Sura 49

Hujurot

Y

Xonalar

18 oyat |MadinaMadina |
Sura 49 • Oyat 1 / 18 • Juz 266⁄8 • Sahifa 515
Hujurot
ﻉ450Juz 26 6⁄8450ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُقَدِّمُواْ بَيْنَ يَدَىِ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohdan va Uning Rasulidan oldin shoshilmanglar. Va Allohga taqvo qilinglar. Albatta Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.[1]

[1] Mo`min-musulmonlar hech bir ishda hovliqmasliklari, har bir narsani Allohning amriga va Payg`ambar alayhissalomning sunnatlariga ergashgan holda qilishlari lozim.)
2
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَرْفَعُوٓاْ أَصْوَٰتَكُمْ فَوْقَ صَوْتِ ٱلنَّبِىِّ وَلَا تَجْهَرُواْ لَهُۥ بِٱلْقَوْلِ كَجَهْرِ بَعْضِكُمْ لِبَعْضٍ أَن تَحْبَطَ أَعْمَٰلُكُمْ وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Ovozingizni Payg`ambar ovozidan yuqori ko`tarmang va unga bir-biringiz ila so`zlashgandek dag`al so`z aytmang, o`zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo`lib qolmasin.[1]

[1] Bu oyati karima sahobalarga qattiq ta'sir qildi. Ba'zilarida oyatda zikr qilingan kamchilik bo`lsa, tuzatdi, ba'zilari esa, oyat aynan, o`zi haqida tushgan deb qabul qildi.)
3
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَغُضُّونَ أَصْوَٰتَهُمْ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱمْتَحَنَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ لِلتَّقْوَىٰ ​ۚ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ‮٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Rasulullohning huzurida ovozlarini pastlatganlar, ana o`shalar Alloh qalblarini taqvoga imtihon qilgan zotlardir. Ularga mag`firat va ulkan ajr bor.
4
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُنَادُونَكَ مِن وَرَآءِ ٱلْحُجُرَٰتِ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, seni hujralar ortidan chaqirayotganlarning ko`plari aql ishlatmaslar.[1]

[1] Makkai Mukarrama fath qilingandan so`ng turli qabilalarning vakillari Rasulullohning huzurlariga kelib, Islomni qabul qilganlarini e'lon qila boshladilar. Ularning ko`plari sahroviy, ta'lim ko`rmagan, qo`pol arobiylar edilar. Shulardan biri Bani Tamim qabilasining boshlig`i al-Aqra' ibn Habis kelib, Payg`ambarimiz ahli ayollari bilan istiqomat qiladigan hujralari ortidan turib «Hoy, Muhammad, hoy, Muhammad, menga qara, mening maqtovim ziynat, yomonlashim aybdir», degan ekan. Shunda Alloh taolo ushbu oyatni tushirgan.)
5
وَلَوْ أَنَّهُمْ صَبَرُواْ حَتَّىٰ تَخْرُجَ إِلَيْهِمْ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ ​ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
Agar ularning huzuriga chiqquningcha sabr qilsalar, o`zlari uchun yaxshi bo`lardi. Alloh mag`firat qiluvchi va rahimlidir.
6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن جَآءَكُمْ فَاسِقُ​ۢ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوٓاْ أَن تُصِيبُواْ قَوْمً​ۢا بِجَهَٰلَةٍ فَتُصْبِحُواْ عَلَىٰ مَا فَعَلْتُمْ نَٰدِمِينَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko`ringlar, bir qavmga bilmasdan musiybat yetkazib qo`yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo`lmanglar.[1]

[1] Agar xabar Allohdan va Payg`ambar alayhissalomdan bo`lsa, so`zsiz qabul qilish vojibdir. Qabul qilmaganlar gunohkori azim, kofir bo`ladilar. Oyati karimada Alloh taolo «fosiq xabar keltirsa, aniqlab» xabarning sobitligini tekshirib ko`rishga amr qilmoqda. Allohning amriga bo`ysunish vojib. Afsuski, musulmonlar ushbu oyatga amal qilmaganlari oqibatida katta musibatlarga duchor bo`lmoqdalar. Bir xabarni eshitishi bilanoq, surishtirmay, biror ish qilinsa, keyin xabarning yolg`onligi yoki xatoligi ayon bo`lsa, haqiqatdan afsus-nadomatga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo «bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo`yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo`lmanglar», demoqda.)
7
وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ ٱللَّهِ ​ۚ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِى كَثِيرٍ مِّنَ ٱلْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ ٱلْإِيمَٰنَ وَزَيَّنَهُۥ فِى قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ ٱلْكُفْرَ وَٱلْفُسُوقَ وَٱلْعِصْيَانَ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلرَّٰشِدُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir. Agar u ishlardan ko`pida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo`lardingiz. Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon ko`rsatdi. Ana o`shalar to`g`rilikda yuruvchilardir.
8
فَضْلًا مِّنَ ٱللَّهِ وَنِعْمَةً ​ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٨‬‬‬
Sodiq
Bu, Alloh tomonidan fazl va ne'matdir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
9
وَإِن طَآئِفَتَانِ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱقْتَتَلُواْ فَأَصْلِحُواْ بَيْنَهُمَا ​ۖ فَإِن​ۢ بَغَتْ إِحْدَىٰهُمَا عَلَى ٱلْأُخْرَىٰ فَقَٰتِلُواْ ٱلَّتِى تَبْغِى حَتَّىٰ تَفِىٓءَ إِلَىٰٓ أَمْرِ ٱللَّهِ ​ۚ فَإِن فَآءَتْ فَأَصْلِحُواْ بَيْنَهُمَا بِٱلْعَدْلِ وَأَقْسِطُوٓاْ ​ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Agar mo`minlardan ikki toifa urishib ketsalar, bas, o`rtalarini isloh qiling. Agar ulardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, siz tajovuz qilganiga qarshi, to u Allohning amriga qaytgunicha, urushing, agar qaytsa, bas, o`rtalarini adolat bilan isloh qiling. Odil bo`ling, albatta, Alloh adolat qilguvchilarni suyadir.
10
إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُواْ بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, mo`minlar birodardirlar, bas, ikki birodaringiz o`rtasini isloh qiling, Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahim qilinsangiz.
11
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا يَسْخَرْ قَوْمٌ مِّن قَوْمٍ عَسَىٰٓ أَن يَكُونُواْ خَيْرًا مِّنْهُمْ وَلَا نِسَآءٌ مِّن نِّسَآءٍ عَسَىٰٓ أَن يَكُنَّ خَيْرًا مِّنْهُنَّ ​ۖ وَلَا تَلْمِزُوٓاْ أَنفُسَكُمْ وَلَا تَنَابَزُواْ بِٱلْأَلْقَٰبِ ​ۖ بِئْسَ ٱلِٱسْمُ ٱلْفُسُوقُ بَعْدَ ٱلْإِيمَٰنِ ​ۚ وَمَن لَّمْ يَتُبْ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va ayollar ham boshqa ayollarni (masxara qilmasin), ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va o`zingizni o`zingiz mazax qilmang, bir-biringizga laqab qo`ymang. Iymondan keyin fosiqlik ismi naqadar yomon! Va kim tavba qilmasa, bas, ana o`shalar, o`zlari zolimlardir.[1]

[1] Albatta masxara yomon odat bo`lib, jamiyat a'zolari o`rtasidagi o`zaro aloqalarning buzilishiga sabab bo`ladi. Bir odam ikkinchisini masxara qilsa, kamsitsa, ustidan kulsa, albatta, masxara qilingan odamning achchig`i chiqadi, u ham masxara qiluvchiga o`ziga yarasha javob berishga urinadi. Orada nizo-janjal chiqadi, ijtimoiy aloqalar buziladi va jamiyat zaiflashadi. Islom esa doimo musulmonlar jamiyatining mustahkam bo`lishi uchun qayg`uradi. Shuning uchun ham ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarni bir-birini masxara qilishdan qaytarmoqda.)
12
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱجْتَنِبُواْ كَثِيرًا مِّنَ ٱلظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ ٱلظَّنِّ إِثْمٌ ​ۖ وَلَا تَجَسَّسُواْ وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا ​ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Ko`p gumonlardan chetda bo`linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g`iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o`zining o`lgan birodarining go`shtini yeyishni yaxshi ko`rurmi? Ha, yomon ko`rasizlar. Allohdan qo`rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko`p qabul qiluvchi va rahimlidir.[1]

[1] Ma'lumki, kimning o`yiga badgumonlik o`rnashsa, u odam o`sha gumonini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qidira boshlaydi. Natijada gumon ostidagi odamning o`ziga bildirmasdan, aybini axtarishga tushadi. Buni esa, josuslik, deydilar. Odatda, josuslik deb birovga yomonlik yetkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini o`ziga bildirmay yashirincha axtarishga aytiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok bo`lmog`i zarur.)
13
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَٰكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَٰكُمْ شُعُوبًا وَقَبَآئِلَ لِتَعَارَفُوٓاْ ​ۚ إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ ٱللَّهِ أَتْقَىٰكُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o`zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo`ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.[1]

[1] Ushbu oyati karimada «Ey odamlar!» deb barcha insoniyatga qarata nido qilinmoqda, shu bilan birga ularning asli bir ekanligi eslatilmoqda. Demak, odamlarning asli bir — hammalari Odam Ato va Momo Havodan taralganlar. Ayni chog`da Alloh taolo ularni turli xalqlar va qabilalarga ajratib ham qo`yganini ta'kidlamoqda. Insonlarning turli xalq va qabilalarga bo`linishini sababi esa, o`zaro tanishish, ma'rifat hosil qilish ekanligi uqtirilmoqda.)
14
۞قَالَتِ ٱلْأَعْرَابُ ءَامَنَّا ​ۖ قُل لَّمْ تُؤْمِنُواْ وَلَٰكِن قُولُوٓاْ أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ ٱلْإِيمَٰنُ فِى قُلُوبِكُمْ ​ۖ وَإِن تُطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ لَا يَلِتْكُم مِّنْ أَعْمَٰلِكُمْ شَيْـًٔا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٤‬‬‬
Sodiq
A'robiylar: «Iymon keltirdik», deyishdi. Sen: «Iymon keltirganingiz yo`q, lekin, bo`yinsundik, denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo`q va agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamaymas. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahimli Zotdir», deb ayt.[1]

[1] Bir kun sahro arablari Payg`ambar alayhissalom huzurlariga kelib, iymon keltirdik, deb minnat qilishgan. Aslida esa, ular yangi musulmonlar bo`lib, hali haqiqiy iymon qalblaridan joy olgan emas edi. Alloh taolo ularga haqiqiy iymon haqida ta'lim berishni iroda qilib, ushbu oyatni tushirdi.)
15
إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ لَمْ يَرْتَابُواْ وَجَٰهَدُواْ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّٰدِقُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, haqiqiy mo`minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan, so`ngra shubha qilmagan va Allohning yo`lida mollari va jonlari ila jihod qilganlardir. Ana o`shalar, o`shalargina (iymonida) sodiqlardir.
16
قُلْ أَتُعَلِّمُونَ ٱللَّهَ بِدِينِكُمْ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohga diningizni bildirmoqchimisiz? Va holbuki, Alloh osmonlaru yerdagi narsani biluvchi Zotdir. Alloh har bir narsani biluvchidir», deb ayt.
17
يَمُنُّونَ عَلَيْكَ أَنْ أَسْلَمُواْ ​ۖ قُل لَّا تَمُنُّواْ عَلَىَّ إِسْلَٰمَكُم ​ۖ بَلِ ٱللَّهُ يَمُنُّ عَلَيْكُمْ أَنْ هَدَىٰكُمْ لِلْإِيمَٰنِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Senga musulmon bo`lganlarini minnat qilurlar. Sen: «Menga Islomingizni minnat qilmang. Balki agar sodiq bo`lsangiz, Alloh sizni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur», deb ayt.
18
إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ غَيْبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ وَٱللَّهُ بَصِيرُ​ۢ بِمَا تَعْمَلُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh osmonlaru yerning g`aybini biluvchi Zotdir. Va Alloh qilayotgan ishlaringizni ko`ruvchi Zotdir.