Sura 57
Hadid
o
Temir
29 oyat |
Madina |
Sura 57 • Oyat 1 / 29 • Juz 277⁄8 • Sahifa 537
Hadid
2
1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ١
Sodiq
Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. U zot Aziyz va Hakiymdir.
2
لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٢
Sodiq
Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va o`ldirur va U har bir narsaga qodirdir.
3
هُوَ ٱلْأَوَّلُ وَٱلْـَٔاخِرُ وَٱلظَّٰهِرُ وَٱلْبَاطِنُ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ٣
Sodiq
U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir.[1]
[1] «Avval» — U barcha mavjudotlar yo`qligida bor edi. «Oxir» — U hamma narsa yo`q bo`lib ketganda ham O`zi qoladi. «Oshkor» — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. «Zohir» — U hamma narsadan-ustundir. «Pinhon» — U ko`zga ko`rinmaydi. Hammadan pinhon — maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.)
4
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۖ وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ٤
Sodiq
U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda bo`lsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir.[1]
[1] «Istivo» lug`atda ko`tarilish, o`rnashish va egallash ma'nolarini bildiradi. Lekin Allohga nisbatan bu ma'nolarni biz tushunganday holatda ishlatib bo`lmaydi. Shuning uchun, hamma narsani yaratgandan so`ng, Alloh ularni O`zining tasarrufiga oldi, deb sharhlanadi.)
5
لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ٥
Sodiq
Osmonlaru yerning mulki Unikidir va barcha ishlar Allohning O`zigagina qaytadir.
6
يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ ۚ وَهُوَ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ٦
Sodiq
Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va U ko`ksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.
7
ءَامِنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَأَنفِقُواْ مِمَّا جَعَلَكُم مُّسْتَخْلَفِينَ فِيهِ ۖ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمْ وَأَنفَقُواْ لَهُمْ أَجْرٌ كَبِيرٌ٧
Sodiq
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qo`ygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir.
8
وَمَا لَكُمْ لَا تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ ۙ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ لِتُؤْمِنُواْ بِرَبِّكُمْ وَقَدْ أَخَذَ مِيثَٰقَكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ٨
Sodiq
Sizlarga nima bo`ldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Payg`ambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi bo`lsalaringiz.[1]
[1] Ya'ni, Agar sizlar o`zi biror narsaga ishonuvchi bo`lsalaringiz, nima uchun Allohga ishonmayapsizlar. Holbuki, orangizda Payg`ambar yurib, sizni Parvardigoringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi.)
9
هُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبْدِهِۦٓ ءَايَٰتٍ بَيِّنَٰتٍ لِّيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ بِكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ٩
Sodiq
U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`z bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir.
10
وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِى مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ ٱلْفَتْحِ وَقَٰتَلَ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِّنَ ٱلَّذِينَ أَنفَقُواْ مِنۢ بَعْدُ وَقَٰتَلُواْ ۚ وَكُلًّا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ١٠
Sodiq
Sizlarga nima bo`ldiki, Allohning yo`lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar bo`la olmas. Ularning darajalari fathdan so`ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan ko`ra ulug`dir. Alloh barchaga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.[1]
[1] Oyatdagi «Fath» so`zi Makkai Mukarramani Payg`ambar alayhissalom boshliq musulmonlar Madinai Munavvaradan kelib mushriklardan ozod qilish ma'nosida aytilgan.)
11
مَّن ذَا ٱلَّذِى يُقْرِضُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥ وَلَهُۥٓ أَجْرٌ كَرِيمٌ١١
Sodiq
Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta ko`paytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor.[1]
[1] Alloh taolo O`z dini yo`lida sarflanadigan molu mulkni unga berilgan «yaxshi qarz»ga, ya'ni oraga sudxo`rlik va boshqa g`arazlar qo`shilmagan qarzga o`xshatmoqda. Bunda ehson, infoq qilishga katta targ`ib bordir. Chunki qarzni muhtojlar oladi, Alloh esa hech narsaga muhtojligi yo`q, balki barchaning Unga muhtojligi bor Zotdir. )
12
يَوْمَ تَرَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ يَسْعَىٰ نُورُهُم بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَٰنِهِم بُشْرَىٰكُمُ ٱلْيَوْمَ جَنَّٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ١٢
Sodiq
Mo`min va mo`minalarni ularning oldilarida va o`ng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda ko`rgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur).
13
يَوْمَ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتُ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱنظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِن نُّورِكُمْ قِيلَ ٱرْجِعُواْ وَرَآءَكُمْ فَٱلْتَمِسُواْ نُورًا فَضُرِبَ بَيْنَهُم بِسُورٍ لَّهُۥ بَابُۢ بَاطِنُهُۥ فِيهِ ٱلرَّحْمَةُ وَظَٰهِرُهُۥ مِن قِبَلِهِ ٱلْعَذَابُ١٣
Sodiq
Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «To`xtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qo`rg`on urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir.[1]
[1] Qiyomat kuni zulmat bo`lib, albatta, bu o`sha kunda ro`y beradigan hodisalarning bir bosqichi, xolos. Hech kim hech narsani ko`rmay qolganda, mo`minlarga nur ato qilinib, ular shodon va shahdam yurib borishadi. Shunda munofiqlar «Bizni tashlab ketmanglar, kutib turinglar, bizga ham nuringizdan ozgina beringlar», deb yalinishar ekan. Ularga «Ortingizga qaytib, o`zingiz nur axtaring», deyilarkan. Ular qanday qilib nur topishardi. Bu dunyoda johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqishni xohlamagan edilar. Endi oxirat zulmatlarida xoru zor bo`lishlari turgan gap.)
14
يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ ۖ قَالُواْ بَلَىٰ وَلَٰكِنَّكُمْ فَتَنتُمْ أَنفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَٱرْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ ٱلْأَمَانِىُّ حَتَّىٰ جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَغَرَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ١٤
Sodiq
Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha o`zingizni o`zingiz fitnaga duchor qildingiz, ko`z tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar g`ururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qo`ydi.
15
فَٱلْيَوْمَ لَا يُؤْخَذُ مِنكُمْ فِدْيَةٌ وَلَا مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ۚ مَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ ۖ هِىَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ١٥
Sodiq
Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham to`lov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar.[1]
[1] Munofiqlar «Ajab emas, Islom mag`lubiyatga uchrab, musulmonlar yengilsa», degan xom xayollarga berilib, g`ururga ketadilar. Munofiqlarni shayton «Sizlar to`g`ri ish qilyapsizlar, mabodo noto`g`ri bo`lsa ham, Allohning o`zi kechiradi», deb ularni aldab qo`yadi. Qiyomat kunida ularga hech qanday najot yo`q.)
16
۞أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ ٱللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ ٱلْحَقِّ وَلَا يَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ١٦
Sodiq
Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bo`lgan haqqa qalblari yumshash, ayni chog`da, oldin kitob berilgan, so`ng muddat o`tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko`plari fosiq bo`lganlarga o`xshamaslik vaqti kelmadimi?![1]
[1] Agar Alloh tez-tez eslab turilmasa, Qur'on va shariatdan, din ta'limotlaridan uzoqlashilsa, inson qalbini mog`or bosadi, bag`ri toshga aylanadi. Unga Allohning zikri ham, diniy ta'limotlar ham ta'sir qilmaydigan bo`lib qoladi. Avval Tavrot va Injil kabi ilohiy kitoblar berilgan yahudiy va nasroniylarning vaqt o`tishi bilan oyatda tasvirlanganidek qalblarini mog`or bosib, qattiq bo`lib qolgan.)
17
ٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ١٧
Sodiq
Shuni bilinglarki, albatta Alloh o`lik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar.
18
إِنَّ ٱلْمُصَّدِّقِينَ وَٱلْمُصَّدِّقَٰتِ وَأَقْرَضُواْ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَٰعَفُ لَهُمْ وَلَهُمْ أَجْرٌ كَرِيمٌ١٨
Sodiq
Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) ko`paytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor.
19
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصِّدِّيقُونَ ۖ وَٱلشُّهَدَآءُ عِندَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ١٩
Sodiq
Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana o`shalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqargan kishilar, ana o`shalar do`zax egalaridir.[1]
[1] Ushbu oyatda Allohga va Uning payg`ambarlariga iymon keltirganlar, siddiqlar, deb atalmoqda. «Siddiq» aslida so`ziga, e'tiqodiga va amaliga sodiq kishilarning sifatidir. Ular fazl va martabada payg`ambarlardan keyin turadilar. Ularning hammalariga ulug` ajr va qiyomat zulmatida yo`llarini yoritib boradigan nur bordir. Kofirlarga esa do`zax ro`para qilinadi.)
20
ٱعْلَمُوٓاْ أَنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ وَزِينَةٌ وَتَفَاخُرُۢ بَيْنَكُمْ وَتَكَاثُرٌ فِى ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَوْلَٰدِ ۖ كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ ٱلْكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَكُونُ حُطَٰمًا ۖ وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَغْفِرَةٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٌ ۚ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلْغُرُورِ٢٠
Sodiq
Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti o`yin, ko`ngil ermagi va zeb-ziynatdan, o`zaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani ko`paytirishdan iboratdir. U, xuddi, o`simligi dehqonlarni ajablantirgan yomg`irga o`xshaydir. Keyinroq bu o`simliklar quriydi va sarg`ayganini ko`rasan. So`ngra u xas-cho`pga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan mag`firat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti g`ururga ketkazuvchi matodan o`zga hech narsa emas.[1]
[1] Ya'ni, bu dunyo hayoti shunday bir yomg`irga o`xshaydiki, u yoqqandan so`ng chiqqan nabotot dehqonlarni hayratga soladi, zavqlantiradi. Aslida esa bu hol o`tkinchidir. Ya'ni, o`simliklar tezda quriydi, rangi sarg`ayadi va qurib, qovjirab, uqalanib ketadi. Ha, bu dunyo hayoti ham shu kabi aldamchidir. Shu bilangina ovunib qolmasligi kerak. Chunki oxiratda kofirlarga qattiq azob, mo`minlarga esa Allohning mag`firati va roziligi bor. Albatta, bu gaplar tarki dunyo qilishga, hamma narsadan yuz o`girishga chaqiriq emas. Balki mezon va o`lchovlarni to`g`ri yo`lga solishga, o`tkinchi hoy-havasdan ustun bo`lishga da'vat, xolos.)
21
سَابِقُوٓاْ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا كَعَرْضِ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أُعِدَّتْ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ٢١
Sodiq
Robbingizning mag`firatiga va Allohga hamda Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha bo`lgan jannatga musobaqalashing. Ana o`sha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulug` fazl egasidir.[1]
[1] Qur'oni Karim nazarida, musobaqa bu dunyo hayotining o`tkinchi hoy-havaslariga, boylikka, o`yin-kulguga emas, balki Allohning mag`firatiga va jannatga eltuvchi yaxshi amallarga qaratilishi kerak.)
22
مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ مِّن قَبْلِ أَن نَّبْرَأَهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ٢٢
Sodiq
Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo`lur, aks holda, yer yuzida va o`z shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.
23
لِّكَيْلَا تَأْسَوْاْ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا تَفْرَحُواْ بِمَآ ءَاتَىٰكُمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ٢٣
Sodiq
Toki, ketgan narsaga qayg`urib, kelgan narsadan xursand bo`lmasligingiz uchun. Alloh barcha dimog`dor va maqtanchoqlarni suymas.
24
ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ ۗ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ٢٤
Sodiq
Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyururlar. Kim yuz o`girsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.[1]
[1] Ular baxillik qilib, kishilarni ham baxillikka buyursalar-da, Allohga hech zarari yo`q, chunki Alloh behojat, boy va maqtalgan Zotdir.)
25
لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْمِيزَانَ لِيَقُومَ ٱلنَّاسُ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَنزَلْنَا ٱلْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥ وَرُسُلَهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ عَزِيزٌ٢٥
Sodiq
Darhaqiqat, Biz Payg`ambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O`ziga va Payg`ambarlariga g`oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.[1]
[1] Oyati karimada Alloh subhanahu va taolo O`z payg`ambarlariga yubordim deyayotgan ravshan, ochiq-oydin narsalar — mo`'jizalar, shariat ahkomlari, oyatlar bo`lishi mumkin. Ushbu oyat tushgan vaqtidayoq musulmonlarni temirga e'tibor berishga, undan samarali foydalanishga da'vat qilgan edi. Temirning odamlar uchun manfaatini sanab tugatib bo`lmaydi. Oyatning oxiridagi jumlada bir-ikki nozik ma'no bor. Jumladan, temirdan yasalgan asboblarni ishlatib, Allohga va Uning payg`ambarlariga yordam beruvchilarni bilishi uchun, degan ishora. Ma'lumki, Alloh ilmining chegarasi yo`q — hamma narsani ro`y berishidan avval bilib turadi. Lekin bu oyatdagi «bilishi»ni yuzaga chiqarishi, xaloyiqqa bildirishi deb tushunmoq kerak. Shuningdek, «g`oyibona» so`zi ham Allohni va Uning payg`ambarlarini ko`rmasdan turib ularni diniga yordam beringlar, deb sharhlanadi.)
26
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا وَإِبْرَٰهِيمَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِمَا ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَٰبَ ۖ فَمِنْهُم مُّهْتَدٍ ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ٢٦
Sodiq
Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Payg`ambar qilib yubordik hamda Payg`ambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning ko`plari fosiqlardir.
27
ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْإِنجِيلَ وَجَعَلْنَا فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً ٱبْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَٰهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ٱبْتِغَآءَ رِضْوَٰنِ ٱللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا ۖ فَـَٔاتَيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ٢٧
Sodiq
So`ngra ularning ortidan Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni o`zlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat o`zlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning ko`pi fosiqlardir.[1]
[1] Rohiblik, tarki dunyochilikdan iborat bo`lib, o`rislarda, monaxlik, deyiladi. Monaxlikni ixtiyor qilgan erkak erkaklar monastirida, ayol esa ayollar monastirida, oila qurmay, dunyoni tark etib hayot kechiradilar. Qur'oni Karim bunday rohiblikni Alloh Iyso alayhissalomga ergashuvchilarga buyurmaganini, balki ular o`zlari bid'at sifatida keyinchalik o`ylab topib odat qilishganini eslatmoqda.)
28
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَءَامِنُواْ بِرَسُولِهِۦ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِن رَّحْمَتِهِۦ وَيَجْعَل لَّكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِۦ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٢٨
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Payg`ambariga iymon keltiringlar. U zot O`z rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni mag`firat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.
29
لِّئَلَّا يَعْلَمَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ أَلَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَىْءٍ مِّن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَأَنَّ ٱلْفَضْلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ٢٩
Sodiq
Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qo`lida bo`lib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulug` fazl egasidir.[1]
[1] Yahudiy va nasroniylar vahiy, payg`ambarlik va ilohiy kitoblar faqat bizga xos, o`zgalarga berilmaydi, deb faxrlanishar edi. Alloh taolo ularning bu da'volarini rad qilib, fazl o`zining qo`lida ekanini, kimga xohlasa, shunga ravo ko`rishini, shu jumladan, arablardan bo`lgan Muhammad alayhissalomga berishini ta'kidlamoqda.)