Sura 39
Zumar
E
To'dalar
75 oyat |
Makka |
Sura 39 • Oyat 1 / 75 • Juz 237⁄8 • Sahifa 458
Zumar
2
1
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ١
Sodiq
Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu hakiym bo`lgan Alloh tomonidandir.
2
إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ فَٱعْبُدِ ٱللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ ٱلدِّينَ٢
Sodiq
Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.
3
أَلَا لِلَّهِ ٱلدِّينُ ٱلْخَالِصُ ۚ وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَآ إِلَى ٱللَّهِ زُلْفَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِى مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ كَٰذِبٌ كَفَّارٌ٣
Sodiq
Ogoh bo`lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o`zga avliyo (do`stlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari bo`yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg`onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas.[1]
[1] Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, osmonlaru Yerni yaratganini tan olar edi. Ammo o`sha xoliqning tavhidini, yakka O`zigina ibodatga sazovor ekanini tan olmasdi. Ibodatda Unga turli but va sanamlarni sherik qilar edi. Ular o`zlaricha afsona to`qib, farishtalar Allohning qizlari, deb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab o`shalarga sig`inishardi. Biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sig`inamiz, deyishardi. Bu ishlari esa, botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.)
4
لَّوْ أَرَادَ ٱللَّهُ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًا لَّٱصْطَفَىٰ مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ٤
Sodiq
Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, O`zi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. Alloh yagona Qahhordir (ya'ni, Qahhorligidan butun olamni O`ziga bo`ysundirib va yakka O`zi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas).
5
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۖ يُكَوِّرُ ٱلَّيْلَ عَلَى ٱلنَّهَارِ وَيُكَوِّرُ ٱلنَّهَارَ عَلَى ٱلَّيْلِ ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ۗ أَلَا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّٰرُ٥
Sodiq
U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kechani kunduz ustiga o`raydigan, kunduzni kecha ustiga o`raydigan, quyosh va oyni bo`ysundiradigan Zotdir. Har biri belgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh bo`lingkim, U aziyzu o`ta mag`firatli Zotdir.[1]
[1] Oyatda Alloh taoloning hech bir sherikka, farzandga mutlaqo hojati yo`qligi bayon qilinmoqda. Alloh taoloning vahdoniyatining dalillari eslatilmoqda.)
6
خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْأَنْعَٰمِ ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍ ۚ يَخْلُقُكُمْ فِى بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ خَلْقًا مِّنۢ بَعْدِ خَلْقٍ فِى ظُلُمَٰتٍ ثَلَٰثٍ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ٦
Sodiq
U sizlarni bir jondan yaratdi. So`ngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga o`tkazib, asta yaratadir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o`zga hech bir ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?![1]
[1] Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida yaratganining xabarini bermoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz bu savolga, uch zulmatning biri homilani o`rab turuvchi parda, ikkinchisi bachadon, uchinchisi qorin, deb javob berganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar o`tkazgan tekshirishlardan homilani o`rab turuvchi parda uch qavat ekani ma'lum bo`ldi. Alloh taoloning «onalaringiz qornida uch zulmat ichida», degani bejiz emas ekan. Qorinning ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir emas, ikki emas yoki to`rt emas, aynan uch qavat? Shuning o`zi Alloh taoloning vahdoniyatiga dalil emasmi?)
7
إِن تَكْفُرُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ عَنكُمْ ۖ وَلَا يَرْضَىٰ لِعِبَادِهِ ٱلْكُفْرَ ۖ وَإِن تَشْكُرُواْ يَرْضَهُ لَكُمْ ۗ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ٧
Sodiq
Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U zot O`z bandalarining kofir bo`lishiga rozi bo`lmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi bo`lur. Hech bir og`irlik ko`targuvchi jon o`zga jonning og`irligini ko`tarmas. So`ngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham o`ta bilguvchi Zotdir.
8
۞وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ضُرٌّ دَعَا رَبَّهُۥ مُنِيبًا إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُۥ نِعْمَةً مِّنْهُ نَسِىَ مَا كَانَ يَدْعُوٓاْ إِلَيْهِ مِن قَبْلُ وَجَعَلَ لِلَّهِ أَندَادًا لِّيُضِلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ قُلْ تَمَتَّعْ بِكُفْرِكَ قَلِيلًا ۖ إِنَّكَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ٨
Sodiq
Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur. So`ngra unga U zot O`z fazlidan ne'mat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur va Allohga Uning yo`lidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt.
9
أَمَّنْ هُوَ قَٰنِتٌ ءَانَآءَ ٱلَّيْلِ سَاجِدًا وَقَآئِمًا يَحْذَرُ ٱلْـَٔاخِرَةَ وَيَرْجُواْ رَحْمَةَ رَبِّهِۦ ۗ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُواْ ٱلْأَلْبَٰبِ٩
Sodiq
Yo`qsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qo`rqib, Robbi rahmatidan umidvor bo`lgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo`larmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar.[1]
[1] Allohga kufr keltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga bo`yin egmagan, kechalari Uning roziligini yo`lida bedor bo`lmagan, oxiratdan qo`rqmagan, Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, ushbu kechalari Allohga ibodat qilgan, Allohning O`zigagina sig`ingan, Alloh taoloning roziligini topish uchun bedor bo`lgan, oxiratdan qo`rqqan va Robbi rahmatidan umidvor kimsaga teng bo`la olmaydi.)
10
قُلْ يَٰعِبَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمْ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُواْ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌ ۗ وَأَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةٌ ۗ إِنَّمَا يُوَفَّى ٱلصَّٰبِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ١٠
Sodiq
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda go`zal amal qilganlarga go`zallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to`liq berilur», deb ayt.[1]
[1] Iymon Allohga ishonish va uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo Allohni his qilib turish va amrlarini bajarishdir.)
11
قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ ٱلدِّينَ١١
Sodiq
Sen: «Albatta, men dinni O`zi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.
12
وَأُمِرْتُ لِأَنْ أَكُونَ أَوَّلَ ٱلْمُسْلِمِينَ١٢
Sodiq
Va men musulmonlarning avvalgisi bo`lishimga amr etilganman», deb ayt.[1]
[1] Avval aytilganidek, «din» itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat ma'nolarini anglatadi. Demak, Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning ko`rsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.)
13
قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ١٣
Sodiq
Sen: «Albatta, men agar Robbimga isyon etsam, ulug` kunning azobidan qo`rqaman», deb ayt.
14
قُلِ ٱللَّهَ أَعْبُدُ مُخْلِصًا لَّهُۥ دِينِى١٤
Sodiq
Sen: «Dinimni O`ziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.
15
فَٱعْبُدُواْ مَا شِئْتُم مِّن دُونِهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَا ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ١٥
Sodiq
Bas, sizlar Undan o`zga nimani xohlasangiz, o`shanga ibodat qilaveringlar», deb ayt. Sen: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o`zlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh bo`lingkim, ana o`sha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», deb ayt.
16
لَهُم مِّن فَوْقِهِمْ ظُلَلٌ مِّنَ ٱلنَّارِ وَمِن تَحْتِهِمْ ظُلَلٌ ۚ ذَٰلِكَ يُخَوِّفُ ٱللَّهُ بِهِۦ عِبَادَهُۥ ۚ يَٰعِبَادِ فَٱتَّقُونِ١٦
Sodiq
Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh O`z bandalarini qo`rqitur. «Ey bandalarim, Menga taqvo qilinglar!»[1]
[1] Alloh taolo qiyomatning azoblari haqida oldindan ogohlantirib qo`yadi. Boshlariga musibat tushganda, ey Robbimiz, avvalroq aytmagan ekansan, demasinlar).
17
وَٱلَّذِينَ ٱجْتَنَبُواْ ٱلطَّٰغُوتَ أَن يَعْبُدُوهَا وَأَنَابُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ ۚ فَبَشِّرْ عِبَادِ١٧
Sodiq
Tog`utdan, unga ibodat qilishdan chetda bo`lganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar berki...
18
ٱلَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُۥٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَىٰهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمْ أُوْلُواْ ٱلْأَلْبَٰبِ١٨
Sodiq
Ular gapni eshitib, eng go`zaliga ergasharlar. Ana o`shalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana o`shalar, ha, o`shalar aql egalaridir.[1]
[1] Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa — Allohga yoki tog`utga ibodat etadigan bo`ladi. Uchinchi xili bo`lishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, tog`utga, ya'ni Allohdan o`zgaga sig`ingan bo`ladi. Men dinsizman, hech narsaga ibodat qilmayman, deganlar yolg`on gapiradilar. Ular, hech bo`lmasa, havoi nafsiga yoki o`zi a'zo bo`lgan jamiyatning urf-odatiga bo`ysunadilar — ibodat qiladilar.)
19
أَفَمَنْ حَقَّ عَلَيْهِ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ أَفَأَنتَ تُنقِذُ مَن فِى ٱلنَّارِ١٩
Sodiq
Yoki u haqida azob so`zi haq bo`lgan kimsani — do`zaxdagi kimsani sen qutqara olurmisan?!
20
لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ رَبَّهُمْ لَهُمْ غُرَفٌ مِّن فَوْقِهَا غُرَفٌ مَّبْنِيَّةٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ ٱلْمِيعَادَ٢٠
Sodiq
Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh va'daga xilof qilmas.
21
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَسَلَكَهُۥ يَنَٰبِيعَ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًا مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ حُطَٰمًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ٢١
Sodiq
Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qo`yganini ko`rmadingmi?! So`ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sarg`aygan holida ko`rarsan. So`ngra uni quruq cho`pga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
22
أَفَمَن شَرَحَ ٱللَّهُ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِ فَهُوَ عَلَىٰ نُورٍ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ فَوَيْلٌ لِّلْقَٰسِيَةِ قُلُوبُهُم مِّن ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٢٢
Sodiq
Alloh ko`ksini Islomga keng qilib ochib qo`ygan shaxs o`z Robbidan bo`lgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy bo`lsin! Ana o`shalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
23
ٱللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ ٱلْحَدِيثِ كِتَٰبًا مُّتَشَٰبِهًا مَّثَانِىَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ٢٣
Sodiq
Alloh eng go`zal so`zni o`xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qo`rqadiganlarning terilari titrar. So`ngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yo`q.[1]
[1] Qur'oni Karim eng go`zal so`zdir. Uning oyatlari go`zallikda, purma'nolikda, hikmatda, to`g`rilikda va hukmda bir-biriga o`xshashdir. «Takrorlanadigan» bo`lishi esa, hukmlari takror-takror keladi, hikmatlari takror-tarkor keladi, va'zlari, ogohlantirishlari, va'dayu tahdidlari ham takror-takror keladi. Shuningdek, suralari, oyatlari takror-takror o`qiladi, yod olinadi, o`rganiladi. Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qur'on tilovatidan, undagi ma'nolardan juda qattiq ta'sirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi oyatlar kelganida xavfdan, qo`rqinchdan badanlari titraydi, yaxshi va'da va rahmat oyatlari kelganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi, Allohning zikriga yana ham ko`proq beriladilar. Bunday bo`lishi yaxshilik alomatidir.)
24
أَفَمَن يَتَّقِى بِوَجْهِهِۦ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَقِيلَ لِلظَّٰلِمِينَ ذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ٢٤
Sodiq
Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib ko`ring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (mo`min ila teng bo`larmidi)?!
25
كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ٢٥
Sodiq
Ulardan oldingilar ham yolg`onchi qilganlar, bas, ularga o`zlari sezmagan tomondan azob kelgan.
26
فَأَذَاقَهُمُ ٱللَّهُ ٱلْخِزْىَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ٢٦
Sodiq
Alloh ularga bu dunyoda xorlikni tottirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan bo`lur.
27
وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍ لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ٢٧
Sodiq
Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlarga turli misollar keltirdik. Shoyadki, eslasalar.
28
قُرْءَانًا عَرَبِيًّا غَيْرَ ذِى عِوَجٍ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ٢٨
Sodiq
Arabcha Qur'onni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki, taqvo qilsalar.
29
ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا رَّجُلًا فِيهِ شُرَكَآءُ مُتَشَٰكِسُونَ وَرَجُلًا سَلَمًا لِّرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٢٩
Sodiq
Alloh bir misol keltiradir. Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd bo`lsin. Yo`q, ko`plari bilmaslar.
30
إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ٣٠
Sodiq
Albatta, sen ham o`lguvchisan, ular ham o`lguvchidirlar.[1]
[1] Allohdan boshqa har bir tirik jon o`ladi. Hamma ham o`ladi. O`lmaydigan hech kim yo`q. Faqat Alloh taoloning O`zigina qoladi.)
31
ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عِندَ رَبِّكُمْ تَخْتَصِمُونَ٣١
Sodiq
So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
32
۞ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَبَ عَلَى ٱللَّهِ وَكَذَّبَ بِٱلصِّدْقِ إِذْ جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَٰفِرِينَ٣٢
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on gapirgan va o`ziga sodiq (so`z) kelganida uni yolg`onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!
33
وَٱلَّذِى جَآءَ بِٱلصِّدْقِ وَصَدَّقَ بِهِۦٓ ۙ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ٣٣
Sodiq
Sodiq (so`z)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o`shalar taqvodorlardir.[1]
[1] Ya'ni, Allohning sodiq so`zini bandalarga yetkazgan va o`sha sodiq so`zni tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qur'oni Karimni keltirgan Muhammad alayhissalotu vassalom hamda boshqa barcha payg`ambarlar alayhissalom va barcha mo`min bandalar shu siraga kiradilar. Ular Alloh taologa taqvo etgan, uning aytganini qilgan, qaytarganidan qaytgan bandalardir.)
34
لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْمُحْسِنِينَ٣٤
Sodiq
Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana o`sha, go`zal amal qilguvchilarning mukofotidir.
35
لِيُكَفِّرَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ أَسْوَأَ ٱلَّذِى عَمِلُواْ وَيَجْزِيَهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ ٱلَّذِى كَانُواْ يَعْمَلُونَ٣٥
Sodiq
Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini o`chirib, qilib yurgan eng go`zal amallari ajri ila mukofotlar.
36
أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِكَافٍ عَبْدَهُۥ ۖ وَيُخَوِّفُونَكَ بِٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ٣٦
Sodiq
Alloh O`z bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qo`rqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yo`q.[1]
[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom mushriklarni Alloh taoloning tavhidiga chaqirib, ularning turli soxta xudolarini ayblaganlarida, ular «Muhammad xudolarimizni so`kishdan to`xtamasa, unga, albatta, yomonlik yetadi», deb u zot alayhissalotu vassalomni qo`rqitmoqchi bo`lganlar. Ushbu oyat shu munosabat ila tushgan ekan. Garchi xos sabab bilan nozil bo`lsa ham, ma'nosi umumiydir.)
37
وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّضِلٍّ ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِعَزِيزٍ ذِى ٱنتِقَامٍ٣٧
Sodiq
Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hech bir zalolatga ketkazguvchi yo`q. Alloh Aziyzu intiqom egasi emasmi?!
38
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلْ أَفَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَنِىَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ هَلْ هُنَّ كَٰشِفَٰتُ ضُرِّهِۦٓ أَوْ أَرَادَنِى بِرَحْمَةٍ هَلْ هُنَّ مُمْسِكَٰتُ رَحْمَتِهِۦ ۚ قُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ ۖ عَلَيْهِ يَتَوَكَّلُ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ٣٨
Sodiq
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb so`rasang, albatta: «Alloh!» – derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, o`shalar Uning zararini aritguvchi bo`la olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, o`shalar Uning marhamatini tutib qolguvchi bo`la olurmi?!» – deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.
39
قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَٰمِلٌ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ٣٩
Sodiq
Sen: «Ey qavmim, o`z holingizcha amal qilavering. Albatta, men ham amal qilguvchiman. Bas, tezda bilursiz,
40
مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ٤٠
Sodiq
Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini va kimga davomli azob tushajagini», deb ayt.[1]
[1] Ya'ni, ey qavmim, Allohning tavhid yo`liga yurmay, Unga shirk keltiradigan bo`lsangiz, o`z ixtiyoringiz bilan, o`z xohishingiz va yo`lingiz bilan amal qilavering. Ammo men Allohning aytganiga amal qilaman. Tezda qiyomat qoim bo`lajak, o`shanda bilasiz. Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Meningmi, sizlarningmi?)
41
إِنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ لِلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ٤١
Sodiq
Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o`ziga foyda. Kim zalolatga ketsa, o`ziga zarar. Sen ularga vakil (qo`riqchi) emassan.[1]
[1] Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qur'onga amal qilsa, o`ziga foyda bo`ladi. Kim shunchalik gap-so`zdan keyin ham, Alloh unga aql-hush berib, payg`ambar yuborib, kitob tushirib, haq yo`lni ko`rsatib qo`yganidan keyin ham zalolat yo`lini tanlasa, o`ziga zarar qiladi, boshqaga emas.)
42
ٱللَّهُ يَتَوَفَّى ٱلْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَٱلَّتِى لَمْ تَمُتْ فِى مَنَامِهَا ۖ فَيُمْسِكُ ٱلَّتِى قَضَىٰ عَلَيْهَا ٱلْمَوْتَ وَيُرْسِلُ ٱلْأُخْرَىٰٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ٤٢
Sodiq
Alloh jonlarni o`limi vaqtida, o`lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, o`lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qo`yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.[1]
[1] Har lahzada qanchadan-qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni ma'lum muddat uxlaydi, o`shanda u o`likka o`xshab yotadi. Uning joni nima bo`ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor. Jonlarni o`lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan bo`ladi. Kimning qazosi yetgan bo`lsa, uyqusidan qayta uyg`onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qo`yib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.)
43
أَمِ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُفَعَآءَ ۚ قُلْ أَوَلَوْ كَانُواْ لَا يَمْلِكُونَ شَيْـًٔا وَلَا يَعْقِلُونَ٤٣
Sodiq
Yoki Allohdan o`zga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega bo`lmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt.
44
قُل لِّلَّهِ ٱلشَّفَٰعَةُ جَمِيعًا ۖ لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ٤٤
Sodiq
Sen: «Barcha shafoat yolg`iz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki(egaligi) ham yolg`iz Unikidir. So`ngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.
45
وَإِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَحْدَهُ ٱشْمَأَزَّتْ قُلُوبُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَإِذَا ذُكِرَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ٤٥
Sodiq
Qachonki Allohning yolg`iz O`zi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan o`zgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.
46
قُلِ ٱللَّهُمَّ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ عَٰلِمَ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ أَنتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِى مَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ٤٦
Sodiq
Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan Zot! Foyib va oshkorni bilguvchi Zot! Sening O`zing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.
47
وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْاْ بِهِۦ مِن سُوٓءِ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَبَدَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُواْ يَحْتَسِبُونَ٤٧
Sodiq
Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to`lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o`zlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir bo`lur.[1]
[1] Kofir va mushriklar bu dunyoda gerdayib, talashib-tortishganlari bilan, qiyomat qoim bo`lib, o`zlariga beriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulishi uchun bor-yo`q dunyosini berishga tayyor turadilar. Ammo bu to`lov kimga ham kerak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, to`lov ham olmaydi. U behojat Zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos.)
48
وَبَدَا لَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُواْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ٤٨
Sodiq
Va ularga o`zlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bo`lur va ularni o`zlari masxara qilib yurgan narsa o`rab olur.
49
فَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ضُرٌّ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلْنَٰهُ نِعْمَةً مِّنَّا قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍ ۚ بَلْ هِىَ فِتْنَةٌ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٤٩
Sodiq
Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. So`ngra unga Biz O`zimizdan ne'mat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yo`q! U sinovdir. Lekin ko`plari bilmaslar.[1]
[1] Boshiga musibat tushsa, balo-ofat kelsa, o`shanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolboradi. Og`ir musibat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati sof tabiati ochiladi. Insonning fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik bo`lmasin, boshiga musibat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning O`ziga yolboradi. Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bersa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bergan ne'matni, tinchlik-omonlik, ofiyat va yaxshiliklarni o`z ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, deb da'vo qila boshlaydi.)
50
قَدْ قَالَهَا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَكْسِبُونَ٥٠
Sodiq
Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari o`zlariga asqotmadi.
51
فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُواْ ۚ وَٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنْ هَٰٓؤُلَآءِ سَيُصِيبُهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُواْ وَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ٥١
Sodiq
Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musiybat bo`ldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musiybat bo`lur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.
52
أَوَلَمْ يَعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٥٢
Sodiq
Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir.
53
۞قُلْ يَٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ أَسْرَفُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُواْ مِن رَّحْمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ٥٣
Sodiq
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, o`z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo`lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag`firat etar. Albatta, Uning O`zi o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir», deb ayt.[1]
[1] Imom «Buxoriy Sa'd ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, ko`plab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga kelib «Albatta, sen da'vat qilayotgan narsa juda ham go`zal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» deb so`rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)
54
وَأَنِيبُوٓاْ إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَأَسْلِمُواْ لَهُۥ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ٥٤
Sodiq
Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim bo`ling. So`ngra sizga yordam berilmas.
55
وَٱتَّبِعُوٓاْ أَحْسَنَ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ بَغْتَةً وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ٥٥
Sodiq
Sizga o`zingiz sezmagan holda to`satdan azob kelib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng go`zal narsaga ergashing.
56
أَن تَقُولَ نَفْسٌ يَٰحَسْرَتَىٰ عَلَىٰ مَا فَرَّطتُ فِى جَنۢبِ ٱللَّهِ وَإِن كُنتُ لَمِنَ ٱلسَّٰخِرِينَ٥٦
Sodiq
Jon: «Alloh haqida yo`l qo`ygan kamchiliklarim uchun nadomat bo`lsin. To`g`risi, men masxara qilguvchilardan bo`lgan edim», demasidan oldin...
57
أَوْ تَقُولَ لَوْ أَنَّ ٱللَّهَ هَدَىٰنِى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُتَّقِينَ٥٧
Sodiq
Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo`lar edim», demasidan oldin...
58
أَوْ تَقُولَ حِينَ تَرَى ٱلْعَذَابَ لَوْ أَنَّ لِى كَرَّةً فَأَكُونَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ٥٨
Sodiq
Yoki azobni ko`rgan chog`ida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish bo`lganida, go`zal amal qilguvchilardan bo`lar edim», demasidan oldin...[1]
[1] Oxirat azobini, o`lim talvasasini ko`rgandan keyingi nadomatlar foyda bermaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga to`la-to`kis taslim bo`lish va Qur'onga ergashish kerak. Chunki, oxiratda ushbu so`zlarga javoban Alloh)
59
بَلَىٰ قَدْ جَآءَتْكَ ءَايَٰتِى فَكَذَّبْتَ بِهَا وَٱسْتَكْبَرْتَ وَكُنتَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ٥٩
Sodiq
«Yo`q! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolg`onga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan bo`lding!» der.[1]
[1] Ey kofir! Ey mushrik! Ey osiy! Aytayotgan gaplaring hammasi yolg`on. Sen azobni ko`rganingdan so`ng noiloj qolib, do`pping tor kelganidan aytmoqdasan bu gaplarni. Agar sening niyating to`g`ri bo`lsa, u dunyoda yaxshi ishlarni qilishing mumkin edi. Senga qulay fursat berilgan edi.)
60
وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ تَرَى ٱلَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَى ٱللَّهِ وُجُوهُهُم مُّسْوَدَّةٌ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْمُتَكَبِّرِينَ٦٠
Sodiq
Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolg`on so`zlaganlarni ko`rsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!
61
وَيُنَجِّى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ بِمَفَازَتِهِمْ لَا يَمَسُّهُمُ ٱلسُّوٓءُ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ٦١
Sodiq
Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot berur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham bo`lmaslar.
62
ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ٦٢
Sodiq
Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.
63
لَّهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ٦٣
Sodiq
Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana o`shalar ziyonkorlardir.
64
قُلْ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَأْمُرُوٓنِّىٓ أَعْبُدُ أَيُّهَا ٱلْجَٰهِلُونَ٦٤
Sodiq
Sen: «Ey, johillar! Meni Allohdan o`zgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» – deb ayt.
65
وَلَقَدْ أُوحِىَ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ٦٥
Sodiq
Batahqiq, senga va sendan oldin o`tganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va, albatta, ziyonkorlardan bo`lursan.
66
بَلِ ٱللَّهَ فَٱعْبُدْ وَكُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ٦٦
Sodiq
Yo`q! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan bo`l!» – deb vahiy qilingan.
67
وَمَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦ وَٱلْأَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ مَطْوِيَّٰتُۢ بِيَمِينِهِۦ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ٦٧
Sodiq
Ular Allohning qadrini to`g`ri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qo`liga yig`ilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.[1]
[1] Bu dunyoda Allohga shirk keltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini to`g`ri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolg`iz O`ziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk keltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulug`ligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu ma'nolarni idrok qilganlarida Unga shirk keltirmas edilar.)
68
وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَىٰ فَإِذَا هُمْ قِيَامٌ يَنظُرُونَ٦٨
Sodiq
Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo`lsa, qulab o`ldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. So`ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to`satdan ular turib intizor bo`lurlar.[1]
[1] Demak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru Yerdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday birdan yiqilib o`ladilar. Shuning uchun ham bu puflash «sa'q» — «yiqilib o`lish» puflashi, deyiladi. Allohning xohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun U zot xohlasa, ba'zi jonzotlar sa'q — puflashidan keyin ham tirik qoladi. Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi, barcha xaloyiq tirilib, o`rinlaridan turib, bundan keyin nima bo`lishini kutadilar. Shuning uchun ham ikkinchi puflash «turish puflashi» deb nomlanadi.)
69
وَأَشْرَقَتِ ٱلْأَرْضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَوُضِعَ ٱلْكِتَٰبُ وَجِاْىٓءَ بِٱلنَّبِيِّـۧنَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ٦٩
Sodiq
Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qo`yildi. Payg`ambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi.[1]
[1] Ya'ni, mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorug` bo`ldi. U kunda faqat Allohning nuri bo`ladi. Endi hamma narsa hisob-kitobga tayyor ham bo`ldi. Bandalarning nomai amallari — bu dunyoda qilgan amallari farishtalar tomonidan yozib yurilgan kitob o`rtaga qo`yildi.)
70
وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا يَفْعَلُونَ٧٠
Sodiq
Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) to`liq berildi. U zot ular qilayotgan ishlarni o`ta yaxshi bilguvchidir.
71
وَسِيقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِ رَبِّكُمْ وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُواْ بَلَىٰ وَلَٰكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ٧١
Sodiq
Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chog`larida, uning eshiklari ochildi va uning qo`riqchilari ularga: «Sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob so`zi kofirlar ustiga haq bo`lgandir», dedilar.[1]
[1] «Ha», o`zimizdan bo`lgan payg`ambarlar bizga kelgan, ular bizga Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bergan va u kunning dahshatidan ogohlantirgan edilar, demoqchilar. Lekin to`liq ayta olmaydilar. «Ha», deb qo`yishga zo`rg`a yaraydilar.)
72
قِيلَ ٱدْخُلُوٓاْ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ٧٢
Sodiq
«Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon bo`ldi.
73
وَسِيقَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ رَبَّهُمْ إِلَى ٱلْجَنَّةِ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا وَفُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَٱدْخُلُوهَا خَٰلِدِينَ٧٣
Sodiq
Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kelgan chog`larida, uning eshiklari ochildi va uning qo`riqchilari ularga: «Sizga salomlar bo`lsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring», dedilar.
74
وَقَالُواْ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى صَدَقَنَا وَعْدَهُۥ وَأَوْرَثَنَا ٱلْأَرْضَ نَتَبَوَّأُ مِنَ ٱلْجَنَّةِ حَيْثُ نَشَآءُ ۖ فَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ٧٤
Sodiq
Ular: «Bizlarga bergan va'dasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar bo`lsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi bo`ldi!
75
وَتَرَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ حَآفِّينَ مِنْ حَوْلِ ٱلْعَرْشِ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَقِيلَ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٧٥
Sodiq
Va farishtalarni Arshni o`rab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda ko`rursan. Ular orasida haq ila hukm qilindi va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano bo`lsin!» – deyildi.