Sura 84
Inshiqoq
g
Yorilish
25 oyat |
Makka |
Sura 84 • Oyat 1 / 25 • Juz 304⁄8 • Sahifa 589
Inshiqoq
2
1
۞ إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنشَقَّتْ١
Sodiq
Vaqtiki, osmon yorilsa.
2
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ٢
Sodiq
U(osmon) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.
3
وَإِذَا ٱلْأَرْضُ مُدَّتْ٣
Sodiq
Va vaqtiki, yer cho`zilsa.
4
وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ٤
Sodiq
Va o`z ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.
5
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ٥
Sodiq
U(er) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.
6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًا فَمُلَٰقِيهِ٦
Sodiq
Ey inson! Albatta, sen Robbingga yo`liqquningcha, harakatu urinishda bo`lasan va oxiri unga yo`liqasan ham.
7
فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ٧
Sodiq
Ammo kimning kitobi o`ng tarafdan berilsa.
8
فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًا يَسِيرًا٨
Sodiq
Tezda, osongina hisob qilinur.
9
وَيَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا٩
Sodiq
Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur.
10
وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهْرِهِۦ١٠
Sodiq
Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa...
11
فَسَوْفَ يَدْعُواْ ثُبُورًا١١
Sodiq
U tezda o`ziga halokatni chaqirur.
12
وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا١٢
Sodiq
Va qizib turgan do`zaxga kirur.
13
إِنَّهُۥ كَانَ فِىٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا١٣
Sodiq
Chunki, u (bu dunyoda) o`z ahli bilan xursand bo`lib o`tgan edi.[1]
[1] Oxiratni hech ham o`ylamagan edi. Faqat ayshu ishrat, ko`ngilxushi payida bo`lgan edi. G`ofil bo`lib, o`z ahli ila besh kunlik dunyoning matohiga erishish uchun harakat qilgan edi. Shuning uchun endi qizib turgan do`zaxda azoblanmoqda.)
14
إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ١٤
Sodiq
Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni o`ylagan edi.
15
بَلَىٰٓ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرًا١٥
Sodiq
Ha! Albatta, Robbi uni doim ko`rib turuvchi edi.
16
فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلشَّفَقِ١٦
Sodiq
Shafaq bilan qasamki.
17
وَٱلَّيْلِ وَمَا وَسَقَ١٧
Sodiq
Kechasi va u o`rab olgan narsalar bilan qasamki.
18
وَٱلْقَمَرِ إِذَا ٱتَّسَقَ١٨
Sodiq
Va to`lin oy bilan qasamki.
19
لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍ١٩
Sodiq
Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.
20
فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ٢٠
Sodiq
Nima bo`lgan ularga, iymon keltirmaslar?!
21
وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ ٱلْقُرْءَانُ لَا يَسْجُدُونَ ۩٢١
Sodiq
Va agar ularga Qur'on o`qilsa, sajda qilmaslar.[1]
[1] Kimki bu oyatlarni o`qib yoki eshitib sajda qilmagan odam gunohkor bo`ladi.)
22
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُكَذِّبُونَ٢٢
Sodiq
Balki kofirlar yolg`onga chiqarurlar.
23
وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ٢٣
Sodiq
Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning O`zi biladir.
24
فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ٢٤
Sodiq
Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.
25
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ٢٥
Sodiq
Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor.