Sura 50

Qof

a

Qof

45 oyat |MakkaMakka |
Sura 50 • Oyat 1 / 45 • Juz 267⁄8 • Sahifa 518
Qof
ﻉ452Sahifa 518452ﻉ
2
1
قٓ ​ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْمَجِيدِ‮١‬‬‬
Sodiq
Qoof. Ulug` Qur'on ila qasam.
2
بَلْ عَجِبُوٓاْ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ فَقَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ هَٰذَا شَىْءٌ عَجِيبٌ‮٢‬‬‬
Sodiq
Balki, ularga o`zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.[1]

[1] Mushriklar Muhammad alayhissalomning payg`ambar bo`lib kelganligidan ajablandilar.)
3
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا ​ۖ ذَٰلِكَ رَجْعُ​ۢ بَعِيدٌ‮٣‬‬‬
Sodiq
O`lib, tuproq bo`lganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.
4
قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنقُصُ ٱلْأَرْضُ مِنْهُمْ ​ۖ وَعِندَنَا كِتَٰبٌ حَفِيظُ​ۢ‮٤‬‬‬
Sodiq
Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor.[1]

[1] O`lik ko`milgandan keyin asta-sekin chirib, kamayib tuproqqa qo`shila boradi.)
5
بَلْ كَذَّبُواْ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ فَهُمْ فِىٓ أَمْرٍ مَّرِيجٍ‮٥‬‬‬
Sodiq
Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolg`onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar.[1]

[1] Ular haqni inkor qilganlar. Buni oldida boshqa narsalarni inkor qilish hech gap emas.)
6
أَفَلَمْ يَنظُرُوٓاْ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَٰهَا وَزَيَّنَّٰهَا وَمَا لَهَا مِن فُرُوجٍ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo`q?!
7
وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَن​ۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ‮٧‬‬‬
Sodiq
Va yerni cho`zib qo`ydik, unga tog`larni tashladik va unda turli go`zal juftlarni o`stirdik.
8
تَبْصِرَةً وَذِكْرَىٰ لِكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ‮٨‬‬‬
Sodiq
(Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga ko`rgazma va eslatma qilib...
9
وَنَزَّلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً مُّبَٰرَكًا فَأَن​ۢبَتْنَا بِهِۦ جَنَّٰتٍ وَحَبَّ ٱلْحَصِيدِ‮٩‬‬‬
Sodiq
Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bog`-rog`larni va don hosilini o`stirdik.
10
وَٱلنَّخْلَ بَاسِقَٰتٍ لَّهَا طَلْعٌ نَّضِيدٌ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.
11
رِّزْقًا لِّلْعِبَادِ ​ۖ وَأَحْيَيْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ​ۚ كَذَٰلِكَ ٱلْخُرُوجُ‮١١‬‬‬
Sodiq
Bandalarga rizq qilib. Va u (yomg`ir) bilan o`lgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo`ladir (qabrdan) chiqish ham.[1]

[1] O`simliklari qurib, xuddi o`lik holiga kelib qolgan shaharlarni yomg`ir ila o`stirib-tiriltirishni eslatish orqali inson xuddi shu tarzda qayta tirilishi oson ekanligini ta'kidlamoqda.)
12
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَٰبُ ٱلرَّسِّ وَثَمُودُ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg`onga chiqarganlar.
13
وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَٰنُ لُوطٍ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va Od, Fir'avn, Lut birodarlari.
14
وَأَصْحَٰبُ ٱلْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ ​ۚ كُلٌّ كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo`ldi.[1]

[1] Bu oyati karimada kofirlar faqat Muhammad alayhissalomnigina yolg`onchiga chiqarishmagani, balki bu qadimiy odati ekanligi eslatilmoqda.)
15
أَفَعَيِينَا بِٱلْخَلْقِ ٱلْأَوَّلِ ​ۚ بَلْ هُمْ فِى لَبْسٍ مِّنْ خَلْقٍ جَدِيدٍ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Avvalgi yaratishga ojiz bo`l-dikmi? Yo`q! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.
ﻉ453Sahifa 519453ﻉ
16
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِۦ نَفْسُهُۥ ​ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ ٱلْوَرِيدِ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.
17
إِذْ يَتَلَقَّى ٱلْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ قَعِيدٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Vaqtiki ikki kutib oluvchi o`ngda va chapda o`tirgan hollarida kutib olurlar.
18
مَّا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Biror so`z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar.
19
وَجَآءَتْ سَكْرَةُ ٱلْمَوْتِ بِٱلْحَقِّ ​ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ‮١٩‬‬‬
Sodiq
O`limning mastligi (talvasasi) haqiqat bo`lib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.
20
وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ ​ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْوَعِيدِ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va sur ham chalindi. Bu, qo`rqitilgan kundir.
21
وَجَآءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّعَهَا سَآئِقٌ وَشَهِيدٌ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi.[1]

[1] Ya'ni, qiyomatda har bir jon bilan uni mahshargohga haydovchi farishta va bu dunyoda qilgan ishlarga guvohlik beruvchi farishta birga keladi. Ehtimol, bu dunyoda unga vakil qilingan ikki farishta shulardir.)
22
لَّقَدْ كُنتَ فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَٰذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلْيَوْمَ حَدِيدٌ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, sen bundan g`aflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun ko`zing o`tkirdir.
23
وَقَالَ قَرِينُهُۥ هَٰذَا مَا لَدَىَّ عَتِيدٌ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi.
24
أَلْقِيَا فِى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!
25
مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُّرِيبٍ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.
26
ٱلَّذِى جَعَلَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلشَّدِيدِ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!
27
۞قَالَ قَرِينُهُۥ رَبَّنَا مَآ أَطْغَيْتُهُۥ وَلَٰكِن كَانَ فِى ضَلَٰلٍ بَعِيدٍ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tug`yonga ketkazganim yo`q, lekin uning o`zi uzoq zalolatda bo`ldi», der.
28
قَالَ لَا تَخْتَصِمُواْ لَدَىَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُم بِٱلْوَعِيدِ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob va'dasini taqdim qiluvdim.
29
مَا يُبَدَّلُ ٱلْقَوْلُ لَدَىَّ وَمَآ أَنَاْ بِظَلَّٰمٍ لِّلْعَبِيدِ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Mening huzurimda gap o`zgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».
30
يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ ٱمْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bugun jahannamga: «To`ldingmi?» desak, u: «Yana qo`shimcha bormi?» der.
31
وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ غَيْرَ بَعِيدٍ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Va jannat taqvodorlarga uzoq bo`lmagan joyga yaqinlashtirildi.
32
هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Bu — sizga va'da qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.
33
مَّنْ خَشِىَ ٱلرَّحْمَٰنَ بِٱلْغَيْبِ وَجَآءَ بِقَلْبٍ مُّنِيبٍ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Rohmandan g`oyibona qo`rqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.
34
ٱدْخُلُوهَا بِسَلَٰمٍ ​ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُلُودِ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
«Unga salomat bo`lgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur).
35
لَهُم مَّا يَشَآءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor.[1]

[1] Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Payg`ambar alayhissalom «Agar mo`min kishi jannatda farzand xohlasa, uning homilasi, tug`ilishi, o`sishi bir soatda bo`ladi», deganlar. «Va huzurimizda ziyodasi bor» — Alloh taoloning jamoliga nazar solish baxtidir, degan rivoyat ham bor.)
36
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُم بَطْشًا فَنَقَّبُواْ فِى ٱلْبِلَٰدِ هَلْ مِن مَّحِيصٍ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Ulardan avval, ulardan ko`ra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar.[1]

[1] Halokatga uchragan o`sha avvalgi kofirlar avlodlari hozirgilardan ko`ra quvvatliroq edilar. Ammo chora topa olmay halok bo`ldilar.)
37
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى ٱلسَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.
38
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبٍ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi.[1]

[1] Allohning huzuridagi kunlar biz o`rganib qolgan kunlarning aynisi emas. Bizning kunlarimiz dunyo yaratilganidan so`ng, Yer kurasining aylanishi holati va vaqtiga muvofiq yaratilgan. Tabiiyki, bu olti kunning masofasi va miqdorini yolg`iz Alloh taolo biladi.)
39
فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ ٱلْغُرُوبِ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.
40
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَٰرَ ٱلسُّجُودِ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham.[1]

[1] Tasbeh aytishning ma'nosi Allohni poklab yod etishdir. Ko`proq «Subhonallohi» kalimasini aytish bilan bo`ladi.)
41
وَٱسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ ٱلْمُنَادِ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os.[1]

[1] «Nido qiluvchi — farishta Isrofil alayhissalomdir.)
42
يَوْمَ يَسْمَعُونَ ٱلصَّيْحَةَ بِٱلْحَقِّ ​ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُرُوجِ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana o`sha, chiqish kunidir.[1]

[1] «Chiqish kuni» — qabrlardan chiqish kuni, ya'ni qiyomat kunidir.)
43
إِنَّا نَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا ٱلْمَصِيرُ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz tiriltirurmiz, o`ldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.
44
يَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًا ​ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana o`sha, Biz uchun oson to`plashdir.
45
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ ​ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِجَبَّارٍ ​ۖ فَذَكِّرْ بِٱلْقُرْءَانِ مَن يَخَافُ وَعِيدِ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qur'on ila azob va'damdan qo`rqqanlarni ogohlantir.