Sura 46

Ahqof

S

Qumtepalar

35 oyat |MakkaMakka |
Sura 46 • Oyat 1 / 35 • Juz 261⁄8 • Sahifa 502
Ahqof
ﻉ438Juz 26 438ﻉ
2
1
حمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Haa. Miym.
2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Kitob tushirilishi Folib va hikmatli Alloh tarafidandir.
3
مَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى ​ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَمَّآ أُنذِرُواْ مُعْرِضُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerni hamda ular o`rtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar bo`lsa, o`zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o`giruvchilardir.[1]

[1] Qur'onni hikmat ila nozil qilgan g`olib va qudratli Alloh osmonlaru Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni ham haq ila, hikmat ila yaratgan.)
4
قُلْ أَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُواْ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ ​ۖ ٱئْتُونِى بِكِتَٰبٍ مِّن قَبْلِ هَٰذَآ أَوْ أَثَٰرَةٍ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohdan o`zga sig`inayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga ko`rsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, menga bu(Qur'on)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt.
5
وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُۥٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ وَهُمْ عَن دُعَآئِهِمْ غَٰفِلُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Allohni qo`yib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, u(but)lar ularning duosidan g`ofildirlar.
6
وَإِذَا حُشِرَ ٱلنَّاسُ كَانُواْ لَهُمْ أَعْدَآءً وَكَانُواْ بِعِبَادَتِهِمْ كَٰفِرِينَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Odamlar mahsharga to`planganda, o`sha(but)lar ularga dushman bo`lurlar va ibodatlariga ham munkir bo`lurlar.[1]

[1] Bizga ibodat qilganingiz yo`q, deb inkor qiladilar. Hatto shayton o`ziga ergashganlardan tonar ekan.)
7
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ هَٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qur'on) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar.
8
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ​ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَلَا تَمْلِكُونَ لِى مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ​ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ​ۖ كَفَىٰ بِهِۦ شَهِيدً​ۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ​ۖ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ‮٨‬‬‬
Sodiq
Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning O`zi u(kitob) haqida siz sho`ng`iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning o`rtangizda guvohlikka Uning O`zi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt.
9
قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًا مِّنَ ٱلرُّسُلِ وَمَآ أَدْرِى مَا يُفْعَلُ بِى وَلَا بِكُمْ ​ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ وَمَآ أَنَاْ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ‮٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men birinchi Payg`ambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, o`zimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.
10
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَكَفَرْتُم بِهِۦ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّن​ۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِۦ فَـَٔامَنَ وَٱسْتَكْبَرْتُمْ ​ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Ayting-chi, agar u (Qur'on) Allohdan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qur'on)ga o`xshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt.[1]

[1] Qur'oni Karimda buzuq aqidalarni tuzatish, to`g`ri yo`lga boshlash uchun turli uslublar qo`llangan. Bu oyatda mushriklarning aqidasiga shubha solish yo`li bilan, ularning xatoda ekanliklari bayon qilinmoqda.)
11
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَوْ كَانَ خَيْرًا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيْهِ ​ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُواْ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَآ إِفْكٌ قَدِيمٌ‮١١‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar.[1]

[1] Kibru havoga uchgan arab boyvachchalarining nazarida kambag`allarning Islomga kirishi, Qur'onga ishonishi kamchilik, ayb bo`lib ko`ringan. Ular o`zlaricha, «yalangayoqlar yurgan yo`l yaxshi bo`larmidi?» demoqchilar. Lekin, ayni choqda, Hazrati Abu Bakr, Hazrati Usmon, Hadicha onamizga o`xshash boy, zadogonlar ham birinchilardan bo`lib Islomga kirishganini e'tiborga olishmaydi. Islom boyni ham, kambag`alni ham, kuchlini ham, zaifni ham bir oila a'zosi qilish uchun Alloh tamonidan yuborilgan din.)
12
وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًا وَرَحْمَةً ​ۚ وَهَٰذَا كِتَٰبٌ مُّصَدِّقٌ لِّسَانًا عَرَبِيًّا لِّيُنذِرَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U(Qur'on)dan oldin Musoning kitobi yo`l boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qur'on) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir.[1]

[1] Qur'on o`zidan avvalgi kitoblarda, jumladan, Tavrotda kelgan aqida aslini, ilohiy yo`lni, dinu diyonatni tasdiqlaydi.)
13
إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُواْ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَٰمُواْ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, so`ngra bunda mustaqiym turganlarga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.
14
أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا جَزَآءً​ۢ بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar jannat egalaridir, qilgan amallari mukofotiga unda abadiy qolurlar.
15
وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ إِحْسَٰنًا ​ۖ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ كُرْهًا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًا ​ۖ وَحَمْلُهُۥ وَفِصَٰلُهُۥ ثَلَٰثُونَ شَهْرًا ​ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةً قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَٰلِحًا تَرْضَىٰهُ وَأَصْلِحْ لِى فِى ذُرِّيَّتِىٓ ​ۖ إِنِّى تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo`ldi va uni qiynalib tug`di. Va uning homilasi va ko`krakdan ajratishi o`ttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr qilishimga va Sen rozi bo`lgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi.[1]

[1] Alloh taolo insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurmoqda. Bu insoniylik burchidir, boshqa hech qanday asos yo`q. Inson faqat insonligi uchun ota-onasini hurmat qilishi, e'zozlashi zarur. Lekin shu bilan birga, oyatning o`zida ota-onaga yaxshilik qilishning boislaridan ba'zisi aytib o`tilmoqda.)
Qur'oniy duolar
Oyat 46:15
16
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُواْ وَنَتَجَاوَزُ عَن سَيِّـَٔاتِهِمْ فِىٓ أَصْحَٰبِ ٱلْجَنَّةِ ​ۖ وَعْدَ ٱلصِّدْقِ ٱلَّذِى كَانُواْ يُوعَدُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini o`tib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq va'da shuldir.[1]

[1] Avvalgi oyatdagi maqtovli sifatlarga ega bo`lgan mo`minlarning qilgan yaxshi amallarini qabul qilamiz, deydi Alloh taolo. Albatta, amalni qabul qilgandan so`ng, uning mukofati va savobini ham ko`paytirib beradi.)
17
وَٱلَّذِى قَالَ لِوَٰلِدَيْهِ أُفٍّ لَّكُمَآ أَتَعِدَانِنِىٓ أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ ٱلْقُرُونُ مِن قَبْلِى وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ ٱللَّهَ وَيْلَكَ ءَامِنْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning va'dasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar o`tgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda, ular: «Holingga voy bo`lgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa: «Bu o`tganlarning afsonalari, xolos», der.
18
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ​ۖ إِنَّهُمْ كَانُواْ خَٰسِرِينَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarga o`zlaridan avval o`tgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) so`zi haq bo`lgandir. Albatta, ular ziyon ko`ruvchilardan bo`ldilar.
19
وَلِكُلٍّ دَرَجَٰتٌ مِّمَّا عَمِلُواْ ​ۖ وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَٰلَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) to`liq berilur va ularga zulm qilinmas.[1]

[1] Ushbu oyatda har bir insonga bu dunyoda qilgan amaliga yarasha u dunyoda daraja berilishi ta'kidlanmoqda. Qiyomatda yaxshilarni to`plab jannatga, yomonlarni do`zaxga kiritib yuborish bilan kifoyalanmasligi ma'lum bo`lmoqda. Balki har bir inson bu dunyoda qilgan amaliga qarab alohida darajaga ega bo`ladi. Zarracha yaxshilik ham, yomonlik ham hisob-kitobdan chetda qolmaydi. Ko`p yaxshilik qilganlarning darajalari jannatda oliy bo`ladi. Shuning uchun yaxshilikni iloji boricha ko`proq qilishga urinish kerak.)
20
وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَلَى ٱلنَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَٰتِكُمْ فِى حَيَاتِكُمُ ٱلدُّنْيَا وَٱسْتَمْتَعْتُم بِهَا فَٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَفْسُقُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib bo`lgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur.
ﻉ440Juz 26 2⁄8 • Sahifa 505440ﻉ
21
۞وَٱذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنذَرَ قَوْمَهُۥ بِٱلْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ ٱلنُّذُرُ مِن​ۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦٓ أَلَّا تَعْبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ‮٢١‬‬‬
Sodiq
O`z qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar o`tgan. «U zotdan o`zgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulug` kunda boshingizga tushadigan azobdan qo`rqurman, (dedi)».[1]

[1] «Odning birodaridan» murod payg`ambar Hud alayhissalomdir. U kishi o`z qavmi Odga Alloh tomonidan payg`ambar qilib yuborilganlar. Od qavmi «Boida» arablaridan bo`lib, asli Arabiston yarim orolining janubida, Hazaramavt tomonda, balandlik — qumtepa joylarda yashagan. Ismoil alayhissalomdan avval o`tgan arablarni «Boida» arablari deyiladi.))
22
قَالُوٓاْ أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar.
23
قَالَ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَأُبَلِّغُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَلَٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan bo`lsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni ko`rib turibman», dedi.[1]

[1] Kofirlar payg`ambardan va'da qilinayotgan azobni tezroq keltirishni talab qilishdi. Payg`ambar esa, menga sizlarni ogohlantirish topshirilgan edi, shuni bajardim, azobning qachon kelishining ilmi esa faqat Allohning huzurida. Men uning vaqtini ham, shaklini ham bilmayman, dedilar.)
24
فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُّسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُواْ هَٰذَا عَارِضٌ مُّمْطِرُنَا ​ۚ بَلْ هُوَ مَا ٱسْتَعْجَلْتُم بِهِۦ ​ۖ رِيحٌ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
U(azob)ning vodiylari tomon ko`ndalang bo`lib yurganini ko`rishganda, bu ko`ndalang bo`luvchi bizga yomg`ir yog`dirur, deyishdi. Yo`q! Bu, o`zingiz orziqib so`ragan narsa, alamli azobi bor bo`rondir.
25
تُدَمِّرُ كُلَّ شَىْءٍ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُواْ لَا يُرَىٰٓ إِلَّا مَسَٰكِنُهُمْ ​ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
U, Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa ko`rinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolarmiz.[1]

[1] Od qavmiga yuborilgan shamol alohida azob shamoli edi. U Allohning amri ila nimaga tegsa, vayron halok) qilishi kerak edi.)
26
وَلَقَدْ مَكَّنَّٰهُمْ فِيمَآ إِن مَّكَّنَّٰكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَٰرًا وَأَفْـِٔدَةً فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَآ أَبْصَٰرُهُمْ وَلَآ أَفْـِٔدَتُهُم مِّن شَىْءٍ إِذْ كَانُواْ يَجْحَدُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, ko`z va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na ko`zlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni o`zlari masxara qilgan narsa (azob) o`rab oldi.
27
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْقُرَىٰ وَصَرَّفْنَا ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, o`zlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik.[1]

[1] Alloh taolo Makka mushriklariga o`zlari xabardor bo`lgan, ularning atrofida kufri va inkori tufayli halokatga uchragan Od, Samud, Saba' va Lut qavmlarini eslatmoqda.)
28
فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ قُرْبَانًا ءَالِهَةً​ۢ ​ۖ بَلْ ضَلُّواْ عَنْهُمْ ​ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُواْ يَفْتَرُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Qani endi, Allohni qo`yib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yo`q! Ular g`oyib bo`ldilar. Va bu ularning uydirma hamda to`qigan bo`htonlaridir.[1]

[1] Avvalgi oyatlarni o`rganish jarayonida tushunganimizdek, mushriklar butu sanamlarga, bular bizni katta xudoga yaqinlashtiradilar, shafoat qiladilar, deb e'tiqod qilar edilar.)
29
وَإِذْ صَرَفْنَآ إِلَيْكَ نَفَرًا مِّنَ ٱلْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقُرْءَانَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوٓاْ أَنصِتُواْ ​ۖ فَلَمَّا قُضِىَ وَلَّوْاْ إِلَىٰ قَوْمِهِم مُّنذِرِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Va sen tomon bir guruh jinlarni Qur'on eshitishga burganimizni esla. U(Qur'on eshitish)ga hozir bo`lganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, o`z qavmlariga ogohlantiruvchi bo`lib qaytdilar.[1]

[1] Oyatdan ma'lum bo`lyaptiki, jinlarning Qur'onga quloq osishlari to`satdan, kutilmaganda sodir bo`lmagan, balki ularni Alloh taoloning O`zi burib qo`ygan. Bu fazlni Payg`ambar alayhissalomga ham eslatmoqda.)
30
قَالُواْ يَٰقَوْمَنَآ إِنَّا سَمِعْنَا كِتَٰبًا أُنزِلَ مِن​ۢ بَعْدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ وَإِلَىٰ طَرِيقٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, o`zidan avvalgi narsa(kitoblar)ni tasdiqlovchi, haq(din)ga va to`g`ri yo`lga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik.
31
يَٰقَوْمَنَآ أَجِيبُواْ دَاعِىَ ٱللَّهِ وَءَامِنُواْ بِهِۦ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Ey qavmimiz, Allohning da'vatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni mag`firat qilar va alamli azobdan saqlar.[1]

[1] Jinlar Qur'oni Karimdan ba'zi oyatlarni tinglashlari bilan, uni insu jinga yuborilgan ilohiy kitob ekanligini tushunib yetganlar. Shuningdek, Muhammad alayhissalomni Allohning da'vatchisi ekanliklarini, u zotning chaqiriqlariga javob berish lozimligi, Allohga iymon keltirish vojibligini ham anglab yetganlar. Eng muhimi, oxiratni, qiyomat kunini bilganlar, unda alamli azoblar borligini, Allohga iymongina u azobdan saqlab qolishi mumkinligini fahmlaganlar. Afsuski, insonlar bu borada jinlarchalik ham emaslar.)
32
وَمَن لَّا يُجِبْ دَاعِىَ ٱللَّهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُۥ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءُ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Kimki, Allohning da'vatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida qochib qutula oluvchi emasdir va unga U zotdan o`zga valiylar ham yo`qdir. Ana o`shalar ochiq-oydin zalolatdadir», dedilar.
33
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَلَمْ يَعْىَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْـِۧىَ ٱلْمَوْتَىٰ ​ۚ بَلَىٰٓ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol bo`lmagan Alloh o`liklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.
34
وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَلَى ٱلنَّارِ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّ ​ۖ قَالُواْ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ​ۚ قَالَ فَذُوقُواْ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi.
35
فَٱصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُوْلُواْ ٱلْعَزْمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِل لَّهُمْ ​ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوٓاْ إِلَّا سَاعَةً مِّن نَّهَارٍ ​ۚ بَلَٰغٌ ​ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْفَٰسِقُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Bas, azmu matonat sohibi bo`lgan Payg`ambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular va'da qilingan narsani ko`rganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga o`xsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos![1]

[1] Alloh taolo ushbu oyatda kofir, mushrik va dinsizlar doimo mo`min-musulmonlarga zulm qilib, ozor berib, tazyiq o`tkazib kelaganliklarini eslatmoqda. «Ulul azm», ya'ni sabr matonat sohibi bo`lgan payg`ambarlar — Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso alayhissalomlardir va Payg`ambarimiz ham ulardandir). Bu buyuk payg`ambarlarning har birlarining boshlariga iymon yo`lida, dinu diyonat yo`lida qanchadan-qancha kulfatlar yog`ilgan. Lekin ular sabr matonatda zarbulmasal bo`lganlar. Oyatda Qur'on, yetkazish, deb atalmoqda.)