Sura 32

Sajda

0

Sajda

30 oyat |MakkaMakka |
Sura 32 • Oyat 1 / 30 • Juz 215⁄8 • Sahifa 415
Sajda
ﻉ358Sahifa 415358ﻉ
2
1
الٓمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Alif. Laam. Miym.
2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yo`q, olamlarning Robbi tomonidandir.
3
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ​ۚ بَلْ هُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Yoki, uning o`zi to`qib olgan, derlarmi?! Yo`q! U sendan oldin o`zlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.
4
ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ​ۖ مَا لَكُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّ وَلَا شَفِيعٍ ​ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan o`zga do`st ham, shafoatchi ham yo`qdir. Axir, eslamaysizlarmi?![1]

[1] Osmonlaru Yerning olti kunda yaratilishining hikmati va sirlari yolg`iz Allohning O`zigagina ma'lum. Ulamolarimiz bu to`g`rida turli fikrlarni aytgan bo`lsalar ham, ko`plari Allohga havola etishni ma'qul biladilar.)
5
يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ إِلَى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُۥٓ أَلْفَ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. So`ngra o`sha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo`lgan kunda Unga chiqar.[1]

[1] Ya'ni, Alloh taolo dunyodagi hamma ishlarning tadbirini qilib qo`ygan. Ammo bu ishlar qolib ketavermaydi. Unutilib ham, natijasiz ham qolmaydi. Balki qiyomat kuni yana Allohning huzuriga chiqadi. Qiyomat kuni o`zining dahshati ila, bu dunyoda odamlar sanab yurgan ming yilga teng bo`ladi. Ana o`sha kunni o`ylab ish ko`rish kerak.)
6
ذَٰلِكَ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ana shu Zot g`oyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.
7
ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ ​ۖ وَبَدَأَ خَلْقَ ٱلْإِنسَٰنِ مِن طِينٍ‮٧‬‬‬
Sodiq
U O`zi yaratgan har bir narsani go`zal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir.
8
ثُمَّ جَعَلَ نَسْلَهُۥ مِن سُلَٰلَةٍ مِّن مَّآءٍ مَّهِينٍ‮٨‬‬‬
Sodiq
So`ngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.
9
ثُمَّ سَوَّىٰهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِۦ ​ۖ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ​ۚ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra uni rostladi va uning ichiga O`z ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko`zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.
10
وَقَالُوٓاْ أَءِذَا ضَلَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍ ​ۚ بَلْ هُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ كَٰفِرُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Biz yer ostida yo`q bo`lib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yo`q! Ular Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir.
11
۞قُلْ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلْمَوْتِ ٱلَّذِى وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizlarga vakil qilingan o`lim farishtasi joningizni oladir. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.[1]

[1] Bu dunyoda odam bolasi hech qachon o`lishni xohlamaydi. Ammo ajali yetsa, u qanchalik yashashni xohlasa-da, vakil qilingan o`lim farishtasi kelib jonini oladi.)
ﻉ359Sahifa 416359ﻉ
12
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلْمُجْرِمُونَ نَاكِسُواْ رُءُوسِهِمْ عِندَ رَبِّهِمْ رَبَّنَآ أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَٱرْجِعْنَا نَعْمَلْ صَٰلِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, ko`rdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini ko`rsang edi.
13
وَلَوْ شِئْنَا لَـَٔاتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَىٰهَا وَلَٰكِنْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ مِنِّى لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Agar xohlaganimizda, har bir jonga o`z hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab to`ldirurman», degan so`z haq bo`ldi.[1]

[1] Ha, bu ish Alloh taolo uchun oson edi. Alloh insonni ayricha tabiat bilan yaratdi. Unga aql berdi. Iroda berdi. Istak berdi. Shahvat berdi. Payg`ambar yuborib, kitob nozil qildi. Hidoyat va zalolat yo`lini ko`rsatdi. Bu dunyodagi vazifasini tushuntirdi. Odamlar va jinlar ichidan kofirlikni, osiylikni tanlaganlarini qo`shib jahannamga tashlab, ular bilan uni albatta to`ldiraman, degan so`zim bor edi, shu haq bo`ldi.)
14
فَذُوقُواْ بِمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَآ إِنَّا نَسِينَٰكُمْ ​ۖ وَذُوقُواْ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
«Bas, totib ko`ringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib o`tgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.
15
إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُواْ بِهَا خَرُّواْ سُجَّدًا وَسَبَّحُواْ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩‮١٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.[1]

[1] Ya'ni, Allohning oyatlari tilovat qilingan chog`da ta'sirlanib, qalblari erib, ixloslari ortib, Allohni ulug`lab sajdaga yiqiladigan odamlargina oyatlarga iymon keltirar ekanlar.)
16
تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمْ عَنِ ٱلْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bo`lur. Ular Robbilariga qo`rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o`zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.
17
فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّآ أُخْفِىَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَآءً​ۢ بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Bas, hech bir jon o`zlari uchun qilib o`tgan amallari mukofotiga berkitib qo`yilgan ko`z quvonchlarini bilmas.[1]

[1] Ya'ni, hech bir odam yaxshi amallari evaziga jannatda berkitib qo`yilgan, ko`zni quvontiradigan mukofotlar borligini idrok qila bilmas. Ular riyo bo`lmasin deb amallarni kechasida, maxfiy ravishda qilgani uchun Alloh taolo ham ularga beradigan mukofotini maxfiy qilib, berkitib qo`ygan.)
18
أَفَمَن كَانَ مُؤْمِنًا كَمَن كَانَ فَاسِقًا ​ۚ لَّا يَسْتَوُۥنَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Axir, mo`min bo`lgan odam fosiq bo`lgan odamdek bo`lurmi?! Teng bo`lmaslar.
19
أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلْمَأْوَىٰ نُزُلً​ۢا بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib o`tgan amallari uchun jannatul ma'vo manzildir.
20
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فَسَقُواْ فَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ​ۖ كُلَّمَآ أَرَادُوٓاْ أَن يَخْرُجُواْ مِنْهَآ أُعِيدُواْ فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do`zaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «O`zingiz yolg`onga chiqargan do`zaxning azobini toting», deyilur.[1]

[1] Fosiqlar do`zax azobidan qiynalib, undan qochib chiqishga harakat qiladilar. Ammo ular do`zaxdan endi chiqay deb qolganlarida, yana unga qaytariladilar. Shunday qilib, u yerda doimiy va abadiy azoblanadilar.)
21
وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَدْنَىٰ دُونَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar.[1]

[1] Ya'ni, o`sha fosiqlarga oxiratning buyuk azobidan oldin bu dunyodagi yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki ular bundan saboq olib, kufr va fisqu fujurdan, yomonliklardan qaytsalar.)
22
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ثُمَّ أَعْرَضَ عَنْهَآ ​ۚ إِنَّا مِنَ ٱلْمُجْرِمِينَ مُنتَقِمُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Robbining oyatlari ila eslatilgan, so`ngra ulardan yuz o`girgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.
23
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَلَا تَكُن فِى مِرْيَةٍ مِّن لِّقَآئِهِۦ ​ۖ وَجَعَلْنَٰهُ هُدًى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning ro`baro` bo`lishidan shubhada bo`lma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.[1]

[1] Ushbu jumla ma'nosi haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar. Birlari, bu jumlada Muhammad alayhissalotu vassalomning Isro va Me'roj kechasida Muso alayhissalomga ro`baro` bo`lishlari aytilgan, deb tushunadilar. Ikkinchilari, Muso alayhissalomning Tavrotga ro`baro` bo`lishlaridir, deb aytadilar. Uchinchilari esa, Musoga kitob berganimizdek, seni ham bir ilohiy kitobga ro`baro` qilamiz, degan ma'noda tafsir etadilar.)
24
وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُواْ ​ۖ وَكَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يُوقِنُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.
25
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari to`g`risida ajrim qilur.
26
أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَٰكِنِهِمْ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ ​ۖ أَفَلَا يَسْمَعُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
O`zlaridan oldin o`tgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!
27
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّا نَسُوقُ ٱلْمَآءَ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَٰمُهُمْ وَأَنفُسُهُمْ ​ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va o`zlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, ko`rmaydilarmi?!
28
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْفَتْحُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, bu fath qachon bo`lur?!» derlar.
29
قُلْ يَوْمَ ٱلْفَتْحِ لَا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِيمَٰنُهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.
30
فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَٱنتَظِرْ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, ulardan yuz o`gir va muntazir bo`l. Albatta, ular ham muntazirdirlar.[1]

[1] Ko`rib o`tganimizdek, Sajda surasida har bir inson doimo esda tutishi va hayotda tez-tez eslab turishi lozim bo`lgan ma'nolar o`ziga xos uslub bilan keltirilgandir. Shuning uchun ham Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom bu surai karimani namozda va har kuni yotishlaridan oldin o`qir edilar. Imomi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu «Rasululloh alayhissalotu vassalom juma kuni bomdod namozida Sajda surasi bilan «Hal ata alal-insani» surasini o`qir edilar», deganlar.)