Sura 36

Yosin

8

Yosin

83 oyat |MakkaMakka |
Sura 36 • Oyat 1 / 83 • Juz 228⁄8 • Sahifa 440
Yosin
2
1
يسٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Yaasiyn.
Tanlangan oyatlar va suralar
Yosin surasi: matn, tarjimalar va tafsir
2
وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْحَكِيمِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Qur'oni Hakim ila qasam.
3
إِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, sen Payg`ambarlardandirsan.
4
عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٤‬‬‬
Sodiq
Sirotul mustaqiymdasan.
5
تَنزِيلَ ٱلْعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ‮٥‬‬‬
Sodiq
Bu Aziyzu Rohiymning nozil qilganidir.
6
لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّآ أُنذِرَ ءَابَآؤُهُمْ فَهُمْ غَٰفِلُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ota-bobolari ogohlantirilmagan, o`zlari ham g`ofil bo`lgan qavmlarni ogohlantirishing uchun.
7
لَقَدْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ عَلَىٰٓ أَكْثَرِهِمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ularning ko`plariga (azob) so`zi haq bo`ldi. Bas, ular iymon keltirmaslar.
8
إِنَّا جَعَلْنَا فِىٓ أَعْنَٰقِهِمْ أَغْلَٰلًا فَهِىَ إِلَى ٱلْأَذْقَانِ فَهُم مُّقْمَحُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Biz ularning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular ko`zlari yumuq, osmonga qarab g`o`dayib qoldilar.[1]

[1] G`ofilliklari sababli azob so`zi haq bo`lgan kofirlarning holi ham xuddi shunday, ularning iymonga kelishiga umid yo`q.)
9
وَجَعَلْنَا مِن​ۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَأَغْشَيْنَٰهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Va Biz ularning oldidan ham to`siq qildik, orqalaridan ham to`siq qildik, ko`zlariga parda tortdik. Bas, ular ko`rmaslar.[1]

[1] Bo`yniga qo`lini qo`shib, kishanlangan, ko`zi yumuq holda osmonga qaratib, g`o`daytirib qo`yilgan odamning biror narsani ko`rmasligi uchun oldidan ham, ortidan ham to`siq qo`yilgan. Kamiga, yana ko`ziga ham parda qo`yilgan. Shunday holatdagi odamning biror narsani ko`ra olishiga umid bo`lmaganidek, haligi kofirlarning ham iymonga kelishidan umid yo`q.)
10
وَسَوَآءٌ عَلَيْهِمْ ءَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va ularga bari birdir — qo`rqitsang ham va yoki qo`rqitmasang ham — iymonga kelmaslar.
11
إِنَّمَا تُنذِرُ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلذِّكْرَ وَخَشِىَ ٱلرَّحْمَٰنَ بِٱلْغَيْبِ ​ۖ فَبَشِّرْهُ بِمَغْفِرَةٍ وَأَجْرٍ كَرِيمٍ‮١١‬‬‬
Sodiq
Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan g`oyibona qo`rqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga mag`firat va go`zal ajrning xushxabarini ber.
12
إِنَّا نَحْنُ نُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُواْ وَءَاثَٰرَهُمْ ​ۚ وَكُلَّ شَىْءٍ أَحْصَيْنَٰهُ فِىٓ إِمَامٍ مُّبِينٍ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz.[1]

[1] Alloh taolo o`lganlar, tirilishlari va qilgan amallari uchun javob berishlarini, xabar bermoqda.)
ﻉ382Sahifa 441382ﻉ
13
وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا أَصْحَٰبَ ٱلْقَرْيَةِ إِذْ جَآءَهَا ٱلْمُرْسَلُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Sen ularga Payg`ambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir.[1]

[1] Bu shahar qaysi shahar ekani, qaysi payg`ambarlar kelgani haqida Qur'oni Karimda va sahih hadislarda ochiq-oydin ma'lumotlar yo`q. Demak, bu oyatni shu holicha qabul qilgan ma'qul.)
14
إِذْ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوٓاْ إِنَّآ إِلَيْكُم مُّرْسَلُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
O`shanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolg`onchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qo`lladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.
15
قَالُواْ مَآ أَنتُمْ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَمَآ أَنزَلَ ٱلرَّحْمَٰنُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَكْذِبُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Siz bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yo`q. Sizlar faqat yolg`on so`zlamoqdasiz, xolos», dedilar.
16
قَالُواْ رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّآ إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.
17
وَمَا عَلَيْنَآ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q.
18
قَالُوٓاْ إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ ​ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهُواْ لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Biz sizlardan badgumon bo`ldik. Agar to`xtamasangiz, sizni albatta toshbo`ron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.
19
قَالُواْ طَٰٓئِرُكُم مَّعَكُمْ ​ۚ أَئِن ذُكِّرْتُم ​ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ مُّسْرِفُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Badgumonligingiz o`zingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yo`q! Siz o`zingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.
20
وَجَآءَ مِنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ رَجُلٌ يَسْعَىٰ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱتَّبِعُواْ ٱلْمُرْسَلِينَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Payg`ambarlarga ergashing!
21
ٱتَّبِعُواْ مَن لَّا يَسْـَٔلُكُمْ أَجْرًا وَهُم مُّهْتَدُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Sizdan ajr-haq so`ramaydigan, o`zlari hidoyatda bo`lgan shaxslarga ergashing![1]

[1] Bu payg`ambarlar da'vatlari uchun sizdan ajr-haq so`ramaydilar. Shuning o`zi ham ularning haqligiga dalildir. Agar da'vat tufayli biror narsaga erishmoq niyatlari bo`lganida, sizdan, albatta, ajr-haq so`rar edilar.)
22
وَمَا لِىَ لَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِى فَطَرَنِى وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Menga nima bo`libdiki, o`zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.
23
ءَأَتَّخِذُ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً إِن يُرِدْنِ ٱلرَّحْمَٰنُ بِضُرٍّ لَّا تُغْنِ عَنِّى شَفَٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا وَلَا يُنقِذُونِ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Men Uni qo`yib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.
24
إِنِّىٓ إِذًا لَّفِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda bo`lurman.
25
إِنِّىٓ ءَامَنتُ بِرَبِّكُمْ فَٱسْمَعُونِ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi.[1]

[1] Eshitib, bilib qo`ying, men sizning va o`zimning Robbim bo`lmish Allohga iymon keltirdim!)
26
قِيلَ ٱدْخُلِ ٱلْجَنَّةَ ​ۖ قَالَ يَٰلَيْتَ قَوْمِى يَعْلَمُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
«Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi.
27
بِمَا غَفَرَ لِى رَبِّى وَجَعَلَنِى مِنَ ٱلْمُكْرَمِينَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Robbim meni mag`firat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi.[1]

[1] Iymoni va ixlosi tufayli Alloh taolo o`z fazli va karami ila u bandani jannatga hukm qildi. U banda jannatga kirib, nozu ne'matlarni va izzat-ikromni ko`rishi bilan qavmini esladi. «Koshki qavmim bilsalar edi. Robbim meni mag`firat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi».)
28
۞ وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَىٰ قَوْمِهِۦ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ مِن جُندٍ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا كُنَّا مُنزِلِينَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Biz uning qavmiga undan keyin osmondan biror qo`shin tushirmadik va tushiruvchi emas ham edik.
29
إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً فَإِذَا هُمْ خَٰمِدُونَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bo`lmadi. Birdan ular so`nib qoldilar.
30
يَٰحَسْرَةً عَلَى ٱلْعِبَادِ ​ۚ مَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bandalarga hasratlar bo`lsin! Har qachon ularga Payg`ambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar.
31
أَلَمْ يَرَوْاْ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ أَنَّهُمْ إِلَيْهِمْ لَا يَرْجِعُونَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Axir, ular o`zlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, o`shalar ularga qaytmasliklarini ko`rmaydilarmi?!
32
وَإِن كُلٌّ لَّمَّا جَمِيعٌ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, barchalari to`plangan hollarida huzurimizga hozir qilingaylar.
33
وَءَايَةٌ لَّهُمُ ٱلْأَرْضُ ٱلْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَٰهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ular uchun o`lik yer oyat-(belgi)dir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar.
34
وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّٰتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَٰبٍ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنَ ٱلْعُيُونِ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Va unda xurmo va uzum bog`lari yaratdik hamda ichidan buloqlarni chiqardik.
35
لِيَأْكُلُواْ مِن ثَمَرِهِۦ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ ​ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Uning mevalaridan va o`z qo`llari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?!
36
سُبْحَٰنَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا مِمَّا تُن​ۢبِتُ ٱلْأَرْضُ وَمِنْ أَنفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Yer o`stiradigan narsalardan, ularning o`zlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan Zot pok bo`ldi.[1]

[1] O`simlik dunyosidan sanaluvchi barcha mavjudotlar juft qilib yaratilgani ilmga yaqinda ma'lum bo`ldi. Hozirgi zamon ilmining bu kashfiyoti Qur'oni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanini yana bir bor tasdiqladi.)
37
وَءَايَةٌ لَّهُمُ ٱلَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ ٱلنَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظْلِمُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Ular uchun kechasi ham oyat (belgi)dir. Biz uni kunduzdan shilib olurmiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir.[1]

[1] Kechaning kirish terini shilib olishga o`xshatilmoqda. Teri asta-asta shilib olinganidek, kunduz ham undan ajratib olinadi.)
38
وَٱلشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَّهَا ​ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Quyosh o`z istiqrori uchun jarayon etar. Bu aziyzu o`ta bilguvchi Zotning taqdir qilganidir.[1]

[1] Oyatda quyoshning o`z istiqrori uchun ajratilgan makonda va zamonda jarayon etishi — harakatlanishi haqidagina gap ketmoqda.)
39
وَٱلْقَمَرَ قَدَّرْنَٰهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَٱلْعُرْجُونِ ٱلْقَدِيمِ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qo`yganmiz.[1]

[1] Oy ham, quyosh ham dumaloq shakldagi samoviy jismdir. Insonning ko`ziga quyosh doim bir xil suratda ko`rinadi. Lekin oy bir oy davomida yigirma sakkiz shaklga kiradi. Avval kichik hilol bo`lib ko`rinadi. Kundan-kunga kattalashib, to`lin barkashga aylanadi. Keyin yana asta-sekin hilol holiga qaytadi. Chunki Alloh taolo oy uchun yigirma sakkiz manzilni bichib qo`ygan. Har kuni har xil manzildan chiqadi, har kuni har xil hajmda ko`rinadi.)
40
لَا ٱلشَّمْسُ يَن​ۢبَغِى لَهَآ أَن تُدْرِكَ ٱلْقَمَرَ وَلَا ٱلَّيْلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِ ​ۚ وَكُلٌّ فِى فَلَكٍ يَسْبَحُونَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Na quyoshning oyga yetib olmog`i durust bo`lar va na kecha kunduzdan o`zib ketar. Har biri falakda suzib yurar.[1]

[1] Hech qachon quyosh oyga yetib olib, bemahalda bosh ko`tarib qolishi mumkin emas. Ulardan har biri Alloh belgilagan vaqtdagina chiqadi. Bu, nizom hatto daqiqalarigacha aniqdir. Undan kech ham qolmaydi, ilgari ham ketmaydi. Bu jarayon dunyo bunyod bo`lganidan buyon davom etib kelmoqda. Biron marta biron daqiqaga o`zgargan emas. Ushbu jarayonni taqdir qilgan Zot o`liklarni qayta tiriltirishga qodir emasmi?!)
41
وَءَايَةٌ لَّهُمْ أَنَّا حَمَلْنَا ذُرِّيَّتَهُمْ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ular uchun Biz ularning nasllarini to`la kemada ko`targanimiz ham bir oyat(belgi)dir.
42
وَخَلَقْنَا لَهُم مِّن مِّثْلِهِۦ مَا يَرْكَبُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Va Biz ular uchun unga o`xshash minadigan narsalarni xalq qildik.
43
وَإِن نَّشَأْ نُغْرِقْهُمْ فَلَا صَرِيخَ لَهُمْ وَلَا هُمْ يُنقَذُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasak, ularni g`arq eturmiz. Bas, ularning yordamchisi bo`lmas va ular qutqazilmaslar ham.
44
إِلَّا رَحْمَةً مِّنَّا وَمَتَٰعًا إِلَىٰ حِينٍ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Magar Bizdan bir rahmat va ma'lum muddatgacha bahramand bo`lish bo`lsagina (omon qolurlar).[1]

[1] Faqat Allohning O`zi rahmat nazarini solib, qutqarib qolishi mumkin. Yoki ma'lum muddatgacha dunyoning matohidan bahramand qilish uchun omon qoldirishi mumkin. Bo`lmasa, hech kim eson qolmas. Buning misoli hayotda tez-tez takrorlanib ham turadi.)
45
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّقُواْ مَا بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَمَا خَلْفَكُمْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qo`rqing. Shoyad, rahim qilinsangiz», deyilganda...
46
وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُواْ عَنْهَا مُعْرِضِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda, faqat undan yuz o`girguvchi bo`lurlar.
47
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنفِقُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنُطْعِمُ مَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ أَطْعَمَهُۥٓ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar.[1]

[1] Siz Alloh hammaga rizq beradi, degan zalolatli e'tiqoddasizlar, mana, bizdan ba'zi bir odamlarga taom berishimizni so`rab turishingiz buning dalili, demoqchilar. Aslida esa, ularning tasavvurlari, gaplari ayni zalolatdir. Hech qachon, hech qanday inson o`ziga ham, boshqaga ham rizq topib bera olmaydi. Alloh taolo birovning rizqini keng, birovning rizqini tor qilib qo`yadi. Hammasi bandalarni sinash uchundir. Hammaga rizq beruvchi, boquvchi Alloh taoloning yagona O`zidir. Men birovga rizq beryapman, taomlantiryapman, boqyapman, degan odam kofir bo`ladi, ochiq-oydin zalolatga ketadi.)
48
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» derlar.
49
مَا يَنظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ular talashib-tortishib turganlarida o`zlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yo`q.
50
فَلَا يَسْتَطِيعُونَ تَوْصِيَةً وَلَآ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ يَرْجِعُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ular na vasiyat qilishga qodir bo`larlar va na o`z ahllariga qaytarlar.
51
وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَإِذَا هُم مِّنَ ٱلْأَجْدَاثِ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يَنسِلُونَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Va surga puflandi. Bas, ular birdan Robbilari tomon qabrlardan shoshilib chiqurlar.
52
قَالُواْ يَٰوَيْلَنَا مَن​ۢ بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا ​ۜ ​ۗ هَٰذَا مَا وَعَدَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَصَدَقَ ٱلْمُرْسَلُونَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qo`zg`atdi?! Bu Rohman va'da qilgan va yuborilgan Payg`ambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar.
53
إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً فَإِذَا هُمْ جَمِيعٌ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bo`lgani yo`q. Bas, ular birdan to`planib, huzurimizda hozir qilingandirlar.
54
فَٱلْيَوْمَ لَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْـًٔا وَلَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib o`tgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz.
55
إِنَّ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ ٱلْيَوْمَ فِى شُغُلٍ فَٰكِهُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, jannat egalari u kunda rohatlanish ila mashg`ullar.[1]

[1] Nima ularga zavq, shodlik, xursandchilik bersa, hammasi u yerda muhayyodir.)
56
هُمْ وَأَزْوَٰجُهُمْ فِى ظِلَٰلٍ عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ مُتَّكِـُٔونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Ular va ularning juftlari soyalarda so`rilarda yonboshlab yoturlar.
57
لَهُمْ فِيهَا فَٰكِهَةٌ وَلَهُم مَّا يَدَّعُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Ular uchun u yerda mevalar bordir. Ular uchun u yerda istagan narsalari bordir.[1]

[1] Ahli jannatlar nimani istasalar, jannatda o`sha narsa bordir. Ko`ngillari istashi bilan oldilarida muhayyo bo`ladi.)
58
سَلَٰمٌ قَوْلًا مِّن رَّبٍّ رَّحِيمٍ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Rohiym bo`lgan zot Robbdan «Salom» so`zi bordir.[1]

[1] Shuncha nozu ne'mat, rohat-farog`at, shavqu zavqning ustiga o`zlari uchun nihoyatda rahmli bo`lgan zot Robbilari Alloh taolo tomonidan «Salom» ham keladi.)
59
وَٱمْتَٰزُواْ ٱلْيَوْمَ أَيُّهَا ٱلْمُجْرِمُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Ey, jinoyatchilar! Bugungi kunda siz ajralingiz!
60
۞أَلَمْ أَعْهَدْ إِلَيْكُمْ يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ أَن لَّا تَعْبُدُواْ ٱلشَّيْطَٰنَ ​ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
61
وَأَنِ ٱعْبُدُونِى ​ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Va Menga ibodat qiling, mana shu to`g`ri yo`ldir», deb amr qilmagan edimmi?!
62
وَلَقَدْ أَضَلَّ مِنكُمْ جِبِلًّا كَثِيرًا ​ۖ أَفَلَمْ تَكُونُواْ تَعْقِلُونَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, u sizlardan ko`pchilik avlodni adashtirdi. Aql yurituvchi bo`lmagan edingizmi?![1]

[1] Shayton sizlardan ko`p avlodlarni to`g`ri yo`ldan adashtirdi, siz aql yuritmadingizmi? U yur desa, orqasidan ketaverdingizmi?!)
63
هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Mana bu sizga va'da qilingan jahannamdir!
64
ٱصْلَوْهَا ٱلْيَوْمَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirib o`tganingiz tufayli bugungi kunda unga kiring!
65
ٱلْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَىٰٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَآ أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُم بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Bugungi kunda ularning og`izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qo`llari so`zlar va oyoqlari guvohlik berur.[1]

[1] Jinoyatchilarning og`izlari muhrlab qo`yiladi, boshqa a'zolari shohidlik bera boshlaydi. Qo`li gapiradi, oyog`i guvohlik beradi.)
66
وَلَوْ نَشَآءُ لَطَمَسْنَا عَلَىٰٓ أَعْيُنِهِمْ فَٱسْتَبَقُواْ ٱلصِّرَٰطَ فَأَنَّىٰ يُبْصِرُونَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasak, ko`zlarini tep-tekis qilib qo`yurmiz. Bas, ular yo`lga shoshilurlar. Ammo, qanday ham ko`rsinlar.
67
وَلَوْ نَشَآءُ لَمَسَخْنَٰهُمْ عَلَىٰ مَكَانَتِهِمْ فَمَا ٱسْتَطَٰعُواْ مُضِيًّا وَلَا يَرْجِعُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qo`yurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir bo`lmaslar, ortga ham qayta olmaslar.
68
وَمَن نُّعَمِّرْهُ نُنَكِّسْهُ فِى ٱلْخَلْقِ ​ۖ أَفَلَا يَعْقِلُونَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qo`yamiz. Axir, aql ishlatib ko`rmaydilarmi?![1]

[1] Iymonga kelib, ibodat bilan o`tgan mo`minlar qariganlari sari rohatlari ko`payib boradi. Hayotda qolishni savob ishlash uchun fursat deb xursand bo`ladilar. Jannatga va Allohning roziligiga yetishish umidida o`limni xursand bo`lib kutib oladilar. Kofirlar esa, aqllarini ishlatmaganlari uchun bu masalada katta qiyinchilikda qoladilar.)
69
وَمَا عَلَّمْنَٰهُ ٱلشِّعْرَ وَمَا يَن​ۢبَغِى لَهُۥٓ ​ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ وَقُرْءَانٌ مُّبِينٌ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Biz unga she'rni ta'lim berganimiz yo`q. Bu uning uchun to`g`ri ham kelmas. U — zikr va ochiq-oydin Qur'ondan o`zga narsa emas.
70
لِّيُنذِرَ مَن كَانَ حَيًّا وَيَحِقَّ ٱلْقَوْلُ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Tirik bo`lgan shaxslarni ogohlantirish va kofirlarga (azob) so`zini haq qilish uchundir.
71
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّا خَلَقْنَا لَهُم مِّمَّا عَمِلَتْ أَيْدِينَآ أَنْعَٰمًا فَهُمْ لَهَا مَٰلِكُونَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Axir, Biz ular uchun O`z qo`llarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qo`yganimizni ko`rmaydilarmi?! Bas, ular o`shalarga molik(ega)dirlar-ku!
72
وَذَلَّلْنَٰهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Biz ularga o`sha(hayvon)larni bo`yinsundirib qo`ydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.
73
وَلَهُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَمَشَارِبُ ​ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Ular uchun o`shalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?!
74
وَٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةً لَّعَلَّهُمْ يُنصَرُونَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Ular Allohdan o`zga ilohlar tutdilar. Go`yoki, ularga yordam berilar emish.
75
لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَهُمْ وَهُمْ لَهُمْ جُندٌ مُّحْضَرُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Ularning yordamiga («xudolari») qodir bo`lmaslar. Ular esa, o`sha(«xudo»)lari uchun hozir qilingan askardirlar.[1]

[1] Mushriklarning «xudolari» ularga yordam berishga qodir bo`la olmaydilar. Lekin ular o`sha «xudolari» uchun jon fido qilishga tayyor turgan askarlardir. Ular uchun turli xizmatlar ado etadilar. Soxta xudolarini himoya qilish uchun o`zlarini o`tga-cho`qqa uradilar. Bular qanday xudolar bo`ldi?! Bular qanday bandalar bo`ldi? Bunday xudolik va bandalik qaysi mantiqqa to`g`ri keladi?)
76
فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ​ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.
77
أَوَلَمْ يَرَ ٱلْإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقْنَٰهُ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi bo`lib turibdi?!
78
وَضَرَبَ لَنَا مَثَلًا وَنَسِىَ خَلْقَهُۥ ​ۖ قَالَ مَن يُحْىِ ٱلْعِظَٰمَ وَهِىَ رَمِيمٌ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
U Bizga misol keltirdi va o`z yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltirur? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» – dedi.
79
قُلْ يُحْيِيهَا ٱلَّذِىٓ أَنشَأَهَآ أَوَّلَ مَرَّةٍ ​ۖ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Ularni ilk marta yo`qdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.
80
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلْأَخْضَرِ نَارًا فَإِذَآ أَنتُم مِّنْهُ تُوقِدُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz.[1]

[1] U zot shunday qudratli zotki, ba'zi narsalarni o`ziga qarama-qarshi tomondan ham chiqaraveradi. Misol uchun, yam-yashil daraxtni olaylik. U ho`l bo`ladi. Tarkibida suv bor. Suv esa, olovni o`chiradi. Ammo Alloh taolo olovga ters bo`lmish ho`l daraxtni bir-biriga ishqasa, o`t chiqaradigan holga keltirib qo`ygandir. Olovga yoqilg`ini ham o`sha daraxtning o`zidan qilib qo`ygandir. Bu ulkan bir mo`'jizaga odamlar e'tibor bermaydilar.)
81
أَوَلَيْسَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُم ​ۚ بَلَىٰ وَهُوَ ٱلْخَلَّٰقُ ٱلْعَلِيمُ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerni yaratgan Zot ularga o`xshashni yaratishga qodir emasmi?! Yo`q! U o`ta yaratguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.
82
إِنَّمَآ أَمْرُهُۥٓ إِذَآ أَرَادَ شَيْـًٔا أَن يَقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo`l» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo`lur.
83
فَسُبْحَٰنَ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Bas, barcha narsaning tom egaligi qo`lida bo`lgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar.[1]

[1] Gap shunday ekan, demak dunyodagi barcha narsalarning to`la egaligi va tasarrufi qo`lida bo`lgan Alloh taolo pokdir. Barcha ayb va nuqsonlardan, jumladan, kofir va mushriklar, o`lganlarni qayta tiriltira olmaydi, deb taqayotgan nuqsondan ham pokdir.)