Sura 35
Fotir
6
Yaratuvchi
45 oyat |
Makka |
Sura 35 • Oyat 1 / 45 • Juz 226⁄8 • Sahifa 434
Fotir
2
1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ جَاعِلِ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلًا أُوْلِىٓ أَجْنِحَةٍ مَّثْنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَ ۚ يَزِيدُ فِى ٱلْخَلْقِ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ١
Sodiq
Hamdu sano osmonlaru yerni yo`qdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, to`rt qanotli elchilar qilgan Allohga bo`lsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.[1]
[1] Farishtalar Alloh yaratgan o`ziga xos zotlardir. Bu oyatda ular ikki, uch, to`rt qanotli bo`lishlari haqida gap ketmoqda.)
2
مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٢
Sodiq
Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo`lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo`yib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.[1]
[1] Alloh bergan ne'matini birov man qila olmaydi. Shuning uchun xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, ko`rsatgan yo`ldan yurish lozim.)
3
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱذْكُرُواْ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ هَلْ مِنْ خَٰلِقٍ غَيْرُ ٱللَّهِ يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ٣
Sodiq
Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon ketmoqdasiz?!
4
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ٤
Sodiq
Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.
5
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ٥
Sodiq
Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.[1]
[1] Shayton odamlarni o`ta g`ururga ketkazadi va aldaydi. Ya'ni, hech narsaga parvo qilma, Allohning O`zi kechirguvchi, deb odamlarni gunoh ishlarga chorlaydi. Alloh taoloning avf etishi va mag`firat qilishini suiste'mol etib, Alloh O`zi kechirar, deb har xil gunohlarga qo`l uraverish naqadar yomon shaytoniy ish ekanini esdan chiqarmaslik zarur.)
6
إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّا ۚ إِنَّمَا يَدْعُواْ حِزْبَهُۥ لِيَكُونُواْ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ٦
Sodiq
Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o`z guruhini faqat o`ta qizigan do`zaxga ega bo`lishlariga chaqirur.[1]
[1] Shaytonning insonga dushmanlik qilishiga ajablanmasa ham bo`ladi. Lekin ajablanarlisi shuki, inson shaytonni o`ziga do`st tutib yuradi. Shayton o`zining eng katta dushmani ekanini ko`ra bila turib, uning aytganini qiladi. Uning ig`vosiga uchadi, yolg`oniga aldanadi.)
7
ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ٧
Sodiq
Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga mag`firat va ulkan ajr bordir.
8
أَفَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ فَرَءَاهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَٰتٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِمَا يَصْنَعُونَ٨
Sodiq
Axir, qilgan yomon amali o`ziga ziynatlab ko`rsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.[1]
[1] Shaytonning malayiga aylangan odamga o`zining har bir yomon ishi ziynatli ko`rinadi. U o`zidan o`zi ajablanib, qilgan ishi o`ziga zo`r ko`ringan sari haddan oshib boraveradi.)
9
وَٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَسُقْنَٰهُ إِلَىٰ بَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَحْيَيْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلنُّشُورُ٩
Sodiq
Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qo`zg`atadi. Biz uni o`lik yurt tomon haydab, u bilan yerni o`lib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga o`xshashdir.
10
مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيْهِ يَصْعَدُ ٱلْكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلْعَمَلُ ٱلصَّٰلِحُ يَرْفَعُهُۥ ۚ وَٱلَّذِينَ يَمْكُرُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَمَكْرُ أُوْلَٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ١٠
Sodiq
Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal ko`tarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana o`shalarning makri botil bo`lur.[1]
[1] Xush kalom — kalimai shahodat, «alhamdulilloh», «subhanallohi», «Allohu Akbar» va zikr, duo, tilovat hamda barcha yaxshi gap-so`zlardir. Ana o`sha xush kalomgina Alloh taoloning huzuriga ko`tariladi.)
11
وَٱللَّهُ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ جَعَلَكُمْ أَزْوَٰجًا ۚ وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَمَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرٍ وَلَا يُنقَصُ مِنْ عُمُرِهِۦٓ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ١١
Sodiq
Alloh sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo`ydi. Qaysi bir urg`ochi nimaga homilador bo`lsa, nimani tug`sa, faqat Uning ilmi bilan bo`lur. Har bir umr ko`rguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir.[1]
[1] Jon, hayot deb nomlangan bu narsaning asli qanday, mohiyati nima, bilib bo`lmaydi. Buni faqat Alloh taoloning O`zi biladi. Ushbu haqiqatni insof bilan taammul qilgan har bir inson Allohga iymon keltirishi kerak.)
12
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْبَحْرَانِ هَٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ سَآئِغٌ شَرَابُهُۥ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ ۖ وَمِن كُلٍّ تَأْكُلُونَ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا ۖ وَتَرَى ٱلْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ١٢
Sodiq
Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo`la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho`r, taxirdir. Siz har biridan toza go`sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko`rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]
[1] Allohning qudratini suv olamida ham yaqqol ko`rsa bo`ladi. Daryo-dengizlarda Allohning qudratiga dalolat qiluvchi ko`plab oyat-belgilar bo`lishi turgan gap. Albatta, dengiz va daryolar, ulardagi toza go`sht, taqinchoq va boshqa ne'matlar, ular uzra kema bilan suzib tijorat va boshqa maqsadlar yo`lida foydalanish inson uchun Allohning ulug` ne'mati bo`lib, ularga shukr qilish lozim. Iymonsiz esa, noshukr bo`ladi.)
13
يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۚ وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمْلِكُونَ مِن قِطْمِيرٍ١٣
Sodiq
U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar.[1]
[1] Arablarda hech narsaga arzimas va qadrsiz narsani xurmo danagi ustidagi o`ta yupqa po`stloqqa o`xshatish odati bor. Qur'oni Karim ham oyatlarni ilk qabul qilib olayotgan shu xalqning zehniga oson o`rnashtirish uchun mazkur o`xshatishdan foydalanib, mushriklar o`zlaricha ibodat etib yurgan soxta xudolari o`sha haqir po`stloqcha narsaga ham molik emasliklarini ta'kidlamoqda. Ular hech narsaga ega emaslar, ularning hukmi hech joyda o`tmaydi, deyilmoqda.)
14
إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُواْ دُعَآءَكُمْ وَلَوْ سَمِعُواْ مَا ٱسْتَجَابُواْ لَكُمْ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ ۚ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍ١٤
Sodiq
Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O`ta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.
15
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ أَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ١٥
Sodiq
Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.
16
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ١٦
Sodiq
Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.
17
وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍ١٧
Sodiq
Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.
18
وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَىٰ حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَىْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰٓ ۗ إِنَّمَا تُنذِرُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَمَن تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفْسِهِۦ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ١٨
Sodiq
O`zi yukli jon o`zga jonning yukini ko`tara olmas. Yuki og`ir jon o`z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko`tarilmas. Garchi qarindosh bo`lsa ham. Sen faqat g`aybdagi Robbilaridan qo`rqadigan va namozni to`kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o`zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.[1]
[1] Qiyomat kunida gunohi ko`p jon uni yengillatish maqsadida eng yaqin qarindoshini yordamga chaqirsa ham, uning gunohidan biror narsa ko`tarilmaydi. Chunki yaqin qarindoshning o`zi yukini ko`tara olmay xunob bo`layotgan bo`ladi. Kofir ham, mo`min ham faqat Allohga qaytadi. Boshqaga emas. Ana o`shanda Alloh taolo o`zi bilib hisob-kitob qiladi. Kofir va osiy jazosini, mo`min-musulmon mukofotini oladi.)
19
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ١٩
Sodiq
Ko`r bilan ko`zi ochiq teng bo`lmas.
20
وَلَا ٱلظُّلُمَٰتُ وَلَا ٱلنُّورُ٢٠
Sodiq
Zulumotlar bilan nur ham.
21
وَلَا ٱلظِّلُّ وَلَا ٱلْحَرُورُ٢١
Sodiq
Soya bilan jazirama ham.
22
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَحْيَآءُ وَلَا ٱلْأَمْوَٰتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُسْمِعُ مَن يَشَآءُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُسْمِعٍ مَّن فِى ٱلْقُبُورِ٢٢
Sodiq
Tiriklar bilan o`liklar teng bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan.[1]
[1] Iymon hayotdir. Kufr o`limdir. Mo`minlar tiriklardir, kofirlar o`liklardir. Tiriklar bilan o`liklar teng bo`lmaganidek, mo`minlar bilan kofirlar ham teng bo`lmaydilar.)
23
إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ٢٣
Sodiq
Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.
24
إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ٢٤
Sodiq
Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bo`lsa, unda ogohlantirguvchi bo`lgan.[1]
[1] Ey Payg`ambar, albatta, Biz seni haq din va haq kitob ila mo`minlarga xushxabarchi, kofirlarga ogohlantiruvchi — qo`rqituvchi qilib yubordik. Sening payg`ambar bo`lishing ajablanarli ish emas, yangilik ham emas.)
25
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَبِٱلزُّبُرِ وَبِٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُنِيرِ٢٥
Sodiq
Agar seni yolg`onchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin o`tganlar ham yolg`onchi qilganlar. Holbuki, Payg`ambarlari ularga ravshan mo`'jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.[1]
[1] Seni ham, o`tgan payg`ambarlarni ham inkor etishga kofirlarning haqlari yo`q edi. O`sha payg`ambarlar o`zlarining haq payg`ambar ekanliklari tasdig`i sifatida Alloh tomonidan ravshan, ochiq-oydin mo`'jizalar ko`rsatgan edilar. Ba'zilari ilohiy kitob darajasiga yetmagan sahifalar, ba'zilari nurli kitob keltirgan edi.)
26
ثُمَّ أَخَذْتُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ٢٦
Sodiq
So`ngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!
27
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ ثَمَرَٰتٍ مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهَا ۚ وَمِنَ ٱلْجِبَالِ جُدَدُۢ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ٢٧
Sodiq
Allohning osmondan suv tushirganini ko`rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog`lardan ham yo`l-yo`l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.
28
وَمِنَ ٱلنَّاسِ وَٱلدَّوَآبِّ وَٱلْأَنْعَٰمِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخْشَى ٱللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ ٱلْعُلَمَٰٓؤُاْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ٢٨
Sodiq
Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo`rqarlar. Albatta, Alloh aziyz va o`ta mag`firatli Zotdir.[1]
[1] Alloh taoloning qudratini his etib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qo`rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma'lumotlarini to`liq o`rganib, ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo`rqmagan odam o`ta johil hisoblanadi.)
29
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَٰرَةً لَّن تَبُورَ٢٩
Sodiq
Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni to`kis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo`lurlar.
30
لِيُوَفِّيَهُمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ غَفُورٌ شَكُورٌ٣٠
Sodiq
Chunki, U zot ularga ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir.
31
وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ هُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِعِبَادِهِۦ لَخَبِيرُۢ بَصِيرٌ٣١
Sodiq
Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, o`zidan oldingi narsani tasdiqlovchi bo`lgandir. Albatta, Alloh O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`rguvchidir.
32
ثُمَّ أَوْرَثْنَا ٱلْكِتَٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا ۖ فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ وَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقُۢ بِٱلْخَيْرَٰتِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ٣٢
Sodiq
So`ngra bu kitobni O`z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o`ziga o`zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o`rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o`zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir.[1]
[1] Alloh taolo O`zining boqiy mo`'jizasi bo`lmish haq kitobi — Qur'oni Karimni Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatiga meros qilib berdi. Bu inoyatda shon-sharaf ham, juda ulkan mas'uliyat ham bor. Ular o`sha shon-sharafga nomunosib va zimmasidagi mas'uliyatni anglab yetmagan osiylardir. Bu toifadagi odamlarning yomonliklari yaxshiliklaridan ko`p bo`lgan, ular o`zlariga ishonib topshirilgan haq kitobga munosib bo`la olmay o`zlariga o`zlari zulm qilganlardir. Ulamolarimiz «o`rtachalar» — farz va vojib amallarni ado etadigan, haromlardan uzoq bo`lgan, ba'zi mustahablarni tark etib, ba'zi makruhlarni qilgan kishilardir, deydilar. Ular barcha farz, vojib va sunnat amallarni to`liq ado etadilar. Barcha harom, shubhali va makruh amallardan uzoqda bo`ladilar. Buning ustiga nomiga yaxshilik bo`lsa, hammadan o`zib yetib boradilar.)
33
جَنَّٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ٣٣
Sodiq
Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.
34
وَقَالُواْ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَذْهَبَ عَنَّا ٱلْحَزَنَ ۖ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌ شَكُورٌ٣٤
Sodiq
Ular: «Bizdan g`am-qayg`uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo`lsin. Albatta, Robbimiz o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir», – derlar.
35
ٱلَّذِىٓ أَحَلَّنَا دَارَ ٱلْمُقَامَةِ مِن فَضْلِهِۦ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبٌ وَلَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبٌ٣٥
Sodiq
U zot bizlarni O`z fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horg`inlik ham yetmas.
36
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقْضَىٰ عَلَيْهِمْ فَيَمُوتُواْ وَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُم مِّنْ عَذَابِهَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى كُلَّ كَفُورٍ٣٦
Sodiq
Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, o`lsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.
37
وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَٰلِحًا غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَجَآءَكُمُ ٱلنَّذِيرُ ۖ فَذُوقُواْ فَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ٣٧
Sodiq
Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur).[1]
[1] Jahannamda shiddatli azoblarga duchor bo`lgan kofirlar chiday olmay Robbul Olamiynga yolborishga o`tadilar.)
38
إِنَّ ٱللَّهَ عَٰلِمُ غَيْبِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ٣٨
Sodiq
Albatta, Alloh osmonlaru yerning g`aybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham o`ta bilguvchidir.[1]
[1] Shuning uchun ham kofirlarni yuqorida aytilganidek jazolashni lozim ko`rgandir.)
39
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًا ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًا٣٩
Sodiq
U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo`ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o`ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.[1]
[1] Dunyo paydo bo`lganidan buyon hozirga qadar hech kimga kufr foyda bermagan, aksincha, doimo zarar keltirgan va keltirmoqda.)
40
قُلْ أَرَءَيْتُمْ شُرَكَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُواْ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَمْ ءَاتَيْنَٰهُمْ كِتَٰبًا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍ مِّنْهُ ۚ بَلْ إِن يَعِدُ ٱلظَّٰلِمُونَ بَعْضُهُم بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا٤٠
Sodiq
Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga ko`rsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bo`lganlarmi?! Yo`q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar.
41
۞إِنَّ ٱللَّهَ يُمْسِكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ أَن تَزُولَا ۚ وَلَئِن زَالَتَآ إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍ مِّنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا٤١
Sodiq
Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan bo`lsalar, Undan o`zga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U o`ta haliym va o`ta mag`firatli bo`lgan Zotdir.
42
وَأَقْسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِن جَآءَهُمْ نَذِيرٌ لَّيَكُونُنَّ أَهْدَىٰ مِنْ إِحْدَى ٱلْأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُمْ نَذِيرٌ مَّا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا٤٢
Sodiq
Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.[1]
[1] Arab mushriklari o`z yurtlarida, xususan, Madinada yahudiylar bilan yonma-yon yashar edilar. Ularning tarixlari va qissalarini eshitgan edilar. Shuningdek, nasorolar ahvolidan ham bir oz bo`lsa-da, xabardor edilar. Bu ikki qavmning o`zlariga ogohlantiruvchi-payg`ambarlar kelganidan keyin ham yo`ldan ozib ketganlari arablarni ajablantirar edi. Ular o`zlaricha, agar bizga ogohlantiruvchi-payg`ambar kelsa, anavilarga o`xshab yurmaymiz, o`sha payg`ambar keltirgan ta'limotlarga amal etib, eng hidoyatli ummat bo`lamiz, deb qasam ichar edilar. Oyatda arab mushriklarining o`sha qasamlari eslatilib, so`ngra nimalar bo`lgani fosh etilmoqda.)
43
ٱسْتِكْبَارًا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَكْرَ ٱلسَّيِّئِ ۚ وَلَا يَحِيقُ ٱلْمَكْرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِۦ ۚ فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ ٱلْأَوَّلِينَ ۚ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَحْوِيلًا٤٣
Sodiq
Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan.[1]
[1] O`zlaridan avval o`tganlarga qanday muomala qilish odatga aylangan bo`lsa, bularga ham shu qonun joriy qilindi. Ular xuddi ana shu narsani kutmoqdalar, xolos. O`shalarga o`xshab Allohning g`azabiga uchrab halokatga yo`liqishni kutmoqdalar, xolos. Chunki ilgari o`tganlardan qolgan sunnat — qonun shudir.)
44
أَوَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَكَانُوٓاْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعْجِزَهُۥ مِن شَىْءٍ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَلِيمًا قَدِيرًا٤٤
Sodiq
Axir, ular yer yuzida yurib o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot o`ta ilmli va o`ta qodirdir.
45
وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِمَا كَسَبُواْ مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِۦ بَصِيرًۢا٤٥
Sodiq
Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo`lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo`yib qo`yur. O`sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko`rib turguvchi Zotdir.