Sura 29
Ankabut
t
O'rgimchak
69 oyat |
Makka |
Sura 29 • Oyat 1 / 69 • Juz 207⁄8 • Sahifa 396
Ankabut
2
1
۞ الٓمٓ١
Sodiq
Alif. Laam. Miym.
2
أَحَسِبَ ٱلنَّاسُ أَن يُتْرَكُوٓاْ أَن يَقُولُوٓاْ ءَامَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ٢
Sodiq
Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o`yladilarmi?[1]
[1] Iymon kalimasini og`izda aytish oson. Har kim ham, iymon keltirdim, deb aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yo`qmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan o`tishi kerak.)
3
وَلَقَدْ فَتَنَّا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْكَٰذِبِينَ٣
Sodiq
Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan o`tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo`lganlarni ham bilajak, yolg`onchilarni ham bilajak.
4
أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَسْبِقُونَا ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ٤
Sodiq
Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni o`ylaydilarmi? Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!
5
مَن كَانَ يَرْجُواْ لِقَآءَ ٱللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ لَـَٔاتٍ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٥
Sodiq
Kim Allohga ro`baro` bo`lishdan umidvor bo`lsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchidir.
6
وَمَن جَٰهَدَ فَإِنَّمَا يُجَٰهِدُ لِنَفْسِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَٰلَمِينَ٦
Sodiq
Kim jihod qilsa, bas, albatta, o`z foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir.
7
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَحْسَنَ ٱلَّذِى كَانُواْ يَعْمَلُونَ٧
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta o`chirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz.
8
وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حُسْنًا ۖ وَإِن جَٰهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَآ ۚ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٨
Sodiq
Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular sening o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishing uchun jihod qilsalar, bas, ularga itoat qilma. Qaytishlaringiz Mengaginadir. Bas, sizlarga qilgan narsalaringiz xabarini berurman.
9
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُدْخِلَنَّهُمْ فِى ٱلصَّٰلِحِينَ٩
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarni solihlar qatoriga qo`shurmiz.
10
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ فَإِذَآ أُوذِىَ فِى ٱللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ ٱلنَّاسِ كَعَذَابِ ٱللَّهِ وَلَئِن جَآءَ نَصْرٌ مِّن رَّبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ ۚ أَوَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِى صُدُورِ ٱلْعَٰلَمِينَ١٠
Sodiq
Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, so`ngra Allohning yo`lida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning ko`ksilaridagi narsalarni o`ta bilguvchi Zot emasmi?![1]
[1] Bunday odamlar, iymon kalimasini aytsak bo`ldi, hamma narsa o`z-o`zidan bo`laveradi, hech qanday yomonlik yetmaydi, deb tasavvur qiladilar. Odamlarning fitnasini Allohning azobi deb biladi. Chiday olmay, turli holatlarga tushadi va iymondan qaytadi.)
11
وَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ١١
Sodiq
Albatta, Alloh iymon keltirganlarni ham yaxshi bilur, munofiqlarni ham yaxshi bilur.
12
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّبِعُواْ سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَٰيَٰكُمْ وَمَا هُم بِحَٰمِلِينَ مِنْ خَطَٰيَٰهُم مِّن شَىْءٍ ۖ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ١٢
Sodiq
Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yo`limizga ergashinglar, xatolaringizni biz ko`taraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani ko`targuvchi emaslar. Albatta, ular yolg`onchilardir.
13
وَلَيَحْمِلُنَّ أَثْقَالَهُمْ وَأَثْقَالًا مَّعَ أَثْقَالِهِمْ ۖ وَلَيُسْـَٔلُنَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَمَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ١٣
Sodiq
Albatta, ular o`z yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham ko`tarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida so`ralurlar.[1]
[1] Oyatdagi «yuk»dan murod gunohdir. Albatta, kofirlar gunohlari yukini ko`taradilar, shu bilan birga, o`z ig`volari bilan yo`ldan urgan odamlarning gunohlarini ham ko`tarurlar. Ammo bu narsa ularning ig`vosiga uchganlarning gunohini yengillatmaydi, ular ham qilmishlariga yarasha jazolarini tortadilar.)
14
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَلَبِثَ فِيهِمْ أَلْفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمْسِينَ عَامًا فَأَخَذَهُمُ ٱلطُّوفَانُ وَهُمْ ظَٰلِمُونَ١٤
Sodiq
Va, batahqiq, Biz Nuhni qavmiga Payg`ambar etib yubordik. Bas, u ular ichida ellik yili kam ming yil turdi. So`ngra ularni zolim bo`lgan hollarida to`fon oldi.[1]
[1] Bir odamning ming yildan ortiq hayot kechirgani ko`plarga g`alati tuyulishi mumkin. Lekin bu narsa inkor qilib bo`lmaydigan haqiqatdir. Qur'oni Karimda kelgan xabarni inkor qilgan odam kofir bo`ladi. Ayni choqda, bu hol aql tarozusida tortsa bo`ladigan oddiy bir ish. Qadimda kishilarning umrlari uzun bo`lgani hammaga ma'lum. Buning ustiga, oz sonli jonzotlarning umri uzun, adadi ko`plarniki qisqa bo`lishi ham tajribada ko`rilgan. Nuh alayhissalom insoniyat to`fon tufayli qirilib ketgan bir davrda yashaganliklari e'tiborga olinsa, mazkur umruzoqlik oddiy bir hol ekani bilinadi.)
15
فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَصْحَٰبَ ٱلسَّفِينَةِ وَجَعَلْنَٰهَآ ءَايَةً لِّلْعَٰلَمِينَ١٥
Sodiq
Bas, Biz u(Nuh)ga va kema sohiblariga najot berdik va u(kema)ni olamlarga oyat-belgi qildik.
16
وَإِبْرَٰهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ١٦
Sodiq
Va Ibrohimni (yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.[1]
[1] Ibrohim alayhissalom qavmlariga ilohiy da'vatni juda sodda qilib tushuntirdilar. Allohga ibodat qilinglar, boshqaga emas, Allohdan qo`rqinglar, boshqadan emas, dedilar. Demak, qiladigan har bir ishingiz Allohning roziligini topish uchun bo`lsin. Har lahzada Allohga taqvo qilib turing. Ana shunda maqsadga erishasiz.)
17
إِنَّمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَٰنًا وَتَخْلُقُونَ إِفْكًا ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمْلِكُونَ لَكُمْ رِزْقًا فَٱبْتَغُواْ عِندَ ٱللَّهِ ٱلرِّزْقَ وَٱعْبُدُوهُ وَٱشْكُرُواْ لَهُۥٓ ۖ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ١٧
Sodiq
Albatta, sizlar Allohni qo`yib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar to`qimoqdasiz, xolos. Albatta, Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar. Rizqni Allohning huzuridan istanglar. Unga ibodat va shukr qilinglar. Ungagina qaytarilursiz.
18
وَإِن تُكَذِّبُواْ فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ۖ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ١٨
Sodiq
Agar sizlar yolg`onchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolg`onchi qilganlar. Payg`ambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», dedi.
19
أَوَلَمْ يَرَوْاْ كَيْفَ يُبْدِئُ ٱللَّهُ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ١٩
Sodiq
Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, so`ngra uni yana qaytarishini ko`rmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir.[1]
[1] Har lahzada Alloh taolo turli mavjudotlarni yo`qdan bor qilayotgani ko`riladi. Dunyoda paydo bo`layotgan har bir yangi narsani Alloh taolo yaratayotgani aniq. Buni tushunib yetmoq lozim. O`sha yangi paydo bo`layotgan maxluqotlardan, mavjudotlardan eng kichigini, eng soddasini, eng oddiyini ham odamzot yarata olmaydi. Barcha insonlar to`planib urinsalar ham, bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Bu ham tajribadan o`tgan haqiqat. Inson endi shu haqiqatni tan olishi lozimki, ana o`sha barcha maxluqotlarni yo`qdan bor qilgan Zotga ularni qiyomatda yana qayta tiriltirish juda ham oson. Chunki yo`qdan bor qilgan Zotga borni qaytarish hech gap emas.)
20
قُلْ سِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُواْ كَيْفَ بَدَأَ ٱلْخَلْقَ ۚ ثُمَّ ٱللَّهُ يُنشِئُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٢٠
Sodiq
Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. So`ngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.
21
يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَرْحَمُ مَن يَشَآءُ ۖ وَإِلَيْهِ تُقْلَبُونَ٢١
Sodiq
Kimni xohlasa, azoblaydir, kimni xohlasa, rahim qiladir. Ungagina qaytarilursiz.
22
وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ٢٢
Sodiq
Siz na yer yuzida va na ko`kda U zotni ojiz qoldirguvchi emassiz. Sizga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham bo`lmas.[1]
[1] Ciz Yer yuzida ham, ko`kda ham Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Unga qaytib borishingiz, jazoingizni olishingiz turgan gap.)
23
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَلِقَآئِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ يَئِسُواْ مِن رَّحْمَتِى وَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٢٣
Sodiq
Allohning oyatlariga va Unga ro`baro` bo`lishga kufr keltirganlar, ana o`shalar Mening rahmatimdan noumid bo`ldilar. Ana o`shalarning o`zlariga alamli azob bor.[1]
[1] Ha, bu dunyoda faqat kofirgina Allohning rahmatidan noumid bo`ladi. Chunki u o`zining kofirligi tufayli Alloh bilan bo`lgan aloqasini uzadi. )
24
فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُواْ ٱقْتُلُوهُ أَوْ حَرِّقُوهُ فَأَنجَىٰهُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلنَّارِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٢٤
Sodiq
Uning qavmining javobi: «Uni o`ldiringlar yoki o`tda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi. Bas, Alloh uni o`tdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
25
وَقَالَ إِنَّمَا ٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَٰنًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّٰصِرِينَ٢٥
Sodiq
U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi o`zaro do`stligingiz uchun Allohni qo`yib, butlarni tutdingiz. So`ngra, qiyomat kunida ba'zingiz ba'zingizga kufr keltirursiz va ba'zingiz ba'zingizni la'natlarsiz. Va joyingiz do`zaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar bo`lmas.
26
۞فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطٌ ۘ وَقَالَ إِنِّى مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٢٦
Sodiq
Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi.[1]
[1] Ya'ni, Ibrohim alayhissalomga Lut iymon keltirdi. Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomga jiyan bo`lar edi. Lut alayhissalom amakilari Ibrohim alayhissalomga iymon keltirgan birinchi odam bo`ldilar. Shuningdek, Ibrohim alayhissalomga xotinlari Bibi Sora ham iymon keltirgan edilar. Tafsirchi ulamolarimiz oyatdagi «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman» jumlasini kim aytgani to`g`risida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, bu gapni Lut alayhissalom aytgan, desalar, ko`plari, Ibrohim alayhissalom aytgan, deydilar. Nima bo`lganda ham, Allohga hijrat qilish, dunyodagi barcha narsani tashlab, Alloh taologa tomon intilish tuyg`usi Ibrohim alayhissalomda ham, Lut alayhissalomda ham kuchli bo`lgan. Alloh taoloning aziz-g`olib, barchadan ustun ekanligiga va har narsani hikmat bilan qilishiga ham ularning ishonchlari yuqori darajada bo`lgan.)
27
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِ ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَٰبَ وَءَاتَيْنَٰهُ أَجْرَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ٢٧
Sodiq
Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni baxsh etdik va Payg`ambarlik hamda kitobni uning zurriyotida bo`ladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay.
28
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ٢٨
Sodiq
Va Lutni (ham yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Albatta, siz o`zingizdan oldin o`tgan olamlardan hech kim qilmagan fohisha ishni qilmoqdasiz.
29
أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ وَتَقْطَعُونَ ٱلسَّبِيلَ وَتَأْتُونَ فِى نَادِيكُمُ ٱلْمُنكَرَ ۖ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُواْ ٱئْتِنَا بِعَذَابِ ٱللَّهِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٢٩
Sodiq
Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yo`lni kesasizmi va yig`inlaringizda munkar ish qilurmisiz?!» dedi. Uning qavmining javobi: «Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa bo`lmadi.
30
قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْمُفْسِدِينَ٣٠
Sodiq
U: «Ey Robbim, menga buzg`unchi qavmlarga qarshi O`zing nusrat ber», dedi.[1]
[1] Bu buzg`unchi qavmga hech qanday nasihat, da'vat foyda bermadi. Endi, ularga qarshi Allohning O`zi nusrat bermasa, boshqa iloj yo`q edi. Alloh Lut alayhissalomning bu duolarini qabul etdi. Fohishachi qavmni halok qilish uchun farishtalarni yubordi. O`sha farishtalarga yo`l-yo`lakay Ibrohim alayhissalomga farzand ko`rishlari haqidagi bashorat-xushxabarni yetkazish ham topshirilgan edi. Shu maqsad ila ular avval Ibrohim alayhissalom huzurlariga keldilar.)
31
وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوٓاْ إِنَّا مُهْلِكُوٓاْ أَهْلِ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ۖ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُواْ ظَٰلِمِينَ٣١
Sodiq
Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo`ldilar», dedilar.
32
قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًا ۚ قَالُواْ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَن فِيهَا ۖ لَنُنَجِّيَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ٣٢
Sodiq
U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar, uning xotini halok bo`lguvchilardan bo`lgandir», dedilar.
33
وَلَمَّآ أَن جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُواْ لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ٣٣
Sodiq
Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo`ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo`lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo`lguvchilardan bo`lgandir.[1]
[1] Lut alayhissalomning Alloh yuborgan farishtalarni ko`rib xafa bo`lishlariga sabab bor edi. Avvallo, elchi-farishtalar navqiron husnli yigitlar qiyofasida kelgan edilar. Qolaversa, Lut alayhissalom ularning elchi-farishtalar ekanidan hali-hanuz xabar topmagan edilar. Shuning uchun yosh va chiroyli mehmon yigitlarga jinoyatchi qavm tajovuz qilib, mezbon Lut alayhissalomni sharmanda etishlari mumkin edi. Shu sababli Lut alayhissalom ularni ko`rib mahzun bo`ldilar va yuraklari siqildi.)
34
إِنَّا مُنزِلُونَ عَلَىٰٓ أَهْلِ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ٣٤
Sodiq
Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga, fosiqlik qilganlari tufayli, osmondan azob tushirguvchimiz», dedilar.
35
وَلَقَد تَّرَكْنَا مِنْهَآ ءَايَةًۢ بَيِّنَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ٣٥
Sodiq
Batahqiq, Biz undan aql yuritguvchi qavmlar uchun ochiq-oydin oyat-belgilar qoldirganmiz.[1]
[1] Lut qavmidan, ular yashab o`tgan diyordan ularning jinoyatlari oqibati nima bilan tugaganini eslatib turuvchi nishonalar qoldirilgandir. Bu nishonalar o`sha qavm haqidagi qissa, oyat va esdaliklar bo`lishi mumkin. Shuningdek, ular yashab o`tgan yurtning qoldiqlari ham bo`lishi mumkin. O`lik dengiz hududida Sadum shahrining qoldiqlari topilgan, hozirda ko`pchilik borib ko`rmoqda.)
36
وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا فَقَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ وَٱرْجُواْ ٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ وَلَا تَعْثَوْاْ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ٣٦
Sodiq
Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor bo`ling va yer yuzida buzg`unchilik ila harakat qilib yurmang», dedi.[1]
[1] Shuayb alayhissalom ham, Ibrohimg alayhissalomnin zurriyotlaridan chiqqan arablardandirlar.)
37
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُواْ فِى دَارِهِمْ جَٰثِمِينَ٣٧
Sodiq
Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. Shunda ularni bir silkinish tutdi va diyorlarida cho`kkalab qoldilar.[1]
[1] Madyan ahlining qay tarzda halokatga uchragani haqidagi xabar tafsiloti boshqa suralarda o`tdi. Avval ularga qattiq va dahshatli ovoz kelib, qalblarini yorib yubordi. Keyin kuchli zilzila bo`lib, ularni tutdek to`kib qo`ydi. Hammalari turgan joylarida cho`kkalab qolib, halok bo`ldilar. Bu halokat ularning iymon yo`liga yurmaganliklarining jazosi edi.)
38
وَعَادًا وَثَمُودَاْ وَقَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَٰكِنِهِمْ ۖ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَكَانُواْ مُسْتَبْصِرِينَ٣٨
Sodiq
Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon bo`lib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatib, ularni yo`ldan to`sdi. Holbuki, ular ko`rib-bilib turguvchi edilar.
39
وَقَٰرُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَٱسْتَكْبَرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانُواْ سَٰبِقِينَ٣٩
Sodiq
Qorun, Fir'avn va Homonlarni (ham halok qildik). Batahqiq, Muso ularga ochiq-oydin hujjatlar keltirdi. Bas, ular yer yuzida mutakabbirlik qildilar va qochib qutulguvchi bo`lmadilar.
40
فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنۢبِهِۦ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُم مَّنْ أَخَذَتْهُ ٱلصَّيْحَةُ وَمِنْهُم مَّنْ خَسَفْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ وَمِنْهُم مَّنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ٤٠
Sodiq
Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog`dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g`arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo`lmadi, lekin ular o`zlariga zulm etdilar.
41
مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلْعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتْ بَيْتًا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ ٱلْبُيُوتِ لَبَيْتُ ٱلْعَنكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ٤١
Sodiq
Allohni qo`yib, o`zga do`stlar tutganlarning misoli o`ziga uy tutgan o`rgimchakka o`xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o`rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi.[1]
[1] Allohdan o`zganing yo`lini tutganlar, uning uyidan o`zga uyda yashashni ixtiyor qilganlar o`zlarining o`rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini koshki bilsalar edi. Ularning tuzgan tuzumlari xuddi o`rgimchak uyasiga o`xshab, o`ta nimjon ekanini bilsalar edi. Takabburliklari ila Alloh qurib bergan ulug`vor qasrni inkor etib, o`rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi. Bu haqiqatni biladilarmi, bilmaydilarmi — ularga farqi yo`q.)
42
إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٤٢
Sodiq
Albatta, Alloh ular O`zidan boshqa nima narsaga duo qilayotganlarini yaxshi biladir. Va U aziyz va hakiym Zotdir.
43
وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَمَا يَعْقِلُهَآ إِلَّا ٱلْعَٰلِمُونَ٤٣
Sodiq
Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan o`zgalarning aqllari yetmas.[1]
[1] Ha, Alloh taolo keltirayotgan misollarni aqlli kishilargina to`la tushunib yetadilar. Undan o`zlariga ibrat oladilar. Aqlsizlar esa, bu misollarni tushunish o`rniga Makka mushriklari kabi «Muhammadning Robbi pashsha va o`rgimchakni gapirib yuribdi», deb masxara qiladilar.)
44
خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ٤٤
Sodiq
Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda mo`minlar uchun oyat-belgi bordir.
45
ٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ ۖ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ تَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۗ وَلَذِكْرُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ٤٥
Sodiq
Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to`kis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur.[1]
[1] Qur'onni tilovat qilib, kishilarga yetkazish Islom da'vatining asosiy omilidir. Ushbu ilohiy kitob ma'nolarini kishilarga yetkazish, uning ta'limotlariga amal qilishga chaqirish da'vatchining asosiy ishi bo`lmog`i lozim. Biz «namozni to`kis ado et» deb tarjima qilgan jumlani to`ridan-to`g`ri, so`zma-so`z o`zbekchaga ag`daradigan bo`lsak, «namozni tik turg`iz» bo`lib chiqadi. Demak, namozni o`qish bilan namozni tik turg`izish, ya'ni to`kis ado etish orasida farq bor. Alloh taolo Payg`ambar alayhissalotu vassalomga namoz o`qi deb emas, namozni to`kis ado et, deb xitob qilmoqda. Mana shu nuqtadan kimning namozi haqiqiy, kimniki soxta ekanini bilib olamiz. Namozni hamma ham o`qiyveradi, lekin namozxon fohisha va munkar ishlardan qaytmasa, uning o`qigan namozi haqiqiy bo`lmaydi. Qachonki namozxon namozni to`kis ado qilsa, fohisha va munkar ishlardan qaytadi.)
46
۞ وَلَا تُجَٰدِلُوٓاْ أَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَٰهُنَا وَإِلَٰهُكُمْ وَٰحِدٌ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ٤٦
Sodiq
Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar.[1]
[1] Oyatda zulm qilmagan ahli kitoblar bilan yaxshi, go`zal uslubda mujodala qilishga amr etilmoqda. Avvalo, zulm qilgan ahli kitoblar kim ekanini ajratib olaylik. Ahli kitoblarning zulm qilganlari xoh yahudiy, xoh nasroniy bo`lsin, o`zlariga kelgan ilohiy ta'limotlarni buzib, Allohga shirk keltirgan, sof aqidani o`zgartirganlardir. Demak, ular bilan yaxshi uslubda mujodala qilishga o`rin yo`q, chunki ular zolimlardir.)
47
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَمِنْ هَٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلْكَٰفِرُونَ٤٧
Sodiq
Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.[1]
[1] Qur'on oyatlarini kim inkor etsa, kim ularga iymon keltirmasa, o`sha kofirdir. Xoh u ahli kitobdan bo`lsin, xoh mushriklardan bo`lsin, xoh boshqa toifadan bo`lsin. Ba'zi bir ustamon ahli kitoblar hozirda sodda musulmonlarning boshini avvalgi oyat ma'nosi bilan aylantirmoqdalar. Mana, Qur'onda sizlar bilan bizni teng deyilgan, Ilohimiz bir, farqi yo`q, kelinglar, Injil o`qinglar, cherkovga kiringlar, deb yo`ldan urmoqdalar. Keyingi oyat esa, aytilmay qolib ketmoqda. Musulmonlar Qur'ondan uzoqlashganda ana shunday musibatlar kelib chiqadi. Islom keldi, boshqa barcha dinlar botil bo`ldi. Qur'on keldi, boshqa barcha kitoblar nasx bo`ldi. Ushbu haqiqatni hamma yaxshi bilmog`i darkor.)
48
وَمَا كُنتَ تَتْلُواْ مِن قَبْلِهِۦ مِن كِتَٰبٍ وَلَا تَخُطُّهُۥ بِيَمِينِكَ ۖ إِذًا لَّٱرْتَابَ ٱلْمُبْطِلُونَ٤٨
Sodiq
Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo`ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo`lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo`lur edilar.[1]
[1] Bu o`qish-yozishni biladi, biror kitobdan o`qigandir, biror ustozdan yozib olgandir, deb Qur'onning ilohiy kitob ekanligi haqida shubhaga tushgan bo`lar edilar.)
49
بَلْ هُوَ ءَايَٰتُۢ بَيِّنَٰتٌ فِى صُدُورِ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلظَّٰلِمُونَ٤٩
Sodiq
Yo`q! U(Qur'on) ilm berilganlar ko`ksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.
50
وَقَالُواْ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَٰتٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ قُلْ إِنَّمَا ٱلْـَٔايَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَاْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ٥٠
Sodiq
Va ular: «Unga Robbidan mo`'jizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Mo`'jizalar yolg`iz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.
51
أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَرَحْمَةً وَذِكْرَىٰ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٥١
Sodiq
Ularga Bizning senga o`zlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.
52
قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًا ۖ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱلْبَٰطِلِ وَكَفَرُواْ بِٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ٥٢
Sodiq
Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir», deb ayt.
53
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ ۚ وَلَوْلَآ أَجَلٌ مُّسَمًّى لَّجَآءَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ٥٣
Sodiq
Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal bo`lmaganida, ularga, albatta, azob kelgan bo`lur edi. Albatta, ularga u to`satdan, ular sezmagan holda kelur.
54
يَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةُۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ٥٤
Sodiq
Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni o`rab turguvchidir.
55
يَوْمَ يَغْشَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِمْ وَيَقُولُ ذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٥٥
Sodiq
U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan o`rab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur.
56
يَٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ أَرْضِى وَٰسِعَةٌ فَإِيَّٰىَ فَٱعْبُدُونِ٥٦
Sodiq
Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar.[1]
[1] Siz Mening bandamsiz, yer Mening yerim. Kofirlar biror joyda iymoningiz uchun, dinu diyonatingiz uchun sizga tinchlik bermayotgan bo`lsa, qiynoq-qistovga olayotgan bo`lsa, Mening yerim keng, boshqa tomonida yashab, istiqomat qilishingiz mumkin.)
57
كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا تُرْجَعُونَ٥٧
Sodiq
Har bir jon o`limni totajakdir. So`ngra Bizgagina qaytarilursiz.
58
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ نِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ٥٨
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
59
ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ٥٩
Sodiq
Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.
60
وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٍ لَّا تَحْمِلُ رِزْقَهَا ٱللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٦٠
Sodiq
O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.[1]
[1] Darhaqiqat, o`ylab ko`radigan bo`lsak, ko`pgina jonzotlar rizqga muhtoj bo`lganida, uni tanovvul qilishdan boshqa narsani bilmaydi. Rizq topish uchun harakat ham qilmaydi. Rizqni o`zi bilan ko`tarib ham yurmaydi. O`ziga rizq jamg`armaydi ham. Faqat rizq kerak bo`lganida, uni tanovvul qiladi, xolos. Ammo rizq topilmasdan, birortasi ochqab o`lib ham qolmaydi. Rizqini terib yeb yuraveradi. Faqat insongina rizq to`plashni odat qilgan. Ilohiy ta'limotlardan uzoq bo`lgan ba'zi bir odamlar hayotni rizq-ro`z uchun kurashishdan iborat, deb o`ylaydilar. Ular o`zlaricha, rizqni o`zimiz topmoqdamiz, deb gumon qiladilar.)
61
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ٦١
Sodiq
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni o`z izmiga qaratgan kim?» deb so`rasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!
62
ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ٦٢
Sodiq
Alloh O`z bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qo`yadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.
63
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ٦٣
Sodiq
Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so`rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin!» deb ayt. Yo`q! Ularning ko`plari aql yuritmaslar.[1]
[1] Mushriklarga tillari bilan o`zlariga qarshi dalil aytdirgan Allohga hamdlar bo`lsin.)
64
وَمَا هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ ۚ وَإِنَّ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ لَهِىَ ٱلْحَيَوَانُ ۚ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ٦٤
Sodiq
Bu dunyo hayoti faqat o`yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o`sha haqiqiy hayotdir.
65
فَإِذَا رَكِبُواْ فِى ٱلْفُلْكِ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ٦٥
Sodiq
Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.
66
لِيَكْفُرُواْ بِمَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ وَلِيَتَمَتَّعُواْ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ٦٦
Sodiq
Ular Biz bergan narsaga kufr keltiraversinlar va huzur qilaversinlar! Bas, tezda bilurlar.
67
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا ءَامِنًا وَيُتَخَطَّفُ ٱلنَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ ۚ أَفَبِٱلْبَٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَكْفُرُونَ٦٧
Sodiq
Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo`yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?![1]
[1] Makka ahli Harami Sharifning hurmati sababidan omonlikda yashar edilar. Hech kim ularga tegmas, hatto yomon qaramas, balki Harami Sharifning yuzidan ularni ham ulug`lar, ehtirom qilar edilar. Haramning chegarasidan tashqaridagilarni esa, xohlaganlar o`ldirar, xohlaganlar olib ketib, qul qilar yoki molu dunyosini tortib olar edi.)
68
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَٰفِرِينَ٦٨
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki o`ziga kelgan haqni yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarga jahannamda turar joy yo`qmidi?!
69
وَٱلَّذِينَ جَٰهَدُواْ فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَمَعَ ٱلْمُحْسِنِينَ٦٩
Sodiq
Bizning (yo`limizda) jiddu jahd qilganlarni O`z yo`llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.