga muvofiq bo`ladi. Binobarin, mo`minlar jahannamga, xususan, sirotdan o`tayotganlarida yaqinlashadilar, biroq tushmay o`tib ketadilar. Kofirlar esa, yaqinlashib, jahannam atrofida tiz cho`kib o`tiradilar va gunohlariga mos ravishda ketma-ket do`zaxga tashlanadilar.)
72
ثُمَّ نُنَجِّى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ وَّنَذَرُ ٱلظَّٰلِمِينَ فِيهَا جِثِيًّا٧٢
Sodiq
So`ngra, taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz cho`kkan hollarida qoldiramiz.
73
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ خَيْرٌ مَّقَامًا وَأَحْسَنُ نَدِيًّا٧٣
Sodiq
Qachonki ularga Bizning ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Ikki guruhning qaysi biri maqom va majlis jihatidan yaxshiroqdir?» – derlar.
74
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَحْسَنُ أَثَٰثًا وَرِءْيًا٧٤
Sodiq
Holbuki, Biz ulardan oldin mol va ko`rinish jihatidan yaxshiroq bo`lgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganmiz.
75
قُلْ مَن كَانَ فِى ٱلضَّلَٰلَةِ فَلْيَمْدُدْ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ مَدًّا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوْاْ مَا يُوعَدُونَ إِمَّا ٱلْعَذَابَ وَإِمَّا ٱلسَّاعَةَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضْعَفُ جُندًا٧٥
Sodiq
Sen: «Kim zalolatda bo`lsa, Rohman unga muhlat berib qo`ysin. Toki o`zlariga va'da qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni ko`rganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin.
76
وَيَزِيدُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱهْتَدَوْاْ هُدًى ۗ وَٱلْبَٰقِيَٰتُ ٱلصَّٰلِحَٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ مَّرَدًّا٧٦
Sodiq
Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.
77
أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى كَفَرَ بِـَٔايَٰتِنَا وَقَالَ لَأُوتَيَنَّ مَالًا وَوَلَدًا٧٧
Sodiq
Oyatlarimizga kufr keltirgan va: «Albatta, (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», deganni ko`rdingmi?!
78
أَطَّلَعَ ٱلْغَيْبَ أَمِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحْمَٰنِ عَهْدًا٧٨
Sodiq
U g`oyibni bilarmikan yoki Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?![1]
[1] G`oyibda unga oxiratda albatta molu dunyo hamda bola-chaqa berilishi muqarrar ekanligi haqida alomat bormikan?)
79
كَلَّا ۚ سَنَكْتُبُ مَا يَقُولُ وَنَمُدُّ لَهُۥ مِنَ ٱلْعَذَابِ مَدًّا٧٩
Sodiq
Yo`q! Nima deganini albatta yozib qo`yamiz va unga azobni uzundan-uzoq qilamiz.
80
وَنَرِثُهُۥ مَا يَقُولُ وَيَأْتِينَا فَرْدًا٨٠
Sodiq
U aytayotgan narsaga merosxo`r bo`lurmiz va u Bizga yolg`iz holida kelur.[1]
[1] Kofir molu mulk, bola-chaqa va boshqa dunyoviy narsalaridan judo bo`lgan yolg`iz holida bizga — huzurimizga keladi. O`sha payt u bilan qanday muomala qilishni o`zimiz bilamiz.)
81
وَٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةً لِّيَكُونُواْ لَهُمْ عِزًّا٨١
Sodiq
Ular o`zlariga kuch-qudrat, izzat bo`lishi uchun Allohdan o`zgalarni «xudo» qilib oldilar.
82
كَلَّا ۚ سَيَكْفُرُونَ بِعِبَادَتِهِمْ وَيَكُونُونَ عَلَيْهِمْ ضِدًّا٨٢
Sodiq
Yo`q! U(«xudo»)lar ularning ibodatlarini inkor eturlar va ularga zid bo`lurlar.[1]
[1] Qiyomat kuni soxta xudolar mushriklarning ularga qilgan ibodatini, bandaligini inkor etadilar. Biz ularga, bizga ibodat qiling deganimiz yo`q, deb Alloh huzurida o`zlarini oqlaydilar.)
83
أَلَمْ تَرَ أَنَّآ أَرْسَلْنَا ٱلشَّيَٰطِينَ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ تَؤُزُّهُمْ أَزًّا٨٣
Sodiq
Biz shaytonlarni kofirlarga ularni doimiy qo`zg`ab turishga yuborganimizni ko`rmadingmi?
84
فَلَا تَعْجَلْ عَلَيْهِمْ ۖ إِنَّمَا نَعُدُّ لَهُمْ عَدًّا٨٤
Sodiq
Ularning ziddiga shoshilma! Biz ularning sanog`ini sanamoqdamiz.
85
يَوْمَ نَحْشُرُ ٱلْمُتَّقِينَ إِلَى ٱلرَّحْمَٰنِ وَفْدًا٨٥
Sodiq
Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hay'ati etib to`plagan kunimizda.
86
وَنَسُوقُ ٱلْمُجْرِمِينَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ وِرْدًا٨٦
Sodiq
Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz.
87
لَّا يَمْلِكُونَ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَنِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحْمَٰنِ عَهْدًا٨٧
Sodiq
Ular shafoatga molik bo`lmaslar. Magar kim Rohman huzurida ahdu paymon olgan bo`lsa (molik bo`lar).[1]
[1] Shafoatga molik bo`lganlar faqat Allohning O`zidan bu haqda ahdu paymon olganlardir, xolos.)
88
وَقَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَلَدًا٨٨
Sodiq
Ular: «Rohman bola tutdi», dedilar.
89
لَّقَدْ جِئْتُمْ شَيْـًٔا إِدًّا٨٩
Sodiq
Batahqiq, juda og`ir narsa keltirdingiz.
90
تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرْنَ مِنْهُ وَتَنشَقُّ ٱلْأَرْضُ وَتَخِرُّ ٱلْجِبَالُ هَدًّا٩٠
Sodiq
Undan osmonlar parchalanib, yer yorilib, tog`lar qulab yiqilay deydi.
91
أَن دَعَوْاْ لِلرَّحْمَٰنِ وَلَدًا٩١
Sodiq
Rohmanning bolasi bor, deganlariga.
92
وَمَا يَنۢبَغِى لِلرَّحْمَٰنِ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًا٩٢
Sodiq
Rohmanga bola tutish loyiq emasdir.[1]
[1] Uning bola tutishga hojati yo`q. U farzand talabida emas. Bu uning sha'niga to`g`ri kelmaydi. Rohman yakkadir. Vohid va Biru Bordir.)
93
إِن كُلُّ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ إِلَّآ ءَاتِى ٱلرَّحْمَٰنِ عَبْدًا٩٣
Sodiq
Osmonlaru yerdagi barcha kimsalar Rohmanga banda bo`lgan hollarida kelurlar.
94
لَّقَدْ أَحْصَىٰهُمْ وَعَدَّهُمْ عَدًّا٩٤
Sodiq
Batahqiq, U zot ularni ihota qilgan va sanab qo`ygandir.
95
وَكُلُّهُمْ ءَاتِيهِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فَرْدًا٩٥
Sodiq
Ularning barchalari U zotning huzuriga qiyomat kuni yolg`iz hollarida kelguvchidirlar.
96
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَيَجْعَلُ لَهُمُ ٱلرَّحْمَٰنُ وُدًّا٩٦
Sodiq
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur.
97
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَٰهُ بِلِسَانِكَ لِتُبَشِّرَ بِهِ ٱلْمُتَّقِينَ وَتُنذِرَ بِهِۦ قَوْمًا لُّدًّا٩٧
Sodiq
Bas, albatta, taqvodorlarga xushxabar berishing va u bilan sarkash qavmlarni ogohlantirishing uchun u(Qur'on)ni tilingga oson qildik.
98
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هَلْ تُحِسُّ مِنْهُم مِّنْ أَحَدٍ أَوْ تَسْمَعُ لَهُمْ رِكْزًۢا٩٨
Sodiq
Ulardan oldin qanchadan-qancha asr(ahli)ni halok qildik. Ulardan birortasini his etasanmi yoki sharpasini eshitasanmi?!