Sura 34

Saba'

4

Saba'

54 oyat |MakkaMakka |
Sura 34 • Oyat 1 / 54 • Juz 223⁄8 • Sahifa 428
Saba'
ﻉ370Sahifa 428370ﻉ
2
1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ‮١‬‬‬
Sodiq
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohga hamd bo`lsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U o`ta hikmatli, o`ta xabardor Zotdir.
2
يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ​ۚ وَهُوَ ٱلرَّحِيمُ ٱلْغَفُورُ‮٢‬‬‬
Sodiq
U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U o`ta rahimli va o`ta mag`firatli Zotdir.
3
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَا تَأْتِينَا ٱلسَّاعَةُ ​ۖ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتَأْتِيَنَّكُمْ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ ​ۖ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَآ أَصْغَرُ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرُ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ مُّبِينٍ‮٣‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yo`q! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham g`oyib bo`lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.
4
لِّيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun. Ana o`shalarga, mag`firat va go`zal rizq bordir.[1]

[1] Qiyomat qoim bo`lishi zaruratdir. Bu dunyoda iymon keltirib, o`sha e'tiqod taqozosi ila jonining rohatidan kechib, kuch-quvvat, zehn-zakovat va pul-mol sarflab yaxshi amallarni qilganlar bor. Ular bu dunyoning o`zida yaxshi ishlari uchun mukofotlarini to`la olmasliklari mumkin. Shuning uchun ham «Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun» qiyomat qoim bo`lishi zaruratdir.)
5
وَٱلَّذِينَ سَعَوْ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi bo`lish uchun harakat qilganlarga esa, ana o`shalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.
6
وَيَرَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ هُوَ ٱلْحَقَّ وَيَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ilm berilganlar senga Robbingdan nozil qilingan narsani ayni haq deb va aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qiladir, deb bilurlar.[1]

[1] Barcha haqiqiy ilm sohiblari senga, ey Payg`ambar, Robbingdan nozil qilingan Qur'on hammaning ustidan g`olib va hamma tomondan maqtalgan Zot — Alloh taoloning yo`liga hidoyat qiladi, deb biladilar.)
7
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ هَلْ نَدُلُّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ يُنَبِّئُكُمْ إِذَا مُزِّقْتُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّكُمْ لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍ‮٧‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chog`ingizda albatta, yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini ko`rsataylikmi?!
8
أَفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَم بِهِۦ جِنَّةُ​ۢ ​ۗ بَلِ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ فِى ٱلْعَذَابِ وَٱلضَّلَٰلِ ٱلْبَعِيدِ‮٨‬‬‬
Sodiq
U, Allohga nisbatan yolg`on to`qidimi yoki jinni bo`lib qoldimi?» – dedilar. Yo`q! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.
9
أَفَلَمْ يَرَوْاْ إِلَىٰ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ إِن نَّشَأْ نَخْسِفْ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ نُسْقِطْ عَلَيْهِمْ كِسَفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ‮٩‬‬‬
Sodiq
Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.[1]

[1] Oxiratdagi qayta tirilishni inkor etayotgan kofirlar, osmonu Yerdagi, oldilariyu ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi? Ularning to`rt tarafida Alloh taolo o`lganlarni qayta tiriltirishga qodir ekaniga, hujjatlar to`lib yotibdi-ku! Agar aqllari ishlamayotgan bo`lsa, ko`zlarini ochib, hushlarini joyiga keltirib qo`yishimiz mumkin.)
ﻉ371Juz 22 4⁄8371ﻉ
10
۞وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ مِنَّا فَضْلًا ​ۖ يَٰجِبَالُ أَوِّبِى مَعَهُۥ وَٱلطَّيْرَ ​ۖ وَأَلَنَّا لَهُ ٱلْحَدِيدَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Dovudga O`zimizdan fazl berdik. «Ey tog`lar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.[1]

[1] Alloh taolo Dovud alayhissalomga temirni xamirdek yumshoq qilib bergan edi. U kishi temirni olovga solib toblamasdan ham, bolg`a bilan urmasdan ham, nimani xohlasalar, qo`llari bilan shuni yasay olar edilar.)
11
أَنِ ٱعْمَلْ سَٰبِغَٰتٍ وَقَدِّرْ فِى ٱلسَّرْدِ ​ۖ وَٱعْمَلُواْ صَٰلِحًا ​ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮١١‬‬‬
Sodiq
Va (unga): «Sovutlar qilgin va bichimini o`lchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchiman, dedik.
12
وَلِسُلَيْمَٰنَ ٱلرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ ​ۖ وَأَسَلْنَا لَهُۥ عَيْنَ ٱلْقِطْرِ ​ۖ وَمِنَ ٱلْجِنِّ مَن يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ​ۖ وَمَن يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yo`l edi. Unga mis bulog`ini oqizib qo`ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.[1]

[1] Sulaymon alayhissalomga berilgan o`sha shamol bir kunduzda ikki oylik yo`lni yurib qo`yar edi. U kishi misdan qiyinchiliksiz xohlagan narsalarini yasaydigan bo`ldilar.)
13
يَعْمَلُونَ لَهُۥ مَا يَشَآءُ مِن مَّحَٰرِيبَ وَتَمَٰثِيلَ وَجِفَانٍ كَٱلْجَوَابِ وَقُدُورٍ رَّاسِيَٰتٍ ​ۚ ٱعْمَلُوٓاْ ءَالَ دَاوُۥدَ شُكْرًا ​ۚ وَقَلِيلٌ مِّنْ عِبَادِىَ ٱلشَّكُورُ‮١٣‬‬‬
Sodiq
U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.
14
فَلَمَّا قَضَيْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَوْتَ مَا دَلَّهُمْ عَلَىٰ مَوْتِهِۦٓ إِلَّا دَآبَّةُ ٱلْأَرْضِ تَأْكُلُ مِنسَأَتَهُۥ ​ۖ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ ٱلْجِنُّ أَن لَّوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ ٱلْغَيْبَ مَا لَبِثُواْ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o`limni hukm etganimizda, ularga uning o`limi haqida asosini yeyayotgan yog`och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g`aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo`lishlari ayon bo`ldi.[1]

[1] Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning jonlarini u kishi jinlarni ishlatib qo`yib, asolariga suyanib turganlarida olgan. Jinlar esa, Sulaymon kuzatib turibdi, deb ishlarida davom etaverganlar. Alloh taoloning irodasi bilan bir yog`och qurti Sulaymon alayhissalom suyanib turgan asoni ma'lum miqdorda yeganidan keyin aso joyidan surilgan va Sulaymon alayhissalomning jussalari yerga yiqilgan. Jinlar shundagina, o`z da'volariga qarshi o`laroq, g`ayb ilmini bilmasliklarini tushunib yetganlar.)
15
لَقَدْ كَانَ لِسَبَإٍ فِى مَسْكَنِهِمْ ءَايَةٌ ​ۖ جَنَّتَانِ عَن يَمِينٍ وَشِمَالٍ ​ۖ كُلُواْ مِن رِّزْقِ رَبِّكُمْ وَٱشْكُرُواْ لَهُۥ ​ۚ بَلْدَةٌ طَيِّبَةٌ وَرَبٌّ غَفُورٌ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, saba'liklar uchun o`z maskanlarida oyat (belgi) — o`ng va chapdan ikki bog` bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne go`zal yurt va o`ta mag`firatli Robbingiz bor», (dedik).[1]

[1] Saba'liklar Yaman janubida yashab o`tgan qavmdir. Bobolari Saba' ibn Yaxshab ibn Qaxoton ismi bilan «Saba' qavmi», «saba'liklar», deb nomlanganlar. Ular juda ham hosildor yerga ega bo`lganlar. Sulaymon alayhissalom bilan qissasi o`tgan malika ham shu yurtdan bo`lgan. Oyatda o`sha qavm haqida xabar berilmoqda.)
16
فَأَعْرَضُواْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ سَيْلَ ٱلْعَرِمِ وَبَدَّلْنَٰهُم بِجَنَّتَيْهِمْ جَنَّتَيْنِ ذَوَاتَىْ أُكُلٍ خَمْطٍ وَأَثْلٍ وَشَىْءٍ مِّن سِدْرٍ قَلِيلٍ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ular yuz o`girdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bog`larini achchiq mevali, yulg`unzor va bir ozgina sidrli ikki «bog`»ga aylantirdik.[1]

[1] «Arim» so`zi, katta toshlarni oqizib keladigan kuchli sel, degan ma'noni bildiradi. «Sidr» butasimon daraxt bo`lib, Arabistonda o`sadi. Biroz mevasi ham bo`ladi.)
17
ذَٰلِكَ جَزَيْنَٰهُم بِمَا كَفَرُواْ ​ۖ وَهَلْ نُجَٰزِىٓ إِلَّا ٱلْكَفُورَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat o`ta noshukrlargagina jazo berurmiz.
18
وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ ٱلْقُرَى ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا قُرًى ظَٰهِرَةً وَقَدَّرْنَا فِيهَا ٱلسَّيْرَ ​ۖ سِيرُواْ فِيهَا لَيَالِىَ وَأَيَّامًا ءَامِنِينَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Biz ular bilan O`zimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni o`lchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).[1]

[1] Alloh taolo saba'liklar bilan o`zi barakotli qilgan Makka, Madina, Quddus kabi shahar-qishloqlar orasidagi yo`llarda qishloqlar bino qilib qo`ygan edi. Saba'dan yo`lga chiqqanlar qiynalmasdan qishloqlar orqali manzillariga bemalol yetib olar edilar.)
19
فَقَالُواْ رَبَّنَا بَٰعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمْ فَجَعَلْنَٰهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَٰهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va o`zlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.
20
وَلَقَدْ صَدَّقَ عَلَيْهِمْ إِبْلِيسُ ظَنَّهُۥ فَٱتَّبَعُوهُ إِلَّا فَرِيقًا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini ro`yobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh mo`minlardan boshqalari unga ergashdilar.
21
وَمَا كَانَ لَهُۥ عَلَيْهِم مِّن سُلْطَٰنٍ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يُؤْمِنُ بِٱلْـَٔاخِرَةِ مِمَّنْ هُوَ مِنْهَا فِى شَكٍّ ​ۗ وَرَبُّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi bo`lmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun bo`ldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.[1]

[1] Iblisda odamlarni o`z yo`liga majbur qilib yuritish uchun imkon ham, hukumronlik ham yo`q. Uning ig`vosi va vasvasasi ham o`z-o`zidan ta'sir qilavermaydi. Alloh taolo faqat oxiratga iymoni borlarni iymoni yo`qlardan ayirish hamda oxiratga shak-shubha bilan qaraydiganlarni alohida ko`rsatish uchun shu yo`lni ishga soldi, xolos. Bo`lmasa, Alloh taolo kimning qandayligini azaldan yaxshi bilar edi.)
22
قُلِ ٱدْعُواْ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ​ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِن شِرْكٍ وَمَا لَهُۥ مِنْهُم مِّن ظَهِيرٍ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohdan o`zga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yo`q. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt.
23
وَلَا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ عِندَهُۥٓ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُۥ ​ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمْ قَالُواْ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ ​ۖ قَالُواْ ٱلْحَقَّ ​ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.[1]

[1] Qiyomat kuni hamma o`zi bilan ovora bo`ladi. Hatto, ulug` payg`ambarlar ham, farishtalar ham biror narsa deyishga tortinib qoladilar. Birovga shafoatchilik borasida og`iz ocha olmaydilar. Shafoat qilishga Alloh taoloning O`zi izn berib, sharoit yaratib bermaguncha qo`rqinch ichida churq etmay turadilar.)
24
۞قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ قُلِ ٱللَّهُ ​ۖ وَإِنَّآ أَوْ إِيَّاكُمْ لَعَلَىٰ هُدًى أَوْ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.
25
قُل لَّا تُسْـَٔلُونَ عَمَّآ أَجْرَمْنَا وَلَا نُسْـَٔلُ عَمَّا تَعْمَلُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizlar biz qilgan jinoyatdan so`ralmassiz, biz esa siz qilgan amaldan so`ralmasmiz», deb ayt.
26
قُلْ يَجْمَعُ بَيْنَنَا رَبُّنَا ثُمَّ يَفْتَحُ بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَهُوَ ٱلْفَتَّاحُ ٱلْعَلِيمُ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, so`ngra haq ila oramizni ochiq qilur. U o`ta ochguvchi va o`ta bilguvchidir», deb ayt.
27
قُلْ أَرُونِىَ ٱلَّذِينَ أَلْحَقْتُم بِهِۦ شُرَكَآءَ ​ۖ كَلَّا ​ۚ بَلْ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga ko`rsating. Yo`q! Faqat Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohgina bordir», deb ayt.
28
وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا كَآفَّةً لِّلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Biz seni barcha odamlarga faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.
29
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.[1]

[1] Kofirlar, ey payg`ambar, ey mo`minlar, agar sizlar bizni qo`rqitib, albatta qiyomat bo`ladi, deb berayotgan va'dangizda rostgo`y bo`lsangiz, ayting-chi, bu va'da qachon ro`yobga chiqadi, deydilar.)
30
قُل لَّكُم مِّيعَادُ يَوْمٍ لَّا تَسْتَـٔۡخِرُونَ عَنْهُ سَاعَةً وَلَا تَسْتَقْدِمُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizga bir kunning va'dasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt.[1]

[1] Sizga va'da qilingan kun qiyomat kunidir. Uning va'dasi bor. U va'da albatta amalga oshadi. Undan siz qochib qutula olmaysiz. Bir onki, uni ortga ham, oldga ham sura bilmaysiz. U ayni berilgan vaqtida bo`ladi.)
31
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن نُّؤْمِنَ بِهَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَلَا بِٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ ​ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ مَوْقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمْ يَرْجِعُ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ ٱلْقَوْلَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُواْ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُواْ لَوْلَآ أَنتُمْ لَكُنَّا مُؤْمِنِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Ushbu Qur'onga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen o`sha zolimlarning Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. O`shanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz bo`lmaganingizda, albatta, biz mo`min bo`lar edik», derlar.[1]

[1] Qur'onga ham, undan oldingi kitoblarga ham hech qachon iymon keltirmaymiz, degan o`sha zolimlarni qiyomat kuni mahshargohda Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida har biri o`zini oqlash uchun bir-biriga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. Ajoyib bir holatni, ya'ni bu dunyodagi mutakabbirlik, manmanlik va tug`yondan asar ham qolmaganini ko`rar eding. Ular ikkiga bo`linib olib, bir-birlariga ayb ag`darishlarini ko`rar eding. Ayb sizlarda, sizlarning gapingizga kirib, biz ham kofir bo`ldik, mana, oqibat nima bo`ldi?! deydilar.)
32
قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُواْ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوٓاْ أَنَحْنُ صَدَدْنَٰكُمْ عَنِ ٱلْهُدَىٰ بَعْدَ إِذْ جَآءَكُم ​ۖ بَلْ كُنتُم مُّجْرِمِينَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan to`sdikmi?! Yo`q! O`zingiz jinoyatchi bo`ldingiz», derlar.
33
وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُواْ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُواْ بَلْ مَكْرُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ إِذْ تَأْمُرُونَنَآ أَن نَّكْفُرَ بِٱللَّهِ وَنَجْعَلَ لَهُۥٓ أَندَادًا ​ۚ وَأَسَرُّواْ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُاْ ٱلْعَذَابَ وَجَعَلْنَا ٱلْأَغْلَٰلَ فِىٓ أَعْنَاقِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yo`q! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (to`sdi). O`shanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qo`shishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni ko`rgan chog`larida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.
34
وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar.[1]

[1] Oyati karimada biz «maishatbozlar» deb tarjima qilgan toifa maishatga berilib, barcha nozu-ne'matlarga ega bo`lib olib hukmini o`tkazgan, kishilarni yomonlikka boshlagan, xalqning yelkasiga minib olgan shaxslardir. Muhammad alayhissalotu vassalom payg`ambar bo`lib kelganlarida ham xuddi shunday holat sodir bo`ldi. Ahli Makkaning maishatboz kattalari u zot alayhissalotu vassalomga yuborilgan dinga kufr keltirganlarini e'lon qildilar. Oddiy xalqni ham u zot alayhissalotu vassalomga ergashishdan qaytardilar. Bu ish barcha zamon va makonda bo`lib kelgan takrorlansa, ajablanishi kerak emas.)
35
وَقَالُواْ نَحْنُ أَكْثَرُ أَمْوَٰلًا وَأَوْلَٰدًا وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz ko`proq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.
36
قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.
37
وَمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُم بِٱلَّتِى تُقَرِّبُكُمْ عِندَنَا زُلْفَىٰٓ إِلَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ جَزَآءُ ٱلضِّعْفِ بِمَا عَمِلُواْ وَهُمْ فِى ٱلْغُرُفَٰتِ ءَامِنُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.[1]

[1] Ha, insonning ikki dunyodagi qadr-qiymati faqatgina iymoni va yaxshi amaliga qarab belgilanadi. Molu dunyo va bola-chaqa ham iymonli va solih amalli kishilargagina foyda berishi mumkin. Chunki iymonli odam molu dunyoni Alloh rozi bo`ladigan ishlarga sarflaydi.)
38
وَٱلَّذِينَ يَسْعَوْنَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُوْلَٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana o`shalar azob ichiga hozir qilinganlardir.[1]

[1] Kimki, Alloh taoloning dini ta'sirini to`sishga uringan bo`lsa, garchi molu dunyosi va bola-chaqasi ko`p bo`lsa ham, azobga duchor qilinadilar.)
39
قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥ ​ۚ وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن شَىْءٍ فَهُوَ يُخْلِفُهُۥ ​ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir».[1]

[1] Alloh taolo xohlagan bandasining rizqini keng va xohlagan bandasining rizqini tor qilib qo`yadi. Alloh taolo ato etgan rizqdan banda Alloh yo`lida infoq qilsa, shundan foyda ko`radi.)
40
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ يَقُولُ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ أَهَٰٓؤُلَآءِ إِيَّاكُمْ كَانُواْ يَعْبُدُونَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Ularning barchalarini jamlaydigan, so`ngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda...
41
قَالُواْ سُبْحَٰنَكَ أَنتَ وَلِيُّنَا مِن دُونِهِم ​ۖ بَلْ كَانُواْ يَعْبُدُونَ ٱلْجِنَّ ​ۖ أَكْثَرُهُم بِهِم مُّؤْمِنُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yo`q! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ko`plari o`shalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.[1]

[1] Arablar ichida jinlarga ibodat qiladiganlar ko`p edi. Shuning uchun ham suraning avvalida Sulaymon alayhissalomning jinlarga munosabati keltirildi.)
42
فَٱلْيَوْمَ لَا يَمْلِكُ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ نَّفْعًا وَلَا ضَرًّا وَنَقُولُ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «O`zingiz yolg`onga chiqarib yurgan olovning azobini tatib ko`ring», dermiz.
43
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍ قَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّا رَجُلٌ يُرِيدُ أَن يَصُدَّكُمْ عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُكُمْ وَقَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ مُّفْتَرًى ​ۚ وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu, sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan to`smoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu, to`qilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar o`zlariga haq kelgan chog`da: «Bu, ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
44
وَمَآ ءَاتَيْنَٰهُم مِّن كُتُبٍ يَدْرُسُونَهَا ​ۖ وَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ قَبْلَكَ مِن نَّذِيرٍ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Holbuki, Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.
45
وَكَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَمَا بَلَغُواْ مِعْشَارَ مَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ فَكَذَّبُواْ رُسُلِى ​ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ulardan ilgari o`tganlar ham (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning o`ndan biriga ham yetganlari yo`q. Bas, Payg`ambarlarimni yolg`onchi qildilar, ammo inkorim qandoq bo`ldi?!
ﻉ375Juz 22 6⁄8375ﻉ
46
۞قُلْ إِنَّمَآ أَعِظُكُم بِوَٰحِدَةٍ ​ۖ أَن تَقُومُواْ لِلَّهِ مَثْنَىٰ وَفُرَٰدَىٰ ثُمَّ تَتَفَكَّرُواْ ​ۚ مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍ ​ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ لَّكُم بَيْنَ يَدَىْ عَذَابٍ شَدِيدٍ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va to`p-to`p turib bir fikr yuritib ko`ringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yo`q. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.[1]

[1] Xohlasangiz, birov xalaqit bermasligi uchun yakka-yakka turib fikr yuriting. Xohlasangiz, jamlanib, bir-biringizni to`g`rilab, ko`plashib fikr yuriting. Fikrlang, o`ylab ko`ring-a! Sohibingiz, birodaringiz va o`zingiz yaxshi tanigan shaxs bo`lmish Muhammad alayhissalotu vassalomda jinga oid hech narsa yo`q. U jinni ham emas, jinlar bilan aloqador ham emas. Uni yaxshi tanir edingiz. U esli-hushli, aqlli, tafakkurli, vazmin va obro`yli bir odamligini yaxshi bilasiz. U aytayotgan gaplar ham jinlarning so`zi emas, ochiq-oydin, baquvvat va hikmatli. U sizlar aytayotgandek, jinni ham, shoir ham, sehrgar ham emas.)
47
قُلْ مَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ فَهُوَ لَكُمْ ​ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ​ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq so`ramadim. Bas, u sizga bo`lsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga O`zi shohiddir», deb ayt.
48
قُلْ إِنَّ رَبِّى يَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, Robbim haqni otur. U zot g`ayblarni o`ta bilguvchidir», deb ayt.[1]

[1] Qur'on Robbim otgan eng kuchli haqdir. Haqqa qarshi chiqib nima qilasizlar?)
49
قُلْ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَمَا يُبْدِئُ ٱلْبَٰطِلُ وَمَا يُعِيدُ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Haq keldi! Botil boshlay olmas va qaytara ham olmas», deb ayt.
50
قُلْ إِن ضَلَلْتُ فَإِنَّمَآ أَضِلُّ عَلَىٰ نَفْسِى ​ۖ وَإِنِ ٱهْتَدَيْتُ فَبِمَا يُوحِىٓ إِلَىَّ رَبِّىٓ ​ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ قَرِيبٌ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar men zalolatga ketgan bo`lsam, o`z zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.
51
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ فَزِعُواْ فَلَا فَوْتَ وَأُخِذُواْ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yo`q va yaqin makondan tutilishlarini bir ko`rsang edi?[1]

[1] Qochib qayoqqa ham borar edilar. Mahsharda, Robbul Olamiyn huzurida xoru zor bo`lib turibdilar. Kuchli, shiddatli, qo`pol va ularga nisbatan shafqatsiz farishtalar sergaklik bilan ularni kuzatib turishibdi. Kim qimir etsa, holi xarob bo`ladi.)
52
وَقَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِهِۦ وَأَنَّىٰ لَهُمُ ٱلتَّنَاوُشُ مِن مَّكَانٍ بَعِيدٍ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qo`llari qandoq yetsin?!
53
وَقَدْ كَفَرُواْ بِهِۦ مِن قَبْلُ ​ۖ وَيَقْذِفُونَ بِٱلْغَيْبِ مِن مَّكَانٍ بَعِيدٍ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Holbuki, unga oldin kufr keltirgan edilar. Foyibga uzoq joydan tosh otar edilar.
54
وَحِيلَ بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ مَا يَشْتَهُونَ كَمَا فُعِلَ بِأَشْيَاعِهِم مِّن قَبْلُ ​ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ فِى شَكٍّ مُّرِيبٍ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Va ular bilan o`zlari ishtaha qilgan narsaning orasi to`sildi. Xuddi oldin o`tgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.[1]

[1] Ular iymonga kelib, jannatga kirishni istab qoldilar. Ammo bunga imkon berilmadi. Ulardan oldin o`tgan kofir va mushriklarga ham ayni shu muomalada bo`lingan edi.)