Sura 21

Anbiyo

e

Payg'ambarlar

112 oyat |MakkaMakka |
Sura 21 • Oyat 1 / 112 • Juz 171⁄8 • Sahifa 322
Anbiyo
ﻉ278Juz 17 • Sahifa 322278ﻉ
2
1
ٱقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍ مُّعْرِضُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g`aflatda, yuz o`giruvchi bo`lgan hollarida.
2
مَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مِّن رَّبِّهِم مُّحْدَثٍ إِلَّا ٱسْتَمَعُوهُ وَهُمْ يَلْعَبُونَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat o`ynayotgan hollarida tinglarlar.
3
لَاهِيَةً قُلُوبُهُمْ ​ۗ وَأَسَرُّواْ ٱلنَّجْوَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ هَلْ هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ ​ۖ أَفَتَأْتُونَ ٱلسِّحْرَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Qalblari g`ofil bo`lib. Zulm qilganlar o`zaro: «Bu o`zimizga o`xshagan bashardan o`zga emas-ku. O`zingiz ko`rib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.
4
قَالَ رَبِّى يَعْلَمُ ٱلْقَوْلَ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮٤‬‬‬
Sodiq
U: «Robbim osmonu yerdagi so`zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.
5
بَلْ قَالُوٓاْ أَضْغَٰثُ أَحْلَٰمٍ بَلِ ٱفْتَرَىٰهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌ فَلْيَأْتِنَا بِـَٔايَةٍ كَمَآ أُرْسِلَ ٱلْأَوَّلُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Balki, alg`ov-dalg`ov tushlardir, balki, o`zi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo`'jiza keltirsin», dedilar.
6
مَآ ءَامَنَتْ قَبْلَهُم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَآ ​ۖ أَفَهُمْ يُؤْمِنُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?![1]

[1] Ulardan oldin lol qoldiruvchi mo`'jiza keltirishni talab qilganlardan birortasi ham iymonga kelmadi. Shuning uchun hammasini halok qildik. Endi ular iymonga kelarmidilar?!)
7
وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ​ۖ فَسْـَٔلُوٓاْ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Payg`ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan so`rang.[1]

[1] Bashar payg`ambar bo`lmaydi, deb da'vo qilayotgan, ey kofir-mushriklar, agar payg`ambarlar bashar ekanini bilmasangiz zikr-ilm egalaridan, ahli kitoblardan so`rang.)
8
وَمَا جَعَلْنَٰهُمْ جَسَدًا لَّا يَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَمَا كَانُواْ خَٰلِدِينَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yo`q. Ular abadiy qolguvchi ham bo`lgan emaslar.
9
ثُمَّ صَدَقْنَٰهُمُ ٱلْوَعْدَ فَأَنجَيْنَٰهُمْ وَمَن نَّشَآءُ وَأَهْلَكْنَا ٱلْمُسْرِفِينَ‮٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra, ularga (bergan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda O`zimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik.[1]

[1] Keyin payg`ambarlarga bergan va'damiz ustidan chiqdik, ularga ergashgan mo`minlarga najot va fathu nusrat berdik. Isrofchilarni, kofir bo`lganlarni halok etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.)
10
لَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ كِتَٰبًا فِيهِ ذِكْرُكُمْ ​ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?![1]

[1] Zikringiz-sharafingiz bor. Odamlar aqlnini ishlatishlari lozim. Yana Qur'onga qaytib, unga amal qilmoqlari shart.)
ﻉ279Sahifa 323279ﻉ
11
وَكَمْ قَصَمْنَا مِن قَرْيَةٍ كَانَتْ ظَالِمَةً وَأَنشَأْنَا بَعْدَهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Biz zolim bo`lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
12
فَلَمَّآ أَحَسُّواْ بَأْسَنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَرْكُضُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.
13
لَا تَرْكُضُواْ وَٱرْجِعُوٓاْ إِلَىٰ مَآ أُتْرِفْتُمْ فِيهِ وَمَسَٰكِنِكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْـَٔلُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, so`ralursizlar.
14
قَالُواْ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo`lgan ekanmiz», dedilar.
15
فَمَا زَالَت تِّلْكَ دَعْوَىٰهُمْ حَتَّىٰ جَعَلْنَٰهُمْ حَصِيدًا خَٰمِدِينَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ularning o`sha dod-voylari biz ularni o`rilgan o`tday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom bo`ldi.
16
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَٰعِبِينَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`yin uchun yaratganimiz yo`q.[1]

[1] Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, o`yin uchun yaratilmaydi. Behudaga shunchalik urinishning keragi yo`q. Maqsad o`yin bo`lsa, shunga mosroq narsa yaratilar edi.)
17
لَوْ أَرَدْنَآ أَن نَّتَّخِذَ لَهْوًا لَّٱتَّخَذْنَٰهُ مِن لَّدُنَّآ إِن كُنَّا فَٰعِلِينَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Agar Biz ko`ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo`lganimizda ham, O`z tomonimizdan tutar edik.
18
بَلْ نَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَى ٱلْبَٰطِلِ فَيَدْمَغُهُۥ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌ ​ۚ وَلَكُمُ ٱلْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Yo`q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko`ribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.
19
وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ وَمَنْ عِندَهُۥ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَلَا يَسْتَحْسِرُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.
20
يُسَبِّحُونَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لَا يَفْتُرُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.
21
أَمِ ٱتَّخَذُوٓاْ ءَالِهَةً مِّنَ ٱلْأَرْضِ هُمْ يُنشِرُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Yoki ular yerdan xudolar tutdilar-u, o`shalar tiriltiradilarmi?
22
لَوْ كَانَ فِيهِمَآ ءَالِهَةٌ إِلَّا ٱللَّهُ لَفَسَدَتَا ​ۚ فَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan o`zga xudolar bo`lganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.[1]

[1] Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga bo`ysunadi. Shu bois ham hadsiz-hisobsiz bo`lishiga qaramay, borliqda qoyil qolarlik darajada nizom va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan, uni idora qilib turgan zot bittadan ko`p bo`lsa, o`sha zotlarning irodasi bir-biri bilan, albatta, to`qnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kelib chiqar, jipslik yo`qolar va nizom buzilar edi. Modomiki borliq bir nizomda turibdimi, mutanosibmi, demak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta.)
23
لَا يُسْـَٔلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْـَٔلُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
U qilgan narsasidan so`ralmas. Holbuki, ular so`ralurlar.
24
أَمِ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً ​ۖ قُلْ هَاتُواْ بُرْهَٰنَكُمْ ​ۖ هَٰذَا ذِكْرُ مَن مَّعِىَ وَذِكْرُ مَن قَبْلِى ​ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْحَقَّ ​ۖ فَهُم مُّعْرِضُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Yoki Undan o`zga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yo`q, ularning ko`plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o`girguvchilardir.[1]

[1] Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib ko`rganda, Alloh taoloning sherigi bo`lishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?)
25
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِىٓ إِلَيْهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَاْ فَٱعْبُدُونِ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Sendan ilgari yuborgan har bir Payg`ambarga: «Albatta, Mendan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.
26
وَقَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَلَدًا ​ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ​ۚ بَلْ عِبَادٌ مُّكْرَمُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yo`q! Ikrom etilgan bandalardirlar.[1]

[1] Ya'ni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dedilar. Alloh bu nuqsondan pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridir.)
27
لَا يَسْبِقُونَهُۥ بِٱلْقَوْلِ وَهُم بِأَمْرِهِۦ يَعْمَلُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Ular Undan oldin so`z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
28
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ٱرْتَضَىٰ وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِۦ مُشْفِقُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi bo`lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qo`rqinchidan titragan holda tururlar.
29
۞وَمَن يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّىٓ إِلَٰهٌ مِّن دُونِهِۦ فَذَٰلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ ​ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ulardan kim: «Men Undan o`zga ilohman», desa, bas, o`shani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
30
أَوَلَمْ يَرَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَٰهُمَا ​ۖ وَجَعَلْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ ​ۖ أَفَلَا يُؤْمِنُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo`lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?[1]

[1] Oyati karima ma'nosi xususida tafsirchilar bir necha xil ma'nolar aytganlar. Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan bo`lib, osmon yopiq edi, Biz uni ochdik va yomg`ir-qor yog`dirdik, oqibatda o`sha suv ila hamma tirik narsalar paydo bo`ldi, degan ma'no chiqadi. Ikkinchisi, unga ko`ra osmonlaru Yer yo`q edi, ularni Biz yaratdik, so`ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, ma'nosi bo`ladi. Uchinchisi, Hasan, Qatoda roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan bo`lib, osmonlaru Yer bir-biriga bitishgan bir narsa edi, ularning orasini Biz ochdik, so`ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, ma'nosi bor. To`rtinchisi hozirgi zamon ba'zi tafsirchilarning fikrlari bo`lib osmonu Yer, yulduzlaru quyosh hamma-hammasi bir butun edi, Allohning irodasi ila ko`p aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib, alohida-alohida bo`lib ketdi quyosh alohida, yer alohida, oy alohida, yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham; suvdan esa, barcha tirik narsalar, inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi. Bular, oyati karimaning ma'nosini tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy ma'nosini Allohning O`zi biladi.)
31
وَجَعَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجًا سُبُلًا لَّعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun tog`lar qildik va shoyadki, to`g`ri yo`l topsalar, deb unda daralar, yo`llar qildik.
32
وَجَعَلْنَا ٱلسَّمَآءَ سَقْفًا مَّحْفُوظًا ​ۖ وَهُمْ عَنْ ءَايَٰتِهَا مُعْرِضُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Va osmonni saqlangan shift qilib qo`ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o`girguvchi bo`lmoqdalar.
33
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ​ۖ كُلٌّ فِى فَلَكٍ يَسْبَحُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.
34
وَمَا جَعَلْنَا لِبَشَرٍ مِّن قَبْلِكَ ٱلْخُلْدَ ​ۖ أَفَإِيْن مِّتَّ فَهُمُ ٱلْخَٰلِدُونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo`q. Agar sen o`lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?
35
كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ​ۗ وَنَبْلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَٱلْخَيْرِ فِتْنَةً ​ۖ وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
36
وَإِذَا رَءَاكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِى يَذْكُرُ ءَالِهَتَكُمْ وَهُم بِذِكْرِ ٱلرَّحْمَٰنِ هُمْ كَٰفِرُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar seni ko`rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga o`zlari kofirdirlar.
37
خُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ مِنْ عَجَلٍ ​ۚ سَأُوْرِيكُمْ ءَايَٰتِى فَلَا تَسْتَعْجِلُونِ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Inson shoshqaloq o`laroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga O`z oyat-alomatlarimni ko`rsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.
38
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar sodiq bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur», derlar.
39
لَوْ يَعْلَمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ حِينَ لَا يَكُفُّونَ عَن وُجُوهِهِمُ ٱلنَّارَ وَلَا عَن ظُهُورِهِمْ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to`sa olmaydigan va o`zlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
40
بَلْ تَأْتِيهِم بَغْتَةً فَتَبْهَتُهُمْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Yo`q! U ularga to`satdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo`lmaslar va ularga muhlat ham berilmas.
41
وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُواْ مِنْهُم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o`zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
42
قُلْ مَن يَكْلَؤُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ مِنَ ٱلرَّحْمَٰنِ ​ۗ بَلْ هُمْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِم مُّعْرِضُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo`riydi?» – degin. Yo`q! Ular Robbilari zikridan yuz o`girguvchilardir!
43
أَمْ لَهُمْ ءَالِهَةٌ تَمْنَعُهُم مِّن دُونِنَا ​ۚ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَ أَنفُسِهِمْ وَلَا هُم مِّنَّا يُصْحَبُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Yoki ularning Bizdan o`zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular o`zlariga ham yordam berishga qodir bo`la olmaslar va Bizdan do`stlik topmaslar.[1]

[1] Do`stlik topganlarida himoyamizga o`tishlari mumkin edi. Lekin zinhor bizdan do`stlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar. Kofirlar esa, buni o`ylab ham ko`rmaydilar. Qachon va qayerda soxta xudolari ularga homiy bo`libdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?)
44
بَلْ مَتَّعْنَا هَٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ​ۗ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَآ ​ۚ أَفَهُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun ko`rindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko`rmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi?[1]

[1] Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla ma'nosi haqida bir necha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, Yerning atrofidan qisqartirilishi — kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kengayib borishi, deganlar. Mujohid va Ikrima roziyallohu anhum, yerning atrofidan qisqarishi — xarob bo`lishi, deyishgan. Al-Afviy Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa, barakasining qisqarishi, deyilgan. Ash-Sha'biy, agar Yer qisqaradigan bo`lsa, unga sig`may qolar eding, lekin jonlar va meva-cheva, hosillar qisqaradi, degan. Ikrima roziyallohu anhu ham, agar Yer qisqarganida, o`tirgani joy topa olmay qolar eding, qisqarish o`limdir, deb aytgan. Keyingi davr tafsirchilari esa, rohat-farog`atda yashagan, Yerning turli atroflarida g`olib bo`lib, o`zining so`zini o`tkazib turgan davlatlar va xalqlar bahramandlikdan hovliqib ketib, hadlaridan oshganlarida, nuqsonga duchor qilinishlari — qisqartirilishlaridir, deydilar. Ushbu ma'nolar bir-birini to`ldirib keladi. Har bir tafsirchi olim o`z zamonasidagi voqelikdan, o`z tushunchasidan kelib chiqib ma'no aytgan bo`ladi.)
45
قُلْ إِنَّمَآ أُنذِرُكُم بِٱلْوَحْىِ ​ۚ وَلَا يَسْمَعُ ٱلصُّمُّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا مَا يُنذَرُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», degin.
46
وَلَئِن مَّسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِّنْ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar bo`lgan ekanmiz», derlar.
47
وَنَضَعُ ٱلْمَوَٰزِينَ ٱلْقِسْطَ لِيَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْـًٔا ​ۖ وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ​ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَٰسِبِينَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo`yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og`irligicha bo`lsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda O`zimiz kifoya qilurmiz.
48
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ ٱلْفُرْقَانَ وَضِيَآءً وَذِكْرًا لِّلْمُتَّقِينَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.[1]

[1] Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horun alayhissalomlarga berganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand bo`lish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor bo`lish kerak. Betavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand bo`la olmaydilar.)
49
ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَهُم مِّنَ ٱلسَّاعَةِ مُشْفِقُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ular Robbilaridan g`oyibona qo`rqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.
50
وَهَٰذَا ذِكْرٌ مُّبَارَكٌ أَنزَلْنَٰهُ ​ۚ أَفَأَنتُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi bo`lasizlarmi?!
ﻉ282Juz 17 3⁄8282ﻉ
51
۞وَلَقَدْ ءَاتَيْنَآ إِبْرَٰهِيمَ رُشْدَهُۥ مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِهِۦ عَٰلِمِينَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik.[1]

[1] Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat berilgan zotlar ichida avvalgilaridan biri edi. Biz unga rushdni bexosdan berganimiz yo`q. Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, payg`ambar bo`lishga loyiq zotligini yaxshi bilar edik.)
52
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا هَٰذِهِ ٱلتَّمَاثِيلُ ٱلَّتِىٓ أَنتُمْ لَهَا عَٰكِفُونَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
O`shanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» – degan edi.
53
قَالُواْ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا لَهَا عَٰبِدِينَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.
54
قَالَ لَقَدْ كُنتُمْ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمْ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.
55
قَالُوٓاْ أَجِئْتَنَا بِٱلْحَقِّ أَمْ أَنتَ مِنَ ٱللَّٰعِبِينَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki o`yin qilguvchilardanmisan?» – dedilar.
56
قَالَ بَل رَّبُّكُمْ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلَّذِى فَطَرَهُنَّ وَأَنَاْ عَلَىٰ ذَٰلِكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
U: «Yo`q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.
57
وَتَٱللَّهِ لَأَكِيدَنَّ أَصْنَٰمَكُم بَعْدَ أَن تُوَلُّواْ مُدْبِرِينَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Allohga qasamki, sizlar ortga o`girilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi.[1]

[1] Ya'ni, Ibrohim alayhissalom o`zlari bilan tortishayotgan qavmlariga, ularning sanamlariga bir yomonlik yetkazishlari aniqligini qasam ila ta'kidlab aytdilar. Ammo nima qilishlarini ochiq-oydin aytmadilar. Arab tilida «sanam» deb bosh qismi inson shakliga o`xshatib ishlangan butlarga aytiladi.)
58
فَجَعَلَهُمْ جُذَٰذًا إِلَّا كَبِيرًا لَّهُمْ لَعَلَّهُمْ إِلَيْهِ يَرْجِعُونَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki, unga qaytsalar, deb qoldirdi.[1]

[1] Mushrik qavm yillik bayramlarida shahardan tashqariga chiqar edi. Ular navbatdagi yillik bayramni nishonlash uchun ketganlarida Ibrohim alayhissalom hamma butlarni parcha-parcha qilib tashladilar va eng katta butga tegmasdan qoldirib qo`ydilar.)
59
قَالُواْ مَن فَعَلَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَآ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» – dedilar.
60
قَالُواْ سَمِعْنَا فَتًى يَذْكُرُهُمْ يُقَالُ لَهُۥٓ إِبْرَٰهِيمُ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.
61
قَالُواْ فَأْتُواْ بِهِۦ عَلَىٰٓ أَعْيُنِ ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَشْهَدُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Ular: «Uni odamlar ko`zi oldiga olib kelinglar. Shoyadki, guvoh bo`lsalar», dedilar.
62
قَالُوٓاْ ءَأَنتَ فَعَلْتَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَا يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» – dedilar.
63
قَالَ بَلْ فَعَلَهُۥ كَبِيرُهُمْ هَٰذَا فَسْـَٔلُوهُمْ إِن كَانُواْ يَنطِقُونَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
U: «Yo`q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo`lsalar, ulardan so`rab ko`ringlar», dedi.
64
فَرَجَعُوٓاْ إِلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ فَقَالُوٓاْ إِنَّكُمْ أَنتُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Bas, ular o`zlariga keldilar va: «Albatta, sizlar o`zingiz zolimdirsizlar», dedilar.[1]

[1] Ibrohim alayhissalomning mantiqli savollaridan keyin mushriklar o`zlariga keldilar.)
65
ثُمَّ نُكِسُواْ عَلَىٰ رُءُوسِهِمْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا هَٰٓؤُلَآءِ يَنطِقُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
So`ngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.
66
قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْـًٔا وَلَا يَضُرُّكُمْ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
U: «Siz, Allohni qo`yib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!
67
أُفٍّ لَّكُمْ وَلِمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ​ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Sizga ham, Allohni qo`yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib ko`rmaysizlarmi?!» – dedi.
68
قَالُواْ حَرِّقُوهُ وَٱنصُرُوٓاْ ءَالِهَتَكُمْ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo`lsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar.[1]

[1] Ya'ni, Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam bo`ladi, dedilar. Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohim alayhissalomni o`sha gulxanga otdilar.)
69
قُلْنَا يَٰنَارُ كُونِى بَرْدًا وَسَلَٰمًا عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik bo`l!» – dedik.
70
وَأَرَادُواْ بِهِۦ كَيْدًا فَجَعَلْنَٰهُمُ ٱلْأَخْسَرِينَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qo`ydik.
71
وَنَجَّيْنَٰهُ وَلُوطًا إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا لِلْعَٰلَمِينَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik.[1]

[1] Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga va u kishining jiyanlari Lut alayhissalomga najot berdi. Qavmlariga yetgan balodan ularni sog`-salomat olib qolib, «olamlar uchun barakali qilgan yer»ga — Shomga yubordi. Darhaqiqat, Shom yeri eng barakali yerlardan hisoblanadi. Barcha payg`ambarlar o`sha joydan chiqqan. U yer muqaddas joy. U yurtda Baytul Maqdis joylashgan.)
72
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ نَافِلَةً ​ۖ وَكُلًّا جَعَلْنَا صَٰلِحِينَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Unga Is'hoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.
73
وَجَعَلْنَٰهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِمْ فِعْلَ ٱلْخَيْرَٰتِ وَإِقَامَ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءَ ٱلزَّكَوٰةِ ​ۖ وَكَانُواْ لَنَا عَٰبِدِينَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar bo`ldilar.
74
وَلُوطًا ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَنَجَّيْنَٰهُ مِنَ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَت تَّعْمَلُ ٱلْخَبَٰٓئِثَ ​ۗ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمَ سَوْءٍ فَٰسِقِينَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzg`unchi qavm edilar.
75
وَأَدْخَلْنَٰهُ فِى رَحْمَتِنَآ ​ۖ إِنَّهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Va Biz uni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.
76
وَنُوحًا إِذْ نَادَىٰ مِن قَبْلُ فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik.
77
وَنَصَرْنَٰهُ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ ​ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمَ سَوْءٍ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ أَجْمَعِينَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Unga oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g`arq qildik.[1]

[1] Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.)
78
وَدَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِى ٱلْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ ٱلْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَٰهِدِينَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O`shanda u(ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo`lgan edik.[1]

[1] O`z davrining payg`ambari va podshohi bo`lmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni so`rab kelishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qo`ylar egasi ekan. «O`shanda u ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi». Kechasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib bo`lib, qo`ylarni ekinzor egasiga berilishiga hukm chiqardilar. Payhon bo`lib yo`qolgan ekinzor o`rniga uni payhon qilgan qo`ylarni olib berish ayni adolat edi. Bu hukmdan keyin qaytib ketayotgan qo`y egasi Sulaymon alayhissalomni ko`rib qolib, bo`lgan hodisani u kishiga aytib berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kirdilar va «Ey Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdek bo`lmasligi kerak edi», dedilar. Dovud alayhissalom «Qanday bo`lishi kerak edi», dedilar. Sulaymon alayhissalom «Qo`yni ekinzor egasiga bering, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qo`y egasiga bering, uni tuzatib asl holiga keltirsin. So`ngra har kim o`z narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kelgandan so`ngra qaytarib oladi. Qo`y egasi ham qo`ylarini qaytarib oladi», dedilar. Shunda Dovud alayhissalom «Hukm sen chiqargan hukmdir», dedilar.)
79
فَفَهَّمْنَٰهَا سُلَيْمَٰنَ ​ۚ وَكُلًّا ءَاتَيْنَا حُكْمًا وَعِلْمًا ​ۚ وَسَخَّرْنَا مَعَ دَاوُۥدَ ٱلْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ وَٱلطَّيْرَ ​ۚ وَكُنَّا فَٰعِلِينَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, tog`larni va qushlarni bo`yinsundirib qo`ydik. Shularni qilguvchi bo`lgan Bizmiz.
80
وَعَلَّمْنَٰهُ صَنْعَةَ لَبُوسٍ لَّكُمْ لِتُحْصِنَكُم مِّن​ۢ بَأْسِكُمْ ​ۖ فَهَلْ أَنتُمْ شَٰكِرُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini o`rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!
81
وَلِسُلَيْمَٰنَ ٱلرِّيحَ عَاصِفَةً تَجْرِى بِأَمْرِهِۦٓ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا ​ۚ وَكُنَّا بِكُلِّ شَىْءٍ عَٰلِمِينَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo`ydik. Barcha narsani bilguvchi bo`ldik.
82
وَمِنَ ٱلشَّيَٰطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُۥ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًا دُونَ ذَٰلِكَ ​ۖ وَكُنَّا لَهُمْ حَٰفِظِينَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Va shaytonlardan unga g`avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni bo`ysundirib qo`ydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo`ldik.
83
۞وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Va Ayyubning O`z Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening O`zing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla.[1]

[1] Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani ma'lum. Lekin o`sha zararning aynan nomini Qur'oni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyub alayhissalomning Allohga yolborib nido qilayotganlari kelyapti, xolos.)
84
فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَكَشَفْنَا مَا بِهِۦ مِن ضُرٍّ ​ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَذِكْرَىٰ لِلْعَٰبِدِينَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O`z rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma bo`lsin», deb qildik.
85
وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ​ۖ كُلٌّ مِّنَ ٱلصَّٰبِرِينَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.
86
وَأَدْخَلْنَٰهُمْ فِى رَحْمَتِنَآ ​ۖ إِنَّهُم مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Va ularni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.
87
وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبًا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Zunnunni esla. O`shanda u g`azablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni o`ziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan o`zga iloh yo`q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo`ldim», deb nido qildi.[1]

[1] Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunus alayhissalomni dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirg`oqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun — baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida keladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan g`azablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa payg`ambarlarga o`xshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. So`ngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana o`shanda, «zulmatlarda turib», ya'ni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib «Sendan o`zga Iloh yo`q, Sen poksan, men zolimlardan bo`ldim, deb nido qildi».)
88
فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَنَجَّيْنَٰهُ مِنَ ٱلْغَمِّ ​ۚ وَكَذَٰلِكَ نُـۨجِى ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga g`amdan najot berdik. Mo`minlarga shunday najot berurmiz.
89
وَزَكَرِيَّآ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ رَبِّ لَا تَذَرْنِى فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْوَٰرِثِينَ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Va Zakariyoni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolg`iz tashlab qo`yma, Sen O`zing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.
Qur'oniy duolar
Oyat 21:89
90
فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَوَهَبْنَا لَهُۥ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُۥ زَوْجَهُۥٓ ​ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًا وَرَهَبًا ​ۖ وَكَانُواْ لَنَا خَٰشِعِينَ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o`nglab qo`ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag`bat ila va qo`rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar.
91
وَٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَجَعَلْنَٰهَا وَٱبْنَهَآ ءَايَةً لِّلْعَٰلَمِينَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O`z ruhimizdan pufladik. Uni va uning o`g`lini olamlarga oyat-belgi qildik.[1]

[1] «Farjini pok saqlagan» ayol deganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan.)
92
إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُونِ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.
93
وَتَقَطَّعُوٓاْ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ ​ۖ كُلٌّ إِلَيْنَا رَٰجِعُونَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Ular esa, ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar.[1]

[1] Aslida, hamma bir ummat bo`lib, bir dinga ishonib, yagona Allohga ibodat qilishi kerak edi. Ammo odamlar bu yo`ldan yurmay, o`zlaricha yo`llarini, dinlari va ishlarini bo`lak-bo`lak qilib oldilar. Ularning hammasi baribir oxir-oqibat bizga qaytadilar. O`shanda biz o`zimiz bilib hisob-kitob qilamiz.)
94
فَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِۦ وَإِنَّا لَهُۥ كَٰتِبُونَ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Kim mo`min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qo`yguvchidirmiz.
95
وَحَرَٰمٌ عَلَىٰ قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَآ أَنَّهُمْ لَا يَرْجِعُونَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir.[1]

[1] Bu dunyodagi gunohlari uchun yo`qotib yuborilgan shahar-qishloqlarning aholisi qiyomat kuni jazolarini olish uchun qaytariladilar. Ularning qaytmasliklari mumkin emas.)
96
حَتَّىٰٓ إِذَا فُتِحَتْ يَأْجُوجُ وَمَأْجُوجُ وَهُم مِّن كُلِّ حَدَبٍ يَنسِلُونَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.
97
وَٱقْتَرَبَ ٱلْوَعْدُ ٱلْحَقُّ فَإِذَا هِىَ شَٰخِصَةٌ أَبْصَٰرُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَٰوَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَٰذَا بَلْ كُنَّا ظَٰلِمِينَ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko`rsang, kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g`aflatda edik. Yo`q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.[1]

[1] Kahf surasida aytib o`tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri — Zulqarnayn qurgan sadd-to`g`on ochilib, Ya'juj va Ma'jujlar chiqib ketishidir, ular juda ko`p bo`lib, ko`pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar. Qiyomat qoyim bo`lgandagi holni ko`rsang, unda «... kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib», ya'ni qotib qoladi. Shunday, g`aflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik ko`rmagan edik. Ishonmay, zulm qilgan edik, deydilar.)
98
إِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمْ لَهَا وَٰرِدُونَ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizlar va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilg`isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
99
لَوْ كَانَ هَٰٓؤُلَآءِ ءَالِهَةً مَّا وَرَدُوهَا ​ۖ وَكُلٌّ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Agar anavilar xudolar bo`lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar.[1]

[1] Sizlar Allohdan o`zga sig`ingan narsalar haqiqatda xudolar bo`lganida, jahannamga kirmas edilar. Ammo ular hech qachon xudo bo`lgan emas, ularni sizlar xudo deb olgansiz, shuning uchun jahannamga tushmoqdalar.)
100
لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَهُمْ فِيهَا لَا يَسْمَعُونَ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.
101
إِنَّ ٱلَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا ٱلْحُسْنَىٰٓ أُوْلَٰٓئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Albatta, Bizdan o`zlari uchun yaxshilik qilinganlar, ana o`shalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar.[1]

[1] Ya'ni, Allohning mo`min bandalari, Alloh ularga yaxshilikni ravo ko`rgan bandalar jahannamdan uzoqda bo`ladilar. Uning yaqiniga ham kelmaydilar.)
102
لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا ​ۖ وَهُمْ فِى مَا ٱشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَٰلِدُونَ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar. Ular o`z nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.
103
لَا يَحْزُنُهُمُ ٱلْفَزَعُ ٱلْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ هَٰذَا يَوْمُكُمُ ٱلَّذِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Ularni buyuk dahshat g`ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga va'da qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.
104
يَوْمَ نَطْوِى ٱلسَّمَآءَ كَطَىِّ ٱلسِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ​ۚ كَمَا بَدَأْنَآ أَوَّلَ خَلْقٍ نُّعِيدُهُۥ ​ۚ وَعْدًا عَلَيْنَآ ​ۚ إِنَّا كُنَّا فَٰعِلِينَ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.[1]

[1] Xuddi hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib daftarini yopganidek, qiyomat kunida osmon shunday yopiladi. Demak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga yetgan bo`ladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.)
105
وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِى ٱلزَّبُورِ مِن​ۢ بَعْدِ ٱلذِّكْرِ أَنَّ ٱلْأَرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِىَ ٱلصَّٰلِحُونَ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Zikrdan so`ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxo`r bo`lurlar», deb yozgan edik.[1]

[1] Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «er» so`zlaridan ko`zlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, «zikr»dan murod — Tavrotdir, shunga ko`ra, oyatning ma'nosi «Batahqiq, Biz Tavrotdan so`ng Zaburda ham «Albatta, yerga solih bandalarim merosxo`r bo`lurlar», deb yozgan edik» bo`ladi, deydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod — Lavhul Mahfuz, binobarin, avval o`sha ma'noni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, ma'nosi chiqadi, deganlar. «Er» haqida esa, ba'zi ulamolarimiz oddiy yer ko`zda tutilgan desalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan, deydilar. Ushbu ikki xil ma'noni qo`shib, har ikkisi ko`zda tutilgan, desa ham bo`ladi.)
106
إِنَّ فِى هَٰذَا لَبَلَٰغًا لِّقَوْمٍ عَٰبِدِينَ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o`git bordir.
107
وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَٰلَمِينَ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.
108
قُلْ إِنَّمَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Sen: «Menga faqat, sizning ilohingiz albatta bitta ilohdir, deb vahiy etilur. Bas, sizlar musulmon bo`lasizlarmi?!» – deb ayt.
109
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقُلْ ءَاذَنتُكُمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ​ۖ وَإِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدٌ مَّا تُوعَدُونَ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Agar ular yuz o`girib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik bo`lishi uchun e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman.[1]

[1] Ya'ni, iymon masalasida hamma barobar bo`lishi uchun, menga tushgan vahiyni e'lon qildim. Keyin bexabar edik, degan da'vo bo`lmasligi uchun eshittirdim.)
110
إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَيَعْلَمُ مَا تَكْتُمُونَ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, U so`zning oshkorasini ham biladir va nimani berkitayotgan bo`lsangiz ham biladir.
111
وَإِنْ أَدْرِى لَعَلَّهُۥ فِتْنَةٌ لَّكُمْ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ‮١١١‬‬‬
Sodiq
Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt.[1]

[1] Azobning kelmay turishi ehtimol sinovdir, ehtimol bu dunyoning huzur-halovatidan foydalanib olishingiz uchun muhlatdir.)
112
قَٰلَ رَبِّ ٱحْكُم بِٱلْحَقِّ ​ۗ وَرَبُّنَا ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
U: «Ey Robbim, O`zing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad so`raladigan Zotdir», dedi.[1]

[1] Ya'ni, Payg`ambar alayhissalom, ey Robbim, men omonatingni ado etdim. Kishilarga ta'limotlaringni yetkazdim. Endi o`zing haq ila hukm qilaver, dedilar.)