Sura 33

Ahzob

2

Qo'shinlar

73 oyat |MadinaMadina |
Sura 33 • Oyat 1 / 73 • Juz 217⁄8 • Sahifa 418
Ahzob
ﻉ361Juz 21 7⁄8 • Sahifa 418361ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ ٱتَّقِ ٱللَّهَ وَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا‮١‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy! Allohga taqvo qil va kofiru munofiqlarga itoat etma! Albatta, Alloh o`ta olim va o`ta hikmatli Zotdir.
2
وَٱتَّبِعْ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Va o`zingga Robbingdan vahiy qilinayotgan narsaga ergash. Albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardordir.
3
وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا‮٣‬‬‬
Sodiq
Va faqat Allohga tavakkal qil. Vakillikka Alloh kofiydir.
4
مَّا جَعَلَ ٱللَّهُ لِرَجُلٍ مِّن قَلْبَيْنِ فِى جَوْفِهِۦ ​ۚ وَمَا جَعَلَ أَزْوَٰجَكُمُ ٱلَّٰٓـِٔى تُظَٰهِرُونَ مِنْهُنَّ أُمَّهَٰتِكُمْ ​ۚ وَمَا جَعَلَ أَدْعِيَآءَكُمْ أَبْنَآءَكُمْ ​ۚ ذَٰلِكُمْ قَوْلُكُم بِأَفْوَٰهِكُمْ ​ۖ وَٱللَّهُ يَقُولُ ٱلْحَقَّ وَهُوَ يَهْدِى ٱلسَّبِيلَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Alloh biron kishining ichida ikkita qalb qilgan emasdir. O`zlaringiz zihor qilayotgan xotinlaringizni siz uchun ona ham qilgan emas va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas. Bularingiz og`zingiz bilan aytgan gaplaringizdir. Alloh esa, haqni aytur va U to`g`ri yo`lga hidoyat qilur.[1]

[1] Bu oyatda johiliyat tuzumining uchta hukmi haqida so`z ketmoqda. Bular aqlli va ziyrak kishilarning qalbi ikkita bo`ladi, degan tasavvur; kim xotinidan zihor qilsa, xotini onasi bo`lib qoladi, degan aqida; kim biror bolani asrab olsa, o`z sulbidan bo`lgan bolaning o`rnida o`tadi, degan hukm. Bu uch hukmga kofir va munofiqlar to`la ishonishar va amal qilishar edi. Shu bilan birga, mo`min-musulmonlarning ham bu hukmlariga itoat etishlarini talab qilishardi. Mana shu oyat musulmonlar oldiga Allohga taqvo qilish, u yuborayotgan vahiyga ergashish, faqat Yaratganning o`ziga suyanish va kofiru munofiqlarga ergashmaslik vazifasini amaliy ravishda qo`ydi.)
5
ٱدْعُوهُمْ لِـَٔابَآئِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِندَ ٱللَّهِ ​ۚ فَإِن لَّمْ تَعْلَمُوٓاْ ءَابَآءَهُمْ فَإِخْوَٰنُكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَمَوَٰلِيكُمْ ​ۚ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ فِيمَآ أَخْطَأْتُم بِهِۦ وَلَٰكِن مَّا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Ularni o`z otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida to`g`ridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va do`stlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yo`q. Ammo dildan qasd qilgan bo`lsangiz, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.
6
ٱلنَّبِىُّ أَوْلَىٰ بِٱلْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنفُسِهِمْ ​ۖ وَأَزْوَٰجُهُۥٓ أُمَّهَٰتُهُمْ ​ۗ وَأُوْلُواْ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ إِلَّآ أَن تَفْعَلُوٓاْ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِكُم مَّعْرُوفًا ​ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْكِتَٰبِ مَسْطُورًا‮٦‬‬‬
Sodiq
Nabiy mo`minlar uchun o`zlaridan ko`ra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa mo`minlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, do`stlaringizga yaxshilik qilmog`ingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish.[1]

[1] Payg`ambarning mo`minlar uchun tutgan o`rni shunchalik ulug`ki, u asrab olgan otadan ham, sulbiy otadan ham, hatto har bir mo`minning o`z nafsidan ham yuqori darajadadir. Uning bu darajasi doimiy va boqiydir. Payg`ambar alayhissalotu vassalom har bir narsada mo`minlar uchun hatto o`zlaridan ham ustun maqomdadir.)
7
وَإِذْ أَخَذْنَا مِنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِيثَٰقَهُمْ وَمِنكَ وَمِن نُّوحٍ وَإِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ ​ۖ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik.
8
لِّيَسْـَٔلَ ٱلصَّٰدِقِينَ عَن صِدْقِهِمْ ​ۚ وَأَعَدَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًا أَلِيمًا‮٨‬‬‬
Sodiq
(Buni Alloh) sodiqlardan sadoqatlari haqida so`rash uchun qildi. Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qo`ydi.[1]

[1] Ushbu oyati karimadagi «sodiqlar» kimlar ekanligi haqida tafsirchi ulamolarimiz ikki xil fikr aytganlar. Bir guruhi, sodiqlar payg`ambarlardir, degan. Ikkinchi bir guruhi esa, sodiqlar payg`ambarlarga sodiq bo`lgan mo`minlardir, deb aytgan. Aslida, bu ikki ma'no bir-birini to`ldirib keladi.)
9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱذْكُرُواْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَآءَتْكُمْ جُنُودٌ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا وَجُنُودًا لَّمْ تَرَوْهَا ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. O`shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko`rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchi edi.[1]

[1] O`sha paytda ustingizga ahzob — Quraysh o`zining odamlari va malaylari bilan hamda G`atafonning turli qabilalari birlashib, bostirib kelishgan edi. Ular sizlarni butunlay yo`q qilib yuborish maqsadida edilar.)
10
إِذْ جَآءُوكُم مِّن فَوْقِكُمْ وَمِنْ أَسْفَلَ مِنكُمْ وَإِذْ زَاغَتِ ٱلْأَبْصَٰرُ وَبَلَغَتِ ٱلْقُلُوبُ ٱلْحَنَاجِرَ وَتَظُنُّونَ بِٱللَّهِ ٱلظُّنُونَاْ‮١٠‬‬‬
Sodiq
O`shanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. O`shanda ko`zlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz.
11
هُنَالِكَ ٱبْتُلِىَ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَزُلْزِلُواْ زِلْزَالًا شَدِيدًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Ana shunda mo`minlar sinovga duchor bo`ldilar va shiddatli larzaga tushdilar.[1]

[1] Darhaqiqat, musulmonlar qurshov ichida qoldilar. Ular shahar atrofida xandaq qazib, himoyalanishdi. Buning ustiga, yahudiy qabilasi Bani Qurayza xiyonat qilib, ahdni buzdi, dushmanga qo`shilib ketdi.)
12
وَإِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ مَّا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ إِلَّا غُرُورًا‮١٢‬‬‬
Sodiq
O`shanda munofiqlar va qalblarida kasallik borlar: «Alloh va Uning Rasuli bizga yolg`ondan boshqani va'da qilmagan ekan», derdilar.[1]

[1] Ular, Rasululloh alayhissalotu vassalomdan izn so`ramay, safarbarlikdan ketib qolganlari ham yetmaganidek, mo`minlar ichiga g`ulg`ula soldilar.)
13
وَإِذْ قَالَت طَّآئِفَةٌ مِّنْهُمْ يَٰٓأَهْلَ يَثْرِبَ لَا مُقَامَ لَكُمْ فَٱرْجِعُواْ ​ۚ وَيَسْتَـٔۡذِنُ فَرِيقٌ مِّنْهُمُ ٱلنَّبِىَّ يَقُولُونَ إِنَّ بُيُوتَنَا عَوْرَةٌ وَمَا هِىَ بِعَوْرَةٍ ​ۖ إِن يُرِيدُونَ إِلَّا فِرَارًا‮١٣‬‬‬
Sodiq
O`shanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yo`q. Bas, qaytinglar», dedi. Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn so`rab: «Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan», derlar. Holbuki, ular ochiq-sochiq emas. Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar.
14
وَلَوْ دُخِلَتْ عَلَيْهِم مِّنْ أَقْطَارِهَا ثُمَّ سُئِلُواْ ٱلْفِتْنَةَ لَـَٔاتَوْهَا وَمَا تَلَبَّثُواْ بِهَآ إِلَّا يَسِيرًا‮١٤‬‬‬
Sodiq
Agar ularning ustiga u(Madina)ning har tarafidan bostirib kirilsa, so`ngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, uni qiladilar. Hech kechikmaslar. Magar ozginagina.[1]

[1] Ya'ni, o`sha munofiq va iymoni zaiflarning ustiga dushman Madinaning har tomonidan bostirib kirib, fitnani — dindan qaytish va musulmonlarga qarshi urushishni talab etsa, darhol o`sha ishni qilar edilar.)
15
وَلَقَدْ كَانُواْ عَٰهَدُواْ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ لَا يُوَلُّونَ ٱلْأَدْبَٰرَ ​ۚ وَكَانَ عَهْدُ ٱللَّهِ مَسْـُٔولًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
Holbuki, ular bundan oldin ortga qarab qochmaslikka Allohga ahd bergan edilar. Allohga ahd esa, mas'uliyat bo`lgandir.[1]

[1] Ketish uchun yolg`on to`qigan Avs ibn Qayziyning qabilasi Bani Horisadir. Uhud urushida ham ortga qochmoqchi bo`lgan edilar.)
16
قُل لَّن يَنفَعَكُمُ ٱلْفِرَارُ إِن فَرَرْتُم مِّنَ ٱلْمَوْتِ أَوِ ٱلْقَتْلِ وَإِذًا لَّا تُمَتَّعُونَ إِلَّا قَلِيلًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Qochish sizga hech qanday foyda bermas. Demak, agar o`limdan yoki qatl bo`lishdan qochsangiz ham, juda oz huzurlanasiz, xolos», deb ayt.
17
قُلْ مَن ذَا ٱلَّذِى يَعْصِمُكُم مِّنَ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَ بِكُمْ سُوٓءًا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ رَحْمَةً ​ۚ وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا‮١٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar sizga Alloh yomonlikni iroda qilsa yoki sizga rahmatni iroda qilsa, sizlarni Undan to`sadigan kim bor?!» deb ayt. Ular o`zlariga Allohdan o`zga do`st va yordam berguvchi topa olmaslar.
18
۞قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلْمُعَوِّقِينَ مِنكُمْ وَٱلْقَآئِلِينَ لِإِخْوَٰنِهِمْ هَلُمَّ إِلَيْنَا ​ۖ وَلَا يَأْتُونَ ٱلْبَأْسَ إِلَّا قَلِيلًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) to`siqlik qilguvchilarni ham va o`z birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar.
19
أَشِحَّةً عَلَيْكُمْ ​ۖ فَإِذَا جَآءَ ٱلْخَوْفُ رَأَيْتَهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ تَدُورُ أَعْيُنُهُمْ كَٱلَّذِى يُغْشَىٰ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْمَوْتِ ​ۖ فَإِذَا ذَهَبَ ٱلْخَوْفُ سَلَقُوكُم بِأَلْسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى ٱلْخَيْرِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَمْ يُؤْمِنُواْ فَأَحْبَطَ ٱللَّهُ أَعْمَٰلَهُمْ ​ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chog`da ularning senga o`lim talvasasidagi kishiga o`xshab, ko`zlari aylanib nazar solishlarini ko`rursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochko`zlik qilib, sizlarga o`tkir tillar ila ozor berurlar. Ana o`shalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi.[1]

[1] «Ana o`shalar» mo`min-musulmonlarga qo`shilib, safarbarlikka chiqadiganlarning jihodga bo`lgan shashtini pasaytiradigan, urushga ozginasigina keladigan, xavf kelganda musulmonlar rahbariga xuddi, o`limimga sen sababsan, degandek nazar soladigan, xavf ketganda, o`lja talashib urishadigan, iymon keltirmagan odamlardir.)
20
يَحْسَبُونَ ٱلْأَحْزَابَ لَمْ يَذْهَبُواْ ​ۖ وَإِن يَأْتِ ٱلْأَحْزَابُ يَوَدُّواْ لَوْ أَنَّهُم بَادُونَ فِى ٱلْأَعْرَابِ يَسْـَٔلُونَ عَنْ أَن​ۢبَآئِكُمْ ​ۖ وَلَوْ كَانُواْ فِيكُم مَّا قَٰتَلُوٓاْ إِلَّا قَلِيلًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular a'robiylar ichida, cho`lda bo`lib, sizning xabaringizni so`rab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda bo`lganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan bo`lur edilar.[1]

[1] Kofir guruhlarning musulmonlarga hech bir zarar yetkaza olmay, qaytib ketganlari munofiqlarning tasavvuriga sig`maydi.)
21
لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِى رَسُولِ ٱللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُواْ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo`lganlar uchun va Allohni ko`p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go`zal o`rnak bor edi.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom ahzob urushida ham, odatdagidek, eng go`zal namunalarni ko`rsatdilar. Xavf-xatar tasvirlab bo`lmaydigan darajada katta ekaniga qaramay, zarracha qo`rqmasdan, Madinani himoya qilishga chiqdilar. Salmoni Forsiy roziyallohu anhuning fikrlarini qabul etib, xandaq qazishni boshladilar. U zot alayhissalotu vassalom shunday xatarli va nozik bir paytda mo`min-musulmonlar uchun ishonch, orzu-umid, xotirjamlik timsoliga aylandilar.)
22
وَلَمَّا رَءَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلْأَحْزَابَ قَالُواْ هَٰذَا مَا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَصَدَقَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ ​ۚ وَمَا زَادَهُمْ إِلَّآ إِيمَٰنًا وَتَسْلِيمًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Mo`minlar ahzoblarni ko`rganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli va'da qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost so`zlarlar», dedilar. Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi.[1]

[1] Ya'ni, kofirlarning ahzob bo`lib, sonsiz-sanoqsiz adadda ustlariga bostirib kelishlari mo`minlarga iymondan va Alloh taologa butunlay o`zlarini topshirishdan boshqani ziyoda qilmadi. Ularning iymon-e'tiqodlari va musulmonchiliklari yana ham kuchaydi. Ha, iymon keltirgan, musulmon bo`lgan odamlar ana shunday odamlardir.)
23
مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُواْ مَا عَٰهَدُواْ ٱللَّهَ عَلَيْهِ ​ۖ فَمِنْهُم مَّن قَضَىٰ نَحْبَهُۥ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ ​ۖ وَمَا بَدَّلُواْ تَبْدِيلًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Mo`minlardan Allohga bergan va'dalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan ba'zilari ajalini topdi. Ba'zilari esa, intizor bo`lib turibdir. Ular biror narsani almashtirmadilar.
24
لِّيَجْزِىَ ٱللَّهُ ٱلصَّٰدِقِينَ بِصِدْقِهِمْ وَيُعَذِّبَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ إِن شَآءَ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Alloh sodiqlarni sadoqatlari sababidan mukofotlashi uchun va munofiqlarni agar xohlasa, azoblashi yoki tavbasini qabul qilishi uchundir. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimlidir.
25
وَرَدَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِغَيْظِهِمْ لَمْ يَنَالُواْ خَيْرًا ​ۚ وَكَفَى ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلْقِتَالَ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ قَوِيًّا عَزِيزًا‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Va Alloh kufr keltirganlarni g`azablari ila ortlariga qaytardi. Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar. Mo`minlar uchun urushda Allohning O`zi kifoya qildi. Va Alloh kuchli va aziyz Zotdir.
26
وَأَنزَلَ ٱلَّذِينَ ظَٰهَرُوهُم مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مِن صَيَاصِيهِمْ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ فَرِيقًا تَقْتُلُونَ وَتَأْسِرُونَ فَرِيقًا‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Va U zot ularga yordam bergan ahli kitoblardan bo`lganlarni qo`rg`onlaridan tushirdi va qalblariga qo`rqinch soldi. Bir guruhini o`ldirursizlar va bir guruhini asir olursizlar.[1]

[1] Kofirlar ahzobiga yordam bergan ahli kitoblar yahudiylardir. Yana ham aniqrog`i, yahudiylarning Bani Qurayza qabilasidir. Ahzob urushini qo`zg`aganlar Hayy ibn Axtob boshliq Bani Nazir yahudiylari edi. Shuningdek, ular Bani Qurayza qabilasining xiyonatlariga sabab ham bo`ldilar.)
27
وَأَوْرَثَكُمْ أَرْضَهُمْ وَدِيَٰرَهُمْ وَأَمْوَٰلَهُمْ وَأَرْضًا لَّمْ تَطَـُٔوهَا ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Va sizlarga ularning yerini, hovli-joylarini, molu mulklarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.
28
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّأَزْوَٰجِكَ إِن كُنتُنَّ تُرِدْنَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتَهَا فَتَعَالَيْنَ أُمَتِّعْكُنَّ وَأُسَرِّحْكُنَّ سَرَاحًا جَمِيلًا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, jufti halollaringga: «Agar bu dunyo hayotini va uning ziynatini iroda qilsangiz, kelinglar, sizlarni bahramand qilay va chiroyli bo`shatish ila bo`shatib qo`yay.
29
وَإِن كُنتُنَّ تُرِدْنَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ فَإِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلْمُحْسِنَٰتِ مِنكُنَّ أَجْرًا عَظِيمًا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Agar Allohni va Uning Rasulini va oxirat diyorini iroda qiladigan bo`lsangiz, bas, albatta, Alloh sizlardan go`zal amal qilguvchilarga ulug` ajrni tayyorlab qo`ygan», deb ayt.[1]

[1] Ushbu ikki oyati karimaning nozil qilinishiga Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bilan u kishining tohira ayollari orasida o`tgan hodisa sabab bo`lgan. Ushbu ikki oyatdagi buyruqqa binoan Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom har bir ayollariga yoki bu dunyo hayoti va uning ziynatini, yoki Alloh, Uning Rasuli va oxiratni ixtiyor qilishini so`rab chiqishlari kerak edi. U zoti bobarakot bu ishni Oyisha onamizdan boshladilar. Rasululloh alayhissalotu vassalom Oyisha onamizga «Men senga bir ishni aytaman. Shoshilmasdan, ota-onang bilan maslahat qilib javob bergin», dedilar. Oyisha onamiz «U qanday narsa?» dedilar. Payg`ambar alayhissalotu vassalom «Ey Payg`ambar, jufti halollaringga...» oyatini o`qib berdilar. Oyisha onamiz «Siz haqingizda ota-onam bilan maslahat qilamanmi?! Yo`q! Men Allohni va Uning Rasulini ixtiyor qilaman, dedilar. Keyin Rasululloh alayhissalotu vassalom barcha jufti halollariga ikki ixtiyordan birini tanlashga izn berdilar, hammalari Oyisha onamiz tanlagan tarafni tanladilar.)
30
يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِىِّ مَن يَأْتِ مِنكُنَّ بِفَٰحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ يُضَٰعَفْ لَهَا ٱلْعَذَابُ ضِعْفَيْنِ ​ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Ey, Nabiyning ayollari! Sizdan kim ochiq gunoh qilsa, unga beriladigan azob ikki marta ko`paytirilur. Bu esa, Alloh uchun oson bo`lgan ishdir.
31
۞ وَمَن يَقْنُتْ مِنكُنَّ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتَعْمَلْ صَٰلِحًا نُّؤْتِهَآ أَجْرَهَا مَرَّتَيْنِ وَأَعْتَدْنَا لَهَا رِزْقًا كَرِيمًا‮٣١‬‬‬
Sodiq
Sizlardan kim Alloh va Uning Rasuliga mudom itoatda bo`lsa va yaxshi amal qilsa, uning ajrini ikki marta beramiz va uning uchun go`zal rizqni tayyorlaganmiz.
32
يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِىِّ لَسْتُنَّ كَأَحَدٍ مِّنَ ٱلنِّسَآءِ ​ۚ إِنِ ٱتَّقَيْتُنَّ فَلَا تَخْضَعْنَ بِٱلْقَوْلِ فَيَطْمَعَ ٱلَّذِى فِى قَلْبِهِۦ مَرَضٌ وَقُلْنَ قَوْلًا مَّعْرُوفًا‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin so`z qilmang, yana, qalbida kasali bor bo`lgan tama' qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar.[1]

[1] Ya'ni, sizlarning boshqa hamma ayollardan farqlaringiz bor. Sizlar Payg`ambarning xotinlarisiz, mo`minlarning onalarisiz. Hamma mo`minalar uchun o`rnaksizlar. Ha, sizlar ayollardan birortasi kabi emassizlar. Bu maqomga erishishlaringiz uchun Payg`ambarga jufti halol bo`lganingizning o`zi yetmaydi, taqvo ham qilishlaringiz kerak. Ovozingizni mayin, nazokatli qilib, erkak kishiga ta'sir etadigan holatda gapirmang. Munofiq va iymoni zaiflar sizning mayin ovozingizni eshitib, fisqu fujurni boshlab qolmasinlar.)
33
وَقَرْنَ فِى بُيُوتِكُنَّ وَلَا تَبَرَّجْنَ تَبَرُّجَ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ ٱلْأُولَىٰ ​ۖ وَأَقِمْنَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتِينَ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِعْنَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ​ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُذْهِبَ عَنكُمُ ٱلرِّجْسَ أَهْلَ ٱلْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْهِيرًا‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Viqor bilan uyingizda o`tiring. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni to`kis ado eting, zakot bering, Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xohlaydi, ey, ahli bayt![1]

[1] Johiliyat — Islomdan oldingi tuzum. U vaqtda ayollar ochilib-sochilib, yasan-tusan qilib, erkaklarning e'tiborini o`ziga tortishga intilar edilar. O`zlarini bozorga solib, tanalari va zebu ziynatlarini ko`z-ko`z qilar edilar. Bunday ochilib-sochilib yurish «tabarruj» deyiladi. Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning pokiza ayollarini johiliyat tuzumining xotinlari kabi ochiq-sochiq yurmaslikka amr etmoqda. Bu amr har bir muslima ayolga tegishli, lekin har bir muslimaga o`rnak bo`ladigan onalarimizga yanada qattiqroq tegishli ekan.)
34
وَٱذْكُرْنَ مَا يُتْلَىٰ فِى بُيُوتِكُنَّ مِنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ وَٱلْحِكْمَةِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ لَطِيفًا خَبِيرًا‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Va uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatni eslang. Albatta, Alloh o`ta latiyf va o`ta xabardor bo`lgan Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning ayollariga ular yashab turgan uylar oddiy uy emas, Allohning oyatlari nozil bo`lib, tilovat qilinib turgan manzil ekanini eslatmoqda. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning sunnatlari joriy etilib, hadislari so`zlanib turgan uylar ekanini eslatmoqda. Qur'on oyatlarini va Payg`ambar alayhissalotu vassalomning hikmatli hadislarini unutmaslikka, ularni eslab, anglab, o`rganib, so`ng amal qilishga buyurilmoqdalar.)
35
إِنَّ ٱلْمُسْلِمِينَ وَٱلْمُسْلِمَٰتِ وَٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَٱلْقَٰنِتِينَ وَٱلْقَٰنِتَٰتِ وَٱلصَّٰدِقِينَ وَٱلصَّٰدِقَٰتِ وَٱلصَّٰبِرِينَ وَٱلصَّٰبِرَٰتِ وَٱلْخَٰشِعِينَ وَٱلْخَٰشِعَٰتِ وَٱلْمُتَصَدِّقِينَ وَٱلْمُتَصَدِّقَٰتِ وَٱلصَّٰٓئِمِينَ وَٱلصَّٰٓئِمَٰتِ وَٱلْحَٰفِظِينَ فُرُوجَهُمْ وَٱلْحَٰفِظَٰتِ وَٱلذَّٰكِرِينَ ٱللَّهَ كَثِيرًا وَٱلذَّٰكِرَٰتِ أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, muslimlar va muslimalar, mo`minlar va mo`minalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushu'li erkaklar va xushu'li ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, ro`za tutguvchi erkaklar va ro`za tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni ko`p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko`p) zikr qilguvchi ayollar — o`shalarga Alloh mag`firatni va ulug` ajrni tayyorlab qo`ygandir.
36
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ ​ۗ وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلًا مُّبِينًا‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Hech bir mo`min erkak va hech bir mo`mina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, o`z ishlarini o`zlaricha ixtiyor qilmoq yo`q. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy bo`lsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi.
37
وَإِذْ تَقُولُ لِلَّذِىٓ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ وَأَنْعَمْتَ عَلَيْهِ أَمْسِكْ عَلَيْكَ زَوْجَكَ وَٱتَّقِ ٱللَّهَ وَتُخْفِى فِى نَفْسِكَ مَا ٱللَّهُ مُبْدِيهِ وَتَخْشَى ٱلنَّاسَ وَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَىٰهُ ​ۖ فَلَمَّا قَضَىٰ زَيْدٌ مِّنْهَا وَطَرًا زَوَّجْنَٰكَهَا لِكَىْ لَا يَكُونَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ حَرَجٌ فِىٓ أَزْوَٰجِ أَدْعِيَآئِهِمْ إِذَا قَضَوْاْ مِنْهُنَّ وَطَرًا ​ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًا‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Esla, Alloh ne'mat bergan va sen ham ne'mat bergan shaxsga: «Juftingni o`zing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi bo`lgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qo`rqarding, holbuki, Allohdan qo`rqmog`ing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan o`z hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, mo`minlarga o`z asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik bo`lmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim bo`lgandir.[1]

[1] Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning ko`ngillariga Zayd Zaynabni taloq qilganidan keyin unga uylanish niyatini solgan edi. Aniq amr bo`lmagan edi-yu, ammo ko`ngillariga tushgan edi. Shuning uchun Zayd roziyallohu anhuga «Juftingni o`zing ila tutib tur», deb aytayotganlarida, xayollarida bu fikr bo`lib, Allohdan amr kelishini kutardilar. U zot odamlar, o`zining asrandi o`g`li taloq qilgan xotinga uylanibdi, deb aytishlaridan qo`rqar edilar. Rasuli Akram ushbu mulohazalar bilan Alloh ko`ngillariga solgan ishni — Zayd taloq qilganidan keyin Zaynabga uylanish niyatini maxfiy tutar edilar. Ta'kidlab aytish kerakki, bu faqat ko`ngilga tushgan fikr edi. Agar Allohning ochiq-oydin amri bo`lsa, hech qachon maxfiy tutmas edilar. Shunday bo`lishi kerak edi. Alloh taoloning irodasi shu edi. Alloh subhonahu va taolo Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga o`zi nikohlab qo`ydi. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham yo`q. Hammasining o`rniga Allohning amri bor.)
38
مَّا كَانَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ مِنْ حَرَجٍ فِيمَا فَرَضَ ٱللَّهُ لَهُۥ ​ۖ سُنَّةَ ٱللَّهِ فِى ٱلَّذِينَ خَلَوْاْ مِن قَبْلُ ​ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ قَدَرًا مَّقْدُورًا‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik bo`lmas. Bu — oldin o`tganlar haqida ham Alloh tutgan yo`ldir. Allohning amri belgilangan qadar bo`ldi.
39
ٱلَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَٰلَٰتِ ٱللَّهِ وَيَخْشَوْنَهُۥ وَلَا يَخْشَوْنَ أَحَدًا إِلَّا ٱللَّهَ ​ۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبًا‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning elchiligini yetkazadigan, Undangina qo`rqadigan, Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmaydigan zotlardir. Allohning O`zi hisob qilguvchilikka kifoyadir.
40
مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَآ أَحَدٍ مِّن رِّجَالِكُمْ وَلَٰكِن رَّسُولَ ٱللَّهِ وَخَاتَمَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bo`lgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Payg`ambarlarning so`nggisidir. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.
41
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ ذِكْرًا كَثِيرًا‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohni ko`p zikr qilinglar.
42
وَسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar.[1]

[1] Ertalab ham, kechqurun ham dunyoda katta o`zgarishlar ro`y beradi. Shuning uchun ham bu ikki vaqtda Allohni poklab yod etish alohida ta'kidlanmoqda.)
43
هُوَ ٱلَّذِى يُصَلِّى عَلَيْكُمْ وَمَلَٰٓئِكَتُهُۥ لِيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ​ۚ وَكَانَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَحِيمًا‮٤٣‬‬‬
Sodiq
U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`zi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U mo`minlarga o`ta mehribon bo`lgan Zotdir.
44
تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُۥ سَلَٰمٌ ​ۚ وَأَعَدَّ لَهُمْ أَجْرًا كَرِيمًا‮٤٤‬‬‬
Sodiq
U zotga yo`liqadigan kundagi so`rashishlari salomdir. Va ularga go`zal ajrni tayyorlab qo`ygandir.
45
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ شَٰهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik berguvchi, xushxabarchi va ogohlantirguvchi...
46
وَدَاعِيًا إِلَى ٱللَّهِ بِإِذْنِهِۦ وَسِرَاجًا مُّنِيرًا‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Va O`z izni ila Allohga da'vat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik.[1]

[1] Ushbu oyatda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning to`rtta vazifalari va bitta sifatlari zikr qilinmoqda. Ha, Muhammad alayhissalotu vassalom johiliyat zulmatlaridagi nurli chiroqdirlar. Turli zulmatlar ichida yo`lini topa olmay, urinib-surinib yurgan kishilarni Islomning yorug` yo`liga boshlovchi nurli chiroqdirlar.)
47
وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ بِأَنَّ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَضْلًا كَبِيرًا‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Mo`minlarga ularga albatta Allohdan ulug` fazlu marhamat bo`lishi haqida xushxabar ber.
48
وَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَدَعْ أَذَىٰهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ​ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Kofir va munofiqlarga itoat etma. Ularning ozorlariga parvo qilma. Allohga tavakkal qil. Vakil bo`lishga Allohning O`zi kifoyadir.
49
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا نَكَحْتُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ ثُمَّ طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ فَمَا لَكُمْ عَلَيْهِنَّ مِنْ عِدَّةٍ تَعْتَدُّونَهَا ​ۖ فَمَتِّعُوهُنَّ وَسَرِّحُوهُنَّ سَرَاحًا جَمِيلًا‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Qachonki mo`minalarni nikohlab olsangiz, so`ngra ularni qo`l tekkizmay turib, taloq qilsangiz, ular zimmasida siz uchun idda o`tirish bo`lmas. Bas, siz ularni bahramand qiling va go`zal bo`shatish ila bo`shatib yuboring.[1]

[1] Bu oyati karimada aqdi nikohidan keyin eru xotinlik qilmay turib, bo`ladigan taloq haqida so`z ketmoqda. Bu holat oz bo`lsa-da, hayotda uchrab turadi. Nikohdan so`ng, qo`l tekizmay turib, ya'ni eru xotin sifatida xilvatda yolg`iz qolmay turib taloq qilsa, kelin idda o`tirmaydi.)
50
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِنَّآ أَحْلَلْنَا لَكَ أَزْوَٰجَكَ ٱلَّٰتِىٓ ءَاتَيْتَ أُجُورَهُنَّ وَمَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ مِمَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَيْكَ وَبَنَاتِ عَمِّكَ وَبَنَاتِ عَمَّٰتِكَ وَبَنَاتِ خَالِكَ وَبَنَاتِ خَٰلَٰتِكَ ٱلَّٰتِى هَاجَرْنَ مَعَكَ وَٱمْرَأَةً مُّؤْمِنَةً إِن وَهَبَتْ نَفْسَهَا لِلنَّبِىِّ إِنْ أَرَادَ ٱلنَّبِىُّ أَن يَسْتَنكِحَهَا خَالِصَةً لَّكَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ​ۗ قَدْ عَلِمْنَا مَا فَرَضْنَا عَلَيْهِمْ فِىٓ أَزْوَٰجِهِمْ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ لِكَيْلَا يَكُونَ عَلَيْكَ حَرَجٌ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, Biz senga mahrlarini bergan juftlaringni, Alloh senga o`lja qilib bergan qo`l ostingdagi(cho`ri)larni, amakingning qizlari, ammalaringning qizlari, tog`angning qizlari, xolalaringning qizlaridan sen bilan hijrat qilganlarini halol qildik. Va agar bir mo`mina ayol o`z nafsini Nabiyga hadya etsa, Nabiy uni nikohlab olishni iroda qilsa, sen uchun maxsus halol qildik. Mo`minlarga emas. Ularga juftlari va qo`llari ostidagi mulk(cho`ri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz. Buni senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.[1]

[1] Ushbu oyati karimada va bundan keyin keladigan ikki oyatda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga qanday ayollarning nikohi durust ekani haqida, u zot alayhissalotu vassalom bilan turmush qurgan va quradigan ayollarga tegishli masalalar ustida so`z yuritiladi. Ushbu oyatda zikr qilingan uylanish bobidagi — nikohda to`rttadan ortiq ayolni ushlab turishni, mazkur toifa ayollarga uylanishni, cho`ri tutishni, o`z nafsini hadya qilgan xotinga mahrsiz, guvohsiz uylanishni, ey Nabiy, senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik.)
51
۞تُرْجِى مَن تَشَآءُ مِنْهُنَّ وَتُـٔۡوِىٓ إِلَيْكَ مَن تَشَآءُ ​ۖ وَمَنِ ٱبْتَغَيْتَ مِمَّنْ عَزَلْتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكَ ​ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن تَقَرَّ أَعْيُنُهُنَّ وَلَا يَحْزَنَّ وَيَرْضَيْنَ بِمَآ ءَاتَيْتَهُنَّ كُلُّهُنَّ ​ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِى قُلُوبِكُمْ ​ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمًا‮٥١‬‬‬
Sodiq
Ulardan xohlaganingni nari qo`yib, xohlaganingni o`zingga olursan. O`zing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh bo`lmas. Shunday bo`lishi ularning ko`zlari quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi bo`lishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh o`ta bilguvchi va o`ta haliym Zotdir.[1]

[1] Rasululloh alayhissalotu vassalom ayollari bilan navbatma-navbat yotar edilar. Mabodo navbatni buzishga ehtiyoj chiqib qolsa, navbati kelgan onamizdan, falonchining oldida tunashimga izn berasanmi, deb so`rar edilar. Bu oyatda esa, so`ramasdan ham, o`zlari nimani istasalar, qilaverishga haqlari bor ekanligi bayon qilinmoqda. Bu ham, faraz ma'nosida olsak, o`z nafsini hadya qilgan ayolni oldin rad etib, keyin yana xohlab olganing senga gunoh bo`lmas, ma'nosi chiqadi. Yoki zavjalaringdan birortasiga navbatida kirmay qo`ygan bo`lsang, istagan paytingda kiraverasan, ma'nosi chiqadi. Chunki bu ishlarni Allohning amri bilan qilayotganingni bilganlaridan keyin, ayollaringning ko`zlari quvonchga to`ladi, xafa bo`lmaydilar va rozi bo`ladilar.)
52
لَّا يَحِلُّ لَكَ ٱلنِّسَآءُ مِن​ۢ بَعْدُ وَلَآ أَن تَبَدَّلَ بِهِنَّ مِنْ أَزْوَٰجٍ وَلَوْ أَعْجَبَكَ حُسْنُهُنَّ إِلَّا مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ رَّقِيبًا‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Senga bundan boshqa ayollar halol bo`lmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham bo`lmas. Agar o`shalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qo`lingda mulk bo`lgan (cho`ri) bo`lsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir.
53
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَدْخُلُواْ بُيُوتَ ٱلنَّبِىِّ إِلَّآ أَن يُؤْذَنَ لَكُمْ إِلَىٰ طَعَامٍ غَيْرَ نَٰظِرِينَ إِنَىٰهُ وَلَٰكِنْ إِذَا دُعِيتُمْ فَٱدْخُلُواْ فَإِذَا طَعِمْتُمْ فَٱنتَشِرُواْ وَلَا مُسْتَـٔۡنِسِينَ لِحَدِيثٍ ​ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمْ كَانَ يُؤْذِى ٱلنَّبِىَّ فَيَسْتَحْىِۦ مِنكُمْ ​ۖ وَٱللَّهُ لَا يَسْتَحْىِۦ مِنَ ٱلْحَقِّ ​ۚ وَإِذَا سَأَلْتُمُوهُنَّ مَتَٰعًا فَسْـَٔلُوهُنَّ مِن وَرَآءِ حِجَابٍ ​ۚ ذَٰلِكُمْ أَطْهَرُ لِقُلُوبِكُمْ وَقُلُوبِهِنَّ ​ۚ وَمَا كَانَ لَكُمْ أَن تُؤْذُواْ رَسُولَ ٱللَّهِ وَلَآ أَن تَنكِحُوٓاْ أَزْوَٰجَهُۥ مِن​ۢ بَعْدِهِۦٓ أَبَدًا ​ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمْ كَانَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمًا‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Nabiyning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir bo`lmaydigan bo`lib (kiring). Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb bo`lishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang. Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur. U esa, sizlardan hayo qilardi. Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir. Qachonki ulardan biror narsa so`rasangiz, parda ortidan so`rang. Shunday qilmog`ingiz o`z qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir. Siz uchun Rasulullohga ozor berish va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas. Albatta, bunday qilmog`ingiz Allohning nazdida katta(gunoh)dir.[1]

[1] Ya'ni, taom uchun sizga izn berilganida, kirishingiz bilan taomni yeb qaytib chiqib keting. Payg`ambar alayhissalotu vassalomning ayollaridan biror narsani so`rasangiz, oldilariga kirib emas, parda ortida turib so`rang. Payg`ambar alayhissalotu vassalomga ozor bermog`ingiz, u zotning xotinlariga u kishidan keyin uylanmog`ingiz katta gunohdir.)
54
إِن تُبْدُواْ شَيْـًٔا أَوْ تُخْفُوهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Gar bir narsani oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, albatta, Alloh barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Jumladan, kim Payg`ambar alayhissalotu vassalomdan keyin u zotning ayollariga uylanaman deb o`ylab yuribdi, kim bu haqda gapirib yuribdi, hammasini yaxshi biladi.)
55
لَّا جُنَاحَ عَلَيْهِنَّ فِىٓ ءَابَآئِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآئِهِنَّ وَلَآ إِخْوَٰنِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآءِ إِخْوَٰنِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآءِ أَخَوَٰتِهِنَّ وَلَا نِسَآئِهِنَّ وَلَا مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُنَّ ​ۗ وَٱتَّقِينَ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدًا‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ularga o`z otalari, o`g`illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o`g`illari, opa-singillarning o`g`illari, o`z ayollari va qo`llari ostida mulk bo`lgan(qul)lari haqida gunoh yo`qdir. (Ey, Payg`ambar ayollari,) Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid Zotdir.[1]

[1] Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxslar onalarimiz bilan parda-hijobsiz muomala qilaverishlari mumkin.)
56
إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ ​ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ صَلُّواْ عَلَيْهِ وَسَلِّمُواْ تَسْلِيمًا‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring.[1]

[1] Arab tilida «salovot» so`zi «salot»ning jami bo`lib, duo ma'nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma'nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo`lganida «duo» ma'nosini yo`qotadi. Alloh taoloning Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga salovot aytishining ma'nosi u zot alayhissalotu vassalomga o`z rahmatini yuborishi, ulug`lashi, maqomlarini ko`rsatishi va farishtalar huzurida sha'nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)
57
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا مُّهِينًا‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda la'natladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qo`ydi.[1]

[1] Allohga ozor berish — Allohga shirk keltirish, unga osiy bo`lish, Uni O`ziga mos bo`lmagan sifatlar bilan sifatlash, dinga, payg`ambarlariga, kitoblariga til tekkizish. Payg`ambar alayhissalotu vassalomga ozor berish, o`sha vaqtda u zotga qarshi chiqish, jismoniy va ma'naviy zarba berish, shaxslariga, oilalari va ummatlariga nisbatan yomonlik qilish, ig`vo, bo`hton qilishdan iboratdir. Hozirda ham xuddi shunday kim u kishining shaxslariga, dinlariga, shariatlariga, oilalariga, kitoblariga, sunnatlariga, ummatlariga til tekkizsa, u zot alayhissalotu vassalomga ozor bergan bo`ladi.)
58
وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ بِغَيْرِ مَا ٱكْتَسَبُواْ فَقَدِ ٱحْتَمَلُواْ بُهْتَٰنًا وَإِثْمًا مُّبِينًا‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Mo`min va mo`minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham, ozor beradiganlar, batahqiq, o`z ustlariga ochiq bo`hton va gunohni olibdilar.
59
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّأَزْوَٰجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَآءِ ٱلْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِن جَلَٰبِيبِهِنَّ ​ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن يُعْرَفْنَ فَلَا يُؤْذَيْنَ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo`minlarning ayollariga ayt: jilboblarini o`zlariga yaqin qilsinlar. Ana o`sha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir.
60
۞لَّئِن لَّمْ يَنتَهِ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَٱلْمُرْجِفُونَ فِى ٱلْمَدِينَةِ لَنُغْرِيَنَّكَ بِهِمْ ثُمَّ لَا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَآ إِلَّا قَلِيلًا‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Qasamki, agar munofiqlar, qalblarida marazi borlar va Madinada mish-mish tarqatuvchilar to`xtamasalar, seni ularga qarshi qo`zg`aturmiz. So`ngra ular u(Madina)da senga ozginadan boshqa qo`shni bo`la olmaslar.
61
مَّلْعُونِينَ ​ۖ أَيْنَمَا ثُقِفُوٓاْ أُخِذُواْ وَقُتِّلُواْ تَقْتِيلًا‮٦١‬‬‬
Sodiq
La'natlangan hollarida, qayerda topilsalar, tutilurlar va o`ldirib tashlanurlar.
62
سُنَّةَ ٱللَّهِ فِى ٱلَّذِينَ خَلَوْاْ مِن قَبْلُ ​ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Ilgari o`tganlar haqida Alloh tutgan yo`l ham shudir. Allohning yo`liga hech badal topa olmassan.[1]

[1] Alloh taolo mo`minlarga ozor beruvchi munofiq, qalbida marazi bor va mish-mish tarqatuvchilarga qattiq chora ko`rgan. Ularga o`xshaganlarga nisbatan Allohning qadimdan tutib kelgan yo`li shudir. Bu yo`lning o`rniga boshqa bir yo`lni topa olmassan.)
63
يَسْـَٔلُكَ ٱلنَّاسُ عَنِ ٱلسَّاعَةِ ​ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ ​ۚ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ تَكُونُ قَرِيبًا‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Odamlar sendan soat (qiyomat) haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir», deb ayt. Nedan bilursan, ehtimol, o`sha soat yaqindir.
64
إِنَّ ٱللَّهَ لَعَنَ ٱلْكَٰفِرِينَ وَأَعَدَّ لَهُمْ سَعِيرًا‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh kofirlarni la'natladi va ularga do`zaxni tayyorlab qo`ydi.
65
خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۖ لَّا يَجِدُونَ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Ular unda abadiy bardavom qolurlar. Na bir do`st va na bir yordamchi topa olmaslar.
66
يَوْمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمْ فِى ٱلنَّارِ يَقُولُونَ يَٰلَيْتَنَآ أَطَعْنَا ٱللَّهَ وَأَطَعْنَا ٱلرَّسُولَاْ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Yuzlari olov ichida aylantirilayotgan kunda ular: «Eh, koshki, Allohga itoat qilsak edi, Rasuliga itoat qilsak edi», derlar.
67
وَقَالُواْ رَبَّنَآ إِنَّآ أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَآءَنَا فَأَضَلُّونَا ٱلسَّبِيلَاْ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Va: «Ey Robbimiz, albatta, biz boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik. Bas, ular bizni yo`ldan ozdirdilar.
68
رَبَّنَآ ءَاتِهِمْ ضِعْفَيْنِ مِنَ ٱلْعَذَابِ وَٱلْعَنْهُمْ لَعْنًا كَبِيرًا‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Ey Robbimiz, sen ularga azobdan ikki hissa bergin va ularni katta la'natlash ila la'natlagin!» dedilar.
69
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ ءَاذَوْاْ مُوسَىٰ فَبَرَّأَهُ ٱللَّهُ مِمَّا قَالُواْ ​ۚ وَكَانَ عِندَ ٱللَّهِ وَجِيهًا‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Musoga ozor berganlar kabi bo`lmanglar. Bas, Alloh uni ular aytgan narsadan pokladi. Va u Allohning nazdida obro`li edi.[1]

[1] Bani isroilliklar Muso alayhissalomga turli ozorlar berganlar. Jumladan, jinsiy masalada ham u zotga ozor bergan edilar. Qorun, bir ayolga pul berib, Muso alayhissalomni borib zino qilishda ayblashga urinishni topshirgan. Sizlar ham Muhammad alayhissalotu vassalomga turli ozorlar bermanglar, xususan, oilaviy tarafdan turli mish-mishlar tarqatish bilan u zot alayhissalotu vassalomni ranjitmanglar. Boshlaringizga Bani Isroilning kuni tushib qolmasin.)
70
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَقُولُواْ قَوْلًا سَدِيدًا‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va to`g`ri so`z so`zlanglar.
71
يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَٰلَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ​ۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا‮٧١‬‬‬
Sodiq
U zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni mag`firat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir.
72
إِنَّا عَرَضْنَا ٱلْأَمَانَةَ عَلَى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱلْجِبَالِ فَأَبَيْنَ أَن يَحْمِلْنَهَا وَأَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا ٱلْإِنسَٰنُ ​ۖ إِنَّهُۥ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog`larga taklif qildik. Bas, ular uni ko`tarishdan bosh tortdilar va undan qo`rqdilar. Uni inson ko`tardi. Darhaqiqat, u o`ta zolim va o`ta johildir.[1]

[1] Bu omonat nima edi, degan savolga ulamolarimiz ushbu oyatdan va boshqa manbalardan kelib chiqib «Shariat takliflari va Allohning farzlari», deb javob beradilar. Darhaqiqat, inson jinsi hamma emas, albatta) o`ta zolimdir. O`ziga yuklatilgan va o`zi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan o`ziga o`zi zulm qiladi. Inson jinsi o`ta johildir, shuning uchun o`zi rozi bo`lib, qabul qilib olgan omonatning ulkanligini bilmasdan, unga xiyonat qiladi.)
73
لِّيُعَذِّبَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَٰتِ وَيَتُوبَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمً​ۢا‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda mo`min va mo`minalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.[1]

[1] Ya'ni, mazkur omonatning insonga taklif qilinishidan maqsad insonlar orasidan munofiq va mushriklarni ajratib olib azoblash va mo`minlarni ajratib olib, ularning tavbasini qabul qilib mukofotlashdir.)