Sura 31

Luqmon

x

Luqmon

34 oyat |MakkaMakka |
Sura 31 • Oyat 1 / 34 • Juz 214⁄8 • Sahifa 411
Luqmon
ﻉ355Sahifa 411355ﻉ
2
1
الٓمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Alif. Laam. Miym.
2
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْحَكِيمِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.
3
هُدًى وَرَحْمَةً لِّلْمُحْسِنِينَ‮٣‬‬‬
Sodiq
U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.
4
ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Ular namozni to`kis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga ishonch-la iymon keltiradiganlardir.
5
أُوْلَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar Robbilaridan bo`lgan hidoyatdadirlar. Ana o`shalar o`zlari najot topguvchilardir.
6
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْتَرِى لَهْوَ ٱلْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ‮٦‬‬‬
Sodiq
Odamlar orasida(o`zlari) ilmsiz ravishda Allohning yo`lidan adashtirish uchun va u(yo`l)ni istehzo qilish uchun behuda so`zni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana o`shalarga, o`zlariga xorlovchi azob bor.[1]

[1] Ular hikmat to`la Qur'oni Karimni, Allohning purhikmat so`zlarini qabul qilmasdan, ularga badalsiz taqdim etilayotgan ikki dunyo saodatiga eltuvchi ilohiy dasturga bo`yinsunmasdan, qandaydir behuda so`zlarni ko`tarib yuradilar. Ha, o`sha behuda so`zlar egasi bo`lish uchun molu mulkni, hayotni, zehn-zakovatni, butun imkoniyatlarni sarflaydilar.)
7
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا وَلَّىٰ مُسْتَكْبِرًا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا كَأَنَّ فِىٓ أُذُنَيْهِ وَقْرًا ​ۖ فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ‮٧‬‬‬
Sodiq
Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, xuddi ularni eshitmagandek, xuddi qulog`ida og`irlik bordek, mutakabbirlik bilan ortga qarab ketar. Bas, unga alamli azobning bashoratini ber.
8
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلنَّعِيمِ‮٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, o`shalarga ne'mat jannatlari bordir.
9
خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ​ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ular unda abadiy qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Va U Aziyz va Hakiymdir.
10
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا ​ۖ وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍ ​ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَن​ۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ‮١٠‬‬‬
Sodiq
U, siz ko`rib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga og`ir tog`larni tashlagan va u(er)da har turli jonivorlarni taratib qo`ygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(er yuzi)da turli go`zal va karamli juftlarni o`stirib qo`ydik.[1]

[1] Oyatda «o`simliklarni o`stirib qo`ydik», deyilmasdan, «karamli go`zal va foydali) juftlarni o`stirib qo`ydik», deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, o`simliklardagi go`zallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft bo`lishi ham bildirib qo`yilyapti. Allohning kitobida o`n besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir o`simlikda erkak va urg`ochi ho`jayralar bo`lib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil bo`lishi endi tushunib yetildi. O`simliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.)
11
هَٰذَا خَلْقُ ٱللَّهِ فَأَرُونِى مَاذَا خَلَقَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ​ۚ بَلِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮١١‬‬‬
Sodiq
Bu, Allohning yaratganidir. Qani Menga ko`rsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yo`q! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.
ﻉ356Sahifa 412356ﻉ
12
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا لُقْمَٰنَ ٱلْحِكْمَةَ أَنِ ٱشْكُرْ لِلَّهِ ​ۚ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ​ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ حَمِيدٌ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik.[1]

[1] «Hikmat», aslida, har bir narsani yaxshilab o`z joyiga qo`yish, degan ma'noni beradi. Shu boisdan ham har bir gapni to`g`ri so`zlash va har bir ishni to`g`ri bajarishga «hikmat» deyiladi. Alloh taolo hazrati Luqmonga ana shunday ne'matni ato qilganini ushbu oyatda bildirmoqda. U kishining ismlariga «hakim» laqabi qo`shilib zikr qilishi sababi ham shundan. Ba'zi kishilar bu hikmat sohibi bo`lgan zotni payg`ambar deb ham aytishgan. Ammo aksar ulamolarimiz, jumladan, ko`pgina tafsirchilarimiz, hazrati Luqmon payg`ambar emas, hakim bo`lgan, deydilar. Chunki payg`ambarlarning zikri kelgan Qur'on oyatlarida bu kishining ismlari kelmagan. Shuningdek, u kishining payg`ambar bo`lganlari haqida Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalom ham hech bir xabar bermaganlar.)
13
وَإِذْ قَالَ لُقْمَٰنُ لِٱبْنِهِۦ وَهُوَ يَعِظُهُۥ يَٰبُنَىَّ لَا تُشْرِكْ بِٱللَّهِ ​ۖ إِنَّ ٱلشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Luqmon o`g`liga va'z-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey o`g`ilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir».
14
وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ وَهْنًا عَلَىٰ وَهْنٍ وَفِصَٰلُهُۥ فِى عَامَيْنِ أَنِ ٱشْكُرْ لِى وَلِوَٰلِدَيْكَ إِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko`tardi.
15
وَإِن جَٰهَدَاكَ عَلَىٰٓ أَن تُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا ​ۖ وَصَاحِبْهُمَا فِى ٱلدُّنْيَا مَعْرُوفًا ​ۖ وَٱتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَىَّ ​ۚ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Agar ikkovlari seni o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo`rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yo`nalganlarning yo`liga ergash. So`ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.
16
يَٰبُنَىَّ إِنَّهَآ إِن تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ فَتَكُن فِى صَخْرَةٍ أَوْ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَوْ فِى ٱلْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا ٱللَّهُ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ‮١٦‬‬‬
Sodiq
«Ey o`g`ilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urug`icha bo`lsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda bo`lsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh o`ta lutfli va o`ta xabardor Zotdir.»
17
يَٰبُنَىَّ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ وَأْمُرْ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱنْهَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَآ أَصَابَكَ ​ۖ إِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ‮١٧‬‬‬
Sodiq
«Ey o`g`ilcham, namozni to`kis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va o`zingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»
18
وَلَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ​ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ‮١٨‬‬‬
Sodiq
«Odamlardan takabbur-la yuz o`girma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.»
19
وَٱقْصِدْ فِى مَشْيِكَ وَٱغْضُضْ مِن صَوْتِكَ ​ۚ إِنَّ أَنكَرَ ٱلْأَصْوَٰتِ لَصَوْتُ ٱلْحَمِيرِ‮١٩‬‬‬
Sodiq
«Yurishingda mo`'tadil bo`l va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir.»[1]

[1] Ya'ni, yurishing o`rtacha va maqsadli bo`lsin. Bekorchi soxta harakatlar bilan kuch-quvvatni isrof qilib, kibru havo bilan ham yurma, juda lapashang bo`lib, sudralma ham eshak bekordan-bekorga bor ovozi bilan hangrab turadi. Hech bir sababsiz baland ko`tarilgan ovozning eshaknikiga o`xshatilishining o`zi yetarli. Oyatda bu ovoz eng yomon ekanligi ham ta'kidlanmoqda.)
ﻉ357Sahifa 413357ﻉ
20
أَلَمْ تَرَوْاْ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُۥ ظَٰهِرَةً وَبَاطِنَةً ​ۗ وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَٰبٍ مُّنِيرٍ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bo`la turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.[1]

[1] Ba'zi odamlar o`zlarida haqiqatni isbot qiluvchi ilm bo`lmasa ham, Alloh haqida tortishaveradilar. To`g`ri yo`lga boshlovchi hidoyatchilari bo`lmasa ham, Alloh xususida bahslashaveradilar. Turli bo`lmag`ur fikrlarni aytadilar. Unga kufr keltiradilar. Unga shirk keltiradilar.)
21
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ بَلْ نَتَّبِعُ مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ​ۚ أَوَلَوْ كَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ يَدْعُوهُمْ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yo`q! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, o`shanga ergashurmiz», derlar. Agar shayton ularni do`zax azobiga chaqirayotgan bo`lsa ham-a?!
22
۞وَمَن يُسْلِمْ وَجْهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ ​ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Kim go`zal amallarni qilguvchi bo`lgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.[1]

[1] Biz «ishonchli arqon» deb tarjima qilgan ma'no oyatda «al-urvatul vusqo» deb kelgan. «Vusqo» ishonchli degani, «al-urvatu» deb esa, toqqa osilib chiqiladigan arqonga aytiladi. Demak, bu dunyoda oliy maqsadga erishish baland tog` cho`qqisiga chiqish deb olinsa, Islom dinini tutish o`sha cho`qqiga chiqish uchun uzilmaydigan, ishonchli arqonni mahkam tutishga o`xshar ekan. Cho`qqiga chiqmoqchi bo`lgan odam, endi arqondan ko`ngli to`q bo`laversin. Bu yog`i o`ziga bog`liq, harakat qilsa, cho`qqiga albatta chiqadi. Shuning uchun avval-boshdan unga iymon keltirib, u nozil qilgan Qur'onga ergashaverish kerak.)
23
وَمَن كَفَرَ فَلَا يَحْزُنكَ كُفْرُهُۥٓ ​ۚ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ فَنُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُ​ۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni o`ta bilguvchidir.
24
نُمَتِّعُهُمْ قَلِيلًا ثُمَّ نَضْطَرُّهُمْ إِلَىٰ عَذَابٍ غَلِيظٍ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra qattiq azobga majbur qilurmiz.
25
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ​ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ​ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb so`rasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin», deb ayt. Yo`q! Ko`plari bilmaslar.
26
لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.
27
وَلَوْ أَنَّمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن شَجَرَةٍ أَقْلَٰمٌ وَٱلْبَحْرُ يَمُدُّهُۥ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ سَبْعَةُ أَبْحُرٍ مَّا نَفِدَتْ كَلِمَٰتُ ٱللَّهِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar bo`lib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) bo`lsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.
28
مَّا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ إِلَّا كَنَفْسٍ وَٰحِدَةٍ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُ​ۢ بَصِيرٌ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchidir.
29
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى وَأَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini ko`rmadingmi?!
30
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلْبَٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bu, albatta, Allohning O`zi haq, albatta, Undan o`zga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning O`zi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.
31
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِنِعْمَتِ ٱللَّهِ لِيُرِيَكُم مِّنْ ءَايَٰتِهِۦٓ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Kemalar Allohning ne'mati ila sizga Uning oyat-belgilarini ko`rsatish uchun dengizda yurganini ko`rmadingmi?! Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir.
32
وَإِذَا غَشِيَهُم مَّوْجٌ كَٱلظُّلَلِ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ فَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ ​ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا كُلُّ خَتَّارٍ كَفُورٍ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Qachon ularni tog` kabi to`lqin o`rab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, ba'zilari tejamkor bo`lur. Bizning oyatlarimizni faqat o`ta xoin va o`ta kofirlargina inkor eturlar.[1]

[1] O`lim ko`ziga ko`ringan chog`da, mingan kemasi qattiq dovulga uchrab, dengizda xasdek u yon-bu yon otilayotgan bir paytda hamma narsani unutib, yolg`iz Allohning O`ziga yolborib iltijo qilishga tushadi. Allohdan boshqa narsa yodiga kelmaydi. Allohga, Uning diniga ixlos qilib qoladi. Eson-omon qutulib olsa, doimo Allohga shukr etib, ibodat qilib yurishga va'dalar beradi. Ular to`lqinga uchragan paytlarida, bundan buyon Allohga iymon-e'tiqodda bo`lib, ibodat qilib yuraman, deb va'dalar bergan edilar, o`sha va'dalariga xiyonat qiladilar. Allohning ne'mati ila o`limdan topgan najotlariga noshukrlik qiladilar. Kemaga mingan va dovulda qolgan paytda ko`rgan oyat-belgilarini inkor etadilar.)
33
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمْ وَٱخْشَوْاْ يَوْمًا لَّا يَجْزِى وَالِدٌ عَن وَلَدِهِۦ وَلَا مَوْلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِۦ شَيْـًٔا ​ۚ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ​ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi bo`lmaydigan Kundan qo`rqing. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.[1]

[1] Bu kun qiyomat kunidir. U kunda insonlar orasidagi bog`lanishlar, aloqalar kesiladi. Har kim o`zi uchun javob beradi. Birovning birovga foydasi tegmaydi. Hatto, ota bolaga, bola otaga foyda bera olmay qoladi. U kunda birdan-bir foyda beradigan narsa iymon va yaxshi amal bo`ladi. Ana o`shanday kundan qo`rqish barcha odamlarning odamiylik burchidir. Qiyomat kunidan qo`rqqan odamgina barcha yomonliklardan qaytadi. Aksincha, qiyomat kunidan qo`rqmaydigan odam hech qanday yomonlikdan qaytmaydi.)
34
إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْأَرْحَامِ ​ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًا ​ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسُ​ۢ بِأَىِّ أَرْضٍ تَمُوتُ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرُ​ۢ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, qiyomat soati ilmi yolg`iz Allohning huzuridadir. Yomg`irni U yog`dirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda o`lishini ham bilmas. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va o`ta xabardordir.[1]

[1] Oyatda Alloh taoloning ilmi shomilu komil hamda mutlaq ekani, uning ilmi qarshisida boshqa ilmlar hech narsaga arzimasligi bayon qilinmoqda.)