Sura 63

Munofiqun

0

Munofiqlar

11 oyat |MadinaMadina |
Sura 63 • Oyat 1 / 11 • Juz 285⁄8 • Sahifa 554
Munofiqun
2
1
إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُنَٰفِقُونَ قَالُواْ نَشْهَدُ إِنَّكَ لَرَسُولُ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّكَ لَرَسُولُهُۥ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَكَٰذِبُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolg`onchidirlar.
2
ٱتَّخَذُوٓاْ أَيْمَٰنَهُمْ جُنَّةً فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yo`lidan to`sdilar. Bas, ularning qilgan ishlari yomon bo`ldi!
3
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ ءَامَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ فَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, so`ng kofir bo`ldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar.
4
۞وَإِذَا رَأَيْتَهُمْ تُعْجِبُكَ أَجْسَامُهُمْ ​ۖ وَإِن يَقُولُواْ تَسْمَعْ لِقَوْلِهِمْ ​ۖ كَأَنَّهُمْ خُشُبٌ مُّسَنَّدَةٌ ​ۖ يَحْسَبُونَ كُلَّ صَيْحَةٍ عَلَيْهِمْ ​ۚ هُمُ ٱلْعَدُوُّ فَٱحْذَرْهُمْ ​ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ​ۖ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Va agar ularni ko`rsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qo`yilgan xodaga o`xsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir bo`l. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq o`girilurlar?![1]

[1] Bu oyatda Alloh taolo munofiqlarning ba'zi sifatlari va tasarruflarini mo`minlar ulardan ehtiyot bo`lishlari uchun bayon qilmoqda. Chunki munofiqlarning ichida chiroyli yuzli, kelishgan gavdali, so`zga usta kishilar bor. Bunday qaraganda, kelishgan, tuppa-tuzuk odamlar, gaplari ham kishilarni rom qiladigan. Masalan, munofiqlarning o`sha paytdagi rahbari Abdulloh ibn Ubay qomatli, chiroyli va so`zlamol odam edi. Boshqa munofiqlardan ham unga o`xshashlari bor edi. Payg`ambar alayhissalomning majlislariga kelib, devorga suyanib o`tirar edilar. Sahobalar ularning qomatlariga havas bilan boqishar, gaplariga quloq solar edilar. Lekin baribir qalblari iymondan, yaxshilikdan xoli bo`lgani uchun Alloh taolo ularni devorga suyab qo`ygan xodaga o`xshatmoqda.)
5
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ يَسْتَغْفِرْ لَكُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ لَوَّوْاْ رُءُوسَهُمْ وَرَأَيْتَهُمْ يَصُدُّونَ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istig`for aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz o`girayotganlarini ko`rursan.
6
سَوَآءٌ عَلَيْهِمْ أَسْتَغْفَرْتَ لَهُمْ أَمْ لَمْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ لَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ular uchun istig`for aytasanmi yoki aytmaysanmi — bari bir. Alloh ularni hech mag`firat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.[1]

[1] Istig`for aytish — gunohning kechishini Allohdan so`rash. Suraning nozil bo`lishi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, munofiqlarning rahbari Abdulloh ibn Ubayning yolg`onchiligi fosh bo`lgandan so`ng kishilar unga «Endi Rasulullohning huzurlariga borib uzr so`ra, u kishi sening gunohlaringni kechishini so`rab Allohga duo qilsalar, gunohlaring mag`firat qilinsa ajab emas», deyishganda, mutakabbirlik bilan bosh chayqab, bormagan ekan. Lekin oyatning hukmi hamma munofiqlar uchun bir.)
7
هُمُ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ لَا تُنفِقُواْ عَلَىٰ مَنْ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ حَتَّىٰ يَنفَضُّواْ ​ۗ وَلِلَّهِ خَزَآئِنُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَٰكِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَا يَفْقَهُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Ular: «Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, hattoki, tarqab ketsinlar», derlar. Holbuki, osmonlaru yerning xaziynalari Allohnikidur. Va lekin munofiqlar tushunmaslar.
8
يَقُولُونَ لَئِن رَّجَعْنَآ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ لَيُخْرِجَنَّ ٱلْأَعَزُّ مِنْهَا ٱلْأَذَلَّ ​ۚ وَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِۦ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَلَٰكِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَا يَعْلَمُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va mo`minlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar.[1]

[1] Ushbu oyati karima munofiqlar boshlig`ining Payg`ambar alayhissalomni Madinadan xorlarcha quvib chiqaraman, deb qilgan do`q-po`pisasiga raddiya beradi. «Madinaga qaytib borsak», deyilgandan murod Mustaliq qavmiga qarshi g`azotdan qaytib Madina shahriga borsak, deganidir. Bundan ko`rinib turibdiki, munofiqlar qarshi turli jabha va uslublarni, shu jumladan, mahalliychilikni ham ishga soladilar.)
9
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُلْهِكُمْ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُمْ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ ​ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalg`itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o`shalar yutqazganlardir.
10
وَأَنفِقُواْ مِن مَّا رَزَقْنَٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَآ أَخَّرْتَنِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va biringizga o`lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o`limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo`lsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling.[1]

[1] Rizqning asosiy manbai Allohning O`zidir va U odamlarga O`zi xohlaganicha berib qo`ygan va uni nafaqa, xayr-ehson qilib turishga buyurgan. Albatta, bu ish o`lim kelishidan avval bo`lishi shart. Sog`-salomatlikda, hamma narsaga qodirlik paytda xayr-ehson qilsa, o`rniga tushadi.)
11
وَلَن يُؤَخِّرَ ٱللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَآءَ أَجَلُهَا ​ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرُ​ۢ بِمَا تَعْمَلُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Va, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.[1]

[1] Oqil kishi boshiga o`lim kelmasidan xayrli ishlarni ko`proq qilib qolishga intiladi va shunday bo`lishi ham lozim. Chunki Alloh taolo har bir gapu ishdan xabardor Zotdir.)