Sura 51

Zoriyot

c

Sovurib tashlovchilar

60 oyat |MakkaMakka |
Sura 51 • Oyat 1 / 60 • Juz 268⁄8 • Sahifa 520
Zoriyot
2
1
وَٱلذَّٰرِيَٰتِ ذَرْوًا‮١‬‬‬
Sodiq
Chang to`zituvchi(shamol)lar bilan qasam.
2
فَٱلْحَٰمِلَٰتِ وِقْرًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Yuk ko`taruvchi(bulut)lar bilan qasam.
3
فَٱلْجَٰرِيَٰتِ يُسْرًا‮٣‬‬‬
Sodiq
Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam.
4
فَٱلْمُقَسِّمَٰتِ أَمْرًا‮٤‬‬‬
Sodiq
Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.
5
إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizga va'da qilingan narsa rostdir.
6
وَإِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعٌ‮٦‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, qiyomat voqe' bo`lguvchidir.
7
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْحُبُكِ‮٧‬‬‬
Sodiq
Go`zal, mustahkam osmon bilan qasam.
8
إِنَّكُمْ لَفِى قَوْلٍ مُّخْتَلِفٍ‮٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.
9
يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ‮٩‬‬‬
Sodiq
U(Qur'on)dan kim burilsa, (butunlay) burib qo`yiladir.[1]

[1] Qur'ondan burilib, boshqa narsani tutmoqchi bo`lgan, hech qachon najot topmabdi. Chunki, bir yo`la zalolatga burilib qolgan bo`ladi.)
10
قُتِلَ ٱلْخَرَّٰصُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Yolg`onchilarga la'nat bo`lsin!
11
ٱلَّذِينَ هُمْ فِى غَمْرَةٍ سَاهُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ular jaholatdagi g`ofillardir.
12
يَسْـَٔلُونَ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلدِّينِ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Hisob-kitob kuni qachon», deb so`rarlar.
13
يَوْمَ هُمْ عَلَى ٱلنَّارِ يُفْتَنُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Bu kunda ular olovda azoblanurlar.
14
ذُوقُواْ فِتْنَتَكُمْ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
«Azobingizni tatib ko`ring», siz «Qachon bo`ladir», deb shoshilgan narsa — shu!» (deyilur).
15
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.
16
ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ ​ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُحْسِنِينَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan bo`lganlardir.
17
كَانُواْ قَلِيلًا مِّنَ ٱلَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Ular kechalari oz uxlar edilar.
18
وَبِٱلْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Va ular saharlarda istig`for aytar edilar.
19
وَفِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Va molu mulklarida so`rovchi va bechoralarning haqqi bordir.
20
وَفِى ٱلْأَرْضِ ءَايَٰتٌ لِّلْمُوقِنِينَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va yerda chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor.
21
وَفِىٓ أَنفُسِكُمْ ​ۚ أَفَلَا تُبْصِرُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va o`zlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki ko`rmayapsizlarmi?!
22
وَفِى ٱلسَّمَآءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Va osmonda rizqingiz hamda sizga va'da qilinayotgan narsa (bor).
23
فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِنَّهُۥ لَحَقٌّ مِّثْلَ مَآ أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (va'da) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.
24
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْمُكْرَمِينَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?
25
إِذْ دَخَلُواْ عَلَيْهِ فَقَالُواْ سَلَٰمًا ​ۖ قَالَ سَلَٰمٌ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u «Salom, notanish qavmlar», dedi.
26
فَرَاغَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ فَجَآءَ بِعِجْلٍ سَمِينٍ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Ahliga (maxfiy) borib, semiz buzoqni (pishirib) keltirdi.
27
فَقَرَّبَهُۥٓ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Uni ularga yaqin surdi va: «Emaysizlarmi?» – dedi.
28
فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً ​ۖ قَالُواْ لَا تَخَفْ ​ۖ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَٰمٍ عَلِيمٍ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ulardan xavfsiradi. Ular: «Qo`rqma», dedilar va unga ilmli o`g`il bashoratini berdilar.
29
فَأَقْبَلَتِ ٱمْرَأَتُهُۥ فِى صَرَّةٍ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Bas, xotini qichqirib keldi va o`z yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tug`mas xotin-a?!» – dedi.
30
قَالُواْ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ ​ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning O`zi Hakiym va Aliymdir», dedilar.
31
۞ قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nedir?» – dedi.
32
قَالُوٓاْ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.
33
لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن طِينٍ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.
34
مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلْمُسْرِفِينَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qo`yilganlarni», dedilar.
35
فَأَخْرَجْنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Va Biz u joydan mo`minlarni chiqardik.
36
فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍ مِّنَ ٱلْمُسْلِمِينَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.
37
وَتَرَكْنَا فِيهَآ ءَايَةً لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Va u yerda alamli azobdan qo`rqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.
38
وَفِى مُوسَىٰٓ إِذْ أَرْسَلْنَٰهُ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ بِسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Va Musoda ham (belgi) bor. Biz uni Fir'avnga ravshan hujjat ila yuborganimizda...
39
فَتَوَلَّىٰ بِرُكْنِهِۦ وَقَالَ سَٰحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
U yuz o`girib, ishongani tomon yurdi va: «(Muso) sehrgar yoki majnundir», dedi.
40
فَأَخَذْنَٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.
41
وَفِى عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلْعَقِيمَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tug`mas shamolni yubordik.[1]

[1] Odatda, shamol yomg`ir yog`ishiga sabab bo`ladi. Od qavmiga kelgan shamol esa ularga yomg`ir emas, balo-ofat, halokatni olib kelgan, shuning uchun uning tug`mas, ya'ni befoyda deb sifatlanyapti.)
42
مَا تَذَرُ مِن شَىْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَٱلرَّمِيمِ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qo`ymas.
43
وَفِى ثَمُودَ إِذْ قِيلَ لَهُمْ تَمَتَّعُواْ حَتَّىٰ حِينٍ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga: «Vaqtinchalik maza qilib turinglar», deyilgan vaqtda...
44
فَعَتَوْاْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَهُمْ يَنظُرُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.
45
فَمَا ٱسْتَطَٰعُواْ مِن قِيَامٍ وَمَا كَانُواْ مُنتَصِرِينَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Bas, ular o`rinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.
46
وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ​ۖ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمًا فَٰسِقِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.
47
وَٱلسَّمَآءَ بَنَيْنَٰهَا بِأَيْيْدٍ وَإِنَّا لَمُوسِعُونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Osmonni O`z qo`limizda(qudratimiz) ila bino qildik. Albatta, Biz uni kengaytiruvchimiz.
48
وَٱلْأَرْضَ فَرَشْنَٰهَا فَنِعْمَ ٱلْمَٰهِدُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Va yerni to`shab qo`ydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchidirmiz!
49
وَمِن كُلِّ شَىْءٍ خَلَقْنَا زَوْجَيْنِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki, eslasangizlar.
50
فَفِرُّوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ ​ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.[1]

[1] Odatda inson xavfu xatardan, balo-ofatdan qochadi. Bu oyatda tilga olingan xavf-xatar — dinsizlik, g`aflat va osiylikdir, undan qochish gunoh va harom ishlarni tark etib, Allohga iltijo etish bilan bo`ladi. Allohga qochishda inson uchun ulug` saodat va martaba bordir.)
51
وَلَا تَجْعَلُواْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ​ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Va Allohga boshqa ma'budni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
52
كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُواْ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Payg`ambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.
53
أَتَوَاصَوْاْ بِهِۦ ​ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Kelishib olganmilar?! Yo`q, ular tug`yonga ketgan qavmlardir!
54
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومٍ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Ulardan yuz o`gir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan.[1]

[1] Payg`ambarning vazifasi Allohning amrini yetkazish. U zot bu ishni o`z o`rnida ado etdilar. Mushriklar gapga kirmadilar, Payg`ambar alayhissalom ulardan yuz o`girsalar, u zotga malomat yo`q.)
55
وَذَكِّرْ فَإِنَّ ٱلذِّكْرَىٰ تَنفَعُ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Va eslatgin. Albatta, eslatish mo`minlarga manfaat berur.
56
وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.
57
مَآ أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍ وَمَآ أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.
58
إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلْقُوَّةِ ٱلْمَتِينُ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh O`zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir.[1]

[1] Demak, Alloh taolo insu jindan rizq so`ramaydi, balki ularga rizq beradi. Allohning birdan-bir iroda qilgani ibodatdir, insu jinni yaratishdan maqsad ham shudir. Lekin ibodatdan kimga foyda bor? Ibodat qiluvchining o`ziga. Unga ikki dunyoning baxtini ibodat beradi.)
59
فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذَنُوبًا مِّثْلَ ذَنُوبِ أَصْحَٰبِهِمْ فَلَا يَسْتَعْجِلُونِ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, zulm qilganlarga o`z birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.
60
فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن يَوْمِهِمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Kofirlarga va'da qilinayotgan kunlarida halokat bo`lsin.