Sura 30

Rum

v

Rum

60 oyat |MakkaMakka |
Sura 30 • Oyat 1 / 60 • Juz 212⁄8 • Sahifa 404
Rum
ﻉ349Juz 21 2⁄8349ﻉ
2
1
۞ الٓمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Alif. Laam. Miym.
2
غُلِبَتِ ٱلرُّومُ‮٢‬‬‬
Sodiq
Rum mag`lub bo`ldi.
3
فِىٓ أَدْنَى ٱلْأَرْضِ وَهُم مِّن​ۢ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Yaqin yerda. Va ular mag`lubiyatlaridan keyin tezda g`olib bo`lajaklar.
4
فِى بِضْعِ سِنِينَ ​ۗ لِلَّهِ ٱلْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن​ۢ بَعْدُ ​ۚ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ ٱلْمُؤْمِنُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. O`sha kunda mo`minlar shodlanurlar.
5
بِنَصْرِ ٱللَّهِ ​ۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُ ​ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ‮٥‬‬‬
Sodiq
Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U aziyzu rohiymdir.[1]

[1] Fors va Rum davlatlari orasidagi qirg`inbarot urush natijalaridan keyin bunday gaplarni Alloh taolo aytmasa, odam bolasi jur'at qilib ayta olmas edi. Har qanday odamga, shunchalar qaqshatqich zarbaga uchragan, tilka-pora bo`lib ketgan Rum davlati qanday qilib bir necha yil ichida qudratli Fors davlatini yenga oladi, degan fikr kelishi turgan gap edi. Mushriklar qur'oniy xabarni masxara qilib, manzarani o`z qarichlari bilan o`lchashar, ammo Alloh taoloning o`lchovi boshqa ekani xayollariga kelmasdi.)
6
وَعْدَ ٱللَّهِ ​ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
(Bu) Allohning va'dasidir. Alloh O`z va'dasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar.[1]

[1] Alloh O`zi xohlagan kishisiga nusrat berishi haqidagi gap Allohning va'dasidir. U zot O`z irodasi bilan va'da qiladi va O`z irodasi bilan va'dasini amalga oshiradi. Bunga hech kim va hech narsa to`siq bo`la olmaydi. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar. O`zlaricha nimanidir bilgandek bo`ladilar, ammo asl mohiyatni anglab yetmaydilar.)
7
يَعْلَمُونَ ظَٰهِرًا مِّنَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ غَٰفِلُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar.[1]

[1] Odamlarning ko`plari bu besh kunlik dunyoning zohiriy, sirtqi tarafini, yuzaki biladilar. Ko`zlariga ko`ringan, qo`llari bilan ushlaydigan yoki boshqa his etish a'zolari va asboblari bilan sezadigan narsalarnigina, ularni ham bir qisminigina biladilar. Ular asosan bu dunyoga qiziqadilar.)
8
أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُواْ فِىٓ أَنفُسِهِم ​ۗ مَّا خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى ​ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ بِلِقَآئِ رَبِّهِمْ لَكَٰفِرُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Axir, ular, o`zlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib ko`rmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan ko`plari Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir.[1]

[1] Insonning aql ishlatiladigan narsalar haqida o`ylashi «tafakkur» deyiladi. Oyatda odamlarning tafakkur yuritmasliklaridan ajablanish bor.)
9
أَوَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ كَانُوٓاْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُواْ ٱلْأَرْضَ وَعَمَرُوهَآ أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ​ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari ko`proq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan ko`ra ko`proq obod qilgan edilar. Va ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar.[1]

[1] Avvalgi kofirlar obodonchilik masalasida ham hozirgi kofirlardan ustun edilar. Ular yerga ko`proq ishlov berganlar. Dehqonchilikni juda ham rivojlantirganlar. Shuningdek, yerdan turli ma'danlarni chiqarish va boshqa imroniy-obodonchilik ishlarini taraqqiy ettirganlar. Ushbu oyatlar nozil bo`layotgan davr kofirlaridan ko`ra ko`proq obod qilganlar.)
10
ثُمَّ كَانَ عَٰقِبَةَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔواْ ٱلسُّوٓأَىٰٓ أَن كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَكَانُواْ بِهَا يَسْتَهْزِءُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
So`ngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolg`onga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon bo`ldi.
11
ٱللَّهُ يَبْدَؤُاْ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Alloh maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, so`ngra Unga qaytarilursiz.
12
وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُبْلِسُ ٱلْمُجْرِمُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Qiyomat qoim bo`lgan kunda jinoyatchilar noumid bo`lurlar.
13
وَلَمْ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَآئِهِمْ شُفَعَٰٓؤُاْ وَكَانُواْ بِشُرَكَآئِهِمْ كَٰفِرِينَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar bo`lmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi bo`ldilar.
14
وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَتَفَرَّقُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Qiyomat qoim bo`lgan kuni, o`sha kuni (guruhlarga) bo`linurlar.[1]

[1] Odamlar qiyomat kuni ikki guruhga ajraladilar.)
15
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَهُمْ فِى رَوْضَةٍ يُحْبَرُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar.
16
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَلِقَآئِ ٱلْـَٔاخِرَةِ فَأُوْلَٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar azobga hozir qilinurlar.
17
فَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting.[1]

[1] Bundan murod, shom va xufton namozlarini o`qib, Allohni poklab yod etinglar, tongga kirishda tasbih aytishdan murod bomdod namozini o`qishdir.)
18
وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting).[1]

[1] Dunyoda barcha hamdu sano, maqtov Allohning O`ziga xosdir. Sizlar Unga oqshom va peshin paytlarida ham tasbih aytingiz. Ya'ni, peshin va asr namozlarini qoim qilinglar.)
19
يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَيُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ​ۚ وَكَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
U o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarur va yerni o`limidan keyin tiriltirur. Shunga o`xshash, siz ham chiqarilursiz.[1]

[1] Har bir soniyada qandaydir o`simlik quriydi, boshqasi urug`dan chiqadi. Kimdir o`ladi, kimdir tug`iladi. Bu narsa yerda ham, ko`kda ham, suvda ham bo`lib turadi. Son-sanog`iga yetib bo`lmaydigan ushbu jarayonlarning har birini Alloh taolo amalga oshiradi.)
20
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ إِذَآ أَنتُم بَشَرٌ تَنتَشِرُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Sizni tuproqdan yaratgani va so`ngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.
21
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا لِّتَسْكُنُوٓاْ إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
22
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَٰنِكُمْ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّلْعَٰلِمِينَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo`lishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.[1]

[1] Inson bolasi o`ziga o`xshagan odamlar bilan ko`rishadi, gaplashadi, lekin ilohiy qudrat tufayli ularning tillari va ranglari turlicha yaratilganiga e'tibor bermaydi. Aslini olganda, bular ham ulkan mo`'jizalardir.)
23
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ مَنَامُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱبْتِغَآؤُكُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.[1]

[1] Uyqu o`z holicha olib qaralganda, katta bir mo`'jizadir. Uyqu Alloh taolo tomonidan bandaga berilgan ulug` ne'mat. Odam bolasining uyquga ehtiyoji juda kattadir. Buni bilish, anglab yetish uchun biror kun uyqusiz yurishning o`zi yetadi.)
24
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَيُحْىِۦ بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.[1]

[1] Olimlar kashf qilishlaricha, chaqmoq chaqqanda havoni kuydirib o`simliklar uchun o`ta foydali o`g`it — azot paydo bo`lar ekan. Ana o`sha modda yomg`ir ila yerga tushib o`simliklarning o`sishiga, hosil berishiga omil bo`lar ekan. Demak, xavf va umid chaqmoqqa bog`liq ekan.)
25
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن تَقُومَ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ بِأَمْرِهِۦ ​ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِّنَ ٱلْأَرْضِ إِذَآ أَنتُمْ تَخْرُجُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.
26
وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ كُلٌّ لَّهُۥ قَٰنِتُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar.
27
وَهُوَ ٱلَّذِى يَبْدَؤُاْ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ ​ۚ وَلَهُ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir.
28
ضَرَبَ لَكُم مَّثَلًا مِّنْ أَنفُسِكُمْ ​ۖ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُم مِّن شُرَكَآءَ فِى مَا رَزَقْنَٰكُمْ فَأَنتُمْ فِيهِ سَوَآءٌ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنفُسَكُمْ ​ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.[1]

[1] Biz rizq qilib bergan ne'matga qulingiz ham sizga sherik bo`lishini xohlaysizmi? Yo`q. U qulni mazkur molu mulkingizning bir qismi hisoblaysiz. Uning mol-mulkingizdan chiqib ketishini ham xohlamaysiz. Alloh bergan rizqqa o`z qulingiz sherik bo`lishini xohlamas ekansiz, qanday qilib Allohga Uning O`zi yaratgan maxluqotlarini sheriklikka ravo ko`rasiz? Sherik bo`lish oson bo`libdimi? Siz o`z haqqingiz zoye bo`lishidan qo`rqqaningiz kabi, uning haqqi zoye ketishidan ham qo`rqishingiz mumkinmi? Hech mumkin emas. Shunday ekan, nima uchun Alloh taologa Uning O`zi yaratgan maxluqotlarni sherik qilasiz? Ushbu tafsilotlarni to`g`ri tushungan odamlar Allohga shirk keltirishning asosiy sababini anglab oladilar.)
29
بَلِ ٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ أَهْوَآءَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ ​ۖ فَمَن يَهْدِى مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ​ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Yo`q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bo`lmas.
30
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا ​ۚ فِطْرَتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى فَطَرَ ٱلنَّاسَ عَلَيْهَا ​ۚ لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ ٱللَّهِ ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, sen haqqa moyil bo`lib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini o`zgartirib bo`lmas. Ushbu to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.[1]

[1] Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, o`zlarinikini ma'qullayveradi, ularning barini e'tiborsiz qoldirib, haq dinga yuzlan. Alloh odamlarning asl tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa, insonning asl tabiatiga zid bo`lib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo bo`ladi.)
31
۞مُنِيبِينَ إِلَيْهِ وَٱتَّقُوهُ وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَلَا تَكُونُواْ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
(Har bir narsada) Unga qaytguvchi bo`laroq, Unga taqvo qiling, namozni to`kis ado eting va mushriklardan bo`lmang.
32
مِنَ ٱلَّذِينَ فَرَّقُواْ دِينَهُمْ وَكَانُواْ شِيَعًا ​ۖ كُلُّ حِزْبٍ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo`lib olib, har bir firqa o`z oldidagi narsadan shod bo`lganlardan (bo`lmang).[1]

[1] Mushriklikning bir ma'nosi Allohga sherik keltirish bo`lsa-da, dunyoda mushriklikdan ko`p narsa bo`lmasa kerak. Chunki mushriklar dinlarida firqalanib ketgan. Alloh taolo musulmonlarni shular kabi tafriqaga tushmaslikka amr qilmoqda.)
33
وَإِذَا مَسَّ ٱلنَّاسَ ضُرٌّ دَعَوْاْ رَبَّهُم مُّنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَآ أَذَاقَهُم مِّنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining O`zigagina qaytib, duo qilurlar. So`ngra U ularga O`zidan rahmat tottirganda, ko`ribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.
34
لِيَكْفُرُواْ بِمَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ ​ۚ فَتَمَتَّعُواْ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!
35
أَمْ أَنزَلْنَا عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنًا فَهُوَ يَتَكَلَّمُ بِمَا كَانُواْ بِهِۦ يُشْرِكُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Yoki Biz ularga hujjat tushirganmiz-u, u(hujjat) Unga shirk keltirgan narsalari (joizligi) haqida so`zlarmi?!
36
وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةً فَرِحُواْ بِهَا ​ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةُ​ۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ إِذَا هُمْ يَقْنَطُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod bo`lurlar. Agar ularga o`z qo`llari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.
37
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh O`zi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaslarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
38
فَـَٔاتِ ذَا ٱلْقُرْبَىٰ حَقَّهُۥ وَٱلْمِسْكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ ​ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Bas, qarindoshga, miskinga va yo`lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o`shalar najot topguvchilardir.[1]

[1] Rizq berish Alloh taoloning qo`lida bo`lgach, rizqning kamayib qolishidan qo`rqmay, qarindosh-urug`larga, miskinlar va safari tufayli muhtojlikka tushib, yo`lda qolganlarga haqlarini ber. Xayr-sadaqa qil. Sening qo`lingdagi rizqi ro`zda ularning ham haqlari borligini unutma.)
39
وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن رِّبًا لِّيَرْبُوَاْ فِىٓ أَمْوَٰلِ ٱلنَّاسِ فَلَا يَرْبُواْ عِندَ ٱللَّهِ ​ۖ وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن زَكَوٰةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُضْعِفُونَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Odamlar mollari ichida ziyoda bo`lsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo`lmas. Allohning yuzini ko`zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o`shalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.[1]

[1] «Ribo» o`zbek tilida «sudxo`rlik» deb yuritiladi. Ribo bir odam ikkinchisiga ma'lum muddatga ma'lum miqdor pulni ustiga foiz qo`yib qaytarish sharti ila berishidir. Alloh taolo riboni harom qilgan, harom narsa qancha ko`p bo`lsa ham, ziyoda bo`lmaydi. Shuningdek, riboda savob ham yo`q. Balki gunoh bor. «Zakot» so`zi o`zbek tilida «pokiza» va «ziyoda» ma'nolarini anglatadi. Darhaqiqat, zakoti berilgan mol pokizalanadi va Alloh bergan baraka ila ziyoda ham bo`ladi.)
40
ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ​ۖ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَفْعَلُ مِن ذَٰلِكُم مِّن شَىْءٍ ​ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Sizlarni xalq qilgan, so`ngra rizqlantirgan, keyin o`ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.
41
ظَهَرَ ٱلْفَسَادُ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِى ٱلنَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ ٱلَّذِى عَمِلُواْ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qo`llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo`ldi. Shoyadki, ular qaytsalar.[1]

[1] Odamlardagi buzuq e'tiqod va tasavvurlardan fisqu fasod kelib chiqadi. Bu esa, o`z navbatida, quruqlikdayu dengizda buzg`unchilik ustun kelishiga sabab bo`ladi. Odamlar qilgan gunohlar va fisqu fasod o`zlarining boshlariga balo-ofat keltiradi. Bu musibatlar ularga tanbeh bo`lishi, zalolatdan hidoyatga, noto`g`ri yo`ldan qaytishlariga sabab bo`lishi kerak.)
42
قُلْ سِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلُ ​ۚ كَانَ أَكْثَرُهُم مُّشْرِكِينَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar. Ularning ko`plari mushrik bo`lgan edilar», deb ayt.
43
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ ٱلْقَيِّمِ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ​ۖ يَوْمَئِذٍ يَصَّدَّعُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval to`g`ri dinga yuz tut. O`sha kunda (odamlar) bo`lak-bo`lak bo`lurlar.
44
مَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ​ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَٰلِحًا فَلِأَنفُسِهِمْ يَمْهَدُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Kim kufr keltirsa, uning kufri o`ziga zarar. Kimlar yaxshi amallar qilgan bo`lsa, o`zlari uchun (zamin) tayyorlar.
45
لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن فَضْلِهِۦٓ ​ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni O`z fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas.[1]

[1] Banda har qancha yaxshi amal qilgan chog`ida ham, Allohning shukrini joyiga keltira olmaydi va jannatga haqdor bo`la bilmaydi. Unga bu maqomni Alloh taolo O`z fazli-marhamati ila ato qiladi. Chunki u mo`min bo`lib yaxshi amallar etgan bandalarni sevadi.)
46
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن يُرْسِلَ ٱلرِّيَاحَ مُبَشِّرَٰتٍ وَلِيُذِيقَكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَلِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]

[1] Yomg`ir yog`ishini intiqib kutayotgan kishilar g`ir etgan shamoldan xursand bo`lishadi. Chunki tajribada yomg`irdan oldin uning shamoli kelishi aniqlangan. Odatda, yomg`irdan oldin esadigan shamol yomg`irga intizor bo`lib turganlar uchun xushxabarchi bo`ladi. Darhaqiqat, o`sha shamol bandalar Allohning rahmatidan totishlari uchun zarur bo`lgan yomg`irli bulutlarni olib kelayotgan bo`ladi. Yomg`ir yog`adi, hamma foydalanadi. Rizqi ro`z serob bo`ladi. Bandalar Allohning rahmatidan bahramand bo`ladilar. Shuningdek, avvallari tijorat va kasb-kor uchun safarni ixtiyor etgan kishilar dengiz safariga hozirlanib, yelkanli kemalarini tayyorlab, shamolni kutishgan. Ular uchun ham shamol xushxabarchi bo`lgan. Allohning amri ila yurgan kemada safar qilib, hojatlarini chiqarishgan, Allohning fazlidan rizqi ro`z talab qilishgan.)
47
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَٱنتَقَمْنَا مِنَ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُواْ ​ۖ وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. So`ng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mo`minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo`lgan.
48
ٱللَّهُ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَيَبْسُطُهُۥ فِى ٱلسَّمَآءِ كَيْفَ يَشَآءُ وَيَجْعَلُهُۥ كِسَفًا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَٰلِهِۦ ​ۖ فَإِذَآ أَصَابَ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo`zg`atar va u(bulut)ni osmonda O`zi xohlaganicha yoyar va bo`lak-bo`lak qilar, bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rasan. Qachon u(yomg`ir)ni O`z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo`lurlar.
49
وَإِن كَانُواْ مِن قَبْلِ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْهِم مِّن قَبْلِهِۦ لَمُبْلِسِينَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Holbuki, ustlariga (yomg`ir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.
50
فَٱنظُرْ إِلَىٰٓ ءَاثَٰرِ رَحْمَتِ ٱللَّهِ كَيْفَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ​ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ​ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o`lib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot o`liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.
51
وَلَئِنْ أَرْسَلْنَا رِيحًا فَرَأَوْهُ مُصْفَرًّا لَّظَلُّواْ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ يَكْفُرُونَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sarg`aygan holda ko`rsalar, undan keyin, albatta, kufroni ne'mat qilishga o`tarlar.[1]

[1] Alloh issiq shamol esdirib, ekinlarini sarg`aytirib qo`ysa, Allohga va Uning qazoi qadariga ishonmaydiganlar noumid bo`lib, kufroni ne'mat qiladilar.)
52
فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْاْ مُدْبِرِينَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, sen o`likka eshittira olmassan va da'vatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan.
53
وَمَآ أَنتَ بِهَٰدِ ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَٰلَتِهِمْ ​ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Sen ko`rlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana o`shalar musulmonlardir.
ﻉ354Juz 21 4⁄8354ﻉ
54
۞ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن ضَعْفٍ ثُمَّ جَعَلَ مِن​ۢ بَعْدِ ضَعْفٍ قُوَّةً ثُمَّ جَعَلَ مِن​ۢ بَعْدِ قُوَّةٍ ضَعْفًا وَشَيْبَةً ​ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ​ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْقَدِيرُ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so`ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U o`ta ilmli va o`ta qudratlidir.[1]

[1] Asli urug`laringiz nutfa deb atalmish bir tomchi jirkanch suvdir. U juda ham zaif narsa. Alloh O`z inoyati ila o`sha zaif suvdan homila paydo qiladi. Homila ham juda zaif bo`ladi. Tug`ilgan chog`ida ham inson bolasi eng zaif bola bo`ladi. Uzoq yillar o`zi mustaqil ravishda biror ish qila olmaydi. Shunday zaif odamni Alloh «so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan»dir. Allohdan o`zga hech kim unga bu quvvatni bermaydi. Vaqti-soati yetib inson qarib kuch-quvvatdan ketadi. Dunyo ana shunday. Undagi hamma narsa o`zgarib turadi. Bu o`zgarishlarning hammasini Alloh taolo bajaradi.)
55
وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُقْسِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ مَا لَبِثُواْ غَيْرَ سَاعَةٍ ​ۚ كَذَٰلِكَ كَانُواْ يُؤْفَكُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Qiyomat qoim bo`ladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday o`girilar edilar.[1]

[1] Ular yorug` dunyoda bir soatdan ortiq turmaganlari haqida qasam ichadilar. Agar ko`proq turganlarida, iymon keltirishlari mumkinligini pesh qilmoqchi bo`ladilar.)
56
وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ وَٱلْإِيمَٰنَ لَقَدْ لَبِثْتُمْ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْبَعْثِ ​ۖ فَهَٰذَا يَوْمُ ٱلْبَعْثِ وَلَٰكِنَّكُمْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.
57
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مَعْذِرَتُهُمْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar.[1]

[1] Ortga qaytsak, Alloh rozi bo`ladigan ishlarni qilar edik, deb yolborsalar ham, qaytarilmaydilar.)
58
وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍ ​ۚ وَلَئِن جِئْتَهُم بِـَٔايَةٍ لَّيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُبْطِلُونَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo`'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan o`zga emassiz», derlar.
59
كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar.
60
فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ​ۖ وَلَا يَسْتَخِفَّنَّكَ ٱلَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar.[1]

[1] Iymonsiz va iymoni zaiflar qachongacha sabr qilamiz, sabrning oxiri bormi, deya bezovtalanib, ig`volari bilan seni yengiltaklikka boshlamasinlar.)