Sura 41
Fussilat
I
Batafsil bayon qilingan
54 oyat |
Makka |
Sura 41 • Oyat 1 / 54 • Juz 246⁄8 • Sahifa 477
Fussilat
2
1
حمٓ١
Sodiq
Haa. Miym.
2
تَنزِيلٌ مِّنَ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ٢
Sodiq
(Bu) Rohman va Rohiym tomonidan nozil qilingandir.
3
كِتَٰبٌ فُصِّلَتْ ءَايَٰتُهُۥ قُرْءَانًا عَرَبِيًّا لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ٣
Sodiq
Biladigan qavmlar uchun oyatlari mufassal bayon qilingan kitobdir.
4
بَشِيرًا وَنَذِيرًا فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ٤
Sodiq
Xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi bo`lgan holidadir. Bas, ko`plari undan yuz o`girdilar. Endi ular eshitmaslar.
5
وَقَالُواْ قُلُوبُنَا فِىٓ أَكِنَّةٍ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ وَفِىٓ ءَاذَانِنَا وَقْرٌ وَمِنۢ بَيْنِنَا وَبَيْنِكَ حِجَابٌ فَٱعْمَلْ إِنَّنَا عَٰمِلُونَ٥
Sodiq
Ular: «Qalblarimiz sen da'vat qilayotgan narsadan g`iloflardadir, quloqlarimizda og`irlik bor, sen bilan bizning oramizda esa, parda bor. Bas, sen amalingni qilaver, biz ham, albatta, o`z amalimizni qilguvchilarmiz», dedilar.[1]
[1] Bu oyatda mushriklarning Qur'oni Karim va Islom da'vatiga munosabatlari ajoyib bir uslub bilan bayon qilinmoqda.)
6
قُلْ إِنَّمَآ أَنَاْ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ فَٱسْتَقِيمُوٓاْ إِلَيْهِ وَٱسْتَغْفِرُوهُ ۗ وَوَيْلٌ لِّلْمُشْرِكِينَ٦
Sodiq
Sen: «Men ham sizga o`xshar basharman, xolos. Menga, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, deya vahiy qilinur. Bas, Uning O`zigagina to`g`ri yuzlaning va Unga istig`for ayting. Mushriklar holiga voy bo`lsin.
7
ٱلَّذِينَ لَا يُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ٧
Sodiq
Ular zakotni ado etmaslar va ular o`zlari oxiratga kufr keltirguvchilardir.
8
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ٨
Sodiq
Albatta, iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajrlar bor», deb ayt.
9
۞قُلْ أَئِنَّكُمْ لَتَكْفُرُونَ بِٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَرْضَ فِى يَوْمَيْنِ وَتَجْعَلُونَ لَهُۥٓ أَندَادًا ۚ ذَٰلِكَ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ٩
Sodiq
Sen: «Sizlar, haqiqatan ham, yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltiryapsizmi va Unga tengdoshlar qo`shyapsizmi?! Axir, U zot olamlarning Robbi-ku!
10
وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ مِن فَوْقِهَا وَبَٰرَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَآ أَقْوَٰتَهَا فِىٓ أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَآءً لِّلسَّآئِلِينَ١٠
Sodiq
U zot o`sha(er)ning ustida tog`larni qildi, uni barakotli qildi va uning (ahli) rizqini to`rt kunda o`lchovli etib taqdir qildi. Bu, so`rovchilar uchundir», deb ayt.[1]
[1] Erning rizqi, ya'ni Yer ahlining rizqi o`lchovli, belgili qilib qo`yilgan. Hammasi o`lchovli, hammasi taqdir qilingan.)
11
ثُمَّ ٱسْتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ وَهِىَ دُخَانٌ فَقَالَ لَهَا وَلِلْأَرْضِ ٱئْتِيَا طَوْعًا أَوْ كَرْهًا قَالَتَآ أَتَيْنَا طَآئِعِينَ١١
Sodiq
So`ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «Ikkovingiz ixtiyor qilgan holingizda yoki majbur bo`lgan holingizda keling!» – dedi. Ikkovlari: «Ixtiyor qilgan holimizda keldik», dedilar.[1]
[1] O`sha vaqtda osmon tutun-gaz holida edi. Dunyoning yaratilishi yuzasidan ilmiy izlanish olib borgan olimlar ham shu natijani takrorlamoqdalar). Shunchalar ulkan, mustahkam, kuchli bo`lishlariga qaramay, Allohning irodasi ketishi bilan itoatkorliklarini darhol izhor etdilar.)
12
فَقَضَىٰهُنَّ سَبْعَ سَمَٰوَاتٍ فِى يَوْمَيْنِ وَأَوْحَىٰ فِى كُلِّ سَمَآءٍ أَمْرَهَا ۚ وَزَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَٰبِيحَ وَحِفْظًا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ١٢
Sodiq
Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo`ridik. Bu aziyzu o`ta ilmli Zotning o`lchovidir.[1]
[1] Shunday qilib, osmonlaru Yer olti kunda barpo qilindi. U kunlar qanday kunlar ekanini Allohning O`zigina biladi. Ulamolarimiz, agar Alloh taolo xohlasa, bularni ko`z ochib yumguncha yaratar edi, lekin bandalariga puxtalikni o`rgatish uchun shoshilgani yo`q, deydilar. Axir hajmini, ichlaridagi narsalarni tasavvur ham qilib bo`lmaydigan darajada ko`p va katta bo`lgan yetti osmonning har birida Allohning vahiysi asosida ish ko`rilsa-da inson Allohga kufr keltirib o`tirsa, shu to`g`ri bo`ladimi?! Allohga shirk keltirsa, joizmi? O`ziga kelgan vahiyni afsona, yolg`on, sehr, to`qilgan uydirma deyishi aqldanmi?! Bu vahiyni eskirib qoldi, zamonga to`g`ri kelmaydi, deyishi to`g`rimi?! Alloh vahiy qilgan dasturni qo`yib, o`zi to`qib chiqargan dastur asosida yashashi joizmi?! Insonga yaqin osmonga yulduzlarni ziynat qilib yaratdik. O`sha yulduzlar osmonni jinu shaytonlardan qo`rib turadilar.)
13
فَإِنْ أَعْرَضُواْ فَقُلْ أَنذَرْتُكُمْ صَٰعِقَةً مِّثْلَ صَٰعِقَةِ عَادٍ وَثَمُودَ١٣
Sodiq
Bas, agar yuz o`girsalar, sen: «Men sizlarni Od va Samudga kelgan chaqmoqqa o`xshash chaqmoq-la ogohlantirdim», deb ayt.
14
إِذْ جَآءَتْهُمُ ٱلرُّسُلُ مِنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا تَعْبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ قَالُواْ لَوْ شَآءَ رَبُّنَا لَأَنزَلَ مَلَٰٓئِكَةً فَإِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ١٤
Sodiq
O`shanda Payg`ambarlar ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham: «Faqat, Allohdan o`zgaga ibodat qilmanglar», deb kelganlarida, ular: «Agar Robbimiz xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Albatta, biz siz bilan yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.
15
فَأَمَّا عَادٌ فَٱسْتَكْبَرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَقَالُواْ مَنْ أَشَدُّ مِنَّا قُوَّةً ۖ أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَهُمْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۖ وَكَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَجْحَدُونَ١٥
Sodiq
Od (qavmi) bo`lsa, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qildilar. Ular: «Bizdan quvvatliroq kim bor?!» – dedilar. Ularni yaratgan Alloh o`zlaridan quvvatli ekanini bilmasmidilar?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etar edilar.
16
فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِىٓ أَيَّامٍ نَّحِسَاتٍ لِّنُذِيقَهُمْ عَذَابَ ٱلْخِزْىِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَخْزَىٰ ۖ وَهُمْ لَا يُنصَرُونَ١٦
Sodiq
Bas, Biz ustlariga shumlik kunlarida sorsor shamolini yubordik. Buni ularga hayoti dunyoning xorlik azobini tottirish uchun qildik. Albatta, oxirat azobi xor qilguvchiroqdir va ularga nusrat berilmas.[1]
[1] «Shumlik kunlari» ya'ni, yomonlik kunlari deb oyatda Od qavmi ustiga balo shamoli kelgan kunlar aytilmoqda. U o`ta sovuq va qattiq shamol bo`lib, tekkan joyini kuydirib ketadi.)
17
وَأَمَّا ثَمُودُ فَهَدَيْنَٰهُمْ فَٱسْتَحَبُّواْ ٱلْعَمَىٰ عَلَى ٱلْهُدَىٰ فَأَخَذَتْهُمْ صَٰعِقَةُ ٱلْعَذَابِ ٱلْهُونِ بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ١٧
Sodiq
Ammo Samud bo`lsa, bas, Biz ularni hidoyat qildik. Ular esa, hidoyatdan ko`ra ko`rlikni afzal ko`rdilar. Bas, kasb qilgan narsalari tufayli ularni xorlik azobi chaqmog`i urdi.
18
وَنَجَّيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ١٨
Sodiq
Iymon keltirganlarga va taqvo qilib yurganlarga najot berdik.
19
وَيَوْمَ يُحْشَرُ أَعْدَآءُ ٱللَّهِ إِلَى ٱلنَّارِ فَهُمْ يُوزَعُونَ١٩
Sodiq
Allohning dushmanlari do`zaxga jamlanadigan, ular tizib qo`yiladigan kunni (esla).
20
حَتَّىٰٓ إِذَا مَا جَآءُوهَا شَهِدَ عَلَيْهِمْ سَمْعُهُمْ وَأَبْصَٰرُهُمْ وَجُلُودُهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ٢٠
Sodiq
Nihoyat, unga yetib kelishgach, quloqlari, ko`zlari va terilari qilib o`tgan narsalari haqida ularga qarshi guvohlik beradilar.[1]
[1] Allohning dushmanlari bo`lgan kofirlar jahannam tomon haydalganlaridan keyin, jahannamga yetib kelishgach, gunohlari haqida quloqlari, ko`zlari va terilari ularga qarshi guvohlik berur.)
21
وَقَالُواْ لِجُلُودِهِمْ لِمَ شَهِدتُّمْ عَلَيْنَا ۖ قَالُوٓاْ أَنطَقَنَا ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنطَقَ كُلَّ شَىْءٍ وَهُوَ خَلَقَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ٢١
Sodiq
Ular terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» – dedilar. U(teri)lari: «Har bir narsani nutq qildirgan Alloh bizni ham nutq qildirdi. U zot sizlarni avval boshda yaratgan va Ungagina qaytarilursizlar», dedilar.[1]
[1] Alloh sizlarni yo`qdan bor qilgan zot-ku, nima uchun unga dushman bo`ldingiz o`zi?! Yana, nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz, deysizlar!)
22
وَمَا كُنتُمْ تَسْتَتِرُونَ أَن يَشْهَدَ عَلَيْكُمْ سَمْعُكُمْ وَلَآ أَبْصَٰرُكُمْ وَلَا جُلُودُكُمْ وَلَٰكِن ظَنَنتُمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَا يَعْلَمُ كَثِيرًا مِّمَّا تَعْمَلُونَ٢٢
Sodiq
Siz o`zingizga qarshi qulog`ingiz, ko`zlaringiz va terilaringiz guvohlik berishlaridan yashirinmas edingiz. Lekin Alloh qilayotgan amallaringizning ko`pini bilmas, deb gumon qilar edingiz.[1]
[1] Siz gunoh ishlarni qilayotgan vaqtingizda odamlar guvoh bo`lmasin, deb berkinsangiz ham, quloq, ko`z va terilaringizdan berkina olmas edingiz, bizga qarshi guvohlik bermaydi, deb o`ylardingiz.)
23
وَذَٰلِكُمْ ظَنُّكُمُ ٱلَّذِى ظَنَنتُم بِرَبِّكُمْ أَرْدَىٰكُمْ فَأَصْبَحْتُم مِّنَ ٱلْخَٰسِرِينَ٢٣
Sodiq
Ana o`sha, Robbingiz haqida qilgan gumoningiz sizni halokatga uchratdi. Bas, ziyonkorlardan bo`ldingiz.
24
فَإِن يَصْبِرُواْ فَٱلنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ ۖ وَإِن يَسْتَعْتِبُواْ فَمَا هُم مِّنَ ٱلْمُعْتَبِينَ٢٤
Sodiq
Agar sabr qilsalar, jahannam ularga makondir. Agar itobga qaytarishni talab qilsalar, ular itobga qaytariluvchi ham bo`lmaslar.
25
۞وَقَيَّضْنَا لَهُمْ قُرَنَآءَ فَزَيَّنُواْ لَهُم مَّا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَحَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُواْ خَٰسِرِينَ٢٥
Sodiq
Biz ularga «do`stlar» tayyorladik. Bas, o`shalar ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni ziynatlab ko`rsatdilar va ularga ham o`zlaridan oldin o`tgan jin va insdan bo`lgan ummatlar qatori (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, ular ziyonkor bo`ldilar.[1]
[1] Insonga yomon ishi, gunoh amali yaxshi bo`lib ko`rinishi eng katta balodir. Odam bolasiga eng katta musibat xatolari va gunohlarini his etish tuyg`usini yo`qotishi oqibatida yetadi. U o`zining har bir ishini yaxshi, go`zal deb biladi. Uning atrofidagi do`stlari ham buni tasdiqlab turadi. Agar yaqin do`stlar unga avvalgi gunohlarini ham, bo`lajak gunohlarini ham ziynatlab ko`rsataversalar, ular uni jahannam tomon maqtab-maqtab olib ketayotgan bo`ladilar. Aslida do`stlik emas, dushmanlik qilayotgan bo`ladilar. Oqil inson maslahatgo`yning maslahatidan kim do`st, kim dushman ekanini bilib oladi. Do`st achitib gapiradi, dushman kuldirib. Yaqin do`stlari maqtovidan shod bo`lib, o`z amali o`ziga ziynatli tuyulganlar borib-borib halokatga yo`liqdilar.)
26
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَا تَسْمَعُواْ لِهَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَٱلْغَوْاْ فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَغْلِبُونَ٢٦
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Bu Qur'onga quloq solmanglar, unga xalaqit bering, shoyadki, g`olib bo`lsangiz», dedilar.
27
فَلَنُذِيقَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَذَابًا شَدِيدًا وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَسْوَأَ ٱلَّذِى كَانُواْ يَعْمَلُونَ٢٧
Sodiq
Bas, albatta, Biz kufr keltirganlarga shiddatli azobni tottiramiz va, albatta, ularga qilib yurgan amallarining eng yomon jazosini beramiz.
28
ذَٰلِكَ جَزَآءُ أَعْدَآءِ ٱللَّهِ ٱلنَّارُ ۖ لَهُمْ فِيهَا دَارُ ٱلْخُلْدِ ۖ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَجْحَدُونَ٢٨
Sodiq
Mana, Alloh dushmanlarining jazosi do`zaxdir. Ularga unda abadiylik diyori bor. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi shudir.
29
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ رَبَّنَآ أَرِنَا ٱلَّذَيْنِ أَضَلَّانَا مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ نَجْعَلْهُمَا تَحْتَ أَقْدَامِنَا لِيَكُونَا مِنَ ٱلْأَسْفَلِينَ٢٩
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Ey Robbimiz, bizni adashtirgan jin va insdan bo`lgan shaxslarni bizga ko`rsatgin, ularni oyoqlarimiz ostiga olaylik, toki, ular eng pastlardan bo`lsinlar», dedilar.
30
إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُواْ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَٰمُواْ تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَلَّا تَخَافُواْ وَلَا تَحْزَنُواْ وَأَبْشِرُواْ بِٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ٣٠
Sodiq
Albatta, «Robbimiz Alloh» degan, so`ngra mustaqiym bo`lganlarning ustilaridan farishtalar: «Qo`rqmanglar, mahzun ham bo`lmanglar, o`zingizga va'da qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar.
31
نَحْنُ أَوْلِيَآؤُكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَشْتَهِىٓ أَنفُسُكُمْ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَدَّعُونَ٣١
Sodiq
Biz hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do`stlaringizdirmiz. Sizga u(jannat)da ko`nglingiz ishtaha qilgan narsa bordir va sizga unda orzu qilingan narsangiz bordir.
32
نُزُلًا مِّنْ غَفُورٍ رَّحِيمٍ٣٢
Sodiq
Bu o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdan ziyofatdir», deb tusharlar.
33
وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلًا مِّمَّن دَعَآ إِلَى ٱللَّهِ وَعَمِلَ صَٰلِحًا وَقَالَ إِنَّنِى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ٣٣
Sodiq
Allohga da'vat qilgan, solih amallarni qilgan va «Albatta, men musulmonlardanman!» degan kishidan ham go`zal so`zli kim bor?![1]
[1] Dunyodagi eng go`zal so`z Alloh taolo yo`liga chaqiruvchi so`zdir. Dunyodagi eng go`zal so`zlovchi Alloh taologa da'vat qiluvchining o`zidir. Ammo o`sha so`zning haqiqatda go`zal bo`lishi va o`sha so`zlovchining o`zi eng go`zal so`zlovchi bo`lishi uchun quruq da'vatning o`zi yetmaydi. Balki da'vat bilan birga, solih amal bo`lishi hamda «Albatta, men musulmonlardanman», deyishi kerak. Ana o`shandagina, u odam eng go`zal so`z so`zlagan bo`ladi. Zero, faqat musulmonligi tufayli shu fazlga ega bo`lgandir.)
34
وَلَا تَسْتَوِى ٱلْحَسَنَةُ وَلَا ٱلسَّيِّئَةُ ۚ ٱدْفَعْ بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ فَإِذَا ٱلَّذِى بَيْنَكَ وَبَيْنَهُۥ عَدَٰوَةٌ كَأَنَّهُۥ وَلِىٌّ حَمِيمٌ٣٤
Sodiq
Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo`lmas. Sen yaxshilik bo`lgan narsa ila daf' qil. Ko`ribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa xuddi sodiq do`stdek bo`lur.[1]
[1] Bu Islom da'vatchilari uchun juda ham zarur bir sifatdir. Har bir narsani yomonlik bilan emas, faqat yaxshilik bilan qarshi olish darajasiga yetgan da'vatchigina katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ammo bu sifatga erishish oson emas.)
35
وَمَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَمَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ذُو حَظٍّ عَظِيمٍ٣٥
Sodiq
Unga faqat sabr qilganlargina erishur. Unga faqat ulug` nasiba egasi bo`lganlargina erishur.[1]
[1] Sabr qilmasa, darhol yomon so`zga yomon so`z qaytaradi. Yomon ishga yomon ish qaytaradi. Bu esa, da'vatchiga hech foyda bermaydi. Allohning diniga da'vat qiluvchi shaxs kishilarning havoi nafslariga, o`rganib qolgan odatlariga, ularning shaxsiy manfaat deb o`ylab yurgan ba'zi bir narsalariga qarshi gapirishi kerak.)
36
وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ نَزْغٌ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٣٦
Sodiq
Agar seni shayton vasvasasidan bir vasvasa tutsa, Allohdan panoh so`ra. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.[1]
[1] Agar shayton vasvasaga solib, seni yomonliklarni yaxshilik bilan qaytarishdan aynitmoqchi bo`lsa, Alloh taoloning O`zidan panoh so`ra, Unga sig`in. U seni saqlaydi. «Albatta, U zot o`ta eshituvchi va o`ta biluvchi Zotdir». U har bir muhtojning iltimosini eshitadi. Da'vatchi buni yaxshi anglashi lozim.)
37
وَمِنْ ءَايَٰتِهِ ٱلَّيْلُ وَٱلنَّهَارُ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ ۚ لَا تَسْجُدُواْ لِلشَّمْسِ وَلَا لِلْقَمَرِ وَٱسْجُدُواْ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَهُنَّ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ٣٧
Sodiq
Kechayu kunduz, quyoshu oy Uning oyat(belgi)laridan. Bas, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar. Ularni yaratgan Allohga sajda qiling. Gar siz Ungagina ibodat qilmoqchi bo`lsangiz.
38
فَإِنِ ٱسْتَكْبَرُواْ فَٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ يُسَبِّحُونَ لَهُۥ بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَهُمْ لَا يَسْـَٔمُونَ ۩٣٨
Sodiq
Agar ular mutakabbirlik qilsalar. Robbingning huzuridagilar Unga kechasiyu kunduzi tasbih ayturlar. Ular malol olmaslar.
39
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنَّكَ تَرَى ٱلْأَرْضَ خَٰشِعَةً فَإِذَآ أَنزَلْنَا عَلَيْهَا ٱلْمَآءَ ٱهْتَزَّتْ وَرَبَتْ ۚ إِنَّ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاهَا لَمُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٣٩
Sodiq
Yana Uning oyatlaridan, yerni qaqragan holda ko`rishingdir. Bas, Biz uning ustidan suv tushirsak, u qimirlar va o`sar. Uni tiriltirgan Zot, albatta, o`liklarni ham tiriltirguvchidir. Albatta, U zot har bir narsaga qodirdir.
40
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا لَا يَخْفَوْنَ عَلَيْنَآ ۗ أَفَمَن يُلْقَىٰ فِى ٱلنَّارِ خَيْرٌ أَم مَّن يَأْتِىٓ ءَامِنًا يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ ٱعْمَلُواْ مَا شِئْتُمْ ۖ إِنَّهُۥ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ٤٠
Sodiq
Albatta, oyatlarimiz haqida egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy bo`lib qolmaslar. Do`zaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?! Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.[1]
[1] Bu oyati karima Qur'oni Karim mo`'jizasi bo`lib, Allohning biru borligi va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi borliqdagi oyat-belgilarga nisbatan egrilik ila munosabatda bo`lgan odamlarning ahvolini bayon qiladi. Allohning oyatlari haqida egrilik qiladiganlar qiyomat kuni do`zaxga, to`g`rilik qiladiganlar jannatga kiradilar. Xo`sh, ulardan qaysi biri yaxshi? Hamma narsa ma'lum va ochiq-oydin bo`ldi. Endi Xohlasangiz, quyoshga sajda qiling. Xohlasangiz, oyga sajda qiling. Xohlasangiz, Allohning oyatlari haqida kufr so`zlar ayting. Har bir ishingizni Alloh taolo ko`rib turadi. Qiyomatda amalingizga yarasha jazolaydi.)
41
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِٱلذِّكْرِ لَمَّا جَآءَهُمْ ۖ وَإِنَّهُۥ لَكِتَٰبٌ عَزِيزٌ٤١
Sodiq
Albatta, o`zlariga Zikr kelganda unga kufr keltirganlar... Albatta, u aziz kitobdir.
42
لَّا يَأْتِيهِ ٱلْبَٰطِلُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَلَا مِنْ خَلْفِهِۦ ۖ تَنزِيلٌ مِّنْ حَكِيمٍ حَمِيدٍ٤٢
Sodiq
Uning oldidan ham, ortidan ham botil kelmas. U, o`ta hikmatli va o`ta maqtalgan Zotning tushirganidir.
43
مَّا يُقَالُ لَكَ إِلَّا مَا قَدْ قِيلَ لِلرُّسُلِ مِن قَبْلِكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ وَذُو عِقَابٍ أَلِيمٍ٤٣
Sodiq
Senga aytilayotgan narsaki bor, batahqiq, sendan oldingi Payg`ambarlarga ham aytilgandir. Albatta, Robbing mag`firat egasidir va alamli azob egasidir.
44
وَلَوْ جَعَلْنَٰهُ قُرْءَانًا أَعْجَمِيًّا لَّقَالُواْ لَوْلَا فُصِّلَتْ ءَايَٰتُهُۥٓ ۖ ءَا۬عْجَمِىٌّ وَعَرَبِىٌّ ۗ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ هُدًى وَشِفَآءٌ ۖ وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ فِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرٌ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يُنَادَوْنَ مِن مَّكَانٍ بَعِيدٍ٤٤
Sodiq
Agar Biz uni ajamiycha Qur'on qilganimizda, albatta: «Uning oyatlari mufassal bayon qilinganida edi. Arabiyga ajamchami?!» – der edilar. Sen: «U, iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir. Iymon keltirmaydiganlarning quloqlarida og`irlik bordir. U, ular uchun ko`rlikdir. Ular uzoq makondan chaqirilayotganlardir», deb ayt.[1]
[1] Farazan Qur'onni arab tilida emas, biror ajamiy tilda nozil qilganimizda, kofir mushriklar bunga ham gap topar edilar. Chunki, aslida, Qur'onga ergashish niyatlari yo`q.)
45
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۗ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ٤٥
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbing tomonidan oldin so`z o`tmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi. Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar.[1]
[1] Muso alayhissalomning qavmi Tavrot haqida ixtilof qildi. Ba'zilari iymon keltirdi. Ba'zilari kufrga ketdi. Xuddi Qur'onga nisbatan munosabatga o`xshash munosabat bo`ldi. Agar Alloh taolo qiyomatda hisob-kitob qilishga so`z bermaganida, kitobiga kufr keltirganlarni, albatta, azobga duchor etar edi.)
46
مَّنْ عَمِلَ صَٰلِحًا فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَسَآءَ فَعَلَيْهَا ۗ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّٰمٍ لِّلْعَبِيدِ٤٦
Sodiq
Kim solih amal qilsa, o`ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o`ziga zarar. Robbing bandalarga zulm qilguvchi emas.
47
۞ إِلَيْهِ يُرَدُّ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ ۚ وَمَا تَخْرُجُ مِن ثَمَرَٰتٍ مِّنْ أَكْمَامِهَا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ أَيْنَ شُرَكَآءِى قَالُوٓاْ ءَاذَنَّٰكَ مَا مِنَّا مِن شَهِيدٍ٤٧
Sodiq
Soat(qiyomat) ilmi U zotning O`zigagina qaytarilur. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir urg`ochining nimaga homilador bo`lishi ham, nimani tug`ishi ham faqat Uning ilmi ila bo`lur. U zot ularga: «Mening sheriklarim qani?!» – deb nido qiladigan kunda, ular: «Biz senga bildiramizki, bunga bizdan birorta guvoh yo`q», derlar.
48
وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَدْعُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَظَنُّواْ مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍ٤٨
Sodiq
Va ulardan ilgari iltijo qilib yurgan narsalari g`oyib bo`ldi. Ular o`zlariga qochar joy yo`qligiga to`la ishondilar.
49
لَّا يَسْـَٔمُ ٱلْإِنسَٰنُ مِن دُعَآءِ ٱلْخَيْرِ وَإِن مَّسَّهُ ٱلشَّرُّ فَيَـُٔوسٌ قَنُوطٌ٤٩
Sodiq
Inson yaxshilik tilashni hech malol olmas. Agar uni yomonlik tutsa, u umidsiz tushkundir.[1]
[1] Bu dunyoda inson o`ziga yaxshilik tilashdan hech to`xtamaydi. Unga qanchalik ko`p yaxshilik yetsa, yana ko`proq yaxshilik kelishini istaydi, hech malol olmaydi. Ammo ozgina zarar yetsa, qattiq xafa bo`lib ketadi. Umidsizlanib tushkunlikka tushadi. Besh kunlik dunyoning yaxshiligiga shunchalik qattiq hirs qo`ygan, yomonligidan shunchalik qo`rqqan inson nima uchun oxiratning abadiy azobidan qo`rqmaydi va abadiy yaxshiligiga qiziqmaydi?!)
50
وَلَئِنْ أَذَقْنَٰهُ رَحْمَةً مِّنَّا مِنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ هَٰذَا لِى وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةً وَلَئِن رُّجِعْتُ إِلَىٰ رَبِّىٓ إِنَّ لِى عِندَهُۥ لَلْحُسْنَىٰ ۚ فَلَنُنَبِّئَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِمَا عَمِلُواْ وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ٥٠
Sodiq
Agar Biz unga uni tutgan zarardan so`ng O`zimizdan rahmat tottirsak, albatta, u: «Bu menikidir. Men soat(qiyomat) qoim bo`lur, deb o`ylamayman. Agar Robbimga qaytarilsam, albatta, men uchun Uning huzurida go`zal (mukofot) bordir», der. Bas, albatta, kufr keltirganlarga qilgan amallari xabarini berurmiz. Albatta, ularga og`ir azobdan tottirurmiz.
51
وَإِذَآ أَنْعَمْنَا عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ أَعْرَضَ وَنَـَٔا بِجَانِبِهِۦ وَإِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ فَذُو دُعَآءٍ عَرِيضٍ٥١
Sodiq
Qachon insonga ne'mat bersak, u yuz o`girar va yonboshi ila uzoqlashar. Qachon uni yomonlik tutsa, bas, u uzundan-uzoq duo egasidir.
52
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ثُمَّ كَفَرْتُم بِهِۦ مَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ هُوَ فِى شِقَاقٍ بَعِيدٍ٥٢
Sodiq
Sen: «Menga aytinglar-chi, agar u Allohning huzuridan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirib yurgan bo`lsangiz. Xo`sh, (haqdan) uzoq tortishuvda bo`lganlardan ham adashganroq kim bor?!» – deb ayt.
53
سَنُرِيهِمْ ءَايَٰتِنَا فِى ٱلْـَٔافَاقِ وَفِىٓ أَنفُسِهِمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ ۗ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ٥٣
Sodiq
Biz ularga ham ufqlardagi, ham o`z nafslaridagi oyat (belgi)larimizni ko`rsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan bo`lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?![1]
[1] Darhaqiqat, o`tgan davr ichida Alloh taolo odamlarga ufqlarda, atrof-jonibida ko`plab ajoyibotlarni anglatib qo`ydiki, o`sha belgilarni o`rgangan odamlar Qur'onning haq ilohiy kitob ekanini tan olib, musulmon bo`lmoqdalar. Yershunos, osmonshunos, tabiatshunos, hayvonshunos va boshqa turli soha olimlari Allohning ufqlaridagi oyat-belgilarini o`rganib, Alloh taologa iymon keltirmoqdalar. Shuningdek, insonning o`zini o`rgangan olimlar ham Qur'onni tan olmoqdalar.)
54
أَلَآ إِنَّهُمْ فِى مِرْيَةٍ مِّن لِّقَآءِ رَبِّهِمْ ۗ أَلَآ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ مُّحِيطُۢ٥٤
Sodiq
Ogoh bo`linglar! Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`lishdan shakdadirlar. Ogoh bo`linglar! Albatta, U zot har bir narsani ihota qilguvchidir.[1]
[1] Unga ro`baro` bo`lishdan qochib qayerga boradilar?)