Sura 78

Naba'

U

Buyuk xabar

40 oyat |MakkaMakka |
Sura 78 • Oyat 1 / 40 • Juz 301⁄8 • Sahifa 582
Naba'
ﻉ518Juz 30 • Sahifa 582518ﻉ
2
1
عَمَّ يَتَسَآءَلُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Nima haqida so`rashadi?
2
عَنِ ٱلنَّبَإِ ٱلْعَظِيمِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ulkan, muhim xabar haqida.
3
ٱلَّذِى هُمْ فِيهِ مُخْتَلِفُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Shunday xabarki, ular uning haqida ixtilofdadirlar.
4
كَلَّا سَيَعْلَمُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Ular tezda bilurlar.
5
ثُمَّ كَلَّا سَيَعْلَمُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Yana yo`q! Ular tezda bilurlar![1]

[1] Mushriklar azobni tortganlarida qayta tirilish nima ekanligini, uning bo`lishi hech shubhasiz haq ekanini albatta biladilar.)
6
أَلَمْ نَجْعَلِ ٱلْأَرْضَ مِهَٰدًا‮٦‬‬‬
Sodiq
Yerni beshikdek moslab qo`ymadikmi?
7
وَٱلْجِبَالَ أَوْتَادًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Va tog`larni qoziq (qilib qo`ymadikmi?).
8
وَخَلَقْنَٰكُمْ أَزْوَٰجًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Va sizlarni juft qilib yaratdik.
9
وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Va uyqularingizni rohat qilib qo`ydik.
10
وَجَعَلْنَا ٱلَّيْلَ لِبَاسًا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va kechasini libos qildik.
11
وَجَعَلْنَا ٱلنَّهَارَ مَعَاشًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Va kunduzni maosh (tirikchilik) vaqti qildik.
12
وَبَنَيْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعًا شِدَادًا‮١٢‬‬‬
Sodiq
Tepangizga yetti mustahkam(osmon)ni bino qildik.
13
وَجَعَلْنَا سِرَاجًا وَهَّاجًا‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va shu'la taratuvchi chiroq ham qildik.
14
وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلْمُعْصِرَٰتِ مَآءً ثَجَّاجًا‮١٤‬‬‬
Sodiq
Va siqilgan(bulut)lardan oquvchi suvlar tushirdik.
15
لِّنُخْرِجَ بِهِۦ حَبًّا وَنَبَاتًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
U(suv) bilan don va nabotot chiqarishimiz uchun.
16
وَجَنَّٰتٍ أَلْفَافًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
Va daraxtlari bir-biriga kirishgan bo`stonlar.
17
إِنَّ يَوْمَ ٱلْفَصْلِ كَانَ مِيقَٰتًا‮١٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, ajrim kuni vaqti belgilangan edi.
18
يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ فَتَأْتُونَ أَفْوَاجًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
U kunda surga puflanur va sizlar to`p-to`p bo`lib kelursiz.
19
وَفُتِحَتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ أَبْوَٰبًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Osmon yorilib eshiklar ochilur.
20
وَسُيِّرَتِ ٱلْجِبَالُ فَكَانَتْ سَرَابًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Tog`lar o`rnidan ko`chirilib, sarobga aylanur.
21
إِنَّ جَهَنَّمَ كَانَتْ مِرْصَادًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Albatta, jahannam poylab turuvchidir.
22
لِّلطَّٰغِينَ مَـَٔابًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Tug`yonga ketganlarning qaytar joyidir.
23
لَّٰبِثِينَ فِيهَآ أَحْقَابًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Ular (unda) zamonlar bo`yi qolarlar.
24
لَّا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ular (unda) sovuqni ham, sharobni ham tatiy olmaslar.
25
إِلَّا حَمِيمًا وَغَسَّاقًا‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Magar qaynoq suv va yiringni (tatirlar).
26
جَزَآءً وِفَاقًا‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Muvofiq jazo o`laroq.
27
إِنَّهُمْ كَانُواْ لَا يَرْجُونَ حِسَابًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Chunki, ular hisob-kitob bo`lishiga ishonmasdilar.
28
وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا كِذَّابًا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Va Bizning oyatlarimizni yolg`on deyishgan edi, yolg`on!
29
وَكُلَّ شَىْءٍ أَحْصَيْنَٰهُ كِتَٰبًا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Biz har bir narsani kitobga jamlab qo`yganmiz.
30
فَذُوقُواْ فَلَن نَّزِيدَكُمْ إِلَّا عَذَابًا‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, tatib ko`ringlar, sizlarga azobdan boshqa hech narsani ziyoda qilmasmiz.
ﻉ519Sahifa 583519ﻉ
31
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ مَفَازًا‮٣١‬‬‬
Sodiq
Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir.
32
حَدَآئِقَ وَأَعْنَٰبًا‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Bog`-rog`lar, uzumzorlar bordir.
33
وَكَوَاعِبَ أَتْرَابًا‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Va yangi bo`yi yetgan bir xil yoshdagi qizlar bordir.
34
وَكَأْسًا دِهَاقًا‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Va to`ldirilgan qadahlar bordir.
35
لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا كِذَّٰبًا‮٣٥‬‬‬
Sodiq
U yerda bekorchi va yolg`on gaplarni eshitmaslar.
36
جَزَآءً مِّن رَّبِّكَ عَطَآءً حِسَابًا‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Robbingdan mukofot, sovg`a hisobidandir.
37
رَّبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلرَّحْمَٰنِ ​ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِنْهُ خِطَابًا‮٣٧‬‬‬
Sodiq
U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir bo`lmas.
38
يَوْمَ يَقُومُ ٱلرُّوحُ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ صَفًّا ​ۖ لَّا يَتَكَلَّمُونَ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ وَقَالَ صَوَابًا‮٣٨‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda Ruh va farishtalar saf bo`lib turar. Rohman izn berganlar va to`g`ri so`zlaganlardan o`zgalar hech gapira olmaslar.
39
ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمُ ٱلْحَقُّ ​ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ مَـَٔابًا‮٣٩‬‬‬
Sodiq
U haq kundir. Kim xohlasa, o`z Robbiga qaytar yo`l oladir.
40
إِنَّآ أَنذَرْنَٰكُمْ عَذَابًا قَرِيبًا يَوْمَ يَنظُرُ ٱلْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ ٱلْكَافِرُ يَٰلَيْتَنِى كُنتُ تُرَٰبً​ۢا‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qo`rqitdik. U kunda, har kishi qo`li taqdim qilgan narsaga nazar soladir. Va kofir. «Koshki tuproq bo`lib ketsam», deydir.