Sura 55

Rahmon

k

Rahmon

78 oyat |MadinaMadina |
Sura 55 • Oyat 1 / 78 • Juz 275⁄8 • Sahifa 531
Rahmon
ﻉ466Juz 27 5⁄8466ﻉ
2
1
۞ ٱلرَّحْمَٰنُ‮١‬‬‬
Sodiq
Rohman.
2
عَلَّمَ ٱلْقُرْءَانَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Qur'onni o`rgatdi.
3
خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Insonni yaratdi.
4
عَلَّمَهُ ٱلْبَيَانَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Unga bayonni o`rgatdi.
5
ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ‮٥‬‬‬
Sodiq
Quyosh va oy hisobdadir.
6
وَٱلنَّجْمُ وَٱلشَّجَرُ يَسْجُدَانِ‮٦‬‬‬
Sodiq
O`t-o`lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar.[1]

[1] Dunyodagi jonliyu jonsiz barcha narsa Allohning irodasidan tashqari chiqa olmasligiga, hammasi olam Parvardigoriga bog`liq ekaniga dalolat qilmoqda.)
7
وَٱلسَّمَآءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ ٱلْمِيزَانَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Osmonni baland ko`tardi va (adolat) tarozuni o`rnatdi.
8
أَلَّا تَطْغَوْاْ فِى ٱلْمِيزَانِ‮٨‬‬‬
Sodiq
Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun.[1]

[1] Agar ushbu tarozuni Islom dini, Qur'on kitobi, Muhammad alayhissalom Payg`ambari orqali o`rnatmaganida, adolat mezoni buzilardi, haqdan botil ustun kelardi. Yer yuzini fisqu fasod bosardi.)
9
وَأَقِيمُواْ ٱلْوَزْنَ بِٱلْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُواْ ٱلْمِيزَانَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Adolat ila o`lchang va tarozudan urib qolmang.
10
وَٱلْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va yerni xaloyiq uchun qo`ydi.
11
فِيهَا فَٰكِهَةٌ وَٱلنَّخْلُ ذَاتُ ٱلْأَكْمَامِ‮١١‬‬‬
Sodiq
U(er)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.
12
وَٱلْحَبُّ ذُو ٱلْعَصْفِ وَٱلرَّيْحَانُ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Va somonli donlar hamda rayhonlar bor.
13
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
14
خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِن صَلْصَٰلٍ كَٱلْفَخَّارِ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Insonni sopolga o`xshash qurigan loydan yaratdi.
15
وَخَلَقَ ٱلْجَآنَّ مِن مَّارِجٍ مِّن نَّارٍ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Va jinlarni o`t-alangadan yaratdi.
16
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
17
رَبُّ ٱلْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ ٱلْمَغْرِبَيْنِ‮١٧‬‬‬
Sodiq
U ikki mashriq va ikki mag`ribning Robbidir.[1]

[1] Ikki mashriq deganda, quyoshning yozdagi va qishdagi chiqish joylarini hamda ikki mag`rib deganda, yozdagi va qishdagi botish joylarini tushunish kerak.)
18
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
19
مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Daryoyu dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo`ydi.
20
بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَّا يَبْغِيَانِ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
O`rtalaridagi to`siqdan oshib o`tolmaslar.[1]

[1] Sho`r dengiz bilan chuchuk suvli daryo o`rtasida bir to`siq bo`lib, ular bir-birlariga aralashib ketmaydi degan ma'noni anglatadi.)
21
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
22
يَخْرُجُ مِنْهُمَا ٱللُّؤْلُؤُ وَٱلْمَرْجَانُ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
U ikkisidan lu'lu' va marjon chiqar.
23
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarrini yolg`on deya olursiz?!
24
وَلَهُ ٱلْجَوَارِ ٱلْمُنشَـَٔاتُ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَٰمِ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Dengizlarda tog`dek bo`lib suzib yuruvchilar ham Unikidir.
25
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
26
كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir.
27
وَيَبْقَىٰ وَجْهُ رَبِّكَ ذُو ٱلْجَلَٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Ulug`lik va ikrom egasi Robbingning O`zigina boqiydir.
28
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
29
يَسْـَٔلُهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَأْنٍ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Undan yeru osmondagi jonzotlar so`rarlar. U har kuni ishdadir.[1]

[1] Butun mavjudot, yerda bo`lsin, osmonda bo`lsin, Allohdan so`rovlarini so`raydi. Nimani so`rashlari oyatda tayin qilinmagan. Har kim nimaga muhtoj bo`lsa, o`shani so`raydi.)
30
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
31
سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَ ٱلثَّقَلَانِ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar!
32
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
33
يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ إِنِ ٱسْتَطَعْتُمْ أَن تَنفُذُواْ مِنْ أَقْطَارِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ فَٱنفُذُواْ ​ۚ لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَٰنٍ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir bo`lsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos.
34
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
35
يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِّن نَّارٍ وَنُحَاسٌ فَلَا تَنتَصِرَانِ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Ustingizdan olov va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz.
36
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
37
فَإِذَا ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ وَرْدَةً كَٱلدِّهَانِ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...
38
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
39
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يُسْـَٔلُ عَن ذَن​ۢبِهِۦٓ إِنسٌ وَلَا جَآنٌّ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan so`ralmas.[1]

[1] Qiyomat boshlangandan insdan ham, jindan ham gunoh qilgan-qilmagani haqida so`rab o`tirilmaydi. Chunki hammaning basharasidan, holatidan uning kim ekanligi bilinib turadi.)
40
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
41
يُعْرَفُ ٱلْمُجْرِمُونَ بِسِيمَٰهُمْ فَيُؤْخَذُ بِٱلنَّوَٰصِى وَٱلْأَقْدَامِ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Jinoyatkorlar siymolaridan bilinib turar. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur.
42
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
43
هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى يُكَذِّبُ بِهَا ٱلْمُجْرِمُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Jinoyatkorlar yolg`onga chiqarayotgan jahannam shu bo`ladir.
44
يَطُوفُونَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ حَمِيمٍ ءَانٍ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Ular jahannam bilan o`ta qaynoq suv o`rtasida aylanurlar.
45
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
46
وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ جَنَّتَانِ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Robbisi huzurida turishdan qo`rqqanlar uchun ikki jannat bor.[1]

[1] Qiyomat kuni olam Parvardigorining huzurida savollarga javob berishdan, hisob-kitob maqomidan qo`rqib, tirikligidayoq tayyorgarlik ko`rib, yaxshilik bilan kun kechirganlarga ikki jannat bor ekan. «Ikki jannat»ning bir necha sharhlari bor, jumladan, insga alohida jannat, jinga alohida jannat yoki ikkovlaridan har birlariga ikkitadan jannat, gunohkorlar jahannam bilan o`ta qaynoq suv o`rtasida aylansalar, taqvodorlar birinchi jannatlari, ya'ni bog`lari bilan ikkinchi jannatlari — bog`lari orasida sayr qiladilar.)
47
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
48
ذَوَاتَآ أَفْنَانٍ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
U(jannat)lar shox-novdalidirlar.
49
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
50
فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ikkovlarida ikki oqar buloq bor.
51
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
52
فِيهِمَا مِن كُلِّ فَٰكِهَةٍ زَوْجَانِ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor.
53
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
54
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ فُرُشٍ بَطَآئِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍ ​ۚ وَجَنَى ٱلْجَنَّتَيْنِ دَانٍ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Ipak astarli to`shaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin bo`lgan hollarida...
55
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
56
فِيهِنَّ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Ularda ko`zlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor.
57
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
58
كَأَنَّهُنَّ ٱلْيَاقُوتُ وَٱلْمَرْجَانُ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga o`xsharlar.
59
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
60
هَلْ جَزَآءُ ٱلْإِحْسَٰنِ إِلَّا ٱلْإِحْسَٰنُ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.
61
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
62
وَمِن دُونِهِمَا جَنَّتَانِ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor.
63
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
64
مُدْهَآمَّتَانِ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Ikkovlari yam-yashildir.
65
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
66
فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bordir.
67
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
68
فِيهِمَا فَٰكِهَةٌ وَنَخْلٌ وَرُمَّانٌ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir.
69
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
70
فِيهِنَّ خَيْرَٰتٌ حِسَانٌ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ularda yaxshi go`zallar bor.
71
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
72
حُورٌ مَّقْصُورَٰتٌ فِى ٱلْخِيَامِ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor.
73
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
74
لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan.
75
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
76
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ رَفْرَفٍ خُضْرٍ وَعَبْقَرِىٍّ حِسَانٍ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Yashil bolishlarga va go`zal gilamlarda yonboshlagan hollaridadir.
77
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!
78
تَبَٰرَكَ ٱسْمُ رَبِّكَ ذِى ٱلْجَلَٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Ulug`lik va ikrom egasi bo`lmish Robbingizning ismi muborak bo`ldi.