Sura 45
Josiya
Q
Tiz cho'kkanlar
37 oyat |
Makka |
Sura 45 • Oyat 1 / 37 • Juz 257⁄8 • Sahifa 499
Josiya
2
1
حمٓ١
Sodiq
Haa. Miym.
2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ٢
Sodiq
Bu kitobning nozil qilinishi Aziyz va o`ta hikmatli Allohdandir.
3
إِنَّ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَـَٔايَٰتٍ لِّلْمُؤْمِنِينَ٣
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerda mo`minlar uchun oyat(belgi)lar bordir.[1]
[1] Darhaqiqat, osmonlaru Yerdagi har bir narsa Alloh taoloning biru borligiga, cheksiz qudratiga yorqin dalildir.)
4
وَفِى خَلْقِكُمْ وَمَا يَبُثُّ مِن دَآبَّةٍ ءَايَٰتٌ لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ٤
Sodiq
Va sizlarning yaratilishingizda va taratib qo`yilgan jonivorlarda aniq ishonadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.[1]
[1] Insonning yaratilishida Alloh taoloning biru borligiga, kuch-qudratiga, tadbiru san'atiga sonsiz-sanoqsiz oyat-belgilar bor.)
5
وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن رِّزْقٍ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ ءَايَٰتٌ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ٥
Sodiq
Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni o`limidan keyin tiriltirishida va shamollarning yo`nalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.
6
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍ بَعْدَ ٱللَّهِ وَءَايَٰتِهِۦ يُؤْمِنُونَ٦
Sodiq
Bular Allohning oyatlaridir. Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Ular Allohni va Uning oyatlarini qo`yib, qaysi gapga iymon keltirurlar?!
7
وَيْلٌ لِّكُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ٧
Sodiq
Har bir yolg`onchi gunohkorga halokat bo`lsin!
8
يَسْمَعُ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ثُمَّ يُصِرُّ مُسْتَكْبِرًا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا ۖ فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ٨
Sodiq
U o`ziga tilovat qilingan Allohning oyatlarini eshitadi-yu, so`ngra, xuddi eshitmagandek, mutakabbirlik qilib turib olur. Bas, unga alamli azob xushxabarini ber.
9
وَإِذَا عَلِمَ مِنْ ءَايَٰتِنَا شَيْـًٔا ٱتَّخَذَهَا هُزُوًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ٩
Sodiq
Qachonki Bizning oyatlarimizdan biror narsa bilsa, uni istehzo qilur. Ana o`shalarga xorlovchi azob bordir.
10
مِّن وَرَآئِهِمْ جَهَنَّمُ ۖ وَلَا يُغْنِى عَنْهُم مَّا كَسَبُواْ شَيْـًٔا وَلَا مَا ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ١٠
Sodiq
Va ortlarida jahannam bor. Ularga kasb qilgan narsalari ham, Allohni qo`yib tutgan «do`stlari» ham hech bir narsada asqotmas. Ularga ulkan azob bordir.
11
هَٰذَا هُدًى ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ لَهُمْ عَذَابٌ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ١١
Sodiq
Bu (Qur'on) hidoyatdir. Robbilari oyatlariga kufr keltirganlarga alamli azobning ashaddiysi bordir.
12
۞ٱللَّهُ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَكُمُ ٱلْبَحْرَ لِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ فِيهِ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ١٢
Sodiq
Alloh sizga dengizni unda O`z amri bilan kemalar yurishi uchun va siz Uning fazlidan istashingiz uchun bo`ysundirib qo`ydi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.
13
وَسَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا مِّنْهُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ١٣
Sodiq
Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni — hammasini O`z tomonidan bo`ysundirib qo`ydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat(belgi)lar bordir.
14
قُل لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ يَغْفِرُواْ لِلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ أَيَّامَ ٱللَّهِ لِيَجْزِىَ قَوْمًۢا بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ١٤
Sodiq
Sen iymon keltirganlarga ayt. Allohning kunlaridan umidvor bo`lmaydiganlarni kechirsinlar. Toki, U zot bu qavmni kasb qilib yurgan narsalari uchun mukofotlasin.[1]
[1] Ey Muhammad, sen mo`minlarga ayt, ular o`zlariga ozor bergan, kelajakdagi Allohning hisob-kitob kunlaridan noumid bo`lgan kofirlarni kechirsinlar. Bu esa, Alloh taolo o`sha musulmon qavmni yaxshi kasblariga ko`ra mukofotlashi uchundir.)
15
مَنْ عَمِلَ صَٰلِحًا فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَسَآءَ فَعَلَيْهَا ۖ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ١٥
Sodiq
Kim solih amal qilsa, o`ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o`ziga zarar. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz.
16
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَفَضَّلْنَٰهُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ١٦
Sodiq
Batahqiq, Biz Bani Isroilga kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berdik, ularga pok narsalarni rizq qilib berdik va ularni olamlar ichida afzal qildik.[1]
[1] O`z zamonasida, albatta, Bani Isroil o`zgalardan afzal bo`lgan. Chunki Tavrot ularga tushirilgan, payg`ambarlar ulardan chiqqan.)
17
وَءَاتَيْنَٰهُم بَيِّنَٰتٍ مِّنَ ٱلْأَمْرِ ۖ فَمَا ٱخْتَلَفُوٓاْ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ١٧
Sodiq
Va Biz ularga (din) ishi haqida ochiq-oydin bayonotlar berdik. Bas, ular o`zlariga ilm kelganidan so`ng o`zaro hasad-adovat qilibgina ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.
18
ثُمَّ جَعَلْنَٰكَ عَلَىٰ شَرِيعَةٍ مِّنَ ٱلْأَمْرِ فَٱتَّبِعْهَا وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ١٨
Sodiq
So`ngra Biz seni (din) ishida bir shariatga yo`lladik. Bas, unga ergash, bilmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma.[1]
[1] Bani Isroilning ishi, yuqorida aytilgandek, muvaffaqiyatsiz tamom bo`lganidan so`ng, biz seni Islom shariatiga yo`lladik.)
19
إِنَّهُمْ لَن يُغْنُواْ عَنكَ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۚ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۖ وَٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلْمُتَّقِينَ١٩
Sodiq
Albatta, ular sendan Alloh tomonidan bo`ladigan hech bir narsani arita olmaslar. Va, albatta, zolimlar bir-birlariga do`stdirlar. Alloh taqvodorlarning do`stidir.
20
هَٰذَا بَصَٰٓئِرُ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ٢٠
Sodiq
Bu (Qur'on) odamlar uchun qalb ko`zlari, aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.
21
أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ ٱجْتَرَحُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن نَّجْعَلَهُمْ كَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَوَآءً مَّحْيَاهُمْ وَمَمَاتُهُمْ ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ٢١
Sodiq
Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o`xshash qilmog`imizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo`lishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon![1]
[1] Ushbu oyatda kofir va osiy kimsaning xayolidan o`tadigan gumon inkor qilinmoqda. Kofirlar, bizning mo`minlardan qayerimiz kam, deb o`ylashlari, gumon qilishlari mumkin. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham mo`minlar bilan barobarlikni da'vo etishlari mumkin. Bu da'vo mutlaqo noto`g`ridir. Alloh taolo hech qachon yomon ishlar qilgan kimsalarni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o`xshatib qo`ymaydi. Ularning ikkovilarini bu hayotda ham, oxiratda ham barobar qilib qo`ymaydi. Barobar bo`lsa, adolat qolarmidi? Payg`ambar yuborish, kitob tushirish va dinni joriy qilishning keragi bo`larmidi?)
22
وَخَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ وَلِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ٢٢
Sodiq
Alloh osmonlaru yerni haq ila, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazosi (ajri)ni olishi uchun yaratgan.
23
أَفَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ وَأَضَلَّهُ ٱللَّهُ عَلَىٰ عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَىٰ سَمْعِهِۦ وَقَلْبِهِۦ وَجَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِۦ غِشَٰوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِنۢ بَعْدِ ٱللَّهِ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ٢٣
Sodiq
Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulog`iga hamda qalbiga muhr bosib, ko`ziga parda tortib qo`ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?!
24
وَقَالُواْ مَا هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَآ إِلَّا ٱلدَّهْرُ ۚ وَمَا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ٢٤
Sodiq
Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. O`lamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yo`q. Ular faqat gumon qiladilar, xolos.[1]
[1] Bular dahriylardir, bizni faqat dahrzamon) o`ldiradi, deganlari uchun shu nomni olganlar. Ular o`lgandan keyin qayta tirilishni inkor etadilar.)
25
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍ مَّا كَانَ حُجَّتَهُمْ إِلَّآ أَن قَالُواْ ٱئْتُواْ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٢٥
Sodiq
Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilingan chog`da, ularning: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, ota-bobolarimizni keltiring-chi?!» – deyishdan boshqa hujjatlari bo`lmas.
26
قُلِ ٱللَّهُ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يَجْمَعُكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ٢٦
Sodiq
Sen: «Alloh sizlarni tiriltirur, so`ngra o`ldirur, so`ngra sizlarni (bo`lishida) shubha yo`q qiyomat kunida jamlar. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.
27
وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَخْسَرُ ٱلْمُبْطِلُونَ٢٧
Sodiq
Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim bo`ladigan kunda, o`sha kunda botilchilar ziyon torturlar.
28
وَتَرَىٰ كُلَّ أُمَّةٍ جَاثِيَةً ۚ كُلُّ أُمَّةٍ تُدْعَىٰٓ إِلَىٰ كِتَٰبِهَا ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٢٨
Sodiq
Har bir ummatni tiz cho`kkan holida ko`rursan. Har bir ummat o`z nomai a'moliga chaqirilur: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni olursiz».[1]
[1] Ya'ni, qiyomat kunining dahshati kuchliligidan u kuni har bir ummatning cho`kalanib qolgan holi ko`riladi. O`sha kunda har bir ummatga, har bir shaxsga, bu dunyoda qilgan amallari yozib borilgan kitob ko`rsatiladi.)
29
هَٰذَا كِتَٰبُنَا يَنطِقُ عَلَيْكُم بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّا كُنَّا نَسْتَنسِخُ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٢٩
Sodiq
«Mana bu kitobimiz sizga haqni nutq qilur. Albatta, Biz qilgan amalingizni yozib turgan edik» (deyilur).[1]
[1] Ya'ni, mana bu nomayi amal kitobi faqat haqiqatni aytadi. Undagi barcha gap rostdir, yolg`oni yo`q. U dunyoda nima amal qilsangiz, o`shani o`z vaqtida aniq yozib turgan edik. Endi shu asosda hisob-kitob etamiz.)
30
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُدْخِلُهُمْ رَبُّهُمْ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ٣٠
Sodiq
Bas, iymon keltirib solih amallarni qilganlarni Robbilari O`z rahmatiga kiritur. Ana o`shaning o`zi ochiq-oydin yutuqdir.
31
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَفَلَمْ تَكُنْ ءَايَٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَٱسْتَكْبَرْتُمْ وَكُنتُمْ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ٣١
Sodiq
Ammo kufr keltirganlarga esa: «Axir, sizga Mening oyatlarim tilovat qilinmaganmidi?! Bas, siz mutakabbirlik qildingiz va jinoyatchi qavm bo`ldingiz.
32
وَإِذَا قِيلَ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَٱلسَّاعَةُ لَا رَيْبَ فِيهَا قُلْتُم مَّا نَدْرِى مَا ٱلسَّاعَةُ إِن نَّظُنُّ إِلَّا ظَنًّا وَمَا نَحْنُ بِمُسْتَيْقِنِينَ٣٢
Sodiq
Vaqtiki: «Albatta, Allohning va'dasi haqdir va soat (qiyomat)da shubha yo`qdir», deyilsa, «Soat(qiyomat) nima ekanini bilmasmiz. Biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz aniq ishonguvchi emasmiz», dedingiz» (deyilur).[1]
[1] Endi holingizga nima bo`ldi? Allohning va'dasi haq ekanmi? Qiyomat soati qoim bo`lar ekanmi? U haqidagi gaplaringiz gumondan boshqa gap emasligini bildingizmi?)
33
وَبَدَا لَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُواْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ٣٣
Sodiq
Va ularga qilgan amallarining yomonliklari ayon bo`ldi va ularni o`zlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab oldi.
34
وَقِيلَ ٱلْيَوْمَ نَنسَىٰكُمْ كَمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّٰصِرِينَ٣٤
Sodiq
«Bugungi kunda xuddi siz ushbu kuningizga ro`baro` bo`lishni unutganingizdek, Biz ham sizni unuturmiz. Joyingiz jahannamdir va sizlarga hech yordamchilar yo`q.
35
ذَٰلِكُم بِأَنَّكُمُ ٱتَّخَذْتُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوًا وَغَرَّتْكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ فَٱلْيَوْمَ لَا يُخْرَجُونَ مِنْهَا وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ٣٥
Sodiq
Bunday bo`lishingiz, albatta, sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz va sizni dunyo hayoti g`ururga ketkazgani uchundir», deyildi. Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar.[1]
[1] Jahanam azobida qiynalib turgan kofiru osiylarga aytiladigan bu gaplar, ular uchun juda ham og`ir ma'naviy azob bo`ladi. Ya'ni, siz yorug` dunyoda qiyomat kuniga ro`baro` bo`lishni qanday unutgan bo`lsangiz, biz ham sizni shunday unutamiz. Ya'ni, sizga rahm qilishni unutamiz.)
36
فَلِلَّهِ ٱلْحَمْدُ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَرَبِّ ٱلْأَرْضِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٣٦
Sodiq
Bas, barcha hamd osmonlarning Robbiga, yerning Robbiga va olamlarning Robbigadir.
37
وَلَهُ ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٣٧
Sodiq
Osmonlaru yerdagi ulug`lik Unikidir. U zot Aziyzu Hakiymdir.