Sura 85
Buruj
i
Yulduzlar turkumlari
22 oyat |
Makka |
Sura 85 • Oyat 1 / 22 • Juz 304⁄8 • Sahifa 590
Buruj
2
1
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْبُرُوجِ١
Sodiq
Burjlar egasi bo`lgan osmon bilan qasam.
2
وَٱلْيَوْمِ ٱلْمَوْعُودِ٢
Sodiq
Va va'da qilingan kun bilan qasam.
3
وَشَاهِدٍ وَمَشْهُودٍ٣
Sodiq
Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam.
4
قُتِلَ أَصْحَٰبُ ٱلْأُخْدُودِ٤
Sodiq
«Uxdud» egalariga la'nat bo`lsin.
5
ٱلنَّارِ ذَاتِ ٱلْوَقُودِ٥
Sodiq
U yoqilg`isi ko`p, qattiq isigan olovdir.
6
إِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ٦
Sodiq
U(kofir)lar o`sha(chuqur)lar atrofida o`tiribdirlar.
7
وَهُمْ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ٧
Sodiq
Va ular mo`minlarga qilayotgan narsalariga o`zlari guvohdirlar.
8
وَمَا نَقَمُواْ مِنْهُمْ إِلَّآ أَن يُؤْمِنُواْ بِٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ٨
Sodiq
Va (ular) mo`minlardan Aziyz, Hamiyd Allohga bo`lgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.
9
ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ٩
Sodiq
U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga O`zi guvohdir.
10
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُواْ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُواْ فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ ٱلْحَرِيقِ١٠
Sodiq
Albatta, mo`min va mo`minalarni fitna qilib, so`ngra tavba qilmaganlarga, ana o`shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.
11
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ جَنَّٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْكَبِيرُ١١
Sodiq
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.
12
إِنَّ بَطْشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ١٢
Sodiq
Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir.
13
إِنَّهُۥ هُوَ يُبْدِئُ وَيُعِيدُ١٣
Sodiq
Albatta, U O`zi boshlaydir va qaytaradir.[1]
[1] Yo`qdan bor qilar va o`lganni hayotga qaytarar.)
14
وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلْوَدُودُ١٤
Sodiq
Va U mag`firat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo ko`ruvchi Zotdir.
15
ذُو ٱلْعَرْشِ ٱلْمَجِيدُ١٥
Sodiq
U, Arsh egasi hamda qadri ulug` Zotdir.
16
فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ١٦
Sodiq
U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.
17
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْجُنُودِ١٧
Sodiq
Senga askarlarning xabari keldimi?
18
فِرْعَوْنَ وَثَمُودَ١٨
Sodiq
Fir'avn va Samudning.
19
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِى تَكْذِيبٍ١٩
Sodiq
Balki, kofirlar yolg`onga chiqarishadir?
20
وَٱللَّهُ مِن وَرَآئِهِم مُّحِيطُۢ٢٠
Sodiq
Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir.
21
بَلْ هُوَ قُرْءَانٌ مَّجِيدٌ٢١
Sodiq
Yo`q!!! U Qur'oni Majiyddur.
22
فِى لَوْحٍ مَّحْفُوظٍ٢٢
Sodiq
U Lavhul Mahfuzdadir.[1]
[1] Lavhul-Mahfuz Allohning huzurida bo`lib, unga hech qanday o`zgarish kirishi mumkin emas.)