Sura 18

Kahf

Y

G'or

110 oyat |MakkaMakka |
Sura 18 • Oyat 1 / 110 • Juz 155⁄8 • Sahifa 293
Kahf
2
1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ عَلَىٰ عَبْدِهِ ٱلْكِتَٰبَ وَلَمْ يَجْعَل لَّهُۥ عِوَجَا ​ۜ‮١‬‬‬
Sodiq
O`z bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik qilmagan Allohga hamd bo`lsin.
Tanlangan oyatlar va suralar
Kahf surasi: matn, tarjimalar va tafsir
2
قَيِّمًا لِّيُنذِرَ بَأْسًا شَدِيدًا مِّن لَّدُنْهُ وَيُبَشِّرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا حَسَنًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Uni to`g`ri qilgan; O`z huzuridan bo`ladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan; yaxshi amallarni qiladigan mo`minlarga, ularga go`zal ajr bo`lishi bashoratini beradigan qilgan Zotga.
3
مَّٰكِثِينَ فِيهِ أَبَدًا‮٣‬‬‬
Sodiq
(Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar.
4
وَيُنذِرَ ٱلَّذِينَ قَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًا‮٤‬‬‬
Sodiq
Va, Alloh O`ziga bola tutdi, deganlarni ogohlantirish uchun.[1]

[1] Qur'onni nozil qilgan Allohga hamd bo`lsin.)
5
مَّا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ وَلَا لِـَٔابَآئِهِمْ ​ۚ كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ ​ۚ إِن يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmi yo`qdir. Og`izlaridan chiqadigan so`z qanday ham og`ir. Ular yolg`ondan boshqani aytmaslar.[1]

[1] Holbuki, o`zlari to`qiydilarmi yoki ota-bobolariga suyanib gapiradilarmi — baribir ularning bu da'volarida zarracha ilmiylik yo`q. Bu da'vo johilona aytilgan quruq gap, xolos. Alloh haqida bilmay turib gapirish juda og`ir. Ayniqsa, ilmsizlarcha, johillik bilan, Alloh O`ziga bola tutdi, deyish yana ham og`ir.)
6
فَلَعَلَّكَ بَٰخِعٌ نَّفْسَكَ عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِمْ إِن لَّمْ يُؤْمِنُواْ بِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَسَفًا‮٦‬‬‬
Sodiq
Ular bu so`zga iymon keltirmasalar, ehtimol, ularning ortidan taassuf ila o`zingni halok etmoqchi bo`larsan?![1]

[1] Ya'ni, mushriklar Qur'onga iymon keltirmasalar, ularga afsuslanib, o`zingni o`zing qiynarsan? Yo`q, bunday qilma. Ular bunga arzimaydilar.)
7
إِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى ٱلْأَرْضِ زِينَةً لَّهَا لِنَبْلُوَهُمْ أَيُّهُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Biz yer yuzidagi narsalarni, ularning qaysilari go`zalroq amal qilishini sinash uchun, zebu ziynat qilib qo`yganmiz.
8
وَإِنَّا لَجَٰعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz uning yuzidagi narsalarni qup-quruq tuproqqa aylantirguvchimiz.
9
أَمْ حَسِبْتَ أَنَّ أَصْحَٰبَ ٱلْكَهْفِ وَٱلرَّقِيمِ كَانُواْ مِنْ ءَايَٰتِنَا عَجَبًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Kahf va bitik egalarini Bizning ajoyib oyat — belgilarimizdan deb o`yladingmi?![1]

[1] Ya'ni, ey Payg`ambar, o`sha kahf g`or) egalari va undagi ularning ismlari bitilgan bitikni Bizning eng ajoyib mo`'jizalarimiz deb o`yladingmi?)
10
إِذْ أَوَى ٱلْفِتْيَةُ إِلَى ٱلْكَهْفِ فَقَالُواْ رَبَّنَآ ءَاتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga O`z huzuringdan rahmat bergin va ishimizni o`zing to`g`rilagin», dedilar.[1]

[1] Kahf egalari yigitlar ekan. Ular g`ordan panoh joy topibdilar. Ya'ni, birovdan qochib kelib yashirinibdilar. Demak, ishlaridan ko`ngillari to`q emas. Ularga bu borada ham Allohdan yordam kerak.)
Qur'oniy duolar
Oyat 18:10
11
فَضَرَبْنَا عَلَىٰٓ ءَاذَانِهِمْ فِى ٱلْكَهْفِ سِنِينَ عَدَدًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Bas, kahfda ularning quloqlariga bir necha yillar (parda) urdik.[1]

[1] «Quloqqa parda urdi» degani, qulog`ini eshitmaydigan qilib qo`ydi, deganidir. Yigitlar qochib kelib g`orga joylashganlarida Alloh taolo ularning quloqlarini eshitmaydigan qilib qo`ygan, ya'ni uxlatib qo`ygan. Ya'ni, yigitlar g`orda uzoq vaqt hech narsani eshitmay uxlab yotganlar.)
12
ثُمَّ بَعَثْنَٰهُمْ لِنَعْلَمَ أَىُّ ٱلْحِزْبَيْنِ أَحْصَىٰ لِمَا لَبِثُوٓاْ أَمَدًا‮١٢‬‬‬
Sodiq
So`ngra, ikki guruhdan qaysi biri ularning turgan muddatini hisoblovchiroq ekanini bilish uchun ularni uyg`otdik.
13
نَّحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ نَبَأَهُم بِٱلْحَقِّ ​ۚ إِنَّهُمْ فِتْيَةٌ ءَامَنُواْ بِرَبِّهِمْ وَزِدْنَٰهُمْ هُدًى‮١٣‬‬‬
Sodiq
Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz. Albatta, ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir. Va Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik.
14
وَرَبَطْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ إِذْ قَامُواْ فَقَالُواْ رَبُّنَا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَن نَّدْعُوَاْ مِن دُونِهِۦٓ إِلَٰهًا ​ۖ لَّقَدْ قُلْنَآ إِذًا شَطَطًا‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ularning qalblarini mustahkamladik. Qachonki turdilar, bas: «Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan o`zgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz. Agar shunday qilsak, nohaq so`zni aytgan bo`lurmiz.
15
هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمُنَا ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً ​ۖ لَّوْلَا يَأْتُونَ عَلَيْهِم بِسُلْطَٰنٍ بَيِّنٍ ​ۖ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ana u qavmimiz undan o`zga xudolar tutdilar. Ularga ravshan hujjatlar keltira olarmikanlar?! Allohga yolg`on uydirgandan ham zolimroq kim bor», dedilar.
16
وَإِذِ ٱعْتَزَلْتُمُوهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ فَأْوُۥٓاْ إِلَى ٱلْكَهْفِ يَنشُرْ لَكُمْ رَبُّكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَيُهَيِّئْ لَكُم مِّنْ أَمْرِكُم مِّرْفَقًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
«Modomiki, ulardan va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqa narsadan uzoqlashmoqchi bo`lsangiz, kahfdan panoh joy olingiz. Robbingiz sizga O`z rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar.[1]

[1] Robbilariga iymon keltirgan, Robbilari hidoyatlarini ziyoda qilib, qalblarini mustahkamlagan yigitlar kofirlar bilan bahslashish befoydaligi, ular yomonligidan faqat qochibgina qutulish mumkinligini anglab yetgach, iymonlari muhofazasi uchun kahf-g`orga kirib bekinishni o`zaro maslahat qildilar.)
17
۞وَتَرَى ٱلشَّمْسَ إِذَا طَلَعَت تَّزَٰوَرُ عَن كَهْفِهِمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَإِذَا غَرَبَت تَّقْرِضُهُمْ ذَاتَ ٱلشِّمَالِ وَهُمْ فِى فَجْوَةٍ مِّنْهُ ​ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ ​ۗ مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ​ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ وَلِيًّا مُّرْشِدًا‮١٧‬‬‬
Sodiq
Quyosh chiqqanida ularning kahfining o`ng tomonidan moyil bo`lganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib o`tganini ko`rasan. Ular esa u(g`or)ning keng joyidadirlar. Ana shu ham Allohning mo`'jizalaridandir. Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, o`sha hidoyat topguvchidir. Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron do`st topa olmassan.[1]

[1] Arab tili bilimdonlari, bu tasvir yolg`iz Allohga xos, deydilar. G`orda bir guruh yigitlar bir necha yildan beri uxlab yotishibdi. Har kuni quyosh chiqadi, ularga tegmaydi. So`ngra og`ib botishga moyil bo`ladi, yana g`or ahliga tegmaydi.)
18
وَتَحْسَبُهُمْ أَيْقَاظًا وَهُمْ رُقُودٌ ​ۚ وَنُقَلِّبُهُمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَذَاتَ ٱلشِّمَالِ ​ۖ وَكَلْبُهُم بَٰسِطٌ ذِرَاعَيْهِ بِٱلْوَصِيدِ ​ۚ لَوِ ٱطَّلَعْتَ عَلَيْهِمْ لَوَلَّيْتَ مِنْهُمْ فِرَارًا وَلَمُلِئْتَ مِنْهُمْ رُعْبًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ularni uyg`oq deb o`ylaysan, holbuki, uxlab yoturlar. Ularni goh o`ngga, goh chapga ag`darib tururmiz. Itlari esa, ostonada old oyoqlarini cho`zib yotur. Gar ularni ko`rsayding, ortga o`girilib qochar va ulardan qo`rqinchga to`lar eding.[1]

[1] O`zlari uyg`oqqa o`xshaydilar, ammo uxlab yotibdilar. U yoq-bu yoqqa qimirlaydilar, ammo uyg`onib o`rinlaridan turmaydilar. Buning ustiga, itlari ostonada old oyoqlarini cho`zib yotibdi.)
19
وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَٰهُمْ لِيَتَسَآءَلُواْ بَيْنَهُمْ ​ۚ قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ​ۖ قَالُواْ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ​ۚ قَالُواْ رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَٱبْعَثُوٓاْ أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَٰذِهِۦٓ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَآ أَزْكَىٰ طَعَامًا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Va shunday qilib, ularni o`zaro so`rashlari uchun uyg`otdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli bo`lsin, sizni birovga sezdirib qo`ymasin», deyishdi.
20
إِنَّهُمْ إِن يَظْهَرُواْ عَلَيْكُمْ يَرْجُمُوكُمْ أَوْ يُعِيدُوكُمْ فِى مِلَّتِهِمْ وَلَن تُفْلِحُوٓاْ إِذًا أَبَدًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
«Chunki, agar ular sizni qo`lga olsalar, toshbo`ron qiladilar yoki o`z millatlariga qaytaradilar. Unday bo`lsa, zinhor va abadiy najot topmassiz», deyishdi.[1]

[1] Demak, yigitlar qattiq tahdidga uchrab, shahar aholisi ularga, dinimizga qaytasizlar yoki sizlarni toshbo`ron qilib o`ldiramiz, deganlaridan keyingina qochib g`orga bekinishgan ekan. G`orga kirib, uxlab turganlaridan keyin ham o`sha tahdidni eslamoqdalar va pul olib shaharga taom uchun boruvchini ehtiyot bo`lishga, sezdirib qo`ymaslikka chorlamoqdalar. Ular o`limni emas, shahar aholisining johilligini, o`z millatlari-dinlariga qaytishga majburlashini o`ylashdi. Haqiqiy mo`min har doim, har joyda iymon tashvishida bo`ladi.)
21
وَكَذَٰلِكَ أَعْثَرْنَا عَلَيْهِمْ لِيَعْلَمُوٓاْ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ لَا رَيْبَ فِيهَآ إِذْ يَتَنَٰزَعُونَ بَيْنَهُمْ أَمْرَهُمْ ​ۖ فَقَالُواْ ٱبْنُواْ عَلَيْهِم بُنْيَٰنًا ​ۖ رَّبُّهُمْ أَعْلَمُ بِهِمْ ​ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ غَلَبُواْ عَلَىٰٓ أَمْرِهِمْ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيْهِم مَّسْجِدًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Shunday qilib, Allohning va'dasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yo`q ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik. Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar: «Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar. Ishlariga g`olib kelganlar esa: «Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar.[1]

[1] Bu yerdagi «Allohning va'dasi» — oxir-oqibat iymon ahli g`olib kelishi va o`lgandan keyin qayta tirilish haqligi haqidagi va'dadir. Yigitlar yillar o`tib qayta uyg`ondilar va iymon ishi g`olib bo`lganini ko`rdilar. Iymonga kelib qolgan shahar aholisi iymon yo`lidagi jihodlari uchun Alloh tomonidan munosib taqdirlangan kahf egalarini haqiqiy o`limlaridan keyin qanday qilib izzat-ehtirom etish borasida tortisha boshladilar.)
22
سَيَقُولُونَ ثَلَٰثَةٌ رَّابِعُهُمْ كَلْبُهُمْ وَيَقُولُونَ خَمْسَةٌ سَادِسُهُمْ كَلْبُهُمْ رَجْمً​ۢا بِٱلْغَيْبِ ​ۖ وَيَقُولُونَ سَبْعَةٌ وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ ​ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ بِعِدَّتِهِم مَّا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا قَلِيلٌ ​ۗ فَلَا تُمَارِ فِيهِمْ إِلَّا مِرَآءً ظَٰهِرًا وَلَا تَسْتَفْتِ فِيهِم مِّنْهُمْ أَحَدًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Hali ular: «Uchtadirlar, itlari to`rtinchilaridir», derlar. Va: «Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb g`aybga tosh otadilar. Va: «Ettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir» ham derlar. «Robbim ularning sanog`ini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin. Bas, ular haqida tortishib yurma. Tortishsang ham, ochiq tortish. Ular haqida hech kimdan fatvo ham so`rama.
23
وَلَا تَقُولَنَّ لِشَاْىْءٍ إِنِّى فَاعِلٌ ذَٰلِكَ غَدًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema.
24
إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ​ۚ وَٱذْكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَقُلْ عَسَىٰٓ أَن يَهْدِيَنِ رَبِّى لِأَقْرَبَ مِنْ هَٰذَا رَشَدًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Magar: «Alloh xohlasa», degin. Qachonki unutsang, Robbingni esla va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin bo`lishimga hidoyat qilsa», degin.[1]

[1] Insonning har bir harakati, ishi, hatto nafas olib-chiqarishi ham butkul Allohning irodasiga bog`liqdir. Alloh taolo xohlasa bo`ladi, xohlamasa bo`lmaydi. Shuning uchun kelajakda biron ish qilmoqchi bo`lsang, doimo «Insha Alloh, qilaman», deb aytgin. Chunki kelajak senga nisbatan g`aybdir. Sal o`tib nima bo`lishini o`zing bilmaysan. Shuning uchun kelajakdagi har bir ishni « Alloh xohlasa, qilaman», deb zikr etgin.)
25
وَلَبِثُواْ فِى كَهْفِهِمْ ثَلَٰثَ مِاْئَةٍ سِنِينَ وَٱزْدَادُواْ تِسْعًا‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Va kahflarida uch yuz yil qoldilar va to`qqiz yil ziyoda ham qildilar.[1]

[1] Yigitlar kahflarida shamsiy yil hisobi bo`yicha uch yuz yil, qamariy yil hisobi bo`yicha uch yuz to`qqiz yil qoldilar. Chunki shamsiy yuz yil qamariy bir yuz uch yilga to`g`ri keladi, degan tafsirchilarimiz ham bor. Bu xulosa ularning o`z ijtihodlaridir. Chunki Qur'oni Karimda ham, sunnati nabaviyada ham bu haqda, ya'ni shamsiy va qamariy yil hisobi ushbu oyatda e'tiborga olingani haqida aniq ma'lumot yo`q. Shuning uchun oyatda kelganini o`z holicha qabul qilgan ma'qul.)
26
قُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُواْ ​ۖ لَهُۥ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ أَبْصِرْ بِهِۦ وَأَسْمِعْ ​ۚ مَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّ وَلَا يُشْرِكُ فِى حُكْمِهِۦٓ أَحَدًا‮٢٦‬‬‬
Sodiq
«Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning g`aybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi ko`rguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan o`zga do`st yo`qdir. Va U O`z hukmida hech kimni sherik qilmas», degin.
27
وَٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ ​ۖ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Senga Robbing kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil. Uning kalimalarini almashtirguvchi yo`q. Undan o`zga hech qanday panohni topa olmassan.
28
وَٱصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ​ۖ وَلَا تَعْدُ عَيْنَاكَ عَنْهُمْ تُرِيدُ زِينَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ​ۖ وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُۥ عَن ذِكْرِنَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ وَكَانَ أَمْرُهُۥ فُرُطًا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
O`zingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki ko`zingni burma. Qalbini O`z zikrimizdan g`ofil qilib qo`yganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma.[1]

[1] Ushbu oyati karimaning nozil bo`lish sababi haqida tafsiri Kabirda quyidagilar rivoyat qilinadi «Quraysh rahbarlari to`planib Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga borishdi va «Agar bizning senga iymon keltirishimizni istasang, anavi faqir-fuqoralarni huzuringdan hayda», deyishdi. Ular bu gaplari bilan Bilol, Habbob, Suhayb va boshqalarni ko`zda tutgan edilar. Qurayshliklar yana «Ular bilan bir joyda bo`lsak, ko`nglimiz ayniydi. Ular bilan birga to`planishga alohida vaqt tayin qilib qo`y», deyishdi. Ana shunda Alloh taolo «O`zingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut» oyatini nozil qildi».)
29
وَقُلِ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ​ۖ فَمَن شَآءَ فَلْيُؤْمِن وَمَن شَآءَ فَلْيَكْفُرْ ​ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلظَّٰلِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا ​ۚ وَإِن يَسْتَغِيثُواْ يُغَاثُواْ بِمَآءٍ كَٱلْمُهْلِ يَشْوِى ٱلْوُجُوهَ ​ۚ بِئْسَ ٱلشَّرَابُ وَسَآءَتْ مُرْتَفَقًا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o`rab oladigan olovni tayyorlab qo`yganmiz. Agar yordam so`rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!
30
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلًا‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go`zal ish qilganlarning ajrini zoye qilmasmiz.
31
أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ جَنَّٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِّن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ​ۚ نِعْمَ ٱلثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا‮٣١‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarga adn jannatlar bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan bo`lgan bilakuzuklar ila bezanurlar, shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda so`rilarda yonboshlagan holda bo`lurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy.
ﻉ256Juz 15 7⁄8256ﻉ
32
۞وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا رَّجُلَيْنِ جَعَلْنَا لِأَحَدِهِمَا جَنَّتَيْنِ مِنْ أَعْنَٰبٍ وَحَفَفْنَٰهُمَا بِنَخْلٍ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمَا زَرْعًا‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ularga ikki kishini misol qilib keltir. Ulardan biriga uzumlardan ikki bog` berdik va ularni xurmo ila o`radik va oralarida ekinzor qildik.[1]

[1] Demak, ikki kishi bor ekan. Ulardan biriga Alloh taolo ikkita uzumzor bog` ato qilibdi.)
33
كِلْتَا ٱلْجَنَّتَيْنِ ءَاتَتْ أُكُلَهَا وَلَمْ تَظْلِم مِّنْهُ شَيْـًٔا ​ۚ وَفَجَّرْنَا خِلَٰلَهُمَا نَهَرًا‮٣٣‬‬‬
Sodiq
O`sha ikki bog` hosillarini bekami-ko`st berar va oralaridan anhor oqizib qo`ygan edik.[1]

[1] Har ikki bog`ning hosili to`liq chiqar edi. Ikki bog` orasidan esa, Alloh taolo anhor oqizib qo`ygan edi.)
34
وَكَانَ لَهُۥ ثَمَرٌ فَقَالَ لِصَٰحِبِهِۦ وَهُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَنَاْ أَكْثَرُ مِنكَ مَالًا وَأَعَزُّ نَفَرًا‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Uning mevasi bor edi. U o`z sherigi ila gaplashar ekan: «Mening sendan molim ko`p va odamlarim quvvatliroq», dedi.[1]

[1] U kishining bog`laridan boshqa ham «mevasi» — molu dunyosi bor edi. Bir kuni sherigi ila bahslashar ekan, maqtanib qoldi. Mening sendan ko`ra molu dunyom ko`p. Odamlarim, bolalarim, xizmatchilarim, yordamchilarim ham ko`p, ham kuchli, dedi. Ushbu dunyoning zebu ziynatidan faxrlanishidan bu odamning kofirligi ko`rinib turibdi.)
35
وَدَخَلَ جَنَّتَهُۥ وَهُوَ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ قَالَ مَآ أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَٰذِهِۦٓ أَبَدًا‮٣٥‬‬‬
Sodiq
U o`z bog`iga kirar ekan, o`ziga zulm qilgan holida: «Men buni hech qachon yo`q bo`ladi, deb o`ylamasman.
36
وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةً وَلَئِن رُّدِدتُّ إِلَىٰ رَبِّى لَأَجِدَنَّ خَيْرًا مِّنْهَا مُنقَلَبًا‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Qiyomat qoim bo`lmasa kerak, deb o`ylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», dedi.[1]

[1] Kofirlar nazdida, hamma narsani mol-dunyo, boylik, mansab hal qiladi. Hatto oxirat ishi ham shunga qarab hal etilishi kerak. Ushbu qissadagi ularning tamsilchisi, ikki bog`ning egasi bo`lgan kofir ham shuni da'vo qilmoqda.)
37
قَالَ لَهُۥ صَاحِبُهُۥ وَهُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَكَفَرْتَ بِٱلَّذِى خَلَقَكَ مِن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ سَوَّىٰكَ رَجُلًا‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Unga sherigi gaplasha turib: «Seni tuproqdan, so`ngra nutfadan yaratgan va inson etib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?![1]

[1] Ya'ni, molu dunyoga berilgan o`sha kofir kishining beodobona gaplarini eshitgan mo`min kishi, seni yo`qdan bor qilgan, aslingni tuproqdan, so`ngra senga o`xshagan zurriyotlarini bir tomchi nutfadan yaratgan Zotga, bekamu ko`st inson qilib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi, dedi.)
38
لَّٰكِنَّاْ هُوَ ٱللَّهُ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِرَبِّىٓ أَحَدًا‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Lekin men: «U Alloh mening Robbimdir va Unga hech kimni sherik qilmayman», deyman.
39
وَلَوْلَآ إِذْ دَخَلْتَ جَنَّتَكَ قُلْتَ مَا شَآءَ ٱللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِٱللَّهِ ​ۚ إِن تَرَنِ أَنَاْ أَقَلَّ مِنكَ مَالًا وَوَلَدًا‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Bog`ingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yo`q», desayding. Agar meni o`zingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...
40
فَعَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يُؤْتِيَنِ خَيْرًا مِّن جَنَّتِكَ وَيُرْسِلَ عَلَيْهَا حُسْبَانًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَتُصْبِحَ صَعِيدًا زَلَقًا‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Shoyad, Robbim menga sening bog`ingdan yaxshirog`ini bersa, sening bog`ingga osmondan ofat yuborib, u sip-silliq tuproqqa aylanib qolsa.
41
أَوْ يُصْبِحَ مَآؤُهَا غَوْرًا فَلَن تَسْتَطِيعَ لَهُۥ طَلَبًا‮٤١‬‬‬
Sodiq
Yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir bo`lmay qolsang», dedi.
42
وَأُحِيطَ بِثَمَرِهِۦ فَأَصْبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيْهِ عَلَىٰ مَآ أَنفَقَ فِيهَا وَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَيَقُولُ يَٰلَيْتَنِى لَمْ أُشْرِكْ بِرَبِّىٓ أَحَدًا‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Va uning mevasi (halokat-la) o`raldi. O`zi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bog`ida ishkomlar yiqilib yotganini ko`rib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi.
43
وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ فِئَةٌ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مُنتَصِرًا‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Unga Allohdan boshqa yordam beradigan guruh bo`lmadi, o`zi ham nusrat qozona olmadi.
44
هُنَالِكَ ٱلْوَلَٰيَةُ لِلَّهِ ٱلْحَقِّ ​ۚ هُوَ خَيْرٌ ثَوَابًا وَخَيْرٌ عُقْبًا‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Bunday maqomda haq nusrat Allohga xosdir. U yaxshi savobli va yaxshi oqibatli Zotdir.
45
وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ فَأَصْبَحَ هَشِيمًا تَذْرُوهُ ٱلرِّيَٰحُ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ مُّقْتَدِرًا‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir bo`lgan Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo bu oyatda dunyo hayotini, yerdan unib chiqadigan nabototlarga o`xshatmoqda. Yomg`ir yoqqanida ko`zni quvontiruvchi yam-yashil o`simliklar o`sib chiqqandek, kishiga yangi hayot berilganida ham bu dunyo unga go`zal, yosh, chiroyli va lazzatli ko`rinadi. Ammo vaqt o`tishi bilan nabototlar qurib, xashakka aylanib, ularni shamol uchirib ketgani singari, hayotning ham o`tkinchi ekanligi ayon bo`lib qoladi. Shuning uchun o`tkinchi narsaga aldanib qolmaslik kerak. Qodir Allohni hech qachon unutmasdan, oxiratga, abadiy hayotga tayyorgarlik ko`rish lozim.)
46
ٱلْمَالُ وَٱلْبَنُونَ زِينَةُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ​ۖ وَٱلْبَٰقِيَٰتُ ٱلصَّٰلِحَٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ أَمَلًا‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir.[1]

[1] Ha, molu mulk, bola-chaqa bu dunyoning ziynatidir, ammo qiymati emasdir. Islomda ziynatga ham halol-pok bo`lish sharti ila izn berilgan. Ammo ziynatlar hayot qadrini o`lchovchi qiymatga aylantirilmagan. Ziynatga ziynat deb qaralgan. Islomda boqiy qoluvchi solih amallar qiymat sanaladi. Insonga uning iymoni va yaxshi amaliga qarab qiymat beriladi.)
47
وَيَوْمَ نُسَيِّرُ ٱلْجِبَالَ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ بَارِزَةً وَحَشَرْنَٰهُمْ فَلَمْ نُغَادِرْ مِنْهُمْ أَحَدًا‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Tog`larni yurgizadigan kunimizni va yerni yap-yalang`och ko`radigan kuningni esla! O`shanda ularni jamlaymiz va biron kishini qo`ymaymiz.
48
وَعُرِضُواْ عَلَىٰ رَبِّكَ صَفًّا لَّقَدْ جِئْتُمُونَا كَمَا خَلَقْنَٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ​ۚ بَلْ زَعَمْتُمْ أَلَّن نَّجْعَلَ لَكُم مَّوْعِدًا‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Va Robbingga safga tortilgan hollarida ro`baro` qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt va'da qilganimiz yo`q, deb o`ylar edingiz», (deyildi).[1]

[1] Ya'ni, onadan yangi tug`ilganday holda qayta tirilib huzurimga keldingiz. Molu dunyongiz, bola-chaqangiz, xizmatchi-mardikoringiz, mansab-amalingiz va do`st-yoringiz u dunyoda qolib ketdi. Va'da qilingan qiyomat kuniga, mahshardagi to`planish joyiga ishonmas edingiz. Mana, va'da qilingan o`sha vaqt — qiyomat kuni qoyim bo`ldi. Mana, va'da qilingan o`sha joyda — mahsharda saf tortib turibsiz. Endi sizga va'da qilingan jazolarni beramiz.)
49
وَوُضِعَ ٱلْكِتَٰبُ فَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَٰوَيْلَتَنَا مَالِ هَٰذَا ٱلْكِتَٰبِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً إِلَّآ أَحْصَىٰهَا ​ۚ وَوَجَدُواْ مَا عَمِلُواْ حَاضِرًا ​ۗ وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًا‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Va kitob qo`yildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo`rqqan hollarida ko`rasan. Ular: «Voy, sho`rimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qo`ymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas.
50
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُواْ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ ٱلْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِۦٓ ​ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُۥ وَذُرِّيَّتَهُۥٓ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِى وَهُمْ لَكُمْ عَدُوُّ​ۢ ​ۚ بِئْسَ لِلظَّٰلِمِينَ بَدَلًا‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, o`shanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan bo`lgan edi. U o`z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qo`yib uni va uning zurriyotlarini do`st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir.
51
۞مَّآ أَشْهَدتُّهُمْ خَلْقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنفُسِهِمْ وَمَا كُنتُ مُتَّخِذَ ٱلْمُضِلِّينَ عَضُدًا‮٥١‬‬‬
Sodiq
Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na o`zlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman.
52
وَيَوْمَ يَقُولُ نَادُواْ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُواْ لَهُمْ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُم مَّوْبِقًا‮٥٢‬‬‬
Sodiq
U zot: «Sizlar Mening «sheriklarim» deb o`ylaganlaringizni chaqiring», degan kunida ularni chaqirdilar. Bas, ular javob bermadilar va ularning orasiga halokatgoh qilmishmiz.
53
وَرَءَا ٱلْمُجْرِمُونَ ٱلنَّارَ فَظَنُّوٓاْ أَنَّهُم مُّوَاقِعُوهَا وَلَمْ يَجِدُواْ عَنْهَا مَصْرِفًا‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Jinoyatchilar do`zaxni ko`rurlar va, albatta, unga tushuvchi ekanlariga ishonarlar va undan qochar joy topmaslar.[1]

[1] Allohning tayyorlab qo`ygan do`zaxidan qochib bo`ladimi? Bu joydan qochish fursatini u dunyoda boy berganlar. Yorug` dunyoda iymon va Islomda yashaganlarida, bu joydan najot topardilar. Yorug` dunyoda Qur'onga ergashganlarida, do`zaxdan saqlangan bo`lardilar.)
ﻉ259Sahifa 300259ﻉ
54
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِلنَّاسِ مِن كُلِّ مَثَلٍ ​ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ أَكْثَرَ شَىْءٍ جَدَلًا‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, bu Qur'onda odamlar uchun turli masallar bayon qildik. Inson, o`zi, ko`p tortishuvchi bo`lgan edi.
55
وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓاْ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰ وَيَسْتَغْفِرُواْ رَبَّهُمْ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ قُبُلًا‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilariga istig`for aytishlaridan faqatgina avvalgilarning sunnati kelishini yoki ochiq azob kelishini kutishlari to`sdi, xolos.
56
وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ​ۚ وَيُجَٰدِلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِٱلْبَٰطِلِ لِيُدْحِضُواْ بِهِ ٱلْحَقَّ ​ۖ وَٱتَّخَذُوٓاْ ءَايَٰتِى وَمَآ أُنذِرُواْ هُزُوًا‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Biz Payg`ambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos. Kufr keltirganlar esa, botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi bo`lurlar. Hamda Mening oyatlarimdan va o`zlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar.
57
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِىَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ ​ۚ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ​ۖ وَإِن تَدْعُهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ فَلَن يَهْتَدُوٓاْ إِذًا أَبَدًا‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz o`girib, o`zi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz u(Qur'on)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga og`irlik qilib qo`ydik. Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar.
58
وَرَبُّكَ ٱلْغَفُورُ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ​ۖ لَوْ يُؤَاخِذُهُم بِمَا كَسَبُواْ لَعَجَّلَ لَهُمُ ٱلْعَذَابَ ​ۚ بَل لَّهُم مَّوْعِدٌ لَّن يَجِدُواْ مِن دُونِهِۦ مَوْئِلًا‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Va Robbing sermag`firat va rahim-shafqat sohibi Zotdir. Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan bo`lar edi. Lekin ularga va'da qilingan vaqt bor. U kelganda Undan o`zga panohgoh topmaslar.
59
وَتِلْكَ ٱلْقُرَىٰٓ أَهْلَكْنَٰهُمْ لَمَّا ظَلَمُواْ وَجَعَلْنَا لِمَهْلِكِهِم مَّوْعِدًا‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Ana u shaharlarni ham zulm qilganlarida halok etganmiz va ularning halokatlariga vaqt belgilaganmiz.
60
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِفَتَىٰهُ لَآ أَبْرَحُ حَتَّىٰٓ أَبْلُغَ مَجْمَعَ ٱلْبَحْرَيْنِ أَوْ أَمْضِىَ حُقُبًا‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Muso o`z yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga yetmagunimcha, yillarni o`tkazsam ham, yuraveraman», deganini esla.[1]

[1] «Muso Bani Isroil orasida bir kuni xutba qilib turganida, odamlarning qaysinisi eng ilmli, deb so`raldi. U «Men», dedi. Alloh uni ilmni o`ziga nisbat bergani uchun itob qildi. U Musoga «Ikki dengiz qo`shilgan joyda mening bir bandam bor. U sendan ilmliroq», dedi. Muso «Ey Robbim, men uni qanday topaman?» dedi. Alloh «O`zing bilan bir baliqni savatga solib ol. Baliqni qayerda yo`qotsang, uni o`sha yerda topasan», dedi». Shundan keyin Muso alayhissalom yo`lga tayyorgarlik ko`rdilar va xizmatkor yigitlariga yuqoridagi oyatda kelgan azmu qarorni aytdilar. U kishi o`zlaridan ilmliroq bandani topish uchun ikki dengiz jamlangan joyga borishga qaror qilgan edilar.)
61
فَلَمَّا بَلَغَا مَجْمَعَ بَيْنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ سَرَبًا‮٦١‬‬‬
Sodiq
Ikkovlon ikki (dengiz) jamlangan joyga yetganlarida, baliqlarni unutdilar. Bas, u dengizni teshib yo`l oldi.[1]

[1] Muso alayhissalom xizmatkor yigit bilan yurib-yurib, ikki dengiz qo`shiladigan joyga yetib keldilar. O`sha joyda savatda olib kelgan baliqlarini unutib qo`ydilar. Baliq eslariga kelmadi. Yana yurib ketaverdilar. Ya'ni, baliq dengizni teshib suzib ketdi. Ya'ni, baliq suzib ketgan joy teshik bo`lib suvsiz holga kelib qoldi. Uni ko`rgan odam, bu yerdan bir baliq suzib o`tibdi, degan xulosaga keladigan bo`ldi.)
62
فَلَمَّا جَاوَزَا قَالَ لِفَتَىٰهُ ءَاتِنَا غَدَآءَنَا لَقَدْ لَقِينَا مِن سَفَرِنَا هَٰذَا نَصَبًا‮٦٢‬‬‬
Sodiq
U(er)dan o`tganlari zamon u yigitiga: «Tushligimizni keltir. Bu safarimizda charchoqqa uchradik», dedi.
63
قَالَ أَرَءَيْتَ إِذْ أَوَيْنَآ إِلَى ٱلصَّخْرَةِ فَإِنِّى نَسِيتُ ٱلْحُوتَ وَمَآ أَنسَىٰنِيهُ إِلَّا ٱلشَّيْطَٰنُ أَنْ أَذْكُرَهُۥ ​ۚ وَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ عَجَبًا‮٦٣‬‬‬
Sodiq
U: «Buni qara, xarsangga (suyanib) joylashganimizda, men baliqni unutibman. Faqat shaytongina uni eslashimni unuttiribdi. Ajabo, u dengizga yo`l olibdi», dedi.[1]

[1] Tushlik payti baliq yodlariga kelsa, uni tushirib qo`yishgani ma'lum bo`ladi. Bil'aks, uning dengizga yo`l olishidan yigit ajablanmas ham edi. Muso alayhissalom tushlik so`raganlaridan so`ng baliqning yo`qligini bildi. Avvalgi xarsang toshga suyanib dam olgan joylarida baliq suvga tushib, suzib ketganini payqab qoldi. Hamda bu ishdan g`oyatda ajablanganini bayon qildi.)
64
قَالَ ذَٰلِكَ مَا كُنَّا نَبْغِ ​ۚ فَٱرْتَدَّا عَلَىٰٓ ءَاثَارِهِمَا قَصَصًا‮٦٤‬‬‬
Sodiq
«Ana shu biz istagan narsa», dedi. Bas, kelgan yo`llaridan izlariga qaytdilar.
65
فَوَجَدَا عَبْدًا مِّنْ عِبَادِنَآ ءَاتَيْنَٰهُ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَعَلَّمْنَٰهُ مِن لَّدُنَّا عِلْمًا‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga O`z dargohimizdan rahmat va O`z tarafimizdan ilm o`rgatgan edik.
66
قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰ هَلْ أَتَّبِعُكَ عَلَىٰٓ أَن تُعَلِّمَنِ مِمَّا عُلِّمْتَ رُشْدًا‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Muso unga: «Senga o`rgatilgan rushddan menga ham o`rgatmog`ing uchun senga ergashsam maylimi?» – dedi.[1]

[1] Muso alayhissalom ulkan payg`ambar bo`lishlariga qaramay, o`zlaridan ko`ra ilmliroq, o`zlariga ustoz bo`lishi mumkin bo`lgan kishiga o`ta odob bilan murojaat qilib, unga shogird tushishni so`radilar.)
67
قَالَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًا‮٦٧‬‬‬
Sodiq
U: «Sen men bilan birga bo`lishga sabr qila olmassan.
68
وَكَيْفَ تَصْبِرُ عَلَىٰ مَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ خُبْرًا‮٦٨‬‬‬
Sodiq
O`zing xabarini ihota qilmagan narsaga qanday sabr qilasan», dedi.[1]

[1] Bo`layotgan hodisani ihota eta olmagan odam unga sabr qilib, indamay qarab tura olishi qiyin ekanini eslatdi.)
69
قَالَ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ صَابِرًا وَلَآ أَعْصِى لَكَ أَمْرًا‮٦٩‬‬‬
Sodiq
U: «Inshoalloh, mening sabrli ekanimni ko`rursan va senga hech bir ishda osiy bo`lmasman», dedi.
70
قَالَ فَإِنِ ٱتَّبَعْتَنِى فَلَا تَسْـَٔلْنِى عَن شَىْءٍ حَتَّىٰٓ أُحْدِثَ لَكَ مِنْهُ ذِكْرًا‮٧٠‬‬‬
Sodiq
U: «Agar menga ergashadigan bo`lsang, to o`zim zikr qilib aytmagunimcha, bir narsa haqida so`ramagin», dedi.
71
فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا رَكِبَا فِى ٱلسَّفِينَةِ خَرَقَهَا ​ۖ قَالَ أَخَرَقْتَهَا لِتُغْرِقَ أَهْلَهَا لَقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا إِمْرًا‮٧١‬‬‬
Sodiq
Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qo`ydi. U (Muso): «Buni uning ahlini g`arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g`alati narsa qilding-ku?!» – dedi.
72
قَالَ أَلَمْ أَقُلْ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًا‮٧٢‬‬‬
Sodiq
U: «Senga, men bilan birga bo`lishga albatta sabr qila olmassan demabmidim?!» – dedi.
73
قَالَ لَا تُؤَاخِذْنِى بِمَا نَسِيتُ وَلَا تُرْهِقْنِى مِنْ أَمْرِى عُسْرًا‮٧٣‬‬‬
Sodiq
U: «Esimdan chiqqan narsa uchun meni jazolama, bu ishim uchun meni qiynama», dedi.
74
فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا لَقِيَا غُلَٰمًا فَقَتَلَهُۥ قَالَ أَقَتَلْتَ نَفْسًا زَكِيَّةً​ۢ بِغَيْرِ نَفْسٍ لَّقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا نُّكْرًا‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni o`ldirdi. U (Muso): «Birovni o`ldirmagan begunoh jonni o`ldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi.[1]

[1] Bu ishi kemani teshgandan ham battar tuyuldi. Chunki ko`rib bilib turib bir ma'sum go`dakni qasddan o`ldirish hazilakam ish emas edi.)
75
۞ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًا‮٧٥‬‬‬
Sodiq
U: «Senga, sen men bilan birga albatta sabr qila olmaysan demabmidim?!» – dedi.
76
قَالَ إِن سَأَلْتُكَ عَن شَىْءٍ بَعْدَهَا فَلَا تُصَٰحِبْنِى ​ۖ قَدْ بَلَغْتَ مِن لَّدُنِّى عُذْرًا‮٧٦‬‬‬
Sodiq
U: «Agar bundan keyin sendan yana bir narsani so`rasam, men bilan birodarlik qilmay qo`yaver. Batahqiq, men tarafimdan uzr(qabuli)ni oxiriga yetkazding», dedi.
77
فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَيَآ أَهْلَ قَرْيَةٍ ٱسْتَطْعَمَآ أَهْلَهَا فَأَبَوْاْ أَن يُضَيِّفُوهُمَا فَوَجَدَا فِيهَا جِدَارًا يُرِيدُ أَن يَنقَضَّ فَأَقَامَهُۥ ​ۖ قَالَ لَوْ شِئْتَ لَتَّخَذْتَ عَلَيْهِ أَجْرًا‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Bas, yurib ketdilar. Qachonki, bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom so`radilar. Ular ikkovlarini ziyofat qilishdan bosh tortdilar. Ikkovlari u yerda yiqilib ketay deb turgan bir devorni ko`rishdi. Bas, uni turg`izib qo`ydi. U (Muso): «Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi.
78
قَالَ هَٰذَا فِرَاقُ بَيْنِى وَبَيْنِكَ ​ۚ سَأُنَبِّئُكَ بِتَأْوِيلِ مَا لَمْ تَسْتَطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا‮٧٨‬‬‬
Sodiq
U: «Bu men bilan sening oramizdagi ajrashishdir. Endi senga sabr qila olmagan narsa(lar)ning ta'viylini aytib beraman», dedi.
79
أَمَّا ٱلسَّفِينَةُ فَكَانَتْ لِمَسَٰكِينَ يَعْمَلُونَ فِى ٱلْبَحْرِ فَأَرَدتُّ أَنْ أَعِيبَهَا وَكَانَ وَرَآءَهُم مَّلِكٌ يَأْخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصْبًا‮٧٩‬‬‬
Sodiq
«Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki, ortlarida bir podshoh bo`lib, barcha kemani tortib olayotgan edi.[1]

[1] Kemani aybli qilib, kema egalariga zarar yetkazdim. Ammo aslini olganda, ularga foyda qildim. Podshoh odamlari aybli kemani tashlab ketadilar. Kambag`allar kemasiz qolgandan ko`ra, aybli bo`lsa ham, uni ishlatib kun o`tkaza beradilar.)
80
وَأَمَّا ٱلْغُلَٰمُ فَكَانَ أَبَوَاهُ مُؤْمِنَيْنِ فَخَشِينَآ أَن يُرْهِقَهُمَا طُغْيَٰنًا وَكُفْرًا‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Endi bolaga kelsak, ota-onasi mo`min kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tug`yon va kufr ila ezishidan qo`rqdik.[1]

[1] Bolaning ota-onasi mo`min kishilar edilar. Ammo bola ulg`aysa, kofir bo`lib, tug`yonga ketib, ota-onasini ezar edi. O`sha ota-onani kelajakdagi yomonlikdan asrash uchun bolalari voyaga yetmasdan, kufr va tug`yon sodir etmasdan o`ldirib qo`yishni lozim topdik.)
81
فَأَرَدْنَآ أَن يُبْدِلَهُمَا رَبُّهُمَا خَيْرًا مِّنْهُ زَكَوٰةً وَأَقْرَبَ رُحْمًا‮٨١‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbilari ularga uning badaliga undan ko`ra yaxshirog`ini, ahli solihroq va mehribonrog`ini berishni iroda qildi.
82
وَأَمَّا ٱلْجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَٰمَيْنِ يَتِيمَيْنِ فِى ٱلْمَدِينَةِ وَكَانَ تَحْتَهُۥ كَنزٌ لَّهُمَا وَكَانَ أَبُوهُمَا صَٰلِحًا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَن يَبْلُغَآ أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنزَهُمَا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ​ۚ وَمَا فَعَلْتُهُۥ عَنْ أَمْرِى ​ۚ ذَٰلِكَ تَأْوِيلُ مَا لَمْ تَسْطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Devorga kelsak, u shahardagi ikki yetim bolaniki bo`lib, uning ostida ikkovlarining xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Robbing ikkovlarining voyaga yetishini va xazinalarini chiqarib olishini iroda qildi. Bu, Allohning rahmati ila bo`ldi. Men o`zimcha qilganim yo`q. Mana shu, sen sabr qila olmagan narsaning ta'viylidir».
83
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَن ذِى ٱلْقَرْنَيْنِ ​ۖ قُلْ سَأَتْلُواْ عَلَيْكُم مِّنْهُ ذِكْرًا‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Sendan Zulqarnayn haqida so`rarlar. «Sizga uning haqidagi zikrni tilovat qilurman», degin.[1]

[1] Ba'zi rivoyatlarda yahudiylar so`ragan, deyilsa, boshqalarida yahudiylar o`rgatgan, qurayshliklar so`ragan, ham deyishadi. Umuman olganda, odamlar Payg`ambar alayhissalotu vassalomdan Zulqarnayn haqida so`rashgan. Qur'onning xabar berishi shunday. Alloh Payg`ambariga savol haqida xabar berib, unga qanday javob berishni ham o`zi o`rgatmoqda O`sha zikr-xabarga nazar solinsa, so`rov Zulqarnaynning shaxsi, yashagan joyi yoki zamoni haqida emas, balki boshqa narsalar, ya'ni qilgan ishlari haqida ekani oydinlashadi.)
84
إِنَّا مَكَّنَّا لَهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ وَءَاتَيْنَٰهُ مِن كُلِّ شَىْءٍ سَبَبًا‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz unga yer yuzida imkoniyat berdik va har bir narsaga (erishish) sababini ato qildik.[1]

[1] Alloh taolo Zulqarnaynga Yer yuzida hukmronlik va boshqa katta imkoniyatlarni bergan edi.)
85
فَأَتْبَعَ سَبَبًا‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Bas, sababga ergashdi.[1]

[1] Ya'ni, o`ziga oson qilingan yo`ldan yurdi.)
86
حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ وَوَجَدَ عِندَهَا قَوْمًا ​ۗ قُلْنَا يَٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِمَّآ أَن تُعَذِّبَ وَإِمَّآ أَن تَتَّخِذَ فِيهِمْ حُسْنًا‮٨٦‬‬‬
Sodiq
To quyosh botish joyiga yetganida, uning qora balchiq buloqqa botayotganini ko`rdi va uning oldida bir qavmni ko`rdi. Biz: «Ey Zul-qarnayn, yo ularni azoblaysan, yoki go`zallik-la tutarsan», dedik.[1]

[1] Alloh bu gapni Zulqarnaynga qanday aytganini O`zi biladi. Vahiy orqalimi, ilhom qildimi? Lekin o`sha qavm bo`yicha qaror qabul qilishni — xohlasa, azoblab, xohlasa, yaxshilik etishni ixtiyoriga qo`ydi.)
87
قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوْفَ نُعَذِّبُهُۥ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَىٰ رَبِّهِۦ فَيُعَذِّبُهُۥ عَذَابًا نُّكْرًا‮٨٧‬‬‬
Sodiq
U: «Kim zulm qilgan bo`lsa, tezda uni azoblarmiz, so`ngra, Robbiga qaytarilar, bas, U zot ham uni munkar azob ila azoblar.
88
وَأَمَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَلَهُۥ جَزَآءً ٱلْحُسْنَىٰ ​ۖ وَسَنَقُولُ لَهُۥ مِنْ أَمْرِنَا يُسْرًا‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Ammo, iymon keltirib yaxshi amallar qilganlarga esa, ularga go`zal mukofot bordir va unga o`z ishimizdan osonini ayturmiz», dedi.
89
ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا‮٨٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra, u yana sababga ergashdi.
90
حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَطْلِعَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَطْلُعُ عَلَىٰ قَوْمٍ لَّمْ نَجْعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتْرًا‮٩٠‬‬‬
Sodiq
To quyosh chiqish joyiga yetganida, uning bir qavm ustidan chiqayotganini ko`rdi. Ularga u(quyosh)dan to`siq bo`ladigan narsa qilmagan edik.
91
كَذَٰلِكَ وَقَدْ أَحَطْنَا بِمَا لَدَيْهِ خُبْرًا‮٩١‬‬‬
Sodiq
Ana shunday, batahqiq, Biz uning oldidagi narsaning xabarini ihota qildik.[1]

[1] Ya'ni, mag`ribdagi haq so`zlar va ishlar mashriqda ham joriy qilindi. Zulqarnayn mag`ribda hukmronlik qilganidek, mashriqda ham hukmronlik qildi. Biz, shubhasiz, Zulqarnaynning huzuridagi hamma narsaning xabarini to`liq bilamiz.)
92
ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا‮٩٢‬‬‬
Sodiq
So`ngra u yana sababga ergashdi.
93
حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ بَيْنَ ٱلسَّدَّيْنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوْمًا لَّا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ قَوْلًا‮٩٣‬‬‬
Sodiq
To ikki tog` orasiga yetganida, ularning ortida biron gapni anglamaydigan qavmni ko`rdi.
94
قَالُواْ يَٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَىٰٓ أَن تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Zulqarnayn, albatta, Ya'juj va Ma'juj yer yuzida buzg`unchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to`siq qilib berurmisan?» – dedilar.[1]

[1] Ya'juj va Ma'juj haqida ham juda ko`p gaplar bor. Bu ham taxminiy gaplardan iboratdir. Biz esa, Qur'oni Karimdagi ma'lumotlar bilan kifoyalanamiz. Shunisi xayrli.)
95
قَالَ مَا مَكَّنِّى فِيهِ رَبِّى خَيْرٌ فَأَعِينُونِى بِقُوَّةٍ أَجْعَلْ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ رَدْمًا‮٩٥‬‬‬
Sodiq
U: «Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman.
96
ءَاتُونِى زُبَرَ ٱلْحَدِيدِ ​ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا سَاوَىٰ بَيْنَ ٱلصَّدَفَيْنِ قَالَ ٱنفُخُواْ ​ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَعَلَهُۥ نَارًا قَالَ ءَاتُونِىٓ أُفْرِغْ عَلَيْهِ قِطْرًا‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Menga temir parchalarini keltiring», dedi. Nihoyat, ikki tog` tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi. Nihoyat, u(to`p temir)ni o`tga aylantirgach: «Olib kelinglar, ustidan mis quyaman», dedi.[1]

[1] Ikki tog` orasiga to`plangan temirni bosqonlar bilan dam urib eritib olov holiga keltirdilar. Eritilgan mis olib kelinglar, olov bo`lib turgan temir ustidan quyaman, dedi.)
97
فَمَا ٱسْطَٰعُوٓاْ أَن يَظْهَرُوهُ وَمَا ٱسْتَطَٰعُواْ لَهُۥ نَقْبًا‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Bas, ular uning ustiga chiqa olmadilar, uni teshib ham o`ta olmadilar.
98
قَالَ هَٰذَا رَحْمَةٌ مِّن رَّبِّى ​ۖ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ رَبِّى جَعَلَهُۥ دَكَّآءَ ​ۖ وَكَانَ وَعْدُ رَبِّى حَقًّا‮٩٨‬‬‬
Sodiq
U: «Bu, Robbim rahmatidandir. Agar Robbimning va'dasi kelsa, buni yer barobar qilur. Robbimning va'dasi haqdir», dedi.
99
۞وَتَرَكْنَا بَعْضَهُمْ يَوْمَئِذٍ يَمُوجُ فِى بَعْضٍ ​ۖ وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَجَمَعْنَٰهُمْ جَمْعًا‮٩٩‬‬‬
Sodiq
O`sha kuni ularni bir-birlari ila mavj urgan hollarida tark etdik va sur chalindi. Bas, ularning hammalarini jamladik.
100
وَعَرَضْنَا جَهَنَّمَ يَوْمَئِذٍ لِّلْكَٰفِرِينَ عَرْضًا‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
O`sha kuni kofirlarga jahannamni ko`ndalang qilib ko`rsatdik.
101
ٱلَّذِينَ كَانَتْ أَعْيُنُهُمْ فِى غِطَآءٍ عَن ذِكْرِى وَكَانُواْ لَا يَسْتَطِيعُونَ سَمْعًا‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Ular ko`zlari Mening zikrimdan pardada bo`lgan va eshitishga qodir bo`la olmaydiganlar edilar.
102
أَفَحَسِبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَن يَتَّخِذُواْ عِبَادِى مِن دُونِىٓ أَوْلِيَآءَ ​ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَٰفِرِينَ نُزُلًا‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Yoki kufr keltirganlar Meni qo`yib bandalarimni valiy — iloh qilib olishni gumon qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz.
103
قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُم بِٱلْأَخْسَرِينَ أَعْمَٰلًا‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ziyonkorlarning xabarini beraymi?
104
ٱلَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Ular bu dunyo hayotidayoq sa'yi-harakatlari botil bo`lgan, o`zlari esa, go`zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», degin.
105
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ وَلِقَآئِهِۦ فَحَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَزْنًا‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar Robbilari oyatlariga va unga ro`baro` kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata bo`ldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz.[1]

[1] Ya'ni, qiyomat kuni kofirlarning hech qanday qadr-qiymati bo`lmaydi. Ularning bu dunyoda qilgan amallarining vazni ham bo`lmaydi. Chunki Allohning nazdida hamma qadr-qiymat va amallarning vazni iymonga bog`liq. Iymoni yo`qning qadri ham yo`q, qiymati ham yo`q. Uning qilgan ishining vazni ham yo`q.)
106
ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُمْ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُواْ وَٱتَّخَذُوٓاْ ءَايَٰتِى وَرُسُلِى هُزُوًا‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Shuningdek, kufr keltirganlari va Mening oyatlarim va Payg`ambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazosi jahannamdir.
107
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَانَتْ لَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلْفِرْدَوْسِ نُزُلًا‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil bo`lgandir.
108
خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يَبْغُونَ عَنْهَا حِوَلًا‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Unda abadiy qolurlar va undan ko`chishni istamaslar.
109
قُل لَّوْ كَانَ ٱلْبَحْرُ مِدَادًا لِّكَلِمَٰتِ رَبِّى لَنَفِدَ ٱلْبَحْرُ قَبْلَ أَن تَنفَدَ كَلِمَٰتُ رَبِّى وَلَوْ جِئْنَا بِمِثْلِهِۦ مَدَدًا‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh bo`lsa-yu, unga o`z mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur», degin.[1]

[1] Oyatdagi «dengiz» lafzi barcha dengiz jinsini o`z ichiga oladi. Demak, dunyodagi barcha dengizlar siyoh qilib olinib, ularga yana shuncha dengiz siyohi qo`shilsa-da, Alloh taoloning kalimalari yozilsa, o`shancha dengiz siyoh tugab qoladi, ammo Allohning kalimalari tugamaydi. Demak, Alloh taoloning ilmi shunchalik ko`p. Buni qiyosdan tushunib olsa bo`laveradi.)
110
قُلْ إِنَّمَآ أَنَاْ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۖ فَمَن كَانَ يَرْجُواْ لِقَآءَ رَبِّهِۦ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَٰلِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِۦٓ أَحَدً​ۢا‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men ham sizlarga o`xshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga ro`baro` kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin.