Sura 64

Tag'obun

2

O'zaro aldanish

18 oyat |MadinaMadina |
Sura 64 • Oyat 1 / 18 • Juz 286⁄8 • Sahifa 556
Tag'obun
ﻉ490Sahifa 556490ﻉ
2
1
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۖ لَهُ ٱلْمُلْكُ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ ​ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١‬‬‬
Sodiq
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Allohga tasbih ayturlar. Mulk Unga xosdir, maqtov ham Unga xosdir va U barcha narsaga qodirdir.
2
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ فَمِنكُمْ كَافِرٌ وَمِنكُم مُّؤْمِنٌ ​ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮٢‬‬‬
Sodiq
U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, ba'zilaringiz kofir va ba'zilaringiz mo`mindir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turuvchidir.
3
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ ​ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ‮٣‬‬‬
Sodiq
U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning O`zigadir.[1]

[1] Ulamolarimiz «Osmonlaru Yerni haq bilan yaratdi» jumlasini «Hikmat» bilan yaratdi, deb tushuntiradilar. Osmondagi hisobsiz yuulduzlar va boshqa jismlar, ularning bir-biridan ma'lum uzoqlikda va qat'iy tartibda joylashishi, hali inson ilmi yetmagan ko`pgina narsa va hodisalar ularni yagona Alloh yaratganini tasdiqlaydi.)
4
يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ ​ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمُ​ۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ‮٤‬‬‬
Sodiq
U, osmonlaru yerdagi narsalarni biladir. Sizlar sir tutayotgan narsani ham va e'lon qilayotgan narsani ham biladir. Alloh ko`krakdagi narsalarni ham biluvchidir.
5
أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَؤُاْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبْلُ فَذَاقُواْ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
Sizlarga oldin kofir bo`lganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular o`z ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor.
6
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُۥ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَقَالُوٓاْ أَبَشَرٌ يَهْدُونَنَا فَكَفَرُواْ وَتَوَلَّواْ ​ۚ وَّٱسْتَغْنَى ٱللَّهُ ​ۚ وَٱللَّهُ غَنِىٌّ حَمِيدٌ‮٦‬‬‬
Sodiq
Buning boisi shuki, ularga Payg`ambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular bo`lsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz o`girardilar. Va Alloh behojat bo`ldi. Alloh behojat va maqtalgandir.
7
زَعَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَن لَّن يُبْعَثُواْ ​ۚ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتُبْعَثُنَّ ثُمَّ لَتُنَبَّؤُنَّ بِمَا عَمِلْتُمْ ​ۚ وَذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini da'vo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, so`ngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt.
8
فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلنُّورِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلْنَا ​ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ‮٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz tushirgan nurga iymon keltiringlar. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.
9
يَوْمَ يَجْمَعُكُمْ لِيَوْمِ ٱلْجَمْعِ ​ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلتَّغَابُنِ ​ۗ وَمَن يُؤْمِن​ۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَٰلِحًا يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮٩‬‬‬
Sodiq
U sizlarni «Jamlash kuni»ga to`playdigan kunni eslang. U kun «tag`obun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir.[1]

[1] «Jamlash kuni», Alloh u kuni avvalgi va oxirgi barcha bandalarni jamlaydi. «Tag`obun» kuni. Arabcha «tag`obun» «g`ibn» so`zidan olingan bo`lib, bahoning pastlashini bildiradi. Qiyomat kuni kofirlar iymonni tark qilganlari uchun baholari pastlab, do`zaxga ravona bo`ladilar. Yaxshi ishlarni kamroq qilib qolgan mo`minlar ham baholari pastlab, jannatning oliy martabalariga yeta olmay qoladilar.)
10
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u!
11
مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۗ وَمَن يُؤْمِن​ۢ بِٱللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُۥ ​ۚ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮١١‬‬‬
Sodiq
Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir.[1]

[1] Bandaga Allohning qozoi qadarisiz, ilmisiz hech bir musibat yetmaydi, degan e'tiqod doimo inson xotirasida turishi kerak. Payg`ambarimiz hadislaridan birida «... Va bilginki, senga yetgan musibat adashib boshqaga o`tishi mumkin emas, agar boshqaga bo`lsa, senga yetmasdi...», deganlar.)
12
وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ ​ۚ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَإِنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, Bizning Rasulimizga (vazifa) ochiq-oydin yetkazish, xolos.
13
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Alloh, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, mo`minlar Allohning O`zigagina tavakkal qilsinlar.
14
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ مِنْ أَزْوَٰجِكُمْ وَأَوْلَٰدِكُمْ عَدُوًّا لَّكُمْ فَٱحْذَرُوهُمْ ​ۚ وَإِن تَعْفُواْ وَتَصْفَحُواْ وَتَغْفِرُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir.[1]

[1] Oyatning nozil bo`lish sababi haqidagi rivoyatda aytilishicha bir guruh kishilar Makkada iymonga kelib, Madinaga hijrat qilishmoqchi bo`lganlarida, xotin va bola-chaqalari, bizni tashlab qayoqqa borasan, deb to`siq bo`lishgan ekan. Vaqti kelib Madinaga borishsa, ulardan avval hijrat qilganlar dinda ilg`or bo`lib ketishibdi. Shunda ularni hijratdan to`sgan oila a'zolariga iqob qilishmoqchi bo`lganlarida Alloh taolo «Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz, bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmdil Zotdir», degan oyatini tushirib, ularni bu ishdan qaytargan ekan.)
15
إِنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَٰدُكُمْ فِتْنَةٌ ​ۚ وَٱللَّهُ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug` ajr bor.[1]

[1] Mol-mulk kishi uchun sinovdir. Qo`liga mol-dunyo kelganda ham hovliqmasdan, to`g`ri yo`lda sarflasa, ibodatini vaqtida qilsa, ulkan savoblarga ega bo`ladi. Ammo dunyoga berilib yo`ldan ozsa, harom-xarish ishlarni qilsa, mol topish uchun gunoh yo`llarga ham kiraversa, unda sinovdan o`ta olmagan bo`ladi va gunohiga yarasha jazosini oladi. Shuningdek, farzandlar ham Allohning ulkan ne'mati. Ularni to`g`ri tarbiyalab, xudojo`y qilib o`stirilsa, ikki dunyoning obro`yini olib beradi. Agar teskarisi bo`lsa, ikki dunyoda sharmanda qiladi. Demak, Allohning muhabbatini, mol-mulk va farzandlar muhabatidan ustun qo`ymoq zarur. Chunki Uning huzurida ulug` ajr bor.)
16
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ مَا ٱسْتَطَعْتُمْ وَٱسْمَعُواْ وَأَطِيعُواْ وَأَنفِقُواْ خَيْرًا لِّأَنفُسِكُمْ ​ۗ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Allohga qo`lingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — o`zingizga yaxshi bo`ladir. Va kimki nafsining qizg`anchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir.
17
إِن تُقْرِضُواْ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَٰعِفْهُ لَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ​ۚ وَٱللَّهُ شَكُورٌ حَلِيمٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz, U sizga ko`paytirib berur va sizni kechirur. Alloh shakur va haliymdir.
18
عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮١٨‬‬‬
Sodiq
U g`oyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir.