Sura 42
Shuro
K
Mashvarat
53 oyat |
Makka |
Sura 42 • Oyat 1 / 53 • Juz 251⁄8 • Sahifa 483
Shuro
2
1
حمٓ١
Sodiq
Haa. Miym.
2
عٓسٓقٓ٢
Sodiq
Ayn. Siyn. Qoof.
3
كَذَٰلِكَ يُوحِىٓ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٣
Sodiq
Aziyzu o`ta hikmatli bo`lmish Alloh senga va sendan avvalgilarga mana shunday vahiy qilur.
4
لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْعَظِيمُ٤
Sodiq
Osmondagi narsalar va yerdagi narsalar unikidir. U zot yuksak va ulug`dir.[1]
[1] Osmonda nimaiki bo`lsa, Allohnikidir. Alloh taoloning mulkidir. Yerda nimaiki bo`lsa, Allohnikidir. Ularning hamma-hammasi Alloh taloning mulkidir. Uning mulkiga hech kim sherik bo`la olmas.)
5
تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرْنَ مِن فَوْقِهِنَّ ۚ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ٥
Sodiq
Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istig`for so`rarlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.[1]
[1] Alloh taoloning yuksakligi va ulug`ligi qarshisida chiday olmay, osmonlar o`z ustilaridan yorilib ketay, deb turadilar.)
6
وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهُ حَفِيظٌ عَلَيْهِمْ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ٦
Sodiq
Undan o`zga «do`stlar» tutganlarga Alloh kuzatguvchidir. Sen ularga vakil emassan.
7
وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ قُرْءَانًا عَرَبِيًّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنذِرَ يَوْمَ ٱلْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ فَرِيقٌ فِى ٱلْجَنَّةِ وَفَرِيقٌ فِى ٱلسَّعِيرِ٧
Sodiq
Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, bo`lishida hech shubha yo`q jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qur'onni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh do`zaxda.[1]
[1] Ilmiy izlanishlar ko`rsatdiki, Makkai Mukarrama yerning quruqlik qismining qoq markazi ekan. Bu haqiqatdan, oyati karimadagi «shaharlarning onasi va uning atrofini ogohlantirishing uchun» degani, butun Yer yuzini ogohlantirishing uchun, degani ekanligi ma'lum bo`ldi. Shu kashfiyotga asoslanib, dunyoning hamma nuqtasidan turib qiblani topib oladigan asbob yaratildi.)
8
وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَهُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَلَٰكِن يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّٰلِمُونَ مَا لَهُم مِّن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ٨
Sodiq
Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kishini O`z rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir do`st ham, yordam beruvchi ham yo`qdir.
9
أَمِ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۖ فَٱللَّهُ هُوَ ٱلْوَلِىُّ وَهُوَ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٩
Sodiq
Yoki ular undan boshqa «do`stlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning O`zigina do`stdir. U zot o`liklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir.
10
وَمَا ٱخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِن شَىْءٍ فَحُكْمُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبِّى عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ١٠
Sodiq
«Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana o`sha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.»
11
فَاطِرُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ أَزْوَٰجًا ۖ يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ ۚ لَيْسَ كَمِثْلِهِۦ شَىْءٌ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ١١
Sodiq
U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga o`z jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni o`sha (juftlik) asosida ko`paytirur. U zotga o`xshash hech narsa yo`qdir. U zot o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir.
12
لَهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ١٢
Sodiq
Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir. U, xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan, U barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir.
13
۞شَرَعَ لَكُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِۦ نُوحًا وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِۦٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰٓ ۖ أَنْ أَقِيمُواْ ٱلدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُواْ فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى ٱلْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ ٱللَّهُ يَجْتَبِىٓ إِلَيْهِ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ١٣
Sodiq
U zot sizlarga din etib O`zi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni da'vat qilgan narsa og`ir keldi. Alloh O`zi xohlagan kishisini (Payg`ambarlikka) tanlab olur va U O`zigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur.[1]
[1] Ey odamlar, dinni Alloh taolodan qanday kelgan bo`lsa, shunday barpo qilingiz, unga ana shunday holida amal qilingiz. Din haqida turli tafriqaga tushib, ixtilof qilmangiz.)
14
وَمَا تَفَرَّقُوٓاْ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى لَّقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُورِثُواْ ٱلْكِتَٰبَ مِنۢ بَعْدِهِمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ١٤
Sodiq
Ular faqat o`zlariga ilm kelgandan keyingina, o`zaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) ma'lum muddatgacha (qoldirish) haqida so`z o`tgan bo`lmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan bo`lur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar.[1]
[1] Dinda tafriqaga tushganlari uchun mazkur nobakor qavmlarini allaqachon halok qilib yuborish kerak edi. Ammo, Alloh taoloning oldindan ajalni belgilab qo`yganigina bu ishni to`sib turibdi. Ilohiy kitob kelganda o`zaro hasad va adovat ila tafriqaga tushganlarning kitobiga voris qilingan yahudiy va nasorolar Qur'on tushgan paytda ham o`z kitoblari haqida shak-shubhadadirlar.)
15
فَلِذَٰلِكَ فَٱدْعُ ۖ وَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ ۖ وَقُلْ ءَامَنتُ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِن كِتَٰبٍ ۖ وَأُمِرْتُ لِأَعْدِلَ بَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ ۖ لَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ ۖ لَا حُجَّةَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ يَجْمَعُ بَيْنَنَا ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ١٥
Sodiq
Bas, shuning uchun ham, o`zingga amr qilinganidek da'vat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat o`rnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz o`zimiz uchun, sizning amallaringiz o`zingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga o`rin) yo`q. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolg`iz Uning O`zigadir», deb ayt.[1]
[1] Alloh senga bergan dinga odamlarni da'vat qil va o`z da'vatingda Alloh senga buyurganidek mustaqim tur. O`tgan payg`ambarlarning dinida tafriqaga tushgan va kitoblariga shak-shubha qilgan nobakor qavmlarning havoi nafslariga ergashma. Ey Payg`ambar, Alloh tomonidan menga siz bandalar orangizda mutlaq adolat ila hukm qilishga buyurildim. Kishilarning diniga, jinsiga, nasl-nasabiga, mansabiga, obro`-e'tiboriga qarab emas, odamligiga, Allohning bandasi ekanligiga nisbatan adolat o`rnatishga buyurildim, deb ayt.)
16
وَٱلَّذِينَ يُحَآجُّونَ فِى ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا ٱسْتُجِيبَ لَهُۥ حُجَّتُهُمْ دَاحِضَةٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ١٦
Sodiq
Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga g`azab bordir va ularga shiddatli azob bordir.[1]
[1] Ya'ni, mo`min-musulmonlar Allohga va uning diniga ijobat qilganlaridan keyin, kofir va mushriklarning haq ekanligiga har qancha hujjat-dalil keltirsalar ham, Allohning nazdida ularning hujjat-dalillari botildir.)
17
ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ وَٱلْمِيزَانَ ۗ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ قَرِيبٌ١٧
Sodiq
Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qiyomat) yaqindir!
18
يَسْتَعْجِلُ بِهَا ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا ٱلْحَقُّ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلَّذِينَ يُمَارُونَ فِى ٱلسَّاعَةِ لَفِى ضَلَٰلٍ بَعِيدٍ١٨
Sodiq
U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istaydilar, iymon keltirganlar esa, undan qo`rquvchidirlar, zotan, uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh bo`ling! Albatta, soat(qiyomat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.
19
ٱللَّهُ لَطِيفُۢ بِعِبَادِهِۦ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ١٩
Sodiq
Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu aziyzdir.[1]
[1] Ya'ni, bandalarning kim bo`lishidan qat'iy nazar, ularga shafqat qiladi, yaxshilik ko`rsatadi, isyonlariga qaramay, ularga xayru barakalarini serob qilib qo`yadi.)
20
مَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلْـَٔاخِرَةِ نَزِدْ لَهُۥ فِى حَرْثِهِۦ ۖ وَمَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ٢٠
Sodiq
Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga o`shandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba bo`lmas.[1]
[1] Bu dunyo rizqini xohlab, o`shanga yarasha harakat qilgan bandaga bu dunyo rizqini beradi. Ammo bu dunyo rizqini istagan o`sha bandaga oxiratdan hech qanday nasiba qolmaydi. Oxirat hosilini istagan odam esa, bu dunyo hosilidan ham boshqalardan ko`ra yaxshiroq bahramand bo`ladi. Allohga iymon keltirib, Uning shariatiga amal qilganlar yaxshi oqibatga erishishlari turgan gap.)
21
أَمْ لَهُمْ شُرَكَٰٓؤُاْ شَرَعُواْ لَهُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنۢ بِهِ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةُ ٱلْفَصْلِ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٢١
Sodiq
Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi bo`lmaganida, albatta, ular o`rtasida hukm qilingan bo`lar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir.[1]
[1] Dinsiz, iymonsiz kishilar, Allohning amriga yurmasdan, turli gunoh ishlarni qiladilar. Gunoh ishlarga Alloh taolo izn bermagani, ularni man qilgani juda ham ravshan. Ammo ba'zi odamlar gunoh va ma'siyatlarni bemolol qilmoqdalar. Ularga mazkur gunoh va ma'siyatlarni qilishga kim izn beradi? Allohga sherik keltirgan xudolarimi?! O`sha sherik xudolari ularga Alloh izn bermagan ishlarni qilishni qonunlashtirib berganmi? Agar bandalarning amallariga savob yoki azob qiyomatda bo`lishi haqidagi ajrim so`zi bo`lmaganida, bandalar orasida hoziroq hukm qilinib qo`yilgan bo`lar edi.)
22
تَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا كَسَبُواْ وَهُوَ وَاقِعُۢ بِهِمْ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِى رَوْضَاتِ ٱلْجَنَّاتِ ۖ لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ٢٢
Sodiq
Zolimlarni o`zlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qo`rquvchi o`laroq ko`rasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat bog`laridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning o`zi katta fazldir.
23
ذَٰلِكَ ٱلَّذِى يُبَشِّرُ ٱللَّهُ عِبَادَهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا ٱلْمَوَدَّةَ فِى ٱلْقُرْبَىٰ ۗ وَمَن يَقْتَرِفْ حَسَنَةً نَّزِدْ لَهُۥ فِيهَا حُسْنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ شَكُورٌ٢٣
Sodiq
Ana o`sha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina so`rayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga o`sha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, Shakurdir.[1]
[1] Ushbu jumla ma'nosi haqida ulamolarimiz bir necha xil fikrlar aytishgan. Misol uchun, Sa'iyd ibn Jubayr roziyallohu anhu «qarindoshlik mehri» iborasini Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ahl baytlari, deb ta'vil qilganlar. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu esa, Quraysh urug`lari ichidan har biri turli yo`llar bilan Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga qarindoshlik rishtalari ila bog`lanar edi, shuning uchun bu jumlada u kishi qurayshliklarga, da'vatlari uchun ulardan ajr so`ramasliklari, balki qarindoshlik haq-hurmatini o`rniga qo`yishini so`rayotganlari ifodalangan, deydilar. Bundan qarindoshchiligimiz hurmati mening ishimga qarshi chiqmanglar, da'vatim yo`lini to`smanglar, degan ma'no chiqadi.)
24
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۖ فَإِن يَشَإِ ٱللَّهُ يَخْتِمْ عَلَىٰ قَلْبِكَ ۗ وَيَمْحُ ٱللَّهُ ٱلْبَٰطِلَ وَيُحِقُّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ٢٤
Sodiq
Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolg`on to`qidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh O`z so`zlari ila botilni yo`q qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani o`ta bilguvchidir.
25
وَهُوَ ٱلَّذِى يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَعْفُواْ عَنِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ وَيَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ٢٥
Sodiq
Uning O`zi bandalaridan tavbani qabul qilur, gunohlarini afv etur va nima qilayotganingizni bilur.
26
وَيَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۚ وَٱلْكَٰفِرُونَ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ٢٦
Sodiq
U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga O`z fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga shiddatli azob bordir.
27
۞وَلَوْ بَسَطَ ٱللَّهُ ٱلرِّزْقَ لِعِبَادِهِۦ لَبَغَوْاْ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَٰكِن يُنَزِّلُ بِقَدَرٍ مَّا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرُۢ بَصِيرٌ٢٧
Sodiq
Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qo`ysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U O`zi xohlaganiga o`lchov bilan tushiradi. Albatta, u O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`ruvchidir.
28
وَهُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ مِنۢ بَعْدِ مَا قَنَطُواْ وَيَنشُرُ رَحْمَتَهُۥ ۚ وَهُوَ ٱلْوَلِىُّ ٱلْحَمِيدُ٢٨
Sodiq
U zot (odamlar) noumid bo`lganlaridan keyin yomg`irni nozil qilur va O`z rahmatini taratur. U valiy va maqtalgan Zotdir.
29
وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَثَّ فِيهِمَا مِن دَآبَّةٍ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ جَمْعِهِمْ إِذَا يَشَآءُ قَدِيرٌ٢٩
Sodiq
Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qo`yilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.
30
وَمَآ أَصَٰبَكُم مِّن مُّصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُواْ عَن كَثِيرٍ٣٠
Sodiq
Sizga qaysi bir musiybat yetsa, bas, o`z qo`lingiz qilgan kasbdandir va U zot ko`pini afv qilur.[1]
[1] Insonning o`zidan o`tmasa, unga biror musibat yetmaydi. Lekin o`ta mehribon bo`lgan Alloh bandasini har bir gunohi uchun musibatga duchor qilavermaydi, faqat ba'zisi uchungina musibatga duchor qiladi, ko`pini kechirib yuboradi. Agar Alloh taolo insonni har bir aybi uchun musibatga uchratadigan bo`lsa, inson darhol halokatga yuz tutar edi.)
31
وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ٣١
Sodiq
Va siz yer yuzida qochib qutula olmaysiz. Hamda siz uchun Allohdan o`zga valiy ham, nusrat berguvchi ham yo`q.
32
وَمِنْ ءَايَٰتِهِ ٱلْجَوَارِ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَٰمِ٣٢
Sodiq
Dengizda tog`dek bo`lib suzib yurguvchi kemalar uning (qudrati) oyat(belgi)laridandir.
33
إِن يَشَأْ يُسْكِنِ ٱلرِّيحَ فَيَظْلَلْنَ رَوَاكِدَ عَلَىٰ ظَهْرِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ٣٣
Sodiq
Agar U zot xohlasa, shamolni to`xtatib qo`yur. Bas, u (kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, ana shunda har bir sabr qiluvchi va shukr qilguvchi uchun oyat(belgi)lar bordir.
34
أَوْ يُوبِقْهُنَّ بِمَا كَسَبُواْ وَيَعْفُ عَن كَثِيرٍ٣٤
Sodiq
Yoki u(kema)larni alarning kasbi tufayli halok qilur va U zot ko`pni afv qilur.
35
وَيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍ٣٥
Sodiq
Va Bizning oyatlarimiz haqida tortishadiganlar bilsinlarki, ular uchun hech bir qochar joy yo`qdir.
36
فَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍ فَمَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ٣٦
Sodiq
Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir.[1]
[1] Ushbu berilgan narsalar xoh molu dunyo bo`lsin, nima bo`lsa bo`lsin — hammasi bu dunyoning matohi, o`tkinchi hoy-havas, xolos. Ularning haqiqiy qadr mezonida hech bir og`irligi yo`q. Haqiqiy qadr-qiymatga, boqiylikka ega narsalar boshqa tomonda — oxiratda, Allohning huzuridadir. Allohning huzuridagi o`sha narsalar, bu dunyo matohi kabi, kim bo`lishidan qat'iy nazar hamma uchun emas.)
37
وَٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ وَإِذَا مَا غَضِبُواْ هُمْ يَغْفِرُونَ٣٧
Sodiq
Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda bo`ladigan va g`azablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir.
38
وَٱلَّذِينَ ٱسْتَجَابُواْ لِرَبِّهِمْ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَمْرُهُمْ شُورَىٰ بَيْنَهُمْ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ٣٨
Sodiq
Robbilariga ijobat qilgan, namozni to`kis ado etgan, ishlari o`zaro shuuro ila bo`lgan va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar uchundir.
39
وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَابَهُمُ ٱلْبَغْىُ هُمْ يَنتَصِرُونَ٣٩
Sodiq
O`zlariga tajovuzkorlik yetganda nusrat qozonadiganlar uchundir.
40
وَجَزَٰٓؤُاْ سَيِّئَةٍ سَيِّئَةٌ مِّثْلُهَا ۖ فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ٤٠
Sodiq
O`monlikning jazosi o`z mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.
41
وَلَمَنِ ٱنتَصَرَ بَعْدَ ظُلْمِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَا عَلَيْهِم مِّن سَبِيلٍ٤١
Sodiq
Albatta, kim o`ziga bo`lgan zulmdan keyin nusrat qozonsa, bas, undaylarni (ayblashga) hech yo`l yo`q.
42
إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَظْلِمُونَ ٱلنَّاسَ وَيَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٤٢
Sodiq
Faqatgina, odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaq tajovuzkorlik qiladiganlarni (ayblashga) yo`l bordir. Ana o`shalarga alamli azob bordir.
43
وَلَمَن صَبَرَ وَغَفَرَ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ٤٣
Sodiq
Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir.[1]
[1] Yana tavozu' ila ish ko`rishga da'vat. Yana sabr qilishga da'vat. Yana kechirimli bo`lishga da'vat. Yaxshilar sifati bo`lgan ushbu sifatlarga takror-takror da'vat bejiz emas. Avvalo, bu ishlarni amalga oshirish oson emas. Qolaversa, yaxshi sifatlarga qancha targ`ib qilinsa, shuncha oz.)
44
وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن وَلِىٍّ مِّنۢ بَعْدِهِۦ ۗ وَتَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ لَمَّا رَأَوُاْ ٱلْعَذَابَ يَقُولُونَ هَلْ إِلَىٰ مَرَدٍّ مِّن سَبِيلٍ٤٤
Sodiq
Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga U zotdan o`zga hech bir valiy bo`lmas. Zolimlarni ko`rursanki, azobni ko`rgan chog`larida: «(Ortga) qaytishga hech bir yo`l bormikan?» – derlar.
45
وَتَرَىٰهُمْ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا خَٰشِعِينَ مِنَ ٱلذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرْفٍ خَفِىٍّ ۗ وَقَالَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ ٱلْخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ فِى عَذَابٍ مُّقِيمٍ٤٥
Sodiq
Sen ularni u(do`zax)ga ko`ndalang qilinayotganlarida xoru zor va qo`rqqan hollarida ko`z qiri bilan nazar solayotganlarini ko`rursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o`zlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar.[1]
[1] Ha, kofir, zolim va osiylar do`zaxga to`g`ri qaray olmaydilar. Balki, faqat ko`z qirlari bilan nazar soladilar. Ularning bu dunyodagi gerdayishlaridan, shahdamliklaridan asar ham qolmaydi. Biror narsani gapira olmay qoladilar. Oxiratda erkin gapira oladiganlar mo`minlardir.)
46
وَمَا كَانَ لَهُم مِّنْ أَوْلِيَآءَ يَنصُرُونَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن سَبِيلٍ٤٦
Sodiq
Va ularga Allohdan o`zga yordam beradigan hech qanday valiylar bo`lmadi. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir (to`g`ri) yo`l yo`qdir.
47
ٱسْتَجِيبُواْ لِرَبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۚ مَا لَكُم مِّن مَّلْجَإٍ يَوْمَئِذٍ وَمَا لَكُم مِّن نَّكِيرٍ٤٧
Sodiq
Qaytarib bo`lmaydigan kun Alloh tomonidan kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! O`sha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas.
48
فَإِنْ أَعْرَضُواْ فَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ۗ وَإِنَّآ إِذَآ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةُۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ كَفُورٌ٤٨
Sodiq
Agar ular yuz o`girsalar, bas, biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga O`zimizdan rahmat tottirgan chog`imizda u undan quvonur va agar ularga o`z qo`llari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni ne'mat qilur.[1]
[1] Yaxshilik yetganda haddan oshganidek, yomonlik yetganda ham o`zini to`g`ri tuta ololmaydi, kufroni ne'mat qiladi. Aslida esa, yaxshilik yetsa, inson shukr qilib, yomonlik yetsa, sabr etishi lozim. Unga nimaiki yetsa, Allohdandir.)
49
لِّلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ إِنَٰثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَآءُ ٱلذُّكُورَ٤٩
Sodiq
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o`g`illar hadya etur.
50
أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَٰثًا ۖ وَيَجْعَلُ مَن يَشَآءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌ قَدِيرٌ٥٠
Sodiq
Yoki ularni juftlab — o`g`il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug`mas qilur. Albatta, U zot o`ta bilguvchi va o`ta qodirdir.[1]
[1] Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida ko`rinadi. Ayni shu masalada inson o`zining ojizligini his etadi. O`z xohishiga ko`ra biron narsani bor qila olmasligini, Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj bo`lib turishini anglab yetadi.)
51
۞وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ ٱللَّهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِن وَرَآئِ حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًا فَيُوحِىَ بِإِذْنِهِۦ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ عَلِىٌّ حَكِيمٌ٥١
Sodiq
Allohning bashar bilan gaplashmog`i bo`lmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot o`ta oliy va o`ta hikmatlidir.[1]
[1] Inson zoti uchun Alloh Taolo bilan bevosita gaplashish muyassar bo`ladigan narsa emas. Alloh bilan bashar orasidagi aloqa bovosita bo`lur. Vositaning bir tarafida insonlar orasidan tanlab olingan eng yetuk zotlar, payg`ambarlar alayhimussalomlar turur. Ya'ni, o`sha vositali gaplashishga ham har bir inson qodir emas. Endi, odamlar orasidan tanlab olingan payg`ambarlar ham barobar emaslar, osmondagi nur sochib turgan yulduzlar hajm va nur jihatidan xilma-xil bo`lganlaridek ular ham xilma-xildirlar.)
52
وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ رُوحًا مِّنْ أَمْرِنَا ۚ مَا كُنتَ تَدْرِى مَا ٱلْكِتَٰبُ وَلَا ٱلْإِيمَٰنُ وَلَٰكِن جَعَلْنَٰهُ نُورًا نَّهْدِى بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنْ عِبَادِنَا ۚ وَإِنَّكَ لَتَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ٥٢
Sodiq
Ana shunga o`xshash, Biz senga O`z amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen to`g`ri yo`lga hidoyat qilursan.[1]
[1] Alloh Taolo bu oyati karimada Qur'oni Karimni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamga vahiy orqali yuborgan so`nggi kitobini ruh-jon, deb atamoqda. Qur'oni Karim insoniyat uchun ma'naviy ruhdir.)
53
صِرَٰطِ ٱللَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِلَى ٱللَّهِ تَصِيرُ ٱلْأُمُورُ٥٣
Sodiq
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohning yo`liga (hidoyat qilursan). Ogoh bo`lingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur.[1]
[1] Sen Allohning kitobi vahiylari ila Allohning bandalarini, Allohning to`g`ri yo`liga hidoyat qilursan.)